• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar! • Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling! • Reklama va hamkorlik uchun: @Tijoriy
📌 Milliy sertifikat kimga qanday imtiyoz beradi?
✅ Javob quyidagicha:
1️⃣) Agar o'qituvchi milliy sertifikat imtihonida 80% yoki undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, oylik maoshiga 20% ustama qo'shib beriladi!
2️⃣) Agar abituriyent 86% va undan yuqori natijani qo'lga kiritsa, tegishli fanidan kirish imtihonlarida maksimal ball beriladi. Ya'ni ona tili va adabiyot 1-blok fani bo'lsa 93 ball, 2-blok fani bo'lsa 63 ball. Shuningdek majburiy 10 talik testdan ham maksimal ball (11 ball) beriladi.
Agar 60% dan 85% gacha natijani qo'lga kiritsa, foizga nisbatan proporsional ball beriladi. Ya'ni 80 foizlik natijani qo'lga kiritsa, unga 93 ballning 80%i (74,4 ball) beriladi!
3️⃣) Agar ona tilidan majburiy fan sifatida (10 talik testga) tayyorlanayotgan abituriyent milliy sertifikat imtihonidan 60 foizdan yuqori natijani qo'lga kiritsa, unga majburiy ona tilidan maksimal ball (11 ball) beriladi. Ya'ni milliy sertifikat majburiy fan uchun ham o'tadi!
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2025-yil 12-yanvardan 22-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan turk tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 30-yanvardan 3-fevralga qadar my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
⚡️ 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilidan ko‘zi ojizlar uchun maxsus imtihonlar
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus test sinovlari yanvar, mart va may oylarida o‘tkaziladi.
👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari uchun ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
Eslatma:
‼️ Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) shaxslarga mo‘ljallangan chet tili imtihonlari uchun faqat mazkur toifaga kiruvchi talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
🖥 Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bir bosqichda kompyuterda o‘tkaziladi.
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
O‘zbekistonda eng ko‘p maosh oladigan kasblar qaysilar?
2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rtacha nominal ish haqi 5,3 mln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 17,4% ga o‘sgan.
Maoshlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida kuzatildi – bu yerda o‘rtacha oylik ish haqi 9 mln so‘mga yetib, 21,4% ga oshdi.
Eng yuqori maosh to‘lanadigan sohalar:
🔺 Moliya sohasi – 15,2 mln so‘m
🔺 Aloqa sohasi – 13,1 mln so‘m
🔺 Transport sohasi – 8,1 mln so‘m
O‘rtacha darajadagi maoshlar:
🔸 Sanoat – 6,4 mln so‘m
🔸 Savdo – 6,2 mln so‘m
🔸 Qurilish – 5,9 mln so‘m
Eng kam maosh oladigan sohalar:
🔻 Sog‘liqni saqlash – 3,4 mln so‘m
🔻 Ta’lim sohasi – 3,6 mln so‘m
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
“Rektorlarni saylashga tayyormasmiz” – Abduvali Xoliqov
Oliy ta’lim muammolariga bag‘ishlangan suhbatda vazirlik xodimi rektorlarni tayinlashdan voz kechish juda oson ekanini, ammo bunga hali hech kim tayyor emasligini bildirdi. U ta’lim sohasidagi mavjud holatdan kelib chiqib, hozirgi tartib to‘g‘ri ekanligini qayd etdi.
P/S: To'g'ri, saylash uchun avval saylov tizimi haqiqiy bo'lishi kerak. Saylovlar haqiqiy bo'lmas ekan, hali saylashdan ma'no ham yo'q...
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
📌 Har bir ota-ona farzandining yorug‘ kelajagi, ilm yo‘lida muvaffaqiyatga erishishi uchun hech narsadan qaytmaydi. Ba’zan mehr va sabrni, ba’zan esa qattiqqo‘llik va matonatni tanlaydi. Bu fidoyilikning ortida faqat bitta maqsad bor: farzandining ertasi bugundan yorug‘ bo‘lishi!
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Magistraturaga kirishdagi amaliyot endi adolatsizlik tamoyiliga aylanib bormoqda
Maʼlumki, hozirda magistraturaga o'qishga kirish uchun bakalavriat diplomi bali va til sertifikatidagi ball inobatga olinadi hamda hech qanday test sinovlari amalga oshirilamaydi❌
💵Buni joriy etishdan maqsad magistraturga o'qishga kirishda OTMlardagi mavjud korrupsion holatlarning oldini olish edi va bunga erishildi, ammo tanganing ikkinchi tomoni yuzaga chiqa boshladi.
📈 Oddiy misol: Rektor Kanyazov davrida (2013-2019) Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlaganlarning diplom balli maksimal 85 dan oshmaydi. Ammo hozirda yuridik yoʻnalishda magistrga kirishda yetarli ball to'plash uchun diplom balingiz kamida 95-100 ball talab qilinmoqda.
Bu esa turli xil yillardagi baholash mezonlari, rektorlarning siyosiy qarashlari hamda ta'limdagi o'zgarishlar sabab o'qishga kirishdagi notenglikni yuzaga keltirmoqda. Natijada haqiqatdan bilimi yetarli biroq diplom bali 90 atrofida bo'lmaganlar o'qishga kira olmay qolib ketyapti.
So'nggi yillardagi statistikani qaraydigan bo'lsak, aynan test tizimi yo'qolganidan so'ngi yillarda berilgan diplom ballar ancha yuqorilab ketgan. Bu esa shunchaki tasodif emasligini tushunish qiyin emas. Bundan tashqari, magistraturani turdosh yoʻnalishlarni bitirganlar bosib ketdi, bu esa test tizimisiz miyyasida mutaxassislikdan alif ham bo'lmagan talabgorlarning diplom bali bilan o'qishga kirib ketishlariga sabab bo'lmoqda.
✔️ Shu sababli, magistraturaga kirishda mutaxassislik boʻyicha diplom ballarini hisoblashni bekor qilib, test sinovlarini joriy etish kerak. Korrupsion holatlarning oldini olish uchun bu mas'uliyatni OTMlarga emas Bilim va baholarni baholash agentligiga topshirish kerak. Shunda odamlarda korrupsiyaga nistaban e'tirozlar u qadar ko'p bo'lmaydi degan fikrdaman.
Xoʻsh, Siz qanday fikrdasiz?
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
#sessiya
📌 Xabaringiz bor 2024/2025-o'quv yilidan boshlab grant faqat 1 yilga beriladigan bo'lgan, ya'niy bir yil davomida o'zlashtirgan baholarga qarab yo grantda ayrilib qolish mumkin yoki kontraktdagilar grantga o'tib olishi mumkin.
Bu esa sessiyadagi baholash jarayonlarini adolatli tashkil etishni taqozo etdi. Shu o'quv yilidan boshlab hozirgi 1-kurs talabalariga sessiya ancha og'ir keldi(bilimsizlar uchun ayniqsa). Uzun quloq gaplarga ko'ra o'qishga kirishda ham buncha nazorat kuchli bo'lmagan edi deyishmoqda, yuqori kurslar xayronmish.
Ularda apellyatsiyaga berish tartibiyam imtihon olish tartibiyam boshqacha))
Ushbu videoda birinchi kurslar chig'iriqlardan qanday o'tayotganini ko'rib olishingiz mumkin.
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
📌 Nogironligi bor shaxslarga magistraturaga kirishda sertifikat talab qilinmaydi
Nogironligi boʻlgan shaxslarga magistraturaga kirishda imtiyoz mavjud. Biroq bu barcha toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun emas.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2022-yildagi PQ-407-son qarori 4-bandiga koʻra, davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga oʻqishga qabul qilishda koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish boʻyicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi.
Aynan shu qoidaga koʻra imtiyoz koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarga taqdim etiladi.
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
UXLAMA, ABITURIYENT!
Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.
Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.
Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.
O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".
Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?
Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!
Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.
Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!
To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.
Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas,
Bilmaydi g'amingizni.
Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.
Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.
Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Abituriyentmisiz? Qaysi o'qishga kirmoqchisiz?
Havola orqali o'tib kichik so'rovda qatnashing va 1 000 000 so'mlik xarid uchun sertifikat yutib olish imkoniyatiga ega bo'ling
👉👉👉 So'rovdan o'tish! 👈👈👈
Sizning javoblaringiz biz uchun juda muhim!
Til sertifikati yo’q abituriyentlar bundan buyon 1-fani chet tili bo’lgan yo’nalishlarga topshira olmaydi
Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi yana bir bor eslatmoqda.
Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.
2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati yuqoridagi rasmda berilgan.
❗️E’tibor bering: 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.
❓Bu nima degani?
Masalan, 1-fan “ingliz tili” deb yozilgan bo’lsa, aynan ingliz tilidan sertifikat kerak bo’ladi. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo’nalishga topshira olmaydi.
Lekin 1-fan “chet tili” deb ko’rsatilgan bo’lsa, unda qaysi tildan sertifikati borliginining qizig’i yo’q. Istalgan tildan olingan tasdiqlangan sertifikat o’taveradi.
ℹ️ Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda:
https://lex.uz/docs/-6943986#-6946283
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Rasman: Kontrakt pulidan 12% qaytarib olish mumkin. Hattoki xususiy universitetdan ham!
OTMlarda oʻqiyotgan talabalar toʻlagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish mumkin va buning uchun soliq organlariga borish shart emas!🙅🏻♂.
Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.
“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.
Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️ipoteka kreditlari;
▫️nodavlat bog’cha va maktablar.
🎩 X Empire o’zlarining yangi @ZOO nomli loyihasini taqdim etishdi. Siz ushbu loyihada o’z zooparkingizni qurish imkoniga ega bo’lasiz. ✅
📌 Yangi aʼzolar uchun bonus beruvchi taklifnoma, link ustiga bosing 👇
http://t.me/zoo_story_bot/game?startapp=ref1934785956
🚀 Botga kring va vazifalar boʻlimida kanaliga aʼzo boʻling, oʻzi mining qilaveradi! Listing esa 31-yanvar !
🍀 Har bir inson alohida noyob
Bu dunyoda hech kim bilan o‘zingizni taqqoslamang. Agar shunday qilsangiz, o‘zingizni haqorat qilgan bo‘lasiz.
📌 Kontrakt uchun to'lov soliqqa tortilmaydi
Ta'lim uchun to‘lov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
➡️o'zingiz uchun;
➡️farzandlaringiz uchun;
➡️26 yoshgacha bo'lgan turmush o'rtog'ingiz uchun.
➖To'lovni to'g'ridan-to'g'ri ish joyingizdagi ish haqidan o'quv yurtiga o'tkazishingiz mumkin, bunda ushbu daromadga soliq hisoblanmaydi.
➖ Mustaqil ravishda elektron, naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda to'langanda yil yakuni bo'yicha soliq organlariga deklaratsiya topshirib, avval to'langan soliq summasini qaytarib olish mumkin.
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
📌 Talabalar 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin
Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.
Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🇩🇪GERMANIYADA talabalar uchun WORK&TRAVEL mavsumiy ish sayohat dasturi!🤩
⠀⠀⠀⠀
📆Qabul ohirgi sanasi: 5-fevral
⠀⠀⠀⠀
Talablar:
- Ingliz yoki Nemis tilini muloqat darajasida bilishi (sertifikat shartmas)
- 18 yoshdan 35 yoshgacha
- Bitiruvchi kurs bo'lmasligi kerak
⠀⠀⠀⠀
💰Umumiy harajatlar: 1600$ (bosqichma bosqich to'lanadi)
Narxga quyidagilar kiradi:
📄 JOB OFFER (taklif xati)
📜 Sug'urta
💵 Elchixona viza to'lovi
✈️ Aviachipta
👌 Firma xizmati (kvartira topib berish, viza hujjatlarida ko'maklashish va b.q)
Ish o‘rinlari:
⏺ Zavodlar;
⏺ Ishlab chiqarish korxonalari;
⏺ Do'kon va ovqatlanish tarmoqlari;
⏺ Upakovka ishlari;
⏺ Omborxonalar va omborxona logistikasi;
⏺ DHL pochta markazlari;
⏺ Gastronomiya
Dastur qatnashchilarini nimalar kutmoqda?
⏺Daromad: 13-16 € / soat. Tungi smenalar uchun qo'shimcha 25%;
⏺ Oylik: 2300-2800€ gacha;
⏺ Yashash joyi ta'minlanadi;
⏺ Yevropa bo'ylab sayohat qilish imkoniyati;
⏺ Chet tillari amaliyoti;
⏺ Xorijiy ish tajribasi;
⏺ Visa history;
JOYLAR CHEGARALANGAN - SHOSHILING!
⠀⠀⠀
Batafsil ma'lumot uchun:
📞+998(97) 717 74 47
@well_traveluz
@orif_aa
📍Manzil: Toshkent shahar, Parkent ko'chasi 209-uy (mo'ljal: korzinka)
⠀⠀⠀⠀
Telegram Instagram
❓ Kreditni qanday hisoblanadi?
✅ Kreditni hisoblash juda oson. Misol uchun Biologiya yoʻnalishiga oʻqishini koʻchirayotgan talabgor fanlar farqi boʻyicha chiqqan kredit summasi quyidagicha hisoblaydi:
Bir yillik kontrakt narxi ÷ bir oʻquv yilidagi umumiy kredit miqdori = 1 kredit narxi
⚡️Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.
Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
"Qishki perevod" natijalari qachon e'lon qilinadi?
"Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom"ning ilovasiga ko'ra, bahorgi semestr bo'yicha (xalq tilida qishki perevod) arizalar natijasi fuqaroga 25-yanvardan 15-fevralgacha muddat oralig'ida ma'lum qilinadi.
Demak "qishki perevod" natijasi e'lon qilinishining so'nggi kuni 15-fevral hisoblanadi.
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
📌 Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?
✅ JAVOB: Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:
▪️yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi
– ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
–chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
–mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
–hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
▫️ umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi
– umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
–vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
🔥Eng ko'p tavsiya qilingan va sotilgan kitoblardan biri keldi!
➡️Qo‘lingizdagi ushbu kitob ayni paytdagi tadbirkor tomonidan yozilgan.
Ushbu kitob orqali siz amaldagi tadbirkorning bilim va tajribalariga ega bo‘lasiz. Albatta, faoliyat davomida biznesni barbod qilishga oid omillar yetarlicha topiladi. Ushbu kitob sizlarni ana shu xatolar bilan birma-bir tanishtiradi. Chunki tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan inson ana shu xatolarga duch kelishi aniq.
💰Narxi: 89 000 so‘m
BUYURTMA BERISH
➡️ https://alijahon.uz/oqim/81578
➡️ https://alijahon.uz/oqim/81578
🚛 O‘ZBEKISTON BO‘YLAB YeTKAZIB BERISH XIZMATI MAVJUD.To‘lovni mahsulotni qo‘lingizga olganda qilasiz.
❗️Kambag‘al oilalar a'zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlari vaucher tizimi asosida qoplab beriladi
Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
➖ 2025-yil 1-fevraldan kasblarga oʻqitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi boʻlgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan koʻp davom etadigan oʻquv kurslariga qabul qilingan Kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz aʼzolariga toʻlanadi.
➖ 2025-yil 1-maygacha ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambagʻal oilalar aʼzolarini kasb-hunarga oʻqitish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha vaucher tizimi joriy qilinadi.
🗓 Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan oʻtkaziladi.
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
😊😊😊😊😊😊
#Lifehacker
⚙️ Karra jadvalni shunaqa oson usulda yodlash mumkinligini bilasizmi?!
Agat o'qituvchi bo'lsangiz o'quvchilaringizga 8 va 9 karrani sodda tarzda o'rgating. Matematika yanada qiziqroq bo'lsin!
© Manba
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
📖 Braziliya qamoqxonalarida o'qilgan har bir kitob jazo muddatini 4 kunga qisqartiradi.
Kitob o'qish hatto mahbuslarga ham yordam beradi, siz esa hali ham mutolaaga vaqt ajratmayapsizmi?
✅ @Talabalar | Rasmiy kanali 👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
⚡️Rasman: Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonning yozma qismi ERTAGA 19-yanvar kuni boʻlib oʻtadi
🎤gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 20-yanvardan 31-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-01-15
❗️“Tashabbusli byudjet” jarayoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Bu bo‘yicha Oliy Majlis Senati Kengashining qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra:
❌ endilikda moliyaviy mustaqil bo‘lgan OTMlarning ushbu jarayonlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi;
❌ mablag‘lardan samarali foydalanish hamda ijtimoiy muammolarga ko‘proq e'tibor qaratish maqsadida tashkilotlar tomonidan bаrсhа turdagi avtomobillar, jamoat xavfsizligini ta'minlashga oid jihozlar (rаdаr, jamoat joylaridagi kuzatuv kаmеrаlаri, “svetofor”) rahbar xodimlar uchun mebel jihozlarini xarid qilish taqiqlanadi;
💰 Shuningdek, har yili tuman va shahar byudjetidan 10 tadan kam bo‘lmagan, ko‘pi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablag‘ ajratilishi belgilandi.
Bunda, 10 tadan ortiq loyiha uchun mablag‘lar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududdagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.
❗️Ma’lumot uchun: hozirgi kunda loyihalarning eng yuqori chegaraviy qiymati 1,5 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shunga ko‘ra, tuman va shahar byudjetidan ajratiladigan mablag‘larning eng kam miqdori 15 mlrd so‘m, eng yuqori miqdori esa 45 mlrd so‘m etib belgilandi.
🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
❓Stipendiyalar to‘lovi qay holatda?
Oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy tizimlarni to‘liq raqamlashtirish ishlari olib borilayotgani sababli talabalarning yanvar oyidagi stipendiya to‘lovlari kechikayotgani haqida xabar bergan edik.
Oliy ta’lim vazirligidan olgan ma’lumotlarimizga ko‘ra:
✅ hozirgacha 105 ta oliygohdan 37 tasida yanvar oyi stipendiya to‘lovlari to‘liq amalga oshirilgan;
☑️ 50 ta oliygohda hisoblash jarayonlari tugatilib, to‘lovlar bo‘yicha so‘rovnomalar g‘aznachilik organlariga yuborilgan va ertaga bank kuni ochilishi bilan to‘lovlar amalga oshirilishi ta’minlanadi;
🔄 qolgan 18 ta oliygohda stipendiyalarni hisoblash ishlari davom ettirilmoqda va texnik xato-kamchiliklar dasturchilar tomonidan to‘g‘rilanib, ushbu to‘lovlar ham ertaga amalga oshiriladi.
🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
Bugun 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni
1991 yil 6 sentyabr — istiqlolning beshinchi kuniyoq tarixda ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi.
1992 yil 14 yanvar kuni mamlakatimiz hududidagi barcha Qurolli Kuchlarni O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 29 dekabrda qabul qilingan qonuniga binoan, yurtimizda 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi.
🎓 @Talabalar | Rasmiy kanali👇
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi