surxon_mtb | Unsorted

Telegram-канал surxon_mtb - Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

913

👨‍👩‍👧‍👦MTB rasmiy telegram kanali ☑️ Biz sizga taqdim etamiz: 🗒 Ta'lim yangiliklari 📂 Ish hujjatlari 📝 Ishlanmalar 📺 Videolavhalar 📷 ️Fotolavhalar Shikoyat va ariza yuborish uchun havola: http://surxonmdo.uz/oz/murojaat/murojaat

Subscribe to a channel

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

Боғча тарбиячиларининг маоши қачон оширилади? (+видео)

2024 йилда боғча тарбиячиларининг ойлик маоши мактаб ўқитувчиларининг ойлик маошлари билан бир хил бўлади. Бу Ўзбекистон Президентининг тегишли фармонида назарда тутилган.

🎥https://youtu.be/EoEwL-FLIJA

Батафсил: https://uza.uz/posts/535169

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

Sariosiyoda 180 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Sariosiyo tumani “Lutfkor” mahallasida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida umumiy loyiha qiymati qariyb 6,5 mlrd so‘m bo‘lgan, 180 o‘rinli bog‘cha qurilib, foydalanishga topshirildi.

Mazkur bog‘chaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, tuman mutasaddilari, nuroniylar, faollar va yoshlar hamda soha mas’ullari ishtirok etishdi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
t.me/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

#Denov_tumani
#Fotoreportaj

Denov tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Mehrjon" hosil bayrami yuqori saviyada nishonlandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

"Энг намунали фаолият юритган вазир"

Фаол ишлаган, халққа энг яқин бўлган, аҳолининг талаб ва истакларини амалга оширишда етакчи бўлган, вазирлик фаолиятини ривожлантирган,
бошқа вазирликларга намуна бўла олган,халқимиз орасига кириб муаммоларини ҳал қилишда ёрдам берган «Энг намунали фаолият юритган вазир»ни аниқланг
!

Ўзбекистонда 21 та вазирлик бор! Қайси вазир раҳбарлигида тизим қандай ишлаётганини — сизнинг эътирофингиз аниқлаб беради.

Эслатиб ўтамиз бугунги кун ҳолатига кўра вазирлар алмашгани ёки лавозимидан озод этилгани ва лавозимга тайинланган бўлиши мумкин Биз ушбу сўровномани 2023 йил давомида фаолият юритган вазирлар ўртасида ўтказмоқдамиз.

Сўровнома 5- Ноябрь соат 24:00гача давом этади.

👉 ОВОЗ БEРИШ

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

🍁Мaktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Mehrjon “ bayrami keng nishonlanmoqda

🍂Kuz fasli – to‘kinlik, qut-baraka, pishiqchilik fasli hisoblanadi. Mehrgon esa — kuzgi teng kunlikda nishonlanadigan hosil bayramidir. Bu bayram o‘zida kuz faslining butun tarovati, ziynati, fazilatini namoyon etadi.

🌾Ayni kunlarda hududlardagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Mehrjon “ bayrami keng nishonlanmoqda.

Ma'lumot uchun: Surxondaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarining MTTlarida o'tkazilgan “Mehrjon “ bayrami fotolavhalaridan foydalanildi.

📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2708

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

⚡️Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni oshmoqda

✨Kuni-kecha viloyatning Denov, Sherobod, Jarqo‘rg‘on tumanlarida jami 6 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirilib, jami 575 o'ringa ega quvvat yaratildi.

Jumladan,

✅Denov tumanidagi "Surxondiyor" va "Lag‘monota" mahallalarida 150 o‘rinli hamda "Sina" va "Chorgul" mahallalarida 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

✅Sherobod tumanidagi "Bahor" mahallasida 90 o‘rinli, "Do‘stlik" mahallasida 75 o‘rinli, "Istiqbol" mahallasidagi 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

✅Jarqo’rgon tumanidagi "Yangi turmush" mahallasida 70 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2701

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

#Aqlvoy_oshpaz

TVOROGDAN TAYYORLANGAN MAYIZLI SIRNIKLAR TAYYORLASH TЕXNOLOGIYASI

🔸Tuxumni avval 1%li, so‘ngra 0,5%li iliq (harorati 30°С gacha) bo‘lgan kalsiyli yoki osh soda eritmasida yuviladi, keyin oqar suvda chayiladi.

🔸Tvorog elangan bug‘doy uni bilan uqalab olinadi (⅔ normada). Mayiz qaynoq suvga ivitilib qo‘yiladi, yumshagandan so‘ng yaxshilab yuviladi.

🔸Alohida idishda uqalangan tvorog, tuxum, shakar, mayiz, tuz, vanilin va manniy yormasi aralashtiriladi.

📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2669

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

#Mukofot_muborak

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra, bir qator maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari ham mukofotlandilar.

👉Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2665

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

🔴 “1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda.

⚡️Poytaxtimizdagi Xalqaro anjumanlar saroyida vazirlik tizimidagi 40 nafar ta’lim sohasi xodimlarini "Xalq ta’limi fidoyisi", "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ushbu mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

#Xon_atlas

O'zbek milliy liboslariga mehr uyg'otish bu bolalikdan boshlanadi.

Yurtimiz bo’ylab zamonaviy o'zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida 28-sentyabr kuni "XON ATLAS" festivaliga start berildi.

Festival doirasida maktabgacha ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida chellenjlar va fleshmoblar doirasida milliy liboslar go’zalligi namoyish etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

Bilasizmi?

📚MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVLAR HAQIDA BILASIZMI?

🔹Maktabgacha ta’lim bolaning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

🔸U ta’limning keyingi bosqichlarida, shuningdek, butun hayoti davomida rivojlanib boradi.

🔹Davlat o‘quv dasturi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan. Bu maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonida bolalar faoliyatining turli-tuman turlarida shakllanadigan kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.

🔸Kompetensiyabolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.

🔹Kompetentli bola o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini muayyan vaziyatda safarbar qilishi va qo‘llashi, o‘z maqsadiga erishishi va rivojlanishning har bir bosqichida yoshiga mos keladigan vazifalarni hal qilishi mumkin.

🔸Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv bolalarning bilish bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlari, muammolar va imkoniyatlarga samarali javob berish qobiliyatini shakllantirish, axloqiy me'yorlar va qadriyatlarni rivojlantirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, shaxsiy ("Men" konsepsiyasi) ni shakllantirishni o‘z ichiga oladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

#ustozlar_ardoqda

Ayni kunlarda 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan hududlarda tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

Xuddi shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib o'tdi.

1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha ta'lim fakulteti hamda Termiz shahar 16-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligida "Muallim-qalb me'mori" mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda bolajonlar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi va yig'ilganlarga xushkayfiyat bag'ishladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

#ОАВ_биз_ҳақимизда

Ахборот 24 | «Йилнинг энг яхши тарбиячиси-2023» касбий кўрик-танлови ғолибларини тақдирлаш маросими
___________________________

#СМИ_о_нас

Новости 24 | Церемония награждения победителей конкурса «Лучший педагог года-2023»

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

#Aqlvoy_oshpaz

✨Hurmatli kanal kuzatuvchilari bugun sizga #Aqlvoy_oshpaz rukni orqali "Pomidor qoqili obinon" tayyorlash tеxnologiyasini taqdim etamiz.

📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2647

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

#Aqlvoy_oshpaz

📚"Aqlvoy-oshpaz" bog‘chalar uchun taomlar resepti kitobi haqida bilasizmi?

✨Hurmatli kanal kuzatuvchilari, aziz obunachilar, siz azizlarga yangi #Aqlvoy_oshpaz ruknini taqdim etmoqdamiz.

✔️Unda siz bolalar uchun tayyorlanadigan taomlarning 200 dan ortiq reseptlar va ovqat tayyorlash texnologiyalari bilan muntazam tanishib borasiz.

☝️O'ylaymizki ushbu #Aqlvoy_oshpaz rukni siz uchun foydali bo'ladi.

👭Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi va maktabgacha yoshdagi bolajonlarni sog‘lom ovqatlantirish, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, bolalarni ovqatlantirish standartlari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati, ovqat tayyorlash texnologiyasi hamda bolalar uchun tayyorlanadigan taomlarning 200 dan ortiq reseptlar va texnologik kartalarni o‘ziga jamlagan "Aqlvoy-oshpaz" bog‘chalar uchun taomlar resepti kitobi ishlab chiqilgan.

📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2645

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

Термиз шаҳрида мактабгача таълим ташкилотлари сони яна биттага кўпайди. Гап шундаки, “Нурли келажак” маҳалласида “Парвозга шай болалар” номли давлат - хусусий шерикчилиги асосидаги нодавлат мактабгача таълим ташкилоти иш фаолиятини бошлади. /channel/tvsurxon

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

#Bayramga_tuhfa

Bayramga munosib tuhfa:
Surxondaryoda 1 ta yangi, 3 ta to‘liq ta'mirlangan, 3 ta qo‘shimcha binolar qurib berilgan maktablar va 3 ta yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatining Jarqo'rg'on tumanida 1 ta yangi, Qumqo'rg'on, Qiziriq, Termiz tumanlarida 3 ta to'liq ta'mirlangan, Sho'rchi va Boysun tumanlarida 3 ta qo'shimcha bino qurib berilgan maktablar va Jarqo'rg'on, Qumqo'rg'on, Sariosiyo tumanlarida 3 ta yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

⚡️Maktabgacha ta’lim agentligi xodimlari Surxondaryoda

🔹Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari F.Boboyev hamda agentlikning ma’sul xodimlari Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ko‘zdan kechirishdi.

🔹Agentlik xodimlarining maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tashriflari davomida "Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturi asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish" holatlari o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, pedagog xodimlar uchun agentlik xodimlari tomonidan seminar o‘tkazildi. Seminar davomida MTTxodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

🔹Shuningdek, agentlik xodimlari ishtirokida Angor tumani Pedagogika kolleji hududida "Yashil makon" loyihasi doirasida "Metodistlar bog‘i"ni yaratish maqsadida ko‘chatlar ekildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

#tadbirkorlar_diqqatiga
#pedagoglar_diqqatiga

🔥 SIZDA JURNALGA REKLAMA BERISH HUQUQI BOR

Bunda:
✔️ Ta'sischi/Direktor haqida
✔️ Tarbiyachilar faoliyati
✔️ Bog'cha va yana bir qancha yo'nalishlar kattagina sahifada yoritib beriladi.

❗️Ha, aytgancha, jurnal obunasi Respublika bo'ylab! O'z faoliyatingizni taniting va o'rnak bo'ling!

🤩 Eng namunali bog'cha, eng faol tashkilot siz bo'lasiz.

☎️ Murojaat uchun: +998941670063

@ilkqadam_jurnali

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

JAMOATCHILIK NAZORATI UCHUN HAMKORLIKKA CHAQIRAMIZ

Joriy yilning 4-10-noyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan respublikamizning barcha hududlarida asosiy fan olimpiadasining III(viloyat) bosqichi o'tkaziladi.

Mazkur jarayonlarni shaffof va adolatli o'tkazilishini ta'minlash, jarayonlarni ota-onalarga, uztozlarga xolis yetkazib berish maqsadida har bir hudud bo'yicha OAV vakillari, jurnalistlar, blogerlarni xolis kuzatuvchilikka va hamkorlikka chaqiramiz.

Maqsadimiz, iqtidorli yoshlar o'rtasida tashkil qilinayotgan fan olimpiadalarini yuqori saviyada, adolatli o'tkazish, g'olib o'quvchilarni rag'batlantirishdan hamda xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etadigan terma jamoaga munosib nomzodlarni saralashdan iborat.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Telegram | 📹Youtube | ✅Facebook | 🌐Instagram

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

Ochiq muloqot: maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirish boʼyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot berildi

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari B.Tashpulatov ishtirokida ochiq muloqot o'tkazildi. Unda OAV vakillari, ijtimoiy tarmoq faollari, keng jamoatchilik vakillari va boshqalar qatnashishdi.

Dastlab yig'ilganlarga mavzu yuzasidan zarur ma'lumotlar berildi. Shundan so'ng qatnashchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga B.Tashpulatovdan javob olishdi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda viloyatimizda 2 ming 605 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularda 10 mingdan ortiq pedagog xodimlar faoliyat yuritmoqda.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

#Bilasizmi?

📆MTT guruhlarining namunaviy kun tartiblari haqida bilasizmi?

👉Bolalar to‘liq kun davomida bo‘ladigan guruhning namunaviy kun tartibi

👉Маktabgacha ta’lim va tarbiya muqobil shakllarining namunaviy kun tartibi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

#Prezident_tabrigi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigi

👉 Batafsil: O‘zA

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

🔴"O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirini jonli efirda tomosha qiling!

Tadbir boshida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oʼqituvchi va murabbiylarga yoʼllagan bayram tabrigini Prezident Аdministratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Аbdurahmonov oʼqib eshittirdi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

"O'RMONDA KUZ"🍁

Noodatiy chizish va bo'yash texnikasi🎨

🖌Bola rivojlanishining dastlabki bosqichida ijodkorlik juda muhimdir. Maktabgacha yoshdagi bola obrazlar orqali fikr yuritadi va ularni yaratish orqali o'zining ijodiy fikrlash va intellektual qobiliyatlarini rivojlantiradi.

🎨Noan'anaviy bo'yash texnikasida akvarel bo'yoqlari yordamida barg, tayyor shakllar, gullar va boshqa vositalarni qo'llagan holda dizayn yaratiladi.

🏞 Asar tayyor shakldan foydalanilgani uchun aniq tasvirli va chiroyli chiqadi, natijada bola o'z ishidan yana-da mamnun bo'ladi.

👁Kanalni kuzatishda davom eting, qiziqarli materiallarimiz ko'p!


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

#Aqlvoy_oshpaz

SULI YORMASIDAN MAYIZLI BO‘TQA TAYYORLASH TЕXNOLOGIYASI

🔸Mayiz qaynoq suvda yumshatiladi va yuviladi. Suli yormasi qaynab turgan suvga solinadi va yarim tayyor holga kelgunga qadar aralashtirilib pishiriladi.

🔸So‘ngra sut, tuz, shakar, qo‘shiladi va past olovda miltillatib qaynatiladi.

🔸Me’yorida tayyorlangan mayiz, sariyog‘ solinib, quyuqlashgunga qadar aralashtirib turgan holda pishiriladi.

📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2661

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

Bilasizmi?

Avvalroq, bolalar rivojining kompetensiyalari sohalarini e'lon qilgan edik, bugungi ruknimizda esa "Ijodiy rivojlanish" sohasida ta’lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bolada qanday kompetensiyalar shakllanishi lozimligi haqida ma'lumot beramiz.

✔️Bular quyidagilar:

🟢san’at va madaniyatga qiziqishni namoyon qiladi;

🔴milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotining bir qismi sifatida idrok etadi;

🔵san’atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;

🟡olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi;

🟣insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.

☝️Eslatib o'tamiz:

🔹Bugun sizga bolaning "Ijodiy rivojlanish" sohasi kompetensiyalari haqida ma'lum qildik.

🔹Keyingi ruknimizda esa bolaning "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturining ta'lim-tarbiya jarayonida qo‘llanilishi haqida ma'lumot beramiz. Kuting...

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

⚡️“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Toshkent shahridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti binosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni e’lon qilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

📌Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2654

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

Bilasizmi?

Avvalroq, bolalar rivojining kompetensiyalari sohalarini e'lon qilgan edik, bugungi ruknimizda esa "Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari" sohasida ta’lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bolada qanday kompetensiyalar shakllanishi lozimligi haqida ma'lumot beramiz.

✔️Bular quyidagilar:

🟢ona tilini eshitadi va tushunadi;

🔵ona tilida to‘g‘ri talaffuz, mos grammatik shakllar va turli gap tuzilmalaridan foydalanadi;

🔴chet tilini o‘rganishga qiziqish bildiradi;

🟡chet tili bo‘yicha dastlabki bilimlarini namoyish etadi;

🟣badiiy adabiyotga qiziqish bildiradi;

🟠so‘zning lug‘aviy ma’nosi, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga tushunchaga ega bo‘ladi;

⚪️gapning turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzadi va so‘zlab bera oladi;

🟤ona tilida yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.

☝️Eslatib o'tamiz:

🔹Bugun sizga bolaning "Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari" sohasi kompetensiyalari haqida ma'lum qildik.

🔹Keyingi ruknimizda esa bolaning "Bilish jarayonining rivojlanishi" sohasi kompetensiyalari haqida ma'lumot beramiz. Kuting...

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo MTT YANGILIKLARI️

Bilasizmi?

Avvalroq, bolalar rivojining kompetensiyalari sohalarini e'lon qilgan edik, bugungi ruknimizda esa "Ijtimoiy-hissiy rivojlanish" sohasida ta’lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bolada qanday kompetensiyalar shakllanishi lozimligi haqida ma'lumot beramiz.

✔️Bular quyidagilar:

🟢 o‘z ’Men“i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;

🔴 o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;

🔵 o‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;

🟡 kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;

🟣 murakkab vaziyatlardan chiqishning amaliy yo‘llarini topadi.

☝️Eslatib o'tamiz:

🔹Bugun sizga bolaning "Ijtimoiy-hissiy rivojlanish" sohasi kompetensiyalari haqida ma'lum qildik.

🔹Keyingi ruknimizda esa bolaning ""Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari" sohasi kompetensiyalari haqida ma'lumot beramiz. Kuting...

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Читать полностью…
Subscribe to a channel