suhrob_ziyo1 | Unsorted

Telegram-канал suhrob_ziyo1 - Suhrob Ziyo

-

Адабиёт. Кўнгил. Дунё. Худо. Адабиёт. Мурожаат учун: @suhrobziyodov

Subscribe to a channel

Suhrob Ziyo

Anorbooks'ning KITOBDOSH loyihasi navbatdagi soni e'lon qilindi.(Ha, shunday loyihamiz bor😁)

Suhbatdoshlarim bilan o‘sha yerda tanishdik. Lekin mavzu kitob bo‘lgach, begonalik sezilmadi. Saviyali, didli insonlar!

Suhbatdan so‘ng @dildora_bookaholic va @timur_books sahifalarini jidddiy kuzata boshladim.

📹 Havolani shu yerda qoldiraman. Ko‘rib, fikr aytguvchilar bo‘lsa ham bemalol 👉https://youtu.be/sJjPrwt1elM?si=DbeZWqZ1RDzSPoU5
Texnik kamchiliklar uchun avvaldan uzr🙏

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

🔥 Doʻstlar, Kitobdosh davom etadi.

Sizlarni uzoq kuttirib qoʻyganimiz uchun uzr soʻraymiz va ertaga Kitobdoshning yangi sonini youtubega joylaymiz.

Bu safargi mavzu: “Hozir kitobxonlik qay ahvolda?”

Suhbat Ajoyib va qiziqarli boʻlganini tizerdan ham bilsangiz boʻladi😎

💁‍♀️ Keling, ertagacha siz bilan shu mavzuda suhbatlashib turamiz. Sizningcha hozirgi kitobxonlik qay ahvolda?

Sahifalarimiz: ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | AnorbooksNashriyoti?si=OGAiKqJ-jD7aOvMq">Youtube

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Iste’dodli qizlar uchun ta’lim granti

She’r yoki hikoya yozadigan talaba qizlarning ijodiy ishlarini ko’rib, ularning moddiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, boshlanishiga 2 ta qizni tanlab olib, ularning 1 yillik shartnoma to’lovini to’lab bermoqchiman.

1-iyuldan 1-ivgustgacha @Mehrnozbot manziliga arizangizni yuborishingiz mumkin.

Tanlab olingan 2 ta talaba qizdan tashqari boshqa iqtidorli
opa-singillarimiz bilan ijodiy hamkorlik qilish, shu sohada rivojlanishlari uchun ko’mak berishni ham xolis niyat qilyapmiz.

Postni imkon qadar ijodiy kanallarda ulashing, iste’dodli qizlarni topishimiz uchun bu muhim.

@mehrnoz_abbos

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Matbuot kuni haqida qisqacha.))

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Tungi hayot

/channel/sz_fotopoeziya

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Shoir

“Yo Rab, bu ne savdo,
Yo Rab, bu ne g‘avg‘o
Seni sevmoqdaman ming bor qaytadan”

Abduvali Qutbiddin.


So‘zning tuprog‘iga ekilgan Vatan,
Dilning gulobiga chayilgan jism.
Shoir tirilmoqda ming bor qaytadan,
Shoirga bosh egib kelmoqda o‘lim.

Manglayi tuproqning sho‘riday talxdir,
Ko‘zning kuvisida tuyiladi g‘am.
Shoirning umriga tayangan xalqdir,
Xalqining qayg‘usi shoirga kafan.

Ay gul, ko‘zlaringdan uqqanim – dunyo,
Ay gul, tiynatingdan uqqanim – Xudo.
Faqat shoir to‘kar ko‘zlaringga jon,
Seni sevdim, deydi gumrohlar hatto.

Seni sevdim, deydi qarg‘algan itlar,
Tubsiz tubanlikning chohidan qarab.
Shoir iforingda umrini asrar,
Shoir ildizingga loshini qalar.

U so‘ngsiz alamning ibtidosida
Ketsa qalqib ketar oh kemalari.
O‘lsa, ko‘zlaridan o‘par malaklar,
Kuyda kuyib ketar Osimalari.

Sen esa ko‘changda qolding faromush,
Kimdir ketganini sezib, yo sezmay.
Atirgul bandiga o‘zini osib,
bir bulbul jon berdi,
to‘kildi bir may

vujud deb atalgan singan qadahdan.
U sizgan tuproqlar ketmasmi yonib?
Ay gul, ko‘zlaringdan boshpana bergin,
Jismidan quvildi shoirning joni:
“Yo Rab, bu ne savdo,
Yo Rab, bu ne g‘avg‘o...”

S.Z.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

SHOIR

Bir jom u, azob ham, baxt ham quyilgay.
Har kimmas-u, hech kim bo‘lib tuyulgay.
Shoir — bir kishilik millat, har safar
Millat shoiridan boshlab so‘yilgay.

S.Z.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

🎼🪕 "Sen agar bug‘doy boshoq bo‘lsang, somoningman, Vatan..."


@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

“ТИЛАК ЖЎРА ТАВАЛЛОСИ”

Адабиёт саройини бир бурчидан устун бўлиб кўтарган, аммо кўп-да эсланавермайдиган шоир Тилак Жўра ҳақида тележурналист Гулмира Мусажонова ва режиссёр Равшан Раҳматов фильм тайёрлашди. Кўринг, баҳра олинг, шовқинли замонда қалбингизга бироз ёруғ таассурот юқтиринг.

КЎРИШ УЧУН 👇
https://youtu.be/XhZjlyPApB8

Ютуб каналимизга обуна бўлинг! 👇
https://youtube.com/c/SirojiddinIbrohim

Телеграм манзилимиз👇
@sirojiddinn_ibrohim

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

• Sheʼriyat...

© Suhrob Ziyo ✍️
® Elshodbek Mukhammad
🎙
05.06.2024

✅Kanalga aʼzo boʻlish uchun manzil
🦋🦋🦋🦋🦋

Https://T.me/Elshodbek_Mukhammad

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

#SHEʼRIYAT
🧠
• Keldik...

©Suhrob Ziyo
® Elshodbek Mukhammad 🎙
20.05.2023

📌Kanalga aʼzo boʻlish uchun manzil👇👇👇👇👇
Https://Telegram.me/Elshodbek_Mukhammad

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Hayronman sen o‘zbek degan millatga,
Yeringni to‘ldirding maraz, illatga,
Ne javob aylarsan bunday kulfatga,
Qara, poydevoring nurashga tushdi?

Omon Matjon

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Begalizatsiya

Bek Ali akaning she'riy konsertiga bora olmadim. Lekin uning repititsiyasida bir-ikki marta bo'ldim. O'shandayoq shoirning maqsadi, tadbirdan nima kutayotgani ko'z oldimda aniq gavdalandi.

Shunday shoirlar bo'ladiki, ularning davrida she'r sahnalarga kirib boradi. Mayakovskiy, Voznesenskiylar shu toifaning favqulodda va muxtor vakillaridan.

Bizda esa minbarshe'r, sahnashe'r degan bir janr shakllangan. Bizning avlod (shunday deyish mumkin bo'lsa) shu minbarshe'rlarni to'ntarishni xohlaydi.

Faqat minbarshe'rlar emas, qalbshe'rlar, ruhshe'rlar, isyonshe'rlar ham sahnalarga yarashishini yaxshi biladi.

Bek Alining ham o'ylagani — shu! Keling, she'rni o'qish bilan birga tinglash ham, tomosha qilish ham go'zal bo'ladi, demoqchi shoir.

Balki, kelajakda adabiyotni (haqiqiysini deyman) ommaviy muxlislikka, keng tomoshabinga qayta taqdim etish boshlanar. Xonanishin, kitobnishin, shoirlar davri tugar. Yozganidan tama ta'mi kelib turganlar, didsiz yozarlar bir chetda qolar.

Ammo hozirchasi, shu! Tengdoshlarim o'zidan, so'zidan ortib o'quvchi uchun sahnaga chiqmoqchi. Bu jarayonni uning ilk vakili nomi bilan Begalizatsiya deb atashni o'ylab qo'ydim.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

5 YIL AVVAL SHU KUNI YOZILGAN POST:
(yosh bola bo‘lgan ekanman😁)

Kursdoshlarimning aytishicha, men universitetni yomon ko‘rarmishman. Balki, shundaydir. Bunda ham aybni o‘zimdan qidirishim kerak.

Oliy o‘quv yurtida, o‘ylab qarasam, ko‘proq yaxshi insonlarga duch kelibman. Sotilmaydigan do‘stlar topibman. Lekin nega yomon ko‘raman? Qiziq-da. Oliy ta’limda chin ilmning qadri pastligini ko‘rib achinganman. Ixlos ila bilim olmoq bu yerda (boshqa yerlarda ham) imkonsizligini tushunmaganman.

Inson o‘zini o‘zi shakllantirishi kerak. Ammo ba’zan tizim bunga to‘siq bo‘lib qolgani bor gap. Balki qaysarlik, betgachoparlik, o‘jarlik shundan avj olgandir. Har holda, 4 yil oldin bundoq emasdik.

Olqishlar-u maqtovlarsiz, kimdandir tili qisiq bo‘lmay, hech kimga ta’ma qilmay 4 yilni o‘tkazdik. Bu, meningcha juda muhim. Universitet menga bergan eng buyuk sabog‘i - inson o‘zini saqlab qolishi uchun hamma narsaga tayyor bo‘lishi kerakligi.

Kimgadir o‘xshashni, kimgadir o‘xshamaslikni o‘rgandik. Qo‘ldan kelgancha bilim bergan ustozlarga rahmat. Faqat ularning borligi oliy ta’lim tizimini butunlay inkor qilishga yo‘l bermaydi. Xullas, diplom yoqladik. 92 ball (bu raqamning o‘rnida boshqasi bo‘lganda ham ahamiyati yo‘q edi).

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

@Kumush_odina — adabiy hayotni kuzatishga ishtiyoqi zo‘r yoshlardan.

Buning ustiga, "Anorbooks" jamoasining muhim a'zosi. Ilm va amaliyotni bog‘lash insonga ko‘p narsa beradi.

Bu bog‘liqlikning bardavom bo‘lishini tilayman va singlimizning ijodiy-ilmiy kanalini tavsiya qilaman: /channel/kumush_odina

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Boshqird elining zarif shoiri Mustay Karim: "Turkiy xalqlarning bo'ri zotiga bog'lanishiga sabab bu qavmning ming yillar davomida har yerdan quvilgani", – der edi...

Turklar bir-birini ko'rganda, yo xayrlashganda, o'ng qo'lining uchta barmog'i bilan bo'ri boshini tasvirlab, qardoshlik izhor qiladilar.

Erkin Vohidov,
"So'z latofati" kitobidan.


Asrlar bo'yi Usmoniylardan dahshatga tushib kelgan Yevropa esa hatto shu belgidan ham qo'rqadi!

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Hammamizni shunday ehsonlarga quvvatli qilsin!

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

#yoshlar_ijodi

Suhrob Ziyo – 1996-yil 25-oktabrda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan. “Ko‘ngil yelkani”, “Ay suygulim” kitoblari chop etilgan. "Duel" adabiy tanlovining 2021-yil mavsumida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.


Jaloliddin Manguberdining Temur Malikka aytgani

O‘jar bo‘ldim,
O‘jar bo‘lding,
Sen Maliki Xo‘jand bo‘lding.
Men-la sarson ko‘char bo‘lding.
Bolamizdan kechar bo‘ldik,
Yorimizdan kechar bo‘ldik –
Borimizdan kechar bo‘ldik,
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.

Jonim oqar Jayhun bo‘lib,
Joning oqar Sayhun bo‘lib.
Chingiz kelar…
Chingiz kelar
O‘tgan yeri ashk, xun bo‘lib.
Kim nomusdan mahrum bo‘lib,
Kimdir qolar mahkum bo‘lib,
Tomirlarim qaqshab ketar,
Hayqiraman majnun bo‘lib:
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.

Anov yurgan Gurganchmi-yo?
Unda yotgan bir ganjimi-yo?
Qo‘llarida yov yalovi,
To‘ni kafan Shayxim Kubro:
“Donishidan tongan elga
Kelgan balo – ketmas qazo”.
O‘zing asra, Yo Iloho!
O‘zing qo‘lla, Yo Iloho!
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.

Otam qochsa yurtni tashlab,
Onam yursa fitna boshlab,
Inim Oqshoh poylab tursa
Izlarimdan tig‘ taroshlab.
Qayga boray dilni g‘ashlab?
Qayga boray ko‘zni yoshlab?
Peshvolari yursa oshlab,
Botirlari jonni tiksa,
Biz-chi, ketsak jangga boshlab,
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.

Kuning shumi, Xorazmyurt?
Gohi xor yurt, goh azim yurt.
Senga solsam bir razm, yurt,
To‘rt tomoning jang – razm, yurt.
Istaganim toj-u taxtmas,
Istadim yurt, istadim yurt.
Gulga cho‘msin, istagim, yurt.
Nurga cho‘msin, istagim, yurt.
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.

Vatan nadir, Vatan shuldir:
Sulton ul dir, zobit uldir,
O‘z ahdida sobit uldir,
Kim boshini egsa, quldir.
Temur Malik,
Temur Malik,
Shamshiringni quchib uxla,
Tushingda ham yovni o‘ldir,
Tushingda ham yovni o‘ldir.
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.

Mungli ko‘zlar mo‘ltiradi,
Najot kutib o‘ltiradi,
Noahil el, rishvagar el
Dushmanini kuldiradi.
Dushman bizga tengsiz emas,
E-voh, bizni Chingiz emas
Bitta xoin o‘ldiradi,
Bitta xoin o‘ldiradi.
Biroq o‘lim so‘ngso‘z emas –
Vatan qolsin,
Vatan qolsin.

* * *
Ko‘nglim, sening zavoling tayin,
Ozodliging behad, behudud.
Seni siqib borar kun sayin
Suhrob deya atalgan vujud.
 
Ko‘nglim, sening ko‘zlaganing – ko‘k,
Ko‘nglim, sening qanotlaring ho‘l.
Sen sultonsan, sendagi bor mulk –
Suhrob deya atalgan bir qul.

Ko‘nglim – ko‘kka doxil farishtam,
Ishqsiz kaslar kasridan hayron.
Oyog‘ingga bog‘langan kishan –
Suhrob deya atalgan shayton.

Ko‘nglim, sensan eng go‘zal hayot,
Borlig‘imni gullatgan gulim.
Ammo seni qilmas ehtiyot
Suhrob deya atalgan o‘lim.

Goh orzuga shaylantiradi,
Goh yetaklab keladi armon.
Seni she’rga aylantiradi
Suhrob deya atalgan isyon.


Bizni kuzatib boring:
🔵Telegram  🟦Facebook
🟥 Instagram 🔴Duelloyihasi?si=oM0eSa3F4ygabeuF">YouTube

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

***

Taqdirimga ko‘nib-ko‘nib
boryapman-o,
Yuragimni yo‘nib-yo‘nib
boryapman-o,
Ko‘zlaringga qarolmayin
yonayapman,
Yonib turib so‘nib-so‘nib
boryapman-o.

Yuragimda asrlik bir
alam qarir,
Sen tomonga qo‘yilgan
bir qadam qarir,
Ishq qarimas, odam qarir,
odam qarir,
Yo‘qlik sari enib-enib
boryapman-o.

Qachon yo‘ldosh bo‘ldim
dili loyqalarga,
Zorman bugun baxtdan qolgan
quyqalarga,
Urinishgan sari menga
loy qalarga
Xayoling-la tinib-tinib
boryapman-o.

Izg‘irinda qolgan yolg‘iz
daraxt bo‘ldim,
Daraxt bo‘ldim, bargsizlikdan
karaxt bo‘ldim,
Shamollarning ohlarini
tarab bo‘ldim,
Quruq shoxday sinib-sinib boryapman-o.

Haqqim bormi “Yo Haq” degan
nido desam,
Yo Haq desam, yo haqqa jon
fido desam,
«Sevsang, faqat o‘zing sevgin, Xudo» desam,
Dargohingga uchib-qo‘nib
boryapman-o,
Dilgohimga uchib-qo‘nib
boryapman-o.

S.Z.

Foto: Dirk Skiba

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Yangi hayot

/channel/sz_fotopoeziya

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

#tarmoqdan

Kecha Turkiya – Gruziya oʻyinida turklar gʻalaba qozondi. “Real Madrid” futbolchisi Arda yana sehrgarligini koʻrsatdi.

Hozirgina Instagramdagi “Real Madrid” profiliga kirdim. Klub ijtimoiy sahifalarida adminlar Ardani tabriklab post qoldirishibdi. Izohlarni oʻqib chiqdim. Bunisi diqqatimni tortdi: “Turkcha yozing, zotan e-tarjimon bor”.

Buni yozgan kishi esa, Arda Gyulerning eski klubi “Fenerbahche” mutasaddilaridan — prezentator, kommentator ekan. Bu hech qachon mustamlaka boʻlmagan avlodning xarakteridir?! Rostan ham Vatan tuygʻusi mutloq ozod yashagan nasllarda kuchliroq, muazzamroq boʻlar ekan. Nasllarimizni ozod va xorij inson etib tarbiyalaylik!

© Islom Ibodulla

@usmonosphere

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Шоир деганлари шаҳиддир – хунсиз,
Учинчи дунёдир  – кундузсиз, тунсиз.
Бола каби кулар, бироқ, кўзда ёш,
Бола каби йиғлар, ва лекин унсиз.

Абдулла ОРИПОВ
2015 йил

Шоир қанотига ўт кетган қушдир,
Унга дон кўрсатманг, беринг осмонни.
То ёниб бўлгунча ёришсин олам,
Токи куйдирмасин куйган жаҳонни.

Шодмонқул САЛОМ
@Shodmonqul_SALOM

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

****

Қувончим, тинчим йўқ Ўзингдан ўзга,
Ҳеч кимга ишим йўқ Ўзингдан ўзга,
Бағримни эзолмас дунё қайғуси,
Ҳеч нарса, ҳеч ким йўқ Ўзингдан ўзга.


Мирзо Кенжабек


@m_kenjabek
┈┈• ❀ 🌷☘️🌷 ❀ •┈┈•

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

​​#Таваллуд_санангиз_муборак
#Бек_АЛИ
#32_ёшда

БЕК АЛИ МОНОЛОГИ

Жўра, мен тушунмадим
бу дунёнинг ишига.
Қучоқ-қучоқ гул берар
ҳаётимнинг қишига.
Бугунимни ёқлаган,
эртамни сўроқлаган
Бир тўп одамлар келиб
қизиқар ўтмишимга.

Билсанг, умрим ғурбатга
қоришиб ўтиб кетган.
Қаро кунларим... воҳ-воҳ,
ёришиб ўтиб кетган.
Ўзим ёққан оловни
ўчиролмай саргардон,
Бутун умрим ҳовучлаб
сув ташиб ўтиб кетган.

Мен-ку ғариб дунёнинг
ройишига кўнганман.
Ковушимнинг қадамда
тойишига кўнганман.
Иштони йўқ, тиззаси
йиртиқларга кулганда
Ва шуларнинг басма-бас
койишига кўнганман.

Аммо бугун шу йўлнинг
ўртасида ўлтириб,
Ўтган-кетганни мана
ўлтирибман кулдириб.
Жўра, агар тушунсанг,
ўзинг менга тушунтир,
Менга бир жавоб айтгин
юрагимни тўлдириб.

Нега манов дунёнинг
одамлари серсавол?
Менга эмас, борлиқнинг
эгасига бер савол.
Жавоб излаб юрибман
сенгамас Холиқимга,
Фурсатим етса бўлди,
ҳаётим топмай завол.

© Исломжон ҚЎЧҚОРОВ

@islomjon_ijodi

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Suhrob Ziyo:
"O'zbek yoshlar she'riyatida Turon mavzusining aks etishi"

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Muallif: Endryu Skot

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

ДУНЁНИ КИМ БОШҚАРАДИ?

Ҳазрати Али (розияллоҳу анҳу): «Болаларингизни келажак замонларга мослаб улғайтиринг. Чунки улар сизнинг даврингиз инсонлари эмас, келгуси даврларнинг инсонларидир» дейдилар. Биз ўз давримизнинг одамларимиз. Фарзандларимиз – келгуси даврларнинг одамлари. Болаларни ана шунга қараб улғайтирмоғимиз лозим.



*
Мен бир ҳазил сўз айтган эдим. Дунёни ким бошқаради?

Гўёки одамлар бошқаради!

Одамларни ким бошқаради?

Хотинлари! Чунки хотинлар эркакларни бармоқларининг учида айлантиради.

Бас, хотинларни ким бошқаради?

Болалар! Бола онасига ҳамма айтганларини қилдиради. Демакки, дунёни болалар бошқаради!


Доктор, профессор, Шайх
МАҲМУД АСЪАД ЖЎШОН
раҳматуллоҳи алайҳ.

@m_kenjabek
┈┈• ❀ 🌷☘️🌷 ❀ •┈┈•

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

2019-yil. 30-may.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

Rahmatli ustoz Mahmud Sa'diy ("Ma'rifat" gazetasidagi bo‘lim boshlig‘im) borib ruhni ko‘tarib kelgandilar...

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

She’riyat kechasi


😊 Soat 17:15dan boshlab “Mutolaada she’riyat” nomli teatrlashgan nazm kechamizning online translyatsiyasini ushbu telegram sahifamizda boshlaymiz.

🥳 Tadbirga kela olmaydiganlar uchun ajoyib imkoniyat bo’ladi.

Bizni kuzatib boring.

Telegram | Instagram | Mutolaaxona/">YouTube

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

"Chernobil" – AES nimaligi, byurokratiya va zo'ravonlikka asoslangan mamlakatga ishonib, uni qurish va saqlash qanday oqibatlarga olib kelishi haqida film.

Atom elektr stansiyalarini qurish texnologiyasi o'zini SSSRning vorisi hisoblaydigan do'vlatda 1988-yildan keyin qanchalik o'zgardi deb o'ylaysiz?!

Soha bo'yicha hali tayinli mutaxassis tayyorlay bilmagan holda AES qurish, uni saqlash, yana barcha vakolatni "seni yeyman" deb turgan zo'ravonga ishonib topshirish uchun qanchalik aql kerak?!

Bu do'vlatning gaz va elektr tarmoqlarimizga aralashishi nimalarga olib kelayotganini ko'rib turibmiz-ku!

Bizni qanday xavf kutib turgani, o'z qo'limiz bilan davlatning qoq markaziga atom bombasini joylashtirayotganimiz haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun quyidagi havoladagi filmni ko'rishni tavsiya qilaman:

https://uzmovi.com/tarixiy/924-chernobil-uzbek-tilida-hayotiy-drama-serial-barcha-qismlari.html


@suhrob_ziyo1

Читать полностью…
Subscribe to a channel