#mutolaadan🫧
Siz mening koʻnglimda boʻlmas ekansiz,
Qanday yashamoqning nima farqi bor?
°
Oʻzim aytaman,
Yigʻlama,
yomgʻir mayda sevalab turganda
koʻz yosh toʻkib ol.
odamlar faqat baxtdan masrur
koʻrsinlar seni.
°
Dunyoda kimgadir baxt bermoq uchun
Shunchaki, shu-unchaki sevmoqlik kammi?
°
Koʻzlaringga qarab aytdim soʻnggi bor:
Koʻzlaring—dunyodir—dunyo kerakmas.
°
Parvoz deganlari ozodlik emas,
Osmon oʻgʻirlagan qushlar erkini.
°
Mening yuragimni ishq oʻrab oldi
Qorachiqlaringning aylanasida.
°
Zora, olisroqda asrolsam sizni,
Olisroqda kamroq toʻksangiz koʻzyosh,
Olisroq boʻlaylik.
°
Sen yana, ket, deysan.
Qoldimmi oʻzi?
Soʻz qoldimi ishq deb yolvoradigan?
Agar sen ham quvsang, ketguday boʻlsam,
Dunyo qolmaydi-ku men boradigan?
Sen boʻlsa, ket, deysan...
• Suhrob Ziyo
t.me/Gulzoda_Orinboyeva
***
Parilarning asil zurriyodiday
bir toza So‘z izlab o‘tmoqda kunim.
Bir so‘zki, kelmagan birov yodiga,
kirlangan zabonda topmagan qo‘nim.
Har kim qasamida tilga olmagan,
hech kim dildoriga aytmagan asta,
begunohlar qoni sachramagan So‘z,
go‘dakning sut tishi kabi norasta.
Ne-ne so‘zshunoslar unutgan o‘zni,
ne-ne haqparastlar lafzidan judo
bo‘lgan zamonda men izlagan So‘zni
qaysi kitobingda yozgansan, Xudo?!
Suhrob ZIYO
@suhrob_ziyo1
***
Qo‘lyozmaga o‘xshagan umr,
Uni faqat qoralamoq bor,
Lekin imlo xatolarisiz
Ko‘chirmoqqa qo‘ling bormaydi.
Suvday serob quvonchlar ichra
Erib ketar g‘ussalar tuzday,
O‘zgasiga bu namakobni
Ichirmoqqa qo‘ling bormaydi.
Ishq keladi kutilmaganda
Telefonning xatxonasiga
Kelgan xatday, uni ko‘ngildan
Kechirmoqqa qo‘ling bormaydi.
Yo‘lda taksi kutgan singari
Taraddudda turibdi baxtlar,
Unga yetmay yurakni qushday
Uchirmoqqa qo‘ling bormaydi.
Ortda qolar yo‘l, taksi, borliq,
Va yurakning parchalarini
telefonning xatxonasidan
O‘chirmoqqa qo‘ling bormaydi.
S.Z.
2022.
@suhrob_ziyo1
#Diqqat_yangi_loyiha
#Kitobxonlik
#Kitobga_taqriz
📌Aziz mushtariy! Bizga sizning qanday kitoblarni o‘qib borishingiz qiziq. O‘zingiz o‘qigan asarlar yuzasidan bildirmoqchi bo‘lgan fikr-mulohazalaringiz, savol yoki takliflaringiz bo‘lsa #kitobga_taqriz xeshtegi ostida o‘z taqrizlaringizni bizga yo‘llang. Barcha taqrizlar telegram va facebook sahifamizda berib boriladi. Eng yaxshilari esa "Ma'rifat" gazetasida chop etiladi. Kitobxonmisiz? Fursatni qo‘ldan boy bermang!
🏐Abdulhamidxon” yashirin tarix haqiqatlari – tarixiy hujjatlar asosida yozilgan, taniqli tarixiy shaxslar haqida bayon etilgan asar. Kitobni mutolaa qilganingizda, Abdulhamidxon dushmanlar hiylalariga qarshi kurashgani, jar yoqasidagi Usmoniylar imperiyasini yana 30 yildan oshiqroq saqlanib qolishida katta xizmati, mamlakatda sotqinlar ko‘pligi hamda boshqa ko‘plab tarixiy ma’lumotlarni va albatta qiziqarli suratlarni ko‘rasiz.
✅Siz bu kitobni o‘qiganmisiz! Sizga qanday kitoblar haqida ma'lumotlar berib borishimizni istaysiz?
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
***
Taqdirimga ko‘nib-ko‘nib
boryapman-o,
Yuragimni yo‘nib-yo‘nib
boryapman-o,
Ko‘zlaringga qarolmayin
yonayapman,
Yonib turib so‘nib-so‘nib
boryapman-o.
Yuragimda asrlik bir
alam qarir,
Sen tomonga qo‘yilgan
bir qadam qarir,
Ishq qarimas, odam qarir,
odam qarir,
Yo‘qlik sari enib-enib
boryapman-o.
Qachon yo‘ldosh bo‘ldim
dili loyqalarga,
Zorman bugun baxtdan qolgan
quyqalarga,
Urinishgan sari menga
loy qalarga
Xayoling-la tinib-tinib
boryapman-o.
Izg‘irinda qolgan yolg‘iz
daraxt bo‘ldim,
Daraxt bo‘ldim, bargsizlikdan
karaxt bo‘ldim,
Shamollarning ohlarini
tarab bo‘ldim,
Quruq shoxday sinib-sinib boryapman-o.
Haqqim bormi “Yo Haq” degan
nido desam,
Yo Haq desam, yo haqqa jon
fido desam,
«Sevsang, faqat o‘zing sevgin, Xudo» desam,
Dargohingga uchib-qo‘nib
boryapman-o,
Dilgohimga uchib-qo‘nib
boryapman-o.
S.Z.
Foto: Dirk Skiba
@suhrob_ziyo1
Nihoyat kutubxona, ijodxona, ishxona tayyor bo‘ldi. Loyiha muallifi kamina. Lekin joyga Daryoxonim ega chiqdi😁
@suhrob_ziyo1
Prezident:
— "Men Gʻazo sektori aholisiga baholi qudrat yordam ko‘rsatish uchun BMTning Yaqin Sharq agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratish haqida qaror qabul qildim.
Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat’iy bildiramiz va uning BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining ilgari qabul qilingan rezolyusiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz".
TO‘LAGAN SOLIQLARIMGA ROZIMAN.
@suhrob_ziyo1
"BIZNI PISAND QILGANLARGA MING BORA QULLUQ!"
(Anorbooks taqdimotidan keyingi o‘ylar)
27-oktyabr kuni Yoshlar press-klubida o‘tgan kechamizda 3 ta tadbir birlashtirildi. “Anorbooks” bir yilligi, “Uyg‘onish” to‘plami va Shavkat Rahmonning “Zulfiqor ruh” kitobi taqdimotlari. Ularning har biri alohida nishonlashgan arziydigan bayram biz uchun. Lekin imkon va fursat taqozosi bilan bir kunda o‘tkazildi.
Tadbirimizda ayrim texnik va tashkiliy kamchiliklar bo‘ldi. Ulardan o‘zimiz uchun xulosa qildik, kelgusi kechalarimizda (albatta, bu davomli bo‘ladi) ularni tuzatish imkonimiz bor… Shu bilan o‘zimizga taskin beryapmiz, har holda.
“Anorbooks” haqida
“Anorbooks” o‘z faoliyatini Tolstoy, Dostoyevskiy kabi ulug‘ adiblarning asarlarini chop etishdan boshladi.
Keyinchalik Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asari, dunyo adabiyotining noyob namunasi bo‘lgan Xuan Rulfoning “Pedro Paramo” romani, kitobxonlik madaniyatini oshirishda dasturilamal bo‘la oladigan “Kitobnoma”, yozuvchi Nabijon Boqiyning “Rohila” to‘plami, turk yozuvchisi Talxa Ugʻurluelning “Abdulhamidxon” hujjatli romanining yangi nashrini o‘zbek kitobxonlariga taqdim etdi.
Qurdosh akalarimiz Javlon Jovliyevning “Onam va koinot”, Bek Alining “Voh” kitoblarini chop etdik.
Nashriyotning bir yillik faoliyati davomida o‘zimizga xos qadriyat-tutumlarimiz, maqsad hamda vazifalarni belgilab oldik.
Bu maydonda katta tajriba va mahoratga ega yirik nashriyotlar bor. Ulardan doim o‘rganamiz. Shu bilan birga ko‘nglimizga tugib qo‘ygan loyihalarimizni amalga oshirishda davom etamiz.
“Uyg‘onish” to‘plami haqida
Yoshlar ishlari agentligining “Jadidlar” to‘plamining mantiqiy davomi bo‘lgan bu to‘plam ham ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu to‘plamning paydo bo‘lishida Agentlik va “Anorbooks” jamoasi, shuningdek, professor-olimlar ishtirok etdi.
Bu g‘oyani Husan Maqsudov kitob qo‘limizga tegishidan 9 oy-u 9 kun avval o‘rtaga tashlagan edi. Ramziy ma’noda bir farzandning dunyoga kelishi bilan bog‘lash mumkin bu holatni.
Kitobning chop etilishi va o‘quvchilarga yetib borishi Yoshlar ishlari agentligining qo‘llab-quvvatlashi, bevosita ishtiroki va homiyligi bilan bo‘ldi.
Uni tayyorlash jarayonida jamoamiz katta mehnat qildi. Chunki oldimizda juda katta ma'lumotlar bazasidan eng zarurlarini, hozirgi o‘quvchi tushuna oladigan darajada taqdim etish vazifasi turar edi. Qayta-qayta tahrirlashga, ba’zan bir kitobni butkul qaytadan tayyorlashga ham to‘g‘ri keldi.
Shaxsan menga Moturidiy va Forobiy haqidagi ko‘plab ma'lumotlar yangilik bo‘ldi. Ibn Sino va Beruniy faoliyati haqida chuqurroq o‘qishga ehtiyoj tug‘ildi.
Kitob faqat tarjimayi hol yoki ma'lumotnoma tarzida bo‘lib qolmasligiga harakat qildik. Unda badiiy unsurlarga ham, olimlarning prognozlari va bahslariga ham o‘rin berishga harakat qildik. Kitob haqidagi oxirgi xulosani esa o‘quvchilar beradi...
“Zulfiqor ruh” haqida
Shavkat Rahmonning shu kungacha ikkita saylanmasi mashhur edi. Biri 1996-yilda chop etilgan shoirning o‘zi tayyorlagan saylanmasi, ikkinchisi 10 yil avval nashr bo‘lgan “Abadiyat oralab” kitobi.
“Zulfiqor ruh” kitobi shoirning lotin imlosida chop etilgan ilk kitobi bo‘ldi. Unda avvalgi saylanmalar o‘zaro muvofiqlashtirildi, ularga kirmay qolgan ayrim she'rlar ham o‘rin oldi. Shaxsan men uchun “Anorbooks”ning eng zalvorli kitobi “Zulfiqor ruh” bo‘ldi.
Taqdimotda ustozlarimiz Xurshid Davron va Mirzo Kenjabeklarning kitob haqidagi iliq so‘zlari bizga ham zulfiqor ruh bag‘ishladi... ))
***
Taqdimotni tashkillashtirishda biz bilan baqamti turgan Mehrinoz Abbosova va Muhammadxon Yusupovdan alohida minnatdormiz. Kitobga, so‘zga mehri bo‘lgan, u kunda bizning quvonchimizga sheriklik qilgan va uzoqda qo‘llab turgan barcha do‘stlarga rahmatimiz bor. Shoirimiz aytganidek, “Bizni pisand qilganlarga ming bora qulluq”.
Hali rejalar oldinda, yangi loyihalarda, yangi taqdimotlarda ko‘rishamiz, inshaalloh.
Hurmat bilan,
Suhrob ZIYO.
@suhrob_ziyo1
***
Ko‘z ochib, dunyoni xazonrez ko‘rdim,
Olovlar to‘kildi boshimga ilk bor.
Men tug‘ilgan kunning surati kuzdir,
Mening tug‘ilmagan kunlarim – bahor.
S.Z.
@suhrob_ziyo1
#Qutlov
Suhrob Ziyo – 1996-yil 25-oktabrda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Qovchin qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Ko‘ngil yelkani”, “Ay suygulim” kitoblari chop etilgan.
* * *
Siz meni bilmaysiz, bilmaydi dunyo,
Uygʻondim dunyolar yorishmasidan.
Mendan maʼdan izlar hamon alkimyo,
Qahr va sevgining qorishmasiman.
Koʻzim xarita-yu, adashtiradi,
Qaramang demayman. Mayli, adashing.
Sizni topib olay koʻzim qaʼridan,
Oʻzni yoʻqotishim – sizga qarashim.
Suhrobni taniysiz, u ham men emas,
Zulmatga yoʻgʻrilar siz bilgan Ziyo.
Tilsimlab tashlangan gʻorman bezabon,
Siz meni bilmaysiz, bilmaydi dunyo.
Qanday yashashimning qizigʻi ham yoʻq,
Chayonman – tilimda ishqning zahri bor.
Siz mening yonimda boʻlmas ekansiz,
Qanday yashamoqning nima farqi bor?
Jaloliddin Manguberdining Temur Malikka aytgani
O‘jar bo‘ldim,
O‘jar bo‘lding,
Sen Maliki Xo‘jand bo‘lding.
Men-la sarson ko‘char bo‘lding.
Bolamizdan kechar bo‘ldik,
Yorimizdan kechar bo‘ldik –
Borimizdan kechar bo‘ldik,
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.
Jonim oqar Jayhun bo‘lib,
Joning oqar Sayhun bo‘lib.
Chingiz kelar…
Chingiz kelar
O‘tgan yeri ashk, xun bo‘lib.
Kim nomusdan mahrum bo‘lib,
Kimdir qolar mahkum bo‘lib,
Tomirlarim qaqshab ketar,
Hayqiraman majnun bo‘lib:
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.
Anov yurgan Gurganchmi-yo?
Unda yotgan bir ganjimi-yo?
Qo‘llarida yov yalovi,
To‘ni kafan Shayxim Kubro:
“Donishidan tongan elga
Kelgan balo – ketmas qazo”.
O‘zing asra, Yo Iloho!
O‘zing qo‘lla, Yo Iloho!
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.
Otam qochsa yurtni tashlab,
Onam yursa fitna boshlab,
Inim Oqshoh poylab tursa
Izlarimdan tig‘ taroshlab.
Qayga boray dilni g‘ashlab?
Qayga boray ko‘zni yoshlab?
Peshvolari yursa oshlab,
Botirlari jonni tiksa,
Biz-chi, ketsak jangga boshlab,
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.
Kuning shumi, Xorazmyurt?
Gohi xor yurt, goh azim yurt.
Senga solsam bir razm, yurt,
To‘rt tomoning jang – razm, yurt.
Istaganim toj-u taxtmas,
Istadim yurt, istadim yurt.
Gulga cho‘msin, istagim, yurt.
Nurga cho‘msin, istagim, yurt.
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.
Vatan nadir, Vatan shuldir:
Sulton ul dir, zobit uldir,
O‘z ahdida sobit uldir,
Kim boshini egsa, quldir.
Temur Malik,
Temur Malik,
Shamshiringni quchib uxla,
Tushingda ham yovni o‘ldir,
Tushingda ham yovni o‘ldir.
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.
Mungli ko‘zlar mo‘ltiradi,
Najot kutib o‘ltiradi,
Noahl el, rishvagar el
Dushmanini kuldiradi.
Dushman bizga tengsiz emas,
E-voh, bizni Chingiz emas
Bitta xoin o‘ldiradi,
Bitta xoin o‘ldiradi.
Biroq o‘lim so‘ngso‘z emas –
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.
yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
#shavkat_rahmon
#zulfiqor_ruh
Shavkat Rahmonning “Zulfiqor ruh” kitobiga oldindan toʻlov davom etadi.
Eslatib oʻtamiz, oldindan toʻlov yana ikki kun davom etadi va bunda siz 10%lik chegirmaga ega boʻlasiz.
Bunda kitob narxi 49 500 boʻladi.
Buyurtma uchun: @anorbooks_admin ga ism, bogʻlanish uchun raqam va manzil yozib qoldiring.
Sahifalarimiz:👇
Telegram | Instagram | Facebook
🎉 “Anorbooks”da yangi ruh!
🔸 Bu kitob vaqt dovonlaridan “oshib oʻtdi”.
🔸 Bu kitob ustida ancha mehnat qilindi.
🔸 Bu kitobni hatto biz ham uzoooq intiq bo'lib kutdik.
🔥 Nihoyat kitob o'z o'quvchilari qo'liga borishga shay turibdi.
SHAVKAT RAHMONni sogʻingan va
“ZULFIQOR RUH”ni kutganlar kitobga oldindan buyurtma berishi hamda toʻlov qilishi mumkin. Bu bilan siz oʻz kitobingizga 10 % lik chegirma bilan boshqalardan oldin ega boʻlasiz.
Buyurtma uchun:
@anorbooks_bot yoki @anorbooks_admin
manzillariga yozing.
Buyurtma muddati 3 kun!
❗️Eslatma!
Tez kunda kitobning katta taqdimoti boʻladi. Chinakam Shavkatona ruhni his qilish uchun siz, albatta, u yerda boʻlishingiz kerak.
Sahifalarimiz:👇
Telegram | Instagram | Facebook
Ibrohim Adhamga savol berdilarkim: "Ne uchun duolarimiz qabul bo‘lmas?" – deb.
"Haqni bilib, amrlarini tutmasangiz, Payg‘ambarning sunnatlarini bajarmasangiz, Qur’on o‘qib, amal qilmasangiz, Xoliqimizning ne’matlarini yeb, shukr qilmasangaz, jannatni bilganingiz holda talab etmasangiz, jahannamdan qo‘rqmasangiz, Uning hukmi bilan o‘lim bor deb, hozirlanmasangiz, ona va otangizning jasadlarini o‘z qo‘lingiz bilan qabrga qo‘ygan holda, ibrat olmasangiz, bunday qabohatlar bilan duo qabul bo‘lurmi?!"
– deb javob berdi.
"Tazkiratul-avliyo"dan,
Mirzo Kenjabek tarjimasi.
#fikr
So‘z “migratsiyasi”
Bir so‘z boshqa tilga kirib kelganda uning muqobili bu tilda bo‘lsa, yangi so‘z mavjud sinonimlar qatoridan joy oladi.
Masalan, ziyoli va intelligent asli bir ma’noni bildiradi, lekin intelligent deganda ziyoli qiyofasidan ko‘ra aniqroq tasavvur paydo bo‘ladi.
Ya’ni, ziyoli bilimi va ma’naviy dunyosi yuksak insonni bildirsa, intelligent uning tashqi ko‘rinishi, yurish-turishinini ham nazarda tutadi.
Hozir qo‘llanuvda turk tili orqali kelgan oydin (aydin) so‘zi ham yoyilmoqda. Endi u tashiyotgan ma’no yana bir pog‘ona yuksalgandek. Oydin bo‘lish uchun, ziyolilik va intelligentlik kamlik qiladi. Endi unga “xos ziyoli” ma’nosi yuklanmoqda.
Boshqa so‘zlarni ham shu usulda o‘rganib ko‘rish kerak, shekilli. Millat tili — tirik mavjudot, u doim o‘zgarib, rivojlanib boradi.
@suhrob_ziyo1
Qani endi har kim hayoti davomida maktab, quduq yoki shu kabi insonlar uchun kerak biror narsa qoldirsa, dunyodan izsiz yashab o‘tmasa.
Anton Chexov
@suhrob_ziyo1
#tavallud_kun
JONIBEK ALIJONOV
BUGUN SHOIR...
Suhrob Ziyoga
Yiqqan musiqoti –
ustuxon shavqi.
Zap tug‘ilgan misra –
ruhga madordir.
– Kimsan?
– Karbaloda Fuzuliy kabi
zavqim matosidan tikkuvchi chodir!
Bir yon harbiylashar tin bilmay dunyo,
okeanlar to‘la sinovchi o‘qdur.
Shoir sakiynatda –
“Albatta!!!
Ammo,
hech qaysi bir So‘zning kuchicha yo‘qdur“.
Qaltiroq tobora boshqopqoq qadar –
frontda hali ham jang qilar erlar.
– Beg‘amsan nega?
Xotirjamsan nega?
– Dunyo siyosatdonlari bari –
shoirlar!
Xalqi dosh berolmas agar hayqirsa,
va ammo, yasholmas hayqirmasa ham.
Shoir – ko‘targani keskir qilichu,
tikilgani – tonggi bo‘liniq shabnam.
Yuvvosh kun saqlagay qalbida kurash,
alam va qalamdan kuch olar tani.
Alam – Al Misoqdan qolgan martaba.
Qalam – qizil qonning quritilgani.
Shoirga jazodir ko‘zini to‘sib,
ko‘rsatkich barmog‘in quloqqa urmoq.
– Ne istaysan?
– Menmi?
Navoiy yanglig‘
masjid bunyod etmoq, madrasa qurmoq...
@Jonibek_Alijonov
@suhrob_ziyo1
#uygʻonish
🔥 Bugun talabalar orasida “Allomalarimizni bilasizmi?” nomli soʻrovnoma oʻtkazdik.
Bilganlarga bilgani uchun, bilmaganlarga bilib olishi uchun kitoblar sovgʻa qildik 😊
Sahifalarimiz:👇
Telegram | Instagram | Facebook
Oktyabr so‘ngi
Harakat cheklangan,
Avtolar tirband.
Yashil yo‘q,
Qizillar, sariqlar yondi.
Shaharning
qop-qora yuziga birdan
Katta tezlik bilan
urildi yomg‘ir.
Alvon yo‘lchiroqlar...
to‘kilmoq istar...
Endi yashil chiroq
yonguncha sabr.
Yoshli ko‘zlarini
boladay ishqab,
Yonginamdan
o‘tib ketdi Oktyabr.
S.Z.
2023. Noyabr.
@suhrob_ziyo1
#eski_sherlardan
***
Qorin-ku to‘yadi ko‘zdan xavotir,
Nafs uchun aytilgan so‘zdan xavotir.
Xalq-ku bir kunini ko‘rib yuribdi,
Noinsof janoblar, sizdan xavotir.
Odam qanday jonzot, manglayi qora,
Biri hukmfarmo, biri bechora.
Chumoli hech kimga tama qilmaydi,
Kapalak hech kimdan olmaydi pora.
Qanday millat edik, kim bizni yegan?
O‘zbek o‘z boshini g‘ajiydi degan.
Doim shu ahvolda yashagan bo‘lsak,
Yassaviylar qanday tug‘ilgan ekan?
Bu holga yig‘lab ham kulib bo‘lmaydi,
Erta nima bo‘lar, bilib bo‘lmaydi.
O‘z-o‘zini isloh qilmaganlarning
Hayotini isloh qilib bo‘lmaydi.
Kimki bu so‘zlarni yolg‘on deb o‘ylar,
Millatni poklamoq oson deb o‘ylar,
Qarsakdan qavargan qo‘llaringizni
Ko‘rgan odam sizni dehqon deb o‘ylar.
Quyoshga qaramang, qog‘ozga qarang.
Teparoqdan kelgan ovozga qarang.
Ahvolimiz nega bunday, desangiz,
Malomat qilingan ustozga qarang.
Zanjirlarni uzing, oching yo‘llarni,
Quyoshga qaratib soching yo‘llarni.
Qarsak chalish uchun yuvib kel demang
Vatan qurayotgan qo‘llarni.
2018.
S.Z.
@suhrob_ziyo1
Хиёнатлар ичинда кўз
очолган миллат ўлмайди,
зулм пойида “қуллуқ”дан
қочолган миллат ўлмайди...
⭕️ Каналга обуна бўлинг👇👇👇
/channel/mushtumjurnali
To‘lin oy ishvasin
tarjimoni — sen...
Mening o‘zbek tilim,
onajon tilim...
🎙Zamira Suyunovadan go‘zal ijro.
Ayting, qancha qonun bor
Bu savdoning yo‘lida?
O‘zi bitta jonim bor,
U ham Xudo qo‘lida.
@suhrob_ziyo1