suhrob_ziyo1 | Unsorted

Telegram-канал suhrob_ziyo1 - Suhrob Ziyo

-

Адабиёт. Кўнгил. Дунё. Худо. Адабиёт. Мурожаат учун: @suhrobziyodov

Subscribe to a channel

Suhrob Ziyo

"Subyektiv"ning Orol haqidagi filmidan so‘ng shu amakining har bir so‘zi xayolimdan ketmay qoldi...

"Dengiz ko‘rindi..."

"Ana dengiz..."

"Assalomu alaykum, dengiz..."

"Ey, dengiz-ey..."

"Toshib yotgan dengiz edi, turqini qara endi..."

"Tabarruk dengiz bu..."


Har bir jumla — bir asar, bir armon, bir qo‘shiq!

https://youtu.be/rBmJZhbquyA?si=xQp9JuwlR1cZtkM7

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Uyat bo‘lsa ham aytaman, "Chol va dengiz"ni endi o‘qidim.

Zo‘r kitobni o‘qib tugatganingda bo‘g‘zing bo‘g‘ilib qoladi. Dunyodan nafratlanasan, va dunyoni qaytadan seva boshlaysan. Rahmat, Heminguey!

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

#сотувда 19 500 сўм

Ушбу қиссада Ўзбекистон халқ ёзувчиси Шуҳратнинг 1950 йилларда қамоқда ўтган машаққатли ҳаёти тасвирланган.

Бу даврда кўзга кўринган адиблар ҳибсга олиниб, махфий суд қилинган ва узоқ муддатларга сургун қилинган.

Асар илова ва тўлдиришлар билан такрорий чоп этилган.

Китоб оғир шароитда ҳам эътиқодига содиқ қолган адибнинг ибратли ҳаётини ёритади.

Номи: ОЗОД ҚАЛБ.
Халқ ёзувчиси Шуҳратнинг қамоқдаги ҳаёти.

Котиб-муаллиф:
Мирзо Кенжабек.
Нашриёт: «Академ нашр».
Сана: 2024 йил.
Ҳажми: 160 бет.
ISBN: 978-9910-759-01-7.
Бичими: 84×108 1/32.
Муқоваси: юмшоқ.
Китоб кирил ва лотин алифболарида мавжуд.

☎️ +998977430471

📥 Буюртма учун: Чорсу дўконлари.

📍 Яқинларингизга юборишни унутманг !

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Жўмард йигит тазарруси

...Улуғларимиз “Ақл Каъбага бормоқ учун туя ҳозирлагунча, қалб минг бор зиёрат қилиб келади”, деб бежиз айтмаган. Шу маънода Татьянанинг тошқин қалби, ёрқин идроки турган-битгани тилсимдан иборат аслзода Онегинни илғамаслиги мумкин эмасди. Нигоҳи қорнига қадалган ўртамиёна одамлар орасида ғалатфеъл Онегин, шубҳасиз, чақнаган юлдуз! Татьяна аллақачон қалби билан етган ҳақиқатни, афсуски, Онегиннинг ўзи кеч англайди. Иккиси ҳам қийқириқ издиҳом учун ўгай, жамият учун ортиқча шахс. Ҳаммалашган орзу-ҳаваслар, кўпчиликни хурсанд қила оладиган даҳмазалар иккиси учун ҳам кераксиз матоҳ. Онегин ялтироқ тўдага интилади, ҳашам ортида бекинган бадбурушликни кўради ва ундан юз ўгиради… Туйғуси маъюс ва чуқур Татьянада эса аввалданоқ тўда базмига мўралаш хоҳишининг ўзи бўлмаган. Қиз гарчи ўзи ўша қозонда қайнамаса-да, ички донишмандлик ила бу жилвалар тубанлик томошаси эканини англаган эди...

Батафсил:
https://telegra.ph/ZH%D1%9Emard-jigit-tazarrusi-08-09

@Iqbol_Qoshshayeva

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Shunaqalarga mikrofon tutadiganlarni, masalan, men jurnalist hisoblamayman.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

NE'MAT

Xudoyo, har dilga harorat bergin,
Har ko'zga nuringdan "asorat" bergin,
Aql ber, fikr ber, ular bo'lmasa,
Jim turmoqqa jindek farosat bergin.

S.Z.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Миллат мадҳиясининг муаллифи!

🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
https://t.me/joinchat/AAAAAFHmfjV_EQHVqR8Rcw
🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

"O'ylab qo'yilgan gaplar"dan

Milliy maddohlarimiz o'zini rivojlantirmayapti, izlanmayapti. Maqtovlarning yangi usullarini ishga solishmayapti.

30 yildan beri, sovetdan qolgan odamlar bo'lsa, balki 40-50 yildan beri faqat "hurmatli ...ning sharofati bilan", "amalga oshirilgan islohotlar samarasi sifatida", "hech qachon bunday davr bo'lmagan", "dunyo tan olmoqda", "Avvallari bu biz uchun shunchaki orzu edi" kabi siyqasi chiqqan shablonlar urfdan tushmaydi.

Axir, yangilanish kerak-ku. Zamon o'zgaryapti. Hozirgi odamlar u maqtovlarga ishonmaydi. Yoki maddohlarimiz odamlarning o'zlariga ishonmasliklarini istaydimi? Ular ham chin dildan ishlasin endi. Bu nima degan gap?!

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

🇺🇿Diyora Keldiyorovaning birinchi murabbiyi Xurshida XOLIQOVA:
DIYORANI POYTAXTGA YUBORGIM KELMAGAN, LEKIN…

Biz basketbol uchun mo‘ljallangan zalni uchga bo‘lib, bir qismida taekvondo, bir qismida basketbol va yana bir qismida dzyudo mashg‘ulotlarini olib boramiz.

🥇Meni bitta narsa qiynaydi, bilasizmi, shogirdlarimni ularning kelajaklari uchun, yaxshi sharoitlarda shug‘ullanib chempion bo‘lishlari uchun, yuragimni uzib berganday uchirma qilishga majburman. Agar bizda ham maxsus zal, mashg'ulotlar uchun maxsus anjomlarimiz bo‘lganda edi Diyoraga o‘xshagan uchirmalarim katta musobaqalarga puxta tayyorlanish uchun poytaxtga ketmagan bo‘larmidi?


📣BATAFSIL

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Inqiroz

Bugun fuqaroning shumikan tarzi:
Chalkashib ketganday qazo-yu farzi,
Vatandan qarzini uzmasdan turib,
Ko'payib boradi davlatdan qarzi...

S.Z.

2024. Iyul.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

***

Zaminim so‘z,
havoyim so‘z,
samoyim so‘z,

Shamolim so‘z,
nasimim so‘z,
saboyim so‘z.

Qarolim so‘z,
qirolim so‘z,
qurolim so‘z.

Arslonim so‘z,
shoqolim so‘z,
g‘izolim so‘z.

Mehrobim so‘z,
masjidim so‘z,
sujudim so‘z,

So‘ngagim so‘z,
tomirim so‘z,
vujudim so‘z.

O‘zbakim so‘z,
uyg‘urim so‘z,
Turonim so‘z,

Azobim so‘z,
ozorim so‘z,
fig‘onim so‘z.

Savdoyim so‘z,
xaridim so‘z,
bozorim so‘z,

Zuvolam so‘z,
bir kun borar
mozorim so‘z.

Suygilim so‘z,
jallodim so‘z,
bor-budim so‘z,

So‘zim so‘zdir,
sukutim so‘z,
sukutim so‘z.

S.Z
.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

“БИЗНИНГ ЙЎЛИМИЗ СУҲБАТДИР”
Ёзувчи, филология фанлари номзоди, доцент Олим Тошбоев билан суҳбат


Энг зўр тилчи бу – ёзувчи. Чинакам асар – тил ҳодисаси. Шоир Мирза Кенжабек айтганидек, “Ижодкор сўз бойлигига жуда диққат қилиши лозим. Шоир ҳар бир шеърида, носир ҳар бир ҳикоя, қисса ёки романида бошқалар ишлатмаган кўплаб сўзларни ишлатишни билиши даркор. Бунинг учун қаламкаш тарихни билиши, халқ оғзаки ижоди намуналаридан унумли фойдаланиши, маърифий адабиёт ва мумтоз шеърият сўз хазиналаридан зарур миқдорда истифода этиши зарур”

Афсуски, қирқ-эллик йил бурун битилган асарларни ҳам тушунишга, ўқишга, “бегона” сўзлар мағзини чақишга қийналаётган, луғат бойлиги бир ҳовуч сўздан иборат авлод билан бақамти яшашга маҳкуммиз.


БАТАФСИЛ

@m_kenjabek
┈┈• ❀ 🌷☘️🌷 ❀ •┈┈•

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

🗒 Xabar ber

✍Suhrob Ziyo she'ri

🦾 Sun'iy intellekt musiqasi va ijrosi

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Ketaverasan, ketaverasan.
Bir kun to'xtab, "o'zi qayga ketyapman", deysan.

Javob yo'q.
Lekin oyoqlaring yo'lda davom etadi.

Xuddi aslida manzil ahamiyatsizdek, yursang bo'ldi.
Qayga?
Farqsiz!

Orqaga qaraysan, keyin atrofga.
Yo'q, nimadir kam.
Bunday bo'lmasligi kerak...

Biroq qanday bo'lishi kerak o'zi?
Hamma gap shunda.
Aslida qanday bo'lishi kerak?
Kim ham bilardi, deysan...

Yana ketaverasan...

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

/channel/sz_fotopoeziya

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

"Mahalla" telekanali "Jurnalist nigohida" dasturi.
Mavzu: "KIBERQALLOBLAR"


Muallif: Suhrob Ziyo
Rejissor: Bekzod Mirpo‘latov
.

https://youtu.be/TbUBXEiRpG4?si=7UgcqE9LsNxB6TSc

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

"UNUTMOQ KERAK"


✍🏻Zahiriddin Muhammad Bobur so'zi.
🎻Abduhoshim Ismoilov musiqasi.
🎙Durdona Shodmonova va Rustam Mirminov ijrosi.


@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

***
Qo‘lyozmaga o‘xshagan umr,
Uni faqat qoralamoq bor,
Lekin imlo xatolarisiz
Ko‘chirmoqqa qo‘ling bormaydi.

Suvday serob quvonchlar ichra
Erib ketar g‘ussalar tuzday,
O‘zgasiga bu namakobni
Ichirmoqqa qo‘ling bormaydi.

Ishq keladi kutilmaganda
Telefonning xatxonasiga
Kelgan xatday, uni ko‘ngildan
Kechirmoqqa qo‘ling bormaydi.

Yo‘lda taksi kutgan singari
Taraddudda turibdi baxtlar,
Unga yetmay yurakni qushday
Uchirmoqqa qo‘ling bormaydi.

Ortda qolar yo‘l, taksi, borliq,
Va yurakning parchalarini
telefonning xatxonasidan
O‘chirmoqqa qo‘ling bormaydi.

S.Z.

2022.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

BAXT HAQIDA BALLADA
Usmon Azim she’ri.
____________
Ijodiy jamoa:
Samijon Sunnatillayev
Asilbek Umarov
Elbek Hamdamov
—————————

Ijtimoiy tarmoqda ijodimni kuzatuvchi muxlislarning talab va takliflariga binoan. 🙂

P/s: Bu she’r o’zimning ham eng yaxshi ko’rgan she’rlarimdan. Otaxon shoir - Usmon Azimga ushbu she’r uchun alohida rahmat aytaman!

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

TIBBIY LIRIKA

*
Farqlolmay o‘tadi daltonik dunyo
Maloyik rangini, shayton rangini...


*
Arteriyalar gaz quvurlari kabi
bosimdan portlashga shaylangan.
Kardiogramma —
dastxati qog‘ozga sig‘magan daho,
eng buyuk asarni changallab yashar...


*
O‘n sakkiz farishtaning
Yuki ezdi yelkamni,
Zarra qadar bo‘lsa-da
Men ham xatoga mas’ul...


*
Odamning yuragi –
transplantantlar uchun
eng qimmat mahsulot,
tibbiyot guvoh.
Lek uni boshqacha sotish ham mumkin:
qiymalab-qiymalab sotish ham mumkin.
Arteriyalarda oqqan
qaynoq iztirob bilan,
ehtiros bilan,
nafrat bilan,
muhabbat bilan
ulgurji sotilgan yuraklar yigʻlar…


👉🏻TO'LIQ O'QING

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

👉🏻💻 ISHXONADA YOZILGAN SHE'RLAR


...Maoshli qullikka
bergancha borin
Qaltirab qaytadi
orriqlagan so'z.
Nega sen to'ymaysan,
la’nati qorin?
Nega sen to'ymaysan,
ko'zlari och ko'z?!

S.Z.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

✍️Суҳроб ЗИЁ.

🎤Гулруҳ Эшонқулова.

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Ассалому алайкум. Овоз йиғишда ёрдам сўрашяпти.

/channel/oyinauz/17292

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

ОҚИБАТ


Майли, йиғиштиринг нарса-қарони...
Извош ортга чизар илон изларин.
Алплардай очамиз бир кун орани:
Томоша қўямиз ҳали, дўстларим!

Биз, кино қўямиз ҳали, инонинг!
Бу кўзлар, бу сўзлар – гарчи авомдир...
Келган ери эсда қолсин кинонинг,
Биз қайтгач портлаши тайин... давоми!

Биз, тағин саҳнада ҳунар кўрсатиб,
Ҳуққабоз мисоли ярақлагаймиз
Ва шовқин-суронда мумни ишлатиб,
Сукунат пайтида тарақлагаймиз.

Сарбоздай келади ўктамлик гали –
Ўша он! – Навбатдан ташқари навбат.
Биз, кино қўямиз, дўстларим, ҳали!
Томоша қўямиз, қўямиз, албат!


@Alibek_Anvariy


июл 2024 й.

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Ayni paytda meni band qilib turgan suhbatni ilinyapman.

Tizerdan ham avval 01:01:20 — Shoir maqomi nima? bobini ko'ryapman. Bu savolga Sanjar akaning javobi qiziq.

👉🏻 https://youtu.be/HUox2DLWndU

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Tarixiy savol

Biz hayron qolamiz tarixga boqib,
Bobolar noshudmi shuncha urushda?
Turonday diyorni supraday qopib,
Maydalab-maydalab tutdi o’risga.

Biz hayron qolamiz erk qo’lda chog’i
Nega bir qilmadi ular niyatni?
Nega qo’rboshilar shuncha ot solib
Saqlab qololmadi Muxtoriyatni?!

Biz hayron qolamiz: el oydinlari
Ayira bilmadi to’pdan zotini.
Jadid-u qadimchi bo’ldi-yu bari
Baribir birma-bir ketdi otilib.

Bizlar ham o’tamiz shu ko’yi, shundoq,
Avlodlar anglarmi rost-u to’g’rini.
Demasmi: otalar bunchalar gumroh,
Qanday boqqan ekan shuncha o’g’rini.

S.Z.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

"Vatan qolsin,
Vatan qolsin!"

Sun'iy intellekt ijro etadi.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Шайх, устоз, кўнгул дўсти, мураббий, Саййид Маҳмуд Асъад Жўшон (раҳматуллоҳи алайҳ) ҳазратларининг
ҲИЖРИЙ ЯНГИ ЙИЛ
ТАВСИЯЛАРИ

1. Вақтнинг қийматини билинг ва вақтни яхши қадрланг - ундан унумли фойдаланинг.

2. Ҳар куни бир қанча оят, бир қанча ҳадисни албатта ўқинг.

3. Имом Бухорийнинг "Саҳиҳи Бухорий" ("Ал-Жомиъ ас-саҳиҳ") асарини, лутфан (илтимосим) бола-чақангиз билан бирга ўқинг.

4. Ҳар кун пайғамбарлардан бошлаб саҳобаи киромларнинг мўътабар шахсиятлари ҳаётларини ва ибратли сўзларини ўқиб боринг.

5. Янги дўст-биродарлар топинг, уларнинг зиёратига боринг, уларни (яхшиликка) даъват этинг, хабарлашиб туришни пайсалга солманг.

6. Чет элларга зиёратлар ва саёҳатларни ташкил этинг, у ерлардаги инсонлар билан дўстлик, таълим ва тижорат алоқаларини ўрнатишга ҳаракат қилинг.

Шайх Саййид Маҳмуд Асъад Жўшон (раҳматуллоҳи алайҳ) ҳазратлари.

Ақра. Медия.
Мирзо Кенжабек таржимаси.

@m_kenjabek
┈┈• ❀ 🌷☘️🌷 ❀

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

/channel/sz_fotopoeziya

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

/channel/sz_fotopoeziya

Читать полностью…
Subscribe to a channel