surxondaryo_zakovat | Unsorted

Telegram-канал surxondaryo_zakovat - Surxondaryo Zakovat Klubi

1180

"Zakovat intellektual klubi" NNT Surxondaryo hududiy filialining telegramdagi rasmiy kanaliga xush kelibsiz!!! Siz ushbu kanalda viloyatimiz "Zakovat" klubi faoliyatiga oid barcha yangiliklarni kuzatib borasiz. Hududiy koordinator: @SalohiddinOdilov

Subscribe to a channel

Surxondaryo Zakovat Klubi

Olimpiada doirasida erkaklar o‘rtasidagi shaxmat bahslarining 6 turi ortda qoldi

Erkaklar o‘rtasidagi bugungi bahslar yakunlandi. Ayni paytda ayollar o‘rtasidagi bahslar davom etmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

Erudit-kvartet o‘yinining “F” guruh bahslari natijalari

"F" guruhida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Andijon davlat tibbiyot instituti jamoalari keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

Ayni vaqtda Erudit-kvartet o‘yinining guruh bahslari bo‘lib o‘tmoqda

"E" guruhida 2-o‘rin uchun "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Toshkent moliya instituti jamoalari guruhda bir xilda ochko jamladi va g‘olib jamoani aniqlash uchun qo‘shimcha savollarga o‘tildi. Unda "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoasining qo‘li baland keldi.

Videolavhada ushbu jarayonni tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

🔰 Farrux Normurodov – Noyabr oyining eng yaxshi bilimdoni!

⚜ "Zakovat intellektual klubi" NNT Surxondaryo viloyati hududiy filiali tomonidan noyabr oyida oʻz jamoasida va klub oʻyinlarida faol ishtirok etib, viloyatimizdagi birinchi raqamli turnir "Smart liga" musobaqasida "Ideal Plus" jamoasi bilan chempionlikni qoʻlga kiritgan, shuningdek O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turniri respublika bosqichida viloyatimiz jamoalari ichida oʻz jamoasi bilan eng yaxshi natijani koʻrsatgan Farrux Normurodov #Oy_bilimdoni deb topildi.

✅ Maʼlumot oʻrnida, Farrux Normurodov Nuriddin oʻgʻli 1995-yilda Termiz tumanida tugʻilgan. Bugungi kunda Termiz tuman kasb-hunar maktabida oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullanib, yosh avlodga taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

🤝 Fursatdan foydalanib, Farrux ustozni kelajakdagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qolamiz. Yuqori intellekt sizni aslo tark etmasin...

📱 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

O‘quvchilar ligasi qishki mavsumining 1-turidan keyingi reyting jadvali

1-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

“Zakovat” oʻyini boʻyicha Termiz shahrida yirik turnir — Surxondaryo intellektual marafoni o‘tkaziladi.

Joriy yilning 4-dekabr (yakshanba) kuni soat 09:30 dan boshlab “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali “Axborot-resurs” markazida Surxondaryo intellektual marafoni oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Turnirda joriy yilning 6-noyabr sanasigacha roʻyxatdan oʻtgan va 30-noyabr sanasigacha qatnashish istagini bildirib, maxsus guruhga + qoʻygan jamoalar ishtirok etadi.

Turnir har biri 12 ta savoldan iborat bo‘lgan 10 ta turda o‘tkaziladi. Har bir turda bittadan jamoa navbatchilik qiladi. Marafonda navbatchilik qilmaydigan jamoalar musobaqa davomida istalgan bir turni o‘tkazib yuboradi.

Turnirda g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin — 15 million so‘m;
🥈2-o‘rin — 10 million so‘m;
🥉3-o‘rin — 7 million so‘m.

Turnir nizomi bilan 👉🏻 bu yerda 👈🏻 tanishishingiz mumkin.

📲 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

“Zakovat intellektual klubi” NNTdan yana bir ajoyib yangilik!

Endilikda “Zakovat Intervyu” loyihasi doirasida sevimli bilimdonlaringiz bilan intervyular tashkil etib boriladi.

Loyihaning ilk mehmoni - “Zakovat”ning eng tajribali bilimdonlaridan biri Saidkamol Abdurazzoqov bo‘ladi.

Ushbu intervyuni yakshanba (4-dekabr) kuni e’tiboringizga havola etamiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

#Zakovat #Oʻquvchilar_ligasi #Surxondaryo

🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan oʻtkazilayotgan — "O‘quvchilar ligasi" turnirining 1-dekabr (payshanba) kuni boʻlib oʻtgan Surxondaryo viloyati 1-tur natijalari.

👉🏻 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

🎓❄️ Talabalar ligasining qishki mavsumiga bugun start beriladi!

📣 #Bugun 🗓 1-dekabr payshanba kuni ⏰ soat 17:00 da "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan Respublikamizdagi barcha Oliy ta'lim muassasalari jamoalari oʻrtasidagi "Talabalar ligasi" turnirining yangi mavsumi boshlanadi.

📍 Liganing Termiz shahridagi o‘yinlari TerDU tarix fakulteti 310-xonada o‘tkaziladi.

✅ Ishtirok etish uchun "Zakovat intellektual klubi" NNT hududiy koordinatori – @SalohiddinOdilov bilan bog‘lanishlari soʻraladi.

📲 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

Talabalar ligasining qishki mavsumi boshlanmoqda!

Ertaga
(1-dekabr kuni, payshanba) Talabalar ligasining qishki mavsumiga start beriladi.

Qishki mavsum 10 ta turni o‘z ichiga oladi.

Liga o‘yinlari butun respublika bo‘yicha bir vaqtda - har payshanba soat 17:00da bo‘lib o‘tadi.

Ertaga soat 17:00da Liganing qishki mavsumi 1-tur o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Yoshlik kafesida o‘tkaziladi. Toshkentdagi o‘yinlarga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi:

https://forms.gle/uDWBMoUwCh49xsw1A

❗️Eslatma: Qolgan hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari lozim bo‘ladi. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

Ertadan O‘quvchilar ligasining qishki mavsumi boshlanadi!

Ertaga
(1-dekabr kuni, payshanba) O‘quvchilar ligasining qishki mavsumiga start beriladi.

Qishki mavsum 10 ta turni o‘z ichiga oladi.

Liga o‘yinlari butun respublika bo‘yicha bir vaqtda - har payshanba soat 15:00da bo‘lib o‘tadi.

Ertaga soat 15:00da Liganing qishki mavsumi 1-tur o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Yoshlik kafesida o‘tkaziladi. Toshkentdagi o‘yinlarga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi:

https://forms.gle/Sn1aXTh3nrpKyyYD7

❗️Eslatma: Qolgan hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari lozim bo‘ladi. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

2-dekabr kuni Navoiy viloyatida Mahallalar o‘rtasida "Zakovat" turnirining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi!

2-dekabr, juma kuni
Navoiy shahridagi Yoshlar markazi binosida Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumi doirasida Mahallalar o‘rtasida "Zakovat" turnirining Navoiy viloyatidagi hududiy bosqich o‘yini o‘tkaziladi.

O‘yinga soat 11:00da start beriladi. Soat 10:00dan jamoalarni ro‘yxatga olish boshlanadi.

Viloyat bosqichi o‘yinlari 3 turdan iborat bo‘lib, jami 36 ta savol o‘ynaladi.

Ma’lumot uchun, turnirning hududiy bosqichida viloyatdagi barcha tuman (shahar)dan bittadan jamoa ishtirok etadi va eng yuqori natija ko‘rsatgan uchta jamoa respublika bosqichiga yo‘llanma oladi.

❗️Eslatma: Jamoalardan o‘yinga kech qolmasdan yetib borish hamda tegishli mahalla raisi tomonidan tasdiqlangan jamoa arizasi va jamoadagi barchaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatini tashkilotchilarga ko‘rsatishi lozim bo‘ladi. Kech qolgan jamoalar o‘yinga qo‘yilmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

O‘qituvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual turniri haqida Kun.uz maqolasi

👉🏻 Maqolani o‘qish

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

🔥 “Zakovat Quiz” turnesining 29-noyabr kuni Surxondaryoda bo‘lib o‘tgan o‘yinidan ajoyib lahzalar!

👉🏻 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

Ajoyib yangilik!

Toshkent shahrida har hafta “Zakovat Quiz o‘yinlari o‘tkazib kelinayotganidan xabaringiz bor.

Yaqin kunlarda “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda “Zakovat Quiz” turnesi o‘tkaziladi!

“Zakovat Quiz” - bu ko‘ngilochar intellektual o‘yin bo‘lib, unda do‘stlar davrasida mantiqiy, kino va musiqaga oid qiziqarli savollar bilan maroqli vaqt o‘tkazish mumkin.

“Zakovat Quiz” turnesida o‘yinlarga Saidkamol Abdurazzoqov, Jobir Ahmedov, Farrux Rafiqov va Saidakrom Rasulev kabi taniqli va sevimli bilimdonlaringiz boshlovchilik qiladi!

O‘yinlarning o‘tkazilish vaqti haqida keyinroq ma’lumot beramiz.

➖ @zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

Erudit-kvartet o‘yinining “G” guruh bahslari natijalari

"G" guruhida Buxoro davlat tibbiyorg‘t instituti hamda Toshkent davlat yuridik universiteti jamoalari keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

Erudit-kvartet o‘yinining “E” guruh bahslari natijalari

"E" guruhida Toshkent tibbiyot akademiyasi va "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti jamoalari keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

🔥Breyn-ring o‘yinidan ajoyib kadrlar!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

Talabalar ligasi qishki mavsumining 1-turidan keyingi reyting jadvali

1-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

Ligalarda qishki mavsum boshlandi!

1-dekabr sanasidan O‘quvchilar, Talaba-o‘quvchilar va Talabalar ligalarining qishki mavsum o‘yinlariga start berildi.

Kecha har uchala liganing qishki mavsum 1-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar ligasining ilk turida 181 ta maktab jamoasi, Talaba-o‘quvchilar ligasida o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalaridan 60 ta jamoa, Talabalar ligasida esa 211 ta OTM jamoalari ishtirok etdi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

“10-savol” loyihasi boshlanishiga bir soat qoldi!

Bugun soat 19:00da “Zakovat”ning Youtube’dagi rasmiy kanalida “10-savol” loyihasining 12-soni jonli efirda uzatiladi.

O‘yinni kuzatish uchun havola keyinroq beriladi.

Ma'lumot uchun, loyihaning bugungi sonida saralash o‘yini orqali tanlab olingan uch nafar ishtirokchi - Aslbek Norqulov, Sardorbek Abdusodiqov, Nurbek Xo‘jayevlar qatnashadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

#Zakovat #Talabalar_ligasi #Surxondaryo

🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan oʻtkazilayotgan — "Talabalar ligasi" turnirining 1-dekabr (payshanba) kuni boʻlib oʻtgan Surxondaryo viloyati 1-tur natijalari.

👉🏻 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

🎓❄️ Oʻquvchilar ligasining qishki mavsumiga bugun start beriladi!

📣 #Bugun 🗓 1-dekabr payshanba kuni ⏰ soat 15:00 da "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan Respublikamizdagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablari jamoalari oʻrtasidagi "Oʻquvchilar ligasi" turnirining yangi mavsumi boshlanadi.

📍 Viloyatimiz boʻylab ushbu oʻyinlar sinxron ravishda Termiz shahridagi 8-maktabda, Angor tumanidagi 1-maktabda, Boysun tumanidagi 13-maktabda va Uzun tumanidagi 12-maktabda o‘tkaziladi.

✅ Ishtirok etish uchun "Zakovat intellektual klubi" NNT hududiy koordinatori – @SalohiddinOdilov bilan bog‘lanishlari soʻraladi.

📲 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

“Zakovat Quiz” turnesining 29-noyabr kuni Surxondaryoda bo‘lib o‘tgan o‘yinidan hayajonli lahzalar!

G‘olib jamoalar “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va kitoblar bilan taqdirlandi.

O‘yin tafsilotlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

Ertadan Talaba-o‘quvchilar ligasining qishki mavsumi boshlanadi!

Ertaga
(1-dekabr kuni, payshanba) Talaba-o‘quvchilar ligasiga start beriladi.

Ligada yurtimizdagi akademik litsey, kollej, texnikum va kasb-hunar maktablarida tahsil oluvchilar qatnashishi mumkin.

Qishki mavsum 10 ta turni o‘z ichiga oladi.

Liga o‘yinlari butun respublika bo‘yicha bir vaqtda - har payshanba soat 15:00da bo‘lib o‘tadi.

Ertaga soat 15:00da Liganing qishki mavsumi 1-tur o‘yini o‘tkaziladi.

Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari Yoshlik kafesida o‘tkaziladi. Toshkentdagi o‘yinlarga ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi:

https://forms.gle/JHYgTfYtjipLCEMX6

❗️Eslatma: Qolgan hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lganlar "Zakovat" klubining tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari lozim bo‘ladi. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini ushbu havoladan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

O‘qituvchilar o‘rtasida "Zakovat" intellektual turnirining respublika bosqichidan fotosuratlar

👉🏻 1-albom;
👉🏻 2-albom;
👉🏻 3-albom.

➖ @zakovat_photo

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan “Zakovat Quiz” turnesining umumiy jadvali

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

⚡️ “Zakovat Quiz” turnesining Surxondaryodagi o‘yini bo‘lib o‘tdi!

🎉 "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan 29-noyabr kuni Termiz shahridagi "Safran" restoranida bo‘lib o‘tgan "Zakovat Quiz"ning viloyatimizdagi ilk o‘yinida 37 ta jamoa ishtirok etdi.

🔥 Boshlovchi Saidakrom Rasulov tomonidan olib borilgan va qizg‘in raqobatlar ostida kechgan bahsda kuchli uchlikdan quyidagi jamoalar o‘rin oldi:

🥇 1-o‘rin – #TUTUN_CHIQQAN_JOYDAN_QOLMAYDIGANLAR

🥈 2-o‘rin – #YETTI_JAHONGASHTA

🥉 3-o‘rin –
#OʻZGACHA

🎁 G‘olib jamoalarga "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

👉🏻 @Surxondaryo_Zakovat

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

Assalomu-alaykum barcha zakovatchi bilimdonlari
Termiz Davlat Universiteti Tarix Fakulteti zakovat klubi tomonidan tashkil etiladigan intellektual zakovat o‘yinlariga barchani taklif etamiz!!!

Turnirimizga viloyatimizdagi barcha jamoalarni taklif etamiz!!!

🗓 01.11.2022
⏰ 17:50
🧮 savollar soni  16 ta!!!
⏱ 60+10 sekund


Barchangizni Tarix fakulteti binosi 3-qavat 310-xonada kutib qolamiz!!!


Sizni qiziqtirgan savollarga @YANGIBOYEVUZ orqali javob olasiz!!!

@TARIX_ZAKOVAT_TERDU

Читать полностью…

Surxondaryo Zakovat Klubi

Profliga kuzgi mavsum o'yinlarida boshqa hech bir jamoa tomonidan topilmagan savollarni topgan jamoalar:

1. O'zgacha — 1-tur 2-savol;
2. Maqsadlilar — 1-tur 3-savol;
3. Everest — 1-tur 5-savol;
4. Elita — 1-tur 10-savol;
5. Kuch adolatda — 1-tur 12-savol;
6. Maqsadlilar — 1-tur 18-savol;
7. Everest — 1-tur 19-savol;
8. Everest — 1-tur 21-savol;
9. Legion plus — 2-tur 1-savol;
10. O'zgacha — 2-tur 6-savol;
11. O'zgacha — 2-tur 12-savol;
12. Legion plus — 2-tur 19-savol;
13. Ideal plus — 3-tur 1-savol;
14. Everest — 3-tur 10-savol;
15. Elita — 3-tur 19-savol;
16. Everest — 4-tur 3-savol;
17. Everest — 4-tur 7-savol;
18. O'zgacha — 4-tur 9-savol;
19. Legion plus — 4-tur 13-savol;
20. O'zgacha — 4-tur 15-savol;
21. O'zgacha — 4-tur 21-savol;
22. O'zgacha — 4-tur 22-savol;
23. Denov — 4-tur 23-savol;
24. Ideal plus — 5-tur 17-savol;
25. O'zgacha — 5-tur 21-savol;
26. Everest — 5-tur 22-savol;
27. O'zgacha — 6-tur 1-savol;
28. Everest — 6-tur 5-savol;
29. Everest — 6-tur 6-savol;
30. O'zgacha — 6-tur 8-savol;
31. Ideal plus — 6-tur 11-savol;
32. O'zgacha — 6-tur 13-savol;
33. Ideal plus — 6-tur 18-savol;
34. Maqsadlilar — 6-tur 22-savol;
35. Everest — 7-tur 9-savol;
36. O'zgacha — 7-tur 10-savol;
37. O'zgacha — 7-tur 14-savol;
38. Everest — 7-tur 23-savol;
39. O'zgacha — 8-tur 2-savol;
40. Renessans — 8-tur 17-savol;
41. O'zgacha — 8-tur 22-savol;

🌐 @Boysun_zakovat_klubi

Читать полностью…
Subscribe to a channel