Eng ko’p pul qayerda?
Meni fikrimcha eng ko’p pul - bugunda emas ertada.
1. Proyektlar
Men va jamoam olgan asosiy zapuskdagi muvaffaqiyatli loyihalar odatda 6 oy - 1 yil o’tib eng katta natijalarni qiladi.
Boshida kam pul topsa ham ba’zida o’zini oqlamasa ham to’xtamasdan davom etuviramiz.
Shunaqa qilib bir loyihada hattoki atigi 1 oy+ vaqtda 1 mlrd+ tushumga erishganmiz.
2. Kasb
Jamoamizdagi bir jamoadoshimiz bundan 2 yil oldin bizga qo’shilgan.
Esimda boshida 3 oy amaliyotchi sifatida oyiga 600.000 so’m oylikga ishlagan.
Hozirga kelib esa o’rtacha oylik daromadi 20 - 30 mlnni tashkil qilyapti.
Va hozir amaliyotchi emas bir bo’limimizda Rahbar.
Nima demoqchiman, eng katta natijalar bugunimizda emas ertamizda.
Ko’pchilik bugunni o’ylab qaror qabul qiladi.
- Eng katta proyektni xohlaydi
- Bugun 600.000 so’mga ishlashni emas, biror o’smaydigan joyda 7-8 mln so’m daromadga ishlashni tanlaydi.
Shu sababli ham o’solmaydi.
Endi sizga savolim bor, siz hozir bugun uchun harakat qilyapsizmi yoki erta uchunmi?
Yozing, gaplashamiz👇
@suhrobabduaxatov
Mutlaqo imkonsizdek ko’ringan orzuni 230 ming so’m bilan amalga oshirganim haqida
Hammasi karantin davrida boshlandi. Onlayn o‘qitish ommalashayotgan bir vaqtda sifatli o‘quv materiallarini topish qiyin edi. O‘sha vaqtlarda menga onlayn o‘quv platformasini yaratish g‘oyasi keldi. Bu oddiy platforma emas, balki IT yo‘nalishidagi eng yaxshi mutaxassislarni yig‘ib, ularga o‘quvchilarni topib beradigan loyiha bo‘lishini rejalashtirgan edim
G‘oyamni bir do‘stim bilan birgalikda amalga oshirish uchun unga qo’ng’iroq qilib loyiha haqida aytdim, lekin u bu loyihani amalga oshirib bo’lmas ishdek qaradi va sherik bo’lishni rad etdi
«Fulfil» ni paydo bo’lishi
Lekin, men bu loyihani amalga oshirishimga ishonardim. Dastlab, telegramda kanal ochdim va TATU rasmiy telegram kanaliga bepulga reklama berdim, bu orqali 1000 yaqin odam kanalimga qo’shilishdi. Men esa obunachilarimni yanada ko’paytirishim kerak edi.
Bilasiz, reklamalar pullik. Ammo karantin sababli menda mablag’ yo’q edi. Keyin Ayamdan pul so’radim. Ayam kartada oxirgi 230 ming so‘m qolganini, kerak bo’lsa olib ishlatishim mumkinligini aytdilar. Shu kichik mablag‘ bilan kanalni rivojlantirishni boshladim.
O'shanda, IT biznesida tanilgan Abdusattor Abdurahimovning telegram kanali bor edi men ularga murojaat qilib, reklama narxini so’radim. Ular reklamani 1 mln so’m dedilar. Afsuski, menda esa 230 ming so’mdan boshqa pul yo’q edi va ularga g’oyamni, vaziyatimni tushuntirdim. U kishi sharoitimni tushundilar, meni qo‘llab-quvvatlab 230 ming so’mga reklama joylashtirishga rozi bo’ldilar.
Bilasizmi, Abdusattor aka nafaqat to’lovda qo’llab-quvvatladilar, balki o’zlari reklama matnini yozib berib, rasmlarini ham internetdan topib tayyorlab berdilar.
Bu samimiy yordam edi! O‘sha reklama orqali bir necha soat ichida kanalimga 5000 ta obunachi yig‘ildi.
Bu yutuq Azizbek Biyimbetov kabi IT sohasidagi kuchli mutaxassislarning e’tiborini tortdi va ular bilan hamkorlik qilish imkoniyatini berdi. Ular menga ishonishdi va Fulfill Education loyihasi ana shu birinchi 5 ming obunachidan boshlanib, bugungi kungacha yetib keldi.
Men bu loyiham orqali birinchi daromadimni 2020-yil 9-sentabr kuni oldim. O‘shandan beri bilaman: biz o‘zimiz uchun yaratgan chegaralar faqat miyamizda.
Orzularingizni amalga oshirishdan cho‘chimang — siz ham o‘z orzularingizni ro‘yobga chiqarishingiz mumkin.
@suhrobabduaxatov
Men bilan bitta jamoada yelkama-yelka ishlashni xohlaganlar uchun imkoniyat!
Bizda Sotuv menejerlik lavozimiga vakantsiya ochildi.
Ish haqida:
- Daromad: 4 - 14 mln so‘m (faoliyatingizga qarab)
- Ish vaqti: 10:00 - 19:00 (moslashuvchan)
- Ofis: Yunusobod metro yaqinida
- Bonus: Kitoblar, sohaga oid darsliklar, Treninglar, Teambuilding, lavozim ko'tarilib borishi.
Vazifalar:
- Kunlik issiq mijozlarga bog‘lanish, ularning ehtiyojlarini aniqlash.
- Mijozlardan oldindan to‘lov olish va ularga xizmatni taklif qilish.
Qo'shimcha imkoniyatlar:
- Sinov muddati (2 haftagacha), xarajatlar qoplanadi.
- Sinov davrida treninglar va tajriba olish imkoniyati.
- Sohaga oid kitoblar kurs uchun dostup
Murojaat qilish :
Link: https://forms.gle/Dof42fft3BY3k6im6
Latte omili menda teskari ishlaydi!
Deyarli hech bir kunim yo’q-ki, ertalabdan borib kofe ichmagan. Mening har kunim “Caffelitto”ga borib, kofe harid qilishdan boshlanadi! Bu kofelar kuniga 2-3 martaga ham aylanib ketadi. Chunki, kofeni juda ham yaxshi ko’raman!
Kunni o’zing sevgan ish bilan boshlay olish ham bir ne’mat aslida! Shunaqa ne’matlar bilan siylaganiga shukrlar aytaman
“Latte omili” ga keladigan bo’lsak, bu omil asosan oylikdan-oylikkacha yashaydigan insonlar uchun juda qo’l keladi.
Men qaysidir kitobni o’qisam, yoki yana qandaydir kurslarga qatnashsam ular bergan bilim, tavsiyalarni to’g’ridan-to’g’ri hayotimda qo’llab ketmayman. O’z ichki qadriyatlarim asosida filtrlab olaman.
Agarda men kunimni o’zim istagandek kofe ichish bilan boshlamasam, “Latte omili” menda teskari ishlab ketishi mumkin
@suhrobabduaxatov
Sizga cheksiz pul olib keladigan 4 ta yo'nalish
1. Kopirayting (Eng kuchlilaridan biri)
2. Sotuv
3. HR
4. Targeting.
Bularni orasidan men uchun eng kuchli deb hisoblaydigan yo'nalishim HR, sababi qiziqmi?
@suhrobabduaxatov
Buni hammasi baxt...
Chunki ularning ko'zlarida baxt ko'rinib turibti.
26-oktyabrda Fulfil'ning inhouse(ofis)'da ishlaydigan barcha jamoa a'zolari o'tirdik.
Rasmda Javlon va Sardor yo'q.
- Muz uchgani bordik
- Barchamiz o'tirib osh yedik
- Hattoki o'g'il bollar 3 soat CS:1.6 o'ynadik.
To'g'risini aytsam bu rasmni ko'rib shunchalik xursand bo'lyapmanki tasavvur qilish qiyin, nega deysizmi?
- Kengayyotganimiz uchun ofisni o'zida 16 kishi ishlayapmiz
- Onlayn bilan hisoblasa 40+, tasavvur qiling 40+ insonlarni uyiga rizq kirishiga sababchi bo'lish bu katta baxt
- Oddiy chekka bir qishloqdan kelgan Toshkentda boshida oyiga 400 ming so'm pulga yashagan qishloq yigitini qo'lidan nimadir kelishini his qilish bu baxt.
Eng muhimi barchasi Allohni fazli va ota-onalarimiz duolari hamda jamoamizning qattiq harakati bilan deb o'ylayman, barcha jamoadoshlarga rahmat.
Biz hali yo'lni boshidamiz, bu boshlanishi.
Aytgancha siz ham baxtli jamoaga qo'shilmoqchi bo'lsangiz sizda imkoniyat bo'lishi mumkin, agar zapusk bo'yicha prodyuser bo'lsangiz o'zingiz haqingizda izohda ma'lumot qoldiring, ko'rib chiqaman.
@suhrobabduaxatov
Bilasizmi, sizni nechpulga sotib olsa bo’ladi?
Keling yanada aniqlashtiraman sizni vadangiz nech pul turadi?
Masalan: Telefoningizni sotmoqchisiz va sotish uchun e’lon berdiz.
Sotib olmoqchi bo’lgan inson siz bilan savdolashdi va kelishdi.
Biroz o’tib boshqa bir inson aloqaga chiqib sizga 25$ ko’proq narx taklif qildi.
Siz rozi bo’ldiz va birinchi vadalashib qo’ygan insonizga men sotolmaydigan bo’ldim dediz yoki boshqa bir bahona bilan aldadiz.
Shu joyda sizni vadangiz atigi 25$ turadi, sizni 25$ ga sotib olishdi.
Qachon siz katta hurmat qozonasiz qachonki vadangizda tursangiz va sizni sotib olish mumkin bo’lmasa.
Eshitishimcha katta biznesmenlar va yuqori o’sayotgan odamlar bilan kichik tadbirkorlar orasidagi asosiy farq zarariga bo’lsa ham vadasida, gapida tura olishida ekan.
Siz nima deb o’ylaysiz fikrlaringizni izohlarda yozing, choylashamiz😊
@suhrobabduaxatov
1 mlrd+ lik "zapusk" tahlili haqida prodyuser tanishlar ko'rib fikr bildirishni boshladi.
Siz hali ham videotahlilni ko'rishga ulgurmadiz, BEPUL'ga eng muhim bilimlarni ko'rsatdim.
Tezda ko'rib oling, videoni dostupini yopishim ham mumkin.
Videoni hoziroq ko'rish: 👉 https://linktw.in/UhHeaP
1 mlrd+ lik qilgan "zapusk"imizni barcha qadamlarini videotahlil ko'rinishiga keltirdim
Bu video 1 oydan oshiqroq vaqt davomida qanday qilib 1 mlrd+ so'mga onlayn kurslar sotganimiz haqida.
Video davomiyligi 1 soat-u 24 daqiqa bo'ldi.
Siz bu videodarsdan
- Marketing strategiyalari
- To'g'ri Custdev o'tkazish
- To'g'ri progrev qilish mohiyati
- Webinar uchun kuchli prezentatsiya yaratish
- Sotuv jamoasini boshqarish va sotish
barchasini o'rganasiz.
Kimlarga shu videoni BEPULga beray?
Kim BEPUL'ga olishni xohlasa shu xabar izohida "+" qoldiring.
👇Qani ketdik
Bir umrlik motivatsiya
Bu voqea bo'lib o'tganiga 10 yilcha bo'ldi.
Qishloqda turamiz Dadam va Ayam maktabda ishlaydi.
Bilasizmi yo'qmi bilmadim o'qituvchilikdan orttirib pul yig'ish juda qiyin.
Uyimizda deyarli ortiqcha pul turmagan, bizni o'qishimiz, yaxshi kiyinishimiz va yaxshi ovqatlanishimizga pul yetgan, bo'ldi.
To'satdan Akam kasal bo'lib qoldi tashxis "гайморит" xavfli emas lekin kichkina operatsiya qilib olib tashlash kerak.
Operatsiya qilishga, davolatishga pul yo'q oylik hali beri tushmaydi.
O'sha kuni kelishilgan holda operatsiyaga pul to'plash uchun yagona sigirimiz sotildi.
Arzimagan 1.5 mln so'mga sigirimizni kechqurun bozorchilar kelib olib ketishdi.
Ayam judayam ich-ichidan sigirimiz sotilayotganiga achinganini his qilganman, chunki bu Ayam uchun judayam qadrli bo'lgan.
Shu pul bilan akamni davolatdik, ko'ryapsizmi biz uchun ota-onamiz umri davomida borini berishgan.
Shu kabi voqealardan va xulosalardan keyin.
Men qanday qilib har kuni energiyaga to'la bo'lmasligim mumkin, qanday qilib men to'xtab qolishim kerak?
O'z ustimda ishlashda to'xtamayman, zero uyimizdan 1 dona cho'p ham majburlikdan sotilmasligi kerak.
Aniq bilaman sizdayam xuddi shunday "Bir umrlik motivatsiya"lar bor siz buni balki ko'rmayapsiz yoki ko'rishni xohlamayapsiz.
Sizni ham to'xtashga, harakat qilmaslikga haqqingiz yo'q faqat o'ziz bilan o'ziz qolib tahlil qilib ko'rishingiz kerak xolos.
P. S: O'z ustida ishlamayotgan, maqsadi yo'q o'sishni xohlamayotgan odamlarni shunchaki tushunmayman.
@suhrobabduaxatov
Alisher Isaevning “Full Contact” loyihasiga qo’shildim.
Haqiqatdan ham biznesni ichida yurganlar uchun juda foydali
- Keys
- Insayt
- Bilim
- Kitob tahlillari berib borilyapti
Loyiha mohiyati: Alisher Isaevni kunlik olgan bilim va xulosalarini loyihada berib borish ekan.
@suhrobabduaxatov
Asosiy bilimlar va fikrlarimni instagram storieslarimda qo'yib boryapman
Faol kuzatish uchun obuna bo'lib oling
Qo'shilish: Instagram.com/suhrobabduaxatov
Bir xil holat ikki xil natija!
1-holat:
- Zapusklar bo'yicha bir proyektni hamkorimiz bilan to'xtatdik lekin yozilgan video darslar kelishuvi o'rtada kelishilgan edi, ya'ni video darslarda ikkalamizni ham haqdorligimiz bor.
Shunda shu proyektda hamkorim so'rab qoldi, "Suhrob video darslarni instagramdan so'rashadi yoki tanish bilishlar so'raydi, shunga sotmoqchiman lekin gap-gap kelishuv bu kelishuv tushgan puldan o'zim sotsam ham ulushingizni o'tkazib turuvraman dedi"
Bilmadim ichimdan boshqacha xursand bo'ldim u odam menga bermoqchi bo'lgan ulushidan emas bu ulush menga qiziq ham emas, shunchalik kelishuvga sodiq qolishiga va oxirigacha borishiga xursand bo'ldim.
Meni javobim: "Darslarni siz sotuvring hamma ulushni o'zingizga olib qoluvring, men ulushumga roziman"
U insonga nisbatan yanada hurmatim oshdi
2-holat:
- Yana bir proyektimizni to'xtatdik bu holatda ham darslarni bir-birimizga sababchi bo'lib yozganmiz, va darslarda ikkalamizni ham ulushimiz bor.
Bu proyektdagi hamkorim o'zim darslar haqida so'ramagunimcha videodarslar haqida gapirmadi.
Keyin o'zim so'radim videodarslarni nima qilamiz? Hamkorimni javobi: "Darslarni o'zim sotaman, siz bu darslardan shuncha foyda olib bo'lgansiz-ku?"
Men davom ettirib ko'rdim, darslarda axir meni ham haqqim bor, buchi?
Hamkorim: "Men sotay, hozir qayta dars yozsam sizgayam mengayam foyda yoq-ku?"
To'xtatmasdan qayta-qayta so'rayverdi, men ishlatay deb lekin bir og'iz darslarda sizni haqqingiz bor qanday kelishsak rozi bo'lasiz deb so'ramadi.
Men oxiri mayli ishlatuvring deb javob berdim.
Lekin shu vaziyatdagi haqdorlik mavzusida hamkorimni munosabatini ko'rib unga nisbatan qarashlarim o'zgardi.
@suhrobabduaxatov
Qanday qilib davlat imtihonida 27 daqiqada 100% lik natija ko'rsatganman?
Eslayman kuniga 13-14 soatgacha faqat Matematikadan misol, masalalar ishlash bilan shug'ullanardim.
O'shanda agar bir kunda 10 soat dars qilsam o'zimni koyirdim, Suhrob senda ko'proq dars qilish imkoni bor edi nega o'rtoqlaring oldiga yoki mehmonga bording deb.
Bitta yaqin og'aynim(o'rtog'im) menikiga birga matematika ishlaylik deb mehmonga kelgan shunda u bilan 3-4 soat birgalikda misol ishlab o'z potensialimga nisbatan adashmasam 3 barobarlar kamroq dars tayyorlaganman.
Shundan keyin uni yuziga qarab men 3x kamroq misol ishladim menikiga kelmasang, meni chalg'ityapsan deb aytganman.
Chunki men musobaqada qatnashardim, menda har oy, har hafta, har kuni "chellenge" edi.
Faqat bu musobaqa o'zim bilan o'zim o'rtamda bo'lardi, o'sishda eng muhimlaridan biri ham shu.
Ya'ni bir oy oldingi o'zingiz bilan bir oy keyingi o'zingizni solishtirishingiz mumkin, boshqalarni emas.
Menimcha shu sababli juda tez o'sganman va deyarli 1 yilda o'qishga kirish uchun qancha misol bo'lsa hammasini ishlab chiqganman.
Aytgancha, davlat imtihoniga kirganimda Matematika blogimga 90 daqiqa vaqt berilgan men esa bu blogni 27 daqiqada ishlaganman.
Natija 100% chiqgan, ya'ni birorta ham xato qilmaganman.
Nega 27 daqiqada 100% lik natijaga erisholganman tahlilimga ko'ra sabablari?
1. Men faqat o'zim bilan o'zim kurashganman, boshqalar bilan emas.
2. O'zim yoqtirgan juda ko'p narsalardan voz kecha olganman
3. Menda urinishlar soni ko'p bo'lgan balki 10.000 tadan - 50.000 tagacha misollar ishlaganman.
4. Men matematikani shunchaki yaxshi ko'rmaganman men matematika bilan yashaganman.
P. S: Hozir ko'pchilikdagi muammo shu, agar siz sohangiz bilan yashamayotgan bo'lsangiz o'sish haqida o'ylamang
@suhrobabduaxatov
Bizni shu darajaga yetib kelishimizga yordam bergan bilim, ko'nikma va fikrlashimiz keyingi darajaga o'sishimizga eng katta to'siqlardan biri bo'ladi.
Bu holatda biz o'sishdan to'xtab qolmasligimiz uchun bizdanda yuqori natijaga erishgan ustozimiz bo'lishi kerak!
Aynan bu ustoz bizga nima to'g'ri nima noto'g'ri ekanligi haqida aytadi va yo'l ko'rsatadi.
Juda ko'pchilik sekin o'sishiga, bitta nuqtada qotib qolishiga sabab ustozi yo'qligida
P. S: Ustoz toping
@suhrobabduaxatov
Bizning "Fulfil group" jamoamizda Sotuv menejeri bo'lmoqchi bo'lganlar uchun Sotuv treninglari boshlanyapti.
Trening mutloqo BEPUL va 10 kun+ davom etadi, hattoki biz sizga bu 10 kun+ davomida amaliyot puli ham to'laymiz.
Faqat sharti, ishlashga vaqtingiz bo'lishi kerak va Toshkent shahri, Yunusoboddagi ofisimizga kela olishingiz kerak.
O'zini topmoqchi bo'lgan va ish izlayotganlar uchun yaxshi taklif.
Haqiqiy Ambitsiyali, o'sayotgan jamoaga qo'shilishingiz mumkin.
Kimga jamoaga qo'shilish qiziq bo'lsa shaxsan menga @Abdivaliyevich ga yozing, gaplashamiz.
@suhrobabduaxatov
Mana shu 3 ta qadriyat uchun bir umr kurashishga ham tayyorman!
1. Halollik, to’g’ri so’zlik!
Bu ikkisi ichki qadriyatlarimni eng cho’qqisida turadi. Misol uchun, men 5 yildan beri Toshkentda ijarada yashayman, ammo bundan 1/2 yil oldin menda poytaxtni o’zidan ipotekaga uy olish imkoniyati bo’lgan. Lekin foiz stavkalari sabab men uy olishdan ko’ra, uy uchun pul yig’ib olgunimga qadar ijarada turishni afzal ko’rganman
Bunga yana bir misol, zapusk vebinarlaridan so’ng odamlar kursda o’qishni qattiq istashganlari uchun “Uzum nasiya” kabi platformalar orqali bo’lib to’lov qilib berishimizni so’rashadi. Agarda shunday qilsak, daromadimiz bir necha barobarga o’sib ketishini bilsam ham, bu tizimni yo’lga qo’ymayman! Halollikda halovat bor
2. Va’damni ustidan chiqish!
Odatda meni bir kamchiligim - bu deadline’ga rioya qila olmasligim. Bu kamchiligimni yopish uchun men “burchakka tiqish” texnikasini ishlataman. Ya’ni, kuchli taraflarim bilan kuchsiz taraflarimni yopaman. Misol uchun, biron bir ishni ma’lum bir vaqtgacha bajarib berishim kerak bo’lsa, o’sha insonga va’da beraman. Bu bilan “Va’da berdimmi bajarishim” kerak degan ichki qadriyatim asosida o’zimni burchakka tiqqan bo’laman va albatta bajaraman!
3. Reputatsiyam!
Reputatsiya — insonni ijtimoiy mavqeiga, imkoniyatlariga va ishonchlilik darajasiga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli ham har bir inson uchun repuatatsiya muhim deb hisoblayman
Qadriyatlarimiz bizni ichki armaturamiz! Ular qanchalik tetik, mustahkam bo’lsa, bizni hayot tarzimiz ham shunchalik go’zal bo’ladi
@suhrobabduaxatov
Muhim. 5-noyabr kechki payti videochat o'tkazmoqchiman.
Faqat bitta sharti bor, o'tkazishim uchun sizlardan faollik talab qilinadi.
Videochatda aynan
- Shaxsiy rivojlanish
- Marketing
- Sotuv
- Boshqaruv
- Zapusk bo'yicha qanday savollar bo'lsa barchasiga javob berib o'taman.
Videochat o'tkazaymi kimga qiziq, qiziq bo'lsa izohda "8" raqamini qoldiring.
100 ga yaqin insonlar qiziqish bildirsa nasib qilsa videochat o'tkazaman.
“Introvertdan yaxshi sotuvchi chiqmaydi!”…
Juda ko’pchilik sotuvda introvertlarga uncha-muncha ishonmaydi. Ularni muloqotda no’noq deb bilishib, introvertlarga sotuv ishlarini kamdan-kam hollarda ishonib topshirishadi
Men shuncha ekspertlar bilan ishlasam ham, kasbim taqozosi bilan tez-tez yangi insonlar bilan muloqotda bo’lsamda, o’zimni intorvert hisoblayman
Misol uchun, qandaydir tadbirlar, treninglarga borganimda coffee break vaqtida deyarli hech kim bilan muloqotda bo’lmayman, aksincha odamlarni, atrofni shunchaki kuzataman, tahlil qilaman
Hattoki, komandam bo’lishiga qaramay, yolg’iz ishlayman. Kamdan-kam hollarda ofisga boraman va shuni jamoam uchun ham, o’zim uchun ham eng to’g’ri yo’l deb hisoblayman.
Yopiq insonman, ammo shunga qaramay odamlar bilan tez chiqishib ketaman. Bir so’z bilan aytganda ekstrovertlikni o’zida shakllantirgan introvertman.
Hozir tahlil qilib qarasam, jamoamdagi eng yaxshi sotuvchilar ham asosan introvertlar ekan
@suhrobabduaxatov
Yaqin orada blogimga 1000 ga yaqin obunachi qo'shildi
Keling, yaqindan tanishib olamiz!
Men Suhrob Abduaxatov
Qashqadaryolikman.
18 yoshimda Toshkentga talaba bo’lib kelib, hozirda “Fulfil” onlayn maktabi va @rizqimuz asoschisi va boshqaruvchisi bo’lib faoliyat yuritib kelyapman. (Online maktabim faoliyati bilan ham tanishtiraman, hozircha o’zim bilan tanishib turing😉 )
Hayotimni muhim xronologiyasi:
2019-Yilda Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga o’qishga kirganman
2020-yil ayni karantin, hamma vahimada bo’lgan vaqtlarda men online maktabimga asos solgandim
2022-yildan ofis olib, jamoa yig’ishni boshladim
2023-yilni o’rtalarida tahminan $8000 qarzga kirganman. (Hammasi shundan boshlangan)
2023-yil avgust oylaridan beri zapusk bilan faol tarzda shug’ullanib kelyapman. Shu kungacha 17 ta zapuskni amalga oshirdik.
2024-yilni iyul-avgust oylarida zapuskda bittada 1 mlrd so’mlik sotuvni amalga oshirdik
Ish o’z yo’ligaku-yu, 2024-yil otalik maqomi bilan siylandim. Hozirda 7 oylik o’g’ilning otasiman Allohga shukr.
Buncha ma’lumotlardan keyin meni yaqindan biladiganlar ham men bilan qayta tanishgandek bo’lishganiga shubham yo’q ))
@suhrobabduaxatov
Proyekt topishda qiynalayotganlar bormi?
Siz
- Zapusklar
- Marketing, SMM, sotuv xizmatlaringizni sotmoqchi bo'lib proyektlar topishga va ularda LTV ni oshirishga qiynalayotgan bo'lsangiz sizga bir nechta qattiq ishlaydigan yechimlarim bor.
Proyekt topish bo'yicha eksperiment qilib ko'rdim oktyabr oyini o'zida
- Telegram shaxsiydan 8 ta menga ishlash taklifi tushdi
- Instagram directdan 3-4 ta
- Target orqali bir kunda 19 ta odamdan ishlashi taklifi keldi
Agar proyekt olish va ularda LTV ni oshirish qiziq bo'lsa izohlarda "Qiziq" deb yozing va qaysi sohada ekanligingizni aynan bu borasida qanday muammolarga uchrayotganingizni yozib qoldiring.
Ko'pchilik qiziqish bildirsa bu haqida batafsil yoritib bermoqchiman)
@suhrobabduaxatov
Kim videotahlilni ko'rib chiqdi?
Nima fikr, insaytlaringiz va savollaringiz bo'lsa izohlarda yozing
Gaplashamiz 👇
🚀1 mlrd+ lik zapusk videotahlili tayyor! Hoziroq ko'rishni boshlang!
140+ kishi izohlarda video tahlilni olish uchun qiziqish bildirdi shu sababli kanalda hammaga ulashishga qaror qildim.
To'g'risi ko'pchilik ochiqlamaydigan tajriba va bilimlarni ochiqlashga harakat qildim, ko'ring va fikrlaringizni youtube komentariyasida qoldiring.
Hammasi sizlar uchun qo'llab-quvvatlang agar sizlarga ma'qul kelsa yanada yangi videolar, jonli efirlar tashkil qilishni boshlayman.
Videoni hoziroq ko'rish: 👉 https://linktw.in/UhHeaP
Siz ham jangga kirishdan oldin kemangizni yoqib yuboring
Eshitishimcha, janglarda muvaffaqiyat qozonishning eng yaxshi yo'li - urushga kirishdan oldin suzib kelgan kemalarni yoqib yuborish bo'lgan ekan.
Ya'ni yoki jangda yutadi yoki hamma o'ladi, orqaga yo'l yo'q.
Menimcha, hozir ham shu narsa amalda. Ko’pchilik yangi soha, kasb o'rganganda qo'shimcha qilib o'rganishni boshlaydi.
“O'xshamay qolsa” deb bir nechta variantlarni o'ylab qo'yadi.
Shu sababli ham o'rganayotgan sohasini kuchli o'rganmaydi yoki o'rganolmaydi, chunki yo'qotadigan juda katta narsasi yo'q.
Men o’ylaymanki, natija bu voz kechishlar orqali bo'ladi.
Men so'ngi 1 yilda yaxshi natijalarga erishishimga asosiy sabab bu - o'zim 3 yil yuritgan, men uchun juda qadrli bo'lgan, lekin biznes modeli o'layotgan loyihamni yopib yangi loyihaga qo'l urganim bo'lgan.
Men shu yangi loyihada katta natijaga erishishim kerak edi yoki hammasi tugardi.
Qo'shimcha pul kelib tursin buniyam yuritaman, uniyam qilaman yana nimadir qilaman degan planlarim bo'lmagan.
Men ko’p ko’rayotganim ba'zi endi boshlagan mutaxassislar bir vaqtni o'zida 3-4 ta loyihalarda ishlashni xohlashadi.
Hammasini olib ketish haqida o'ylashadi, chunki ularni hayolida bittasi o'xshamasa boshqasi o'xshaydi.
Aslida loyihalari ko'pligi sababli fokusi yetmasdan o'z reputatsiyasi tushib qolishi haqida o'ylab ham ko'rmaydi.
Sizga maslahatim bitta joyda yoki bitta yo'nalishdagi sohada o'sing, har tomonga sakramang. Shundan boshqa yo'lingiz bo'lmasin.
@suhrobabduaxatov
🔴Muhim eslatma
Shu hafta nasib qilsa "Zapusklarda daromad qilish" bo'yicha BEPUL konsultatsiya qilaman
Menimcha telegram kanalimdan 2-3 kishiga BEPUL konsultatsiya qilishga vaqtim yetadi.
Format: Onlayn Zoom yoki Toshkent shahrida bo'lsangiz offlayn.
Sharti: Siz zapusklar sohasida bo'lishingiz kerak
Murojaat uchun: @Abdivaliyevich !
@suhrobabduaxatov
[Bu xabar hayotingizni o'zgartirishi mumkin] Ramkaga tiqishga harakat qilish! Baxtsizlikga qadam.
Yaqinda ko'p odamlarga e'tibor berdim, asosiy qismi hayotidan yoki o'zidan mamnun emas.
Bunga nima sabab ekanligini o'rganishga harakat qildim.
Shunda tushundm-ki, ularni o'ziga va boshqalarga nisbatan kutuvlar juda baland.
Hattoki o'zini va boshqalarni ham ramkaga solishga harakat qilishadi.
Ya'ni u mendan
- Xabar olib turishi kerak
- Vaqtida kelishi kerak
- Menga e'tibor berishi kerak
Ketdi, bu holat tugamaydi....
Eng yomoni atrofidagi yaqinlari, do'stlarini idealga o'zgartirishga harakat qilishadi.
Shu sababli o'zi ham yaqinlari ham baxtli bo'lmaydi.
Hech kimni ramkaga solishga harakat qilmang, hattoki o'zingizni ham.
Hech kim ideal bo'lolmaydi, boricha qabul qiling buni yo'li esa undan hech narsa kutmaslik.
O'zi aslida ham hech kim sizga nimadir qilib berishga yoki mehr-muruvvat ko'rsatishga majbur emas.
U mehrni ko'rsatishni xohlasa ko'rsatadi xohlamasa yo'q, bu esa juda normal.
Ya'ni sizni vazifangiz kutuvlarni judayam minimalga tushirish. Buni qilolmas ekansiz, meni fikrimcha baxtsizlikga qarab ketuvrasiz.
To'xtang!!! Endi esa sizga yana bir muhim "etapni" aytib o'taman 👇
Avvalo, o'zingizni qabul qilishni boshlang va o'zingizdan ideal yasashni to'xtating.
Qachonki siz o'zingizni boringizcha qabul qilishni boshlasangiz boshqalar sizni qabul qilishni boshlaydi.
Siz kamchiliklaringiz bilan sizsiz, shuni unutmang!
P. S: Erkin qush bo'lganimizdagina biz parvoz etolamiz, qafasda bo'lsak biz ucha olish qobiliyatimizni ham yo'qotamiz.
Shuning uchun o'zimizni yoki boshqalarni qafasga tiqishga harakat qilmaylik, do'stlar.
@suhrobabduaxatov
Bu kabi xabarlar meni xursand qiladi
Bugun 1-oktabr ustozlar kuni shunday bo’lsada men ozgina bilim bergan shogirdlarim meni tabriklashmoqda.
Men ham barcha ustozlarimni 1-oktabr ustozlar kuni bilan tabriklayman.
Kim menga ozgina bo’lsada bilim yoki o’z tajribasini ulashgan bo’lsa barchalari menga ustoz hisoblanadi.
Menimcha to’g’ri va kuchli ustozlarga yo’liqish ham ne’mat, meni esa Alloh kuchli ustozlar bilan siylagan har birlarini qattiq hurmat qilaman.
@suhrobabduaxatov
Ko'p joylarda ishlab chiqqanlar
Ishga topshirgan kandidatlarni ko‘rib chiqyapman, bittasiga ko‘z tashladim: 20 yosh va 9ta joyda ishlab ko‘rgan ekan. Hayron qoldim, 25 yoshgacha 2 joyda ishlagan ekanman.
Uni ustiga, ba’zi kandidatlar bu bilan faxrlanib aytib berishyapti, "Aka, 18 yosh bo‘lishimga qaramay 7ta joyda ishlaganman" dedi bittasi. Ko‘p joydan ishlab chiqish - bu afzallik emas, balkim katta kamchilik.
Bunday jihat chidamsiz va bitta joydan ikkinchi joyga sakrab yuradigan xodimni ifodalaydi. Ish beruvchilar esa bitta vakansiyani yopib, unga qaytmaslikni xohlaydi.
Barcha yoshlarga bitta joyda qotib, u yerda yillar davomida o‘sishni tavsiya qilaman. Katta natijaga erishishni yagona yo‘li - bitta nuqtani topib olib, u yerga to‘xtamasdan urish.
Lekin har 2-3 oyda ishni almashtiradiganlarga bunday go‘zal sabr berilmagan.
@aqlli_ikkichi
Kichkina e'lon
Nasib qilsa oktyabrni o'rtalarida "Zapusk bo'yicha mentorship" qilmoqchiman
Qiziqganlar bo'lsa oldindan maxsus taklif bilan ro'yxatdan o'tib qo'yishi mumkin.
Murojaat uchun: @Abdivaliyevich
Hali hech qayerga e'lon chiqarmasimdan 2 ta joy bron bo'lib bo'lgan.
@suhrobabduaxatov
Xodim xato qilsa kaltaklanishi haligacha borligini tasavvur ham qilolmasdim.
To'g'risi kecha videoni ko'rib qullik davri haqidagi kinolar esimga tushib ketdi.
Har bir inson o'z haq-huquqlarini ta'lab qilishni bilish kerak. Ursayam, so'ksayam ishlab yuruvrish kerakmas)
Bu brendni hurmat qilardim chunki ular shu paytgacha olib chiqayotgan reklamalar, shiorlari "maqsadimiz xalqqa xizmat qilish" edi.
Endi ularga nisbatan hurmatim tushdi chunki xodimlar ham xalq, eng birinchi navbatda xodimlarga to'g'ri sharoit va to'g'ri imkoniyatlar yaratib berilishi kerak!!!
Eng qizig'i bu emas, eng qizig'i bu katta kompaniyani asoschisi boshqa bir xodimlarini urgan videolari tarqalishni boshladi.
Men kecha videoni ko'rganimda qanday qilib lavozimi bor xodim xato qilgan yosh xodimni urishi mumkin, kim bunga huquq bergan degan narsalar hayolimda ko'p aylangandi.
Qaytib bu brend do'konlariga tashrif buyurmasam kerak #boycott_inbazar!!!
Men hech qachon jamoam a'zolariga bunday qilishni tasavvur ham qilolmayman hattoki ularni shaxsiyatiga nisbatan notog'ri fikr bildirish katta notog'ri ish deb hisoblayman.
@suhrobabduaxatov