* * *
Vatan deb qon yutgan qalblar, halaksiz,
Asl makondan ham qolmang daraksiz:
"Allohdan qo‘rqingiz va biling, shaksiz,
Uning huzurida to‘planajaksiz!"
Mirzo Kenjabek
Nazm kechasiga marhamat!
😊 Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasini taqdim etadi.
• Dastur qahramoni: “Shuhrat” medali sohibi, shoir BEK ALI
• Mehmon: shoir va aktyor ERKIN BOZOROV
📝 So‘z va adabiyot muxlislarini 29-may (kuni) soat 17:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz.
Ro’yxatdan o’tish uchun ushbu soʻrovnomani to’ldiring:
https://forms.gle/LdKWstnmxBg4RPD26
BU UNUTILMAS KECHA BO‘LADI!
Telegram | Instagram | Mutolaaxona/">YouTube
Tarixiy savol
Biz hayron qolamiz tarixga boqib,
Bobolar noshudmi shuncha urushda?
Turonday diyorni supraday qopib,
Maydalab-maydalab tutdi o’risga.
Biz hayron qolamiz erk qo’lda chog’i
Nega bir qilmadi ular niyatni?
Nega qo’rboshilar shuncha ot solib
Saqlab qololmadi Muxtoriyatni?!
Biz hayron qolamiz: el oydinlari
Ayira bilmadi to’pdan zotini.
Jadid-u qadimchi bo’ldi-yu bari
Baribir birma-bir ketdi otilib.
Bizlar ham o’tamiz shu ko’yi, shundoq,
Avlodlar anglarmi rost-u to’g’rini.
Demasmi: otalar bunchalar gumroh,
Qanday boqqan ekan shuncha o’g’rini.
S.Z.
Тарихий савол
Биз ҳайрон қоламиз тарихга боқиб,
Боболар ношудми шунча урушда?
Турондай диёрни супрадай қопиб,
Майдалаб-майдалаб тутди ўрисга.
Биз ҳайрон қоламиз эрк қўлда чоғи
Нега бир қилмади улар ниятни?
Нега қўрбошилар шунча от солиб
Сақлаб қололмади Мухториятни?!
Биз ҳайрон қоламиз: эл ойдинлари
Айира билмади тўпдан зотини.
Жадиду қадимчи бўлдию бари
Барибир бирма-бир кетди отилиб.
Бизлар ҳам ўтамиз шу кўйи, шундоқ,
Авлодлар англарми росту тўғрини.
Демасми: оталар бунчалар гумроҳ,
Қандай боққан экан шунча ўғрини.
С.З.
Türk'ün gözü
Dertsiz toprak yoktur ama
Türk toprağı çok gamlı.
Gözler içre...dikkatli bak
Türk'ün gözü hep nemli.
Bakışları her ne kadar
Mutlu şad ve rahatlı,
Dip dibinde çınlar ebed
Yesevi'nin feryadı.
Helal dosta dost oluruz,
saygımız da derinden.
Al çiçekler büyütürüz
kaygımızın üzerinde.
Tam bizimki olur elbet
Acılı baht, şanımız.
Kanımızla temizlenen
Ulu Türkistanımız.
Halime Hudayberdiyeva şiiri
Suhrab Ziya çevirdi.
----------
Turkning ko‘zi...
Gʻamsiz tuproq yo‘qdir biroq,
Turk tuprog‘i g‘amliroq.
Ko‘zlar ichra... sinchiklab boq,
Turkning ko‘zi namliroq.
Nigohlari garchand tonggi,
Ustivor baxt, obodi,
Tub-tubida yangrar mangu
Yassaviyning faryodi.
Halol do‘stga do‘st turamiz,
Shaymiz kam-u ko‘stiga.
Qizil gullar o‘stiramiz
Qayg‘umizning ustida.
O‘zimizning bo‘lar albat
Gʻamangiz baxt, shonimiz.
Qonimiz-la qayta-qayta
Yuvgan Turkistonimiz.
Halima Xudoyberdiyeva
@sz_turkce
Xabaringiz bor, “Duel” loyihasining yangi mavsumi allaqachon boshlangan.
Sizda ariza topshirish uchun 29-maygacha vaqt bor.
Yo‘nalishlar: kattalar va bolalar she’riyati
Ishtirokchilar 15–30 yosh oralig‘ida bo‘lishi kerak.
Kattalar sheʼriyati yo‘nalishi 1-o‘rin egasi – 50 mln. so‘m; 2-o‘rin – 40 mln. so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Xuddi shunday:
Bolalar she’riyati yo‘nalishi 1-o‘rin sohibi – 50 mln. so‘m; 2-o‘rin – 40 mln. so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Respulika bosqichi ishtirokchilari – 5 mln. so‘mdan rag‘batlantiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish: @duel_ariza_bot
Loyiha haqida chekka hududlardagi iste’dodlar ham xabar topishi uchun o‘z hissangizni ayamang. Tanlov e’lonini shaxsiy sahifalaringizda ulashing.
"Bizning sayyorada bir haqiqat ustuvor": har kun kamida bir marta "Uyg‘onish" bilan "Jadidlar" to‘plami korobkasidan to‘kilib, boshqatdan yig‘ilishi kerak.
Читать полностью…Nega yig‘lamaysan, Ona Turkiston?
✍🏻 Muhammad Yusuf
🎼 Dadaxon Hasan
🪕 Rustam Yigitaliyev
@suhrob_ziyo1
Бугун таниқли адабиётшунос олим, адабиётимизнинг асл синчиси Қозоқбой Йўлдошев 75 ёшга тўлди. Чин юракдан табриклаймиз, узоқ умр, фарзанду набиралар камолни кўриб юришларини Оллоҳдан сўраймиз!
Читать полностью…IYAKSIZ ODAM
Esse
suhrob_ziyo/54mnrZjK1no">👉🏻TO'LIQ O'QING
“Askar, o‘zingga kel, uyg‘onishing kerak…”
“Ozgina chida, iltimos, yetib qoldik…”
“O‘lma, o‘lishga haqqing yo‘q…”
Qulog‘imga uning so‘zlari elas-elas eshitilar, keyin yana jimlik, qorog‘ulik. Avvaliga u meni opichlab oldi, iyagimdan oqqan qon uning plashiga surkalib borardi, uning og‘zidan chiqayotgan hovurni, olayotgan nafasini his qilib turardim…
Янги жанрда ёзилган янгича асар – ёзувчи дардларини қора юморга яширган “Дардисар” романи таҳлили
Бугунги жамиятдаги муаммолар, одамлар орасидаги муносабат, давлат бошқарувидаги, ижтимоий ҳаётдаги камчиликлар рўй-рост очиб берилган. Ишсизликнинг оғир юки, пул топиш учун ҳар нега тайёр одамлар, турли касбдаги турфа тақдирлар, хуллас, сизу бизнинг орамиздаги одамларнинг типик умумлашма образлари мисолида ўзимизга ойна тутилган.
Oʻz: https://oyina.uz/uz/article/2688
Ўз: https://oyina.uz/kiril/article/2689
Расмий саҳифаларимиз👇
Telegram | Facebook | YouTube |X
***
Bemalol osmonga qarab yonboshla,
Bemalol nafas ol, chiqar bemalol.
Bemalol ish ishla, oshingni oshla,
Bemalol yoshingni yashagin halol.
Bemalol xato qil, bemalol tuzat,
Bemalol ko‘nglingga erk ber, ey odam.
Oxirda umringni bemalol kuzat.
Bemalol ko‘zingni yumgin dunyodan.
S.Z.
@suhrob_ziyo1
Bizda narxlar osmon emas! Distudiya o’z faoliyatini boshladi.
Siz studiyani soatiga 200.000 so’mdan band qilib:
• Podcast videolar
• You tube, instagram va boshqa platformalar uchun kontentlar
• Kurslar yozishingiz
• Fotosessiya
• Turli suhbatlar o’tkazishingiz mumkin.
Xizmatingizda 2 ta godox va amaran yoritgich chiroqlari, rgp lampa, dji va saramonica mikrofon, shure va saramonica podcast mikrofonlari, dekoratsiyalar, mebel va jihozlar kiritilgan.
O’z joyingizni band qilish uchun kun va soatni directdan yozib qoldiring yoki quyidagi raqamlarga murojaat qiling:
+998770120696
Manzil: Yunusobod tumani, Mo’ljal pasportniy stol
Telegram || Instagram
Bu loyihaning o'zbek ma'naviy hayotidagi katta hodisaga aylanadi degan umidimiz bor.
Читать полностью…METRODA O'QILGAN KITOBLAR
O'ylab qarasam, so'nggi o'qigan kitoblarimni metroda ishga borish va qaytishda tugatgan ekanman. Yarim soatga yetar-yetmas masofada, kuniga deyarli bir soat vaqt sarflangan bunga.
Shu kitoblar ro'yxatini ulashib qo'ymoqchiman:
"Turkiy xalqlar mafkurasi" - Usmon Turon;
"Navoiy-30" - Xayriddin Sulton;
"Ozod qalb" (Yozuvchi Shuhratning hibsdagi hayoti) - Mirzo Kenjabek;
"G'oyam" - Najmiddin Erbaqon;
"Dardisar" - Xurshid Abdurashid.
HALIMA XUDOYBERDIYEVA
Tishimdan qon sizib...
Kuzak yomg‘irlarin ivib asradim,
Sorig‘ yaproqlarni sevib asradim,
G‘amlarim yap-yangi, yuvib asradim,
Meni asraguvchi dil topilarmi?
Borar joyim aniq, oldinda yo‘l yo‘q,
Ko‘rga ham bor, menga oydinda yo‘l yo‘q,
Menga olarda-yu, qaytimda yo‘l yo‘q,
Oyog‘imga ortiq g‘ul topilarmi?
Afsus, zor-u nolon umrim o‘tadir,
Bu yurt yuz yillarki... olov, o‘tdadir,
Yoqquvchi qo‘l bitta, gugurt bittadir,
O‘tni ochirmoqqa kul topilarmi?
Fitna tig‘ sanchdi tik, ko‘ksi tog‘larga,
It tegdi sut hidli qizaloqlarga.
Go‘daklar ilindi tuzoq, chohlarga,
Ko‘z yoshimizdan sho‘r ko‘l topilarmi?
Yerga kirmoq bor-u, parvoz etim yo‘q,
Onalar o‘lmoqda. Ammo yetim yo‘q,
Hayron otim bor-u, isyon otim yo‘q,
Mendan bechoraroq qul topilarmi?
Turon uxlar. O‘g‘il-qizdan so‘rayman,
Bobo Temur bosgan izdan so‘rayman,
Tishimdan qon sizib Sizdan so‘rayman:
— Turonni turg‘azar ul topilarmi?
Ertakchi
Hammasi chalkashdi, xotirim mulzam,
Kim u Qorabotir, Kenja botir kim?
Sholchaga aylandi u uchar gilam,
Eski chirog‘iga sig‘may qoldi jin.
Nekbin ertaklarni unutdim nechun?
Bari yolg‘on edi, tushunib yetdim.
Mudroq bolalarni uyg‘otish uchun
Boshqa ertak yozgani ketdim.
Suhrob Ziyo
@suhrob_ziyo1
Баҳром Ирзаевга
Арғумоқ кетган сўқмоқ,
Заминга чўкиб борар.
Уюрдан айри қулун,
Жавдираб ўтиб борар.
Киприклари қилқалам,
Сиёҳин тўкиб борар,
Тушовин узган исён,
Етовчи юрак бунда.
Аср ошган арчанинг
Шохларида кўк томчи,
Сояси турғун эмас,
Бу беш кунлик алдамчи—
Тўнглаган ёши дарак,
Эй, қулуним, чопсанг-чи,
На қўноқ мадор бўлар,
На замон тиргак бунда.
Кўк бўрин ёлин ўпган
Шамолларга қулоқ сол.
Эртакка кўчган чиннинг
Шу йўлларда изи бор.
Мутега кўп суянма,
Атагани ҳўл рўмол.
Ҳақ на даркор бундайга,
На жони ҳалак бунда.
Байловга кўникканнинг,
Жони-да ширин келар.
Бир жойга тўплаётган,
Моли-да ширин келар.
Бошини қумга суққан,
Ҳоли-да ширин келар.
Эли ялқов келар ва
На подшо сергак бунда.
Ҳайқириб кет тоғларни,
Зир титратсин кишновинг.
Ҳайқиравер қашқирлар,
Бузгунича қуршовин,
Ҳайқиравер айғирлар,
Узгунича тушовин—
Ўзинг ҳақ деб кетмасанг,
Келмагай дарак бунда.
Итларга талаш тушган
Карвонни топмагунча,
Алпларинг ютиб ётган
Зиндонни топмагунча,
Эгасиз бадар кетган,
Туронни топмагунча,
Ўзингни йўлларга сол,
Қолмоқ не керак бунда?...
03.2021
/channel/Najmiddin_Ermatov
Toshkentning o‘rtasida "Sovet ittifoqiga sharaflar" deb baqirib yurgan mana bu mavjudodlarning pasportida ham O‘zbek davlatining gerbi bormikan?
Bu holat davlat suverinetetini haqorat qilish deb baholanishi kerak
Qadrlash kuni muborak bo‘lsin!
Turkistonning onalari
O‘n ikki oy birday ishlaydi,
Faqat ishlab ko‘ngil xushlaydi,
Imoratning loyin mushtlaydi,
Bolalarin tishda tishlaydi,
Go‘daklari toqmas, qo‘shlaydi
Turkistonning onalarini...
O‘g‘li Bobur Hind sori bosdi,
Qaytarmoqqa yetmadi dasti,
Nodirasin jaholat osdi,
Jaholatga bor erur qasdi.
Yuragini armon nishlaydi
Turkistonning onalarini...
Mashrab Balxda, dorda salanglar,
Usmon qah-qah urib, alanglar,
Hamzasini tilkalar sanglar,
Tushlari ham ahvolin tanglar,
Tushlari ham toshlab, g‘ishtlaydi
Turkistonning onalarini...
Amir Temur yodi o‘stirar,
Kenagasning dodi o‘stirar,
Sirtmoq, kunda, jodi o‘stirar,
Yassaviyning oti o‘stirar,
Xudo suyar, ruhlar ushlaydi
Turkistonning onalarini...
Afg‘on mulki bo‘ldi minglab er,
Harbiy ketgan yuzlab yigit — yer,
Bir bolaning dog‘i qilar sher,
Qodir Olloh, o‘zing toqat ber,
Yuragida arslon qishlaydi
Turkistonning onalarini...
Olgani shu elidan duo,
Tilovati, selidan duo,
Har qo‘llovchi yelidan duo,
Qo‘lidan ish, tilidan duo,
Boshidan oq ro‘mol tushmaydi
Turkistonning onalarini!
Halima Xudoyberdiyeva
Erk
– Allo?
– Allo, qalaysan? To‘yga chiqasanmi? Senga qarab turibmiz-ku!
– Iye, og‘ayni, uyga mehmon kelishi kerak. Men…
– Eee, mehmon seni ko‘rgani kelarmidi? Bo‘l, chiqaqol!
– Darslarim ham ko‘p…
– Yarim kunda nimani ham qoyillatib o‘rganarding? Ertaga yetkazib olarsan?!
– Boshim ham og‘riyapti…
– Ana, to‘yga chiqsang yozilib ketadi. Bo‘l endi! Chiqasanmi o‘zi, yo‘qmi?
– Istamayman!
– Shunaqa demaysanmi?! Bo‘pti, gaplashamiz…
Muhammadxon Yusupov
Manba: @yoshlikjurnali
***
Vatanga tomirday tortib turar yo‘l,
Kenglik tugamaydi, cho‘l tugamaydi.
Kun o‘tar,
oy o‘tar,
o‘tib ketar yil,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.
Jizzaxda dovon-u adir tugaydi,
Samarqand noniday qadr tugaydi,
Toqatlar tugaydi,
sabr tugaydi,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.
Tugar tirikchilik mashmashalari,
Tugar erka qizning xarxashalari,
Tugar yig‘ilar-u qahqahalar-u,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.
Tugamas manzilsiz yurakning ohi,
Tugamas bir so‘zga intiq nigohi,
Ulovda yonilg‘i tugaydi gohi,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.
Muddati tugaydi hamalning, hutning,
Mevasi tugaydi o‘rikning, tutning,
G‘aznasi tugaydi katta bir yurtning,
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.
To yo‘lda ekansan,
tugamas huzun,
Umr — to‘rt misra she'r o‘qishlik bir zum,
Haqqa eltadigan yo‘l kabi uzun
Qarshiga borguncha yo‘l tugamaydi.
S.Z.
2024.
May.
@suhrob_ziyo1
San'atni his qilish ham noyob iste'doddek gap, har kimga ham nasib qilavermaydi, masalan.
@suhrob_ziyo1
МИРЗО КЕНЖАБЕК – ПРОФЕССОР
(Дўстлар шод, душманлар ношод)
2024 йил 20 апрель, шанба куни Термиз давлат университетида буюк туркман шоири Махтумқули Фироғий таваллудининг 300 йиллигига бағишланган халқаро конференция ўтказилди.
Конференция бошқарувчиси, Термиз давлат университети ректори, иқтисод фанлари доктори, профессор Абдуқодир Ҳамидович Тошқулов Университет Илмий кенгашининг 2024 йил 20-апрель қарори билан Мирзо Кенжабекка Термиз давлат университети фахрий профессори илмий унвони берилганини эълон қилди ва унга унвон гувоҳномасини топширди. Сўнг воҳа сарпосини кийгизиб, адибни табриклади.
Ректор жаноблари Мирзо Кенжабекка бундан кейинги илмий-маърифий мақолаларида профессор унвонини қайд этишни тавсия қилди.
Хушхабар олқишлар билан қаршиланди.
@Shodmonqul_SALOM