surxonvmmtb | Unsorted

Telegram-канал surxonvmmtb - Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

55717

Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/ Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot

Subscribe to a channel

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Shaxmat festivali

✅ Bugun Angor tuman Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi, tumandagi Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari hamda "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamkorligida "Shaxmat festivali" musobaqasi o‘tkazildi.

✔️ Tadbirda maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda "Barkamol avlod"  bolalar maktabining to‘garak a'zolari ishtirok etishdi.

🦋 Ushbu musobaqani tashkil etishdan maqsad, o‘quvchi-yoshlarni ona vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, shaxmatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.

Sana: 12.06.2024 yil

🌍 Kanalga ulanish: https://t.me/surxondaryoviloyatbabm

Telegram| Facebook| Instagram|Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Bugun Termiz shahridagi 11-umumta'lim maktabida shahardagi umumta'lim, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari hamda hisobchilari uchun "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🔘Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov, boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurash kompleans nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi, yuridik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

☑️Dastlab yig‘ilganlar e'tiboriga "Nafs iskanjasida" nomli film namoyish etildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

12 июнь – Бутунжаҳон болалар меҳнатига қарши кураш куни

БМТ маълумотларига кўра, дунёда 5 ёшдан 17 ёшгача бўлган меҳнатга лаёқатли болалар сони 160 миллионни (63 миллиони қизлар ва 97 миллиони ўғил болалар) ташкил этади. Уларнинг аксарияти замонавий қуллик қурбонлари ҳисобланади, қолганлари эса хавфли ишлар билан банд.

Бу болаларнинг кўпчилигида мактабга боришга деярли вақт йўқ, ўйнаш у ёқда турсин, кўпинча улар тўғри овқатланиш ва парваришдан ҳам мосуво.

2019 йилнинг 1 апрель куни Брюссель шаҳрида эълон қилинган Халқаро меҳнат ташкилотининг ҳисоботида Ўзбекистон пахта саноатида болалар ва мажбурий меҳнатдан тизимли фойдаланишга барҳам берилгани Жаҳон банки томонидан эътироф этилган.

Telegram | Facebook | AOKASURXONDARYO">You Tube | Web-site

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

TO'GARAKLAR FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

✅Surxondaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori Musayev Anvar Ziyadullaevich bugun viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabidagi toʻgaraklar faoliyati bilan tanishdi va toʻgarak rahbarlariga tegishli tavsiyalar berib oʻtdi.

📌Bundan ko'zlangan maqsad,

toʻgarak a’zolarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,
toʻgaraklarda oʻquvchi-yoshlar qamrovini oshirish,
madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tashkil etish va oʻtkazish


🕰 Sana: 11.06.2024 yil

🌍 Kanalga ulanish: https://t.me/surxondaryoviloyatbabm

Telegram| Facebook| Instagram|Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

no comment | Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining 1-tur bahslari bo'lib o'tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

2024-2025-O‘QUV YILI UCHUN 1-SINFGA QABUL 20-IYUNDAN BOSHLANADI

✅ Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-BOSQICH: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida,
2-BOSQICH: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.

✅ 1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

✅ Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi.

MUHIM ESLATMA!
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlik Call-markazining 71-203-07-04 raqami yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#SVBK
#yozgi ta'til


Viloyatdagi ta'lim muassasalari kutubxonalarida o'quvchi yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yozgi sog'lomlashtirish oromgohlarida o'quvchilar bo'sh vaqtlarini kitob mutolaasi bilan o'tkazishmoqda.


#Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram🎞You tube📱Facebook Instagram 🌐Web site

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Ота тарбияда йўл қўймаслиги керак бўлган 10 та қоида (1-қисм)

1. Камситмаслик. "Мийянг борми?", "Ҳе аҳмоқ!", - булар оталарга таниш сўзлар. Ота ўзининг болалик онларини хотирлаши ва бу каби ҳақоратли сўзлар унда қандай ҳис уйғотганини эслаши керак. Бола ўзини камситилган ҳис қилади ва бора-бора ўз кучига ишончи йўқолаверади.

2. Қўрқитмслик. Бола "яна укангни урсанг, қўлингни синдираман!" каби пўписалар билан қўрқитилса, унда ота-онага нисбатан нафрат ва қўрқинч уйғонади. Қолаверса, тарбиянинг қўрқитиш услуби бола хулқини яхшиламайди.

3. Ваъда талаб қилмаслик. Масалан бола бирор шўхлик қилди. Ота эса "Яна шундай қиласанми?!" деганча боланинг бошида қаҳр қиличини яланғочлайди. Ярим соатдан кейин эса худди ўша шўхлигини такрорлайди. Бола учун сўз бериш ҳеч нарсани англатмайди. Агар фарзанд юмшоқ кўнгилли бўлса, унда айбдорлик ҳисси туғила бошлайди. Ортиқча таъсирчанликка берилмайдиган бола эса гап бошқа, амал бошқа қабилида иш тутишни ўрганади.

4. Ортиқча ғамхўрлик талаб қилмаслик. Ортиқча ғамхўрлик болада "Мен ҳеч нарса қила олмайман" деган ҳисни ривожлантиради. Ота боланинг қўлидан келган ишни ўзи қилиб бермасликни қоида қилиб олиши керак. Кўпгина ота-оналар "Болам буни қила олмайди", деган фикрда барча ишни ўз елкаларига ортиб олишади. Фарзанднинг қўлидан ҳам кўп иш келади, ота фақат сабр билан ўргатишни унутмаслиги керак!

5. Буйруқни зудлик билан амалга оширишни талаб қилмаслик. Ота боласига бирор ишни зудлик билан бажаришни талаб қилишдан олдин, ўзига ҳам кимдир "Зудлик билан барча ишингни ташлаб, мен айтган ишни қил", дейишини тасаввур қилиши керак. Бу отага ёқмаганидек, болага ҳам ёқмаслиги табиий. Ота бирор иш буюрганида уни аввалроқ огоҳлантириши керак: "10 дақиқадан кейин дастурхонни йиғиб, идишларни ювиб қўй". Бола қўғирчоқ эмас, кўр-кўрона бўйсуна олмайди. Акс ҳолда у ўз фикрига эга мустақил шахс сифатида улғайишини кутмаса ҳам бўлади.
Давоми бор...

©️ "Асл оталар китоби"дан

Telegram | Facebook | AOKASURXONDARYO">You Tube | Web-site

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Хитойдаги болалар боғчаларида пазандачилик дарслари ҳам мавжуд экан...

Telegram | Facebook | AOKASURXONDARYO">You Tube | Web-site

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#o'quv_amaliy_seminar

Viloyatdagi umumta'lim maktab kutubxonachilariga Viloyat bolalar kutubxonasining malakali xodimlari tomonidan maktab kutubxonalarida yuritilayotgan ish hujjatlari (bibtexnika) yuritilishi to'g'risida o'quv seminar tashkil etildi


#Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram🎞You tube📱Facebook Instagram 🌐Web site

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#Eng_yaxshi_ijodiy_maktab

🎭"Turon" maktab teatri tanlovining respublika bosqichida Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 56-umumta'lim maktabining "Jadidlar" jamoasi munosib ishtirok etdi.

🔘Tanlov yakuniga ko‘ra, jamoa "Eng yaxshi ijodiy maktab jamoasi" nominatsiyasida g‘olib deb topildi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tomonidan diplom bilan taqdirlandi.

☑️O‘quvchilarimiz va ularning ustozlarini viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi nomidan qutlaymiz!

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

"TOG‘ TURIZMI" TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI O’TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentyabrdagi Xalq ta‘limi tizimidagi maktabdan tashqari ta‘lim samaradorligini tubdan oshirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4467-sonli qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida bugun Surxondaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Sherobod tumanidagi Ko‘hitang tog‘ bag‘rida ‘“Tog‘ turizmi” ko‘rik- tanlovining viloyat bosqich bo‘lib o‘tdi.


✅Hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak a‘zolari 7 ta shart bo‘yicha
bellashishdi

🏆Yakuniny natijalarga ko‘ra:

🥇Sherobod tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi
🥈Jarqo‘rg‘on tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi
🥉Termiz shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi jamoalari faxrli o‘rinlarni egallashdi.

🕰 Sana: 06.06.2024 yil

🌍 Kanalga ulanish: https://t.me/surxondaryoviloyatbabm

Telegram| Facebook| Instagram|Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

UzA | Surxondaryoda maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash boshlandi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 36-maktabda Surxondaryo viloyatining umumiy o‘rta ta’lim maktablarini 2024-2025 o‘quv yiliga tayyorlashga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshqarib borgan videokonferensaloqa shaklidagi seminarda vohadagi ta’lim sohasi mutasaddilari, boshqarma boshliqlari, shahar va tumanlar studiyalaridan sektor rahbarlari, mas’ullar hamda maktab direktorlari ishtirok etdi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/605393

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

📹 Jarqo‘rg‘onga tashrif: Maktablar uchun qurilish materiallari topshirish tadbiri, yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv, harbiy qismda “Ma’naviyat sektori” faoliyati hamda mahallalarda obodonlashtirish ishlari bilan tanishuv

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🔴 Birozdan so'ng 2023-2024-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun navbatdagi qurʼa tashlash tadbiri boʻlib oʻtadi.

❗️Bunda O‘zbekiston tarixi fanidan 11-sinflar uchun qurʼa tashlash jarayonlari oʻtkaziladi.

✔️Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan oldindan qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.
_______

В скором времени состоится очередной этап жеребьевки предметов, по которым будет проходить итоговая государственная аттестация в 2023-2024 учебном году.

❗️На официальной странице YouTube Министерства, проводятся процессы жеребьёвки для 11 классов по предмету История Узбекистана.

👉 Jonli efir: https://youtube.com/live/GCObdKgaTzY?feature=share

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Muzrabot tumaniga bo‘lgan tashrif davomida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov chegaraoldi hududda joylashgan 29-umumta'lim maktabi faoliyati bilan ham tanishdi.

☑️Yangi o‘quv yiliga ko‘rilayotgan hozirlik, maktabning obodligi, jihozlanishi, "Ma'naviyat sektori" faoliyati hamda boshqalar ko‘zdan kechirilib, mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berib o‘tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov Muzrabot tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida manzildagi 22-umumta'lim maktabi faoliyati bilan tanishildi.

🔘Xususan, maktabda yangi 2024-2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, "Ma'naviyat sektori" faoliyati va boshqalar ko‘zdan kechirildi.

☑️O‘rganish davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

11.06.2024 20:40

Oʻn kunlik sogʻlomlashtirish oromgohlari tashkil etildi

#Qumqoʻrgʻon_tumani

Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇
Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | ishonch_tv?_t=8g7yL49oiIr&_r=1">Tiktok | ishonchtv8203?si=rUzn1yHL3OHnG4FH">Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA!

🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli 2024-yilning 20-iyun sanasigacha davom etadi.

🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

❗️Shuningdek, yanada qulaylik yaratish maqsadida Agentlik tizimidagi barcha maktablarda malakali mutaxassislardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻz hududlariga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borib u yerda tashkil etilgan ishchi guruh vakillaridan hujjat topshirish bilan bogʻliq masalalarda amaliy yordam soʻrashlari mumkin.

📝 Agentlik tizimidagi maktablar joylashuvlari hududlar kesimida:

🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati
🇺🇿 Jizzax viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Samarqand viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Farg‘ona viloyati
🇺🇿 Xorazm viloyati
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent shahri

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

TO'GARAKLAR FAOLIYATIDAN

Surxondaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarida hozirgi kunda 7 yo‘nalish bo‘yicha 973 ta to'garaklarda jami 27300 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olingan.


🔵Xususan, Viloyat “Barkamol avlod" bolalar maktabida 30 ta to'garaklarda 830 nafar o‘quvchi-yoshlar to'garak mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda.

⚡️Ushbu to'garaklarni tashkil etishdan maqsad, o‘quvchi- yoshlarning bo'sh vaqtini mazminli tashkil etish va ularning bilim va iqtidorlarini namoyon etishdan iborat.

🕰 Sana: 10.06.2024 yil

🌍 Kanalga ulanish: https://t.me/surxondaryoviloyatbabm

Telegram| Facebook| Instagram|Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Ulug‘bek Qosimov: “Ertangi farovon hayot uchun bugun har birimiz eng avvalo farzandlarimiz ta’limiga qattiq e’tibor qaratishimiz kerak!”

Viloyat rahbari kuni-kecha Qumqo‘rg‘on tumanida aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishish davomida aholi bilan muloqot qilib, farzandlar ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratish lozimligiga to‘xtaldi.

Shuningdek, Uzun va Sariosiyo tumanlariga ham tashrif buyurilib, korxonalar faoliyati va loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

“Barkamol avlod" bolalar maktablaridagi to‘garaklar haqida…

Surxondaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktablarida hozirgi kunda 7 yo‘nalish bo‘yicha 973 ta to'garaklarda jami 27300 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olingan.


🔵Xususan, Termiz tumani “Barkamol avlod" bolalar maktabida 22 ta to'garaklarda 740 nafar o‘quvchi-yoshlar to'garak mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda.

⚡️Ushbu to'garaklarni tashkil etishdan maqsad, o‘quvchi- yoshlarning bo'sh vaqtini mazminli tashkil etish va ularning bilim va ko'nikmalarini oshirishdan iborat.

Bizni kuzatishda davom eting!

🌍 Kanalga ulanish: https://t.me/surxondaryoviloyatbabm

Telegram| Facebook| Instagram|Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

🔰Termiz shahrida viloyatning Jarqo’rg’on, Qumqo’rg’on, Sho’rchi, Denov va Oltinsoy tumanlaridagi 56 ta maqsadli DMTT direktorlari uchun seminar tashkil etildi.

▪️"Bolalarda erta savodxonlik, sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini rivojlantirish bo’yicha pedagoglarning malakasini oshirishda mentorlik dasturining ahamiyati” mavzusida tashkil etilgan bir kunlik seminarda “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi” uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan Mentorlik dasturi doirasidagi ishlar bo'yicha ishtirokchilarga  batafsil ma'lumotlar berildi.

✔️Seminar Surxondaryo viloyati MMTB boshqarmasi ma'sul vakillari, Mercy Corps xalqaro nodavlat tashkiloti jamoasi hamda dastur doirasida mentor sifatida faoiliyat yuritayotgan DMTT pedagog xodimlari tomonidan olib borildi.  

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

“Barkamol avlod" bolalar maktablaridagi to‘garaklar haqida…

Surxondaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktablarida hozirgi kunda 7 yo‘nalish bo‘yicha 973 ta to'garaklarda jami 27300 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olingan.


🔵Xususan, Sherobod tumani “Barkamol avlod" bolalar maktabida 67 ta to'garaklarda 2000 nafar o‘quvchi-yoshlar to'garak mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda.

⚡️Ushbu to'garaklarni tashkil etishdan maqsad, o‘quvchi- yoshlarning bo'sh vaqtini mazminli tashkil etish va ularning bilim va ko'nikmalarini oshirishdan iborat.

Bizni kuzatishda davom eting!

🌍 Kanalga ulanish: https://t.me/surxondaryoviloyatbabm

Telegram| Facebook| Instagram|Youtube

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Siyosiy-ma'rifat soati

🔘Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida maʼlumot berib boruvchi "Siyosiy-maʼrifat soati" taqdim qilindi.

☑️Shuningdek, mazkur oʼquvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda you tubedagi https://www.youtube.com/watch?v=5MMC19P0gfo sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Muzrabot tumanidagi 6-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida janjal kelib chiqqanligi bo‘yicha videoxabarlar tarqaldi. Ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:


Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas'ullari bugun manzilda o‘rganish ishlarini olib borishdi. Ma'lum bo‘lishicha, videoxabardagi holat joriy yilning 26-aprel kuni kuzatilgan bo‘lib, bunda maktabgacha ta'lim tashkiloti bosh oshpazi hamda tarbiyachisi o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro janjal aks etgan.

Voqea yuzasidan Muzrabot tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotgan bo‘lib, holatga huquqiy baho beriladi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

TAYINLOV

Musayev Anvar Ziyadullayevich
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrugʼiga asosan, viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori lavozimiga tayinlandi.

U 1985-yil Denov tumanida tugʼilgan. 2010-yil Termiz davlat universitetini tugatgan. Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi – milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va ma'naviyat asoslari.

A.Musayev mehnat faoliyati davomida ta'lim-tarbiya tizimida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar Denov tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limida ta'lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Xalqaro olimpiada g‘olibi taqdirlandi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi g‘olibi Javohir Anvarov bilan uchrashdi.

Angor tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan Javohir joriy yilning 27-28-may kunlari 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va 25-30 iyun kunlari Turkiya davlatida o‘tkaziladigan Jahon fan olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Viloyat rahbari Javohirni erishgan natijasi bilan tabriklab, Jahon fan olimpiadasida ham omad tiladi hamda viloyat hokimligining diplom va sovg‘alarini topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

Bugun Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida vohamizdagi umumta’lim maktablarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Videokonfrensaloqa shaklida o‘tkazilgan seminarda viloyatdagi 862 ta maktabni yangi o‘quv yiliga tayyorlash uchun 6 mlrd 517 mln so‘m mablag‘ evaziga xarid qilingan 5 turdagi qurilish materiallari maktab direktorlariga topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2105

#Surxondaryo #maktablar #yangioquvyili #seminar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿

⚡️Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi. Tashrif davomida hududdagi 36-umumta'lim maktabida tashkil etilgan kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohi faoliyati bilan tanishildi.

▪️Boshqarma boshlig‘i maktab oromgohida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida olib borilayotgan ishlar, to‘garaklar faoliyati, qiziqarli mashg‘ulotlarni ko‘zdan kechirib, maktab jamoasiga bu borada o‘z taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

✔️Ma'lumot uchun, bugungi kunda Jarqo‘rg‘on tumanidagi 9 ta umumta'lim maktabida kunduzgi oromgohlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unga 900 nafardan ortiq bolalar qamrab olingan.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel