#uchinchi_tomon
Sen nimadan qochsang, aynan o'sha seni quvadi...
Temurmalik O'ktamov
@tajallo
.
Tarz
Oppoq tuynuk, qorong'u xona,
Hukm surar qishday skunat...
Xayollar qilmoqda, bir-birin pana,
Chizishga yo'l qo'ymay ajib bir xilqat.
Quymoqchi bo'larman xayol jomidan,
Qo'rong'u labimga tamsiz, bir nima.
Yana totgim kelar ma'no qonidan,
Lekin qayt qiladi, sho'rlik jonima...
Kunlarim bir talay, lek tarzi tanho...
Ba'zilar zerikar, menchi... yo'q aslo.
Sababi doyam tun, yo'rgagim skut...
Kapalak parvozi shovqindir hatto.
Tajallo
@tajallo
#uchinchi_tomon
...har birimiz bir sabab va sababchimiz...
Temurmalik O'ktamov
@tajallo
#quvlik
Quyosh sharqdan g'arbga botadi...
u kabı.
Farqi, unda shimol va janubga ham moyillik bor!
Temur Malik!!!
@tajallo
Ikki "chora"
Nega yuragimni tig'layverasan?
Senga o'yinchoqdek tuyildimi yo?
Yuragim, sen nega yig'layverasan?
Mahbubim zulmkor ko'rindimi yo?
Muhabbatim desam, yuragim yonar!
Gar dilim tanlasam , yor mendan tonar.
Ikki yondan ikki tig' siqib keladi...
Ikkisi ham bir bo'lib, aqlim tiladi...
Tajallo
P/s: Ayrım misralar qolganlaridan bo'g'inlar soni bo'yicha kam va ko'p. Lekin she'r ohangiga aslo aks ta'sirsiz.
@tajallo
™ Piyolaning labingiz tekkan joyiga yana bir bor labingiz tegadi...
Temur Malik!!!
@tajallo
#singan_satrlar
Quyosh derazamdan yorug' nigohda mo'raladi, qushlar ohista uni taqillatdi va shamol ochdi....
Qiziq... sen uch kishimiding...
Tajallo
@tajallo
Qashshoq osmon
Bugun yuragimning osmoni qisir,
Hech bir qo'shiq unga, qilmaydi ta'sir.
Xaloyig'i marosimlar qilsa ham,
Lek baribir qaqshoqlikka u asir...
Tajallo
@tajallo
Sev
Ularning sevgisi, yo'q sevgi emas,
Ko'nglim o'z aksini o'zimku demas.
Qachonlardir quyosh botgan bo'lsa ham,
Aslida, bu uning yo'qligidanmas.
Yig'lagin yuragim, ohlaring borib,
Izlasin, yo'qlasin bugun o'zini.
Yig'la! ko'z yoshlarim yerlarni yorib,
Tomirlarga aytsin uning so'zini.
Tiz cho'kdim , tiz cho'kkan joylarim,
Aylandi moychechak gulzorlariga.
Joynamozni bosgan poylarim,
Yo'l olsin jannatning bozorlariga...
Tajallo
@tajallo
O'sha kun...
Men sendan roziman, jonginam,
Kecha baxtli edim samolar kabi.
Bugun yuragimni tilsang ham,
Roziman, yuragim seniki mayli.
Bir kunlik sevging, menga bir umr,
Rohatni zahira qilib ketdiku.
Muzlab yotgan bir sovuq tomir,
Bugun olov bo'lib yonib ketdiku.
O'sha bir kun uchun, farishtam, senga,
Rizolik aytaman, bir umr yig'lab.
Lekin, rostini ayt o'sha kun menga,
Qiyo boqqanmiding bir bor dil tig'lab.
Rostdan sevganmiding, yoki yolg'ondan,
Yoki ko'ngil uchun qo'ydingmi aldab.
O'yladingku, mayli sen meni jondan,
Baxtdir, yolg'oninga bo'lish ham sabab.
Xo'rozqand ko'targan bir yosh boladay,
Yuribman, yuribman o'zimcha yayrab.
Endi,shu sevgingni olib, men atay,
Alvido, o'laman yurakka qadab.
Tajallo
@tajallo
Yuragiston
Jirkanchlashdi tuyg'ular, dillar,
Yuragiston vayrona bo'ldi.
Ko'chasida xazonlar yelar,
Fonuslari tik holda so'ndi...
Yaylovlari botqoqlarga teng,
Qabristoni juda-juda keng.
Tepasida qaqragan samo,
O'laksaxo'r uchadi tanho.
O'rindiqda o'tirar, keksa kampirlar,
Qavargan qo'llar va ma'nisiz ko'zlar.
Kimnidir so'zlashar, o'zlari bilmas,
Atrofdagi birovni nazarga ilmas.
Mening qashshoqlashgan yuragistonim...
Endi nimalarga qul, dilistonim...
Chirkindilar bilan to'lgan bo'stonim...
Qahramoni o'lgan, katta dostonim.
Yuragiston vayrona bo'ldi...
Fonuslari tik holda so'ndi...
Tajallo
@tajallo
Senga talpinib
O'zimni izladim o'zingdan,
Izladim, esladim, yig'ladim.
Topay dedim, meni, bitta so'zingdan,
Sening uchun qalbni tig'ladim.
Daryolar bo'zlar,
...o'rmonlar so'zlar,
Tillarida faqat, sen,sen,sen...
Charchagan, siqilgan
bu so'qir ko'zlar,
Izlaydi, faqat sen,sen,sen...
Visolinga yetmoq ilinjim,
...poklagum bu sayoq dillarni.
Talpinib sig'maydi ichimga ichim,
...tortgim kelar senga yillarni.
Visol yaqin, boraman sen tomona,
...jolang uchun mayli, ketsam men yona.
...kut meni!
Yetgayman senga qachondir.
...hozir Izlayapman...
Topgum qachondir...
Tajallo
@tajallo
Nogoh
Murdalar aldamas, ...murda bo'lsayding,
Mayli, sovuq lablar bo'lsa ham tengim.
Oynaning ahvolin bir bor bilsayding,
Mening kelmas edi, bunchalar o'lgim.
Ko'rdim, asal xumdan zahar oqqanin,
Bilib, borib, unga nimkosa tutdim...
Ko'rdim, dudog'ingdan qahr yog'ganin,
Seni topmadim-u, seni yo'qotdim.
Tajallo
@tajallo
Doim...
Ko'zlar ko'zlarga boqar- xiyonat...
Dillar dillarga yoqar- xiyonat...
Qo'llar qo'llarga tegar- xiyonat...
Yurak bag'rni ezar xiyonat.
Hushlar ham qiladi xiyonat,
Tushlar ham qiladi xiyonat.
Xiyonat, xiyonat, xiyonat...
Lablaring tekkan piyola,
Boshqa labga qilar xiyonat...
Qo'llaring tekkan har tola,
O'zga qo'lga qilar xiyonat...
Tajallo
@tajallo
#uchinchi_tomon
Hayotingizda kutilmaganda ro'y bergan quvonchli voqeaga ishongiz kelmayaptimi? Qo'rqing, bu ulkan dovul oldidagi sokinlik bo'lishi mumkin...
Temurmalik O'ktamov
@tajallo
U o'sha edi...
Vafot etgan bitta do'stim,
kecha kirdi tushimga...
Yo tirikmidi... bilmadim,
keyin keldim hushimga.
Degandiki, asli o'sha,
o'zi emas va bilmas
kimligini. Aytardi bilsa,
Lek aytmas...
Tajallo
P/s: Menimcha buni ko'pchilik tushunmasa kerak. Bu uchun, ohangsizlik va nimkosa uchun uzr so'rayman. Lekin yaxshilab o'qisangiz albatta tushunasiz... Men hali ham relsdaman...
@tajallo
#uchinchi_tomon
...qurigan har bir tomir kimgadir rohat bermoqqa qodir...
Temurmalik O'ktamov
@tajallo
#mening_drabblim
#urush
Vafot etgan ayolni yigirma yillik taxta o'rindiqdan olishmoqchi bo'lishdi. Qadrdon o'rindiq uning ko'ylagini mahkam ushlab olgancha "ketma, balki hozir kelar" degandek tuyuldi...
Temur Malik!!!
@tajallo
#mening_drabblim
Shoirlarga
...Yelim ko'ngil sotamiz, oyoq ostida yotganidan....
Temur Malik!!!
@tajallo
#men_ga
Sen meni bilamaysan, ichimmassan, ichim bo'lsang ham tushunmaysan chunki ichimnimning ham ichi bor...
Temur Malik!!!
@tajallo
#mening_drabblim
Tamaki
U tamaki tutuniga qarab xayol surardi:
"Balki, bu mendirman"
Temur Malik!!!
@tajallo
Yolg'onchi...
Qorong'u zulmatning tund og'ushida
Chuqur-chuqur tamaki tortar.
Nelarnidir surib boshida,
Ne yolg'onlar to'qib, u yotar.
Qulog'ida bir quloqchini,
"Yig'latur" deb solmoqda uvvos.
Gaplarida yo'q biror chini,
Rost gapirsa, bo'ladi vos-vos.
Og'ir-og'ir surmoqda hayol,
Biror yolg'on to'qisammi deb
Birdan dardi keladi alhol
Va yozadi qog'ozni o'yib
Azoblanar bechora g'arib
Armonlarin yozadi go'yo
Nimanidir yurar axtarib
Lekin uni yashirar dunyo
Yolg'onchidan bitta u emas
Ular ko'pdir, ularga og'ir
Yurisharlar doimo sarmast,
Laqablari emishki shoir...
Tajallo
@tajallo
#falsafiy_falsafa
Sen boshinga tushayotgan kulfatlardan charchading va boshqa yurishga holing qolmay to'xtading... yo'q, to'xtama aynan o'sha onda yana bir qadam tashla, yaxshi kunlarga yetgan bo'lasan...
Temur Malik!!!
@tajallo
Arosat
Kimga olov rohat, kimga esa suv,
Kimgadir barchasi shunchaki qo'rquv.
Kimga "u" jazodir, kimga "bu" jazo,
Menga esa, yolg'iz sen jazo.
Shundayin nisbiyat ,shundayin devor,
Biri, birisiga yon bosmas bir bor.
Har kim o'z yo'lida, har kim o'z tomon,
Bir yo'lni topmaslik, baridan yomon...
Tajallo
@tajallo
Uyqunoma...
Bedorman.
Tun hamrohim,
skut sirdoshim,
osmon ko'rpam,
yer o'zim...
@tajallo
Xonadosh
Eshikni birinchisi ochdi. U ikkinchisi bilan qo'l ushlashib turardi. Ikkinchisi birinchisiga "chiqib tur" degandan so'ng birinchisi tomchi yosh bilan xonani tark etdi. U ikkisini ham taniydi va biladi.
Temur Malik!!!
@tajallo