suhrobabduaxatov | Unsorted

Telegram-канал suhrobabduaxatov - Suhrob Abduaxatov

-

IT sohasi , IT bizneslar va freelancerlik bo'yicha tavsiyalar, veb dasturlash bo'yicha video darslar, va postlar! Fikr va mulohazalar uchun: @Abdivaliyevich

Subscribe to a channel

Suhrob Abduaxatov

Kopirayter bo'lsangiz kichkina yordamingiz kerak!

Qo'llanma tayyorlaganman. Shuni ichidagi jumlalar joylashuvi va imloviy xatolarni ko'rib tahlil qilib berishga yordam kerak.

Aytgancha yordam yoki portfolio ko'rinishida pul to'lanmaydi. Ko'p vaqtingizni olmaydi 30 daqiqani olishi mumkin menimcha.

Agar yordam berolsangiz: Hammaga rahmat topildi

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Baxt oddiylikda 🩷💛

Lavie

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Eng MUHIM 7 ta xulosam

1-xulosa: Sizdan 10x ko'p natija qilayotganlar sizdan 10 barobor ko'p narsani biladi degani emas deyarli siz kabi bilimlarga ega faqat ularda yo'l ko'rsatib turadigan va shu muammolarni bosib o'tgan ustoz bor.

2-xulosa: Biror sohani mutaxassisi lekin 500-1000$ atrofida daromad qilayotgan insonlar bilan 5000$+ daromad qilayotganlar o'rtasida katta farq yo'q, va siz agar 1000$ atrofida daromad qilayotgan bo'lsangiz va 5000$ daromad chiqish imkonsiz deb o'ylasangiz adashasiz. 1000$dan 5000$ ga ko'tarilishingizga 1 oy ham vaqt ketmasligi mumkin, menda bu borasida aniq ishlaydigan keyslar bor )

3-xulosa: Ko'p insonlarda shunchaki amalga oshirishgina yetmaydi, eng zo'r g'oyalar fikrlarni o'ylashadi lekin yillar davomida amalga oshirmaydi va qolib ketaveradi. Just do it )

4-xulosa: Eng katta muammo fikrlashda, shu sababli fikrlashga bog'liq video va bilimlar olishga harakat qiling. Yoki muhitni almashtiring, atrofingizdagilarni o'rtachasi hisoblanasiz.

5-xulosa: Ichingizdagi menni yo'qota olib xatolaringizni tan olishni boshlang.

6-xulosa: Yangi bilimlar olishingizda eng katta to'siq bu sizni eski bilimlaringiz. Shu sababli ham ba'zida bizneslarda o'sishga xalaqit beradigan inson ba'zida biznes egasini o'zi bo'lib qoladi

7-xulosa: Daromadingiz o'smasligiga sabablardan biri bu sizda ma'suliyat yo'qligi va harakat qilishingiz, daromadingizni o'stirishga yetarlicha sabab yo'qligida. Katta o'sishlarimdan biri 80 mlndan ortiq qarzga kirganimda bo'lgan.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

YouTubedan manbalar o'rgatadigan video darslar topib texnik mutaxassislikni o'rgansangiz bo'ladi!

1. OBS dasturini yaxshilab o'rganish (OBS nastroykasini)
2. YouTube nastroykasini o'rganish(Efirga chiqish va boshqalar)
3. Kamera, Telefonlar bilan efirga chiqish (OBS nastroykasi yoki vdo.ninja bilan ulash)
4. Chiroqlarni to'g'ri joylashtirishni o'rganish

BEPUL o'rganish varianti shular o'rganib bo'lib (O'rganmasdan aloqaga chiqmang yordam berolmayman) @Abdivaliyevich menga aloqaga chiqsangiz yordam qilishga harakat qilaman!

Aytgancha o'rganib bo'lganingizdan keyin target uchun reklamniy kreativ olib 50$ ga target yoqvorsangiz ham doimiy 4-5ta mijoz topishingiz mumkin!

Texnik mutaxassis har bir efirni 20$ - 500$ gacha ham o'tkazishi mumkin(Bu efirni katta kichikligi va boshqa faktorlarga bog'liq)

Agar yo'q men ustoz bilan amaliyotda o'rganmoqchiman desangiz TEXNIK tanishim bor shunga iltimos qilishim mumkin shogird olishi masalasida!

Agar pul to'lab shogird tushmoqchi bo'lsangiz "+" bosib qo'ying shu xabar tagida!

* Meni shaxisy telegramiga 20+ dan ortiq odamlar yozibti men o'rgatuvchi emasman faqat yo'l ko'rsatdim qanday o'rganish va kimdan o'rganish sizni o'zingizga bog'liq

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Plan bajarildi

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

🔥Yangi shaxsiy rekordlarni yangiladik

Rus tili yo’nalishida 21-22-fevral kunlari bepul vebinar o’tkazdik

Vebinarda 2 ta shaxsiy rekordni yangiladik
1. Faoliyatimizdagi eng ko’p trafikni olib keldik — 23.000 ga yaqin ( Oldingi rekord 19.000 ta edi)

2. Jonli efirda eng yuqori ko’rsatkichda kirishlar soni — 3294 tani tashkil qildi (Oldingi rekord 2670 ta edi)

Har bir vebinar yangi xatolar va muammolar bilan o’tadi har birida yangi instrumentlardan foydalanib ko’ryapmiz.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

🔥 Python, Backend zapuski yakunlandi.

O’zimiz uchun rekordlarni yangiladik.

Bir vaqtni o’zida 6 ta sotuv menejerlar ishlashdi.

Har bir zapusk yangi tajribalar hisoblanadi.

Eng yaxshi sotuvchimizga Tashakkurnoma va mukofot taqdim qildik. Konvertga solish esdan chiqibti)

Har bir zapuskda eng yaxshi sotuvchini taqdirlaydigan bo’ldik.

Zapusk bu - “Onlayn kurslarni ko’p hajmda sotish”

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Bir kuni menga yaxshi pul topyapsan a deb qolishdi

Yaxshi pul topish nisbiy tushuncha men hali o'zimni yo'lni boshidaman deb o'ylayman va natijalar menga qiziqroq.

Endi yaxshi pul topishga kelsak, bundagi asosiy omillardan biri bu MA'SULIYAT va RISK!

Odatda, O'zbekistondagi o'rtacha maoshdan bir necha o'nlab barobar daromad qilishingiz uchun siz o'nlab ma'suliyatlarni o'z bo'yningizga olishingiz kerak.

Masalan, jamoaingizda 15 kishi bor.

Bu 15 kishini ma'suliyati sizni bo'yningizda va siz ularga javobgarsiz, ularni muammolari sizni muammolaringiz. Ularni qiyinchiliklari sizniki ham.

Ularni o'sishi haqida ko'proq siz o'ylashingiz va ularni moddiy va manaviy ma'suliyatini taminlashga sababchi bo'lishingiz kerak.

O'z o'zida bu oson emas, shu sababli ham ma'suliyat olganlar ma'suliyati yo'q bo'lganlardan ancha ko'p daromad qiladi.

Siz ham ishlayotgan ish joyingizda ma'suliyat olish uchun izlaning o'rganing va o'z zimmangizga oling shunda yanada ko'proq o'sasiz va ishlab topolasiz.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Aslida sizga singib ketgan ko'nikmalar oila, ota-onangiz, ustozlar, muhitdan sizga o'tadi

Masalan:
- Dadam yaxshi muzokorachi, menam yaxshi muzokaralar olib boraman
- Ayam yaxshi sotuvchi, menam yomon sotuvchi emasman
Va ko'plab eng muhim bir qancha menga singib ketgan ko'nikmalarni ota-onamdan o'rganganman.

O'zimni yanada chuqurroq analiz qildim menda yaqin yillarda shakllangan bor muhim ko'nikma va prinsiplarni ustozlar va atrofimdagi muhitdan olayotganimni tushundim.

Tanishimdan: Prinsiplarni o'rgandim

Bir ustozimdan: Jamoani boshqarish, Muammolarni tez hal qilish, Risk qilishni o'rganganman

Boshqa bir ustozimdan: Insonlarni qadrlash, hurmat, ijobiylik va boshqalar

Va ko'plab yaqin yillarda menda shakllangan bazi ko'nikmalar va bilimlar (Ustozlarimdan va atrof muhitdan kelgan)

❗️Nima demoqchiman? Gap sizni qanchalik bilimli va juda ko'p harakat qilishingizga bog'liq emas

Asl haqiqat siz o'zingizni to'g'ri vaqtda to'g'ri joyda bo'lishingizni taminlash va o'sha to'g'ri joylarni, va to'g'ri odamlarni izlash bilan band bo'lishingizda.

Men bu yil yanada yangi ko'nikmalar va bilimlarni egallash uchun yangi muhitlarga va yangi ustozlarga bir necha ming $ lar to'lashga tayyorman...

Chunki bu karrali ravishda o'zini oqlaydigan investitsiya

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Sizga yuqori natija olib keladigan qobiliyatlar

1. Sotuv — Siz sotuv qobiliyati orqali yuqori daromad olib kelish hattoki tejab qolishingiz mumkin.

2. Muzokaralar olib borish — Uchrashuvlarda insonlarni ko'ndira olish, fikrlarni o'tkazish va ularni o'z g'oyalaringizga ishontira olish bu juda katta mahorat hisoblanadi.

Muzokoralar ham bir bilim va qobiliyat (Unda nima deb gapirishdan tortib, qanday kiyinish, qayerda uchrashish, qaysi restoranga borish barchasi muhim)

3. Yozish(Kopirayting) — Sotuv xatlari yozish, insonlarni rozi qila oladigan xabarlar yoza olish bularni barchasi sizga katta imkoniyat ocha oladi.

4. Jamoani boshqarish — Liderlik qobiliyati, jamoani boshqarish va o'z fikrlarini yetkiza olish orqali kuchli jamoa tuza olasiz.

5. Muammolardan qochmaslik — Qancha bulardan qochsangiz kattalashib ketaveradi, doimo muammolarda qarshi insonlarga to'g'ri tushuntiring va muammolarni navbatma-navbat eng kattalaridan boshlab hal qiling.

6. Risk — Yuqoridagi barchasi sizda bo'lsayu, lekin risk qilolmasangiz sizda yuqori natijalar bo'lmaydi.

Bularni barchasini o'zimda sinab ishlatib ko'rganman va bular juda muhim

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

🔥 Rekordlar yangilandi.

Bilasiz Fulfilda «Zapusk» lar bilan shug'ullanamiz.

Kecha 26-yanvar jamoamiz bilan o'zimizning shaxsiy rekordlarimizni yangiladik.


➖Webinarga kirishlar soni: 2700 ga yaqin
Webinarga kirish konversiyasi: 17% ga yaqin
Sotuv vaqtida: 2000+ inson sotuvlarni kuzatdi

Nima deb o'ylaysiz? Nechta kurs sotuv qildik va qancha lid oldik?😎

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Qachon BYD olamiz?

Menga sohamda ko’p bilimlar o’rgatgan Abdulhamid bro bilan BYD haqida gaplashib qolgandik.

Sizam qachon olasiz deb so’rab qoldilar. Alloh beraman desa hechgapmas, endi BYD ga harakat qilamiz😀

Doim sizning ham yo’l ko’rsatuvchi ustozingiz bo’lsin men doim ustozlardan savollarimni so’rab yo’l-yo’riq olib turaman

(O’zi ish bo’yicha savol so’rab yozgandim gap orasida BYD ni gaplashib qoldik)

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Hozirgina maqsad va orzular ro'yxatimni ko'rib chiqdim.

Bundan 1 oycha oldin o'zim uchun 50 ta top maqsad va orzularimni yangilab yozib chiqgan edim. Hozir bularni qaytadan o'qib rosti mazza qildim.

To'g'risini aytaman shu vaqtgacha o'zim niyat qilgan orzu maqsadlarim amalga oshib kelayapti. Hammasi uchun rahmat va hammasi Allohdan.

O'zingiz uchun katta orzular qiling va maqsadlar qo'ying. Shundagina siz hozirgi holatingizdan ortiq harakat qilishingiz kerakligini sizni ko'p ishlar va mehnat kutib turganligini his qilib turasiz.

Orzu qilishdan to'xtamang sizda agar 50 ta top orzu va maqsadlar yozilgan ro'yxatingiz bo'lmasa buni albatta yozib chiqing

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

02:46 nega uxlamadim? Chunki jamoada zapusklar boshlandi biroz oldin ishni tugatdim.

Uyqisiz tunlar….

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Yandex chaqirdim haydovchida reyting 5.0 ekan.

Biroz turib moshina keldi.
- Mashinaga o’tirishimdan oldin menga oldi o’rindiqni moslab berdi
- Sovqotib qolmadizmi, yaxshimisiz deb so’radi
- Yo’lda gaplashib keldi
- Tushishimdan oldin o’zizni asrang charchamang deganga o’xshash manoda gapirib xayrlashdi

Nega Reytingi 5.0 ekanligini tushindingizmi? Servisga gap yo’q.

Hamma joyda yaxshi servis ko’rsata oladiganlar doim yaxshi daromad qilishadi

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Aytgancha ertaga biroz vaqtim bor!

Toshkent shahrida bo'lsangiz BEPUL konsultatsiya o'tkazmoqchiman. Bu g'oya hozir kelib qoldi.

Bu konsultatsiya sizga to'g'ri keladi agar
- Kichik bizneslar marketing va sotuvi
- Onlayn kurslar marketingi zapusklari
- Sotuv va sotuv jamoasini qurish
- Jamoa boshqaruvi mavzularida muammolaringiz bo'lsa bu sizga foydasi tegishi mumkin chunki konsultatsiyada muammolaringizni to'liq analiz qilib o'sish nuqtalarini aniqlab "A dan Z gacha qadamlarni birga tuzib chiqamiz".

Aytgancha nega aynan bu mavzuda konsultatsiya beryapman, chunki bundan bir qancha oy oldin o'zimdagi o'sish nuqtalarni aniqlab aniq plan asosida xarakat qilib boshlaganimdan so'ng 2 oyda daromadim 3x o'sgan.

* Faqat 1 kun ertaga cheklangan miqdorda va muammolardan kelib chiqib tanlab olib konsultatsiya beraman

👉 Konsultatsiya uchun ariza qoldirish

O'zingizda natijalar qanday desangiz Fulfil group va rizqim.uz loyihalarni yuritaman so'ngi 4 oyda 800 ga yaqin o'quvchilar onlayn kurslarimizda o'qishishni boshlashdi va jamoamda hozir 22 kishi bor (Bu raqamlarda ustozlar kiritilmagan).

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Hammamiz suzishni bilamiz lekin tez suzish uchun, chempion suzuvchi bo'lishimiz uchun avvalo eski suzish uslublarimizni unutishimiz kerak va umuman suzishni bilmaydigan insondek o'rganishni boshlashimiz harakat qilishimiz kerak.

Intervyudan insayt

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Ishlab o'tirganimda, ko'chada yurganimda va har xil xolatlarda eng zo'r fikrlar xayolimga keladi!

Bu fikrlarni blogimga yozishim kerak deyman lekin vaqtni qizg'onib yoki yozishga vaziyat bo'lmagani sababli qolib ketadi.

Lekin bu qolib ketayotganlar fikrlar yoki insaytlarim eng kuchli o'zim uchun olgan bilimlarim yoki eng ko'p o'sishimga sabab bo'lgan ko'nikmalar bo'ladi.

Aytgancha oxirgi 5-6 oyni o'zida jamoa va o'zim bir necha barobar o'sishga erishdik.

Nima deysiz? Shunaqa fikrlar kelganda yozish imkoni bo'lmasa telegram videoxabar yoki audioxabar qilib qoldirsam sizga qiziqmi?

20 ta atrofida inson izohida "Qiziq" deb yozsa, audio yoki video qilib ma'lumotlar berib borishni yo'lga qo'yaman!

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

1 oyda qo'shimcha 500$ gacha daromad topish yo'lini aytmoqchiman

Bu kasb: Onlayn vebinarlar o'tkazib beruvchi Texnik xodim!

O'rganish uchun 1 hafta ham muddat ketmaydi! Balki 2-3 kunda ham o'rganib olishingiz mumkin!

Pullik kursda o'rganishingiz shart emas, BEPUL videolarni Youtube'dan topib o'rganishingiz yetarli

Vazifangiz: Onlayn vebinar taqdimoti, vebinar o'tuvchi shaxs va shu kabilarni Youtubega jonli efirda obchiqish, efir to'xtab qolmasligi, qotib qolmasligini ta'minlash kabilardan iborat

Namuna: Rasmda keltirib o'tganman

Doimo efirlar kechki paytlarda o'tkaziladi, asosiy ishingizdan chiqib 3-4 soat vaqtingizni efirga sarflasangiz bo'ldi. Bitta efirga o'rtacha 400-500ming so'm to'lashadi!

Bu degani kamida bir oyda 10-15 ta efirga chiqsangiz ham 500$ daromad topa olasiz!

Kim sinab ko'radi? O'zim zakaz topishda yordamlashvoraman, omad

* Aytgancha, men Vebinar o'tkazuvchi texnik xodim emasman

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Tungi ish boshlandi

Negadir tunda uyqim qochib yangi g’oyalar kelishni boshladi.

Uyda ishlash uchun hamma sharoitni tayyorlaganman)

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Soat 03:20 o'ylayapman xatolarimni tahlil qilyapman.

Va ba'zi ko'nikmalar yillar davomidagi tajribalardan kelishini tushunyapman.

Bazi soft skillarda tajribam yo'qligi sababli yaxshigina muammoli xatolarga yo'l qo'yyapman.

Meni o'ylantiryapti
Bu xatolarni qilmaslik qiziqqon bo'lmaslik vaqtlar o'tib joyiga tushadimi yoki buni hoziram o'rgansa bo'ladimi?

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Kopirayterlar Diqqatiga!

Yaxshi postlar va sotuv matnlari kuchli auditoriya taxlilidan kelib chiqib yoziladi.

Yani JTBD intervyulari, CustDev kabi o'tkazilgan xulosalardan kelib chiqib sotuv matnlari yozsangiz mijozlar narxi arzonroq va sifatliroq tushadi. Shu sababli bularni o'rganishingizni tavsiya qilaman bularsiz bo'lmaydi axir)

Aytgancha bundan tashqari sotuv xatlari yoza olish ko'nikmasi ko'p bor takror takror yozishlar orqali rivojlanadi. Joyi kelsa bir necha yuzlab xatlar yozib ko'ring.

"Bizda eng yaxshi", "Bizda mamnun mijozlar", "Top xizmatlarimiz" "Sotib olsangiz afsuslanmaysiz" kabi o'tgan asrdan qolgan gaplardan to'la va grammatik to'g'ri imlo bilan yozilgan, belgilar ishlatilgan postlar bu kopirayting emas.

Menimcha O'zbekiston bozorida kopirayting bozori deyarli bo'sh yani haqiqiy kopirayting yo'nalishi.

Shu bozorda siz o'z o'rningizga ega bo'lishingiz mumkin, bunga nima to'sqinlik qilyapti bosing endi....

* Men kopirayter emasman postimda imlo xato va kamchiliklar bo’lishi mumkin

Yangi foydali postlardan qolib ketmaslik uchun kanalimga qo’shiling

👉 @suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Nega ko’rinmayapman?

Chunki vaqt kam, ishlar ko'p. Oxirgi ‘’zapusk’’ sotuvlarimiz 3-4 kun ichida tugaydi.

U tugallanishi bilan boshqa ''zapusk'' boshlanadi.

Jamoamiz o'syapti qariyb 3-4 oyda bir necha baroborga o'sdik. Ofisga sig'may qolyapmiz.

Meni eng xursand qiladigani, bu jamoadagi muhit. Bir birini qo'llab quvvatlaydigan va quvnoq jamoa.

Men doim 1 bo'lganlarni olib kelishni emas, 0 bo'lganlarni 1 ga olib chiqishni yaxshi ko'raman va bu men uchun qadrliroq.

Yil oxirigacha yana bir necha barobar o'sishimiz kerak. Bu uchun yanada yangi jamoa a'zolari va shogirdlar kerak.

Yaqin oylarda Zapusklar yo'nalishida jamoa yig'ish uchunam shogirdlar olishim mumkin xabardor bo'lib turing.

0 dan 1 ga chiqish navbati siznikidir)

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

⚠️ Ogohlantirish

Youtubeda bir webinar chiqib qoldi. Qarasam 110 ming marta ko'rilgan.

Hayron qoldim qanaqasiga 110 ming marta ko'rilishi mumkin deb o'yladim.

Qiziqib kirib ko'rdim, webinar mavzusi "Ayollik jozibasi + ******" edi.

O'tkazib o'tkazib qarab ko'rdim. To'g'risini aytaman aytilayotgan gaplarga umuman ishonmadim.

Negativ inson emasman lekin iltimos psixologiyaga bog'liq kontent ko'rayotganingizda o'ylab ko'rib keyin kuzating.

Ayniqsa oramizdagi ayollar uchun bu katta salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin

Chunki yaqinda turli psixologiya kurslarida o'qigan ayollar yozgan izohlarni o'qib chiqdim. Ko'pchiligi bu kurslar ularning hayotiga minusga ishlaganligi yoki umuman foyda bermaganini bildirib o'tishgan.

Aytmoqchimanki.
— Ong osti bilan ishlash
— Qalbshunoslik
— Nomerologiya kabi narsalarga ishonmaganingiz ma'qul.

Chunki ayollar ta'sirchan va ularning depressiya holatidan kelib chiqib ularga turli ishonib bo'lmas darajada kurslar sotilayapti.

❗️ Kurs olsangiz sizga til o'rgatadigan, bilim beradigan, foyda olib keladigan kurslar o'rganishingizni tavsiya qilaman. Eng kamida ziyon ko'rmaysiz har xolda)

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Jamoa uchun ofisni kengaytirmasak bo'maydi shekilli😊

Jamoa azolarimiz ko'paygan sari ofisga tiqilib qolyapmiz.

Qisqa qilib aytganda bu holatda yangi ofis izlash yaxshi tashvish hisoblanadi

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

26-yanvar kecha bo'lgan zapuskdan video

Taxminan soat 23:00 larda olingan

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

❗️Sotuv jamoamiz uchun Sotuv operatori qidiryapmiz!

Sotuvlar orqali pul topishga qiziqishi kerak: Ishlamoqchi bo'lganlar @Abdivaliyevich o'zimga aloqaga chiqing

✅ Ishni o'zimiz o'rgatamiz, kuchli mutaxassislar videokurslarida o'qitamiz. Ish bilan taminlab oylik maosh beramiz

Ish vaqti: 09:00 - 18:00 gacha. Offlayn Toshkent shahri, Yunusobod tumani

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Yosh bolalar o’rtasida eksprement o’tkazilibti unga ko’ra har bir bolaga 1 tadan shakolad tarqatilibti.

Eksprement o’tkazuvchilari ”Agar shokaladingni 1 soat yemay tursang senga yana 1 ta shokalad qo’shib beramiz” deyishibti bolalarga

Shu tariqa bir qism bolalar shokaladni olishi bilan yeyishibti, yana ba’zi bolalar 1 soat kutgani uchun 2 ta shokaladli bo’lishibti.

Yillar o’tib tekshirilganda sabr qilib 1 soat yemasdan turib 2 ta shokaladga ega bo’lgan bolalar qolgan bolalarga nisbatan ko’proq muvaffaqiyatlarga erishibti.

Nima demoqchiman?
Yaqinda shogird oldim, kelishidan oldin tinimsiz harakat qilmoqchiman o’z ustimda ishlashga tayyorman dedi.

Men unga bor bilganlarimni tekinga o’rgatishga rozi bo’ldim.

Lekin u shogird bir necha kun o’tmasdan ishdan ketdi. Sababi u hozir pulsiz(shokaladsiz) yurishni emas restoronda ofitsant bo’lib 3 mln daromad qilishni(shokalad yeyishni) tanladi.

Aslida u bilmasdi agar yonimda yurib barchasini o’rganib tashabbusli bo’lsa 1-2 yil ichida men o’rgatadiganlarim orqali o’rtacha oyiga 5000$ daromad topishi mumkinligini.

Siz ham hozir shokalad yeyish uchun keyingi tuganmas shokaladlardan voz kechayotgan bo’lishingiz mumkin. O’ylab ko’ring.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Keling yaxshi narsa o’rgataman.

Bu hayotda oila azolaringiz va bir ikkita eng yaqin do’stlaringizdan boshqalarni o’zingizga judayam yaqin olmang

Chunki o’zingizga yaqin olishni boshlasangiz undan e’tibor kutasiz yoki og’irroq bosim bilan gapirsa siz undan xafa bo’lasiz, stressda yashashni boshlaysiz.

Ba’zi insonlarda shunaqaki atrofidagi barchani yaqin oladi va buni oqibatida ko’p qiynaladi

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

- Hayotimiz o’rtacha 4000 haftadan iborat

- O’zini o’zi tahlil qilinmagan hayot yashashga arzimaydi

- Kelajakda nima bo’lishini taxmin qilmoqchi bo’lsang o’tmishni yaxshi o’qi

- Yaqinlarimizga mehr bermasak kimdir unga mehr berganda yaqinimizni yo’qotib qo’yamiz

- Bazi narsalar seni qo’rqitadi albatta aynan seni qo’rqitayotgan narsalarga qarab qadam tashla

- Biz tanimagan bilmagan narsalarimizdan qo’rqamiz

- Biz kimmiz? Nimalar qilyapmiz? Qilayotgan ishlarimizni talablari qanday? Deb o’zimizga o’zimiz savol berishimiz kerak

- Odamlar yangi bilimlarni o’rgana olmasligiga sabab uni eski bilimlari to’sqinlik qiladi

- Biz o’zimizga qarshi chiqa olmaymiz, bilganim xato ekan deb tan olishni o’rniga bahonalar qilamiz

- Boshida qarshi turish oxirida qarshi turishdan yaxshiroq

Aziz Rahimov Podcast #18

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…
Subscribe to a channel