Bugun Fulfil education 3 yoshga to'ldi!🥳
2020-yil 16-avgust ayni karantin vaqtida boshlangan Fulfil education mana bugun 3 yoshga to'ldi!
Meni qo'llab quvvatlagan noldan boshlashimda yonimda turgan insonlarga rahmat. Ayniqsa ilk bor loyiha boshlanganda doim qo'llab-quvvatlab yordam berib turgan yaqinim Sitora Abdikadirovaga tashakkur.
Loyihani rivojlantirishda davom etamiz, Fulfil jamoa a'zolari Ilhomjon aka, Javohir aka, Umid, Botir, Abdulvosit, Jasur, Marjona, Mohinur va ustozlar barcha-barchasini tabriklayman (@fulfil_education) TOP !
— Hurmat bilan loyiha muallifi Suhrob Abduaxatov
@suhrobabduaxatov
1. Omad — Sizga kelgan imkoniyatlarni ko'ra olishingiz va bu imkoniyatdan foydalanishingizdir.
2. Muvaffaqiyat — Yo'q deya olish, ya'ni qachonki o'zingizga kelgan ko'plab takliflarga yo'q deb o'z tanlagan ma'lum yo'lingizda fokus bilan harakat qilsangizgina muvaffaqiyatga erisha olasiz (imkoniyatni ko'ra olish bilan takliflarga yo'q deya olish boshqa boshqa holatlar).
3. Tezlik — Tezda qaror chiqara olish, ikkilanmaslik va vaziyatni baholay olish yuqori natijani bir bo'lagidir.
4. Qancha pul topish — Asosan sizning bilimlaringizga proporsionalik.
@suhrobabduaxatov
#marketing_keys
ROAS (Return on Ad Spend)
ROAS = (Reklamadan kelgan konversiya / Reklamaga sarflangan pul) * 100%
Ya'ni siz reklamagan sarflagan pulingizdan keyin sizga qancha pul qaytib kelishini nisbatini olish
Yaqinda bizning bir loyihada ROAS = 32:1 , yoki ROAS = 3200% ga teng bo'ldi
Misol uchun: 2 mln so'm reklamaga sarflansa, 64 mln so'm shu reklama orqasidan pul tushdi manosida (Raqamlar nisbiy va misol tariqasida keltirildi)
Men o'zim qatnashgan eng katta ROAS bu — 6000%+ bo'lgan yoki 60:1+
@suhrobabduaxatov
Yangi loyihamiz uchun logotip tayyorlatyapman. Qaysi variant yaxshiroq? Izohlarda fikringizni qoldiring
Читать полностью…🔥 1 oylik tekin Chuqurlashtirilgan CLASS KOMPONENTLARI ASOSIDA REACT onlayn kursi
React ni 0 dan uyingizdan turib o'rganing! Kursdan maqsad React ni ildizini yaxshilab o'rganish!
🔹 Talablar: HTML, CSS, JavaScript
🔹 Start: 3-iyul
🔹 Kurs davomiyligi: 1 oy
🔹 Kurs formati: self-study ga asoslangan
🔹 Narxi: Mutlaqo TEKIN
Undan tashqari 10 ta nomzod 1 marta mock interview sifatida "Junior" pozitsiyasi uchun to'liq ishga kirish jarayonidan o'tkaziladi.
👉 Ro'yhatdan o'tish: https://forms.gle/cm63bXia8R1UtJyZA
Faqatgina qo'lingizdan kelgancha share qilishni unutmang! ✊
Faqat bir dona narsa xarid qilishga kirgandik, natija esa rasmda keltirilgan.
- Korzinkada kuchli marketing ishlamoqda😀
* Oilaviy xarid vaqti
@suhrobabduaxatov
Biror mutaxassislikni o'rganib chiqib ish topolmayapsizmi? Unda meni eshiting
— Siz balki bozori kichik va talab kam sohani o'rgangan bo'lishingiz mumkin. Tashvishga tushmang postni oxirigacha o'qing
Bu holatda ish topish uchun pastda yozganlarimga amal qilganmisiz?
1. Siz o'sha mutaxassislikda haqiqatdan ham kuchlilar safida turmaysiz, yanada o'z ustingizda ishlashingiz shart
2. Boshqalardan ajralib turadigan qo'shimcha ko'nikmalarga ega emassiz! Misol uchun ingliz tili, rus tili va boshqalar
3. Siz to'g'ri vaqtda to'g'ri joyda bo'lishga intilmayapsiz? Masalan networking, osha sohadagi kuchlilar bilan tanishish, soha bo'yicha tadbirlarda bo'lish (Chunki o'z sohangizda ko'p tanishlar orttirishingiz sizga ko'plab ishga takliflar olib kelishi mumkin)
4. Siz suhbatlarda o'zingizni sotishni bilmaysiz, sotishni o'rganing butun hayotingizda kerak bo'ladi
5. O'zingizni borligingizni boshqalarga bildirmayapsiz. Sizni mutaxassis ekanligingizni bilishmasa qayerdan sizga ish berishlari mumkin
6. Boshida BEPUL ga bo'lsa ham ish izlang yoki BEPUL ga ko'plab vazifalarni bajarib bering. Aslida siz portfolio qilayapsiz, aslida kelajak va tajriba uchun ishlayapsiz.
7. Boshqa ish izlayotganlardan kuchli taklif o'ylab toping (Misol uchun: Bir kursni bitirgan mutaxassis reklama beribti "O'z target va sotuv bilimlarim orqali loyihangizda sotuvlarni 2x ga oshira olmasam 1 tiyin ham pul to'lamaysiz")
👆Agar yuqoridagilarni barchasiga amal qilib ham ish topa olmagan bo'lsangiz izohda yozing, siz uchun bundan kuchliroq ish topish bo'yicha qo'llanma bor, o'shani sizga bermoqchiman!
@suhrobabduaxatov
G'oyalar ko'p yaqin uch oyda Alloh xohlasa kamida 4 loyihani TEST qilib ko'rmoqchiman, yangiliklar bilan bo'lishib boraman
@suhrobabduaxatov
Bir yozishmani o'zida batafsil fikringizni birlashtirib yozing
Ishga topshirayotgan bo'lsangiz
1. Salomlashish
2. Tanishtiruv
3. Qaysi vakantsiya bo'yicha aloqaga chiqyapsiz?
4. Qo'lingizdan nimalar keladi, yuqorida rezyume ilova qilganingiz haqida
5. Portfolio
Kabi bir yozishmani o'zida barchasini keltirib o'ting!
@suhrobabduaxatov
"Sh - W", "Ch - C" , "qldm", "iw kere", "kmsz" shunga o'xshab stilniy yozadigan bo'lsangiz katta ehtimol bilan jiddiy kompaniya va tashkilotlar sizga ish bermasligi mumkin.
@suhrobabduaxatov
P. S: Doimo ish suhbatlariga borganda eng asosiy maqsadingizni ochiqlang, chunki sizni ko'zga qarab turib aytgan ba'zi gaplaringiz keyinchalik loyihalarga qimmatga tushishi mumkin
Читать полностью…Hayit munosabati bilan menga HADYA
Makkayu Madina'dan keltirilgan Qur'on kitobi. Hadya uchun bo'lajak rafiqamga rahmat😊.
P. S: Azizlar aytgancha, 21-mayda barchangizni Qashqadaryoda bo'lib o'tadigan to'yga taklif qilaman
@suhrobabduaxatov
- Biznesda halol raqabot bo'lishi kerak. Aynan raqabotdoshini yomonlab o'zini yaxshilab chiqilgan taqdimotlar to'g'ri emas
- Shaxsiy brend va marketingdan foydalangan holatda o'ziniki bo'lmagan narsalardan foydalanib orqasini yashirib bu bizni loyihamiz deb chiqish "insofdanmikan"
- Har bir sotayotgan mahsulotingizni javobi bor, marketing uchun "bo'rttirilgan ma'lumotlardan" foydalanmaslikga harakat qiling.
@suhrobabduaxatov
Bugun 22 yoshga kirdim
Yana bir yil o'tib ketdi, umrimiz soat sayin kamayyapti. So'ngi bir yilda nimalar o'zgardi.
Fulfil education'ni yil davomida rivojlantirishga harakat qilyapmiz. Bir-biriga yordam beradigan kichik jamoa tashkil topdi. Ko'p tajriba olyapmiz.
Hayotimga o'zim kutgan inson kirib keldi. Yaqinda uylandim, yangi ma'suliyatli hayotni boshladim. Endi yanada kuchliroq bo'lishim kerakligini his qilyapman.
Bilimga ko'proq pul sarflash kerakligini tushundim. Qancha ko'p miyyangiz uchun pul sarflasangiz shuncha ko'p pul topasiz bu aniq.
Bugun o'zimga davomiyligi bir oy bo'lib o'tadigan 12 mln so'm turadigan kurs sotib oldim (sovg'a qildim). Suhrob tug'ilgan kuning bilan tabriklayman oilang, yaqinlaring va komandang baxtiga sog' bo'l.
P. S: Tabriklarni izohda yozib qoldirishingiz mumkin (hazil)😊
@suhrobabduaxatov
O'zingiz tushunmagan soha bo'yicha vakantsiyalarga ariza qoldirmang.
Vaqtingizni va biror insonni vaqtini ketkizganingiz qoladi.
Ha aytgancha, ariza qoldirishdan oldin e'londa kim qidirilayotganini o'qing "sotuv menejermi", "marketologmi".
@suhrobabduaxatov
Bundan bir yilcha oldin Fulfil education ochiq darslarida adashmasam 30-40 kishi qatnashishardi.
😎 Hozirda ochiq darslarimizda 200-300 lab insonlar qatnashmoqda
💡Ajab emas, ma'lum bir muddat o'tib ochiq darslarimizda 1000'lab insonlar qatnashsa. Alloh uchun barchasi oson
Fulfil education
@suhrobabduaxatov
Ko'p odamlar katta potentsialga ega ammo focusga ega emas.
Ko'p ishlarni qilib, bittasida ham muvaffaqiyatga erisha olishmaydi
© Instagramdan
@suhrobabduaxatov
Eng yaxshi ko'rgan loyiham
— Fulfil education men uchun judayam qadrli. Hozirgacha ma'lum bir yo'lni bosib o'tdik, va yanada rivojlanish uchun qo'limizdan kelgancha harakat qilayapmiz. Jamoamizda hozirda to'liq va qisman ishlaydiganlar soni 15 ga yaqinni tashkil qiladi.
— Biz yaqinda Fulfil education modelidagi aynan boshqa yo'nalishda, yangi onlayn ta'lim loyihasini ishga tushirishga tayyorlanyapmiz.
— Fulfil education kurslari, loyihada ishlovchi ustozlar, ishga kirgan ba'zi o'quvchilar, bo'lib o'tgan ochiq darslar barcha barchasi haqida saytimizda tanishishingiz mumkin, fulfil.uz
— Hattoki izoh yozib qoldirgan insonlarning telefon raqamigacha joylashtirdik. Ularga aloqaga chiqib kurslar haqida ma'lum fikrga ega bo'lishingiz mumkin.
Yangi loyihalar, yangiliklar barchasi borasida imkon qadar tanishtirib borishga harakat qilaman.
@suhrobabduaxatov
Savol: Yalqovlarga qanday maslahat berasiz?
Javob: Pulsiz mazza qilib yashayver
© Internetdan
— Odatda hech narsa bepul emas, BEPUL dars, BEPUL ovqat barchasini tagida biror aniq bir maqsad yotadi. Eng kamida siz BEPUL ko'rayotgan foydali kontentlaringiz, hattoki ular ham sizni vaqtingiz orqasidan pul qilishi mumkin.
— "Betayin mashhurlar"ni kuzatmang. Chunki ular doimo ijtimoiy tarmoqlarda baxtli va boy ko'rinishadi, ular o'zlarini ideal qilib ko'rsatishadi.
Hech qachon ideallik yo'q doimo hayotda ham biznesda ham muammolar, tashvishlar, qiyinchiliklar siz bilan....
Bu kabi "Betayin"lar esa ko'pchilikga ideallik bor degan fikrni singdirib qo'yishi mumkin! Ogoh bo'ling
— Bor kuchingiz bilan o'zingizni topishga va o'zingizni anglashga harakat qiling. O'zingizni topib o'z sevgan kasbingizni aniqlab olsangiz siz parvoz qilishni boshlaysiz.
— O'z sohangizda tez va aniq natija qilishni istasangiz shogird tushing. Restoran biznesi ochmoqchi bo'lganlar restarani bor insonga. O'quv markaz ochmoqchi bo'lganlar o'quv markazi borlarga shogird bo'ling, infoLo'ttibozlarga emas!
@suhrobabduaxatov
Bizneslarni avomatlashtirish bo'yicha faoliyat ko'rsatadigan tanishim yaqinda o'zini yoniga 4 tagacha shogird olmoqchi ekan.
Qiziqganlar bo'lsa izohda "+" qoldirib qo'yinglar, to'liq ma'lumot yuborsa sizlarga ham yuborib qo'yaman
Asosan tayyor yechimlar AmoCRM, HolliHop, LiLu kabi tizimlashtiruvchi platformalarni bizneslarga moslashtirish bilan shug'ullanishadi
Hech qachon bunday qilmang
Yuqorida qaysidir "Umid Oke" ni profili keltirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda sizni profilingiz nomi, har bir yozgan xabaringiz, profildagi rasmingiz sizni yuzingiz hisoblanadi.
Yuqoridagi kabi profilda bo'lsangiz ish beruvchilar sizga hech qachon jiddiy qarashmaydi
P. S: "Paloncha yillarni sindirish bandasigamas", "Oken bu yoqda", "Vorzokon" kabi profildagi "bratlar" yuqoridagi fikrlarimni bir o'ylab ko'rishingiz kerak
@suhrobabduaxatov
Shunchaki pul uchun ishga kirmang, pul uchun ishga kirganlar pul uchun ketadi.
Pul uchun ishga kirganlar o'sha o'zi istagan pulni ishlab bo'lganida, muammolari hal bo'lganida, bundan yuqoriroq to'laydigan ish chiqganida sizdan ketishi mumkin
@suhrobabduaxatov
Ishni vosita sifatida emas doimo maqsad sifatida kelajak sifatida ko'ring.
1. Yuqoridagi xabarda ko'plab ishga topshirgan insonlarni asliyati qanday bo'lishi keltirilgan (Yuqoridagi nomzod ochig'ini gapirib o'tgan) ammo biz bunday insonni jamoamizga ololmaymiz
2. Ko'plab ish suhbatlarida bo'laman, asosiy nomzodlar oliy maqsadlar, uzoq muddat ishlamoqchiligi shu kabilarni gapirib o'tadi
3. Aslida boshqa rejalar bilan kelishgan bo'ladi (Kontrakt to'lashi kerak, yozda kanikulda bo'sh bo'p qolgani, sessiyadan yiqilgani sababli, IELTS ga pul yig'moqchi ...... )
4. Bu kabi ishni vosita sifatida ko'rib keluvchilar uzoq muddat ishlashmaydi, biroz ishda qiyinchiliklar bo'lishi bilan yoki o'zini rejalari bitishi bilan ishdan ketishini ma'lum qiladi.
5. Ish beruvchi sifatida esa sizning vazifangiz kompaniya maqsadi bilan nomzod maqsadi bir xil bo'lgan insonni topa olishingiz
@suhrobabduaxatov
- Insonlarga yordamimiz tegayotganini his qilganimizda ularga kerakligimizni bilganimizda o'zimizni borligimizni his qilamiz.
- Fulfil education jamoasida ishlayotgan barchani mehnatlarini qadrlayman biz bir jamoa ekanligimizdan faxrlanaman
- Ustozlarga alohida rahmat Og'abek Sultonboev, Diyorbek Olimov sizlar haqiqiy kuchli dasturchisizlar.
✅ Fulfil education hozirgacha 816 nafar insonlarga dasturlashda o'zlarini sinab ko'rishlarida yordam berdi
🔥Faxrlanib ayta olamanki, Fulfil educationda ta'lim olib Click kompaniyasidan tortib Angliya IT kompaniyalarida ishlayotgan dasturchilar yetishib chiqishmoqda
Hurmat bilan @suhrobabduaxatov
- Qachonki insonda davlat, ota-onam, oilam menga imkoniyat qilib berish kerak degan tushunchadan chiqib ketsagina hayotida burilish boshlanadi
- So'ngi oylarda 20 dan ortiq talaba qizlardan ishga qabul qilish bo'yicha intervyu oldim, barchasiga nisbatan ish beruvchi sifatida hurmatim oshdi sababi ular qiz bola bo'lsada o'zini eplab oilasiga og'irligi tushmaslikni, yangi sohani o'rganishni, moliyaviy mustaqil bo'lishni xohlashayapti.
- Shu kunlarda qiymati 22 mln 500 ming so'mlik ta'lim granti ajratdik. Shunisi yoqmadiki nomzodlar orasida boshqa o'quv markazlarda oldin GRANT asosida o'qigan yoki hozir o'qiyotganlar ham qaytadan topshirishgan bu narsa INSOFSIZLIK (bir marta GRANT yetarli, boshqalarni o'rnini band qilmang)
@suhrobabduaxatov
Soat 01:13 biz hali ham ofisda loyihalarni rivojlantirish uchun ishlayapmiz . So'ngi vaqtlarda ishga kuchli berilib ketdik! Blogimda kamnamo bo'lib qolganimni sababi ham shu
Aytgancha loyihalarimizda jamoa a'zolarimiz soni 18 taga yetdi va birgalikda jamoa bilan harakatdamiz.