QIRQ BIRINCHI KUN
Mohira bilan bir kunda (25-oktyabr) tug‘ilganmiz.
"Duel" tanlovida (2021) ham birga qatnashgan ekanmiz.
Qarab ko‘rsam, "Yoshlik" jurnalida ham bir yilda (2022) chiqish qilgan ekanmiz.
Mana, 2024 yilda "Izlam"da birga kitobimiz chiqdi.
2025-yilning "Qirq birinchi kun"iga qolmay kitoblar sotilib ketsa yana bir marra egallanadi.))
@suhrob_ziyo1
Shahriyor "HAM" bor
Buyugimiz Rauf Parfining shunday so‘zlari bor:
“Yangi bir avlod paydo bo‘lishi kerak. Turkchilikni anglagan, his etgan avlod. Yangi she’riyat yangi ijtimoiy ruh bilan keladi. Kelayotgan yangi ijtimoiy ruh, bu – turkchilik. She’riyatimizni turkchilikni anglash ruhi yangilaydi”.(R.Parfi, "Hukmnoma" kitobidan).Bu vasiyatda tengqurlarimiz goh savqi tabiiy bilan, goh zo‘rma-zo‘raki amal qilishga urinadi. Zo‘raki yozmalar o‘zi elakdan tushib qolaveradi. Baquvvat da'volar esa qilich ko‘tarib ko‘z o‘ngimizga chiqib kelaveradi:
Ey turkiy do‘stlarim,
Nafasi yovqur!
Yig‘ib qo‘yilmaydi shamolda yelkan.
Avvalo, Turonga bir yurak zarur,
Yurakki, salmog‘i Turondan ulkan!
HAM va NAFAS
Avval HAM keladi.
Uning qamrovi, qulochi shu qadar keng: osmon-u zamin HAM, oqil-u nodon HAM, xoin-u siddiq HAM uning tasarrufiga sig‘adi. Olam qalb o‘rtasidagi bu bog‘lovchi elektr o‘tkazgichdek o‘zidagi elektron va ionlarning tartibli yo‘nalgan harakati tufayli moddiy olamga o‘z qaldiroqlarini uzatadi...
Bu qaldiroqlar yumshab boradi, bora-bora NAFAS kabi mayinlikka erishadi.
Albatta, ilk bor NAFAS bo‘lgan.
Nafas nayga puflangan, naydan kuy ingan, kuy jonga yetgan, jon tanga kirgan. Bu HAM va NAFASning indallosi edi.
Shu bilan HAM va NAFAS bir bo‘ldi.
Shahriyor va Nozimaning she'ri bir-birini shunday to‘ldiradi. Nozimadagi musiqiylik va ingichka sezimlar HAM, Shahriyordagi dali-g‘uli asovlik va ichki hayqiriq HAM bu HAMNAFASlikka chippa mos tushadi.
Bu ikki kitobni birga o‘qish she'rxon uchun eng yuksak, eng inja, eng o‘tkir, eng nafis tuyg‘ularni birgalikda his qilish imkonini beradi. O‘sha imkonni "Izlam" loyihasi taqdim etmoqda. Bu taqdim xayrli bo‘lsin!
@suhrob_ziyo1
Суҳроб – ҳожатбарор, иссиқмижоз, ҳардамхаёл, шеъркасал, кенгфаҳм, оғирвазмин, камсуқум, мобилтафаккур, собитқарор, микрофонбардор, соғлиқсақлар, тиллатопар, ҳожи йигит.
Албатта, Суҳроб деганда, кўз олдимизга иягига қўлини тираб, узоқларга тикилганча узоқ ўйга чўмиб ўтирган шоир образи келади. Тахминан Улуғбек аканинг шу типаждаги фотосини эслаш кифоя.
Ҳамма нарсани ўйлаб қўйган бўлади. Ҳамма нарсани ўйлаб кўрган бўлади.
Олтмиш йилдан кейин ҳамма "Сайланма" чиқарса, Суҳроб "Ўйланма" чиқарса керак...
Суҳроб, табриклайман. Туғилган кунингиз муборак бўлсин. Барча ЎЙлаган ЎЙларингиз реалликка кўчиб, бир-бир амалга ошаверсин. Яхшиликлар ҳамиша ҳамроҳ бўлсин.
BARIBIR
Men samodan topgan so‘zni
siz tuproqqa ko‘mgaysiz.
Balki, menga ayon sirlar
sizga biroz o‘ng‘aysiz.
Menga Xudo bergan ishqqa
shunga ko‘zni yumgaysiz.
Men dunyoni sharh etsam ham
baribir tushunmaysiz.
Ko‘ngildan arz etsam, sizlar
qaydan so‘rayapsizlar?
Nafas bo‘lib kirgan qolib,
loydan so‘rayapsizlar.
Gul shirasi bol bo‘lguncha
ming to‘lg‘ongan arining
qismatini boldan emas,
maydan so‘rayapsizlar.
Qay es bilan ishq sharhini
Qaysdan so‘rayapsizlar?
O'z-o'zidan adashganga
Najot bo'ladi qay iz?
Men dunyoni sharh etsam ham
Baribir tushunmaysiz.
Qarang, ikki qanot bilan
bir o‘ram go‘sht uchyapti,
Bu qushlari yolg‘on, tandan
ruh degan qush uchyapti.
Dunyosining sumbatiga
bino qo‘yib yurganlar
bu dunyodan xas ololmay
qo‘li bo‘m-bo‘sh uchyapti.
Ey, kuyini yo'qotganlar,
navo bo'lmaydi naysiz.
Men dunyoni sharh etsam ham
baribir tushunmaysiz.
Milliard zarra birlashgay-u
Bir vujudga jam bo'lgay,
Kimda nedir ortiq bo'lgay,
Kimda nedir kam bo'lgay,
Yo qumursqa, yo burgut, yo
hazrati Odam bo'lgay.
Ne bo'lsa ham bir hikmat bor,
hukmi muhtasham bo'lgay,
Va barchasi avval-oxir
yo'q bo'lgay, adam bo'lgay,
Qo‘yib bersa bu olamga
ustun bo‘lmoqqa shaysiz.
Men dunyoni sharh etsam ham
baribir tushunmaysiz.
© Suhrob Ziyo
@Dil_Dost
#шоир_туғилган_кун
Суҳроб Зиё ҳамиша сокин, хокисор юрадиган йигит. Сокин дарёларнинг ички шиддати не-не тўғонларни бузиб юбормаган дейсиз. Унинг ана шундай тафаккур билан тўйинган ички олами, тўфони, қуч-қуввати бор.
Суҳробнинг яна бир хислати борки, буни асло назардан қочириб бўлмайди. Шоир миллат бошига тушган катта-кичик синовларга, ҳодисотларга юрагини беради. Унинг қувончидан чексиз шодланади. Бу эса доим шеър бўлиб қоғозга, қоғоздан эл қалбига кўчади. Юрагидаги дарз эса катталашиб бораверади. Бир шоир бўлса, шундай бўларда...
Суҳробжон, таваллуд сана муборак бўлсин. Куч-қувватга тўлиб бораверинг.
***
Taqdirimga ko‘nib-ko‘nib
boryapman-o,
Yuragimni yo‘nib-yo‘nib
boryapman-o,
Ko‘zlaringga qarolmayin
yonayapman,
Yonib turib so‘nib-so‘nib
boryapman-o.
Yuragimda asrlik bir
alam qarir,
Sen tomonga qo‘yilgan
bir qadam qarir,
Ishq qarimas, odam qarir,
odam qarir,
Yo‘qlik sari enib-enib
boryapman-o.
Qachon yo‘ldosh bo‘ldim
dili loyqalarga,
Zorman bugun baxtdan qolgan
quyqalarga,
Urinishgan sari menga
loy qalarga
Xayoling-la tinib-tinib
boryapman-o.
Izg‘irinda qolgan yolg‘iz
daraxt bo‘ldim,
Daraxt bo‘ldim, bargsizlikdan
karaxt bo‘ldim,
Shamollarning ohlarini
tarab bo‘ldim,
Quruq shoxday sinib-sinib boryapman-o.
Haqqim bormi “Yo Haq” degan
nido desam,
Yo Haq desam, yo haqqa jon
fido desam,
«Sevsang, faqat o‘zing sevgin, Xudo» desam,
Dargohingga uchib-qo‘nib
boryapman-o,
Dilgohimga uchib-qo‘nib
boryapman-o.
@suhrob_ziyo1
@islomjon_ijodi
2011-йил "Истеъдод чорлови" шеърият клубига 722-рақамли ҳаваскор бўлиб рўйхатга олингандим. Ҳозир билмадим, нечта бўлиб кетган...
Ўша ерда бир давра бўлиб шеър ўқигандик. Шунда кўриниши оддий, овози пастроқ, қарашлари жиддий озғин йигит шеър ўқиганди. Мен ҳозиргача исмларни эслаб қололмайман. Шоир шеъри билан ёнимда қолади. Аммо ўша йигит бир сатри билан исмини ҳам хотирамга муҳрлади:
"Суқрот эмас, Суҳробман..."
Шундан кейин у кишини кам сонли дўстларим қаторига қўшишга тиришдим. Акасиям сир бермайдиганлардан. Майли деб қўйдик.
Йиллар ўтиб, Ҳумоюн Қувондиқов ижодкорларни Каттақўрғонга чақирди. Ўшанда ул зоти муборак шеърларининг бирида камина қулингиз исмига ўрин берибдилар:
"Манов тоғлар шеър бўлолмай
Қотиб қолган санъатмикан?
Тошдан-тошга сакраб юрган
Ким? Шаҳриёр Шавкатмикан?"
Ака-ука бўлиб кетдик...
Тошкентга келдик.
Неча сойлар ўтди...
Катта бир давра шаклланди. У ерда "Суҳроб дея аталган исён"нинг ўрни бўлак. Жонкуяр, самимий, истеъдодли, қисқаси мард йигит.
Бир йиғинда Усмон Азимнинг фикрини эслаб ўтди:
" - Сизлар ҳали ҳам бирга юрибсизларми?
- Ҳа.
- Унда манфаатларинг тўқнашмабди-да...
Хусусан, Суҳроб Зиё билан бир неча марта мафаатларимиз тўқнашди. Бошқалар билмайдиганлари қанча. Лекин у на ошкора, на яширин ҳужумга ўтди. Ҳамиша мард бўлди. Эркак бўлди. Ғурурни ва шаънни доим биринчи ўринга қўйди. Мана кураш. Олсанг, ҳалолинг бўлсин деди...
Бундай ака, дўст, шоир кам бўлади, жўралар...
Суҳроб Зиё кўп яшасин, ижоди янада юксалсин, илмий изланишлари давом этсин, муҳими, ота-онаси, эл-юрт, адабиёт олдида ҳамиша юзи ёруғ бўлсин!
Табриклайман!
Suhrob Ziyo
"Yolg‘on"
Sun'iy intellekt ijro etadi.
Muallif: S.Z.
Musiqa va ijro: AI
@suhrob_ziyo1
Kitob nomi: Ko'ngil yelkani (She'rlar)
Muallif: Suhrob Ziyo
Nashriyot: "Zilol-buloq"
Yil: 2021
@suhrob_ziyo1
BUYUK KO‘CHISHLAR
Hali al-Misoq ham kelmasdan burun,
Qirq yillik yomg‘irlar yog‘masdan qadiym,
Hali Arsh toqida topmasdan o‘rin,
Loyimga ko‘chirdi ruhimni Rahiym.
So‘ng ma'lum: buzildi muqaddas taqiq,
Bo‘g‘zimdan gunohni tupurdim o‘qchib.
Sendan, ey, xayollar ichra eng aqiq,
Eng oliy hukmga bo‘ysunib ko‘chdim.
Va shundan boshlandi bu eski safar,
Goh otda, gohida piyoda ko‘chdim.
Qadardan qadarga, to qadar qadar
Haddan ortiq ko‘chdim, ziyoda ko‘chdim.
Qazoda bo‘g‘izdan ko‘chgan unman men,
Rahmdan uzilgan chinqiroq sasman.
To‘fonda kemaga ko‘chgan Nuhman men,
Kemadan zaminga ko‘chgan Yofasman.
Men o‘sha Musoning ko‘chmanchi xalqi,
Mal'unlar fitnasi qadar qadimman.
Men o‘sha nabiysin chormixga tang‘ib,
Haqdan botil sari ko‘chgan qavmman.
Butlardan butlarga ko‘chdim "xudo" deb,
Poklandim pok zotning fitratlaridan.
Buroqda ko‘chdim goh Haq sari "Yo..." deb,
Madinaga ko‘chdim hijratlarida.
Bir bo‘lib,
yuz bo‘lib,
ming bo‘lib ko‘chdim,
Hindu bo‘lib ko‘chdim,
Xun bo‘lib ko‘chdim.
Ko‘chmanchi qonimga bo‘yab tuproqni
Tong bo‘lib, kun bo‘lib, tun bo‘lib ko‘chdim.
Tug‘lar-u yalovlar tutdi ko‘chkilar,
Qancha nasllarni yutdi ko‘chkilar.
Ko‘chkilar ko‘chkilar bilan birlashib,
Qonlardan qonlarga o‘tdi ko‘chkilar...
...Ko‘chgulik holim ham qolmadi qolmadi oxir.
Bu daydi ruhimdan tonarman dog‘i.
Imillar, tobora qadami og‘ir
Buyuk sarsonlikning mayda urvog‘i.
Va hanuz yelkamda chorig‘i azal.
Eski ko‘chkilarga g‘arib taqlidan
Mamlakatlar bo‘ylab ko‘charman bu gal
Muhojir shaklida, sayyoh shaklida.
Qishloqdan shaharga ko‘charman to‘p-to‘p,
Tiriklik ko‘chirar har kun ming ko‘yga.
Ishdan ishga ko‘chdim,
yana ko‘chdim ko‘p
Ijara uylardan ijara uyga.
Sovigan qahvoday kunlar farahsiz,
Ularni erinib ho‘plarman man-o.
G‘aflatga ko‘chdim men – nursiz, sharafsiz...
Gunohdan gunohga ko‘chdim, Rabbano!
Dildan dilga ko‘chgan qadr, xayr-xo‘sh,
She'rdan she'rga ko‘chgan hislar, alvido.
Muqim qoladigan nimang bordir, xo‘sh,
Ey, mening ko‘zimdan ko‘chkinchi dunyo?!
Bu mayda safarlar qachon qariydi?
Hech biri arzimas yonib-o‘chishga.
Ruhim, armonlaring u kun ariydi,
Ruhim, tayyormisan Buyuk ko‘chishga?!
S.Z.
2024. Sentyabr.
@suhrob_ziyo1
Nozimaning "NAFAS"i
Nozima Habibullayeva ijodi musiqa bilan bevosita aloqador. Butun borliqni
musiqa ostida she’rga soladi u. Bu she'r badiiyatiga ta'sir qilibgina qolmay, shoiraning
o‘zigagina xos bo‘lgan uslubni shakllantirishida qo‘l keladi:
Ming ko‘znayza nishonida — men,
Nafaslarim borar qisilib.
Va chalishni boshlayman Betxovenning
14-sonatasini.
Ilk akkord va klavish domi
Nozik barmoqlarim cho‘za boshlaydi.
Yurak ritmi : sol- do- mi, sol - do- mi...
O‘n barmoq — o‘n g‘avvos oq-qora
Dengiz aro suza boshlaydi...
To‘kilib-to‘kilib borar dard,Suhrob ZIYO
O‘kinib-o‘kinib tomar she’r.
Chanqadi so‘zlarim tomiri,
Nido ber,
ey Tomchi,
nido ber.
Kiprigim hilolni suyabon
Toliqmish.
Nafasing guloro.
Qanotin bi-ir yoysin soyabon
Dilorom yomg‘irim, dilorom!...
#yangi_nashr #IZLAM
Uzoq kutilgan “Izlam”ning ikkinchi mavsumi sotuvda!
Xarid: t.me/akademsavdo
Суҳроб Зиё - мултииқтидор. Шеър уни аллақачон қаноатлaнтирмай қўйган, шунинг учун шеър ёзишда ўта кетган дангаса бўлишига қарамай, ноёб топилмалар унинг ортидан қувиб юради. “Ишқ келади кутилмаганда телефоннинг хатхонасига” дейди-ю, эълон қилади. Тушунмаган чиройли ёзибди, деб қўя қолади, тушунган эса ҳайратга тутинади – “О, бунгача қайси шоир ишқни бунчалик интеграция қила олган?”.
Бундай нарса Суҳроб Зиёда жуда кўп. У учун оддийгина шеърларнинг қизиғи қолмагани – сигнал. Демак, адабий портлашлар яқин. Унинг бармоқлари буни эплайди. Ҳа, дарвоқе, у “бармоқ”ни ҳам, “аруз”ни ҳам парчалаб, бутунлай янги нарсаларни бошлаши ҳам мумкин. Буни Худо билади.
Таваллуд кунингиз муборак бўлсин, @suhrob_ziyo1
(с) Жонибек АЛИЖОНОВ
"Zarba. Ruslan Chagayev" hujjatli filmidan so‘ng yozilgan she'r:
Boks
Ko‘chani changitib yurgan bolalar,
Osmonni yaqindan ko‘rgan bolalar,
Hayot qarshisida qo‘lin musht qilib,
Taqdirini ringda qurgan bolalar.
Goh mag‘lub, gohida g‘olib bo‘lsa ham,
Goh yupun, gohi och qolib bo‘lsa ham,
Chempion bo‘lishga tinmay tirashgan,
Qo‘lqopini qarzga olib bo‘lsa ham.
Oyog‘idan sovuq o‘tgan bolalar,
Zafar kunlarini kutgan bolalar,
Zarb yesa, “uh” demay, tishi sinsa ham
Qonini jim ichga yutgan bolalar.
Bokssiz g‘amlar-u quvonch bo‘lmaydi.
Yengilsang, soyang ham yupanch bo‘lmaydi.
Yiqilgan kurashga to‘ymaydi, ammo
Hayot janglarida revansh bo‘lmaydi.
Zo‘rlarni nokaut qilgan bolalar,
Gʻirrom davralardan kulgan bolalar,
Har jangdan medal-u kamarlar olib,
Qoshlari yorilib kelgan bolalar.
Boshidan ne qismat toshi o‘tganlar,
Bu yo‘ldan avval-u boshi o‘tganlar,
Kuchga to‘lgan payti omadi chopmay,
Omad kelgan chog‘i yoshi o‘tganlar.
Gʻoliblik sururin surgan bolalalar,
Dunyoni balanddan ko‘rgan bolalar,
Bugun shogirdlarga umidin tikib,
Kamolini kutib turgan bolalar...
Suhrob ZIYO
2024.Oktyabr.
Filmga havola: https://youtu.be/RCP_tADkoFM?si=omXBSDmt2PYBCHyF
@suhrob_ziyo1
#Туғилган_кун
Бугун ука-жўрам, узангижўлдош биродарим Суҳроб Зиё туғилган кун!
ВАТАН ҚОЛСИН!
Жалолиддин Мангубердининг Темур Маликка айтгани
Ўжар бўлдим,
Ўжар бўлдинг,
Сен Малики Хўжанд бўлдинг.
Мен-ла сарсон кўчар бўлдинг.
Боламиздан кечар бўлдик,
Ёримиздан кечар бўлдик –
Боримиздан кечар бўлдик,
Ватан қолсин,
Ватан қолсин.
Жоним оқар Жайҳун бўлиб,
Жонинг оқар Сайҳун бўлиб.
Чингиз келар…
Чингиз келар
Ўтган ери ашк, хун бўлиб.
Ким номусдан маҳрум бўлиб,
Кимдир қолар маҳкум бўлиб,
Томирларим қақшаб кетар,
Ҳайқираман мажнун бўлиб:
Ватан қолсин,
Ватан қолсин.
Анов юрган Гурганчми-ё?
Унда ётган бир ганжими-ё?
Қўлларида ёв ялови,
Тўни кафан Шайхим Кубро:
«Донишидан тонган элга
Келган бало – кетмас қазо».
Ўзинг асра, Ё Илоҳо!
Ўзинг қўлла, Ё Илоҳо!
Ватан қолсин,
Ватан қолсин.
Отам қочса юртни ташлаб,
Онам юрса фитна бошлаб,
Иним Оқшоҳ пойлаб турса
Изларимдан тиғ тарошлаб.
Қайга борай дилни ғашлаб?
Қайга борай кўзни ёшлаб?
Пешволари юрса ошлаб,
Ботирлари жонни тикса,
Бизчи, кетсак жангга бошлаб,
Ватан қолсин,
Ватан қолсин.
Кунинг шуми, Хоразмюрт?
Гоҳи хор юрт, гоҳ азим юрт.
Сенга солсам бир разм, юрт,
Тўрт томонинг жанг – разм, юрт.
Истаганим тожу тахтмас,
Истадим юрт, истадим юрт.
Гулга чўмсин, истагим, юрт.
Нурга чўмсин, истагим, юрт.
Ватан қолсин,
Ватан қолсин.
Ватан надир, Ватан шулдир:
Султон ул дир, зобит улдир,
Ўз аҳдида собит улдир,
Ким бошини эгса, қулдир.
Темур Малик,
Темур Малик,
Шамширингни қучиб ухла,
Тушингда ҳам ёвни ўлдир,
Тушингда ҳам ёвни ўлдир.
Ватан қолсин,
Ватан қолсин.
Мунгли кўзлар мўлтиради,
Нажот кутиб ўлтиради,
Ноаҳл эл, ришвагар эл
Душманини кулдиради.
Душман бизга тенгсиз эмас,
Э-воҳ, бизни Чингиз эмас
Битта хоин ўлдиради,
Битта хоин ўлдиради.
Бироқ ўлим сўнгсўз эмас –
Ватан қолсин,
Ватан қолсин.
Суҳроб ЗИЁ
/channel/suhrob_ziyo1
#Tabrik
🎉 Bugun shoir inim Suhrob Ziyoning tugʻilgan kuni.
Suhrob hayrat atalmish noyob kashshofni oʻzida pokiza saqlab qololgan.
Uning oʻshal hayratlar hosilasi boʻlgan goʻzal sheʼrlari allaqachon oʻz muxlislarini topib ulgurgan.
Suhrobga uzoq umr, salomatlik tilaymiz!
* * *
Bu shaharning devorlari mo'l,
Bu dunyoning yo'llari dovli.
Uch tomonga boshlab ketar yo'l
Men, Suhrob va ko'ngil uchchovni.
Ko'zlarimni yumdim... va xayr,
Endi uzun bir she'r aytaman.
Birlashmasa agar bu yo'llar,
Men o'zimga qanday qaytaman?!
© Suhrob Ziyo
@Dil_Dost
#IZLAM haqida so‘nggi yangiliklar
Dushanba kuni Izlam ruknining yangi mavsumi sotuvga chiqadi. Kutubxonangiz birvarakayiga 15 nomdagi yangi kitoblar bilan boyishi taraddudini ko'ravering.
Kitoblar janrlariga ko'ra quyidagicha ko'rinish oldi:
nasr — 5;
nazm — 8;
publitsistika — 1;
adabiyotshunoslik — 1;
Sotuv e’lon qilinadigan postda barcha narxlar ko'rsatib o'tiladi, kitoblar to‘plam holida xarid qilsangiz chegirmaga ega bo‘lasiz.
Izlamning 16-kitobi istisno tariqasida keyinroq tadim etiladi.
Kuzatib boring: @akademnashr
akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook | Twitter
Kitoblar keyingi haftadan sotuvda.
Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo
Tel: 99 433-16-77
Aloqa: @akademnashr_bot
NISBIYLIK
Quyosh yolg‘on,
tun yolg‘on,
asr yolg‘on,
zum yolg‘on,
qoya yolg‘on,
qum yolg‘on,
qatrayu
qulzum yolg‘on.
Yolg‘on alqov,
xushomad.
Yolg‘on taqvo,
diyonat.
Yolg‘on sevgi,
xiyonat,
ma’sum yolg‘on,
shum yolg‘on.
Qush ham bizdan hotamroq,
chumoli ham bardamroq,
itlar do‘stga hamdamroq,
bular bizdan odamroq —
qanot yolg‘on, dum yolg‘on.
Vujud — zindon,
jon — tutqun,
yurak — o‘pqon,
qon — tutqun,
bir ruhi nolon tutqun,
tan — suyakustun — yolg‘on.
Shohlar yolg‘on,
taxt yolg‘on,
muddat yolg‘on,
vaqt yolg‘on,
tilloyu zar,
naqd yolg‘on,
farmon-u hukm yolg‘on.
Olimlar-u
toliblar,
Mag‘lublar-u
g‘oliblar,
yallo qilib yurgan ham
nog‘orasin choliblar,
o‘lmay turib dunyodan
boshin ketgan oliblar,
ozodlarning ruhini
zanjirlarga soliblar,
tutqunlarning xayoli
samolarda qoliblar...
ozod-u tutqun yolg‘on...
ostin-ustin dunyo bu:
dunyo yolg‘on, dun yolg‘on.
Yolg‘on shakl-shamoyil,
yolg‘on dengiz, samo, yo‘l,
yolg‘on dard-u davo-yu
bemor-u hakim yolg‘on.
Ishrat bor-u
shavq yo‘qdir,
izzat bor-u
zavq yo‘qdir,
ummon bor-u
g‘arq yo‘qdir,
chaqin bor-u
barq yo‘qdir,
o‘ng-u so‘l,
g‘arb-sharq yo‘qdir,
o‘lmoq-qolmoq
farq yo‘qdir,
barcha "haq"lar yolg‘on-u
Haqdan o‘zga Haq yo‘qdir.
Suhrob Ziyo
2023. May.
@suhrob_ziyo1
***
Meni qashshoqlikka tashlagan boylik,
Ifordan zaqqumga aylangan havo.
Kecha yurtim edi dengizlik, soylik,
Bugun tashnalikka izlayman davo.
Yoki fosh qildimi o'z-o'zin sirlar?
Yoki sitildimi fitnalar choki?
"Jannatmakon" deya maqtalgan yerlar
Chindan jannatmakon bo‘ldimi yoki?!
S.Z.
2024.Sentyabr.
@suhrob_ziyo1
❗️Diqqat ❗️
21-sentabr kuni soat 17:00 da @marifatziyo telegram kanalida “Gazeta uchun maqola yozish tartib va talablari” mavzusida ovozli chat o‘tkaziladi.
✅ Mavzu yuzasidan savollarga “Maʼrifat” gazetasi bosh muharriri Husan Nishonov javob beradilar.
📌 Shu vaqtda qadar gazetaga yuborgan maqolalaringiz qaytarilgan bo‘lsa yoki talablarini bilmaganingiz uchun maqola jo‘natishga ikkilanib turgan bo‘lsangiz, albatta master-klass shaklidagi ovozli chatimizda ishtirok eting.
📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 📱 Mobil ilova
BU QANDOQ O‘LIM?!
Nishopurda bir attor atir, upa-elik, shisha, mushk sotadigan do‘konida savdo qilayotgan edi. Bir qalandar-darvesh: "Alloh yo‘liga xayr qil" deb attorning do‘koniga kirdi. Attor parvo qilmadi.
Gapiga javob ololmay ma’lul bo‘lgan darvesh bu safar attorga:
"Ey sohib, ey xoja! Sen qanday o‘lasan?!" dedi.
"Sen qanday o‘lsang, men ham shunday o‘laman!" dedi.
— Yo‘q, — dedi darvesh. — Menga o‘xshab o‘lolmaysan, yuking ko‘p ekan. Mana qara, qanday o‘laman?!