"Zakovat intellektual klubi" NNT Surxondaryo hududiy filialining telegramdagi rasmiy kanaliga xush kelibsiz!!! Siz ushbu kanalda viloyatimiz "Zakovat" klubi faoliyatiga oid barcha yangiliklarni kuzatib borasiz. Hududiy koordinator: @SalohiddinOdilov
#Anons
📺 Surxondaryo teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatib kelinayotgan "10×10" intellektual oʻyinining navbatdagi sonini bugun soat 18:00 dan boshlab Surxondaryo TV kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.
💥 Bugungi bahsda 2022-yilning "Eng kuchli bilimdoni" Farrux Normurodov boshchiligidagi Termiz tumani 32-maktabning "Ustozlar" jamoasi ishtirok etadi.
💻 Koʻrsatuvni telegramdagi ushbu havola orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin.
👇🏻
/channel/tvsurxon?livestream
📲 @Surxondaryo_Zakovat
🔥 Qumqoʻrgʻonlik zakovatchi yoshlar tayyor turing! Siz uchun ajoyib yangilik tayyorlashga hozir turibmiz...
Batafsil tez orada eʼlon qilamiz!
📲 @Surxondaryo_Zakovat
📣 DIQQAT! Surxondaryo zakovat klubi viloyatimizda professional va raqobatbardosh jamoalarni shakllantirish maqsadida "Intellektual kasting" eʼlon qiladi!
Bilamizki ichki chempionatlarimizda 4 ta jamoa (Everest, Ideal Plus, Oʻzgacha, Maqsadlilar & Nobel) alohida ajralib qolgan. Bu esa salkam 3 million aholisi bor viloyat uchun kamlik qiladi. Yaʼni bu jamoalar doimiy ravishda barcha turnirlarni oʻtkazib yubormasdan qatnashib kelishmoqda. Bu koʻproq Ispaniya LaLigasiga oʻxshab ketadi. U yerda ham Real yoki Barsa, kezi kelsa Atletiko oʻzini koʻrsatib qoladi. Bu yaxshi albatta, biroq 4 ta jamoa oʻrtasida raqobatdan koʻra salkam 10 ta jamoa raqobat qiladigan chempionatga nima yetsin. Masalan APLga oʻxshab.
Bu borada transferlarni ham ochiq deb aytgandik. Lekin jiddiy ravishda hech kim yangilik qilmadi. Men "S-team"ni yaratdim, Zuxriddin "Olimpik"ni haliyam filtr qilib yuribdi. "Elita", "Imperiya", "Legion Plus", "Denov" kabi jamoalar esa umuman koʻrinmay qoldi. "Qiziriq", "Bandixon" kabi tuman jamoalari oʻzini koʻrsatish uchun harakat qilmoqda.
Biz esa oʻsha jamoalarga omad tilagan holda, endi doimiy ravishda turnirlarda qatnasha oladigan yangi jamoalarni yaratmoqchimiz. "S-team" dek jamoalar koʻproq boʻlishi kerak. Yaʼni jamoasi yoʻq yoki doimiy ravishda yuqori ligalarda oʻynashni istagan bilimdonlar uchun alohida jamoalar shakllantiriladi. Har bir jamoa uchun bilimli yoshlar jalb qilinadi.
"Intellektual kasting" qachon va qayerda boʻlib oʻtishi haqida nasib qilsa qorlar erishi bilan xabardor qilamiz! Ungacha bir toʻxtamga kelib olishingiz mumkin.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
🔥 G‘alaba zavqi!
🎥 Videoda Qumqoʻrgʻon shahrida boʻlib oʻtgan "Surxon Quiz" birinchi mintaqa birinchi oʻyinida gʻalaba qozongan Sariosiyo tumanining “Shest sekundda yigʻildik” jamoasining xursandchiliklari aks etgan.
✍🏻 P.S. Hatto 💡 tok oʻchib qolishi ham bu oʻyinlarni yakuniga yetkazib qoʻyishga halaqit qilmadi. Barakalla oʻzimizning qahramonlar!
📲 @Surxondaryo_Zakovat
“Zakovat viktorinasi” 1-kun 1-savoli joylanishiga 5 daqiqa qoldi!
Javoblar quyidagi botga jo‘natiladi:
@zakovat_intellektual_bot
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Ertaga O‘quvchilar, Talaba-o‘quvchilar va Talabalar ligasi o‘yinlari o‘tkazilmaydi
Ertaga, 5-yanvar kuni O‘quvchilar, Talaba-o‘quvchilar va Talabalar ligasi qishki mavsumi o‘yinlari o‘tkazilmaydi.
Keyingi tur o‘yinlarining sanasi va vaqti haqida keyinroq xabar beriladi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
“Zakovat Intervyu” loyihasining navbatdagi soni YouTube kanalimizga joylandi!
🍿Loyihaning navbatdagi mehmoni — “Zakovat”ning ilk ayol bilimdoni Zebo Shomirova!
👉🏻 Intervyuni tomosha qilish
🙏🏻 Hurmatli “Zakovat” ixlosmandlari, yangi loyihamiz yanada ommalashishi uchun YouTube'da ushbu videoga layk bosishni unutmang!
❓Loyihaning keyingi mehmoni kim bo‘lishini xohlaysiz? Unga savollaringiz bormi? - Bu boradagi fikrlaringizni YouTube'dagi video ostida izoh sifatida yozib qoldiring. Biz, albatta, fikrlaringizni inobatga olamiz!
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#Yil_laureatlari
✅ “Zakovat intellektual klubi” NNT Surxondaryo viloyati klubida quyidagi nominatsiya bo‘yicha yilning eng yaxshisi aniqlandi:
🏆 “Yilning eng kuchli bilimdoni”
Farrux Normurodov Nuriddin oʻgʻli
🔰 Ideal Plus jamoasi aʼzosi
📲 @Surxondaryo_Zakovat
#Yil_laureatlari
✅ “Zakovat intellektual klubi” NNT Surxondaryo viloyati klubida quyidagi nominatsiya bo‘yicha yilning eng yaxshisi aniqlandi:
🏆 “Yil kashfiyoti”
Shuhrat Tojiyevich Safarov
🔰 Boysun tumani va Oʻzgacha jamoasi aʼzosi
📲 @Surxondaryo_Zakovat
🎉 “Zakovat intellektual klubi” NNT Surxondaryo viloyati klubida “Yilning eng kuchli jamoasi” nominatsiyasi uchun quyidagi nomzodlar taklif qilindi:
“Boysun” jamoasi
“Everest” jamoasi
“Ideal Plus” jamoasi
“Maqsadlilar & Nobel” jamoasi
“Oʻzgacha” jamoasi
🎁 Gʻolib ushbu nomzodlar ichidan tanlanadi va 31-dekabr kuni eʼlon qilinadi. Eng yaxshi deb topilgan jamoaga ilm ramzi hisoblanmish lavh topshiriladi.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
🎉 “Zakovat intellektual klubi” NNT Surxondaryo viloyati klubida “Yilning eng kuchli ayol bilimdoni” nominatsiyasi uchun quyidagi nomzodlar taklif qilindi:
Dilafruz Almardonova (Oʻzgacha jamoasi, Sherobod tumani)
Gulhayo Abdijalilova (Oʻzgacha jamoasi, Bandixon tumani)
Lobar Xolmuratova (Maqsadlilar & Nobel jamoasi, Bandixon tumani)
Xolida Jovliyeva (Natus Vincere jamoasi, Termiz shahri)
Xurshida Jalilova (Boysun jamoasi, Boysun tumani)
🎁 Gʻolib ushbu nomzodlar ichidan tanlanadi va 31-dekabr kuni eʼlon qilinadi. Eng yaxshi deb topilgan bilimdonga ilm ramzi hisoblanmish lavh topshiriladi.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
🎉 “Zakovat intellektual klubi” NNT Surxondaryo viloyati klubida “Yilning eng faol koordinatori” nominatsiyasi uchun quyidagi nomzodlar taklif qilindi:
Abdirauf Hamrayev (PTMA Sherobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabi va Sherobod tumanidagi 1-maktab koordinatori)
Behruzbek Usanov (Qiziriq tumani koordinatori)
Davron Panjiyev (Termiz muhandislik-texnologiya instituti koordinatori)
Dilshodbek Eshmoʻminov (Termiz davlat universiteti koordinatori)
Oʻktam Xudoyberdiyev (Bandixon tumani koordinatori)
🎁 Gʻolib ushbu nomzodlar ichidan tanlanadi va 31-dekabr kuni eʼlon qilinadi. Eng yaxshi deb topilgan koordinatorga ilm ramzi hisoblanmish lavh topshiriladi.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
Сифатли таълим вақти келди
—
Пришло время качественного образования
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
⚡️ Bandixon tumanida "Zakovat Quiz" o‘yini bo‘lib o‘tdi!
🎉 29-dekabr, payshanba kuni PTMA Bandixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib o‘tgan "Zakovat Quiz" oʻyinlarini "Zakovat intellektual klubi" NNT Surxondaryo viloyati hududiy koordinatori: Salohiddin Odilov olib bordi. Qizg‘in raqobatlar ostida kechgan bahsda kuchli uchlikdan quyidagi jamoalar o‘rin oldi:
🥇 1-o‘rin – #BANDIXON
🥈 2-o‘rin – #TITANIKDAN_OMON_QOLGANLAR
🥉 3-o‘rin – #MILLIY
✅ G‘olib jamoalar oʻyinlarning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
🤩 Diqqat yangilik! Endi 2023-yildan boshlab har hafta viloyatimizda Quiz oʻyinlari "S-Quiz" nomi bilan turnir shaklida boʻlib oʻtadi. Ushbu oʻyin qoidalari bilan ushbu faylda tanishib chiqishingiz mumkin. Barcha talabalar taʼtildan qaytishi bilanoq Termiz shahrida oʻyinlarimizga start beriladi!!!
🎁 Quiz oʻyinlari haqida tasavvurga ega boʻlmoqchi boʻlganlarni esa qishki taʼtil davomida viloyatimizning Sherobod, Bandixon, Qiziriq, Qumqorgʻon va Denov tumanlarida boʻlib oʻtadigan bepul oʻyinlarimizga taklif qilamiz!
📲 @Surxondaryo_Zakovat
#Diqqat! "Shaxsiy oʻyin" boʻyicha Surxondaryo viloyati chempionati 1-mavsumiga start berilmoqda!!!
Dastlab, ushbu oʻyinlarda savol tuza olish layoqatiga ega klubimiz bilimdonlarini biz bilan aloqaga chiqib navbatchilikga yozilishlarini soʻrab qolamiz. Navbatchilik qiladigan bilimdonlarga qoʻshimcha ustunlik beriladi. Mavsum yakunida gʻoliblar va navbatchilar munosib ragʻbatlantiriladi.
Navbatchilik uchun joylar soni cheklangan. 10 nafar bilimdon qabul qilinadi. Vaqti, bilimi va qobiliyati bor klubimiz aʼzolarini @SalohiddinOdilov manziliga murojaat qilishlarini soʻrab qolamiz.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
❗️ "Intellektual kasting" uchun oʻz jamoasiga bilimdonlar izlayotgan jamoalar boʻlsa @SalohiddinOdilov manziliga murojaat qilishlari soʻraladi. Murojat qilayotgan jamoalar viloyat turnirlarida ishtirok etib kelgan jamoalar boʻlishi kerak. Masalan, Ideal Plus, Imperiya, Elita va hokazo. Jamoani muntazam qatnashib kelgan yoki kelmaganini tabiiyki "Zakovat" intellektual klubi NNT Surxondaryo viloyati hududiy koordinatori: S.Odilov aniqlab oladi.
P.S. endi har bir jamoadagi bilimdonlar roʻyxatdan oʻtkaziladi va doimiy ravishda yoʻqlama qilib boriladi. Klub oʻyinlarida koʻrinish bermay qolgan jamoalarni va bilimdonlarni vaqtinchalik jarima bilan chetlashtirib turish qoidasini ishga solamiz. Maqsad: jonli jamoalar sonini koʻpaytirish.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
🔥 "Zakovat" intellektual klubi yosh iqtidorlarni kashf etishda davom etadi...
✅ Joriy yilning 7-yanvar kuni Sariosiyo tumanida boʻlib oʻtgan "Zakovat Quiz" oʻyinlarida Denov tumanining "Irfon" jamoasi tarkibida 1-sinf oʻquvchisi Sultonali Isomiddinov ham ishtirok etdi. Koʻngil ochar oʻyinda ushbu yosh zakovatchimiz jamoasiga yordam berishga harakat qildi.
🤝 P.S. Umid qilamizki Sultonalibek kelajakda yurtimizning koʻzga koʻringan zakovat bilimdonlaridan biriga aylanadi.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
“Zakovat viktorinasi” 1-kun 1-savoli
Javoblar quyidagi botga jo‘natiladi:
@zakovat_intellektual_bot
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
❗️❗️❗️“Zakovat viktorinasi” ishtirokchilari diqqatiga!
Bugun soat 10:00da kanalimizda 1-savol joylanishidan avval bot (@zakovat_intellektual_bot) orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi (avval ro‘yxatdan o‘tganlardan bu talab etilmaydi).
Viktorina g‘oliblariga kitoblar topshirilishidan avval ularning shaxsiga aniqlik kiritiladi. Shu tufayli, ro‘yxatdan o‘tishda ma'lumotlarni to‘liq va to‘g‘ri kiritish lozim bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tishda kiritilgan ma'lumotlar bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardagi ma'lumotlarda farq kuzatilsa, ishtirokchining natijalari bekor qilinadi.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Kecha “Zakovat intervyu” loyihasida Zebo Shomirova bilan intervyuni muxlislarimizga taqdim etdik.
Intervyudan so‘ng, Zebo Shomirovaning “Zakovat”dagi o‘yinlarini ko‘rmaganlar va ko‘rishga qiziqib qolganlar, shuningdek, uning o‘yinlaridan yana bir bor zavq olishni xohlaganlar uchun quyidagi ikkita o‘yinni e’tiboringizga havola etamiz:
1-o‘yin. Habibullo Rajabov jamoasi o‘yini (2001-yil).
2-o‘yin. Habibullo Rajabov jamoasi o‘yini (2002-yil).
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#Yil_laureatlari
✅ “Zakovat intellektual klubi” NNT Surxondaryo viloyati klubida quyidagi nominatsiya bo‘yicha yilning eng yaxshisi aniqlandi:
🏆 “Yilning eng kuchli jamoasi”
Everest jamoasi
🔰 Termiz tumani
📲 @Surxondaryo_Zakovat
#Yil_laureatlari
✅ “Zakovat intellektual klubi” NNT Surxondaryo viloyati klubida quyidagi nominatsiya bo‘yicha yilning eng yaxshisi aniqlandi:
🏆 “Yilning eng kuchli ayol bilimdoni”
Xurshida Muzaffarovna Jalilova
🔰 Boysun tumani jamoasi aʼzosi
📲 @Surxondaryo_Zakovat
#Yil_laureatlari
✅ “Zakovat intellektual klubi” NNT Surxondaryo viloyati klubida quyidagi nominatsiya bo‘yicha yilning eng yaxshisi aniqlandi:
🏆 “Yilning eng faol koordinatori”
Davron Panjiyev Shokir oʻgʻli
🔰 Termiz muhandislik-texnologiya institutida “Zakovat” intellektual oʻyinlarini o‘tkazish boʻyicha mas’ul koordinator
📲 @Surxondaryo_Zakovat
🎉 “Zakovat intellektual klubi” NNT Surxondaryo viloyati klubida “Yilning eng kuchli bilimdoni” nominatsiyasi uchun quyidagi nomzodlar taklif qilindi:
Farrux Normurodov (Ideal Plus jamoasi, Termiz tumani)
Ilhombek Yangiboyev (Oʻzgacha jamoasi, Qiziriq tumani)
Juma Xudoyorov (Ideal Plus jamoasi, Angor tumani)
Mirzohid Ernazarov (Everest jamoasi, Termiz tumani)
Romish Salimov (Natus Vincere jamoasi, Angor tumani)
🎁 Gʻolib ushbu nomzodlar ichidan tanlanadi va 31-dekabr kuni eʼlon qilinadi. Eng yaxshi deb topilgan bilimdonga ilm ramzi hisoblanmish lavh topshiriladi.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
🎉 “Zakovat intellektual klubi” NNT Surxondaryo viloyati klubida “Yil kashfiyoti” nominatsiyasi uchun quyidagi nomzodlar taklif qilindi:
Dilmurod Usmonov (Everest jamoasi, Termiz tumani)
Zuxriddin Jumayev (Maqsadlilar & Nobel jamoasi, Qumqoʻrgʻon tumani)
Oʻktam Rajabov (Everest jamoasi, Termiz tumani)
Gʻolibjon Omonov (Maqsadlilar & Nobel jamoasi, Sariosiyo tumani)
Shuhrat Safarov (Boysun-Oʻzgacha jamoasi, Boysun tumani)
🎁 Gʻolib ushbu nomzodlar ichidan tanlanadi va 31-dekabr kuni eʼlon qilinadi. Eng yaxshi deb topilgan bilimdonga ilm ramzi hisoblanmish lavh topshiriladi.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
“Zakovat” - faqat yoshlar o‘yini emas
Yaqinda bo‘lib o‘tgan hududiy “Zakovat” o‘yinlaridan keyin ba’zi kuzatuvchilar turnirlarda keksa yoshli ishtirokchilar ham qatnashayotganiga e’tibor qaratdi. Ammo bu holat yangilik emas.
Xususan, Navoiy viloyatidagi o‘yinda qatnashgan 64 yoshli Rauf Asanov Navoiy klubining doimiy a’zosi hisoblanadi va klub o‘yinlarida ham muntazam qatnashib boradi. Rauf Asanov Navoiy viloyatida faqat intellektual o‘yinlar bilan cheklanmay, yoshlar orasida futbol musobaqalarini tashkil etishda ham tashabbus ko‘rsatib, ularni o‘z hisobidan sovg‘alar bilan rag‘batlantirganiga ham guvoh bo‘lish mumkin.
Samarqandlik 74 yoshli otaxon bilimdon - Hamdullo Hojiyev ham Samarqand viloyatida tashkil etiladigan yirik intellektual turnirlarda qoldirmay qatnashadi. Hamdullo boboni ba’zilar 2021-yil martida Samarqand viloyatidagi Breyn-ring musobaqasining eng keksa ishtirokchisi bo‘lgani bilan eslab qolgan. O‘sha vaqtda otaxon Breyn-ringga qiziqishi ortidan turnirning eng keksa ishtirokchisi sifatida 10 mln so‘m bilan rag‘batlantirilgani ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘lgandi.
Hamdullo bobo “Zakovat”da o‘z savollari bilan ham ishtirok etib keladi. Bunga misol sifatida 2019-yil finalida otaxonning Saidakrom Rasulev jamoasiga qarshi ishtirok etganini keltirish mumkin.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#Tashrif
🔰 "Zakovat intellektual klubi" NNT Surxondaryo viloyati hududiy koordinatori S.Odilov tumanlardagi zakovat klublari faoliyatini oʻrganish maqsadida viloyatimiz markazidan olisda joylashgan Bandixon tumanida boʻldi.
⚜ 29-dekabr kuni "Bandixon zakovat klubi"ning faol aʼzolari bilan Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida uchrashuv tashkil etildi. Maktab oʻquvchilari, talabalar va boshqa kasb vakillari ishtirok etgan ushbu master-klass davomida klubdagilar uchun Quiz oʻyini oʻtkazildi. Tashrif davomida "Zakovat intellektual klubi" NNT hududiy koordinatori Bandixonlik zakovatchilarning kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab, kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy muborakbod etdi. Bu kabi uchrashuvlar qishki taʼtil davomida Qiziriq, Qumqorgʻon va Denov tumanlarida ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
⚡️ Sherobod tumanida "Zakovat Quiz" o‘yini bo‘lib o‘tdi!
🎉 28-dekabr, chorshanba kuni Sherobod tumanidagi 3-sektor binosida bo‘lib o‘tgan "Zakovat Quiz" oʻyinlarini "Zakovat intellektual klubi" NNT Surxondaryo viloyati hududiy koordinatori: Salohiddin Odilov olib bordi. Qizg‘in raqobatlar ostida kechgan bahsda kuchli uchlikdan quyidagi jamoalar o‘rin oldi:
🥇 1-o‘rin – #UZOQDAN_KELGANLAR
🥈 2-o‘rin – #RENESSANS
🥉 3-o‘rin – #OʻZGACHA
✅ G‘olib jamoalar oʻyinlarning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
📲 @Surxondaryo_Zakovat
✅ "Zakovat Quiz"ning #bugun soat ⏰ 15:30 da boshlanadigan #Sherobod tumanidagi ochilish o‘yini uchun ro‘yxatdan o‘tgan jamoalar bilan tanishing:Everest
Renessans
Zukkolar
Oʻzgacha
Mirzo Ulugʻbek
Aristokratlar
Adrenalin
At-Termiziy
Liderlar
Sherobod tumani 46-maktab
Evrika
Mediklar
📌 Bugungi bahs Sherobod tumanidagi 8-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida boʻlib oʻtadi.
📍Manzil: lokatsiya.
💵❌ O‘yinda ishtirok etish — bepul.
🎤 Boshlovchi — Salohiddin Odilov.
👥 Jamoa tarkibi 6 kishidan kam, 8 kishidan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Ro‘yxatdan o‘tgan jamoalardan o‘yinga kechikmasdan kelishlarini, o‘yinda qatnasha olmasliklari ma’lum bo‘lganda bu haqda ertaroq xabardor qilishlarini so‘raymiz.
📲 @Surxondaryo_Zakovat