suhrob_ziyo1 | Unsorted

Telegram-канал suhrob_ziyo1 - Suhrob Ziyo

-

Адабиёт. Кўнгил. Дунё. Худо. Адабиёт. Мурожаат учун: @suhrobziyodov

Subscribe to a channel

Suhrob Ziyo

Мансур Жумаев. Шеърлар. Шоирнинг ўзи ўқиган. / Mansur Jumayev. She’rlar. Shoirning o‘zi o‘qigan. https://www.youtube.com/watch?v=aGhQ3WGuKRs&t=203s

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

* * *
Икки дунё ҳар бошда пойдор,
ҳар жуссада топган ифодат:
ҳар кўнгилда битта Худо бор,
ҳар қадамда битта ибодат.
Ҳар куртакда битта сано бор,
ҳар япроқда битта китобат;
ҳар гиёҳда битта дуо бор,
ҳар ёмғирда битта ижобат.
Ҳар киприкда битта имо бор,
ҳар абруда битта ишорат;
ҳар манглайда битта ҳумо бор,
ҳар юмруқда битта иморат.
Ҳар ёноқда битта ибо бор,
ҳар дудоқда битта муҳаббат;
ҳар қурсоқда битта Исо бор,
ҳар бешикда битта Муҳаммад.
Икки дунё ҳар бошда пойдор,
ҳар заррада улвий иродат:
ҳар кўнгилда битта Худо бор,
ҳар қадамда битта ибодат.

🎙Шуҳрат Дарё
✍Мансур Жумаев

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

BILDIRISH

   Mansur Jumayevning janozasi ertaga, 6-noyabr kuni Qarshi shahri Shayxali qo‘rg‘oni Koson yo‘li ko‘chasi 6/42-uyda o‘qiladi.
Marhum Xo‘jai jarroh qabristoniga qo‘yiladi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Абадий жаннат ваъда қилинади, шекилли

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

qo'shig'ini eshitib turib miyamga kelib qoldi

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Mansur aka, Assalomu alaykum.

"Bu eshikdan, azizam,
Kirish bordir, chiqish yo'q", — deb Jannat aytilgan, shekilli-a?

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Taniqli shoir Mansur Jumayev olamdan o‘tdi

Shoir 1991-yili Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida tug‘ilgan.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/posts/25461

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Bayram Ali kimdir?

Bayram Ali nomini ilk bor eshitganimda so‘nggi paleolit davrlari edi. Bir yerdan ekanimizni, yaxshi yozar ekanini bilardim. Lekin biror asari bilan yaqindan tanishmagan ekanman. Bugungi yosh adabiy avlodning "aybg‘ina"si ham shu: o‘z yonimizdagi adiblarni o‘qimaymiz.

Xuddi yozuvchi degani qaydadir olislarda, biz uni biror narsasini to‘satdan o‘qib qolib, o‘zi qanday odam ekan, deb o‘ylab yurishimiz qotib qolgan tasavvurdek.

Xuddi yaxshi yozuvchi aniq bizning yonimizda bo‘lmaydi. Bilmayman, negadir shunday.

Mayli, men indamay, Bayram Ali ijodiga berilgan tiniq baho "Bosiriq"ning avvalida rahmatli adibimiz Luqmon Bo‘rixon yozgan so‘zboshida berib qo‘yilgan. Shuni o‘qing, hech bo‘lmasa!

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

"Deraza ortida" "Ro‘baro‘" kelganlarim

Muhammadxon bilan kursdoshim Shohsanam Nishonova orqali tanishgan edim. O‘shanda uning hikoyalarini olib o‘qiganim, ulardagi tasvir uslubi hikoyanavislikdan ko‘ra videooperator ishiga o‘xshashi xayolimdan o‘tgani yodimda. Keyinchalik "Qisqa hikoyalar"i bilan tanishdim. Ular ham qisqa satrlarda insonda o‘ziga xos kayfiyat paydo qilishi yoqqan.

Umuman olganda, muallif voqealarni "Deraza ortida"n kuzatadi. Shu ma'noda kitob nomi muallifning uslubidan xabar beradi.

~~

Rahmat Bobojon turkiy dunyoda o‘zbek adabiyotining faol targ‘ibotchisi. Tarjima bo‘yicha yoshiga nisbatan salmoqli ish qilib qo‘ydi. Uning tashabbusi bilan bir necha she'rlarim Turkiya nashrlarida ham berilgan.

Umuman, Rahmat o‘z ijodidan tashqari adabiyotimizni qardosh adabiyotlarga "Ro‘baro‘" qilish yo‘lidagi mehnatlari bilan ham e'tirofga loyiq deb hisoblayman.

Xarid: t.me/akademsavdo

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

​​Устоз кўрмаган шогирд ҳар мақомга йўрғалар, деган гап бор. Суҳроб Зиё устоз кўрган. Кўрганда ҳам, ўз даврининг энг оловқалб шоир, синчи муҳаррирларига шогирд тушган. Шундан, у нима ҳақида ёзишни яхши билади.  Ёзганларида англанмаган сезим, ҳиссиётлар эмас, тафаккур ғалвиридан ўтган бир қадар вазмин оҳанглар етакчилик қилади. Бир сўз билан айтганда, унинг “Дарё”си тўпалон дарё эмас, менинг назаримда маълум мақсад билан йўлга чиққан ва ўз йўлида собит оғир-босиқ дарёдир. (Чуқур дарё тинч оқади, демиш машойихлар). Ишониш мумкинки, мабодо у сизни оқизиб кетган тақдирида ҳам, саодат соҳилларидан бўлак ерга элитмайди...
 
Бугун инсон руҳияти мураккаблашди. Мазкур сабабдан, унинг таҳлили янги оқим, янгича услубларга муҳтож. Жуманазар Йўлдош мана шуни кўнглига туккан, ўзига ишончи баланд ёш ёзувчилардан. Унинг “Сир” ҳикоялар тўплами сизга одам қалбининг энг чуқур пучмоқларидан маълум топилдиқлар сўзлайди.

Бир-бирига ўхшамайдиган, бири шеърий, иккинчиси насрий бу иккала китобни барча кузатувчиларимга тавсия қилиб қоламан. Китоблар қимматли, лекин негадир, қуйидаги манзилда анча арзонга сотишяпти экан...

Xarid: t.me/akademsavdo

@BeshinchiTomon

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

📘 Suhrob Ziyo, “Daryo”

📖 Fragment va mundarija

Janr: she’rlar
Muqova: yumshoq
Hajmi: 144 bet
Narxi: 31 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Xarid: http://t.me/akademsavdo
Narxi: 31 ming so‘m

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Nafis dag‘allik

Qashqadaryolik shoirlar orasida har tur-toifa bor. Ular uslub va mahorat, ruhiy va lirik holati jihatidan bir-biridan butkul farq qiladi.

Jaloliddin Sayid she'rlari tog‘ va sahro orasidagi adirda yonboshlab yozilgandek. Bir tomondan tog‘ning salqini ufursa, bir tomondan dashtning garmseli esib qoladi. Ba'zan ular bir-biri bilan chiqisholmay qoladi.

U — shu ikki shamolning shoiri. "Huqqaboz"ning varaqlaridag‘ ham sahro va tog‘ shamollari esib turadi: nafis va dag‘al. Shu ikki sifat orasida yaraladi u she'rlar.

Ishonmasangiz, o‘qib ko‘ring.
Xarid: http://t.me/akademsavdo

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

GULQAYCHI

Dabdurustdan telegramdan xabar keladi:
— Hormang, akamullo...
Bir nimalar so‘raydi. Tamom.

Oradan allaqancha vaqt o‘tadi. Yana osmondan tushgandek ajabtovur bir savol...

Shunday qilib, bu "Gulqaychi"ni tanigandim. Savollari bog‘dan-tog‘dan bo‘lgani bilan xulosalari jiddiy.

Gulrang — "Izlam" loyihasining adabiy tanqid yo‘nalishidagi yagona vakilasi. "Akademnashr" tadqiqotchini o‘z obyektlari bilan birga chop etishga qaror qilibdi. Buni katta tajriba ichidagi kichik tajriba, katta tavakkal orasidagi kichik tavakkal desak ham bo‘ladi

Bu tajriba qanchalik o‘zini oqlaydi, bu tavakkal adabiyot uchun nima beradi?

Shundoq savollarga javob berish uchun, "Gulqaychi"ga albatta bir qur nazar tashlash zarur.

Buning uchun manzil: http://t.me/akademsavdo

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Oktyabr so‘ngi

Harakat cheklangan,
Avtolar tirband.
Yashil yo‘q,
Qizillar, sariqlar yondi.
Shaharning
qop-qora yuziga birdan
Katta tezlik bilan
urildi yomg‘ir.

Alvon yo‘lchiroqlar...
to‘kilmoq istar...
Endi yashil chiroq
yonguncha sabr.
Yoshli ko‘zlarini
boladay ishqab,
Yonginamdan
o‘tib ketdi Oktyabr.

S.Z.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

"ОЛДИНДА БИР ЙЎЛ БОР..."

Олдинда кўприк бор — ости жар,
билмадим ўзим не бўламан,
азизим, сен ўтгил бехатар,
азизим, сен фақат қулама.

Унинг устида қармоқ ва илмоқлар бор. Тагида эса қадамни жароҳатлайдиган, яралайдиган ўткир тиконлар бор. У ердан ўтаётганда, Сирот кўпригидан тойиб, жаҳаннам қаърига йиқилаётган бандаларнинг қаттиқ бақириқлари эшитилади.

Ошиқ ёр ила жаннат боғларида учрашмоқни илтижо қилади. “Билмадим, ўзим не бўламан” деб ўз ҳолини эслайди, лекин ўзидан кўра кўпроқ ёрдан хавотир олади: “азизим, сен фақат қулама”...

Суҳроб ЗИЁ

▶️Тўлиқ ўқиш учун

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Marsiya

Mansur Jumayevga

Toshkentdan Qarshi qadar yomg‘ir yog‘ib borodur,
O‘n bir dilpora do‘sting esdan og‘ib borodur,
Kuygan ko‘kay kuydirgi ko‘zni sog‘ib borodur,
Yo‘l ham bizga qo‘shilib,  zorlanib borar,  do‘stim.

Qatordan kamni sanab,  kuzak hayron boqodur,
Yulduzini uchirgan osmon vayron boqodur,
Sen kutgan fasl* kelib,  vale giryon boqodur,
Qilmishidan qismating orlanib borar,  do‘stim.

Oldinda bir ulov bor,  ichida ikki murg‘ak,
So‘lg‘in bitta gul bordir - sen sevgan o‘shal yurak,
Kim bosh bo‘lar ularga,  kim bo‘lar endi tirgak?..
Orzular xazon yanglig‘ xorlanib borar,  do‘stim.

Buncha uzun bu yo‘llar,  buncha bag‘ri yag‘irdir,
O‘n bir yo‘ldosh boradur,  bari yag‘ir bag‘irdir,
She'rlar qoldi shoirsiz,  nahot she'r ham sag‘irdir?..
Lek shoiri Tangriga yorlanib borar,  do‘stim.

Derazadan termulsam,  otilib chiqib oting,
Xayolimda siniqqan surating turar qotib,
Tark etdi deb ingrasam, battar o‘rtabon yoding
Borgan sari dunyoda borlanib borar,  do‘stim.

*''Biz kutgan fasl'' kitobi

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

bilibmi yo bilmay shunday chiroyli o'xshatish qilib qo'yibsiz

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Jannatdan chiqadigan darvoza ham bo'ladimi?

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Vaalaykum salom, qarindosh!!!

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

SHOIR

Men Alisher bo‘lib kelgan zamonda,
Husayniy bor edi harnav jahonda.

Oltmish yil hikmatin ayladim insho,
O‘zgardimi-yo‘qmi, bilmadim, dunyo.

Ayroliqlarga ham sobir edim men,
Ketdim men, agarchi Bobur edim men.

Keldim bu olamga bo‘lib shoh Mashrab,
Dunyo o‘zgarmadi, boz ketdim tashlab.

Furqat bo‘lib keldim, furqatda ketdim,
Cho‘lpon bo‘lib keldim, hasratda ketdim.

Erkim qayda edi, erkim, bilmadim,
Erkin bo‘lib keldim, erkin bo‘lmadim.

Hasratli qo‘shiqlar ham yallalar — men,
Kelib ketgan qancha Abdullalar — men.

Men tag‘in borman shu dunyoyingizda,
Lekin she’r tilovchi dil bormi sizda?!

Savolim yurakka qadalgan o‘qmi:
Yo hanuz Boyqaro tug‘ilgan yo‘qmi?!

Bu ochiq daftarni butkul yopay deb,
Mansur bo‘lib keldim nusrat topay deb.

Tag‘in o‘zgarmasa dunyo, netgayman?
Endi o‘zgartirmay tashlab ketmayman!

Mansur Jumayev


Ketmayman, deb so‘z berib ketib qoldi...

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Sharhlanishi shart bo‘lgan avron

"Avron" degani nima, kitob nomi o‘quvchi uchun tushunikli bo‘lmaydimi... qabilidagi savollar xayoldan o‘tgandi.

Keyin bu so‘zni izladim. Topdim: toshqin. Muallif balki shuni istagandir. "Kerak bo‘lsa, bu toshqinni sharhlanglar" demoqchi bo‘lgandir deb o‘ylab qoldim.

O‘zining tushuniksiz toshqinlarining sharhini istagani uchun ham Gulhayo kitobga "Avron" nomini qo‘ygandir. Ehtimol...

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Suhrob Ziyoni Jaloliddinga bag‘ishlangan she’ri bilan “Samarqand she’r oqshomlari” anjumanida tanigan edim. She’r o‘qidi. “Vatan qolsin, Vatan qolsin” bu nido hali ham qulog‘im ostida jaranglab turibdi. “Tushingda ham yovni o‘ldir” – mardlikka chorlovdan vujudim bir seskangan edi o‘shanda. She’rning qiymati shunda: she’r mudragan odamni uyg‘otishi, idrokka chorlashi, o‘zidan ketganni o‘ziga keltirishi, dunyo va oxirat haqiqatini anglatishi lozim.

Bahodir Karim
filologiya fanlari doktori, professor

#IZLAM to‘plamini chegirmali narxda xarid qiling.


📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

MAHMUD SA’DIY, “MA’RIFAT” VA KAMINA… Bu voqealarni biron o‘n yillar o‘tgach yozsam kerak, deb o‘ylagandim. Yodga tushganda goh ko‘ngil yorishib, goh tundlashib, ba’zan kulib, ba’zan mahzun bo‘lib eslanadigan o‘sha kunlar chorak asrlik hayotimda alohida bir davr bo‘lib qoldi.

Mahmud Sa’diy, “Ma’rifat” va kamina… Bu bog‘lanishda, albatta, “Ma’rifat” o‘rtada bo‘ladi. Chunki bu gazeta bo‘lmaganda, o‘zbek tahrir san’atining mumtoz vakili Sa’diy domlaning suhbatida bo‘lolmasdim. Balki bir kuni bu gigant insonning qarshisidan chiqardim, lekin buning ustoz uchun hech ahamiyati bo‘lmasdi. Abdulla Orif aytganidek, “zarra buyuklikka urilar, ammo buyuklik zarraga urilmas ekan”.

“Kuryer” filmini ko‘rganmisiz?” https://telegra.ph/MAHMUD-SADIY-MARIFAT-VA-KAMINA-07-05

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Jumanazarning "Sir"i

She'rning oxirgi misrasiga, nasrning birinchi misrasiga ko‘p narsa bog‘liq.

– Nega sizning hikoyangiz o‘lim bilan tugayveradi? 
Muharrirning bir qarashda ko‘zga tashlanavermaydigan o‘siq qoshlari xiyol chimirilib, menga sinchkov va
savolchan tikildi. U o‘zimni aybdor sezishimni istayotgan, savoli bilan go‘yo menga malomat qilayotgan edi.
– O‘lim notabiiy hodisami? – dedim o‘zimni imkon
qadar dadil tutib. – Menga insonlarning o‘limoldi kechinmalari qiziq...


Dialog yozish, undan badiiylik yasash mahorati barcha nosirlarda ham nasib bo‘lavermaydi. Jumanazar Yo‘ldoshning "Sir"i shunda, ehtimol.

Siz nima deysiz?
Xarid: t.me/akademsavdo

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

#Izlam

Эссепараст бўлганим учунми Суҳроб Зиёнинг шеърларини ҳам, эсселарини ҳам бирдай севиб ўқийман. Суҳроб – устозим Маҳмуд Саъдийнинг мен кўрмаган шогирди. Унинг “тириги”ни яқинда Академнашр нашриётида кўрдим илк дафъа. Чиндан дарё инсон, дарёдил шоир экан. Унинг “Ияксиз одам”, “Муаллима”, “Маҳмуд Саъдий, “Маърифат” ва камина” эсселарини ўқиганимдаги таассурот қайта кўз олдимда жонланди.

Устоздан шогирдларга юққан бир хислат бор – ўз-ўзидан қониқмаслик. Шеърларингизни ўқиган, ижодингизни кузатган одам буни тез илғайди. Ҳар шеърингизда мукаммалликка, туйғудан кўра фикр беришга интилиш сезилади. Шу сабабми “жўқий” шеърларингиз кам, ҳар бири бутун, услубда изланишларингиз кўп.

Мунгли кўзлар мўлтиради,
Нажот кутиб ўлтиради,
Ноаҳл эл, ришвагар эл
Душманини кулдиради.
Душман бизга тенгсиз эмас,
Э-воҳ, бизни Чингиз эмас
Битта хоин ўлдиради,
Битта хоин ўлдиради.
Бироқ ўлим сўнгсўз эмас –
Ватан қолсин,
Ватан қолсин.


Бугун устозим учун ҳам икки карра хурсандман. Бу кунларни кўрганларида Сиз-у мендан кам хурсанд бўлмасдилар. Камида: “Сендан яхши олим чиқарди, “кавлаш”га уста эдинг! Нима қилиб шеър ёзиб юрибсан?!” ва ё “Ҳа, жонтоқ, китоб чиқардингми?” ё бўлмасам “Бу кишим – шоир! Китоб чиқарибди!” дея писанда қилишлари аниқ эди.

Устоздан китоб қолмаган. Шогирдларидан китоб қолсин. Суҳроб Зиёдан “Дарё” қолсин!

Янги китоб чин шеърият муҳибларига муборак бўлсин!
Суҳроб, дарёнгиз тўлиб-тошиб оқаверсин!


@sevara_alijonova

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

QORAKUYA

Bugungi o‘quvchi hikoyaga uncha ham qiziqmaydi, ro‘monning ham hajmi katta bo‘lsa, o‘qishga erinadi. Xullas, unga bitta gap kam, ikkita gap ko‘p. bitta gapni cho‘zsangiz, ikkita gapni qissangiz, u qissaga aylanadi.

"Izlam"ning nasr jamoasida Furqat Alimardonning "Qorakuya" kitobida shu nomli qissa o‘rin olgan.

Muallifning bizga aytari shu kitobda jam bo‘lgan. O‘qiymiz.
Xarid: http://t.me/akademsavdo

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Kim sezib kim sezmadi, bilmadim, shu kecha kunduzda Oʻzbek adabiyoti yangi javohirlar bilan boyidi.

Akademnashr tomonidan chop etilgan Izlam ruknining yangi mavsumida faqat nazmimiz va nasrimiz emas, adabiyotshunoslik va publitsistikada ham 15 nomdagi yangi kitoblar chop etilibdi.

Ochiq aytaman, kitoblari chop etilgan barcha ijodkorlarni ham tanimayman. Eʼtiborimni tortgani, ular orasida necha yillik doʻstim Suhrob Ziyoning “Daryo” toʻplami ham chop etilibdi.

Ziyo men bilgan shoirlar, ayniqsa, yangi davr ijodkorlari ichida haqiqatda daryo kabi yoyilib, eshilib, toʻlib, toshib ijod qilayotganlardan.

Bu shaharning devorlari moʻl,
Bu dunyoning yoʻllari dovli.
Uch tomonga boshlab ketar yoʻl
Men, Suhrob va koʻngil uchchovni.


degan satrlaridan ham uning koʻngil amridan boshqasini tan olmasligi, tinglamasligi koʻrinadi. Sheʼrlarida har safar ummon sokinligi aks etadi.

Yuzadan qaraganda bir maromda dolgʻalanayotgan soʻzlar, tub maʼnoda kishi yuragini ostin-ustun qiladi.

Uning:

... Haqqim bormi “Yo Haq” degan
nido desam,
Yo Haq desam, yo haqqa jon
fido desam,
“Sevsang, faqat oʻzing sevgin, Xudo” desam,
Dargohingga uchib-qoʻnib
boryapman-o,
Dilgohimga uchib-qoʻnib
boryapman-o...


kabi satrlari oʻquvchining yuqoridagi tasavvurlarini yana bir bor tasdiqlab, uning botiniga berkingan darveshlik ruhini ham namoyon qiladi.

Ha, Suhrob – chegaralarni xushlamaydigan, meʼyorlar, maromlarni tan olmaydigan sokin shoir, dali darvesh.

U bir qarasa,

... Vujud — zindon,
jon — tutqun,
yurak — oʻpqon,
qon — tutqun,
bir ruhi nolon tutqun,
tan — suyakustun — yolgʻon.


deb turib, yana boshqa she’rida:

Men samodan topgan soʻzni
siz tuproqqa koʻmgaysiz.
Balki, menga ayon sirlar
sizga biroz oʻngʻaysiz.
Menga Xudo bergan ishqqa
shunga koʻzni yumgaysiz.
Men dunyoni sharh etsam ham
baribir tushunmaysiz...


deya, soʻzda chimchilab ham oladi.

Qisqa aytganda, adabiyotimizga yangi javohirlar muborak deyman. Endi tugamasidan men ham toʻplamdan 1-2 kitoblarni sotib olishim kerak.

Har holda, shoirda ularni sovgʻa qiladigan shasht koʻrmayapman.

Eslatma bo‘lishi uchun quyida nashriyotning aloqa manzillarini qoldiryapman.

Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo

Telefon: 99 433-16-77
Aloqa: @akademnashr_bot

Manzil: t.me/Akademnashr/1461

Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (dushanba - juma)

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Og‘riq sog‘inchi

Bu kitob boshdan oxir og‘riqdan paydo bo‘lgan.

Uyqudan uyg‘ongach, ko‘zlar tongni qabul qilib olguncha kechadigan og‘riqdek. To‘liq uyg‘ongach, hammasi joyiga tushadi. Lekin ungacha bo‘lgan qisqa muddatli og‘riq bir shoirning butun ijodiga sochib yuborilgan.

"Ko‘k bo‘ri"ning "Turon sog‘inchi"ni his qilarkansiz, aynan shunday og‘riq o‘tadi yurakdan. Yurakdan katta arteriya tomirlari bo‘ylab butun vujudga tarqaladi. Barmog‘ingiz uchidagi eng kichik nerv tolalarigacha yetib boradi va ularda uxlab yotgan tanish og‘rilar bilan topishadi.

Negadir sizga tanish tuyuladi bu sog‘inch. Bu sog‘inchning millat genidagi 5 ming yillik sayohati keza-keza Najmiddin Ermatovning shu kitobida aks topadi.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

"BIZ KUTGAN FASL"

Mansur Jumayev, shaxsan men uchun, "Izlam"ning yangi mavsumidagi eng katta nom.

Ko‘p yozganman akaning she'rlari haqida. Qaysi birini aytay...

✏️"Nuh kemasini kutayotgan odam" — Mansur Jumayev kitobiga taqriz.

✏️"Gulxanlarda yonmagan turkiy" — Mansur Jumayev ijodida turkiylik.

✏️"Oldinda bir yo‘l bor..." — Mansur Jumayev va jahon adabiyoti (manba: "Yoshlik" jurnali).

✏️Mansur Jumayev portetiga chizgi. — Shoirga jindek maqtov.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…
Subscribe to a channel