t_nurmetov | Unsorted

Telegram-канал t_nurmetov - T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

23061

Nurmetov Tursunbek Kenjayevichning telegram kanali ⚖️ kanalni kuzating va huquqiy savodxonligingizni oshirib boring 💺 Reklama uchun: @T_N_Reklamabot 📝 Savol yo‘llash: @Nurmetovbot

Subscribe to a channel

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Maktab bitiruvchilariga kasbiy taʼlim yoʻnalishi boʻyicha sertifikat beriladi


✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha amaliy imtihondan oʻtkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3647).

Nizom talablariga koʻra:

➖ kasbiy taʼlim fani maktabning 10-11-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarga oʻqitish uchun joriy etiladi;

➖ kasb-hunarga oʻqitish joriy etiladigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri buyrugʻi bilan tasdiqlanadi;

➖ kasbiy taʼlim yoʻnalishi boʻyicha amaliy imtihon oʻtkaziladigan kun va vaqt maktabning pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi va imtihon boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin maktabning kirish qismiga osib qoʻyiladi;

➖ amaliy imtihonning har bir kasb turi boʻyicha baholash mezonlari va savollari vazirlik tomonidan tasdiqlanadi;

➖ imtihon natijalari imtihon yakunlangandan soʻng shu kunning oʻzida eʼlon qilinadi;

➖ imtihonda uzrli sabablarga koʻra ishtirok etmagan yoki amaliy imtihonda 55 ball va undan past natija koʻrsatgan bitiruvchiga imtihon yakunlangan kundan eʼtiboran ikki hafta ichida amaliy imtihonni qayta topshirishga ruxsat etiladi;

➖ uzrsiz sabablarga koʻra amaliy imtihonda qatnashmagan bitiruvchilarga imtihonni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi;

➖ bitiruvchi amaliy imtihonni qayta topshirishda 55 ball yoki undan kam ball toʻplasa, unga sertifikat berilmaydi;

➖ bitiruvchilar kasbiy taʼlim yoʻnalishi toʻgʻrisidagi sertifikatlarni har yili 30-iyunga qadar, amaliy imtihonni qayta topshirgan bitiruvchilar 10-iyulga qadar maxsus elektron platforma orqali bepul yuklab olishlari mumkin.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Xorazmda ish vaqti boshlandi 😊

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Xorazmda ish vaqti yakunlangandan keyingi harorat 🥵

@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Al-Xorazmiy universitetiga qabul davom etmoqda

⚡️ Universitetda Dron texnologiyalar muhandisligi, Sun’iy intellekt va Dasturiy ta’minot muhandisligi yo'nalishlariga 2025/2026-o'quv yili uchun arizalar qabul qilinmoqda.

💥 Bu yerda siz xorijiy amaliyotlar hamda mahalliy va xorijlik professor-o'qituvchilardan sifatli ta'lim olishingiz mumkin.

✨ Eng quvonarlisi, universitet bo'lajak talabalar uchun bir yillik 100%gacha tabaqalashtirilgan hamda 4 yillik 100% grantlarni taqdim etadi.

👉 O'qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz/akhu/cabinet/login

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#qabul2025 #admission2025

👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Buni albatta ko‘ring

@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

#Ochilish_marosimi
#Olimpiadachilar_oromgohi

Summer Science Camp – Olimpiadachilar oromgohi boshlandi!


⚡️Bugun Fan olimpiadalari markazi tomonidan tashkil etilgan Summer Science Camp – Olimpiadachilar oromgohi o‘z ishini boshladi.

📍Oromgohga O‘zbekistonning turli hududlaridan tanlab olingan matematika fanidan 46 nafar 5-sinf iqtidorli bitiruvchilari yetib kelishdi.

🔰Tadbir doirasida oromgohning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oromgoh davomida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan:
• intensiv o‘quv mashg‘ulotlari,
• laboratoriya tajribalari,
• interaktiv seminar-treninglar,
• ijtimoiy-ma’naviy tarbiya mashg‘ulotlari,
• sport-sog‘lomlashtirish faoliyatlari rejalashtirilgan.


Bu nafaqat bilimlar bilan boyituvchi, balki do‘stlik, hamjihatlik va jamoaviy ruhni mustahkamlovchi muhim tajriba bo‘ladi.

🔗 Bizni kuzating:
🌐Telegram 🌐Instagram
🌐Facebook 🌐Linkedin

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

"Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini boshqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish chora tadbirlari to‘g‘risida" Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Ma'lumot uchun:
2025-yilda Xorazm viloyatida 3 ta "Ilk rivojlanish markazlari" tashkil etiladi.
Jumladan, Hazorasp, Yangibozor, Qo‘shko‘pir tumanlarida.
2026-yilda 2 ta, 2027-yilda 4 ta va 2028-yilda 4 ta tumanlarda tashkil etilishi belgilangan.

@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

#Tayinlov

Kazakova Saxiba Abdurayimovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.

Saxiba Kazakova - Navoiy davlat Pedagogika instituti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.

Taʼlimdagi mehnat faoliyatini 2009-yilda Navoiy pedagogika kollejida boshlagan.

Respublika taʼlim markazida, Osiyo taraqqiyot bankida va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2023-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Bugunga qadar Agentlikning Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube🌐Instagram

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

"Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini o‘rgangan kasb-hunari bo‘yicha amaliy imtihondan o‘tkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining qarori, 14.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3647

@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Xorijiy til pedagoglari uchun muhim eslatma!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Farmoniga muvofiq, 2024-yil 29-mayda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining qarori (roʻyxat raqami 3515) tasdiqlandi.

Asosiy qoidalar:
1. 2024-yil 29-iyulgacha olingan TKT (3 ta modul bo`yicha kamida band 3), TESOL (pass), TEFL (pass), TESL (pass) kabi xalqaro sertifikatlarga ega pedagoglar, sertifikat amal qilish muddati tugagunga qadar ish joylarini saqlab qolishlari mumkin.
2. 2024-yil 29-iyuldan keyin olingan ushbu sertifikatlar ish joyini saqlashda imtiyoz bermaydi.


Bunda, TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari olingan vaqtda amalda bo`lgan qaror talablarini bajargan bo`lishi lozim.

Shuning uchun, milliy yoki xalqaro tan olingan yangi sertifikatlarni o`z vaqtida olishingiz tavsiya etiladi.

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Tilingdan topasan

@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Xiva shahrida — “Ichan qal’a” va “Arda Xiva” majmualarida an’anaviy “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tadi.


💹Mamlakatimiz turizm salohiyatini keng targ‘ib etish, jumladan, Xorazm viloyatiga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini oshirish maqsadida joriy yilning 8-10 avgust kunlari Xiva shahrida — “Ichan qal’a” va “Arda Xiva” majmualarida an’anaviy “Qovun sayli” festivali bo‘lib o‘tadi.

Festivalning asosiy tadbirlari mahalliy va xorijiy yulduzlar ishtirokidagi gala konsertlar bilan 8-9 avgust kunlari “Ichan qal’a” va 10 avgust kuni “Arda Xiva” turizm majmualarida bo‘lib o‘tadi.

Barchani sharqona, go'zal va betakror, unutilmas xotiralarga boy o'tuvchi “Qovun sayli”ga taklif etamiz!


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

"Долзарб 90 кун" лойиҳаси доирасидаги тадбирлар давом этмоқда.
Навбатдаги тадбир тумандаги 32- сон умумтаълим мактабида ташкил этилди.


Янгиариқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Al-Xorazmiy universiteti ko'plab grant imkoniyatlarini taqdim etadi

⚡️
Al-Xorazmiy universiteti talabalarga 4 yillik 100% va 1 yillik tabaqalashtirilgan grantlarni taklif etadi.

✅ Quyidagi talabgorlar 4 yil davomida 100% davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin:
🔹nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari;
🔹“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari;
🔹Prezident maktablari bitiruvchilari;
🔹Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlari.

✅ Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar kirish imtihonidan yuqori ball asosida qabul qilingan talabalarga quyidagi tartibda beriladi:
🔸Top 10% talabalarga 100% grant
🔸Keyingi 10% talabalarga 70% grant
🔸Keyingi 15% talabalarga esa 50% grant ajratiladi.

❗️Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda o'qiyotganida saqlanib qolishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin.

💥 Qabul davom etmoqda. O'qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz/auth/university

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#grantlar #qabul

👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

📣🎉 “Tabiat bolalar nigohida” rasmlar tanlovi – viloyat bosqichi yakunlandi!
2025-yil 11-iyul kuni viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan🖼 “Tabiat bolalar nigohida” rasmlar tanlovining viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

🎨 Tanlov natijalariga ko‘ra:

👨‍🏫 “O‘g‘il bola” tarbiyalanuvchilari yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin – Shovot tumani 8-son DMTT tarbiyalanuvchisi Shomurodov Shaxzod Ortiqboy o‘g‘li
🥈 2-o‘rin – Xiva tumani 5-son DMTT tarbiyalanuvchisi Farxodov Ollabergan Jayxunbek o‘g‘li
🥉 3-o‘rin – Gurlan tumani 7-son DMTT tarbiyalanuvchisi Yangiboyev Shaxrom Sherzod o‘g‘li

👩‍💻 “Qiz bola” tarbiyalanuvchilari yo‘nalishi bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin – Shovot tumani 22-son DMTT tarbiyalanuvchisi Azimboyeva Malika Abdullajon qizi
🥈 2-o‘rin – Yangibozor tumani 26-son DMTT tarbiyalanuvchisi Ikromova Ezoza Jaxongir qizi
🥉 3-o‘rin – Bog‘ot tumani 15-son DMTT tarbiyalanuvchisi Odilbekova Moxina Javoxir qizi

🎁G‘olib va sovrindorlarga viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🚀@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Xozirda havo harorati 55 emas 50 ekan 😁

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

#Music_Team

Xonqa tumanidagi 4-son DMTT direktor o‘rinbosari Nargiza Sultanova ijodidan.

@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

🔥 Joriy yilning 16-iyul kuni Gurlan tumanidagi 32-son maktabgacha ta'lim tashkilotida "Farzandingiz kamoloti siz va bizning hamkorligimizda" shiori ostida ota-onalar uchun ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi.

@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Rouming tizimida ishlayapmiz😊🤦‍♂

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

‼️ТИЛ СЕРТИФИКАТИ БЎЛМАСА ҲАМ "ДЕКРЕТ" ДАН ҚАЙТГАН ЎҚИТУВЧИЛАРНИ БИРДАН ИШДАН БЎШАТИБ БЎЛМАЙДИ

Хабарингиз бор, Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 19 майдаги қарорига мувофиқ, 2025/2026-ўқув йилига қадар умумий ўрта, ўрта махсус ва профессионал таълим муассасаларида фаолият юритаётган барча хорижий тиллар ўқитувчилари камида Б2 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро сертификатга эга бўлиши лозимлиги белгиланган.

Демак 2025/2026-ўқув йилига қадар мактабларнинг чет тили ўқитувчилари ўз фанлари бўйича камида Б2 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро сертификат олишлари талаб этилади.

Шунга кўра, агар чет тили ўқитувчилари 2025/2026-ўқув йили бошлангунича чет тили сертификатини олмаса, улар билан тузилган меҳнат шартномаси бекор қилиниши мумкин.

Бунда иш берувчи улар билан тузилган меҳнат шартномасини Меҳнат кодексининг 161-моддаси иккинчи қисми учинчи банди билан (ходимнинг малакаси етарли бўлмаганлиги сабабли эгаллаб турган лавозимига ёки бажараётган ишига мувофиқ эмаслиги) бекор қилиши мумкин бўлади.

Бироқ, МКнинг 409-моддасига кўра, Боласи уч ёшга тўлгунига қадар бола парваришлаш таътилида бўлган ходим билан меҳнат шартномасини ходимнинг малакаси етарли эмаслиги оқибатида эгаллаб турган лавозимига ёки бажараётган ишига лойиқ эмаслиги муносабати билан иш берувчининг ташаббусига кўра ушбу Кодекс 161-моддаси иккинчи қисмининг 3-бандига мувофиқ бекор қилишга ходим таътилдан чиққан кундан эътиборан бир йил ичида йўл қўйилмайди.


Яъни чет тили фани ўқитувчилари 2025-2026 ўқув йилигача камида Б2 сертификатини олишлари лозимлиги белгиланган бўлса ҳам, сертификатга эга бўлмаган ходим бола парваришлаш ёки туғруқ таътилидан қайтганидан сўнг бир йил ичида у билан меҳнат шартномасни бекор қилиш мумкин эмас. Агар бир йил ичида сертификатни ололмаса, меҳнат шартномасини бекор қилиш мумкин бўлади.


Каналга уланиш — @hrm_uzb

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

YOZ O‘TMOQDA SOZ 😍

Gurlan tumanidagi 15-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yozgi sog'lomlashtirish davrini, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, ularning hayoti va sog'ligini muhofaza qilish hamda "Favqulotda to'qson kunlik" mavzusida tashkil qilingan seminardan lavhalar

@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

‼️‼️‼️
#Диққат_эълон

📣 Hurmatli pedagoglar!


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yangi maktablar uchun O‘QITUVCHILAR TANLOVIni e’lon qiladi.

Yangi o‘quv yilida yurtimiz bo’ylab 20 dan ortiq yangi va zamonaviy maktablar ishga tushmoqda.

Bu yerda Siz o’z salohiyatingizni ro’yobga chiqarishingiz va yangi marralarni egallashingiz mumkin.


❗️Shoshiling!

👉 Yangi maktablarda ishlash uchun pedagog.uzedu.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tib ariza bering.

✈️ Sizni yangi imkoniyatlar kutmoqda!

Ta’lim sifatini birgalikda oshiramiz!

🌐 BATAFSIL VIDEOLAVHADA

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

🎉ONLINE kurs izlayotganlar uchun ajoyib imkoniyat!

Bizda online CEFR va ingliz tili 0 dan kurslari ham bor!

Siz online tayyorlanib CEFR sertifikatini qo'lga kiritishingiz mumkin. Shu paytgacha ko'plab o'quvchilar o'z natijalarini qo'lga kiritgan.

O'qituvchi: Mohichehra 4 yillik tajribaga ega va juda ko'p talabalarga til o'rgatish orqali o'z maqsadlariga erishishga yordam bermoqda.
Darslar haftada juft yoki toq kunlari o'tiladi yakshanba kuni test.

Bizda hamma darajalar uchun kurslar mavjud:
- ingliz tili 0 Dan
- gramatika
- cefr

Murojat uchun:
/channel/englishnoteswithmohi

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Yangi lavozim, yuksak ishonch muborak!

Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Umarova Hilola O‘ktamovna Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Endilikda Hilola O‘ktamovna nafaqat maktabgacha va maktab ta’limidagi islohotlarda faoliyat olib boradi, balki yangi O‘zbekistonda hurmatli Prezidentimiz boshchiligidagi keng qamrovli ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarda mas’ul sifatida ishtirok etadi.

Aytish mumkinki, keyingi yillarda yurtimizda “maktabgacha-maktab-oliy ta’lim-malaka oshirish” yagona tizimi vujudga keldi.

Shuningdek:

➖ tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirishga doir ishlar jadal davom ettirildi hamda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, maktabga qabul, turli ta’lim xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi;

➖ vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi, Al-Xorazmiy universiteti, Al-Beruniy nomidagi maktab-internati, Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablari kabi qator ta’lim maskanlari, “Renessans” bolalar oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

➖ yangi summativ va formativ baholash tizimi bosqichma-bosqich umumta’lim maktablariga joriy etila boshlandi;

➖ umumta’lim maktablari direktorligiga nomzodlarni menejerlik kurslariga o‘qitish va ularni Direktorlar kengashi orqali tayinlash tizimi yo‘lga qo‘yildi;

➖ maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalar qamrovi 96 foizga yetkazildi;

➖ o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalardagi yutuqlari soni keskin oshdi hamda ushbu toifadagi olimpiadalarda 2023-yilda 91 ta, 2024-yilda 128 ta, 2025-yilning o‘tgan vaqti davomida 170 ta turli darajadagi medal qo‘lga kiritildi;

➖ o‘quvchilar o‘rtasida “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovlari yo‘lga qo‘yildi;

➖ yangi tashkil etilayotgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblariga uy sovg‘a qilinishi tartibi joriy etildi.

Sohaga doir bu kabi katta islohotlarni uzoq sanash mumkin. Muhimi, ular izchil davom ettiriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Hilola O‘ktamovnaga kelgusi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, yuksak ishonch bilan yana bir bor qutlab qoladi!

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

#IChO_2025

✈️ IChO 2025: O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolari oltin va kumush medallarni qo’lga kiritishdi

Dubayda boʻlib oʻtgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida (IChO 2025) O’zbekiston jamoa hisobidagi ko‘rsatkichi bilan yurtimiz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

📊 Yakuniy natijalarga ko’ra terma jamoamizning barcha a’zolari g‘oliblikni qo’lga kiritdi — 2 ta oltin va 2 ta kumush, jami 4 ta medal.

G‘oliblar bilan quyida tanishing:


🥇Daler Rahimov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal,
🥇Mirjahon Muxammadov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal,
🥈Ibrohim Temurov — Toshkent viloyati, Olmaliq shahri Buxoro maktabi o‘quvchisi — kumush medal,
🥈Biloliddin Zuxriddinov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — kumush medal.

🌐 G’oliblarni samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilaymiz!

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Xushnudbekdan yaxshi tavsiyalar
Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

Shu o‘rinda yana bir yangilik Apro.uz platformasida to‘plagan balingizni kiritish orqali qaysi OTMning qaysi yo‘nalishlariga grantga, qaysilariga shartnoma asosida kira olishingiz mumkinligi bo‘yicha tavsiya berish tizimi yo‘lga qo‘yilganini maʼlum qilamiz


@T_Nurmetov

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Расман: Тошкент пропискаси ҳақидаги қонун бекор қилинмоқда

Тошкент шаҳри ва Тошкент вилоятида доимий яшаш ҳуқуқига эга шахсларнинг тоифалари ҳақидаги қонун 3 ойдан кейин ўз кучини йўқотади. Янги қонун кучга кирадиган 2025 йил 12 октябрдан эътиборан, Ўзбекистон Республикасининг бутун ҳудудида яшаш жойи ва турган жойи бўйича рўйхатдан ўтишнинг хабардор қилишга асосланган ягона тартиби амал қила бошлайди.

👉 https://kun.uz/kr/63938489

Kun.uz расмий канали

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish bo'yicha Prezident qarori e'lon qilindi

✅ Davlatimiz rahbarining 30.04.2025-yilgi PQ-160-son qarori imzolandi. Unga ko'ra urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etildi.

💥 Universitetga qabul tez orada e'lon qilinadi. Qo'shimcha yangiliklardan xabardor bo'lish uchun universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#PQ160 #qaror

👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

📣O‘qishga arizalar qabuli boshlandi!

✅ Al-Xorazmiy universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘qishga arizalar qabuli boshlandi.

⚡️ Universitetda siz quyidagi bakalavriat yo'nalishlarida tahsil olishingiz mumkin:
🛬 Dron texnologiyalar muhandisligi;
💻 Sun’iy intellekt;
💻 Dasturiy ta’minot muhandisligi.

💫Qabul talablari:
🔹Ingliz tilidan minimum IELTS 5.5, CEFR B2, TOEFL iBT 46 sertifikatlaridan biriga ega bo‘lish,
🔹 Matematika va mantiqiy fikrlashdan imtihon.

💥 O‘qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz/auth/university

✨ Al-Xorazmiy universiteti davlat universiteti hisoblanib, bu yerda siz “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida xalqaro darajadagi sifatli ta'lim olishingiz mumkin.

❓Savol va murojaatlar uchun:
☎️ Koll-markazi: +998712024111
✈️ Telegram bot: @alxorazmiyunibot

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#qabul2025 #admission2025

👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot

Читать полностью…

T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog

Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining kasbiy standartini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.07.2025 yildagi 423-son

@T_Nurmetov

Читать полностью…
Subscribe to a channel