suhrobabduaxatov | Unsorted

Telegram-канал suhrobabduaxatov - Suhrob Abduaxatov

-

IT sohasi , IT bizneslar va freelancerlik bo'yicha tavsiyalar, veb dasturlash bo'yicha video darslar, va postlar! Fikr va mulohazalar uchun: @Abdivaliyevich

Subscribe to a channel

Suhrob Abduaxatov

Bu "razbor"ni ko'rib miyyam yana bir bor portladi.

To'g'risi o'zimdagi xatolarni ham ko'rdim o'zimizdagi loyihalardagi

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Bizni jamoaga qo'shilishni xohlaydiganlar bormi?

Yaqinda vakansiyalar ochilishni boshlaydi.

Eng qizig'i katta ehtimol o'zim suhbatdan o'tkazib o'zim treninglar qilaman.

Kimga qiziq, yozing 👇

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Bu 5 ta qadamni qilsangiz sizda zapusk bo'yicha mijoz topishda muammo qolmaydi!

Tasavvur qilamiz siz yaxshi zapusk qilishni bilasiz va mijoz topishingiz kerak, muammo sizda mijoz yo'qligi.

Ya'ni mijoz deganda sizga sherik, hamkor kerak bu - ekspert.

Biror sohada kuchli ekspert bor. Deylik bolalarni kuchli pediatri u o'z bilimlarini onlayn kurs qilmoqchi.

U qanday qilishni, qanday sotishni bilmaydi.

Sizga ekspert, ekspertga siz keraksiz.

Qayerlardan izlaymiz?
Hamma yozganlarim o'zim tajribalarimdan kelib chiqgan holatda.

1. Hozirgacha 1.5 yildan buyon ishlab kelayotgan Rus tili ekspertimni instagram directiga yozib topganman.

Ya'ni ular o'z onlayn kurslarini sotmoqchi bo'lib turgan.

Men instagramdan ularga zapusk bo'yicha yordam kerakmasmi prodyuserman deb yozganman.

Shu bilan birinchi telefonda gaplashganmiz, keyin esa uchrashuv belgilab kelishuv qilganmiz.

Bu meni birinchi loyihalarimdan biri edi, siz loyiha olishingiz uchun keysingiz ham bo'lishi shart emas.

Siz ishonchli va yaxshi muzokara o'tkaza oladigan odam bo'lsangiz bo'ldi.

Xuddi shunday sizni ham vazifangiz mijoz topish uchun ijtimoiy tarmoqda bor bo'lgan kuchli ekspertlarni ro’yxatini tuzib ularni hammasiga directidan xabar yuborishingiz kerak.

Men ishonaman 100 tasiga yozsangiz bo'ldi kamida 10 tasi javob yozadi ulardan hech bo'lmasa 1 tasi bilan kelishuv qilsangiz bo'ladi.

Chunki yaqinda ham test qilish uchun, bir nechta uy loyihalariga yozdim kamida 5 tasi menga o'z kontaktini qoldirishdi hali hech qaysisiga aloqaga chiqmadim😃

P. s: Aslida mijoz ko'p faqat biz izlashni bilmasligimiz mumkin

P. s: s: Agar izohlarda 30 ta "+" qoldirilsa mijoz topishni qolgan 4 ta qadamini ham ochib beraman

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

🔴Qanday qilib "zapusk" sohasiga kirib daromadingizni 5x oshirishingiz mumkin.

Yaxshi natija va daromad qilishni yo'li bu - o'zgarishlarga tayyor bo'lish.

Ko'pchilik
- Target
- SMM
- Sotuv
- O'quv markaz, menejerlik sohalarida ishlab kelyapti.

Ayniqsa o'quv markazlar uchun ananaviy yo'llar bilan borgan sari mijoz oqimi olib kelish qiyinlashuvradi.

Lekin haligacha bizda bu sohalarda ishlaydigan ko'pchilik zapusk haqida eshitmagan yoki o'rganib sinab ko'rmayapti)

Axir biz tendentsiyalarga qarab o'zgarishimiz kerak shundagina biz to'xtamasdan o'sa olamiz.

"Zapusk" bozori esa O'zbekiston uchun juda bo'sh. Chunki biror loyihamizda ketma-ket oyiga 2 marta zapusk o'tkazilsa ham mijozlar oqimi to'xtamayapti.

Akalar hozir kirish kerak, bilishimcha O'zbekistonda hali 100 dona yaxshi va davomli zapusk qila oladigan prodyuserlar yo'q!

Daromadni 5x oshirishga kelsak, "zapusk"larni yaxshi o'rganib oyiga 1 dona zapusk qilsangiz ham men o'ylayman hozirgi ishlab turgan ishingizdan balki 5x ko'proq daromad olishingiz mumkin.

Hattoki o'quv markazda oldin bir oyda zo'rg’a 50 ta o'quvchi jalb qilsangiz "zapusk" orqali onlaynda 500 ta oldindan 3-4 oylik kurslaringzga to'lovni qilib bo'lgan mijoz jalb qila olishingiz mumkin.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Eslayman 2023-yil o'rtalari oilaliman daromadim 1500$ atrofida chiqadi yoki chiqmaydi...

O'shanda bu daromad ham ketma-ket kamayishni boshladi.

Chunki ananaviy kurslar sotuvi ishlamaslikni boshlagandi yoki men ishlata olmayotgandim.

Qo'shimchasiga yetarlicha qarzim bor va ularni to'lashim kerak.

Undan tashqari bo'ynimda mendan tashqari bir nechta xodimlar maoshi va kichkinagina 1 xonali bo'lsa ham ofis ijarasi bor edi.

Nima qilishni bilmay to'g'risi o'sha vaqtlari eslayman O'zbekistondagi yaxshi IT kompaniyani boshlig'i bilan telegramda muzokara o'tkazganman.

Ya'ni marketing bo'limiga xodim bo'lib borishni va 2000$ oylik bersa tinch qarzlarsiz, risksiz hayot kechirishni o'ylab qolganman.

Chunki sizda barchasi ketma-ket o'xshamaslikni boshlab qolsa chekinish haqida bir marta bo'lsa ham o'ylaysiz, xavotir olmang bu aslida normal😃.

Menimcha shunda ilk bor qaror qilganman men ta'lim loyihalaridan chiqib ketmayman va hech qayerga xodim bo'lib ishga borishni xohlamayman, qaysi tendentsiyalar ishlayotgan bo'lsa shunga harakat qilaman deb.

Keyinchalik sekin zapusklarga kirishni boshladim.

Birinchi zapusk - 300-400$ reklamaga tikilgan xarajat deyarli "fail" bo'ldi.

Sababi menda deyarli zapusk bilimlari yo'q va bilganimcha qilib ko'rgandim. Eslayman 1-kuni sotuv ochganimizda 2 ta yoki 3 ta dona to'lov tushgan.

Bir nechta joylardagi zapusk qilayotgan insonlarni fikrlari, o'rgatganlari tufayli keyingi zapusk sekin o'xshashni boshladi shu vaqtlari o'xshaganidan rosa xursand bo'lganman.

Chunki zapusklar o'xshashni boshlagandan keyin bitta zapusk o'tib naqd pulda 40 mln so'm qarzimizni bervorgandim.

2023-yil oxirida esa o'zim niyat qilgan Cobalt moshinasiga to'lov qivorganmiz.

Shu shu ketma-ket Allohni fazli va ota-onalarimiz duolari bilan zapusklarimiz karrasiga o'sishni boshladi , shunga yarasha jamoa ham kengaydi.

Hattoki jamoamiz bilan bittada 1 mlrd+ lik zapusklar ham qila oldik va 1 talik kichkina "podvoldagi" xonachada ishlashni to'xtatdik, va jamoaga maqul ofisga ko'chdik.

Bu postni esa hozir o'zim o'tiradigan kabinetdan turib yozyapman.

Bu voqealardan shuni angladimki, sizni bir dona qaroringiz hayotingizni yaxshi tomonga o'zgartirib yuborishi mumkin ekan.

Xulosa
Bugun qiyin, ertaga ham qiyin lekin indin o'ta go'zal. Afsuski ko'pchilik erta kechqurun taslim bo'ladi - "Jack ma".

P. S: Kim oxirigacha o'qidi va nimani tushundi postdan?

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Kimda zapusk loyiha bor

Bepulga diognostika qilib o’sish nuqtalarini aniqlab yechim qilib bermoqchiman.

Razbor formatida bo’ladi

Kimda zapusk loyiha bo’lsa va mendan loyihasi bo’yicha konsultatsiya olmoqchi bo’lsa izohda loyihangiz haqida yozing

👇 yozish

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Men O’zbekistonga keldim

Qatar, Dohadan bir qancha taassurot va xulosalar bilan qaytdim

- Sayohatga qancha xarajat ketishi
- Sayohatdagi manzillar, shahar
- Qatar, Doha odamlari ularning daromadi
- Chet eldan borib ishlayotganlar qanday ishlarda va qancha daromad topishi
- Barchasi haqida yozmoqchiman.

Sizga qiziq bo’lsa 🔥 bosing, 50 ta olov bo’lsa bu haqida batafsil post yozmoqchiman.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Qatar, Dohadan hammaga Salom!

Kimda qanday savollar bor izohlarda yozing gaplashamiz?

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

🔴Ketishga tayyorlanyapmiz.

Asosiy webinarlarni tugatib oldik.

Bugun ham 20:30'da webinarimiz bor.

Men webinarni o'tkazib ertasi kuni ertalab nasib qilsa uchib ketaman.

Sayohatga ketishdan oldin katta masshtabda ishladik

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Hammaga Salom 👋

Bizda ish aktiv ketyapti.

Lekin bugun sizlar bilan gaplashmoqchiman.

Kimda qanday savollar bor, izohlarda yozing👇

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Bagjan Oktyabr - “Soul Therapy”

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Aytgancha nasib qilsa noyabr oxirida chet elga sayohatga ketyapman

Instagramimda shu bo'yicha stories joyladim.

Kim birinchi qayerga ketayotganimni stories izohida tahmin qilib to'g'ri topsa o'shani kartasiga 100 ming tashlab beraman

Siz ham tahmin qilib ko'ring, javob yozishdan oldin birinchi meni instagram sahifamga obuna bo'lib olish esingizdan chiqmasin.

Instagramimga ulanish: Instagram.com/suhrobabduaxatov

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

"Zapuskda" nima gaplar?

14-15-16-noyabrda Rus tili yo'nalishida webinarimiz bor.

Hozircha 4 kunda kanalga 21.000 ta trafik olib kirdik.

Webinargacha bizda yana 6 kun vaqt bor.

Nima deb o'ylaysiz? Webinargacha qancha trafik olib kiramiz kanalga.

Fikrlaringizni yozing, ketdik👇

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Ustozimga chet elga chiqib kelmaymizmi deb taklif berdim.

Ulardan kuchli javob oldim😂.

Haqiqatdan turli yo'nalishda kuchli ustozlarim bor bu ham katta ne'mat deb o'ylayman.

Screenshotda ko'rsatilgan ustozim yaqinda meni 300 mln so'mga yaqin xarajatdan saqlab qoldi.

Menda hozir Cobalt moshinasi bor, lekin men yozda yana bitta krossover moshina sotib olmoqchi bo'ldim.

Shunda ular menga bu xarajatni qilma Cobalt yaxshi moshina to'xta, pulingni imkon qadar jamoaga investitsiya qil dedi.

Ularni fikrini qabul qildim va boshqa moshina sotib olmadim.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Qiyin odamlardan qoching, qiyin odam bo'lmang.

Chunki katta energiyasiz, katta natijalarga erishib bo'lmaydi.

Qiyin odamlar esa kichkina narsalar uchun ko'p energiyangizni olib qo'yadi.

Qiyin odam o'zi nima degani?
- Kichkina narsalarni muammo qiladigan
- Injiq, Erkatoy
- Kutuvlari juda baland
- Sizni o'zgartirmoqchi bo'ladigan
- Juda ko'p ortiqcha e'tibor kutadigan odamlar

1. Munosabatlar
Ko'p bollarda ko'raman eng yosh (18-25) davri katta natijalar erishishga emas do'stlar yoki qandaydir qizlarga vaqt ajratishga ketib qoladi.

Aslida kuchli ayollar, kuchli erkaklarni tanlaydi siz yoshlikdan qiz tanlashga emas kuchli bo'lishga harakat qiling
- Shaxsiyat
- Bilim
- Pul jixatdan

2. Sherikchilik
Munosabatlar kabi sherikchilik ham xuddi shunday

Siz ishlab ko'rmasdan biznes sherigingiz qanchalik qulay yoki qiyin odamligini bilmaysiz, ishlab ko'rsangiz buni yaqqol sezasiz, shu sababli ham har doim har bir loyihani olganda sinov muddati bilan olish kerak.

Sherigingiz katta energiyangizni olib tashlasa, qiyin odam bo'lsa va o'sishingiz halaqit bersa demak sinov muddatida shunda sizda to'xtatish imkoniyati bo'ladi.

Lekin ba'zilar yillar davomida shu insonlarga o'ralashib yuruvradi.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Hozirgi kunda eng qimmat valyuta bu - energiya!

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

🇶🇦Qatarda deyarli "zapusk" qilib bo'lmaskan

Sababi mahalliy aholini o'zi 2 mln atrofida.

Va mahalliy aholi asosan Buyuk Britaniyada ta'lim oladi.

Qatarda yetarlicha migrantlar bor lekin ularni hayolida biror kurs o'rganishim kerak degan fikr deyarli yo'q, chunki ular ishlash uchun kelishadi.

Shu sababli Qatarda ishlayotgan SMM mutaxassisini aytishicha Qatarda zapusk qilish qiyin.

O'zbekistonda esa 40 mlnga yaqin aholi va aholini asosiy qismi O'zbekistonni o'zida ta'lim oladi.

Bizda oxirgi 4 yillikda ta'limga e'tibor shunchalik o'syaptiki, zapusk bozorida hozir imkoniyatlar juda ko'p.

Har yili, yildan yilga zapusk qilish uchun imkoniyat oshib boryapti.

Shu sababli aynan ta'lim zapusk bozoriga kirishingizni tavsiya qilaman.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

🔥Bitta 2 soatlik konsultatsiya va natija

Kecha bir sotuv bo’limi rahbariga bo’layotgan muammolari bo’yicha 2 soatlik konsultatsiya o’tib berdim.

Berilgan instrumentlardan o’zi 2 tasini qo’llab natijaga erishishni boshlabti.

Eng mazza qiladigan joyi ham shu nimadir o’rgatsang shartta borib qo’llashsa shunisiga mazza qilasan.

- Prodyuser
- ROP
- Bo’lim boshliqlari
- Menejerlarga konsultatsiya bersam foydali bo’lishi mumkin.

P. S: Sizga agar konsultatsiyamni bepul bersam nima savollaringizni bergan bo’lardiz, izohda yozing

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Liderlik! Kun davomida atigi 43 daqiqa instagramga kiribman...

Unda ham bu vaqtni asosiy qismi o'zimga qo'yilgan storieslarni ko'rish, directga javob yozish va sohamga kerakli odamlarni kuzatishga ketgan.

Liderlik bilan instagramni nima aloqasi bor deysizmi?

Albatta bor, bilib olish uchun postni oxirigacha o'qing.

Odatda ko'proq daromad topish sizni qanchalik liderlik qobiliyatingiz bor yoki yo'qligiga bog'liq.

Xodim sifatida 2000$ - 50.000$ daromad topadigan kasb egalari

- ROP (Sotuv bo'limi rahbari)
- Top menejerlar
- Kompaniya direktori
- Marketing bo'lim boshlig'i
- Proyekt menejer va boshqalar

Bu kabi top darajada maosh ishlab topadiganlar xodimlarga asosiy qo'yiladigan ta'lablardan biri bu liderlik.

Liderlar odatda orqasidan jamoadoshlarini ergashtira olishlari kerak.

Bu esa juda katta topilishi qiyin bo’lgan ko’nikma.

Liderlarda asosiy bo'lishi kerak bo'lgan sifatlardan ya’na biri bu o'zini-o'zi nazorat qila olish.

Ya'ni lider o'zini-o'zi boshqara olishi kerak

Bunga
- O'z kun tartibini samarali tuza olish

- Qanday ishlarni qilish mumkin-u, qanday ishlarni qilish kerak emas

- Nimalar muhim-u, nimalar muhim emas

- Instagramga qachon kirish kerak yoki qachon kirish kerak emas va boshqalar…

Odatda liderlar o'zlarini boshqara olganliklari uchun instagramiga yoki biror u bog'lanib qolishi mumkin bo'lgan jarayonlarga majburiy cheklovlar qo'yish shart emas.

Chunki liderlar o'zlari nima xohlayotganini yaxshi his qiladi va shunga ko'ra harakatlanadi.

P. S: Bu chalg’ituvchi dunyoda o’zingizni va xohishlaringizni nazorat qila olayotgan bo’lsangiz tabriklayman! Sizda liderlik uchun bitta sifat bor.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

🔴[DIQQAT] Bu postni o'qib siz bugunoq "zapusk" sohasiga kirish haqida o'ylab qolasiz

Oxirigacha o'qing.

Zapusk o'zi nima?

Tarjimasi
Zapusk bu - ishga tushirish, portlatish kabi ma’nolarda keladi.

Mohiyati
Zapusk - mahsulotingizga ko'p miqdorda talab hosil qilib katta qiziqish uyg'otib unga sotuv ochish va sotuv vaqtida navbat yaratish. Apple ham Iphonelarni xuddi shunday sotadi.

Masalan: Kuchli Rus tili o'qituvchisi bor, u onlayn kurslarini qilmoqchi. Lekin u bu onlayn kurslarni qanday qilib masshtablashtirib sotishni bilmaydi.

Siz zapuskni bilsangiz u bilan kelishuv qilasiz va zapusk texnologiyasi orqali katta masshtabda sotishiga yordam berasiz.

Haqiqatdan Rus tiliga qiziqadigan 20-30.000 ta insonni bir joyga yig'asiz, deylik telegram kanalga.

Bu kanalda Rus tilini o'rganishi kerakligini va ustoz haqida ma'lumotlarni berib tushuntirib qizdirib borasiz.

Turli xil sotuv voronkalaringiz orqali sotuvni ochasiz, qarabsizki sizda 1000+ sotib olishga tayyor issiq mijozlar bor.

Ularni 400 tasiga sotsangiz siz 1 oyda 400 ta o'zingiz uchun o'quvchi oqimi olib kelgan bo'lasiz.

Mohiyati shu yani navbat yaratib sotish.

O'zbekistonda qanday ishlaydi
O'zbekiston bozori zapusk uchun judayam zo'r sababi biz 15 kun ichida 2 ta zapusk o'tkazsak ham bozor to'yinmaganligi sababli insonlar sotib oluvrishyapti.

Bu degani talabga nisbatan hozircha taklif kamroq)

Yaqin orada zapuskga kiradiganlar va ko'p tajriba o'tkazadiganlar 1-2 yildan keyin bozorda katta o'rin egallashi mumkin

O'zbekistonda zapuskchilar kammi?
Ochiq gapiraman, men 100 ta davomli va domiy zapusk qilayotgan prodyuserlarni tanimayman.

Chunki butun O'zbekistonda 100 ta davomli zapusk qiladiganlar yo'q deb o'ylayman.

Lekin Toshkentni o'zida doimiy yuritiladigan 10.000 ta o'quv markaz bo'lsa kerak😄.

Nega bugunoq zapuskni boshlashim kerak?
1. O'zbekistonda ta'lim katta ehtimol bilan faqat onlaynga o'tib ketuvradi, kelajak onlayn ta'limda.

2. Bozor bo'shligi.

3. Faqat kurs emas mahsulot, uy, produkt uchun ham zapusk texnologiyasi ishlaydi.

4. O'sish uchun imkoniyati, zapusk muammolar va bu muammolar ichida siz yaxshigina o'sa olasiz.

5. Daromad. Meni fikrimcha zapuskchalik ROAS va Marja yaxshi bo'lgan biznes model kam.

❗️Sizga savolim bor: Nega siz haligacha zapusk sohasiga kirmayapsiz?

Izohlarda yozing 👇

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

🇶🇦Ilk sayohatingiz uchun Qatar juda yaxshi variant

Chunki

1. Xarajat
Siz Qatarga sayohat tur paketini 400$ atrofida topa olasiz.

Biz 530$ ga yaxshi havo yo'llari va 5 yulduzli mehmonxonada yashash, nonushta, sug'urta barchasi ichida oldik.

1 hafta davomida qolgan turli joylarni sayohat qilish, har kuni ovqatlanish, taksida yurish kabi xarajatlarga taxminan 300-400$ atrofida xarajat ketadi.

Ya'ni siz bemolol 700-800$ bilan Qatarga sayohat qilib kela olasiz

2. Xavfsizlik
To'g'risi o'zimni hayron qoldirgani Doha menga shunchalik xavfsiz shahar tuyildiki, bizni birorta joyda tekshirishmadi.

Deyarli politsiya xodimlarini ko'rmadik, hattoki shahar markazida moshinalar bir biriga signal chalganini eshitmaysiz.

Siz ko'chada aylanib yurganingizda istalgan odamdan yordam ololasiz ya’ni ular yordam berishga maslahat berishga va siz bilan gaplashishga juda ochiq.

Kechqurun 01:00-02:00'da ham qo'rqmasdan ko'chada yura olasiz.

Ilk sayohat uchun xavfsiz shahar bo’lishi juda muhim.

3. Masjidlar
Dohada Masjidlar judayam ko'p va har bir Masjidda deyarli ayollar uchun alohida erkaklar uchun alohida Namoz o'qish imkoniyatlari bor.

Siz aylanib yurgan joyda Masjid bo'lmasa, atrofdagi shopping mall, sohil, plyaj, kemalar turadigan joylarda ham namozxonalar bor ekan, qoyil.

4. Servis
Mehmonxonada servis zo'r aytilgan narsani olib keladi va qo'lidan kelgancha yordam beradi.

Cafe, Restoronlarda ham servis juda yaxshi.

Ishqilib bizni Qatarda birorta odam aldashga urinmadi.

Chunki mahalliy aholini ko'zi judayam to'q, judayam boy.

Ular turistlarni aldab pulini olishga 5$ lik mahsulotni 50$ ga “tiqvorishga” harakat qilmaydi.

Aldash tugul mahalliy aholini uchratishingizni o’zi qiyin😂.

Migrantlar esa boshqalarni alday olmasligini sababi Qatar, Dohaga ishga kelish nisbatan qiyin.

Visa kerak va Qatardagi ishxonani suhbatlaridan o'tib bora oladi va borganda ham sinov muddati bilan ishlaydi.

Agar yaxshi taassurot qoldira olmasa boshqa joyga ishga kirish deyarli juda qiyin.

Chunki uni ish varaqasida oldin ishlagan joyidan xulosa bo'larkan tushunishimizcha.

Shu sababli migrantlar turistlarni aldash haqida o'ylab ham ko'rmaydi, chunki aldasa katta ehtimol bilan shu bilan qaytib ish topolmaydi.

Bu 1-qism, eng qiziqlari oldinda yana 50 ta 🔥olov bo'lsa ikkinchi qismni yozaman

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Nega ko’pchilik bitta nuqtadan o’smay qoladi?

Sababi - Nimaga o’zi shu nuqtadan boshqa nuqtaga o’sishi kerakligini bilmaydi.

Chunki hozir Toshkentda yashayotgan 1 kishi uchun 400$ - 2000$ pul bir oy uchun yetarli.

O’sishni ikkita yo’li bor

1. Majburlik
Eng tez va kuchli o’sish bu majburlik vaqtimizda bo’ladi

Ya’ni siz nega 1000$ emas 3000$ daromad topishga majbur ekanligingizni his qilishingiz kerak.

2. Xohish
1. Isbotlab qo’yish
2. Ota-onamizni faxrlanishi
3. Yaxshi hayotni xohlashimiz.

Aynan shu majburiyat yoki xohlash ko’pchilikda yo’q.

To’g’risini aytaman, aslida O’zbekistonda yaxshi natija ko’rsatish qiyin emas faqat buni ko’pchilik xohlashmayapti ular uchun o’rtacha hayot normal.

Demak o’smay qolishimizni asosiy sababi biz o’zimizni tushunmasligimizda va maqsadlarimizni aniq bilmasligimizda.

Shuni tushuning
Biz harakatlarimiz va sababini qilganimizga ko’ra natija olamiz boshqa hech narsa emas

Sizga
1. Isbotlash
2. Yaxshi daromad
3. Yaxshi hayot kerak bo’lsa harakat qiling

Ishoning umr-vaqt juda qisqa, ulgurmay qolasiz.

P. S: Qatar, Dohadan hammaga Salom.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

🔥Meni hayolimga zo'r g'oya keldi

Men esa hayolimga kelgan g'oyalarni odatda tezda amalga oshiraman, bunisini ham bugunoq boshlamoqchiman.

Men zapuskni boshlagan va onlayn kurslar bilan shug'ullanayotganlar uchun yopiq hamjamiyat tashkil qilmoqchiman

🔴Hamjamiyat nomi: "Result Group"

Bu hamjamiyatda siz
- "Zapusk" lar bo'yicha istalgan savollaringiz berishingiz mumkin
- Yangiliklar va mendagi bilimlarni olib turishingiz mumkin bo'ladi

Faqat bu hamjamiyat zapuskni boshlayotganlar yoki zapusk qilayotganlar uchun.

Qo'shilish mutloq BEPUL

Qo'shilish uchun @Abdivaliyevich menga "Result Group" so'zini yozib qoldiring.

O'ziga yarasha filtrlari bor, filtrdan o'tsangiz guruhga qo'shib qo'yaman qani ketdik

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

02:27 ba'zida nima qilayotganimni tushunmay qolaman.

Qaysi manoda, men shunchalik ko'p ishlayotgan bo'lamanki buni faqat atrofimdagi eng yaqinlarim seza oladi.

O'zim ham qachon sekinlashishim kerakligini sezmayman)

Shunaqa tezlikga chiqishim mumkinki men har hafta 1 martadan zapusk qilayotgan bo'lishim mumkin.

Bu vaqtda shunchalik ishlar va jarayon ko'p bo'ladi men esa bu jarayonlarni nazorat qilish boshqarish bilan shug'ullanyotgan bo'laman.

Bunga erishish uchun nimalar qilish kerak?

- Deyarli oylab do'stlar bilan uchrashmaslik
- Oilaga kam vaqt ajratish
- Kam uxlash
- 54 ta telegramga kelgan haligacha ochilmagan shaxsiy xabarlar
- Har bir hayolda qadamda ish haqida o'ylash
- Hattoki ota-onang mehmonga kelganda 18:00 dan 00:00 gacha ham ishda bo'lish kerak.

Keyin ba'zida o'tirib shuni tushunasanki, hayotingni bir qismi ish emas, ishing hayotingni asosiy qismiga aylanib bo'lgan bo'ladi.

Lekin chetdan boshqalarga juda chiroyli ko'rinasan
- Yoshsan qo'lingda ba'zilardan ko'proq imkoniyat bordek
- Omadli
- Har kuni moshinasida mazza qilib restoronlarda biznes uchrashuvlar qilib yuribti
- Puldan muammosi yo'q deb o'ylashadi

Aslida topayotgan narsalaring orqasida yo'qotayotgan narsalaring ham yetarlicha bo'ladi.

Buni esa ko'pchilik tushunmaydi, tushunmasligini sababi - deyarli ular kuzatayotgan instagram, telegramdagi odamlarni hammasi faqat muvaffaqiyatlar haqida gapiradi.

Buni ko'rganlar esa muvaffaqiyatga shunchalik yengil erisharkanman deb o'ylashadi, aslida hech qachon unaqa bo'lmaydi.

P. S: Aytgancha, o'zim ham nimaga shunchalik ko'p ishlashimni javobini topolmayapman topsam yozaman

P. S. S: Haftasiga 1 marta emas, haftasiga 2 marta ham zapusk o'tkazish darajasiga chiqish mumkin deb o'ylayapman...

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Bugun bizda bayram.

Chunki bugun Nasib qilsa 20:30’da Rus tili proyektimiz uchun webinar bo’ladi

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Nega aynan zapusk sohasida ishlayman?

2023-yil yozida ishlarim rejadagidek ketmagach, o‘zimga savol berdim:

“Yaxshi oylik olib, kompaniyada marketolog sifatida ishlasammi yoki riskli bo’lsa ham o’sib boruvchi sohani tanlasammi?” deb.

Yaxshilab o’ylab, ikkinchisini tanlov qildim. Chunki menda azaldan ta’lim biznesiga qiziqish yuqori bo’lgan.

(Agar hozir zapuskda bo’lmaganimda, katta ehtimol bilan o’qituvchi bo’lgan bo’lardim)

Shundan so’ng, onlayn ta’lim sohasida bozorni tahlil qilib, eng kuchli mutaxassislarni bilimlarini kengroq ommaga yetkazishni maqsad qilib zapusk sohasiga kirib keldim.

Chunki O‘zbekiston bozorida zapusk – o‘z imkoniyatlarini hali to‘liq ochmagan soha edi.

To’g’ri yo‘nalishni tanlash inson hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishi, daromadini bir necha barobarga ham oshirishi mumkin ekan


Bugungi kunda, zapusk sohasida risklarni boshqarish, muammolarni yechish mening ish kunimning bir qismiga aylangan.

Zapuskdagi eng sevimli jarayonim bu muammolarga yechim izlash, yechim berish.

Chunki, bu menga nafaqat tajriba beradi, balki doimo o’z ustimda ishlashga undaydi!

Zapusk - bu ham daromadda, ham shaxsiyatda o’sish!


Hozirgi kunga kelib, bizning kurslarimizda 2000 dan ortiq o‘quvchilar faol o’qib kelishmoqda va oxirgi oyni o’zida 400 dan ortiq insonlar bizni kurslarimizni tanlov qilishdi

O’zimni tajribalarimdan kelib chiqib shuni ayta olamanki, zapusk orqali oyiga katta daromad qilish ham mumkin va bu o’zgacha his beradi insonga!

Zapusk orqali bu natijaga qanday qadamlar bilan erishish mumkinligini bilish sizga qiziqmi?

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

3 - 4 oylab kino ko'rmasdim

2021-2022-yillarda eslayman 3-4 oylab kino ko'rmasdim, menimcha kino ko'rishga vaqt qizg'onardim.

O'sha yillari biznes bo'yicha bir necha o'nlab kitoblarni va Mfaktordagi barcha praktikum videolarni ko'rib tugatganman, har bir praktikum videosi o'rtacha 4 soatni tashkil qiladi.

Shu aynan kitoblar va praktikumlar biznes tushunchamni, fikrlashimni, shaxsiyatimni yaxshigina o'stira olgan.

Meni fikrimcha o'sha kitoblar va praktikumlar menga 100x lab natijasini berdi.

Shu vaqtgacha ko'p atrofimdagi o'smoqchi bo'lganlarga Mfaktor praktikumlarini barchasini ko'rib chiqishini tavsiya qildim, lekin hali orasidan birortasi tugata olgani yo'q. Eng qizig'i bularni hammasi - FREE.

Oldin ham ko'p narsani intizom hal qilgan, hozir ham intizom hal qilyapti.

Hozir ham bir vaqtni o'zida 2 ta qiymati 5000$ kursda o'qiyapman (bittasi 3000$, bittasi 2000$) bilaman bu o'zini kamida 10x oqlaydi.

Hozir ham rivojlanishdan to'xtab qolishim mumkin emas, chunki loyihalarimiz o'sishi menga bog'liq.

Shunchalik sizda hammasi idealmi? deyishingiz mumkin.
Hammasi zo'r emas, muammolar yetarlicha
- Nosog'lom ovqatlanishni boshlaganman
- Sportga chiqishni to'xtatib qo'ydim
- Cofe normadan ko'p ichaman

Lekin o'zim xohlagan vaqtda bularni ham intizom bilan to'xtata olishimga ishonaman.

Post nima haqidaligini tushundizmi? fikrlaringiz qanday, izohda yozing👇

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Bugun menda "idea"lar kuni shekilli.

Telegram kanalimga post yozishga har xil mavzularda idealar hayolimga kelyapti.

Yozaymi, yozmaymi deb turibman

Lekin ish ham juda ko'p chunki bizda oyni o'rtasida 2 ta zapusk bor

Siz nima deysiz? 😃

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Deylik, oila qurmoqchisiz, sizga mos qizni topolmayapsiz.

Bundan siqilyapsiz ko'nglingizga boshqa narsa sig'mayapti.

Ishoning yana 1 yildan keyinam balki sizga mos qiz chiqmas, shunda 1 yil siqilib o'tiraverasizmi?

Gap bu yoqda siqilishda emas, gap ko'p insonlar bitta muammo chiqganda boshqa atrofidagi hech narsani ko'ra olmay qolishida.

Ishda ham shunaqa o'smoqchimisiz, siz bir vaqtni o'zida bir nechta muammolar ustida ishlay olishingiz kerak.

Ko'pchilik esa bitta muammo bo'lsa shuni atrofida o'ralashib shu qobiqdan chiqib ketolmaydi, bu hayotda ham ishda ham o'sish, rivojlanishga katta salbiy tasir ko'rsatadi.

Har doim siz jarayonni tepadan ko'rib tura olsangiz shundagina siz buni nazorat qila olasiz.

Bir vaqtni o'zida bir nechta muammolarni yechishni o'rganish uchun tavsiyam
- Matematika
- Shaxmat shularni o'rganib ko'ring.

@suhrobabduaxatov

Читать полностью…

Suhrob Abduaxatov

Kimda qanday savollar bor, istalgan savolingizni berishingiz mumkin?

Izohda yozing👇

Javob beraman.

Читать полностью…
Subscribe to a channel