svbandlik | Unsorted

Telegram-канал svbandlik - Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

2090

❗️ @svbandlik — Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali 🌐 svbandlik.uz — Rasmiy veb-sayti ✍️ @svbandlikbot — Murojaat yo‘llash uchun 🗣 @svbandlikgroup — Fikr-mulohazalar uchun muloqot maydoni

Subscribe to a channel

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

📖Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida Bosh qomusimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Unda nutq so'zlagan vazirlik Yuridik taʻminlash boʻlimi boshligʻi Shoira Umarova Konstitutsiyamizning yangi normalarida asosiy eʼtibor inson, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishini taʼminlashga qaratilganini, bu borada yanada mustahkam konstitutsiyaviy-huquqiy asos yaratilganini taʼkidladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi bo‘yicha

Guliston shahar Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambag‘allikdan Farovonlik sari dasturini amalga oshirishda  faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi  PQ-405-sonli Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Guliston shahar mahallalarida olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda  O‘zbekiston qahramoni, senator, O‘zbekiston Respublikasi Nuroniy jamg‘armasi boshqaruv raisi S.Turdiyev, viloyat hokimi A.Maxmudaliyev, viloyat Nuroniy jamg‘armasi raisi O‘.Abdiyevlar ishtirok etishdi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Konstitutsiya bayramida o'zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Joriy yilda 8-dekabr — Konstitutsiya bayrami yakshanba kuniga to’g’ri keladi. Shu sababli dushanba, 9-dekabr kuni ham dam olish kuni, deb e’lon qilingan. Bu 2023-yil 23-dekabrdagi Prezident farmonida ham belgilangan.

👉Demak, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi.

7-dekabr, shanba
8-dekabr, yakshanba
9-dekabr, dushanba

👉6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa ketma-ket 2 kun dam olishadi.

8-dekabr, yakshanba
9-dekabr, dushanba

10-dekabr, seshanba esa barcha uchun ish kuni.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Ishga qabul qilishda kimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?

▪️homilador ayol, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki 3 yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);

▪️zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;

▪️davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 3 oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

▪️tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran 1 yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;

▪️6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;

▪️18 yoshga to‘lmagan shaxslar;

▪️ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;

▪️ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar.

👉batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda ishga joylashish masalasida murojaat qilayotgan fuqarolar bandligi ta’minlanib, muammolari ijobiy hal etilmoqda.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Tadbirkor 25 nafar mahalladoshining bandligini ta’minladi

Tadbirkorligini kengaytirish istagida bo‘lgan sayxunobodlik Habiba Qarshibaeva “Gulbuloq” mahallasida kasanachilikni yo‘lga qo‘ydi. Intiluvchan tadbirkor tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ko‘magi bilan istagini amalga oshirib, mahalladagi ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minladi.

–Bu loyihani shaxsiy biznesim ravnaqi uchungina emas, –deydi H.Qarshibaeva. –Eng avvalo, qishloqdoshlarimni ishli qilib, daromadlarini oshirishga hissa qo‘shishni niyat qilganman. Shu orqali biz tadbirkorlarga eng qulay sharoitlar yaratib berayotgan davlatimiz rahbarining ishonchini oqlashga harakat qilamiz.


Quvonarlisi, kasanachilik yo‘nalishida 10 nafar xotin-qizni ishga olgan tadbirkor, umumiy xodimlari sonini 25 nafarga yetkazdi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🎓"Yagona milliy mehnat tizimi"dan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda rasman ishlayotgan talabalar soni 115 601 nafarni tashkil etmoqda.

🔸Davlat tashkilotlarida – 62 125 nafar (53,7%);
🔸Xususiy subyektlarda – 49 351 nafar (42,7%);
🔸Ikkala sektorda – 4 125 nafar (3,6%).

👨🏻‍🎓Erkak - 67 828 nafar (58,7%);
👩🏻‍🎓Ayol - 47 773 nafar (41,3).

📍Hududlar kesimida TOP-5:

▪️Toshkent shahri - 36 729 nafar (31,8%);
▪️Samarqand viloyati - 9 961 nafar (8,6%);
▪️Farg‘ona viloyati - 9 770 nafar (8,4%);
▪️Toshkent viloyati - 8 943nafar (7,7%);
▪️Qashqadaryo viloyati - 8 310 nafar (7,2%).

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi amalda

Boyovut tumanining "Yangi avlod" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qilayotgan, ishsizligi va qo‘shimcha daromadi yo‘qligi bois "Ayollar daftari" da turgan Muhabbat Islomova mahalla xotin-qizlar faoli va hokim yordamchisi maslahati bilan oldiniga o‘z xonadonida gidroponika usulida bodring, endilikda esa qulupnay yetishtirishni yo‘lga qo‘ydi.

Batafsil: uza.uz

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Yurtimizda joriy yilning 10-noyabridan 10-dekabrga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilingan.

Oylik davomida Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tizimida targ‘ibot-tashfiqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Boshqarmaning Oqoltin tumani bo‘limida "Korrupsiyaga qarshi kurashish" burchagi tashkil etilib, binoga tashrif buyurgan fuqarolarga illatning oqibatlari, korrupsiyaga duch kelganda qanday yo‘l tutish kerakligi bo‘yicha tushuncha berilmoqda.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

📢 Diqqat eʼlon!

Ertaga, 29-noyabr kuni soat 10:00 da, Quyitosh mahallasida, tuman sektor rahbarlari boshchiligida sayyor qabul  uchrashuvi o‘tkaziladi.

Shuningdek, ushbu tadbirda "Mehnat yarmarkasi" ham boʻlib oʻtadi. Bunda siz oʻzingizga ma'qul kelgan boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot olishingiz va ishga joylashishingiz mumkun.
Murojaat va takliflari bo‘lgan fuqarolar ushbu tadbirda ishtirok etishlari mumkun.

📍 O‘tkazilish joyi: Sardoba tumani Quyitosh mahallasi Madaniyat markazi

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

“Yong‘in xavfsizligi oyligi”

Xabaringiz bor, mamlakatimiz bo‘ylab favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha 15 noyabrdan 15 dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” e’lon qilingan.

Shu munosabat bilan, Xovos tumani kasbiy ko'nikmalar markazida yong‘inlar va ularning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda ishchi-xodimlarga favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda uni bartaraf etish, jabrlanganlarni qutqarish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish bo‘yicha o‘quv-mashqlari hamda texnikalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida ishchi-xodimlarga sanoat va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha kerakli tavsilar berldi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Korrupsiyaga jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan eng xavfli illatligi xammamizga ma'lum. Shu bois korrupsiyaga qarshi kurash dunyo hamjamiyati oldida turgan eng dolzarb masalalardan biriga aylangan.


Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi: Buxgalteriya hisobi va davlat xaridlari sho'basi bosh mutaxassisi;

▪️Sog'liqni saqlash boshqarmasi: Tibbiy yordamni tashkillashtirish sho'basi boshlig'i;

▪️Sirdaryo tumani hokimligi: Raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo'yicha loyihalar menejeri;

▪️Kadastr agentligining Sirdaryo tumani bo'limi: Yetakchi inspektor.

❗️Arizalar 01.12.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Kambagʻallikni qisqartirishda faol nuroniylar ham hissa qo'shadi

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-405-son, 25.11.2024) qabul qilindi.

Mazkur qarorga ko'ra, mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan obroʻ-eʼtiborli 3 nafar faol nuroniy 5 ta kambagʻal oilaga biriktiriladi.

Oilalarni kambagʻallikdan chiqarishda nuroniylarning asosiy faoliyat yoʻnalishlarida quyidagilar amalga oshiriladi:

⬇️ xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini boʻlib toʻlash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;

⬇️oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish shuningdek, ushbu oilalarning taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan farzandlarini oʻquv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan taʼminlash;

⬇️piyoda yurish madaniyatini targʻib qilish;

⬇️keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb etish.

Faol nuroniylar har oyda MHTEKMning 50 foizi miqdorida ragʻbatlantirib boriladi.

Keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga yiliga 10 million soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 09.08.2024 yildagi 16-sonli bayoni bilan korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, qonunchilik, xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalariga rioya etilishini amalga oshirish yuzasidan joriy yilning 10-noyabridan 10-dekabrga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilingan.
Guliston tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbar-xodimlari ishtirokida  “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar mavzuga oid tushuncha va ko‘nikmaga ega bo‘lishdi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Kambagʻallikni qisqartirish siyosatini yuritish va hokim yordamchilari faoliyatini kompleks muvofiqlashtirish departamenti direktori oʻrinbosari Muxtor Shonazarov hamda Kambagʻallikka qarshi kurash boʻyicha global tadqiqot markazining Yevropa byurosi (J-PAL) ijrochi direktori Killian Nolan oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda kambagʻal oilalarning oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan imkoniyatlarini qoʻllab-quvvatlash va infratuzilmasini rivojlantirish, xorijiy tajribalar asosida Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari banki tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Bunda oziq-ovqat bankiga jalb etilgan mahsulotlarni soliq toʻlovlaridan ozod etish, oziq-ovqat banklari tarmogʻi uchun zarur siyosat va tartibga soluvchi infratuzilmani moliyalashtirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🇺🇿🇰🇿Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri o'rinbosari Ra'no Turdiboyeva Qozogʻiston Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri oʻrinbosari Askar Biaxmetov bilan uchrashdi.

Unda ikki vazirlik oʻrtasida bandlik, aholini kasb-hunarga tayyorlash va mehnat inspeksiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv so'nggida bandlik va kasb-hunarga tayyorlash sohasida kadrlarni malakasini oshirish va maʼlumot almashinish boʻyicha memorandum imzolashga kelishib olindi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram |bandlikvazirligi"> Youtube

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, tuman, shahar bo‘limlari hamda tasarrufiy tashkilotlarda turli tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, Guliston kasbiy ko'nikmalar markazining faol tinglovchilari ishtirokida "Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

⚠️ Корея Республикаси ҳудудида нолегал бўлиб турган фуқаролар диққатига!

Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлигининг Сеулдаги ваколатхонаси ва Корея Адлия вазирлиги ўртасида ўтказилган музокаралар натижасида имзоланган ҳужжатга кўра, 30 ноябрь куни тугаши лозим бўлган “яшил йўлак” лойиҳаси 2025 йилнинг 31 январь кунигача узайтирилди.

Демак, Корея Республикасида ноқонуний юрган бўлсангиз 2025 йилнинг 31 январь санасига қадар “яшил йўлак”дан фойдаланиб эркин чиқиб кетишингиз мумкин.

Кореяда ноқонуний ишлаб, яшаб юрган шахслар:

1 ойдан кам бўлса 1,000,000 вон (716$)
1 ойдан 3 ойгача 1,500,000 (1074$)
3 ойдан 6 ойгача 2,000,000 (1432$)
6 ойдан 1 йилгача 4,000,000 (2864$)
1 йилдан 2 йилгача 7,000,000 (5012$)
2 йилдан 3 йилгача 10,000,000 (7160$)
3 йилдан 5 йилгача 20,000,000 (14321$)
5 йилдан 7 йилгача 25,000,000 (17902$)
7 йилдан кўп бўлса 30,000,000 (21482$) миқдорида жарима тўлайди.

Кўрсатилган муддат ичида Кореяни ихтиёрий тарк этсангиз:

▪️юқоридаги жарималардан озод этиласиз;
▪️кейинчалик Кореяга қайта киришингиз енгиллашади.

🔵 Ушбу муддат тугаганидан сўнг фуқаро Кореяда яна қоладиган бўлса, Миграция агентлиги томонидан шартнома бандларига кўра фуқаро ёки унинг кафилига нисбатан:

▪️катта миқдорда жарима; (ҳар бир ойи учун 2000$)
▪️Корея томонидан қайта киришга тақиқ қўлланилади.

Қўшимча маълумот учун:

- Корея Адлия вазирлиги сайти: www.hikorea.go.kr
- Миграция агентлигининг Сеулдаги ваколатхонаси 02-2285-1341 Асилбек Абдумуталов, Саида Адҳамова.

❗️Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги Корея Республикасида фаолият юритаётган фуқароларимиздан ушбу давлатнинг қонунчилигини бузмасликни, уларнинг урф-одатларини ҳурмат қилишларини ва ноқонуний юрган юртдошларимизни юқорида кўрсатилган муддат ичида Ўзбекистонга қайтишларини сўраб қолади.


@uzmigration

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad soligʻidan ozod qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritildi.

Qonunga koʻra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda:

— jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi;

— uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;

— tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda hisoblab chiqariladi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sirdaryo viloyatidan 1053 ta dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga oling

➤ Oqoltin tumanidan 114 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 147 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 15 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 235 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 108 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 180 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 126 ta (ko'rish)
Xovos tumanidan 82 ta (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 46 ta (ko'rish)

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🖋MONOMARKAZ

ENDI

🖌 KASBIY KO'NIKMALAR MARKAZI

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Vakant lavozimlarga ochiq tanlov e'lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Sirdaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e'lon qilindi:

▪️Soliq boshqarmasi (ichki tanlov): Qo'shilgan qiymat solig'i ma'murchiligi bo‘'limi davlat soliq bosh inspektori;

▪️Statistika boshqarmasi: Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo'limi boshlig'i o'rinbosari;

▪️Statistika boshqarmasi: Statistika faoliyatini tashkil etish va yig'ma axborot-tahliliy ishlar bo'limi bosh mutaxassisi;

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi: Ta'lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish va maktabdan tashqari ta'limni tashkil etish sho'basi bosh mutaxassisi;

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi: Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish sho'basi metodisti;

▪️Qishloq xo'jaligi boshqarmasi: Oziq-ovqat sanoati, agrologistika va eksportni rivojlantirish sho'basi bosh mutaxassisi;

▪️Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Yangiyer shahar bo'limi: Bo'lim boshlig'i;

▪️Sayxunobod tumanidagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: Mahallada ijtimoiy xizmatni tashkil etish sho'basi bosh mutaxassisi (supervayzer);

▪️Sayxunobod tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Moliya va shartnoma bo'yicha bosh mutaxassis;

▪️Sirdaryo tumani qishloq xo'jaligi bo'limi: Yer tuzish va monitoring sho'basi boshlig'i.

❗️Arizalar 02.12.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — "id.egov.uz"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️
Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali — 67-225-14-93

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#OAV_biz_haqimizda

"Yuzma-yuz" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida aholi bandligini ta’minlash va kasb-hunarga o‘rgatish borasida Sirdaryo viloyatida olib borilayotgan ishlar xususida so‘z bordi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-405-son, 25.11.2024) qabul qilindi.

Qaror bilan, mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan obro‘-e’tiborli uch nafar faol nuroniy beshta kambag‘al oilaga biriktiriladi.

Oilalarni kambag‘allikdan chiqarishda nuroniylarning asosiy faoliyat yo‘nalishlarida quyidagilar amalga oshiriladi:

➖xonadon tomorqasidan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarish uskunalari va boshqa zarur texnika vositalarini bo‘lib to‘lash sharti bilan ijaraga olishga yordamlashish;

➖oila farzandlarini hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish shuningdek, ushbu oilalarning ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan farzandlarini o‘quv jihozlari va qurollari hamda sport kiyimlari bilan ta’minlash;

piyoda yurish madaniyatini targ‘ib qilish;

➖keksa yoshdagi fuqarolar uchun mos keladigan sport tadbirlarini tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish.

Faol nuroniylar har oyda MHTEKMning 50 foizi miqdorida rag‘batlantirib boriladi.

❗️Keksa yoshdagi fuqarolarni sportga jalb qilish uchun har bir mahallaga yiliga 10 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

🇬🇧Ko‘plab kuzatuvchilarimiz Migratsiya agentligi tomonidan Angliyaga mavsumiy ish o‘rinlari uchun e’lon qachon berilishini so‘rashmoqda.

Yaqin kunlarda Buyuk Britaniyaning “HOPS” rekruting kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari, oylik maoshlari, yashash sharoitlari haqidagi e’lon Agentlikning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari, xususan, “XORIJDA ISH” telegram kanali va platformasi, boshqa OAV orqali tarqatilishini ma’lum qilamiz.

⚠️ Eslatib o‘tamiz, “HOPS” rekruting kompaniyasi O‘zbekiston hududida faqatgina Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bilan ikki tomonlama tuzilgan Bitim asosida faoliyat olib boradi.

⚠️ Migratsiya agentligi mamlakatimizdagi birorta xususiy kompaniyaga “HOPS” orqali Angliyaga ishchi yollash huquqini bermagan!


Ko‘cha-kuydagi turli firmalar ushbu kompaniya orqali Angliyaga mavsumiy ishlarga yuboraman, desa ishonmang! Aldanib ularga pul to‘lamang!

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Istiqbolli loyihalar tuman sanoati rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda

Boyovut tumanining "Uchturgon" mahalla fuqarolar yig'inida Xitoy Xalq Respublikasi investori Xiao Kexin tomonidan g‘isht ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilgan.

“Big Bridge” xorijiy korxonasi tomonidan ushbu loyihaga 4 million AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritilgan bo'lib, korxonada yiliga 35 million dona pishgan g‘isht ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Bu nafaqat Boyovut tumani, balki qo'shni hududlar aholisining qurilish materiallarga bo‘lgan ehtiyojini ham qondirishga ega.

Qulay ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan e’tibor natijasida 30 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

#Korrupsiya har qanday davlat, har qanday jamiyatni kemiruvchi illat.

🌎 Biz korrupsiyaga qarshimiz❗️

Korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.

💢Sayxunobod tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari tomonidan murojaat qilgan fuqarolarga oylik doirasida tashviqot va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyatidagi 1303 dan ortiq koʼchma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!

➤ Oqoltin tumanidan 84 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 199 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 75 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 80 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 80 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 91 ta (ko'rish)
➤ Sirdaryo tumanidan 58 ta (ko'rish)
➤ Xovos tumanidan 90 ta (ko'rish)
➤ Guliston shahridan 71 tа (ko'rish)
➤ Shirin shahridan 54 tа (ko'rish)
➤ Yangiyer shahridan 368 tа (ko'rish)

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…

Sirdaryo viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi

Sizga xorijdagi turli ishlar taklif etilyaptimi?

🎥 Chet elda ishlayman deb aldanib qolmay desangiz, ushbu videoni koʻring.

❗️Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish qonunchilikka muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.

👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati

➡️
Korrupsiyaga oid xabarni yetkazgan fuqarolarning shaxsi sir tutilishi kafolatlanadi.

☎️Ishonch telefoni: 71 202-44-11

📩Pochta manzili:
anticorruption@migration.uz

🤖Telegram bot: /channel/anticor_migrationbot

Kanalga ulanish:👇👇
Sirdaryo_bandlik

Читать полностью…
Subscribe to a channel