"Zakovat intellektual klubi" NNT Surxondaryo hududiy filialining telegramdagi rasmiy kanaliga xush kelibsiz!!! Siz ushbu kanalda viloyatimiz "Zakovat" klubi faoliyatiga oid barcha yangiliklarni kuzatib borasiz. Hududiy koordinator: @SalohiddinOdilov
Kelini “Zakovat”ga borishi uchun yig‘inlaridan voz kechgan qaynona
“Zakovat intervyu” loyihasida mehmon bo‘lgan Rushana Rajabova qaynonasining qo‘llab-quvvatlagani haqida ta’sirli gaplarni aytdi.
👉🏻 To‘liq intervyuni ko‘rish
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❗️ Surxondaryolik bilimdonlar diqqatiga!
❄️ Qishki taʼtil munosabati bilan viloyatimiz boʻylab oʻtkazilishi rejalashtirilgan "Zakovat Quiz" oʻyinining ilk manzillari Sherobod va Bandixon tumanlari boʻladi!!!
📍 Sherobod tumani — 28-dekabr, chorshanba ⏰ soat 15:00da;
Manzil: 8-son musiqa va sanʼat maktabi.
📍 Bandixon tumani — 29-dekabr, payshanba ⏰ soat 10:00da;
Manzil: 17-sonli MFCHOʻI maktabi.
🎤 Boshlovchi: Salohiddin Odilov
✅ Roʻyxatdan oʻtgan jamoalar nomi bilan 👉🏻 bu yerda 👈🏻 tanishishingiz mumkin.
🤝 Qolgan tumanlardagi o‘yinlar haqida keyinroq maʼlumot beriladi.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
Vazirlik va idoralar o‘rtasida “Zakovat” turniri yakunlandi!
Jami 3 tur davom etgan qizg‘in musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇1-o‘rin: Milliy bank jamoasi;
🥈2-o‘rin: Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi jamoasi;
🥉3-o‘rin: Fanlar akademiyasi jamoasi.
G‘olib jamoalarga “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan smart televizorlar topshirildi!
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Ayni vaqtda vazirlik va idoralar o‘rtasida “Zakovat” turniri bo‘lib o‘tmoqda
Turnirda jami 30 ta vazirlik va idoralardan jamoalar ishtirok etmoqda.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#Surxondaryo_statistika
Eslatma:
Ushbu jadvalda Surxondaryo miqyosidagi 2022-yildagi offline turnirlar hisobga olingan!
Natijalarda kamchilik bo'lsa yo qo'shib qo'yilgan bo'lsa
@SalohiddinOdilov ga murojaat qiling!
📲 @Surxondaryo_Zakovat
#Surxondaryo_statistika
Surxondaryo viloyatida tumanlar o'rtasida o'tqazilgan musobaqalar (10 + tumanlar ishtirok etgan offline turnirlar hisobga olindi) 2021 yil iyunidan boshlab hisoblandi!!!
🔲 1. 2021 yil 17-iyun kunlari “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” festivali doirasida tumanlararo zakovat: Termiz tuman 🏆
🔲 2. "Termiz intellektual marafoni"
20.03.2022 Termiz tuman 🏆
🔲 3. 2022 yil 2-aprel Viloyat prokurori sovrini uchun "Zakovat" intellektual oʻyinida
Termiz shahri 🏆
🔲 4. "Sherobod intellektual marafoni"
03.04.2022 Termiz shahri 🏆
🔲 5. 17.04.2022 Qumqoʻrgʻon tumanida "Intellektual marafon"
Termiz shahri 🏆
🔲 6. "Qiziriq intellektual marafoni"
15.05.2022 Termiz tuman 🏆
🔲 7. 18.06.2022 “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali Qiziriq tumani 🏆
🔲 8. 19.06.2022 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual turnirining Surxondaryo viloyati bosqichi
Termiz shahri 🏆
🔲 9. Sariosiyo tumanidagi (Sangardak) "Surxondaryo superkubogi" intellektual turniri
Boysun tumani 🏆
🔲 10. Besh tashabbus olimpiadasining ikkinchi mavsumi doirasida Mahallalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirining Surxondaryo viloyati hududiy bosqichi g'olibi
Qumqo'rg'on tumani 🏆
Hozircha:
Qumqo'rg'on tumanida 1 ta 🏆
Boysun tumanida 1 ta 🏆
Qiziriq tumanida 1 ta 🏆
Termiz tumanida 3 ta 🏆🏆🏆
Termiz shahrida 4 ta 🏆🏆🏆🏆 chempionlik tituli mavjud!!!
Eng ko'p 2-o'rinni olgan tumanlar
Termiz tumani 5 ta 🥈
Sherobod 2 ta🥈
Boysun 1 ta 🥈
Qumqo'rg'on 1 ta 🥈
Denov 1 ta 🥈
Eng ko'p 3-o'rinni olganlar
Boysun 4 ta 🥉
Sherobod 1 ta 🥉
Qumqo'rg'on tumani 1 ta 🥉
Termiz tumani 1 ta 🥉
Termiz shahri 2 ta 🥉
Qiziriq tumani 1 ta 🥉
Termiz tumani hozircha o'tqazilgan 10 ta turnirning 9 tasida sovrindor bo'lib bu borada mutlaq yetakchi:
🏆 3 ta
🥈 5 ta
🥉 1 ta
Termiz shahri oltin medal jamg'arish bo'yicha yetakchi: 4 ta 🥇
Termiz tumani esa Kumush medal jamg'arish bo'yicha yetakchi: 5 ta 🥈
Boysun tumani esa Bronza medal jamg'arish bo'yicha yetakchi: 4 ta 🥉
👉🏻 @Surxondaryo_Zakovat
#Surxondaryo_statistika
Eslatma:
Ushbu jadvalda Surxondaryo miqyosidagi 2022-yildagi offline turnirlar hisobga olingan!
Natijalarda kamchilik bo'lsa
@SalohiddinOdilov ga murojaat qiling!
📲 @Surxondaryo_Zakovat
Oyning eng yaxshi bilimdonlari:
Sentyabr oyi - Shuhrat Safarov (Oʻzgacha) Boysun tumani
Oktyabr oyi - Mirzohid Ernazarov (Everest) Termiz tumani
Noyabr oyi - Farrux Normurodov (Ideal Plus) Termiz tumani
Dekabr oyi - Juma Xudoyorov (Ideal Plus) Angor tumani
Oyning eng yaxshi volontyorlari:
Sentyabr oyi - Behruz Usanov (TerDU) Qiziriq tumani
Oktyabr oyi - Oʻktam Xudoyberdiyev (TerDU) Bandixon tumani
Noyabr oyi - Davron Panjiyev (TMTI) Termiz tumani
Dekabr oyi - Dilshodbek Eshmoʻminov (TerDU) Angor tumani
Oyning eng yaxshi jamoalari:
Sentyabr oyi - Termiz shahar 9-maktab "Renessans" jamoasi
Oktyabr oyi - Sariosiyo tumani 54-maktab "Femida" jamoasi
Noyabr oyi - Qiziriq tumani 36-maktab "Senatorlar" jamoasi
Dekabr oyi - Termiz tumani "Everest" jamoasi
📲 @Surxondaryo_Zakovat
🔰 "Everest" jamoasi – Dekabr oyining eng yaxshi jamoasi!
⚜ "Zakovat intellektual klubi" NNT Surxondaryo viloyati hududiy filiali tomonidan "Zakovat" oʻyini boʻyicha "Surxondaryo intellektual marafoni"da chempionlikni qoʻlga kiritgan Termiz tumanining "Everest" jamoasi #Oy_jamoasi deb topildi.
Jamoa aʼzolari bilan tanishing:
Dilmurod Usmonov - oliy toifali oʻqituvchi
Xusan Usmonov - oliy toifali oʻqituvchi
Nazirbek Egamov - oliy toifali oʻqituvchi
Sherali Tursunov - TAIRI oʻqituvchisi
Bobuqulov Qobil - Termiz shahar 3-IMI oʻqituvchisi
Mirzohid Ernazarov - Termiz davlat pedagogika instituti doktoranti
Oʻktam Rajabov - oliy toifali koʻz shifokori
🤝 Fursatdan foydalanib, ushbu jamoadagi barcha ustozlarimizning kelajakdagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qolamiz. Intellektual qobiliyat sizlarni aslo tark etmasin...
📲 @Surxondaryo_Zakovat
✅ "Zakovat Quiz" oʻyinining tuman(shahar)lardagi oʻyinlari uchun quyidagi jamoalar roʻyxatdan oʻtdi:
Quvnoqlar (Bandixon tumani)
Zukkolar (Bandixon tumani)
Evrika (Bandixon tumani)
The best (Bandixon tumani)
Bandixon (Bandixon tumani)
Oʻzgacha (Bandixon tumani)
Everest (Sherobod tumani)
Renessans (Sherobod tumani)
Zukkolar (Sherobod tumani)
Oʻzgacha (Sherobod tumani)
Mirzo Ulugʻbek (Sherobod tumani)
Financier (Denov tumani)
Astrum (Denov tumani)
Intellekt (Denov tumani)
Denov (Denov tumani)
Femida (Sariosiyo tumani)
Universal & Targʻibot (Sariosiyo tumani)
Yuksalish (Sariosiyo tumani)
Paradox (Uzun tumani)
Geotarix (Qiziriq tumani)
Titanikdan omon qolganlar (Qiziriq tumani)
Yetti jahongashta (Termiz tumani)
Avatar: Uchqizil yoʻli (Termiz tumani)
Hakkerlar (Muzrabot tumani)
Porijliklar (Jarqoʻrgʻon tumani)
Beklar (Qumqoʻrgʻon tumani)
📲 Roʻyxatdan oʻtish davom etadi...
👉🏻 @Surxondaryo_Zakovat
Intellektual olimpiada fotosuratlari
1-kun;
2-kun;
3-kun;
4-kun.
➖ @zakovat_photo ➖
🔥 Kutib oling – Surxondaryoda umumiy sovrin jamgʻarmasi 20 million soʻm boʻlgan “Zakovat” oʻyini boʻyicha hududiy intellektual turnir bo‘lib o‘tadi!
🥳 Hurmatli “Zakovat” intellektual oʻyinlarining viloyatimizdagi ixlosmandlari sizlarni yana bir sovrinli turnirda kutib qolamiz!
📝 O‘yinda ishtirok etish uchun jamoalar 👉🏻https://zakovatklubi.uz/tournaments/181 manzili orqali roʻyxatdan oʻtishi kerak boʻladi.
💰❌ Oʻyinda ishtirok etish – bepul.
🏆 Turnirda g‘olib bo‘lgan jamoalar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin — 10 million so‘m;
🥈2-o‘rin — 6 million so‘m;
🥉3-o‘rin — 4 million so‘m.
⏰ 36 ta savol oʻynaladigan ushbu hududiy turnir joriy yilning 21-dekabr (chorshanba) kuni Termiz shahrida soat 17:00 da boshlanadi.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
❗️Eslatma: Bugungi "Erudit-kvartet" turnirida ishtirok etadigan jamoalardan o‘yinga kechikmasdan kelishlarini, o‘yinda qatnasha olmasliklari ma’lum bo‘lganda bu haqda ertaroq xabardor qilishlarini so‘raymiz.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
❗️ Hududiy intellektual turnirlarda "Zakovat" intellektual klubi NNTning hodimlari va Toshkent zakovat klubi professional ligasi jamoalari tarkibidagi bilimdonlar ishtirok etishi mumkin emas. Bu Nizomga qo'shimcha sifatida Tashkiliy guruh qarori bilan tasdiqlangan.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
Hurmatli tadbirkorlar!
«Zakovat intellektual klubi» NNT texnik vositalar xarid qilish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi.
“Yoshlar uchun sport, madaniy-ma’rifiy va intellektual o‘yinlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan yopiq majmua” binosini zamonaviy jihozlash maqsadida «Zakovat intellektual klubi» NNT tomonidan texnik qurilmalarni xarid qilish rejalashtirilmoqda.
👉🏻 Batafsil ma’lumot
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Talabalar ligasi qishki mavsumining 2-turidan keyingi reyting jadvali
2-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini bilmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Vazirlik va idoralar o‘rtasida “Zakovat” turnirining yakuniy natijalari
3 turdan so‘ng, Fanlar akademiyasi va Ichki ishlar vazirligi jamoalari bir xil ochko to‘plab, 3-o‘rin uchun birday da’vogar bo‘lib qolgani tufayli, qoidaga ko‘ra, ushbu jamoalar o‘rtasida qo‘shimcha savollar o‘ynaldi va unda Fanlar akademiyasi jamoasining qo‘li baland keldi.
Izoh: sariq rangdagi ochkolar apellyatsiyadan keyin qo‘shilgan.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❗️ Sherobodlik bilimdonlar diqqatiga!
📣 Fevral oyidan buyon "Sherobod zakovat klubi" qoshida oʻtkazib kelinadigan "Zakovat" intellektual oʻyinlari doirasidagi "Sherobod ligasi" uchinchi mavsumining yakuniy final bahsiga marmahat. Final oʻyini joriy yilning 28-dekabr, chorshanba kuni soat 13:30 dan boshlab Sherobod tumanidagi 8-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida oʻtkaziladi. Unda ishtirok etish uchun 6 kishidan iborat jamoa tuzib kelishingiz kerak boʻladi.
📍 Moʻljal: Taroqli mahallasi, Imom Termiziy ziyoratgohi yoʻlida, 27-maktabga yetmasdan chap tomonda (lokatsiya)
🎤 Turnirning final oʻyinini "Zakovat intellektual klubi" NNT Surxondaryo viloyati hududiy koordinatori Salohiddin Odilov oʻtkazib beradi.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
Vazirlik va idoralar o‘rtasida “Zakovat” turnirida qatnashuvchi jamoalar ro‘yxati
Turnir ertaga, 27-dekabr kuni soat 10:00 da boshlanadi. Soat 09:30 da jamoalarni ro‘yxatga olish boshlanadi.
Manzil: 41.3145093,69.2718145,17.52z/data=!4m5!3m4!1s0x38ae8b3b2aad2add:0x1e99c186f53d5b24!8m2!3d41.3149454!4d69.272629">Yoshlar ijod saroyi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#Surxondaryo_statistika
Eslatma:
Ushbu jadvalda Surxondaryo miqyosidagi 2022-yildagi offline turnirlar hisobga olingan!
Natijalarda kamchilik bo'lsa
@SalohiddinOdilov ga murojaat qiling!
📲 @Surxondaryo_Zakovat
#Surxondaryo_statistika
Eslatma:
Ushbu jadvalda Surxondaryo miqyosidagi 2022-yildagi offline turnirlar hisobga olingan!
Natijalarda kamchilik bo'lsa
@SalohiddinOdilov ga murojaat qiling!
📲 @Surxondaryo_Zakovat
🔥 Yilning eng yaxshilarini esa 30-dekabr sanasida eʼlon qilamiz va 5 ta nominatsiya sohiblariga Termiz shahrida "Zakovat intellektual klubi" NNT tomonidan sovgʻalar topshiriladi.
➖ "Yilning eng kuchli bilimdoni"
➖ "Yilning eng kuchli ayol bilimdoni"
➖ "Yilning eng faol koordinatori"
➖ "Yilning eng kuchli jamoasi"
➖ "Yil kashfiyoti"
❓ Sizningcha bu nominatsiyalarga kim(lar) munosib?
📲 @Surxondaryo_Zakovat
🔰 Dilshodbek Eshmoʻminov – Dekabr oyining eng yaxshi volontyori (koordinatori)
⚜ "Zakovat intellektual klubi" NNT Surxondaryo viloyati hududiy filiali tomonidan dekabr oyida samarali faoliyat yuritgan Termiz davlat universiteti koordinatori Dilshodbek Eshmoʻminov #Oy_volontyori deb topildi.
✅ Maʼlumot oʻrnida, Dilshodbek Eshmoʻminov Jumanazar oʻgʻli 2001-yilda Angor tumanida tugʻilgan. Bugungi kunda Termiz davlat universiteti 3-bosqich talabasi hisoblanadi.
🤝 Fursatdan foydalanib, Dilshodbekning kelajakdagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qolamiz. Tashabbuskorlikni sizni aslo tark etmasin...
📲 @Surxondaryo_Zakovat
🔰 Juma Xudoyorov – Dekabr oyining eng yaxshi bilimdoni!
⚜ "Zakovat intellektual klubi" NNT Surxondaryo viloyati hududiy filiali tomonidan dekabr oyida oʻz jamoasida va klub oʻyinlarida faol ishtirok etib, "Zakovat" oʻyini boʻyicha Surxondaryo viloyati hududiy intellektual turnirida "Ideal Plus" jamoasi bilan 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan Juma Xudoyorov #Oy_bilimdoni deb topildi. Eʼtiborli tomoni dekabr oyida Juma Xudoyorov naqd uch marotaba Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Respublika miqyosidagi turnirlar(mahalla turniri, Intellektual olimpiada, Oʻzbekiston chempionati)da ishtirok etib qaytdi.
✅ Maʼlumot oʻrnida, Juma Xudoyorov Tilovmurodovich 1996-yilda Angor tumanida tugʻilgan. Bugungi kunda Angor tumanidagi 37-maktabda oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullanib, yosh avlodga taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.
🤝 Fursatdan foydalanib, Juma ustozni kelajakdagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qolamiz. Yuqori intellekt sizni aslo tark etmasin...
📲 @Surxondaryo_Zakovat
“Zakovat” o‘yinining sportcha versiyasi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati haqida “Yoshlar” telekanali reportaji
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❗️“Zakovat” oʻyini boʻyicha Surxondaryo viloyati hududiy intellektual turnirida ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
✅ 21-dekabr (chorshanba) kuni soat 17:00 da Termiz shahri boʻlib oʻtadigan umumiy sovrin jamgʻarmasi 20 million soʻm boʻlgan ushbu oʻyinga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin:
👇🏻
https://zakovatklubi.uz/tournaments/181
➖ Yangi jamoa yaratgan holda ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan 👉🏻 bu yerda 👈🏻 tanishish mumkin.
➖ Platformada avvaldan mavjud bo‘lgan jamoani ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi haqida 👉🏻 bu yerda 👈🏻 tanishish mumkin.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
✅ Umumiy sovrin jamgʻarmasi 20 million soʻm boʻlgan oʻyinga hozircha 6 ta jamoa roʻyxatdan oʻtdi.
1. Ideal plus
2. Oʻzgacha
3. Everest
4. Legion plus
5. Golden heart
6. Zamon yoshlari
👉🏻 Eslatma, roʻyxatdan oʻtish uchun tarkibda kamida 5 ta bilimdon boʻlishi kerak.
❗️Shoshiling joylar soni cheklangan.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
Intellektual olimpiadada porlagan Nazokat Abdusayitovadan qisqa intervyu
Nazokat Abdusayitova Intellektual olimpiadada shaxsiy sovrin yutmagan bo‘lsa-da, Shaxsiy o‘yin va Erudit-kvartetdagi yorqin ishtiroki bilan o‘zi o‘qiydigan Toshkent davlat pedagogika universiteti hisobiga muhim ochkolarni keltirib, universitetining umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallashiga katta hissa qo‘shdi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
✅ Umumiy sovrin jamgʻarmasi 20 million soʻm boʻlgan oʻyinga hozircha beshta jamoa roʻyxatdan oʻtgan!
❗️Shoshiling joylar soni cheklangan.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
Hurmatli tadbirkorlar!
«Zakovat intellektual klubi» NNT texnik vositalar xarid qilish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi.
Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallagan oliy ta’lim muassasalarini 100 ta monoblok va 100 ta noutbuk ko‘rinishidagi Prezident sovg‘asi bilan taqdirlash maqsadida «Zakovat intellektual klubi» NNT tomonidan mazkur kompyuter texnikalarini xarid qilish rejalashtirilmoqda.
👉🏻 Batafsil ma’lumot
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok