Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari: Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/ Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
#Tarix_instituti
#Yoshlar_ishlari_agentligi
Tarix yoʻnalishi talabalari va maktablardagi Tarix fani oʻqituvchilari diqqatiga:
Tarix instituti Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda iqtidorli va faol tarixchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zbek tarixchiligi milliy maktabining yangi avlodini shakllantirish maqsadida 2024-yil avgust oyida “Yoshlar oromgohi”da “Yosh tarixchilarning 3-yozgi o‘qishlari”ni o‘tkazish mo‘ljallanmoqda.
Yozgi o‘qishlarda jami 100 ta yosh tarixchilar va olimlardan iborat guruh ishtirok etishi rejalashtirilayotgan bo‘lib, yozgi o‘qishlar davomida yetakchi tarixchi olimlar ishtirokida ilmiy seminarlar, master-klass darslari, davra suhbatlari va boshqa turli ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.
Qatnashchilar tanlov bo‘yicha ajratib olinishlaridan kelib chiqqan holda, qatnashish istagidagi 30 yoshgacha bo‘lgan talabgorlar quyidagi manzilga nomzod sifatida ariza topshirishlari mumkin!
☎️ Murojaat uchun: +998 90-961-66-74 yoki @SarvarQuldashev
/channel/tarixchivijdoni
💐 Yuksak mukofot muborak bo‘lsin!
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Mukofotlanganlar orasida quyidagi surxondaryolik o‘quvchi ham bor:
▪️Islomov Inomjon Umidjon o‘g‘li - Sho‘rchi tumanidagi 125-ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi.
☑️Ushbu mukofot bilan Inomjonni Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi nomidan muborakbod etamiz!
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Surxondaryoda ilk bora nemis tili o‘qituvchilari uchun "Goethe Zetifikat B2" til imtihonlari o‘tkazilmoqda
▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashabbusi bilan Gyote institutining Toshkentdagi filiali bilan hamkorlikda 27-28-iyun kunlari Termiz shahridagi 26-umumta'lim maktabida "Goethe Zertifikar B2" til imtihoni bo‘lib o‘tmoqda.
➖Unda surxondaryolik bir guruh nemis tili o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda.
☑️Eslatib o‘tamiz, mazkur imtihonni o‘qituvchilar 50 foiz chegirma asosida topshirishyapdi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
📹 Muhandislar va ishlab chiqaruvchilar hamkorligi, yoshlarga yer ajratish tadbirlari hamda maktablardagi sharoitlar bilan tanishuv
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
26.06.2024 20:40
Medallar o’z egalariga topshirildi
#Termiz_shahri
Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇
Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | ishonch_tv?_t=8g7yL49oiIr&_r=1">Tiktok | ishonchtv8203?si=rUzn1yHL3OHnG4FH">Youtube
🚀Microsoft Certified Educator (MCE) 2 oylik kursi bilan o‘qitish ko‘nikmalaringizni oshiring!
‼️Kursning ahamiyatli jihatlari:
🔴Davomiyligi: 2 oy
Tillarni o’rganish: 🇷🇺Ruscha 🇺🇸Inglizcha 🇹🇷Turkcha
🖥Dars formati: Onlayn, mustaqil o‘qish + jonli sessiyalar
⁉️Nimani o‘rganasiz:
✅ 21-asrdagi taʼlim dizayn (21CLD) prinsiplarini qo‘llash
✅ Baholash va fikr bildirishning yangi usullari
✅Inklyuziv o‘quv muhitlarini yaratish
⁉️Nega ro‘yxatdan o‘tish kerak?
Ekspert ustozlardan o‘rganing
Global miqyosda tan olingan sertifikatga ega bo‘ling
📌 Kimlar uchun mos?
5️⃣0️⃣🔣 ustama bilan Maktab va oliy taʼlim o‘qituvchilari
💸Kurs naxi: 350 ming so'm
Murojaat uchun:
@eduparkceo
Durbek Chinmirzayev
Bekzod Jurayev
Sanjar Rustamov
Adham Yoqubov
📱Telegramdagi guruh linki:
🎓Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Microsoft Certified Educator
⚡️Jarqo‘rg‘onlik 25 nafar bitiruvchiga oltin va kumush medallar topshirildi
▪️2023-2024 oʻquv yilida Jarqo‘rg‘on tumanidagi 66 ta maktabning 11-sinfini jami 2 ming 429 nafar yigit-qizlar tamomlashdi. Ularning 18 nafari oltin, 7 nafari kumush medallarga munosib koʻrildi.
➖Bugun tuman hokimi bilan tashkil etilgan uchrashuvda bitiruvchi yigit-qizlarga oltin va kumush medallar tantanali ravishda topshirildi.
☑️Tadbirda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar eʼtirof etildi va kelgusida oliy taʼlim dargohlarida tahsil olib, yurt ravnaqiga munosib hissa qoʻshishlari uchun bitiruvchilarga katta ishonch bildirildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Surxondaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi faoliyati o‘rganildi
▪️Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabiga tashrif buyurdi.
➖Tashrif davomida maktabdagi to‘garaklar faoliyati, yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Boshqarma boshlig‘i malakali mutaxassislarni maktabga jalb etish, to‘garaklar faoliyatini yanada kengaytirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
☑️Ma'lumot uchun, viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi 1989-yilda qurilgan bo‘lib, 350 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozirda maktabda jami 7 ta yo‘nalishda 30 ta to‘garak faoliyat yuritmoqda va ularga 840 nafar bolalar qamrab olingan.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Sariosiyolik 96 nafar bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi
▪️Joriy o‘quv yilida Sariosiyo tumanidagi 91 ta umumta'lim maktablarini 2 ming 562 nafar 11-sinf o‘quvchilari yakunladi.
➖Bugun tuman hokimi bilan tashkil etilgan uchrashuvda ushbu o‘quvchilarning 83 nafariga oltin, 13 nafariga kumush medallar tantanali ravishda topshirildi.
☑️Tadbirda sektor rahbarlari, maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi vakillari, ustozlar va ota-onalar ham ishtirok etib, mustaqil hayot ostonasida turgan yigit-qizlarga kelgusida ulkan muvaffaqiyatlar tilashdi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Termiz shahrida 90 nafar o‘quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomladi
▪️2023-2024-o‘quv yilida Termiz shahridagi maktablarning 11-sinfini jami 2 ming 891 nafar yigit-qizlar tamomlashdi. Ularning 86 nafari oltin, 4 nafari kumush medallarga munosib ko‘rildi.
➖Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov, shahar hokimi, sektor rahbarlari bilan tashkil etilgan uchrashuvda ushbu medallar bitiruvchi yoshlarga tantanali ravishda topshirildi.
☑️Uchrashuvda bugungi kun yoshlariga yaratilayotgan keng imkoniyatlar e'tirof etildi va kelgusida oliy ta'lim dargohlarida tahsil olib, yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari uchun bitiruvchilarga katta ishonch bildirildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Xalqaro yig‘in sovrindori tantanali kutib olindi
Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida “Aybin–2024” xalqaro harbiy-Vatanparvarlar yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Xalqaro yig‘inda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoasi ham ishtirok etib, Rossiya, Ozarbayjon, Qirg‘iz, Belarus hamda mezbon davlat Qozog‘istonning 42 ta jamoasi o‘rtasida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi mamlakatimiz sharafini himoya qilgan jamoa tarkibida Termiz shahrining 13-sonli maktabi o‘quvchisi Dovutbek Jo‘rayev ham ishtirok etib, rekord natija bilan jamoamizning sovrindorlar qatorida bo‘lishga hissa qo‘shdi.
Bugun Termiz temir yo‘l vokzalida Dovutbek Jo‘rayev o‘qituvchilari, ota-onasi va yaqinlari hamda yoshlar, shuningdek, harbiylar va faxriylar ishtirokida tantanali kutib olindi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#qabul
Toshkent soliq texnikumi yangi o‘quv yili uchun qabul e'lon qildi
Toshkent soliq texnikumiga 2024-2025-o‘quv yili uchun 11-sinf va o‘rta-maxsus kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari quyidagi yo'nalishlar bo‘yicha qabul qilinmoqda:
🔹Soliqlar va soliqqa tortish;
🔹Buxgalteriya hisobi;
🔹Bank ishi;
🔹Moliya va moliyaviy texnologiyalar.
📖Ta’lim berish davlat buyurtmasi hamda tо‘lov-kontrakt asosida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
▫️kunduzgi – 2 yil;
▫️sirtqi – 2 yil 6 oy.
👉 Toshkent soliq texnikumi haqida ko‘proq ma'lumotlar
☎️Murojaat uchun telefonlar:
(71) 274-42-69, (94) 414-95-51, (99) 404-08-40.
📍Manzil: Toshkent shahri Uchtepa tumani Kichik xalqa yo‘li 3-uy.
22.06.2024 20:40
"Quvnoq startlar" musobaqasi tashkil etildi
#Muzrabot_tumani
Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇
Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | ishonch_tv?_t=8g7yL49oiIr&_r=1">Tiktok | ishonchtv8203?si=rUzn1yHL3OHnG4FH">Youtube
⚡️Denovda 28 nafar o‘quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomladi
▪️2023-2024 o‘quv yilida Denov tumanidagi 111 ta maktabning 11-sinfini jami 4 ming 707 nafar yigit-qizlar tamomlashdi. Ularning 25 nafari oltin, 3 nafari kumush medallarga munosib ko‘rildi.
➖Tuman hokimi bilan tashkil etilgan uchrashuvda ushbu medallar bitiruvchi yoshlarga tantanali ravishda topshirildi.
☑️Uchrashuvda bugungi kun yoshlariga yaratilayotgan keng imkoniyatlar e'tirof etildi va kelgusida oliy ta'lim dargohlarida tahsil olib, yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari uchun bitiruvchilarga katta ishonch bildirildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
☄️ Surxondaryoda 36 ta MTT o’z faoliyatini boshladi
📣 Surxondaryo viloyatida 36 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti o’z faoliyatini boshladi. Jumladan, Denov tumanida 4 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. “Oxtom” mahallasida 29-davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti bolajonlarni o’z bag’riga oldi. Mazkur MTT 120 o'ringga mo'ljallangan bo'lib, 4 mlrd 130 mln so'm mablag' evaziga qurilib, jihozlandi. Shuningdek, “Elobod” mahallasida bunyod etilgan 38-davlat MTT foydalanishga topshirildi. MTT 90 o’ringga mo’ljallangan bo’lib, “Hazarbogʻ qurilish ta'mirlash” MChJ 3 mlrd 940 mln so’m mablag’ evaziga bunyod etildi. Tumandagi “Mehnatobod” mahallasida “Boysun-Sabrina” MCHJ tomonidan 4 mlrd 85 mln so’m mablag’ evaziga bunyod etilgan 120 o’rinli 53-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Shu bilan birga, “Sunbula” mahallasida 54- davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Mazkur MTT 120 o'ringga mo'ljallangan bo'lib, MTT 4 mlrd 85 mln so'm mablag' evaziga qurilib, zamonaviy jihozlandi.
➡️ Shu bilan birga, Angor, Boysun, Muzrabot, Sherobod, Qumqo‘rg‘on, Qiziriq hamda Uzun tumanlarida jami 32 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat boshladi.
🗣️ Ma’lumot uchun: Viloyatda 3-7 yoshgacha bo’lgan bolalar 268 108 nafar bo'lib, shundan 168 352 nafar yoki 62.8 foizi jami 2920 ta (shundan, 463 ta davlat, 169 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, 2279 ta oilaviy, 9 ta xususiy) maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olingan.
🌐 Veb-sayt |📱 Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱Youtube
⚡️Siyosiy-ma'rifat soati
🔘Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida maʼlumot berib boruvchi "Siyosiy-maʼrifat soati" taqdim qilindi.
☑️Shuningdek, mazkur oʼquvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda you tubedagi https://www.youtube.com/watch?v=RSd3Ql4pKvQ sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi
▪️Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini jismonan chiniqtirish va ular uchun yozgi sog‘lomlashtirish davrini mazmunli tashkil etish, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bugun Sariosiyo tumanidagi 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
➖Unda Sariosiyo tumani hokimi hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i ishtirok etishdi.
☑️Seminar davomida mas’ullarga bolajonlar uchun yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!
Sizni “27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan chin qalbdan samimiy tabriklayman.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda ta’lim yo‘nalishida olib borilayotgan islohot, yo‘lga qo‘yilayotgan tizimli o‘zgarishlar va tashabbuslar mohiyatini xalqimizga yetkazishda OAV xodimlarining xizmati beqiyos.
Shu ma’noda, o‘z iste’dodi, ijodi, o‘tkir qalami va so‘zi bilan milliy jurnalistikamiz rivoji hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan o‘tkir qalam egalarining fidokorona mehnati doimo e’tirof va e’zozga loyiq.
Yurtimiz farovonligi va jamiyat ochiqligi yo’lidagi faoliyatingizda zafarlar tilayman.
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Angor tumanidagi ta’lim muassasalari faoliyati, ulardagi mavjud sharoitlar hamda kuz-mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2129
#Surxondaryo #maktablar #tamirlash #yangioquvyili
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
⚡️Xayr, bog‘cha - salom, maktab
▪️Bugungi kunda Termiz tumanidagi 14-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 250 nafar bolajonlar tarbiyalanayotgan bo‘lib, yangi o‘quv yilida ularning 50 nafari maktabga qadam qo‘yadi.
➖Shu munosabat bilan bugun manzilda "Xayr, bog‘cha - salom, maktab" tadbiri o‘tkazildi.
☑️Unda o‘g‘il-qizlar tomonidan tayyorlangan badiiy qism yig‘ilganlar e'tiboriga havola etildi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
⚡️Press-tur: Uzun tuman maktabgacha ta'lim tizimidagi islohotlar bilan tanishildi
▪️Uzun tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ulardagi shart-sharoitlar bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish maqsadida navbatdagi press-tur "Qarashiq" mahallasi hududida joylashgan 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga uyushtirildi.
➖Uzun tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan tashkil etilgan press-turda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
☑️Press-tur davomida mas’ullar tomonidan 2024-2025-yillarda tuman maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusidagi rejalari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi. Yakunda ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullardan javoblarni olishdi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
🔔Hurmatli abituriyentlar!
⚡️Bugun “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025 o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichiga o'qishga hujjatlar qabulining so‘nggi kuni!
💫 Barcha abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar o'qishga ariza topshirishlari yoki topshirilgan arizalar bo'yicha kamchiliklarni to'ldirishlari mumkin.
✅ Eslatib o‘tamiz, saralash imtihoni 6-iyul kuni yurtimizning barcha hududlarida o‘tkaziladi.
📩 O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply
🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#qabul2024 #admission2024
⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Tuman va shaharlardagi kamida 3 tadan eng namunali bogʻchalarda gimnastika xonalari tashkil qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi.
Unga koʻra:
Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi – Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi – Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi etib qayta nomlandi hamda Sport vazirligi tizimidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkazildi.
2024-yil 1-sentabrga qadar:
har bir tuman va shahardagi kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida gimnastika xonalari tashkil qilinadi.
2024-yil 1-sentabrdan boshlab:
ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.
Shuningdek:
➖ixtisoslashtirilgan sport maktablarida oʻquv-tarbiya jarayoni 5–11-sinflar doirasida tashkil etiladi;
➖Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 7–11 yoshdagi (1–4-sinf) oʻquvchi-sportchilar ham qabul qilinadi;
➖har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam, 24 nafardan ortiq boʻlmagan sinflarda amalga oshiriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
⚡️“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” ko’rik-tanlovining dastlabki bosqichi o‘tkazilmoqda
▪️Bugun viloyatimizdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist-tarbiyachilari va tarbiyachilari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” respublika tanlovining 1-bosqichiga start berildi.
☑️Tanlov 3 bosqichda, 6 ta nominatsiya bo‘yicha o’tkazilmoqda. 1-bosqichda ishtirokchilar test sinovlari orqali o‘z bilimlarini sinovdan o'tkazishmoqda.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
📣📣📣📣📣
Matematika bo’yicha O’zbekiston yoshlar terma jamoasi Ilk bor O’smirlar o’rtasidagi Balkan matematika olimpiadasida (JBMO) ishtirok etish uchun Antalyaga jo’nab ketdi.
😄Terma jamoa tarkibi bilan tanishing:
⚡️Abdulaziz Radjabov — Toshkent shahri, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi;
⚡️Ergashev Sarvarbek — Andijon viloyati, Marhamat tumuni ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o’quvchisi;
⚡️Mamajonov Azizbek — Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumani 3-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi;
⚡️Ikrom Hasanov — Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani 68-sonli umuta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi;
⚡️Abdusalomov Umidjon — Andijon viloyati, Andijon shahar 1-son ixtisoslashgan maktab internati , 8-sinf o'quvchisi;
⚡️Anvarov Javohir — Surxondaryo viloyati Angor tumani 3-sonli umuta’lim maktabi 8-sinf o'quvchisi.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
⏺ olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
#Сўраган_эдингиз
#Call_markaz
❓Mening yashash manzilim qaysi maktab mikrohududiga kirishini qayerdan bilib olsam bo‘ladi?
✅ Buning uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining my.maktab.uz elektron portalida yashash manzilingiz bo‘yicha tegishli maʼlumotlarni kiritib, farzandingizni taʼlim olish tilini tanlaganingizdan so'ng "Qidirish tugmasi"ni bosasiz. Shundan so'ng, oynada yashash manzilingiz qaysi maktab mikrohududiga biriktirilganligi haqidagi ma'lumotlar paydo bo'ladi.
Bundan tashqari har bir maktabda ota-onalarga qulay bo‘lgan, barchaga ko‘rinadigan joyda 1-sinfga qabul jarayonlariga oid, jumladan, mikrohudud haqidagi maʼlumotlar joylashtiriladi.
❓Farzandimni 1-sinfga topshirish uchun elektron platforma orqali onlayn ariza berib bo‘lganimdan so‘ng, shaxsiy maʼlumotlarimda xatoliklar aniqlansa, ularni qay tartibda to‘g‘rilashim mumkin?
✅ Bunda arizangiz maktabga yuborilgan bo‘lsa, maktab tomonidan arizangiz sababi ko‘rsatilgan holda rad etiladi. Shundan so‘ng, shaxsiy ma'lumotlaringizni tahrirlab, qayta ariza berishingiz mumkin.
❓Bolaning ota-onasi chet elda, jiyanlarimni maktabga joylashtirish uchun o‘zim ariza topshirsam bo‘ladimi?
✅ Ha, topshirish mumkin. Bunda elektron platformada shaxsiy maʼlumotlarni shakllantirganingizdan so‘ng, tegishli maydonni belgilab, vasiylik bo‘yicha qarorni biriktirishingiz kerak bo'ladi.
❕Shuningdek, qo‘shimcha maʼlumotlar olish uchun Vazirlikning “Call markazi”- 71-203-07-04 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🔔 Hurmatli ota-onalar!
📹 Ushbu video-yo'riqnomada, tizim moderatorlari tomonidan tasdiqlangan, "Maktabga yuborildi" holatdagi arizalar asosida biriktirilgan mikro-hududdagi maktabga tashrif buyurish uchun “navbat”ga yozilish qay tarzda amalga oshirilishi ko‘rsatib berilgan.
💭 Eslatma! Maktabga borish navbatini o’zingiz belgilab, shu vaqtda farzandingiz bilan sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy maʼlumotnomani olgan holda maktabga borishingiz talab etiladi.
💬 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✏️@mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203 07 04 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
🌐 mymaktab_uz
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
“Мен фақат Ватаним олдидаги бурчимни бажардим” – Ли Куан Ю
“Кўпчилик мендан Сингапурнинг ривожлангани ҳақида сўраб, шундай савол беришади: “Қандай қилиб улкан давлатдан ажралиб чиқиб, миттигина ҳудуд билан ривожланган давлатга айландинглар? Бу “мўъжиза”ни қандай амалга оширдингиз?”
Уларга жавобан шундай дедим: “Мен Сингапурда мўъжиза яратмадим. Мен фақат Ватаним олдидаги бурчимни бажардим, холос. Давлат бюджетини таълимга йўналтирдим. Муаллимни энг қуйи табақадан Сингапурдаги энг юқори мартабага кўтардим. Давлатдаги “мўъжиза”ларни қилган инсонлар – муаллимлардир. Улар илм, ахлоқ, меҳнат ва ҳақиқатни севадиган, камтар авлодни етиштириб чиқардилар. Бунинг учун улардан миннатдормиз!”
© Ли Куан Ю (Сингапур собиқ бош вазири).
Telegram | Facebook | AOKASURXONDARYO">You Tube | Web-site
#bitiruvchi_2024
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi
🔔Termiz shahridagi Prezident maktabida 2023-2024-oʻquv yili yakuniga bag‘ishlangan “Ilm — saodat kaliti!” shiori ostida bitiruv oqshomi boʻlib oʻtdi.
〽️Tadbirni maktab ijrochi direktori E. Isaqova hamda akademik direktor S. Safari ochib berib, o‘quv yili davomida erishilgan yutuqlar, ta’lim-tarbiya jarayonlarida amalga oshirilgan islohatlar haqida to‘xtalib o‘tdilar hamda katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan bitiruvchilarni samimiy qutlab, ularga ulkan zafarlar tiladilar.
✨Tadbir o‘quvchilar ijrosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, orkestr jamoasining kuy-qo‘shiqlari bilan barchada unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Badiiy qismdan so‘ng, o‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan, turli xalqaro hamda respublika tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni egallagan xodimlar va o‘quvchilar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Shaxmat_festivali
⚡️Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining 2024-yil 29-maydagi 102-son buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida kuni kecha viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida "Shaxmat festivali" musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
▪️Unda tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bolajonlar ishtirok etib, o‘zaro bellashishdi.
☑️Yakunda g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt