Ha aytgancha ma’lumot o’rnida so’rayotganlar uchun vaziyatdan kelib chiqib moshinani 50% ni to’lovini qilganman.
Qolgan 50% ni moshina chiqishidan oldin to’lov o’tkazamiz nasib qilsa.
Shartnomaga ko’ra 50% oldindan, 50% moshina chiqgandan keyin to’lasa bo’larkan(Agar siz ham GM dan moshina olsangiz shunday qilsangiz bo’ladi)
@suhrobabduaxatov
O'zimga Asistent qidiryapman.
Agar siz onlayn kurslarni «zapusk»ini o'rganishni istasangiz bu sizga to'g'ri keladi.
Qulayliklar
- Men bilan bir jamoada ishlaysiz
- «Zapusk» qilishni o'rganasiz
- Men bilganlarimni o'rgataman
- Turli kitoblar, jamoaviy o'sish vaqti vaqti bilan jamoa bilan "Team building"
- Jamoa bilan ishlash ko'nikmalarini o'rganish
Talablar
- Marketing va sotuvda tajribasi bo'lishi kerak
- Infoprodukt onlayn kurslarni sotishga qiziqishi kerak
- Kun davomida 09:00 - 18:00 gacha ofisda ishlay olishi kerak
- Uzoq muddat jamoada ishlashi kerak(Boshida Asistent bo'lib kelib potensial yetarli bo'lsa boshqa lavozimlarga o'sishi mumkin)
Asistentning yo'l kira xarajatlari + tushligi qoplab beriladi + stependiya ham beriladi
Ariza qoldirish: 👉 https://bit.ly/3RMCyGo
🔥Buummm! “Chelleng” yakunlandi
Esingizda bo’lsa 5-oktyabr kuni 3 oy ichida Gentra xarid qilish “chelleng”ini boshlagan edim.
“Chelleng” muddatidan 9 kun oldin 27-dekabr kuni yakunlandi.
✅ Cobalt 4-pozitsiya moshinasi uchun shartnoma olib salonga to’lov qildim.
Gentraga emas Cobaltga to’lov qildim.
Muhimi, judayam xursandman va butun oilamiz bundan xursand
Suhrob Abduaxatov
@suhrobabduaxatov
Chelleng yakunlanishiga 6-kun qoldi.
Chelleng’da qanday natija bo’ldi deb o’ylaysiz? Fikringizni yozing.
06:50…Dekabr…Qish…
Bir vaqtni o’zida bir nechta loyihalar nazorati charchatyapti. Tuni bilan ishlashga to’g’ri kelyapti
Dekabr qiyin o’tyapti, jamoaga maksimal hozirgi darajadan keyingi pog’onaga o’sish vazifasini qo’yganman
“Chelleng”da nima gaplar - natijasini tugaganda ko’ramiz. “Chelleng”dan asosiy maqsad potensialim qanchaligini bilish
Orada 10 kuncha kasal bo’lib qoldim, shunda yotganimda hayotimda nimadir yetishmaganday bo’ldi nimaligini topolmadim. Keyin bilsam ishni sog’ingan ekanman, ish yetishmagan ekan
Yozni sog’indim, sovuqni yoqtirmayman
@suhrobabduaxatov
Pulni tejash uchun vaqtingizdan kechasiz, aslida vaqtni tejash uchun pul sarflang shunda ko'proq daromad topasiz.
Masalan:
- Pul tejash uchun avtobusda yurasiz va manzilga 40 daqiqada yetib borasiz.
- Lekin siz vaqt tejash uchun taxida manzilga borsangiz 10-15 daqiqa atrofida borasiz (25-30 daqiqa tejadingiz menda shunaqa)
Jarayon qanday ketadi...
- Boshida pul tejash uchun Avtobusda yurasiz
- Keyin vaqt tejash uchun Taxida yurasiz
- Endi esa Vaqt tejash + energiya tejash uchun Taxida biznesda yurasiz(BYD, Malibu, Chery...)
Biznesda yurish nega kerak? Chunki bisnes tarifda sizni olib yuradigan haydovchilar sizni energiyangizni ortiqcha gap so'zlar bilan olmaydi va asabingizga tegmaydi
Shu uchun daromadingiz oshgan sari vaqtni va energiyangizni tejashni boshlang chunki bu tejalgan vaqt + energiyada siz yanada ko'proqlariga erisha olasiz
@suhrobabduaxatov_blog
1-2 oyda bir bir bosim va ish ko'pligidan hammasidan charchaganimni his qilaman.
Ma'suliyat menda ko'p ekanligini va bundan 6-7 yil oldingi tashvishsiz o'rganadigan, o'qiydigan hayotni qumsayman
Lekin qayerdandir shu zahoti kuch paydo bo'ladi va 10 lab insonlarni ma'suliyatini olganimni tushunaman
Hozir eng baxtli ekanligimni kichik jamoam, yaxshi ko'rgan insonlarim, oilam, ota-onam hammasi yonimda ekanligini o'ylab "baxtiligimdan ichimga sig'may ketaman"
Ishoning hozir eng baxtlisiz, hech qachon nimanidir kutib yashamang
@suhrobabduaxatov
Bugun soat tungi 12 gacha ish bo’ldi
Batafsil barchasi videodan ko’ring
@suhrobabduaxatov_blog
🔥 1000$ dan boshlab daromad qilishni xohlaydiganlar diqqatiga!
— Onlayn kurslar sotuvi, marketingi va onlayn maktablarni to'g'ri tashkil qilgan holatda siz 1000$ - 5000$ gacha oyiga daromad qilishingiz mumkin!
🎯 Mening ismim Suhrob Abduaxatov hozirda Fulfil onlayn maktabi va Rizqimuz loyihalari rahbariman
💣 Shuningdek, bir nechta ekspertlarning onlayn kurslar sotuvi va IT proyektlar bilan shug'ullanaman. Hozirgacha bitta loyihani o'ziga 1mlrd+ so'm daromad olib keldim.
✅ Mening telegram sahifam orqali Onlayn kurslar sotuvi, marketingi va onlayn maktab ochish, ekspertlar bilan ishlashni BEPUL o'rganib borishingiz mumkin, hoziroq obuna bo'ling
👉 BEPUL obuna bo'lish
Ulg’ayish payti keldi
Eshikni taqillatib gazdan, svetdan kelishardi. Bizga qarab: Kattalarni chaqir deyishardi.
Bilishardi, yosh bola bilan hech nimani hal qilib bo’lmaydi.
Maktabda bola xato qilsa, ota-onasini chaqirishardi.
Bilishardi, yosh bola qilgan ishiga o’zi javob berolmaydi. Boladan ko’proq ota-onasi uyalardi.
18 yoshdan haydashga, nikohlanishga, chetga mustaqil chiqishga ruxsat berishadi. Bu huquqiy kattalik xolos. Hamma har xil katta bo’ladi.
Hayotda kimdir 30da ham yosh bola ekanligini, kimdir esa 15 yoshida katta bo’lganini ko’p ko’ramiz.
Katta bo’ldikmi yoki yo’qmi qayerdan bilamiz?
Bolalar muammo kelganda ota-onasiga yuguradi. Kattalar o’zi yechadi.
Bolalik belgisi - yoqmagan narsadan shikoyat qilishda.
Kattalik belgisi - nolimaslikda. Jim hal qilishda.
@azizrakhimov_blog
Oyiga 30 mln maosh ishlashyapti? Siz hali ham dasturlashni boshlaganingiz yo'q!
Yaqin o'rtog'im hozir 2ta kompaniyada ishlaydi umumiy hisobda hozirda 30 mln so'mga yaqin maosh ishlab topadi oyiga
Bu darajaga chiqishingiz uchun kamida 2-3 yil kuchli mehnat qilishingiz kerak faqat to'xtamasdan
P. S: Amerika maoshini olish uchun Amerikaga ketish shart emas! Shunchaki harakat qiling pul o'zi keladi
@suhrobabduaxatov
Egallashingiz shart bo'lgan qobiliyatlar
Bularsiz bu hayotda ko'p pullaringizni yo'qotasiz yoki ko'p daromad qila olmasligingiz mumkin
Har qanday soha egasi bo'lishingizdan qat'iy nazar bilishingiz shart bo'lgan ko'nikmalar
1. Sotuv - Sotishni bilmasangiz, o'zingizni xizmatingizni kasbingizni qimmatga sota olmaysiz.
2. Kuchli xaridlar - Arzon tekshirib, shoshmasdan surishtirib xarid qilishni o'rganishingiz kerak bu sizga ko'p pullaringizni tejab qolishga yordam beradi, tejalgan pul ishlab topilgan pul bilan bir xil
3. Notiqlik - O'z fikringizni omma oldida tushuntira olishingiz va yetkizib bera olishingiz shart
4. Muntazam o'rganish - Bu orqali siz doimiy turli yo'nalishlarda bilim olib borasiz va buning oqibatida siz o'z sohangizda doimiy o'sasiz
Siz nima deb o'ylaysiz? Yana qanday qobiliyatlar(ko'nikmalar) bo'lishi shart?
@suhrobabduaxatov
6 ta dasturlash darslari va muhim qo'llanma tekin berilyapti? Nega?
🎁 Sababi so'rovnoma tashkil qilyapmiz, bu so'rovnomani to'ldirganlarga BONUS tariqasida qiymati 250 ming so'm bo'lgan "Dasturlash asoslari 6 ta darsini" va "Bu 5 ta sirni bilmasdan dasturlash o'quv markazlariga pul sarflamang" nomli yuqori qiymatli qo'llanmani BEPUL taqdim qilyapmiz.
📍Siz ham barchasiga BEPUL ega bo'lishni istasangiz dasturlash bo'yicha tashkil qilingan so'rovnomani hoziroq haqqoniy to'ldiring va qo'llanma, videodarslarga ega bo'ling! Vaqt cheklangan shoshiling!
🏆 So'rovnomada qatnashish: 👉 https://bit.ly/3OSqF0m
Aytgancha, Zamonaviy kasblar orqali oyiga 20 mln ishlash yangilik bo'lmay qoldi
Do'stlar O'zbekistonda imkoniyatlar ko'p, yaxshilab harakat qilsangiz bemolol 2-3 yilda 20 mln so'm daromad qiladigan kadr bo'lib chiqishingiz mumkin.
Omad
P.S: Zakazlarni birga qiladigan veb dizayner akamiz yangi ishga o'tibdi maosh qariyb 20 mln so'mga yaqin (biz bilan qo'shimcha ish sifatida ishlaydi)
@suhrobabduaxatov
100 mln so'm+ bilimga sarfladi🤯? Bu jinnimi? Uni o'rniga "qop-qora jentra" beradi-yu
Deyishingiz mumkin, ammo chuchvarachalarni xom sanabsiz.
Kuchli bir marketologni kuzataman so'ngi yilda shu vaqtgacha 100 mln so'm+ bilim olish uchun pul sarflabti. Shuni oqibatida u bu pulni 1.5mlrd+ daromad sifatida qaytarib olibti.
Bilimga tikilgan pul, shuncha barobor bo'lib qaytibti, hozircha! Bu bilimlari butun umr foyda va pul olib keladi.
U shuncha pulni qora jentraga emas bilimga sarflagani sababli hozirda kuchli va qimmat mutaxassis.
Aytgancha u hozir qora jentrada emas inomarka KIA da yuradi! Bilimga pul sarflashni oqibati)
Bizda esa odamlar haligacha 500 ming so'm qimmat, butun kurs uchun 1 mln so'm to'lay olmayman deb "yig'lab" yuribti.
Shu "yig'lashda" davom etsa, hech narsa o'zgarmaydi shunchaki vaqt ketgani qoladi. Bizda doim yillab qora jentraga, uy qurishga pul yig'iladi lekin 500 ming so'm bilim olishga pul chiqmaydi.
Aytgancha, bilim olganlar va pulini bilimga sarflaganlar qora jentrani hozir bir oyda olishyapti.
P. S: Talaba bo'lsangiz ham "yig'lashni" to'xtating kamroq yeb ichib, ozgina harakat qilib oddiyroq kiyinsagiz ham bilimga sarflang. 4 yil bu imkoniyatingiz foydalaning.
@suhrobabduaxatov
- O’qisam, yaxshi pul topsam baxtli bo’laman deb o’ylaymiz aslida boshidanam baxtlilar yaxshi o’qiydi, yaxshi natijalarga intiladi.
- Yoshlarning xatosi kimga uylansam, turmush qursam baxtli bo’larkanman deb o’ylaydi. Aslida kim bilan turmush qursam uni baxtli qila olaman deb o’ylashimiz kerak
- Sizning qancha kutilmalaringiz baland bo’lsa siz shuncha baxtsiz bo’lasiz. Baxt kutilma - voqeylik
- Har kun ertalab 1 daqiqa o’ylaylik hamma narsamizni yo’qotganimizni tasavvur qilaylik shunda hozirgi holatimizda qanchalik baxtli ekanligimizni tushunamiz
- Baxtsiz bo’lishimiz uchun: 1 soat instagramda o’tirishimizni o’zi yetarli.
- Eng katta hal bo’lmaydigan muammolarni teskarisiga o’girib osongina yechish mumkin. Masalan: Muvaffaqiyat sirlarini aniqlash uchun muvaffaqiyatsizlik qadamlarini aniqlashimiz kerak (teskarisiga)
- Biz qilayotgan harakatlarimiz bizni asl qadriyatlarimizni ko’rsatib beradi
- Siz qidirayotgan mo’jiza siz qochayotgan ishlardadir
Aziz Rahimov
@suhrobabduaxatov
2023-yil sarhisobi
Fulfil group
- Eng ko’p fokus qaratadigan loyiham yil boshiga nisbatan aylanmasi 3x o’sdi, ofis 2x kengaydi, jamoa azolari 15 ga yaqinlashdi
Rizqim.uz
- Yaxshi passiv daromad olib keladigan va ish e’lonlari bo’yicha eng taniqli loyihalardan biriga aylandi
Munosabatlar
- 2023-yildagi eng katta yutug’im May oyida uylandim va o’zimning ikkinchi yarmimni topdim, Alhamdulillah
Kurslar
- 1000$ ga Abdulhamid Yakubovni mentorshipini sotib oldim va shu bilimlar tufayli kuchli o’sishga erishdim, rahmat
- Turli boshqa kurslar
Daromad
- Yil boshiga nisbatan so’ngida daromadim kamida 3x oshdi
Moliyaviy maqsadlar
2023-yilda jamg’argan daromadlarimga
- To’y qilish nasib qildi (har bir erkak kishi ota-onasini qiynamasdan o’zi pul ishlab uylanishi kerak)
- Viloyatda ota-onam uchun o’zlari istagandek uyni qurishga muvaffaq bo’ldim
- Dekabr so’ngida Cobalt avtomobiliga to’lov qildim
Hammasi siz o’ylagandek oson kechmadi
- Rejimsiz ishlashimga to’g’ri keldi
- Sport bilan shug’ullana olmadim va kitob o’qishga kam vaqt ajratdim
- Stressga boy vaziyatlar ko’p bo’ldi, ko’p charchadim
- Ba’zi joylardan qarzdorlik holatlariga ham uchradim
Doimo duolar ila qo’llab-quvvatlagan ota-onam va oilam yonimda bo’lishdi.
Shuningdek eng avvalo bularning barchasiga Allohning izni ila erishdim “Haza min Fazli Rabbi”
@suhrobabduaxatov
Menga qanday savollaringiz bor barchasini yozing
- Soha
- Shaxsiy rivojlanish
- Daromadga chiqish
O’zingizda bor muammolarni yozib qoldiring
Javob berishga harakat qilaman.
Baxt - bu har qanaqa holatda ham sizni kuldira oladigan, har qanday injiqliklaringizni ham ko'tara oladigan insoningiz borligidir.
Eng asosiysi sizni doimo tushunadigan, bir-biringiz uchun kerak bo'lishingizdir. 🤍
Men sirli masalliqni topdim... Bu orqali daromadingiz aniq karrasiga o'sadi
Va niyohat buni sizlarga ham bo'lishishga qaror qildim.
Agar siz buni sinab ko'rsangiz aniq hozirgi holatingizdan bir necha barobarga o'sishga erishasiz.
Unda DIQQAT bilan o'qing.
Siz biror soha yoki kasbda ishlaysiz va bir necha barobar o'sishga qiynalyapsiz.
Bu holatda sizni sohangizdagi sizdan 10-50x o'sgan insonni topasiz va tajribalarini undan iltimos qilib o'rganasiz
Masalan sohangizda sizdan 50x kuchli inson kurs tashkil qilyapti
Narxi qancha bo'lsayam va hamma yig'gan pulingizni sarflab bo'lsa ham kursiga boring va aytganlarini qoldirmasdan bajaring.
Ishoning siz judayam qisqa vaqt 2-3 oyda kamida 3-4x o'sasiz, o'zimda sinaganman.
Chunki u ustozingiz yillar davomida o'rganganlarini sizga qisqa vaqtda o'rgatadi
Endi... Yanada o'smoqchimisiz "shu jarayonni qayta takrorlang"
Bu masalliq uchun men kelgusi 6 oyda 30-35 mln so'm sarflashni reja qildim, sizchi qancha sarflamoqchisiz?
Post foydali bo'lgan bo'lsa 🔥 qoldiring
@suhrobabduaxatov_blog
Telegram profilimda ochilmagan shaxsiy xabarlar 100taga yetibti
Telegramdan kelayotgan xabarlarga vaqtida javob berolmayotganim kamchiliklarimdan biri
Agar yozgan bo'lsangiz va javob qaytarmagan bo'lsam qayta yozing.
Ishlar ko'pligidan shaxsiydagi xabarlarga ulgurib bo'lmayapti
@suhrobabduaxatov
@rizqimuz loyihamni yaxshi ko'raman (Ko'pchilik insonlarni birlashtirgan chorraha hisoblanadi, ish izlayotganlarni va xodim qidirayotganlarni).
Soat tungi 2:50 mantajor kerak deb e'lon berdim shoshilinch kerak bo'lib qoldi.
Rosa ko'pchilik yozishdi 10 daqiqada ishim hal bo'ldi, bunga @rizqimuz sababchi
Maqtanishmas-u o'tgan oy shu kichkina telegram kanalim 6.5mln daromad qildi
@suhrobabduaxatov
💥 90 kunda noldan pul ishlab Gentra sotib olish challenge'ni boshladim
Buni uddalay olamanmi yo'qmi? Bu qanday bo'ladi barchasini sizlarga ko'rsatib bormoqchiman
Buni batafsil kuzatib borishni istasangiz pastdagi havola orqali challeng'ni yoritib boradigan kanalimga ulanib oling
@suhrobabduaxatov_blog
❗️Sotuv jamoamiz uchun Sotuv operatori qidiryapmiz!
Sotuvlar orqali pul topishga qiziqishi kerak: Ishlamoqchi bo'lganlar @Abdivaliyevich o'zimga aloqaga chiqing
✅ Ishni o'zimiz o'rgatamiz, kuchli mutaxassislar videokurslarida o'qitamiz. Ish bilan taminlab oylik maosh beramiz
Buxgalteriyani o'rganmoqchi bo'lganlar uchun BEPUL buxgalteriya o'rgatib boruvchi kanal! Hoziroq obuna bo'ling
Bu kanal biznes boshlamoqchi bo'lganlar yoki yangi kasb o'rganmoqchi bo'lganlarga uchun ham foydali bo'ladi (yani buxgalteriya haqida tushunchangiz bo'lishi zarar qilmaydi).
P. S: 4 mlnga o'rgangilgan bilimlari bepulga ulashilyapti
Obuna bo'lish: 👉 @buxgalteriyabepuldarslar
Bilsangiz dasturlash bo'yicha @fulfil_education onlayn o'quv markazimiz bor. Yaqin o'rtada yangi boshqa yo'nalishdagi onlayn o'quv markazini ishga tushiryapman (Kengaymoqchimiz). Ammo barcha loyihalarni boshqarishga bir o'zim ulgura omasligimni tushunyapman.
Tez orada sizlar uchun yangilik bo'lishi mumkin! Ya'ni yaqinda ishga tushayotgan onlayn o'quv markazimni yurituvchi inson kerak bo'ladi, orangizdan kimnidir shogirdlikga olib bor bilimlarimni o'rgatib va shu yangi loyiham orqali ish bilan taminlashim mumkin bo'ladi, agar shogirdlikga qabul qilsam.
Qiziquvchilar bo'lsa shu post izohida "+" qoldiring! Ko'raychi, necha kishi qiziqyapti?😊
P. S: Marketing + Sotuv'ni yaxshi ko'rishingiz talab qilinadi
@suhrobabduaxatov
Qanday qilib 1mlrd+ sotuvlarni jamoasiz amalga oshirdim!
Buni bilishni istaysizmi? Postni oxirigacha o'qing, Qani ketdik!
1. O'zim tushungan bilgan sohamni tanladim va u soha orqali insonlarga xizmat ko'rsatish yo'nalishini tanladim
2. Loyihaga nom topdim va ijtimoiy tarmoqlarini ochdim
3. Aynan sohada kuchli mutaxassislarni xizmatini sotishim kerak edi, shu sababli kuchli mutaxassislarni topdim va ular bilan hamkorlik tuzdim
4. Hamkorlik shartlari (Men xizmatlaringizni sotib beraman va jarayonni nazorat qilaman daromadni esa bo'lishamiz) qabilida bo'ldi
5. So'ngi qolgan pulim 230 ming so'm evaziga xizmatlarni emas, loyihani reklama qildim (loyihada foydali ma'lumotlar berardik TEKINGA)
6. Loyiha ijtimoiy tarmoqlariga ma'lum qiziquvchi insonlar qo'shilishdi, bularga esa taklif bilan chiqdim.
7. Sotuvlar boshlandi birinchi 4-5 kunda qilgan sof daromadim 200$ tashkil qildi
8. Shu tariqa bu yo'nalishida ma'lum vaqtda qo'shimcha sifatida ishlab 1mlrd+ sotuvlarni amalga oshirdim
9. Keyin sohada ancha tajriba oshirib shapaloqlar yeb sekin jamoa tuzishni boshladim, ma'lum muddatdan so'ng jamoa tuzishim shart ekanligini tushundim
10. Hozirda loyihani rivojlantirish va jamoani kengaytirish bilan ovoraman
P. S: Buni siz ham uddalashingiz mumkin, ko'p tajribalar olasiz + yaxshigina daromad
@suhrobabduaxatov
Ukam @Jasurbek_Abdivaliyev ni ham oyligi oshibti)
Shu oy Jasur bir restoron qiberadigan bo'p turibti😄
Ma'lumot uchun Jasur Grafik dizayner va mushuklar mutaxassisi :)
@suhrobabduaxatov
Tavsiya qilaman! Monefy kirim va chiqimlaringizni hisoblab boruvchi dastur
Dunyodagi boy insonlarning ko'nikmalaridan biri bu doimiy ravishda kirim, chiqimlarni hisoblab borgani ekan. Ya'ni qayerga qancha pul ketdi, nimaga sarfladi barchasini nazorat qilib boradi.
Monefy aynan shularni oson hisoblab borishga yordam beruvchi dastur. Play marketga kirasiz va yuklab olib ishlatishni boshlaysiz!
P. S: Aytgancha bir yillik to'lovi kirganingizdan so'ng 6 soatda xarid qilsangiz 1.93$ ekan (93% chegirma bilan)
@suhrobabduaxatov
Sizlar uchun foydali postlar yozdim!
— Deyarli mehnat qilmasdan oyiga 2000$ daromad qilish mumkinmi?
— 97.000 so'mga 100 lab mutaxassislardan ta'lim olish imkoni
— Har bir kuchli mutaxassis oyiga 50 mln so'm ishlab topish imkoniga ega
— Egallashingiz shart bo'lgan qobiliyatlar
— Qanday qilib 1mlrd+ sotuvlarni jamoasiz amalga oshirdim!
— 100 mln so'm+ bilimga sarfladi🤯? Bu jinnimi? Uni o'rniga "qop-qora jentra" beradi-yu
Bugun qaysi bir postni kanalga chiqaray? Izohlarda yozing 👇
@suhrobabduaxatov