suhrobabduaxatov | Unsorted

Telegram-канал suhrobabduaxatov - Suhrob Abduaxatov

-

IT sohasi , IT bizneslar va freelancerlik bo'yicha tavsiyalar, veb dasturlash bo'yicha video darslar, va postlar! Fikr va mulohazalar uchun: @Abdivaliyevich

Subscribe to a channel

Suhrob Abduaxatov

Eng to'g'rida o'tirvolib gapirayotgan menman⚡️

Orada tanishim yangi sotuv bo'limi tashkil qilgan ekan ularni taklifiga ko'ra jamoasiga trening qildim.

Doim dars o'tish o'zimga yoqadi, shu sababli bu kabi takliflarni odatda qabul qilaman.

Sotuvchilari soni 6 ta ekan.

Barcha bilan muammolari ustida ishlashga harakat qildik va men asosan sotuv instrumentlari emas sotuv psixologiyasi haqida bilim berishga harakat qilaman.

Chunki instrumentlarni har qanday joydan o'rganish mumkin lekin shaxsiyatni to'g'rilab olish va to'g'ri fikrlash yaratish oson emas

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Masalliqni siri nimada? Siri, topgan "oltinlarim"ni yashirmasdan boshqalarga ham ravo ko'rishimda

Men bilan ishlaydigan frilans mutaxassislar boshqalarga nisbatan menga ancha yaxshi narxda va VIP tarzda xizmatlarini berishadi.

Nega unaqa? Sababi men ularni hamma uchrashuvlarda, turli joylarda chin yurakdan yashirmasdan boricha tavsiya qilaman va natijalarini, menga berayotgan qiymatlarini mamnun bo'lib gapirib beraman.

Bu esa men topgan "oltinlar"ga yanada xaridor ko'payishiga olib keladi. Lekin doimo bu frilans kuchli mutaxassislar menga narxlarni ko'tarmasdan va VIP mijoz sifatida xizmatlarini taqdim qilishadi.

Chunki chin yurakdan manfaat ko'zlamasdan boshqalarga tavsiya qilishimni ular yaxshi sezadi va bu hislatimni qattiq hurmat qilishadi.

Tavsiya!
- Baxil bo'lmang o'zizga ravo ko'rganingizni va o'zingiz topganingizni boshqalarga berishdan tortinmang, olganimiz emas faqat-faqat berganimiz bizniki)

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Aytgancha bu fikrlarni jamoamizdagilarni o'zlari qoldirishgan, yana majburlab yozdirilgan yoki portfolio uchun qilingan deb o'ylamangizlar😃)

Rostini aytsam, shunaqa fikrlar kelganidan o'zim ham xursand bo'ldim sizlarga ham ulashishga qaror qildim

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Doim ham hamma narsa borib pulga taqalavermaydi, ba’zi narsalar borki million hatto milliard pul bilan ham sotib olish qiyin.

Bu hurmat va e’tibor. Bugun yana bir bor shunga amin bo’ldim.

Fulfil jamoasida ishlayotganimdan hursandman, u yerdagi har bir inson o’z oila a’zolarimdek bo’lib ulgurishgan. Fulfil jamoasi men uchun 2-oilam deb bemalol ayta olaman.
Hammalaringiz men uchun qadrlisizlar.

Hurmat bilan Olimxojayev Jahongir.

Sana: 2024-yil 15-iyun.

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Bugun jamoamiz a'zolari Fulfil group loyihamizda ishlashidan qanchalik mamnun ekanligi haqida gaplashamiz.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Soat 00:21 ro'paramda bir inson ishlab o'tiribti

Bundan 2 yil oldingi holat esimga tushdi, sevgan kasbni emas bazida kasbni sevishga to'g'ri keladi.

Aynan bizni holatda bozori bor rivojlanadigan kasbni tanlashimiz va unda o'zimizga yoqadigan sevadigan qismlarni topishimiz kerak.

Chunki, ro'paramda ishlab o'tirgan yaqin insonim bundan 2 yil oldin 5 yil o'qigan va borini bergan, sevgan sanat sohasini to'xtatib marketing + sotuvlar sohasiga o'tgandi.

Bugun uning kursdoshlari universitetni bitiryapti, lekin u hozirda marketing + sotuvlar yo'nalishida loyihalar olib $$$$ ishlab topyapti.

P. S: Ba'zida sevgan ishni emas, bozori bor o'sadigan, daromadli sohalardan sevimlisini topib hard work qilish muhim)

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Nimaga shoshyapsizlar, shoshmang.

Sohamdan kelib chiqib ko'p mutaxassislar bilan ishlashimga to'g'ri keladi.

Ko'pchiligi biror sohani o'rganib 2-3 oy o'tmasdan 1000$+ topaman deb o'ylaydi va o'z xizmatlari, ishiga ko'pincha qimmat narx berishni boshlashadi.

Yoki har oy oyligi ko'tarilishini o'ylaydi. Biroz shoshmang, kamroq oylik berishsa ham o'z ustingizda ishlashga tayyor bo'ling boshlaganingizda hech qachon 2 oyda, 3 oyda, yoki 6 oyda daromadingiz 5-10x oshib ketmaydi.

Misol tariqasida men sohaga kirganimga qariyb 4 yil bo'lyapti oxirgi 1 yilda karrasiga o'sishlarni sezyapman.

Oxirgi 1 yilda tinimsiz yangi takliflar kelishni boshlagan, oxirgi 1 yilda men tanlab ishlashni boshlaganman. Tushunyapsizmi? Shu holatga kelish uchun back'da orqada 3 yil turibti.

Bu 3 yil orasida
- Qancha kitob o'qidim
- Nechta podkast, intervyu, darslar ko'rdim
- Qancha kurslarga qatnashdim
- Shaxsiyat, fikrlash o'sishi uchun nechta odamlar bilan suhbatlashdim

Buni hisobga olishingiz kerak, tez bo'lishini xohlamang tez bo'lmaslik ehtimoli katta, sekin tizimli o'sishga yetmaydi.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Odatda bir kunda kamida 12 soat vaqtim ish va rivojlanish, uchrashuvlar uchun ketadi.

Bunday tempda ishlay olishingiz uchun sizni oilangizda barcha, qo'llab-quvvatlashi va oilangizdan ko'nglingiz to'q bo'lishi kerak.

Meni esa Allohga shukr doimo ota-onam, turmush o'rtog'im, oilam barcha to'g'ri tushunib qo'llab-quvvatlab turadi bu esa menga kuch beradi.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

🔥Iyun oyining eng yaxshi sotuvchisi uchun Iphone 12 qo'yishga qaror qildik

Ba'zi bir qo'yilgan talablarni birinchi bajarib bo'lgan 1 kishi Iphone 12 bilan taqdirlanadi.

Bu oylik + KPI lardan tashqari bizning loyiha tomonidan sovg'a.

Men ishonaman bu sovg'aga albatta qaysidir sotuvchimiz erisha oladi.

P. S: Menga ham qiziq kimga nasib qilarkan a?

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

🚀Aprel oyining eng yaxshi sotuvchisini taqdirladik.

Ishqilib, rasmdagi Aprel oyidagi eng yaxshi sotuvchimiz ismi Abdulla - 19 yosh

Yanvarda 0 dan ish boshlab Aprelda eng yaxshi sotuvchiga aylanyapti

Eng qizig'i Abdulla juda og'ir bosiq va insonlar bilan chiqishishda yopiq edi.

Shu uchun ham men doim takitlayman istalgan insonni kuchli sotuvchi qilib o'stirish mumkin, bu uchun muhit va yaxshi ustozlar bo'lsa yetarli

P. S: Rasmda konvert ko'rinyaptimi?

P. S. S: Aytgancha Abdulla Iyun oyi uchun ham eng yaxshi sotuvchi bo'lish uchun kurash olib boryapti)

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Bugun sizlarga yig'ilib qolgan fikrlarimni bo'lishaman⚡️

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Soat 23:14 bugun ish judayam ko'p bo'ldi.

- HR bo'yicha kurs o'qiyapaman 4 soatlik darsda qatnashdim
- Tushlik bahona muhim bir uchrashuv o'tkazdik
- O'zimni Mentorshipimda 3 soatlik dars o'tqazdim
- Keyin Vebinarimiz uchun syomkaga bordim
- Rus tili yo'nalishida sherigim bilan o'tirib 1 - 1.5 soat keyingi planlar va kursni yanada yaxshilash ustida ishladik.

Bugun "продуктивный день" bo'ldi lekin biroz charchadim.

Endi bir o'zim cafega kirib o'zimni mehmon qilyapman o'zim yoqtirgan "Cappuccino" va "San sebastian cheesecake" bilan.

Shuni tushunib turibmanki bugun men charchamadim balki dam oldim, aynan ishni o'zi ba'zida men uchun dam olish.

Aytgancha endi bir proyekt bo'yicha 23:40'larda keyingi uchrashuvga ketaman.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

"Prodyusserlik va tizimli zapusklar" shogirdlik dasturimda o'qiyotganlar zapusk qilishni boshlab yuborishdi.

Aynan "Farzand tarbiyasi yo'nalishida" 11k+ odam to'plab zapusk qilishdi.

Efirda 900 ta atrofida o'tirishdi.

150 ta atrofida to'lovlar + 380 ta kontakt

O'shanda aytganmidim kursga yozilishga ulguringlar deb mana 1.5 oy o'tmasdan natija

‼️Eslatma: Hamma natijaga chiqa olgani yo'q risk, ma'suliyat olishni bilgan va vaqt ajratib shuncha harakat qilayotganlar natija qilyapti

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Tasir etish psixologiyasi kitobini tavsiya qilaman

O’qib ko’ring

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Oila qurmoqchimisiz? Unda oxirigacha o'qing

Ayollarga har bir kichkina ishga aralashuvradigan, maydalashib ketgan erkaklar emas dominant va katta muammolarni hal qila oladigan suyanchiq erkaklar kerak.

Endi xulosa qilamiz. Biz erkaklar agar katta muammolarni hal qilolmasak kichkina muammolarga o'ralashib yuruvramiz.

Maydalashib ketgan, shaxsiyati o'smagan odamlarni ko'pini qarasam oila qurgandan so'ng katta muammolarga uchrashni boshlaydi. Chunki oiladagi mayda-chuyda hamma ishlarga aralashuvradi.

Ko'p holatlarda barchasi erkakni shaxsiyatiga borib taqaladi.

Do'stim agar farzandlaringni onasi kuchli ayol, o'qimishli, hayotda orzulari bor inson bo'lishini xohlasang shaxsiyating ustida ishlashni hoziroq boshla.

Chunki?

- 25-yoshida ham muammolarini o'zi hal qilolmaydigan
- O'zini bosib ololmagan "do'stim bittasi senga bittasi menga" deb chopib yurgan
- Gapini vazni yo'q, ma'suliyatsiz
- 25 yoshida ham mustaqil qaror qabul qilolmay ota-onasini orqasiga bekinadigan "polaponlar"ga kuchli qizlar turmushga chiqishni xohlamaslik ehtimoli katta.

Turmush hayoting yaxshi bo'lishi mumkinligiga sabablardan biri bu shaxsiyat chunki sen oilada ertaga "dominant" erkak bo'lishing kerak.

Yuqoridagi fikrlarni barchasi meni shaxsiy fikrlarim chunki men oilada kichkina muammolarga ko'pam aralashmayman va Allohga shukr janjal qilishga vaqtimiz yo'q.

Aytgancha turmush o'rtog'im bilan nikohdan o'tganimizga roppa rosa bugun 1 yil bo'ldi.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

24 kundan buyon blogda ko'rinmadim, o'zi nimalar qildim?

- Bu orada HR bo'yicha kurs tugatdim va HR bo'yicha treningda qatnashdim jamoamiz kengaygani sari jamoaga yangi qoidalar, prinsiplar, qadriyatlar kiritishga to'g'ri kelyapti va shuni ustida ishlayapman.

- Yangi yo'nalish Buxgalteriya bo'yicha zapusk o'tkazib ko'rdik va kutuvlarimizdek o'tdi deyolmayman lekin doim sinab ko'rish, qilib ko'rish bajarish menga qiziq.

- Rus tili yo'nalishida eng katta webinarlarimizdan birini o'tkazdik efirda bir vaqtni o'zida 2600 dan ortiq odamlar o'tirishdi va o'zimiz kutgan sotuvlarni amalga oshira oldik, kursga qiziqib ro'yxatdan o'tganlar soni 650 dan oshib ketdi va sotuv jamoamiz ulgurmayapti.

- Yangi yo'nalishda ekspert bilan shartnoma qildik Pediatr bozoriga kiryapmiz, 27 yillik tajribaga ega odamlar orasida anchagina nomi chiqgan ekspert bilan ish boshladik. Avgust oyida webinarlarini o'tkazamiz Nasib etsa.

- Hozirda jarayonda Dasturlash yo'nalishida zapuskimiz uchun "lid" kanalga trafik yig'ish bilan bandmiz.

- Sotuv bo'limini A dan Z gacha qurish bo'yicha 2 ta sotuv bo'limida sinovdan o'tkazib anchadan buyon tajriba qilib kelayotgan bilimlarimni notion ya'ni qo'llanma daftarimga kiritib chiqdim va endi bu bilimlar tayyor qo'llanma holatiga keldi, lekin ommaga ochiq emas.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Aytgancha Iphone o'z egasini topdi

Iyun oyining eng yaxshi sotuv menejeri Nasiba Temirovaga nasib qildi

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Men ham shu jamoaga qoʻshilganimdan keyin bildim, haqiqiy hamjihat, quvnoq, bir birini qoʻllab quvvatlaydigan jamoa qanday boʻlishini. Judayam xursandman sizdek insonlar bilan ishlayotganimdan. Haqiqiy samimiy, chin dildan bir biriga yordam beradigan insonlarsiz. E'tibor uchun katta rahmat...

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Video Fulfil jamoasi sotuv menejeri Nasiba Temirova tomonidan tayyorlangan.

Aynan jamoamiz, va jamoadagi muhit haqida batafsil gapirib berishga harakat qilgan)

P. S: Videoni albatta ko'rishingizni tavsiya qilaman)

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Qiziq holat

Bir loyiha uchun sotuv menejeri qidirdik va kattakon qilib faqat ayol, qizlar uchun deb yozilgan.

Lekin, vakansiyaga ariza qoldirganlarni yarmi o'g'il bolalar.

Hech qachon faqat qiz, ayollar kerak degan e'lonlarga ko'rib turib qiz, ayol bo'lmasangiz ariza qoldirmang.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

O'sganingiz sari sokinlashib qolarkansiz

Kuni kecha kuchli tadbirkorlar yig'ilgan va 1 oyda 2 marta bo'lib o'tadigan mastermindga qo'shildim.

U yerda bir bolada 2-3 yil oldingi o'zimni ko'rdim. Mastermindni 1-uchrashuv bo'lgani sababli filtr qo'yilmagan va endi o'sayotgan 1-2ta insonlar ham kelib qolishgan.

Shularni orasidan bittasida juda ko'p fikrlarga qo'shilish, tasdiqlatish ba'zida asossiz savollar berish bor ekan, bu aslida zo'r.

Nega bilasizmi? O'zidan yuqori darajadagi insonlar orasiga tushib qoldi.
- Lekin qo'rqmayapti, savollarini ishonch bilan beryapti
- Gaplarga qo'shilyapti, ba'zida kimlarnidir gapirini bo'lvoryapti
- U o'rganyapti, u eng muhimi shu mastermind clubini o'ziga ravo ko'rib menam kelishga arziyman deb mag'rur turibti.

Ishoning shu bola 2-3 yildan keyin zo'r darajaga erishish ehtimoli bor.

Endi mavzuga qaytsak, men esa 2-3 yil o'tib ancha sokinlashib qolganman. Asossiz gapirmaydigan, argumentsiz fikr bermaydigan, jim turadigan bo'lib qolganman.

O'sganingiz sari sokinlashasiz

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

🎯 Yetqizganiga shukr

Yangi moshinali bo’ldim, Alloh yetkazdi. Bu ota-onam, oilam va albatta jamoamdagilarni natijasi.

Shuni tushundimki, katta orzu va maqsadlar qilib harakat qilishdan to’xtamasangiz hammasiga yetishasiz.

Oddiy chekka bir qishloqdan chiqgan
- O’qishga kirganida 1 mln 500 ming so’mlik telefonni olishga puli yetmagan, 200 ming so’mlik telefon sotib olgan
- Kursdoshlari yaxshi kafeda yig’ilganda 100 ming pul tejash uchun, kafega borolmagan
- Onasi deyarli yarim yillik oyligini noutbook sotib olishi uchun yig’ib bergan
- Otasi ikkita farzandi ham kontrakt o’qishga kirib qolishini bilib va o’qitishga qiynalishini bilsada farzandlari kelajagi uchun eng yaxshi unversitetlardan biriga kirishiga ruxsat bergan

Bu men, va men unversitetni tugatyapman Diplom olish arafasidaman

Allohni fazli bilan bu vaqt oralig’ida
- 25+ jamoa azolariga ega 2 ta loyihani qurdim
- O’zim yig’gan pulga uylandim
- Uy qurdik
- Moshina oldik
- Iphone, Macbook
- Kontraktlar va 1000$+ lik kurslar
- Siz bilmagan muvaffaqiyatlar

Ambitsiyali bo’ling o’zingizni qiynashga, o’sishga tayyor bo’ling.

Shunchaki harakat qiling ota-onangizni duosini olib natijani Allohdan kuting⚡️

P. S: Tabriklarni izohda kutaman :)

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Bilasizmi men, sotuv jamoamiz ofisga bir kunda 1 soat yoki 2 kunda bir marta boraman.

Nega ofisga juda kam boraman, sababi jamoa mensiz ham ishlay oladigan va kuchli o'sish tempiga chiqa olishi kerak.

Men ofisga bormagan vaqtimda nima qilaman? Albatta ishlayman, chunki loyihalarimiz kengayishi jamoaga shuningdek menga ham katta bosim beradi.

Maqsadim nima?
Maqsadim bir vaqtni o'zida bir nechta yo'nalishlarda onlayn kurslar tashkil qilish va onlayn maktablarni hosil qilish. Buni men "zapusk" texnologiyalari orqali amalga oshirish ustida ishlayapman.

Aytgancha, "zapuskni" tushunadiganlar biladi tizimli "zapusk"ni ishga tushirishni o'zi qiyin jarayon yani bu degani - sizda har oy katta mashtabda onlayn kursingiz sotuvi bo'lishi kerak.

Men esa hozirda tizimli zapusk emas, parallel tizimli zapusklar tashkil qilish ustida bosh qotiryapman va ishlayapman.

Iyun oyi uchun 2 ta zapuskimiz ketyapti.

Keyinchalik bu 1 oyda 3 ta zapuskga chiqishini rejalaganman.

Bu jarayonlarni hammasi jamoa va mendan katta kuch talab qiladi

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

🚀May oyining eng yaxshi sotuvchisi

Rasmdagi sotuvchimiz Jahongir, biz bilan 3-4 oycha oldin ish boshlagan.

Aytgancha Jahongir biz bilan ishlashdan oldin qurilishda ishlagan.Bizga kelguncha sotuv bo'yicha hech qanday tajribasi bo'lmagan.

Yaxshi xohish, o'rganish va harakat sababli May oyi uchun eng yaxshi sotuvchiga aylandi.

Kengayyotganimiz tufayli yangi 2-sotuv bo'limi qurilyapti Jahongir ROP(Sotuv bo'limi boshlig'ilikni) topshirib ko'rsam bor kuchi bilan harakat qilishini va o'ziga ishonayotganini aytdi.

Nega yo'q? Men topshirdim hozirda "test" rejimida ish boshladi.

Ishqilib ashinaqa, bizda kelib 3 oy o'tmasda bir bo'limni boshqarish lavozimigacha chiqib ketishi mumkin.

Faqat o'zida kuchli xohish va katta mehnat bo'lsa yetarli.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

O'zbekistondagi o'z sohasini Top ekspertlari bizning jamoamizga trening qilib berishini yo'lga qo'ydik

Bir oyda o'rtacha 2 marta kuchli mutaxassislar jamoamiz o'sishi uchun katta treninglar qilib berishini tashkil qildik.

Hozirda Sotuv jamoamizda 9 kishi ishlashyapti, eng qizig'i shu 9 kishi murojaatlarga ulgurolmay qolyapti.

Yana kamida 2 ta sotuvchi olishimizga to'g'ri keladi⚡️

P. S: Agar siz bizning jamoaga qo'shilsangiz kuchli mutaxassislardan doimiy treninglar olib turasiz

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

🚀Bizni jamoaga qo'shilmoqchi bo'lganlar Diqqatiga!

Jamoamiz kengayyotgani sababli sotuv menejerlari qidiryapmiz.

Hozirda 8 ta umumiy sotuv menejerlar bizda ishlashadi va 800+ o'quvchilar onlayn maktabimizda o'qib kelishyapti.

Tajribangiz bo'lishi shart emas, qiziqish va vaqtingiz bo'lishi kerak.

Ish to'liq stavkada (Kechki unversitetda, sirtqida, qo'shimcha kurslarga boradiganlar ham bizga to'g'ri keladi) kunduzgi to'g'ri kelmaydi.

Qulayliklar
- Yunusobod metro oldida ofis
- Sotuv bo'yicha kurs, trening, kitoblar
- O'sish imkoniyati, Sotuv bo'limi Rahbari va Marketing lavozimlarigacha
- Teambuildinglar, sotuv vaqti turli mukofotlar

Talablar
- Tajribasi bo'lmasa o'zimiz o'rgatamiz (Sinov muddati 7 - 10 kungacha, sinov muddati vaqtida tushlik va yo'lkira qoplab beriladi)
- Tayyor issiq lidlar bilan ishlab onlayn kurslarni sotishda qatnashadi
- AmoCrm o'rgatiladi, sotuv naushnigi bilan taminlanadi

Qo'shimcha: Noutbooki bo'lsa bu afzalroq

🚀Bugunoq suhbatdan o'tib ertadan ish boshlashingiz mumkin.

Murojaat uchun: @Abdivaliyevich

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

✏️ Kecha oldin ishlagan ofisimizga borgan edim, ancha o’zgarishlar bo’libdi. Komanda ancha kattaribdi, yangi odamlar, yangi xodimlar, ular uchun yangicha uslubdagi ofis. Keyin o’tirib esladim men ishga kirgan yilimda hali ofis ham yo’q edi (shuning uchun suhbatni ham Evosda qilgan edik) Ofis olingandan keyin ofisda 1 ta katta xona va 1 ta kichkina xonada 2 ta xodim ish boshlaganmiz. Hozir esa ofis ancha kengayibdi. Hatto xodimlar oyliklardan tashqari ham rag’batlantiriladigan bo’libdi 😅

Bularning barchasi avvalo Allohdan keyin esa yosh bo’lishiga qaramay, doimo intilib, harakatdan to’xtamaydigan boshlig’imizning natijalari.

Ular “doimo duoda bo’lish kerakligini, ota - ona duosi muhimligini, harakatdan to’xtamaslik, doimo oldinga katta niyatlar qo’yib, shunga yarasha harakat qilish kerakligini, nimanidir boshlamoqchimisiz boshlash kerak, qo’rqmaslik kerak, nimadir o’rganmoqchimisiz? O’rganib ko’rish kerak. Axir siz o’rganib ko’rmaguningizcha bilmaysizku o’sha soha siz uchunmi yoki yo’qligini” derdilar.

Haqiqatdan ham qat’iyat bilan harakat qilsa, ko’p narsaga erishish mumkinligini kecha natijasini ko’rdim.

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

⚡️ Hammaga Assalomu alaykum.

Jamoamiz kengayyotgani sababli blogda kamroq ko'rinish beryapman

Jamoamiz va shogirdlik kursimda yangiliklar ko'p.

Hozir ba'zilari bilan bo'lishaman

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Biror muhim g'oya yoki qarorlarim haqida o'ylaganimda soatlab ishlamayman faqat o'tirib o'ylayman.

Qariyb 3 soatdan buyon ishlamasdan faqat o'ylayapman, chunki yangi g'oya va yangiliklarni oldindan baholab hamma "plus" va "minus"larini o'ylab chiqishingiz kerak.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Shaxsiyat = Siz ololadigan ma'suliyatga

Jamoamiz yanada masshtablashishiga faqat bir narsa yetmayapti. Bu jamoa uchun PM'lar.

Men va jamoam hozirda 4 ta loyihani yuritadi. Bu loyihalar 10 ta bo'lishi uchun har bir loyihani ma'suliyatini oladigan proyekt menejerlari kerak.

Zapusk uchun proyekt menejer -> Butun loyihani ma'suliyatini bo'yniga olib javob bera olishi kerak

ROP'lar kerak -> Har bir loyihani sotuvida planni yopishga javob bera olishi kerak va sotuvchilarni ma'suliyatini bo'yniga olishi kerak

Tadbirkor, PM, ROP, Jamoa rahbari bo'lish uchun nima kerak? Albatta, shaxsiyat


Qolgan ko'nikmalar va bilimlarni ish davomida o'rgansa bo'ladi lekin 15-20 kunda shaxsiyatni o'stirib qo'yib bo'lmaydi.

- Kuchli ekspertlar "shaxsiyati detskiy" mutaxassislar bilan ishlamaydi eng kamida o'zini diskomfort his qiladi
- Xodimlar gapingizga kirishi uchun shaxsiyatingiz ulardan yuqori bo'lishi kerak
- Risk olish uchun shaxsiyat kerak
- Va hakazo....

Unda nima qilsam bo'ladimi deysizmi?
- Ko'proq shaxsiyatga bog'liq kitob o'qing
- Tadbir, event, treninglarga boring
- Mutaxassislar yopiq Club, guruhlarida "choy tashib" yuraman deb bo'lsa ham qo'shiling
- Eng muhimi kuchli kurslarga boring
- O'z fikrlaringizni yozib boring

Umriz davomida deyarli bularni qilmagan bo'lsangiz va 2 oydan keyin 3000$ daromad qilishni orzu qilib turgan bo'lsangiz demak erishish deyarli imkonsiz, kamida 5-6 oy o'z ustingizda ishlashni boshlang.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…
Subscribe to a channel