“ESINGDAMI AKA, YOZ OQSHOMLARI?”
She’r muallifi:
Mansur JUMAYEV
Tasvirchi:
Hojiakbar Nurmuhammedov
Ushbu she’r matnini va boshqa go’zal she’rlarni shoirning quyidagi telegram kanalidan topishingiz mumkin:
/channel/Mansur_Jumayev
Вазирлар кўп, Маҳмуд Саъдий битта! – Журналистиканинг заргари ҳақидаги ҳақиқатлар
📌Ҳозирги адабиётнинг, журналистиканинг асл концепцияси шу: БОР ГАПНИ АЙТИШ КЕРАК. Ўз бошингга бало бўлса ҳам, ҳамма ёмон кўрса ҳам бор гапни айтиш керак... Энди бор гапни ким айтади? Ким Саъдий бўлади?
Oʻz: http://oyina.uz/uz/article/1754
Ўз: https://oyina.uz/kiril/article/1755
Расмий саҳифаларимиз👇
Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
#Ustozlar
Esse
MAHMUD SA’DIY, “MA’RIFAT” VA KAMINA…
Bu voqealarni biron o‘n yillar o‘tgach yozsam kerak, deb o‘ylagandim. Yodga tushganda goh ko‘ngil yorishib, goh yuz tundlashib, ba’zan kulib, ba’zan mahzun bo‘lib eslanadigan o‘sha kunlar chorak asrlik hayotimda alohida bir davr bo‘lib qoldi.
Mahmud Sa’diy, “Ma’rifat” va kamina… Bu bog‘lanishda, albatta, “Ma’rifat” o‘rtada bo‘ladi. Chunki bu gazeta bo‘lmaganda, o‘zbek tahrir san’atining mumtoz vakili Sa’diy domlaning suhbatida bo‘lolmasdim. Balki, bir kun bu gigant insonning qarshisida chiqardim, lekin buni ustoz uchun hech ahamiyati bo‘lmasdi. Abdulla Orif aytganidek, “zarra buyuklikka urilar, ammo buyuklik zarraga urilmas ekan”.
🇩 🇦 🇻 🇴 🇲 🇮 👇
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
УЛУҒ ДАРЁНИ БОШЛАБ КЕЛ...
* بِسْمِ الله الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ *
Келар бўлсанг, менга, эй дўст,
дили донони бошлаб кел,
Сўник ғофилни дуч қилма,
асл шайдони бошлаб кел!
Фалак, менга келар бўлсанг,
ҳама сайёралар қолсин,
Тун – ой, кундуз – қуёш, тонглар
ёниқ зуҳрони бошлаб кел!
Кўлу кўлмакни бахш айла
кўлу кўлмак фидосига,
Менга, эй ёр, улуғ уммон,
улуғ дарёни бошлаб кел!
Куну тундан насибам бер:
ато эт энг узун кундуз,
Сиридан энг узун кеча –
шаби Ялдони бошлаб кел.
Жаҳонда бахтга тўйганлар
манга дўст бўлмаги мушкул,
Манга ишқ ичра хор бўлган
дали, расвони бошлаб кел!
Санга бўлсин бу ирфонда
бари ашрофу аъёнлар,
Манга, эй дўст, дили султон,
руҳи подшони бошлаб кел!
Неча кенг даршту саҳрони
дили торларга тортиқ эт,
Манга ул Карбало янглиғ
буюк саҳрони бошлаб кел!
Рафиқ ўлмас муҳаббатда,
жунунда ҳиммати пастлар,
Ол-эй дўст, қитъалар – санга,
манга дунёни бошлаб кел!
Чала дўсту чала душман,
чала ул марду номардинг,
Менга қалби салим бир дўст,
етук барнони бошлаб кел!
Бисотда битта жоним бор,
уни мен Сенга бахш этдим,
Ҳудудсиз раҳматинг бирла
дари уқбони бошлаб кел!
Қиёмат кун Раҳим Раббим
ки, шояд раҳм этиб, поклаб,
Буюрса хос малакларга:
“Манга Мирзони бошлаб кел!..”
Мирзо Кенжабек.
1444, 13-зулҳижжа. 2023, 1-июль. Шанба.
@m_kenjabek | @xojagon_uz
ALLOHNING ADOLATI
Rivoyatlarga ko‘ra, bir kuni Muso (a.s.):
– Allohim, ba’zi insonlar zolimlarning zulmi jazosiz qolaveradi, deb hisoblaydi, – dedilar. – Holbuki, Sening adolating muhaqqaq yuzaga chiqadi, zolim zulmining javobini, albatta, oladi. Menga shunday o‘rnak ko‘rsatki, uni eshitgan kishilar zulm va haqsizlik qilishdan tiyilsin. Qilgan ishiga jazo tayin ekanini bilsin.
U zot (a.s.)ga shunday javob bo‘ldi:
– Ey Muso, sahroda to‘rt yo‘l kesishgan joydagi daraxt ortiga berkinib, chashma boshida bo‘ladigan voqealarni kuzatsangiz, zolim zulmining javobini qanday olishini ko‘rasiz...
Muso (a.s.) aytilgan joyga borib, daraxtlar orasiga berkindilar. Bir pasdan keyin otliq kishi keldi. Otdan tushib, yelkasidan xurjunini olib, chashma bo‘yiga o‘tirdi. Yemagini yeb, chashma suvidan ichib, charchog‘i chiqqach, otiga minib ketdi. Ichida oltinlari bo‘lgan xurjunini esa unutib qoldirdi.
Otliqdan keyin kelgan yigit suv icharkan, chashma bo‘yidagi xurjunga ko‘zi tushdi. Ichida oltinlar borligini bildi, u yoq-bu yoqqa qarab, hech kim yo‘qligini ko‘rgach, xurjunni olib ketdi. Uning ortidan ko‘zi ojiz qariya keldi. Suv ichib, bir pas dam olish uchun daraxt soyasiga o‘tirdi. Shu payt otliq kishi qaytib keldi va xurjunini qidira boshladi. Ko‘rdiki, keksa choldan boshqa kimsa yo‘q, demak, xurjunini shu odam berkitgan. G‘azab bilan qariyaga baqira ketdi:
– To‘g‘risini ayt, xurjunimni qayerga berkitding? Tezda pullarimni qaytar, bo‘lmasa, o‘ldiraman!..
– Men ko‘zi ojiz odam bo‘lsam, – dedi chol, – xurjuningni qayerdan bilaman?!
G‘azabi qo‘zigan otliq aldayapti deb o‘ylab, cholni bir urishda o‘ldirib qo‘ydi va otiga minib jo‘nab qoldi. Voqealarni kuzatib turgan Muso (a.s.) Allohga nido qilib, so‘radilar:
– Parvardigoro, otliqning xurjunini uning ortidan kelgan yigit olib ketdi. Jazoni esa undan keyin kelgan qariya oldi. Bu yerda adolat qani?
Alloh taolodan shunday xitob bo‘ldi:
– Ey Muso! Odamlar shunday – hodisalarning sirtiga qarab xulosa chiqaradilar, ichidagi qadarning adolatini esa ko‘rmaydilar. Chashma bo‘yidagilar avvalda qilgan ishlariga javob olishdi. Ya’ni, oltinlar solingan xurjunini chashma boshida unutgan otliq, o‘z vaqtida qo‘lida xizmat qilgan faqir kishining haqini bermagan. Uning xurjunini olib ketgan yigit o‘sha faqir xizmatchining o‘g‘li. Xurjundagi pullar otasining haqi edi, ularni olib ketdi. Adolat shu taxlit yuzaga chiqdi. O‘lgan qariya esa osganda osgan, kesganda kesgan zolimlardan edi. Umri zulm qilish bilan o‘tgan, eng so‘ngida otliqning otasini bir musht urib o‘ldirgan, qotilligi yashirin qoldi deb o‘ylagandi. Nihoyat kuni kelib otliq pulini o‘g‘irlagan gumon qilib, qariyani bir musht urib o‘ldirdi.
Ey Muso, bandalarimga aytingki, hikmatini bilmagan voqealaridan norozi bo‘lishmasin. Bilsinlarki, kishining kishiga qilgan zulmi jazosiz qolmaydi. Bamisoli otliq odam ishchisiga bermagan haqni xurjun to‘la oltin bilan to‘lagani, otasini bir urishda o‘ldirgan kishini xuddi o‘shanday o‘ldirgani singari...
Manba: islom.ziyouz.com
@suhrob_ziyo1
Qarang, ikki qanot bilan
bir o‘ram g‘o‘sht uchyapti,
Bu qushlari yolg‘on, tandan
ruh degan qush uchyapti.
Dunyosining sumbatiga
bino qo‘yib yurganlar
bu dunyodan xas ololmay
qo‘li bo‘m-bo‘sh uchyapti.
Ey, kuyini yo'qotganlar,
navo bo'lmaydi naysiz.
Men dunyoni sharh etsam ham
baribir tushunmaysiz.
@suhrob_ziyo1
Ehtiyot bo’ling! Minalangan ko’rsatuv – “Aslida”! 😅🔥
“Ijodkor, iste’dod egasi hamisha zulm va adolatsizlikka muxolif bo’lishi kerak”
Eeerkin, bemalol suhbat qildik. Quyidagi havola orqali premyerasini ko’rishingiz mumkin.
https://youtu.be/B_RvMqg_IGU
@abbosova_mehrinoz
💎"QUTLUG' QON" ROMANI TURK TILIDA CHOP ETILDI
✔️Kuni kecha Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning “Qutlug‘ qon” romani Anqaradagi “Yevroosiyo Yozuvchilar uyushmasi (Avrasya Yazarlar Birliği)”ga qarashli “Bengü” nashriyotida chop etildi.
📌 Professor Yakup Ömeroğlu boshchiligida asar tarjimasi ustida ancha mehnat qilishdi va 500 adadda nashrdan chiqdi.
⏰Kitobga Professor, akademik Naim Karimov va romanning tarjimoni, filologiya fanlari doktori Zamira Öztürk so‘zboshi yozib berishgan. Asar tez kunlarda sotuvga chiqish arafasida.
✅“Qutlug‘ qon” romanining tarjima qilinish jarayonida Oybekning nevarasi va Oybek uy-muzeyining direktori Oynur Toshmuhamedova yaqindan yordam berdi.
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
MAYSA
Quyoshga intilib o‘sganim
yodimda,
ammo quyosh qovjiratgani
esimda qolmagan.
Yomg‘irdan quvonganim
yodimda,
ammo jala ezg‘ilagani
esimda yo‘q.
Faqat
ezgulik qolgan yodimda.
Shu sabab,
har yili
o‘sganim o‘sgan…
O‘sganim o‘sgan…
Usmon Azim
Bugun ajoyib shoir Bek Alining tugʻilgan kuni. Anorbooks jamoasi shoirni chin dildan tabriklaydi. Mazmunli umr va barakali ijod tilaymiz.
🎥 Vatan haqida nutq
Sheʼrni shoirning oʻzi oʻqigan.
Sahifalarimiz:👇
Telegram | Instagram | Facebook
#Ҳусан_Мақсудов
#32_ёшда
#Кўп_яшанг_АКА
ПОКДОМОН ШОИР
Ҳусан ака билан ўн йиллар аввал танишганман (Талабалар турар жойида – кечки пайт меҳмон бўлиб келган эдилар: "Бухоролик яхши шоир, Низомийда ўқийди, Ҳусан Мақсуд"...
Ўзини босиб олган, камгап, фикрлари аниқ-тиниқ бу одам негадир кўринишиданоқ кўп китоб ўқиганлиги сезилар (ўшанда қўлтиғига қандайдир китоб ҳам қистириб олган эди...), ўзига хос салобаати бор эди...
Кейин билсак, Ҳусан ака чиндан ҳам илм истаб пойтахтлаган талаба: селфибозлик, ҳаҳанг-ҳўҳанг, оҳ-воҳ, бодиликдан мутлақо йироқ, жиддий, адабиётга – шеъриятга муккасидан кетган, гурунглар ўзанини тезда Навоий, Фузулий, Чўлпон, Фитрат, Рауф Парфи, Абдулла Орипов, Шукур Холмирзаев, Усмон Азим, Шавкат Раҳмон, Хуршид Даврон, Мурод Муҳаммад Дўст, Асқар Маҳкам, Матназар Абдулҳаким томон буриб юборар; Қуръони карим, ҳадислар, бухорхудотлар, қўлёзмалар, аллақандай илмий журналларда чиққан мақолалар, хуллас, адабиёт, тарих, ўзлик ва аслият илдизлари хусусида, катта шоирларнинг сўнгги учрашувлари, фалон асар ҳақидаги танқидлар, адабий муҳокамалар, учрашувлар ҳақида сўз қотар, биз эса "йўғ-е"лаб турардик холос.
Марҳум шоирларнинг хотира тадбирларини ўтказиш, равзаи покларини зиёрат қилиш ташаббуси одатда Ҳусан акадан чиқарди.
Ҳар қандай тоифадаги адолатсизликка, ғирромликка, номардликка қарши Ҳусан Мақсуд гоҳ символистик тарзда, гоҳ ошкор муносабат билдира олиши – шоирнинг шахс сифатидаги қиёфасини кўрсатиб беради. Ҳусан акани ўз ҳаётий тамойилларига, қалбига, имон-эътиқодига таяниб яшаётган покдомон одам дея билишади.
Ҳусан ака бировга елка тутишни яхши биладиган, дўстликни "жойига" қўядиган, ҳалоллиги, бағрикенглиги туфайли турли давраларда ҳурмат қозонган.
Бугун, ўзбек адабиётида Ҳусан Мақсуд каби истеъдодли, ор-номусли, ҳақиқатгўй ёзарманларга (Қ.Йўлдош таъбири) эҳтиёж ҳар қачонгидан-да катта.
Қадрдон акам, маслакдошим Ҳусан акага машаққатли йўлида узоқ умр ва эзгуликлар ёр бўлсин, дейман.
@Alibek_Anvariy
BOLA
Uning bo‘yi kichik edi,
Uning tili chuchuk edi.
O‘ynagani quvlashmachoq,
Quvlagani kuchuk edi.
Kuni bilan to‘p tepardi,
To‘p tepsa ham xo‘p tepardi.
Hammadanam ko‘p yiqilib,
Hammadanam ko‘p tepardi.
Katta bo‘ldi kichiklar ham,
Burro bo‘ldi chuchuklar ham.
O‘z inidan uzoqlarga
Ketib qoldi kuchuklar ham.
Tuproq yo‘llar chag‘ir bo‘ldi,
To‘plar ham tosh bag‘ir bo‘ldi.
Bu yo‘llarda tizzalar ham
Yuraklar ham yag‘ir bo‘ldi.
Endi yillar sovriladi,
U to‘plarni sog‘inadi.
Hammadanam ko‘p sevinib,
Hammadan ko‘p og‘rinadi.
S.Z.
@suhrob_ziyo1
#sotuvda
Kitob hajmi: 264 bet
Muqova: yumshoq
Narxi: 35 000 so‘m
Buyurtma uchun: @anorbooks_bot
Sahifalarimiz:👇
Telegram | Instagram | Facebook
Bir sokin makon bo‘lsa,
Olamdan tashqarida.
Zamindan yuqorida,
Osmondan tashqarida...
📹Davomi
@suhrob_ziyo1
O‘zbek tilidagi Telegram kanallar anchagina. Lekin ular orasida ziyolilarga mo‘ljallangan, millat ruhi va imiji uchun jon kuydiradiganlari sanoqli. Aynan shunday kanallarning saralarini sizga tavsiya qilamiz:
📺⚡️“Madaniyat va ma’rifat” telekanali – O‘zbekistonda yagona bo‘lgan madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi telekanalning rasmiy sahifasi. Unda millat ziyolilarining teran fikrlari, shuningdek, ilm-fan, san’at, teatr, kino va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi ko‘rsatuvlar joylab boriladi. “Qaqnus”ning barcha sonlarini ham shu yerdan topasiz.
📰🚀“Ma’rifat” gazetasi – ta’lim sohasini yorituvchi ko‘p yillik ziyolilar nashri. Kanalda turli dars ishlanmalari, tahliliy-tanqidiy materiallar, o‘qituvchilar ish faoliyatida asqotadigan metodik maqolalar mavjud. Ta’lim tizimiga doir yangiliklarning ishonchli manbasi hisoblanadi.
💡📢Manaviyat.edu.uz – Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi rasmiy sahifasi. Kanalda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar keng yoritiladi va oliy ta’limga oid foydali e’lonlar ham berib boriladi.
🎥🎯“O‘zbekiston tarixi” – Davlatchiligimiz tarixidan hikoya qiluvchi kanal. Unda dolzarb mavzularda professor, olim va turli soha vakillari bilan intervyular, tarixiy obidalar hamda yurtimizning ko‘zga ko‘ringan manzillariga sayohatlar, tok-shoular va ko‘plab qiziqarli ko‘rsatuvlarni tomosha qilishingiz mumkin.
Tinch qo‘ymaydi meni bir lahza
Kengliklarga sig‘magan tug‘yon.
Qashqadaryo - dunyodan ulkan.
Qashqadaryo - o‘zi bir Turon.
Suratda: Qarshi shahridagi Amir Temur ko‘prigi.
@suhrob_ziyo1
"Shoirning onasi nima ko‘radi?"
Mirzo Kenjabek she'ri.
Suhrob Ziyo o‘qidi.
She'rni Youtube'da tinglang 👉 https://youtu.be/V0F_OzRrAuU
@suhrob_ziyo1
Birliklar
Bir buyuk sevgi bor,
Bir mahkum ko‘ngil.
Bir alvon shafaq bor,
Bir mahzun quyosh.
Bir ishqdan masrur bor,
Bir sochi sunbul.
Bir shirin kulgu bor,
Bir taxir ko‘zyosh.
Bir qaro tuproq bor,
Bir mangu diyor.
Bir g‘aram dunyo bor,
Va bir siqim cho‘g‘.
Bir ro‘zi Mahshar bor,
Bir Parvardigor.
Ikkinchisi yo‘qdir,
Ikkinchisi yo‘q.
©Suhrob ZIYO
@wwwesdalikuz
👩🏫Hozirda Turkiya davlatida yashab ijod qilayotgan, "Qutlug‘ qon" romanini turk tiliga tarjima qilgan Zamira HAMIDOVA bilan online eksklyuziv suhbatni e'tiboringizga havola qilamiz!👆
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
***
Vaqti kelsa, Xudo oldida to‘qson to‘qqiz taqvodordan ko‘ra tavba-tazarru qilayotgan bir gunohkor avlo ekan!
Herman Hesse
@suhrob_ziyo1
“Anorbooks” da jahon adabiyoti namunalari!
Buyurtma berish uchun
@KM_anorbooks ga murojaat qiling.
Sahifalarimiz:👇
Telegram | Instagram | Facebook
#Mulohaza
“Oldinda bir yo‘l bor…”
Mansur Jumayevning yana bir mumtoz o‘zbek va forsiy adabiyotdan olgan ulgisi bor. “Hadis mujdalari”. U XXI asr o‘zbek yoshlar she’riyatida birinchi bo‘lib “arba’iyn” an’anasiga qo‘l urdi. Arba’iyn – hadislar she’riy yo‘lda yaratiladigan turkumdir.
Davomi👉https://yoshlikjurnali.uz/mulohaza/oldinda-bir-yol-bor/
@yoshlikjurnali
***
Bemalol osmonga qarab yonboshla,
Bemalol nafas ol, chiqar bemalol.
Bemalol ish ishla, oshingni oshla,
Bemalol yoshingni yashagin halol.
Bemalol xato qil, bemalol tuzat,
Bemalol ko‘nglingga erk ber, ey odam.
Oxirda umringni bemalol kuzat.
Bemalol ko‘zingni yumgin dunyodan.
S.Z.
@suhrob_ziyo1
#Qutlov!
Husan Maqsud – 1991-yili 2-iyunda Buxoro viloyatining Olot tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat pedagogika universitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini bitirgan. “Komillik istagi” nomli kitobi chop qilingan.
TUG‘ILGAN KUNIMDA
Umr – yoydan uchgan o‘qqa o‘xshaydi,
Yigirma sakkiz bor yoyni tortdim men.
Gohida topganim yo‘qqa o‘xshadi,
Gohida mo‘ljallab oyni otdim men.
Katta nishonlarni ko‘zlab qo‘ygandim,
Negadir hammasi zumda yo‘qoldi.
O‘zing ayt, qaygacha yetadi sabrim,
Rabbim, sadog‘imda qancha o‘q qoldi?
BETOBLIKDAGI O‘YLAR
Issiq jon emasmi, kutmagan payting
Og‘riq zabt etadi butun tanangni.
Bosh qo‘yib bolishga turolmay qaytib
Yodingga olasan faqat onangni.
Ammo xavotirga tushmasin deb u,
Qancha darding bo‘lsa, ichga yutasan.
Xasta ko‘zlaringga kelmaydi uyqu –
Kimnidir, baribir intiq kutasan…
Yolg‘izlik qaynatar battar bu qonni,
(Mehr kutar ekan odamzod doim).
O‘zing ijaraga bergan shu jonni
Ijara uylarda olma, Xudoyim.
@yoshlikjurnali
Para uğruna ihanet eden bedelini sefaletle öder. Kadın uğruna ihanet eden bedelini rezaletle öder. Devlete ihanet eden bedelini canıyla öder.
————
Omonatga xiyonat qilgan badalini kambag‘allik bilan to‘laydi. Ayolga xiyonat qilgan badalini sharmandalik bilan to‘laydi. Davlatga xiyonat qilgan badalini joni bilan to‘laydi.
Sulton Abdulhamid II
@suhrob_ziyo1
Sog‘ bo‘linglar og‘aynilar,
Yoshlik zo‘r narsa...
✍️She'r: Alibek Anvariy
🪕Musiqa: Alibek Anvariy
🎙Ijro: Alibek Anvariy