suhrobabduaxatov | Unsorted

Telegram-канал suhrobabduaxatov - Suhrob Abduaxatov

-

IT sohasi , IT bizneslar va freelancerlik bo'yicha tavsiyalar, veb dasturlash bo'yicha video darslar, va postlar! Fikr va mulohazalar uchun: @Abdivaliyevich

Subscribe to a channel

Suhrob Abduaxatov

«Inbazar» дўконида ёш ходим хатоси учун калтакланди

Савдо дўкони асосчиси ҳолатга қонуний чора кўрилаётганини маълум қилди.

👉 https://kun.uz/kr/56114825

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Ғолибларимиз! 📣

— Қуйидаги профиллардан жавобларни юборган 10 нафар опа-сингилларимиз ғолиб деб топилди:

1⃣Дурдона
2⃣Зайнаб
3⃣Умарқулова Маржона
5⃣Умму Зуннура
5⃣Дилдарохон Маматова
6⃣Нозима Аҳмаджонова
7⃣Хадижа
8⃣Умму Абдураҳмон
9⃣Қўчқорова Шаҳнозахон
1⃣0⃣Рахузахон

🎊 Ғолибларимизни "Муслималар викторинаси" савол-жавоб кўрсатуви учун таклиф қиламиз.

@muslimaatuz

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Nega telegram kanalimni 100 mln so'mga sotmadim?

Keling undan oldin o'zi bu telegram kanal menga nima foyda olib keladi va qachon loyiha boshlanganligi haqida gaplashamiz.

2021-yilda "Ishchilar va kompaniyalarni" birlashtiradigan telegram kanal tashkil qilish g'oyasi keldi va buni bir nechta tanishlarim bilan boshladik, loyiha 5-6 oy davomida pul keltirmadi chunki pul deyarli tikmadik.

Biroz o'tib loyiha o'zimga qolib ketdi, lekin men telegram kanalni rivojlantirishdan to'xtamadim loyihaga admin qo'ydim va yanada tartibli va davomli yuritishni boshladik.

Pul tikmasakda sekin sekin telegram kanal media, marketing, sotuv, HR yo'nalishlarida mashhur bo'lishni boshladi va o'z-o'zidan organik odamlar qo'shilishni boshladi.

Hozirda kanalni 21.000 oshiq aktiv odamlar kuzatadi har kuni kimdir shu kanaldan ish yoki ishchi topadi.

Qariyb 2 yildan buyon daromad olib keladi qizig'i men bu kanalga fokus qaratmayman menejer qo'yilgan va rivojlantirishda davom etyapmiz.

Mana oxirgi oylarda passiv(ya'ni men ishlamasamda) kanalni daromadi 8-9 mln so'mni tashkil qilyapti va bu doimiy oshib boradigan ko'rsatkich.

Yaqinda qiziqib kanalni 9800$ ga sotish uchun e'lon qo'yib ko'rdim menimcha 50+ odamlar qiziqib yozdi va 100 mln so'mga sotib olish taklifi tushdi.

Lekin menga bu taklif qiziq bo'lgani yo'q shu sababli sotmadim.

Xulosa:
- G'oya keldimi amalga oshiring, kutmang
- Tezda taslim bo'lmang ba'zi loyihalar vaqtlar o'tib pul keltiradi
- Yaxshi natijaga erishish uchun pul katta rol o'ynamaydi

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Biz yangi ofisga ko'chdik

Videoda sotuv jamoasini xonasi ko'rsatilgan.

To'g'risi, butun jamoa va men ham xursandman chunki jamoa yaxshi sharoitda va chiroyli atmasferada ishlashi ularga va menga kuch beradi.

P. S: Biror kuni o'zimni xonamni ham alohida "abzor" qilib beraman

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

BEPUL konsultatsiyaga joylar to’ldi.

3 kishi emas naqd 6 kishiga BEPUL qilib berishga qaror qildim.

Agar siz bu 6 kishi orasida bo’lmasangiz demak maqsadingiz va savolingizni aniq yozmagansiz va harakat qilmagansiz

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Orada tanishimning sotuv bo’limidagi ROP’larga “Jamoani boshqarish” mavzusida trening o’tib berdim

Rasmda trening bo’yicha fikrlar

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Qancha kitoblar va kurslar o'qiganim o'rganganim sari hech narsa bilmasligimni har safar tushunuvraman.

Demak agar siz ora-orada o'zingizni mutaxassisligingizda juda ko'p narsalarni bilmasligingizni his qilib turmasangiz siz sohangizda o'smay qolyapsiz.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Go’zallik - nomukammalikdir

©️Yapon iborasi

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Zapusklarini o'stirmoqchi yoki zapusk sohasiga o'tmoqchi bo'lganlar bilan yaqinda BEPUL konsultatsiya qilmoqchiman

Qiziqganlar bo'lsa izohda"+" belgisini qoldiring.

O'zim aloqaga chiqaman

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Baxtning shartini ko'paytirsang baxtsiz bo'lasan.

©Podcastdan

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Tushunganlar uchun

Edvard Grieg - Holberg Suite Op. 40

Eshitib ko'rishingizni tavsiya qilaman

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

O'zing bilan o'zing yolg'iz qolib, o'zing yoqtirgan cappuccino ichib o'tmish va kelajak haqida o'ylashni o'rgan do'stim.

Ko'proq orzular qil eng muhimi katta orzular qil.

O'zing o'ylab ko'r Alloh senga so'ramasang qayerdan beradi, chin qalbingdan samimiy so'rasang hammasiga erishasan.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Rus tili webinarimiz qanday o'tdi

Orqa fondagilar, jarayon va atmasfera keltirib o'tilgan

Video jamoadoshlar tomonidan yasaldi

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

#iPhone 15 ProMax

Assalomu alaykum bugun òsha kun😍
(aniqroĝi kecha edi😁)

Meni òrzuim ushaldi - men iPhone oldim🤩🥹🫠
Togrisi bu meni ancha yillik xohishim edi,iPhone ni borlarga havas qilardim,bu vaqtda men òzimga va dadamga telefon olib berdim,lekin iPhone emas,negadir hech unamadim
Chunki menga iPhone ni aynan sovĝa qilishlarini xohlardim,sovĝaga olishni xohlardim

Boshliĝimizni bonusga qòygan sovĝasi aynan meniki ekanligini,meni orzuim ekanligini òyladim va hammadan kòproq harakat qilishni xohladim(ishga ertaroq keldim,kechroq kettim,ertalablari baraka chaqiruvchi nos surasini eshtib suv ichdim,xullas qòldan kelgancha harakat qildim)
Va orzuim amalga oshishi uchun butun koinot yordam berdi....

Bu orzuim amalga oshishiga yordam bergan boshliĝimizga rahmat,òzim òylamagan holda orzuim tomon yetakladiz,òzimni hayolimga ham kelmagandi iPhone olish @Abdivaliyevich

Menga qolsa bonusni òzini yoki pulim yetadiganini,eskiroĝini bòlsa ham olardim,òzimni shunga loyiq kòrardim,lekin qalliĝimga rahmat òzim loyiq kòrgan joyni emas,menga kòproĝini ilindi...

15 ni statusi boshqacha ekan😎

Bundan tashqari ROP imizni ham katta òrni bor,har doim qòllab quvvatlab,men uchun samimiy xursand boldilar @Ortiqov_Ilhomjon

Xullas bu orzuimga yetishtirish uchun yordam bergan hammaga rahmat😇

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

24-iyun sanasida Jamoamiz bir qismi bilan Nefrit ko'liga sayohatga chiqdik.

Menimcha sayohat unitilmas bo'ldi
- Rostan ham judayam chiroyli manzara
- Niva moshinalarida yuqorigacha chiqish
- Ikkinchi ko'lga yetib borish uchun 2km tog' tepaligiga chiqish
- Qayiqda ko'lni nargi tomoniga suzib o'tdik
- Ketma ket yoqimli yomg'irlar bo'ldi

- Jamoa bilan 5-6 kishi sig'adigan kinolardagidek palatkada o'tirdik va rasmlarga tushdik.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Go'liblar orasida meni turmush o'rtog'im ham bor

Uning har bir muvaffaqiyati men uchun katta xursandchilik

Aytgancha, kuchli 3 likdan joy olgan

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Bizda yangi vakantsiyalar!

- Proyekt Menejer (Tajribasi bo'lishi shart qayerdadir proyekt menejerlik qilgan bo'lishi kerak yoki hech bo'lmaganda kurslarda o'qigan bo'lishi kerak)

- Marketolog (Marketing asistentlik uchun marketingni o'qigan biror kurslarni bitirgan odam kerak)

- Sifat nazorati xodimi (Tajriba shart emas)

Murojaat uchun: @Abdivaliyevich

Qaysi lavozimga topshiryapsiz va nima bilimlaringiz borligini batafsil yozing

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

[Bu xabar erkaklarga tegishli] Natijaga erishmoqchimisan? Unda ma'suliyat ol!

Katta natijaga erishmoqchimisan unda katta ma'suliyat ol.

Ish misolida, 10+ sotuv menejerlaridagi kuzatuvlarim natijasi

👇
- Menga berilgan "potensial mijozlarni" yo'qotib qo'ymasligim kerak buni ma'suliyati bo'ynimda
- Men agar qattiroq harakat qilsam to'lov qilmagan murojaatlardan ham 25-30% gacha sotuv qila olaman shu uchun 1 hafta ertalabdan kechqurungacha ishlashga tayyorman

Kabi fikrlayotgan sotuvchilar yuqori natijalarga erisha olyapti

Ishda emas hayotda ham xuddi shunday ma'suliyat olganlar natijaga erishyapti o'z ma'suliyatlarini olishni xohlamaganlar "yig'lab" yuribti.

- Qizlar faqat pulingga qaraydi men pulga qaraydigan qizlarga uylanmayman

- Odamlar menga yordam bermayapti

- Yosh turmush qurdim shu uchun qiynalyapman oilamni ta'minotini qilolmayman onasiniki jo'natvoraman, ayb menda emas erta turmushda

- Menda semirish genimda bor shu sababli semirib ketyapman deyish bu "yosh bolalarni gapi" agar "katta bola" bo'lsang hamma ma'suliyatni olasan va aybni o'zingdan izlaysan

Chunki hech qaysi yaqining, qarindoshing yoki odamlar senga hech narsa qilib berishga yoki senga tegishli ma'suliyatlarni olishga majbur emas!

Sen agar o'zingni ma'suliyatlaringni o'zingga olib hattoki boshqa atrofingdagilarni ma'suliyatlarini ham olganingda qattiq hurmat qilinishni boshlaysan.

Sog' bo'l do'stim, omad!

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

🚀 Natija: 1 mlrd+ lik Zapusk amalga oshirdik.

Avgust oyi aktiv ishladik, ko'pchilik zapusk komandalar avgustda katta zapusk bo'lmaydi deb o'ylab o'tirishganda biz shaxsiy brendsiz, obunachilar yo'q ekspert bilan 1 mlrd+ lik zapusk amalga oshirdik.

Aynan bu jarayon qanday bo'lganligini qanday strategiyalar amalda qo'llanganligini barcha qadamlarini hammasini BEPUL'ga kanalda yoritib borishni o'ylayapman?

Nima deysiz ko'rsatib boraymi yo'qmi? Izohlarda yozing!

Qiziq, ko'pchilik shaxsiy brendsiz va ijtimoiy tarmoqlarda obunachilarsiz 1 mlrd+ zapusk bo'lishi mumkin emas deb o'ylashadi, lekin sovuq auditoriya bilan ishlay olsangiz buni imkoni bor.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Faqat 3 kishiga Zapusklar bo’yicha 100% BEPUL’ga Konsultatsiya o’tib bermoqchiman.

Ro’yxatdan o’tish uchun: @Abdivaliyevich menga konsultatsiyada nima savollaringiz borligini yozib qoldiring.

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Bugun Fulfil jamoasida hashar.

Chunki biz yangi ofisga ko’chyapmiz

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Bugun eng katta sirlarimdan biri bilan bo'lishaman

Qanday qilib qisqa vaqtda bir necha barobarlab karrasiga o'syapmiz.

Avvalo Allohni fazli va ota-onamni duolari va bir nechta faktorlar.

Keling bu faktorlardan bittasini aytaman.

Bu - men ishlamayman!

Ha to'g'ri eshitdingiz, men ishlamayman faqat o'zim xohlagan va o'zim yaxshi ko'rgan hobby'lar bilan shug'ullanaman.

Ya'ni ishni hobby'lar bilan bog'laganman.

Menga juda yoqadi.
- Dars o'tish (Deyarli har kuni ofisimdagi komandaga meeting o'taman)
- Muzokaralar o'tkazish (Juda ko'p mutaxassis va kuchli insonlar bilan muzokaralarda bo'laman hamkorliklarda to'g'ri inson tanlay olishimiz bizni x00% foizlarga o'stiradi
- Logik fikrlash va yechim berish (Matematikani 3 yil qattiq o'rganganman va logik fikrlash menda hobby darajasiga chiqgan, hozir esa buni jamoada yechimlar berish bilan har kuni ishlataman)
- Sotish, Jamoa tuzish, boshqarish va hakazolar

Shu sababli ham ba'zida biror ishni soatlab, kunlab qilsam ham vaqt o'tganini sezmayman.

Men hozir ishlamasam zerikaman bunga misol 1 hafta grip bo'lib qolganimda hayotimda nimadir yetmayotganini, zerikishni boshlaganimni sezdim qarasam ishim yo'q ekan.

Sizga muhim maslahatim - ISHLAMANG hobby'laringizni toping!

Aytgancha, bu faktorlar yana davom etadi va qanday qilib hobby'larni topish va buni amalda qo'llay olish qiziqmi? Izohlarda "qiziq" deb yozib qoldiring.

Agar yetarlicha odamlar qiziq bo'lsa qolganlari haqida ham yozarman

Qani ketdik 👇

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Fikrlaringiz qiziq!

Aynan qanday mavzuda yoki nima haqida post yozay?

Izohlarda qoldiring!

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

🔔 Navbatdan tashqari e’lon.

Qariyb 7 oydan beri sotuv sohasida ish faoliyatini olib borayotgan jamoamiz a’zosi bo’lgan Jahongir, instagramda o’z blogini boshlabdi.

Blogni nafaqat sotuv menejerlari, balki har qanday odam ham kuzatib borsa foydali bo’ladi.

Ming marta eshitgandan bir marta ko’rgan afzal👇🏻

Hoziroq ko’ring: https://www.instagram.com/reel/C-5LLWcMBok/?igsh=MWRkOHpnb2VyZjFoeQ==

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Yordamingiz kerak 🤝

Yaqinda yangi bitta loyiha boshlayotgan edim, shu sabab oramizda:

- Marketolog
- Infoprodyuser
- Targetolog
- Smm menejer
- Mobilograf
- Shaxsiy brendini o’zi qurishni xohlagan eskpertlar bo’lsa menga aloqaga chiqing pls. 🙌


Aloqa uchun👉 @abdikhadirof

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Nega ba'zilar 10x ba'zilar esa 1x natija qiladi?

Eng katta sababi - Sizda katta xohish bo'lishi va buni amalda sinash

Chunki hammada vaqt 24 soat va o'rtacha har bir inson bir kunda 4 - 8 soatgacha deep work qilishi mumkin.

Shu 4 - 8 soatda ba'zilar boshqalarga qaraganda 10x natijaga erishadi.

Oddiy misol:

Bir loyihamizda sotuv boshlandi va 2 kun o'tib ofisga bordim ikkita sotuvchiga bir xil miqdorda vaqt, bir xil miqdorda "lid"lar murojaatlar berilgan.

Lekin sotuvchilarni biri 10 ta sotgan, biri esa 1 dona sotgan.

10 ta sotgan sotuvchi bilan 1 dona sotgan sotuvchini orasidagi farq xohishda

O'zi qanday xohishda?
1. Ko'proq pul ishlash xohishi, majburiyatlar
2. Maqsad jamoada eng yaxshi sotuvchi bo'lishi va shu jamoa orqali rivojlanish
3. Tezroq erishish xohishi 1000$ maosh va ko'tarilish uchun 5 yil kutish shartmasligini tushunyapti

P. S: Chet elda yaxshiroq natijaga erishishingiz uchun yugirish kerak emish, aniq bilaman O'zbekistonda yaxshi natijaga erishish uchun yurishni o'zi yetarli chunki men ko'rgan yugirayotganlar yoshgina bo'lib turib BYD, Mers, BMW larda yuribti!

Do'stim hech bo'lmasa joyingizda turmay yuring, sizdan yugirishni so'ramadik

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Reklama: Aytgancha jamoamizga qo'shilmoqchi bo'lgan qiz, ayollar bo'lsa bizda vakantsiya ochildi

Sifat nazorati xodimi kerak

Vazifalari
- O'quvchilardan xabar olish
- Qanday o'qiyotganini nazorat qilish
- So'rovnomalar tashkil qilish
- Ta'lim sifatini yaxshilashga hissa qo'shish

Ish offlayn, Toshkent shahri Yunusobodda bo'lib o'tadi

Murojaat uchun: @Sifat_nazorati1 ga o'zingiz haqingizda ma'lumot qoldiring

P. S: Ishonamanki siz biz bilan ishxona emas oila topasiz)

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Jamoamiz a'zolari Samsung, Xiomilardan ommaviy Iphonega o'tishni boshladi.

Shu yaqin orada 3 kishi
- Iphone 12
- Iphone 13
- Iphone 15 pro max ishlatishni boshlashdi.

P. S: Iphonelar ko'paygandan so'ng eng ko'p menga yaxshi bo'ldi, chunki ofisga kam boraman va Fulfil jamoa guruhida ko'proq yangiliklar, rasm va videolar tashlanyapti😃

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Mensiz tug'ilgan kun nishonlashibti😊

1-sotuv bo'limi Rahbari Ilhomjon akani tug'ilgan kunini ofisdagi barcha yuqori kayfiyatda nishonlashibti

Menam rasm va videolardan xabar topdim😃

Videolarni bo'lisholmayman lekin zo'r chiqgan 🚀

Sababi
- Ofisda kam bo'laman
- Tug'ilgan kunlar tashkillashtirish va tabriklashda biroz yo'qroqman

Lekin asosiysi jamoamiz shunaqa birlik hosil qilib bir birini yaxshi ko'rib hurmat qilishidan judayam xursand bo'laman

Menimcha biz shunchaki Fulfil jamoasi emasmiz biz Fulfil oilasimiz.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Biz qila oldik.

Jamoamizda 1 ta sotuv bo'limi ishlardi, bir kun hayolimga ularni 2 taga ko'paytirish va sotuvchilar sonini 2x gacha oshirish keldi.

Lekin qanchalik o'xshashi va qanchalik sifatli, kuchli bo'lishi o'ylantirdi.

Qilib ko'rmoqchi bo'ldim va 2-sotuv bo'limini qurishni boshladik, Sotuv bo'limi boshlig'lari va jamoadagi barchani yordami bilan 2-sotuv bo'limi ham qurildi.

Hozirda sotuv jamoamiz 10 taga yetdi va bir vaqtni o'zida 2 ta "zapusk" loyihasida sotuvlar amalga oshirayapti.

Shuni tushunib yetdimki to'g'ri tizim va to'g'ri yelkadoshlar bilan 10 ta ham sotuv bo'limi qurish mumkin ekan.

Endi esa biz mashtablashish arafasidamiz, yana yangi loyiha, yangi proyektlar ustida izlanyapmiz va yaqinda yana loyihalar olishda davom etamiz.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…
Subscribe to a channel