Ikki vaziyatdagi odamlarning holi kishini mayus qiladi:
* Faqat janozada namozga turgan kishi.
* Faqat kafanda o'rangan ayol.
© Olim, odam va olam kitobidan
@suhrobabduaxatov
Sen haqingda eng ko'p xavotir oladigan va qayg'uradigan insonlar bu ota-onang, ularni borida qadrla...
@suhrobabduaxatov
Fulfil education'da Frontend yo'nalish uchun shu yaqin vaqtlarda video darslar guruhiga 90'ta insonga Grant ajratdik. Shu darslarni o'rganayotgan bir Grant qatnashuvchisidan kelgan fikrlar! (Sizlar bilan ham bo'lishgim keldi)
Ta'lim sohasida loyihalarim borligi meni rosa xursand qiladi. Insonlar bizdan roziligi va ularni xursand bo'lishga sababchi bo'layotganimizdan "mazza" qilaman.
Samimiy rahmatni eshitish va uni his qilish bu boshqacha tuyg'u. Hech qanday manfaatlarsiz yordam berganingizda insonlar bu yordamingizni shunchalik xursandchilik bilan kutib olishadiki va siz o'shanda borligingizni kimgadir foydangiz tegayotganini takror-takror tushunasiz
@suhrobabduaxatov
2022-yil uchun xulosalarim 1-qism
- Xatolar bo'lishi tabiiy muhimi undan olingan xulosalar
- Fokusing faqatgina bitta aniq bir maqsadga va sohaga qaratilsagina yuqori natijaga erisha olasan
- Katta ishlarga yakka o'zing erisha olmaysan, sen jamoa yig'ishni va boshqarishni o'rgan
- Boshqalar bilan o'zingni solishtirma, o'zing bilan o'zingni solishtir
- Insonlarga havas ko'zi bilan qara, hasadgo'yni kosasi oqarmaydi
- Yordam so'rashganda qo'lingdan kelsa va imkoning bo'lsa chin dildan yordam ber! Hech qachon bergan yordaming qolib ketmaydi boshqadan bo'lsa ham qaytadi
- Doimo imkoniyatlar bo'ladi, har doim qalbingga quloq sol
- Qo'rquvni yengishni o'rgan yoki boshqalar orqali yengib o’t
- Seva olsanggina sevilasan, ishdami shaxsiy hayotdami farqi yo’q. Sevishga harakat qil.
@suhrobabduaxatov
Fulfil education'da vaqti-vaqti bilan kurs sifatini yaxshilash maqsadida CRM'da Anonim so'rovnomalar o'tkaziladi. Turli xil yaxshi va e'tirozli fikrlar keladi. Bu fikrlarni barchasi kurslar sifati doimiy yaxshilanib borishiga xizmat qiladi. Albatta o'rinli e'tirozlar ustida ishlaymiz.
Yuqoridagi kabi kursdan mamnun bo'lgan fikrlar ko'plab keladi, bular esa bizni boshqalarga yordamimiz tegayotganidan xursand qiladi va yo'limizda davom etamiz
@suhrobabduaxatov
Sening kechikkan rizqing, ularning berilgan rizqlaridan anchayin afzal bo'lishi mumkin
Alloh umringni uzun qilaversa-yo, kitob o'qiyversang
Sajdadagi eng ajib holat - Sen yer qulog'iga pichirlaysan, seni esa osmondagi Zot eshitadi
Onangga bildirmagan har g'amning savobi bor
© Olim, odam va olam kitobidan
@suhrobabduaxatov
Yaxshi kitob ekan sizlarga ham tavsiya qilaman.
Bu kitobim o'z haqiqiy egasini kutyapti😊
@suhrobabduaxatov
Sevgi
Sevgi bu - qalban bir-birini tushuna olish, his eta olish. Va u uchun xamma narsaga tayyor bo'lish. Bir birini boricha qabul qilishdir
@suhrobabduaxatov
Qishni nega yomon ko'raman, aytaymi?
Men qishni yomon ko'rmayman, men O'zbekistondagi qishni yomon ko'raman. Ko'p chekka chekka viloyatlarda, tog' atrofidagi hududlarda qish - azob bilan o'tadi. Svet o'chadi tez-tez, odamlar shu sovuqda bolasini boqish uchun ko'chaga chiqib ishlaydi, uylarda isitish tizimi yaxshi emas, chaqaloqlarga, bolalarga sovuq tez o'tadi, tez kasal bo'ladi, kimga qiyin yana bechora ota-onaga qiyin. Shu sovuqda kasalxonaga chop, ishga chop.
Ko'chalarning hammasi asfalt emas, tosh emas, loy bo'lib ketadi yomg'ir aralash qor yog'ib hamma joy rasvo bo'ladi. 1-sinf qo'shnimizni o'g'li ertalab men bilan birga maktabga ketadi, o'zidan katta sumkasini orqasiga taqvoladi, onasi uni 4 qavat kiyintiradi karamga o'xshatib, qimirlay olmay qoladi, arrang yurib boradi maktabga.
Hamma oilalarda ham mashina yo'q.
Hamma uylarda ham konditsioner yo'q.
Hamma oilalar ham boy emas.
Hamma oilalar ham gaz, elektr energiyasi uchun vaqtida to'lov qila olmaydi.
Qishda, qor yog'ayotgan payti o'choqda ovqat qiladigan onalarni bilaman.
Bolalarim yesin deb.
Endi ayting,
Men qanday yaxshi ko'ray qishni?
Qanday qilib shu sovuqni,
Shu yerdagi sovuqni yaxshi ko'ray.
Yaxshi ko'rarman, qachonlardir.
Qayerlardadir.
Manba: @yupiterlik
O'zgarlarning pokdomon va iffatli qiz-juvonlariga ko'z olaytiruvchi niyati buzuq, nopok odam haqiqiy razil va iflos kishidir!
© Muhammad Javhar Zamindar
Baxtli oila qurishning besh qoidasi kitobidan
@suhrobabduaxatov
✅ Telegram botlarimiz soni bittaga ko'paydi! Yangi botimizdan 95000 tadan ortiq obunachi ro'yxatdan o'tgan ularning 60000 foydalanuvchilari faol va ko'pchilik a'zolari IT sohasiga qiziquvchilar.
Biz endi boshladik, kuzatishda davom eting😊
@suhrobabduaxatov
755 минг долларлик сайт
Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлиги ҳузуридаги Маҳаллабай ишлаш агентлиги шунча пулга (18 майдаги доллар курси бўйича) сайт ясатибди.
Қизиқ, бунча пулга яратилган сайт қанақа бўларкан? Дунёнинг энг машҳур порталларига рақобат қилса керак а?
@burgutuzb
🗣"Dasturlash bu shunchaki soha emas bu mening hayotim"
❕ O'sha vaqtlarni yaxshi eslayman hech bu damlarga qaytgim kelmaydi. Hozirgi kunimga shukr qilaman deydi Nurmuhammad Yuldoshev.
💬 Restoranlarda "ofitsant" bo'lib ishlab yurgan bu TATU talabasi o'z hayotida burilish yasash maqsadida Fulfil education Android dasturlash onlayn kursida ta'lim ola boshladi.
🔠 Kursdagi vazifalarni vaqtida bajarib bilimlarni puxta egallagani sababli kursni bitirib "Rounded LLC" kompaniyasiga Android junior dasturchi sifatida ishga kirdi.
➡️ Hozirda Nurmuhammad "Promo technology" kompaniyasida middle Android dasturchi sifatida ish faoliyatini olib bormoqda.
🧑🎓 Fulfil education'da ta'lim olib imkoniyatlarni natijaga aylantirayotgan o'quvchilarni sizlarga tanishtirishni boshlaymiz. Bizda yangi rubrika biz "Shunchaki Sababchimiz" tez kunda to'liq formatda. Bizni kuzatishda davom eting biz endi boshladik😊
🎙 Telegram | Administrator
Ba'zilar ish topa olmay charchasa, Jasurboy ishlarni "otkaz" qilib charchayapti ekan😄
@suhrobabduaxatov
Jasurboy (@abdivaliyev_portfolio) harakating yomon emas, sen bundanam yaxshilarini tayyorlay olasan men ishonaman! Rivojlanishda davom et bu boshlanishi, 2023 uchun maslahatim bo'sh vaqtingda til o'rganishga kuchli fokus qarat yoki dizayn buyurtmalar oladigan onlayn loyihangni tashkil qil (CS:GO o'yinlarini yig'ishtirish kerak endi😄 hazil).
Hurmat bilan akang Suhrob Abduaxatov😊
2022 yil uchun xulosalarim 2-qism
- Muammolar sen o‘ylaganingdek judayam katta emas shu sababli muammolarda o‘zingni yo‘qotib qo‘yma
- Birinchi o‘rinda o‘zingga o‘zing bergan vaʼdalarni ustidan chiqishni o‘rgan (Boshqalarga ham, o‘zingga ham qo‘lingdan kelmasa vada berma)
- Doimo rost so‘zla va ko‘ringaningdek bo‘l shundagina seni qadrlashadi
- Amalga oshirish imkoni kam bo‘lgan maqsadlar qo‘yma amalga oshmasa bu seni maʼlum muddatga sindiradi (boshimdan o‘tgan)
- Ko‘proq bilim olish uchun pullaringni sarfla albatta bu pullar o‘zini oqlaydi
- Unutma faqatgina bilim olish, o‘rganish bilangina doimiy hayotingni yaxshi tomonga o‘zgartira olishing mumkin
- Seni deyarli aralashuvingsiz pul kelishi mumkin bo‘lgan va o‘zing biroz bo‘lsada tushunadigan joylarga imkoning bo‘lganda kam bo‘lsada sarmoya kirit)
- Sotishni o‘rgan hattoki odatiy hayotingda ham bu zarur(Oddiy misol: Yaxshi ishga kirishing uchun ham o‘zingni sota olishing kerak)
@suhrobabduaxatov
2022-yilda loyihalar sarhisobi.
2022-yil tajribalar yili bo'ldi deb ayta olaman. Yil davomida xatolar ko'p bo'ldi, bugun xatolar emas natijalar haqida gaplashamiz.
• Fulfil education loyihasi — 2022-yil davomida 2.5x(barobar)ga o'sishga erishdi va loyihani tizimli yo'lga qo'yish uchun harakatlar boshlandi. 200ga yaqin Fulfil education'da ta'lim olgan o'quvchilar bilan loyihalar ustida ishlash uchun Fulfil TEAM jamoasi tuzildi va loyihalar ustida ishlashni boshladik.
• Rizqim.uz loyihasi — 2022-yil davomida to'liq o'z rejalariga erisha olmagan bo'lsada "pivot" qilib, e'lon berish formatiga o'tdi va 750+ zamonaviy sohalardagi e'lonlarni chiqardi, ishchi va ish beruvchilarni birlashtirib qaysidir ma'noda mutaxassislar ish topishi uchun sababchi bo'ldi va 17.000dan ortiq auditoriya yig'a oldi.
• Assos.uz loyihasi — 2022-yil so'ngida boshlangan hali ommaga taqdim etilmagan IT sherigim bilan boshlangan ta'lim startap loyihasi.
• Telegram botlar — Biz sotib olgan jami botlarda 200 mingdan ortiq obunachilar /start bosgan va ularning 100mingga yaqini faol IT obunachilari ekanligi yangi loyihalarimizni rivojlantirishga hissa qo'shishini bildiradi.
Albatta bundanda yaxshi natija ko'rsatishimiz mumkin edi, tajriba va fokusimiz kamligi uchun hozircha ishdagi natijalar 2022-yil uchun shular bo'ldi. Keyingi postlarda xatolar va xulosalarim haqida gapirib o'taman.
@suhrobabduaxatov
Shu yaqin kun, oylarda ko'plab intervyularda bo'lyapman. Ya'ni turli sohalar bo'yicha ish izlayotganlardan intervyu olib ko'ryapman.
Nomzodlardagi asosiy muammolar
- Suhbatga kechikib kelish (Suhbatga kechikmasdan borishga e'tibor berishingiz shart)
- Ishni karyera qilish o'sish imkoni emas, vosita deb qarash
- Aniq maqsad yo'qligi ko'pchilik nima uchun shu ishga ariza topshirganini ham bilishmaydi
- Pul uchun ishga kirish 2-3 oy ishlab turaman va Ingliz tilidan IELTS olib olsam keyin ketaman deganga o'xshash fikrlar. (Ishga pul uchun emas tajriba olish va shu sohada o'sish uchun kirish kerak)
- Nomzod o'zini qiziqishlari haqida bilmaslik
- "Yumshoq" va "qattiq" ko'nikmalarda o'zida bor bo'lganlarini suhbatda ochib berishga qiynalishi
Nasib etsa intervyular bo'yicha fikrlarim va tajribalarimni @rizqimuz loyihamizda biror dars sifatida bo'lishishni reja qilyapman. Ko'pchilikka biroz bo'lsada foydasi tegishi mumkin
@suhrobabduaxatov
YouTubeda 50 dan ortiq JavaScript dasturlash tili bo'yicha bepul darslar chiqarganman. JavaScript o'rganmoqchi bo'lganlar a'zo bo'lib qo'ysangiz foydali bo'lishi mumkin!
link: suhrobabduaxatov4601" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@suhrobabduaxatov4601
Fulfil education'da ta'lim olayotganlarga ishga kirishiga sababchi bo'lib biroz yordamimiz tegayotganidan xursandman. Ishonch uchun rahmat biz endi boshladik😊.
* Bizda ta'lim olgan o'quvchilar odatda yaqin tanishlariga bizni kurslarni tavsiya qilishadi. Albatta ularni tavsiya qilishi doimo bizni xursand qiladi. Eng yaxshi marketing bu - sarafan(tavsiya) marketingi
@suhrobabduaxatov
Yaxshilab yodda tuting: ko'paygan sari kamayadigan yagona narsa - umrdir
© Doktor Salohiddin Kuftaro
Agar hasadgo'ylaring bo'lmasa, omadsiz inson ekansan
© Muhammad Mutavalliy Sharoviy
Kim gapirgan gapi amalidan ekanini bilmasa, gunohi ko'payaveradi
© Umar ibn Abdulaziz
Gunoh qilaverishning eng yomon jazosi - uning yomon ekani to'g'risidagi hisni Alloh qalbingdan sug'irib olishidir
© Ibn Qayyim rahimahulloh
Olim, odam va olam kitobidan
@suhrobabduaxatov
Ona bu - yaratganning eng yaxshi sovg'asi...
Ona - mehribonlikning ikkinchi nomi...
Ona - hech kimni uning o'rniga qo'yib bo'lmaydigan yagona inson...
@suhrobabduaxatov
Qiyomat kuni Rabbimiz sizlarga pardasiz, tarjimonsiz bunday deydi: " Mening Rasulim senga kelib dinimni yetkazmadimi? Men senga mol dunyo berib ehson qilmadimmi? O'zing uchun nimalar qilding?" Shunda bandasi bechora yon atrofga alanglaydi. Qaraydi ki, hech kim yo'q. Oldiga qarasa, jahannamdan o'zga hech narsa ko'rinmaydi. Shunday ekan kuchingiz yetganicha, bir xurmoning yarmini birodaringizga bo'lishib berish orqali bo'lsa ham, o'zingizni do'zax o'tidan qutqarishga harakat qiling. Chunki u yerda yaxshi amallar evaziga uning 10 mislidan yetti yuz misligacha ajr beriladi.
© Saodat asri qissalari kitobidan
@suhrobabduaxatov
O'qimaydigan millat ajalidan oldin o'ladi
© Molik bin Nabiy
Olim, odam va olam kitobidan
@suhrobabduaxatov
@rizqimuz loyihamiz 15000 tadan oshdi. Xodim izlayotgan yoki ish izlayotgan insonlarga biroz bo'lsada foydamiz tegayotganidan xursandman.
Biz endi boshladik😊
@suhrobabduaxatov
Бошидан бошлашга қўрқма, бу сафар нолдан эмас, тажрибаларингдан бошлайсан!
© Tunchiroq
@suhrobabduaxatov
@FoydaliDasturBot loyihamizga "START" bosganlar soni 100mingtadan oshdi. Botimiz yanada rivojlanishda davom etaversin. Botni saytini ham qilyapmiz "Fulfil TEAM" a'zolari bilan.
Botlarimiz soni yaqin orada yana 2-3taga ortishi rejalashtirilgan.
@suhrobabduaxatov