surxondaryo_zakovat | Unsorted

Telegram-канал surxondaryo_zakovat - Surxondaryo Zakovat Klubi

1180

"Zakovat intellektual klubi" NNT Surxondaryo hududiy filialining telegramdagi rasmiy kanaliga xush kelibsiz!!! Siz ushbu kanalda viloyatimiz "Zakovat" klubi faoliyatiga oid barcha yangiliklarni kuzatib borasiz. Hududiy koordinator: @SalohiddinOdilov

Subscribe to a channel

Surxondaryo Zakovat Klubi

"A" guruhida 8 ta tur o‘yinlari yakunlandi

Oldinda faqat ikki tur (to‘qqizinchi va o‘ninchi) tur o‘yinlari qoldi.

➖ @zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

“A” guruhi finalining yettinchi turida Harika Dronavali va Muhiddin Madaminovlar to‘qnashdi

Bu bahs ham durang bilan yakunlandi.

➖ @zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

#Zakovat #Talabalar_ligasi #Surxondaryo

🤵‍♂️ "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida tashkil etilgan - "Talabalar ligasi" turnirining 27-oktabr (payshanba) kuni boʻlib oʻtgan Surxondaryo viloyati 6-tur natijalari.

🥇Oʻzgacha (TerDU)
🥈Ideal Plus (TerDU)
🥉Universal & Targʻibot (DTPI)

Musobaqaning 6-turi Respublikamiz boʻylab sinxron ravishda boʻlganidik viloyatimizning Termiz va Denov shaharlarida ham bir vaqtda boshlandi. Unda viloyatimizdagi Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutidan boshqa barcha 5 ta oliy taʼlim muassasalaridan jami 25 ta jamoa ishtirok etdi. Ushbu oʻyinlarning 7-tur bahsi 3-noyabr (payshanba) kuni soat 17:00 da boshlanadi.

📱 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

➡️ zakovatklubi.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan ushbu videoda batafsil tanishishingiz mumkin.

🔔 Siz ushbu web platforma orqali ro‘yxatdan o‘tib "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan oʻtkaziladigan barcha sovrinli turnirlarda ishtirok etish huquqni qoʻlga kiritasiz.

📱 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

#Zakovat #Talabalar_ligasi #Surxondaryo

27-oktabr kuni Termiz davlat universiteti tarix fakultetida "Talabalar ligasi" turnirining 6-tur bahsi oʻtkazildi. Bir vaqtning oʻzida sinxron tarzda bu oʻyin Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham boʻlib oʻtdi.

🤵‍♂️ "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan tashkil etilgan va 25 ta jamoa kurash olib borgan ushbu bahs yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

🥇Oʻzgacha — Termiz davlat universiteti
🥈Ideal Plus — Termiz davlat universiteti
🥉Universal & Targʻibot — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

📱 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

⚠️ Bugun Termiz shahrida 🔥 "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan oʻtkaziladigan 2 ta yirik sinxron turnirlar boʻlib oʻtadi!!!

🏆"Oʻquvchilar ligasi" 6-tur 😀15:00
📍Termiz shahridagi 8-maktab "faollar zali"
🤵‍♂️Oʻtkazuvchi masʼul: Choriyor Maxmatraimov

🏆"Talabalar ligasi" 6-tur 😀17:00
📍Termiz davlat universiteti, Tarix fakulteti 310-xona
🤵‍♂️Oʻtkazuvchi masʼul: Salohiddin Odilov

✔️ Viloyatimizdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida yoki oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan istalgan jamoalar ushbu oʻyinlarga borib ishtirok etishlari mumkin.

📱 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

⚠️ Surxondaryolik oʻquvchilar diqqatiga!

#Bugun 27-oktabr payshanba kuni "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan oʻtkaziladigan "Oʻquvchilar ligasi" oʻyinlarining 6-turi Termiz shahridagi 8-maktab binosida boʻlib oʻtadi.

😀Moʻljal: Malaka oshirish (pedagogika markazi) binosi orqa tomoni, Shimoliy (северной) bekati.

📌 Oʻyin boʻlib oʻtadigan manzil (локация).

🟢Eslatib oʻtamiz, bugungi oʻyinda qatnashmoqchi bo‘lgan akademik litsey, kasb-hunar maktab, texnikum, kollej va umumiy oʻrta taʼlim maktabi jamoalari o‘z hududidagi o‘yin bo‘ladigan manzilga soat 15:00 ga kelishlari talab etiladi.

Oʻquvchilarga yengillik yaratish maqsadida, bugungi oʻyinlar sinxron ravishda viloyatimiz markazidan olisda boʻlgan quyidagi hududlarda ham oʻtkaziladi:

📍 Angor tumani ➡️1-maktab
📍 Bandixon tumani ➡️17-IMI
📍 Boysun tumani ➡️13-maktab
📍 Qiziriq tumani ➡️40-maktab
📍 Sariosiyo tumani ➡️54-maktab

✝️ @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

⚠️ Bugun 2 ta OTMda 🔥 "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan taqdim etilgan savollar asosida toʻgarak oʻyinlari oʻtkaziladi!!!

📌 Termiz davlat universiteti, Tarix fakulteti 310-xonada

📌 Termiz davlat pedagogika instituti, Maktabgacha taʼlim fakulteti 112-xonada

✔️ Viloyatimizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan istalgan jamoalar ushbu oʻyinlarga borib ishtirok etishlari mumkin.

✝️ @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

#Zakovat_Time
#TerDU_Zakovat_Klubi

📣Assalom-u aleykum zakovat ixlosmandlari!

🔰Termiz Davlat Universiteti Yoshlar ittifoqi hamda Zakovat intelektual klubi tomonidan tashkillashtirilayotgan haftalik toʻgarak oʻyinlariga barcha qiziquvchan bilimdonlarni taklif etamiz.

📆 26.10.2022-yil
⏰ 17:40


❓Savollar soni: 20 ta
👥Jamoa aʼzolari soni: 3-6 kishi
⏳Beriladigan vaqt: 60+10 soniya (Oʻylash uchun 1 daqiqa va javob yoʻllash uchun 10 soniya)

🏢 Zakovat oʻtkaziladigan man
zil: TerDU Tarix fakulteti 3-qavat 310-xona

Oʻyinlarimizda respublika "Zakovat"NNT tomonidan joʻnatilgan savollar oʻynaladi❗️


Roʻyxatdan oʻtish va turnir boʻyicha oʻzingizni qiziqtirgan savollar uchun TerDU zakovat klubi koordinatori
@Dilshodbek_Eshmominov telegram manziliga murojaat qilishlaringiz mumkin!

Kanalimizga obuna boʻlishni unutmang
👉
@TerDU_Zakovatt

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirida ishtirok etmoqchi bo‘lganlar diqqatiga!

Ayni vaqtda turnirda ishtirok etish uchun ustoz@zakovat.tv elektron pochtasiga ko‘plab jamoalardan arizalar kelib tushmoqda. Ammo ushbu arizalarning aksariyati belgilangan talabga javob bermaydi.

Turnir nizomiga ko‘ra, jamoalar yuqorida keltirilgan shakldagi arizani to‘ldirib jo‘natishlari lozim. Bundan boshqa ko‘rinishda jo‘natilgan arizalar turnir tashkilotchilari tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va jamoa turnir uchun ro‘yxatga olinmaydi.

Takroran eslatamiz: Turnirda ishtirok etish uchun o‘qituvchilar jamoasi Turnir nizomiga 1-ilovada keltirilgan ariza namunasini to‘ldirgan holda, ta’lim muassasasi rahbari imzosi hamda tashkilot muhri bilan birgalikda ustoz@zakovat.tv elektron pochtasi orqali 2022-yilning 3-noyabr kuniga qadar (shu kuni ham qabul qilinadi) ariza yuborishlari lozim.

❗️Bu muhim: Turnir nizomiga ko‘ra, unda qatnashmoqchi bo‘lgan har bir o‘qituvchi zakovatklubi.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi lozim. Mazkur saytda ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchi saytda o‘ziga berilgan ID raqamini jamoa arizasida ko‘rsatishi lozim. ID raqami keltirilmagan o‘qituvchilarning turnirda qatnashishiga ruxsat etilmaydi.

zakovatklubi.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan ushbu videoda batafsil tanishishingiz mumkin.

Turnir va unda qatnashish tartibi haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu havolaga o‘ting.

➖ @zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turniri nizomi

📄 Turnirda qatnashish uchun beriladigan ariza namunasi mazkur nizomning 1-ilovasida keltirilgan.

➖ @zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

#Zakovat #Surxondaryo #Professional_liga

🔰 23-oktabr kuni Termiz shahridagi 6-sonli maktab binosida viloyatimiz jamoalari oʻrtasidagi "Professional liga" turnirining kuzgi mavsum 7-tur oʻyini oʻtkazildi.

🎗 "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan tashkil etilgan va 9 ta jamoa kurash olib borgan ushbu bahs yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:

🥇 "Oʻzgacha" jamoasi
🥈 "Ideal Plus" jamoasi
🥉 "Maqsadlilar" jamoasi


📲 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

Assalom aleykum hurmatli zakovat ixlosmandlari. Iqtisodiyot va turizm fakulteti ichki intellektual bahslarini boshlaydi...
Ushbu oʻyinlarimizga barcha zakovatchilarni taklif etamiz.

📆25.10 .2022-yil
⏰ 17:40

❓Savollar soni: 20 ta
👥Jamoa aʼzolari soni: 3-6 kishi
⏳Beriladigan vaqt: 60+10 soniya (Oʻylash uchun 1 daqiqa va javob yoʻllash uchun 10 soniya)

🏢 Zakovat oʻtkaziladigan manzil: TerDU Iqtisodiyot va Turizm fakulteti 104-xona

P/S: Ushbu bahslar Iqtisodiyot va turizm fakulteti ichki turniri hisoblansada, fakultetning barcha zakovat ixlosmandlarini chorlab qolamiz

Roʻyxatdan oʻtish va turnir boʻyicha oʻzingizni qiziqtirgan savollar uchun Iqtisodiyot va turizm fakulteti zakovat klubi koordinatori
@Big_BoSS_OfficiaI telegram manziliga murojaat qilishlaringiz mumkin!

Kanalimizga obuna boʻlishni unutmang
👉
@TerDU_Zakovatt

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

#Zakovat #Surxondaryo #Smart_liga

🏆 "Smart liga" musobaqasining 11 va 12-tur natijalari.

🤝 Navbatchi jamoalar: S.Odilov va Natus Vincere.

📲 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

#Zakovat #Surxondaryo #Professional_liga

🍁 KUZGI MAVSUM OʻYINLARI 🍁
🏆 SURXONDARYO 🏆

Professional va havaskor jamoalar oʻrtasidagi "Professional liga" turnirining 7-tur natijalari:

🥇 "Oʻzgacha" jamoasi
🥈 "Ideal Plus" jamoasi
🥉 "Maqsadlilar" jamoasi

❗️Maʼlumot oʻrnida, ushbu oʻyinlar reyting shaklida hisoblab borilib, bitta turda jami 55 ball jamoalarga taqdim etiladi. Yaʼni, 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoa 10 ballga ega chiqsa, 10-oʻrinni egallagan jamoaga 1 ball nasib qiladi.

📲
@Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

“A” guruhi finalining sakkizinchi turida olimpiada chempionlari Jahongir Vohidov va Javohir Sindorovlar to‘qnashdi

Bahs Jahovir Sindorovning g‘alabasi bilan yakunlandi.

➖ @zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

#Zakovat #Surxondaryo #Talabalar_ligasi

✍️ Viloyatimizdagi oliy taʼlim muassasalari jamoalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan "Talabalar ligasi" turnirining 27-oktabr holatiga koʻra reyting jadvali.

🥇"Ideal Plus" (TerDU) 57,0 ball
🥈"Oʻzgacha" (TerDU) 51,0 ball
🥉"Maqsadlilar" (TerDPI) 44,0 ball

⚠️ Maʼlumot oʻrnida, ushbu oʻyinlar reyting shaklida hisoblab borilib, bitta turda jami 55 ball jamoalarga taqdim etiladi. Yaʼni, viloyatimiz OTM jamoalari oʻrtasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoa 10 ballga ega chiqsa, 10-oʻrinni egallagan jamoaga 1 ball nasib qiladi.

📱 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

#Zakovat #Oʻquvchilar_ligasi #Surxondaryo

🤵‍♂️ "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etilgan - "O‘quvchilar ligasi" turnirining 27-oktabr (payshanba) kuni boʻlib oʻtgan Surxondaryo viloyati 6-tur natijalari.

🥇54-maktab (Sariosiyo tumani)
🥈36-maktab (Bandixon tumani)
🥉82-maktab (Qumqoʻrgʻon tumani)


🟢 Musobaqaning 5-turi Respublikamiz boʻylab sinxron ravishda boʻlganidik viloyatimizda ham soat 15:00 dan boshlandi. Unda viloyatdagi ❌ Shoʻrchi va Jarqoʻrgʻon tumanidan boshqa barcha 12 ta tuman va Termiz shahridan jami 54 ta jamoa ishtirok etdi. Ushbu oʻyinlarning 7-tur bahsi 3-noyabr (payshanba) kuni soat 15:00 da boshlanadi.

📱 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

⚠️ Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida umumiy sovrin jamgʻarmasi 18 million soʻm boʻlgan "Zakovat" intellektual oʻyini boʻlib oʻtadi!!!

🏆"TTATF birinchiligi" 4-tur

😀 Boshlanish vaqti: 16:00

📌 Manzil: Toshkent tibbiyot akademiyasi, "Axborot-resurs markazi" binosi

✔️ Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida tahsil olayotgan talabalardan tuzilgan istalgan jamoalar ushbu oʻyinlarga kelib ishtirok etishlari mumkin.

📝Turnir jadvali bilan ➡️ bu yerda tanishingiz mumkin.

📱 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

#Zakovat #Surxondaryo #Oʻquvchilar_ligasi

💠 27-oktabr kuni Termiz shahridagi 8-maktabda "Oʻquvchilar ligasi" turnirining 6-tur bahsi oʻtkazildi. Bir vaqtning oʻzida sinxron tarzda bu oʻyin viloyatimizning boshqa hududlarida ham boʻlib oʻtdi.

🤵‍♂️ "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan tashkil etilgan va 8 ta jamoa kurash olib borgan ushbu bahsda Termiz shahar, Sherobod, Muzrabot va Termiz tumanlaridan maktab jamoalari ishtirok etdi.

📱 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

📢Surxondaryodagi OTMlarning bilimdon talabalari diqqatiga!

🟢#Bugun 27-oktabr payshanba kuni soat 17:00 dan boshlab viloyatimiz oliy taʼlim muassasalari jamoalari oʻrtasidagi "Talabalar ligasi" intellektual oʻyinining 6-tur bahsi Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti 310-xonasida boʻlib oʻtadi.

📌Oʻyin boʻlib oʻtadigan manzil (локация).

🔔Eslatma, sinxron ravishda shimoliy hududdagi talabalarimiz uchun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti faollar zalida ham ushbu oʻyinlar oʻtkaziladi. Bugungi oʻyinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan OTM jamoalari belgilangan manzilga kechikmasdan yetib kelishlari talab etiladi. Jamoa a’zolarining barchasi bir oliygoh talabalari bo‘lishi lozim.

🗣Oʻyinlarda ishtirok etish uchun 🔥"Zakovat intellektual klubi" NNT Surxondaryo viloyati hududiy koordinatori: @SalohiddinOdilov ga murojaat qilib, roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

📱 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

🟢"Talabalar ligasi"ning 6-tur bahslarida Termiz shahridagi oʻyinlar uchun ro‘yxatdan o‘tgan jamoalar:

Ideal Plus (TerDU)
Oʻzgacha (TerDU)

Imperiya (TerDU)

Denov (TerDU)

Doʻstlik (TerDU)

Arbitraj (TerDU)

Intellekt (TerDU)

Injenerlar (TerDU)

Yuksalish (TerDU)

Lawyer (TerDU)
Genial (TerDU)
Together (TerDU)
Kelajak biologlari (TerDU)
Intelligent (TTATF)

Aristokratlar (TerDU)

Golden Heart (TTATF)

Maqsadlilar (TerDPI)

Renessans (TerDPI)

Surxon (TerDPI)
Secret (TMTI)

Forever (TAIRI)


🟢Denov shahridagi oʻyinlar uchun ro‘yxatdan o‘tgan jamoalar:

Universal & Targ‘ibot (DTPI)
Moliyachi (DTPI)

Dasturchilar (DTPI)

Renessans (DTPI)

Astrum (DTPI)

Financier (DTPI)

Everest 2 (DTPI)

Geniusmates (DTPI)
Investorlar (DTPI)

Bugun (27-oktabr kuni, payshanba) soat 17:00da Talabalar ligasining 6-tur o‘yini Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti 310-xonada boshlanadi.

🏆Oʻyinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar @SalohiddinOdilov manzili orqali roʻyxatdan oʻtishlari talab qilinadi. Jamoa a’zolarining barchasi bir OTMning talabalari bo‘lishi lozim.

📱 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

Hududlarda nima gap?

1. Qoraqalpog'iston "Zakovat" klubi
kuzgi mavum 14-turiga kelib "Galaktikos" jamoasi azaliy raqiblari "Berkut" hamda "NoGoogle"dan ancha ilgarilab ketgan holda turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Kuchli uchlikka eng yaqin joylashgan jamoa esa — "KarSU". Qayd etish joizki, Qoraqalpog'iston "Zakovat" klubida jamoalar soni ancha ko'payibdi.

2. Andijon "Zakovat" klubiprofligada (har doimgidek) "Tiki-Taka" yetakchi. "Shedevr", "Anjanli bollar", "Yangi yulduzlar" va "Burgutlar" jamoalari sovrinli o'rinlar uchun kurashmoqda. Birinchi liga jamoalari orasida esa "Tanlanganlar", "Efemerida" hamda "Imperiya" jamoalari orasida kuchli uchlik uchun qizg'in kurash kechmoqda. Aytgancha, Andijondagi klub o'yinlarining so'nggi turiga "Zakovat" NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev tashrif buyurgani ham e'tiborga molik holat bo'libdi.

3. Buxoro "Zakovat" klubiprofligada "Bermud" asosiy ta'qibchi "Avangard"dan 15 ochkoga o'zib ketgan. Shuningdek, "Huquqshunoslar" va "Utopiya" jamoalari yetakchilarni ta'qib qilib kelmoqda.

4. Farg'ona "Zakovat" klubikuzgi mavsum o'yinlari 6-turidan keyin "Oltiariq" jamoasi jadvalning eng yuqorisidan o'rin egallagan. Ularga "Re-union" jamoasi munosib raqobat qilmoqda. Eng qizg'in kurash esa 3-o'rin uchun kechmoqda — hozircha "Farg'ona" jamoasi "Kandidat" hamda "One point" jamoalarini one point'ga ortga qoldirgan holda raqiblardan o'zib ketishga erishgan.

5. Jizzax "Zakovat" klubikuzgi mavsumda g'oliblik uchun kurash asosan "Pedagoglar", "Milliy" va "Evrika" jamoalari o'rtasida kechmoqda. Avvalgi mavsum yetakchilaridan biri bo'lgan "Renessans"chilar esa negadir biroz sustlashgan.

6. Namangan "Zakovat" klubiprofligada "Kapitoliy" va "Pentagon" shiddatli baxsga kirishgan. "Spectrtum" esa ta'qibchi rolida. Birinchi ligada esa "Iqro" hamda "Kosonsoy 9-DIMI" raqiblardan qochib ketishga erishgan. Ularni quvuvchi pelatonga "Dasturchilar" va "Respect" boshchilik qilmoqda.

7. Navoiy "Zakovat" klubi7 ta turdan keyin "Darts" va "Antanta" raqiblar bilan farqni ancha kattalashtirib olgan. "Slythern" hamda "Cogito" katta ehtimol bilan 3-o'rin uchun o'zaro kurashadi.

8. Qashqadaryo "Zakovat" klubiprofliganing 6-turiga kelib "Google" yaqqol yetakchiga aylangan. "Magnum" va "Pikovit" mos ravishda ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallab turishibdi. Lekin "Turkiston" hamda "Antanta" ham bo'sh kelmoqchi emasdek ko'rinmoqda.

9. Samarqand "Zakovat" klubi — profligada "Galakticos" yaqqol yetakchi. 5 turda qo'lga kiritilgan 48 ochko kim viloyatning (hozircha) tojsiz qiroli ekanini ko'rsatib turibdi. "Kvazar" va "SamPM" jamoalari 2-o'rin masalasini o'zaro hal qilib olishsa kerak. Birinchi ligada bo'lsa, "SamPM", "Legion" hamda "Navi" jamoalari kuchli uchlikni bo'lishib olishgan. Qiziq, SamPM har ikki ligada ham o'ynayaptimi yoki bular "SamPM-1" va "SamPM-2" jamoalarimi?

10. Sirdaryo "Zakovat" klubi — Sirdaryoda qanchalik qiziq bo'lmasin "Sarbon" jamoasi emas, "Sardoba" jamoasi sarbonlikni o'z qo'liga olgan. Shuningdek, "Lawyers" hamda "Status" jamoalari o'rtasida uchinchi o'rin uchun shafqatsiz raqobat vujudga kelgan.

11. Surxondaryo "Zakovat" klubi — ushbu hududda o'tkazilayotgan kuzgi mavsum profliga o'yinlarida "O'zgacha" jamoasi "Everest" hamda "Ideal Plus"ni ortda qoldirib, birinchi o'rinda bormoqda. "Smart liga"da esa hozircha "Ideal Plus" ikki asosiy raqibini ortda qoldirmqoda.

12. Xorazm "Zakovat" klubi — profliga ishtirokchilari qatnashayotgan har ikki turnida ham "Idrok" yetakchi, "Ishonch" ta'qibdi. "ReMIX UrDU" hamda "Ural" ham yaxshi natijalar ko'rsatmoqda. Birinchi ligada esa "National geographic" va "Mix" g'oliblik uchun qattiq jang qilmoqda.

13. Toshkent viloyati "Zakovat" klubi — ortda qolgan 6 tur natijasiga ko'ra profligada "BizA" jamoasi "Fitrat"ni 5 ochkoga ortda qoldirib, yetakchilikni o'z qo'liga olgan. "Angren" hamda "Mubiyn" uchinchi o'rin uchun asosiy davogar bo'lib turibdi.

🦉Zakovat +

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

Talabalar ligasining 5-turidan so‘ng reyting jadvali

5-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

➖ @zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirida ishtirok etish uchun jo‘natiladigan ariza namunasi

➖ @zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” turnirida qatnashib, 100 mln so‘m egasiga aylaning!

“Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan navbatdagi yangilik!

Aziz o‘qituvchilar, Sizlar uchun va’da qilingan “Zakovat” turniri o‘tkazilishiga oz fursat qoldi!

Turnirda g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagi miqdorda rag‘batlantiriladi:

1-o‘rin uchun - 100 mln so‘m;
2-o‘rin uchun - 60 mln so‘m;
3-o‘rin uchun - 40 mln so‘m.

Turnirda ishtirok etish uchun o‘qituvchilar jamoasi O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turniri nizomiga 1-ilovada keltirilgan ariza namunasini to‘ldirgan holda, ta’lim muassasasi rahbari imzosi hamda tashkilot muhri bilan birgalikda ustoz@zakovat.tv elektron pochtasi orqali ariza yuborishlari lozim.

Turnir va unda qatnashish tartibi haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu havolaga o‘ting.

➖ @zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

O‘quvchilar ligasining 5-turidan so‘ng reyting jadvali

5-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

➖ @zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

#Zakovat #Surxondaryo #Smart_liga

🏆 Viloyatimizdagi birinchi raqamli turnir "Smart liga" musobaqasining 23-oktabr holatiga koʻra turnir jadvali.

🥇 "Ideal Plus" ➖ 108,5 ball
🥈 "Oʻzgacha" ➖ 107,5 ball
🥉 "Everest" ➖ 84,0 ball

📲 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

#Zakovat #Surxondaryo #Professional_liga

🔰 "Zakovat intelektual klubi" NNT tomonidan oʻtkazilayotgan "Surxondaryo professional liga" oʻyinlarining 7-turidan keyingi turnir jadvali.

🥇 "Oʻzgacha" jamoasi 65,0 ball
🥈 "Everest" jamoasi 60,5 ball
🥉 "Ideal Plus" jamoasi 58,5 ball

📲 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

📆 “Smart Liga” kuzgi mavsumi 11-12-tur o‘yinlari #ertaga (23-oktabr, yakshanba) soat 14:00 da Termiz shahridagi “6-maktab” binosida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Iso at-Termiziy koʻchasi,
Moʻljal: Sentr bozori orqa tomoni.

📍Oʻyin boʻlib oʻtadigan manzil (локация).

❓Savollar soni: 24 ta.

🎤 Navbatchi jamoalar:
Salohiddin Odilov va Natus Vincere.

📲
@Surxondaryo_zakovat

Читать полностью…
Subscribe to a channel