talabauz | Unsorted

Telegram-канал talabauz - Talaba.uz | Rasmiy kanal |

10741

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal ▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki! Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Subscribe to a channel

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

💰 Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari:

🛡 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov-kontrakt muddatlari quyidagicha belgilandi:

📝 belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini to'lash muddati barcha kurs talabalari uchun davlat komissiyasi tomonidan 2024-yil 1-dekabrgacha etib belgilangan;

🤔 Shuningdek: barcha kurs talabalari uchun to'lov miqdorining 50 foizini to'lash muddati 2025-yil 1-yanvar etib belgilanganini eslatib o'tamiz.

📝 Belgilangan muddatlarda to'lov-kontrakt mablag'larini o'z vaqtida amalga oshirmagan talabalar, Oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida o'qitishning to'lov-kontrakt va undan tushgan mablag'larini taqsimlash tartibi to'g'risidagi 2431-sonli Nizomning 3-bob 27-bandiga binoan, o'qitish uchun belgilangan to'lov-kontrakt mablag'ini o'z vaqtida amalga oshirmaganli sababli talabalar safidan chetlatilishi haqida ma’lum qilamiz.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

“Kamerani ko‘rib, bemorlarni tarqatib yuborishdi” – muxbirlar farg‘onalik tabib ko‘chasiga kiritilmadi

Farg‘onalik tabib Iqboljon Soliyev bilan suhbatlashish uchun borgan muxbirlar tabibning ko‘chasiga kiritilmagan. Muxbirlar bilan ko‘chada gaplashgan bemorlar tabibdan foyda ko‘rmaganini aytishgan. O‘zbekiston tabobat akademiyasi mutaxassisi tabibni Toshkentga chaqirib sinab ko‘rgani, u insult bemorni tuzata olmaganini ma’lum qilgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

2025-yil 1-yanvardan Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushiriladi

Virtual akademiyada quyidagi kontingent uchun o‘qish tashkil etiladi:
✔️aholi, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari;
☑️ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari;
☑️davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatchilari;
✔️davlat ishtirokidagi korxonalarning xodimlari.

2024-yil oxiriga gadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

O'qishga kira olmagan abituriyentlarning shiori:

- Men maktabni bitirganda o'qish bilan kelishib olganman "ortiq bir-birimizni bezovta qilmaymiz" deb.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Bugun davlatimiz ramzlaridan biri bo'lgan bayrog'imizni qabul qilingan kuni. Ijtimoiy tarmoqlarda bayroq haqida bir qancha videoroliklar va maqolalar chop etildi.

Bular ichida eng ahmoqonasi, saviyasiz va fitna kelib chiqishaga sabab bo'ladigani esa shu kadr deb o'ylayman.

Ha biz uchun bayroq muhim, ha biz uchun millat muhim, ha biz uchun davlat muhim, ammo, lekin, biroq boshqa bir millatni ezg'ilash evaziga yuksaltirish bu pastkashlik.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

🍅 Pomodoro usuli haqida bilarmidingiz?

Pomodoro usuli — bu vaqtni boshqarish texnikasi bo‘lib, uni 1980-yillarda Franchesko Cirillo ishlab chiqqan. Ushbu usul diqqatni jamlash va unumdorlikni oshirish uchun ishlash vaqtini qisqa intervallarga bo‘lishni o‘z ichiga oladi.

Har bir "Pomodoro" 25 daqiqa davom etadi, so‘ngra 5 daqiqalik tanaffus qilinadi. To‘rtta Pomodorodan keyin esa 15-30 daqiqalik uzoqroq tanaffus qilinadi. Bu texnika chuqur diqqatni oshirish, chalg‘ishlarni kamaytirish va charchoqning oldini olishga yordam beradi. Pomodoro usuli vazifalarni kichik qismlarga ajratish orqali samaradorlikni oshirish uchun mos keladi.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Biroz mulohaza

Bir onaning fikri:

• Yuvilmagan idishlar - taom pishirib, o‘sha idishlarda oilamga taom ulashganimni anglatadi.
• To‘lib ketgan axlat chelagi - xonadonimni tozalaganimni anglatadi.
• Xonadonimning besaranjomligi - farzandlarimning mazza qilib vaqtichog‘lik qilishlariga qo‘yib berganimni bildiradi.


Biznikiga tashrif buyursangiz, xonadonimiz ahvoli haqida shoshilib hukm chiqarmang. Agar mening ziyoratimga kelgan bo‘lsangiz, xush kelibsiz. Agar xonadonimni tomosha qilishga kelgan bo‘lsangiz, kuni va soatini tayin qilib, so‘ng tashrif buyuring!

Internetdan

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Mahallada duv-duv gap

Aytishlaricha vazir o‘rinbosari “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanibdi

Hay mayli, murokobod etamiz 🙋‍♀️

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Milliy sertifikat imtihonida abituriyent qachon imtihondan chetlatilishi mumkin?  

Milliy sertifikat test sinovlari bo‘lib o‘tadigan binoga va auditoriyaga har qanday qo‘llanma, adabiyotlar, telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirish qat’iyan man etiladi.

Test sinovini o‘tkazish jarayoniga turli xatti-harakatlar bilan salbiy ta’sir qilish: boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish, savollar kitobi varaqlarini yirtish, savollar kitobini boshqa talabgorlarga berish, test sinoviga ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng yozishda davom ettirish, boshqa talabgorga birorta buyum uzatish taqiqlanadi. Ushbu talablarga rioya qilmagan talabgor sinovdan dalolatma bilan chetlatiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

🎓 Kirish imtihonlarida abituriyentlarga nechta savol tushadi?

▪️ Abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.

☝️ Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 1️⃣8️⃣9️⃣ ballni tashkil etadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

⚡️ Germaniyada bepul oliy ta’lim olsa bo‘ladi. Til darajasi qanday bo‘lishi kerak?

Germaniyada davlat OTMlari xorijlik talabalar uchun ham bepul. Lekin o‘qishga kirish uchun har bir OTMning o‘ziga xos talablari va til bilish darajasi bor.

Til darajasi qanday bo‘lishi kerak?
Ingliz tili minimum 6,5 daraja (IELTS);
Nemis tili esa kamida B2 darajada bo‘lishi kerak.

Germaniyada o‘qish uchun nemis tilini bilish shartmi?

Agar Germaniyadagi davlat universitetlarida bakalavr darajasi uchun o‘qishni xohlasangiz, nemis tili zarur bo‘ladi. Sababi ko‘plab davlat universitetlarida bakalavriat ta’limi nemis tilida. Xususiy universitetlarda ingliz tilidagi dasturlarni istalgancha topish mumkin, biroq ularda kontrakt bor.

Bakalavriatdan keyingi darajalarda esa ingliz tilining o‘zi bilan ham o‘qish mumkin. Bu bosqichdagi talabalar uchun ingliz tilidagi xalqaro dasturlar yetarlicha. Til bilish darajasi Germaniyada o‘qish uchun talab qilinadigan asosiy talablardan biri. Talabgor akademik ma’lumotlarni yozma va og‘zaki darajada tushuna olishi tekshiriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

⚡️ Ta'lim muassasalarida psixologik yordam ko'rsatish tashkil etiladi

❗️ "Aholiga psixologik yordam ko'rsatish to'g'risida"gi Qonun (O'RQ-989-son, 05.11.2024 y.) qabul qilindi


🔰Qonun aholiga psixologik yordam ko'rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

🗒 Qonunga ko'ra, psixologik yordam – tang (krizisli) vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga, shaxslararo munosabatlarni hamda ruhiy salomatlikni yaxshilashga, shaxsiyatni rivojlantirishga yoki insonning ijtimoiy moslashuvini yaxshilash uchun psixologik ta'sir ko'rsatishga qaratilgan, psixologik yordam ko'rsatish standartlariga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.

Psixologik yordam davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda ishlovchi psixologlar yoxud ushbu sohada xususiy tartibda faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bepul yoki pullik asosda ko'rsatiladi.

📰 Maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim tashkilotlarida ta'lim oluvchilarning psixologik salomatligini saqlash, sog'lom psixologik muhit yaratish va ularning shaxsiy rivojlanishiga ko'maklashish maqsadida psixologik yordam ko'rsatish tashkil etiladi.

📝 Shaxs psixologik yordam ko'rsatish sohasidagi tadqiqotlarga yoki ilmiy tajribalarga faqat ixtiyoriy ravishdagi yozma roziligi yoki o'z qonuniy vakillarining yozma roziligi olinganidan keyin jalb etilishi mumkinligi belgilandi.

📖 Psixologiya yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotga ega bo'lgan shaxslar psixologik yordam ko'rsatish bo'yicha faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega.

❗️ Shaxsning psixologik
yordam ko'rsatilishini so'rab murojaat qilganligi fakti, psixologik yordam natijalari to'g'risidagi ma'lumotlar va psixologik yordam ko'rsatish chog'ida olingan boshqa ma'lumotlar psixologning kasbiy sirini tashkil etadi hamda shifokor siriga tenglashtiriladi.

⚔️ Shuningdek, psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo'lmagan shaxs tomonidan ko'rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko'rsatish to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi.

📌 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

💵 Xorijda olingan diplomlarni tasdiqlatish uchun qancha to‘lash kerak?

O‘rta maxsus kasb-hunar, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yish Bilimlarni baholash agentligi zimmasida.

📌 Bu xizmat uchun talabgor BHMning 20 foizi (hozirda 75 ming so‘m) miqdorida to‘lov qiladi.

💻 Hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha turli firmalarga murojaat qilish shart emas. Buning uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz sayti orqali ariza berish imkoniyati mavjud.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Yo'lga chiqqaningizni bildiradi.

Ingliz tilini bilish kerak.

Kerak degani, yetarli degani emas.

IELTS olib hamma ishni qotirib qo’ydim deyayotganlarni kundan-kun ko’proq uchratyapman.

Bir nima desangiz - "Meni IELTSim nechiligini bilasizmi?" deb savol berayapti.

Tabriklayman. Siz ingliz tilini bilasiz. Dunyodagi 1,5 milliard(!) odam kabi.

Siz endi butun dunyodan ma’lumot ola olasiz. Til yordam beradi.

Bu ma’lumotlarga qanchalik amal qila olasiz? Bilmadim. Bunda tilni o’zi yordam bermaydi.

Siz endi millionlab odamlar bilan gaplasha olasiz. Til yordam beradi.

Gaplashadigan saviyali mavzuingiz bo’larmikin? Hayotiy tajribangiz? Qiziqarli voqealaringiz? Bunga tilni o’zi yordam bermaydi.

Ishlarni tezroq bitira olasiz. Til yordam beradi.

Qaysi ishlarni qilishingiz kerakligini, sizga qaysilari mosligini tushunib yetarmikinsiz? Bunga tilni o’zi yordam bermaydi.

Til bilmay, yuzlab ishlarni qoyil qilayotganlar bor. Til o’rganib shundan boshqasini eplay olmayotganlar bor.

IELTS manzilga yetganingizni bildirmaydi. Yo’lga chiqqaningizni bildiradi.

Safaringiz bexatar bo’lsin azizlar!

©️ Aziz Raximov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

O'zgarishlarga sabab bo'luvchi muhim qonunlar!

Merfi qonuni

Biror narsaning sodir bo'lishidan qanchalik qo'rqsangiz, uning sodir bo'lish ehtimoli shunchalik oshadi.

Kidlin qonuni

Muommo nimaligi haqida aniq va to'g'ri yozish bilan muommoni yarmini yechgan bo'lasiz.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Jurnalistika universitetida talabalar liftga chiqarilmayapti

"O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti binosi 9 qavat. Liftdan faqat professor-o‘qituvchilar va xodimlar foydalanishi mumkin.

Talabalarga esa zinadan foydalanib mashq qilish taklif qilinmoqda. Universitet ma’muriyati har qadamda "jonli burchak" va "kinoteatr" kabilarga mablag‘ sarflamasdan 4-5 ta tezkor lift o‘rnatish haqida o‘ylaganmi?

Shu o‘rinda ma’lumot: zinadan chiqib-tushish kardiologik mashq ekanligi to‘g‘ri. Lekin bu 1-5 qavatli zinalar uchun to‘g‘ri ma’lumot. Bundan balandga piyoda ko‘tarilib tushish hatto yosh organizmga ham ortiqcha va zararli yuk.

Aynan shu sababdan 5 qavatdan baland uylarga ham lift o‘rnatiladi va bu jahon miqyosida qabul qilingan standart. Jurnalistika universiteti ham hech bo‘lmasa shu tavsiyaga amal qilib 5-9 qavat uchun alohida lift qatnovini yo‘lga qo‘yishi kerak."

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Milliy gvardiya xodimi bo'lish uchun qayerda o'qish kerak?

👮‍♀️ Buning uchun Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida o'qish mumkin. Institut kursanti bo'lish uchun bir qancha talablarga javob berish kerak.

1️⃣ Yoshlar o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga ariza bilan, harbiy xizmatchilar tarkibidagi nomzodlar o‘z xizmat o‘tash joyiga bildirgi bilan murojaat qiladi. Nomzodlardan arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 1-apreligacha qabul qilinadi.

2️⃣ Keyin nomzodlarni dastlabki tanlash o'tkaziladi. Bu 2 bosqichda bo'ladi. 1-bosqichda hujjatlar o'rganiladi, suhbat, tibbiy ko'rik, 2-bosqichda individual-psixologik o‘rganish, jismoniy tayyorgarlikni ko'rish, takror tibbiy ko'rik bo'ladi.

3️⃣ Keyin yana bir bosqich bor. Bunda hujjatlar ko'riladi, nomzod bilan AKT savodxonligi bo'yicha suhbat, diktant o'tkaziladi.

4️⃣ Va nihoyat, test.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

⚡️ Prezidentimiz 2025-yilni  “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi

El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.

Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Abituriyentlarga kirish imtihonida nechta savol tushadi?

Amaldagi tartibga ko'ra, abituriyentlarga 5 ta fandan jami 90 ta savol tushadi. Maksimal ball – 189 ball

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹Matematika x 10 ta;
♦️O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i berildi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Moro b6sin

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Atrofingizdagilar kim?

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari

📆 Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2024-yil 17-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari 1 smenada tashkil etilib, 10:00 dan 13:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan o‘tkaziladi.

⏳ Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.

👨🏻‍💻 Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqt (soat 08:30)dan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

⚡️ Keyingi yildan chet tili 1-blok bo'lgan abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo'ladi

🏛 Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi eslatdi.

2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.

✉️ Abituriyentlarga tarqating.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

O‘zbekiston fuqarolarining oxirgi yillarda korrupsiyaviy holatlarga duch kelish darajasi:

➖2022 yil – 100 foiz so‘ralganlarning 15 foizi;

➖2023 yil – 100 foiz so‘ralganlarning 19,9 foizi;

➖2024 yil – 100 foiz so‘ralganlarning 21,2 foizi.

Ma’lumotlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tadqiqotlari natijasida tuzilgan.

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

🔥 Abituriyentlarga motivatsiya: imtihongacha maksimal ball yig'ishga harakat qiling

Buning iloji bor. Bilimni baholash agentligining bu haqida yozgandi: 2024-yilgi imtihondan oldin navoiylik o‘quvchi Munavvara Cho‘liyeva sertifikat imtihonlarini topshirib, 189 ball to'plagan. U imtihon topshirib o'tirmay, faqat yo'nalish tanlagandi xolos. Mazzami?

Siz ham bunaqa imkoniyatlardan maksimal foydalaning.

💬 Kim imtihongacha maksimal ball olishni reja qilgan?


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

⚡️ O‘zbekistonning 23 ta oliy ta’lim muassasasi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari xalqaro doiralarda nufuzini oshirish orqali o‘z mavqeyini yaxshilamoqda.

6-noyabr kuni Oliy ta’lim sohasidagi global tahlil agentligi (QS Quacquarelli Symonds) Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingining o‘n oltinchi yillik nashri – QS Asia University Rankings 2025’ni e’lon qildi. 2025-yilgi Osiyoning eng yaxshi universitetlari yangi reytingiga O‘zbekistonning 23 ta oliy ta’lim muassasasi kiritilgan.

Shulardan 11 ta OTM o‘z o‘rnini yaxshilagan, 2 ta OTM o‘z o‘rnini saqlab qolgan, 9 ta OTM birinchi marta reytingga kiritilgan va 1 ta OTM o‘z o‘rnini yo‘qotgan. Yangi reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z mavqeini eng ishonchli tarzda yaxshilagan Osiyo davlatlaridan biriga aylandi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilgi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingi (QS Asia University Rankings 2025) mintaqaning 25 ta mamlakat va hududidan 985 ta oliy ta’lim muassasasini qamrab olgan bo‘lib, ulardan 127 tasi ilk bor Osiyo reytingiga kiritilgan.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

⚡️ Doktoranturaga qabul muddati uzaytirildi

📆 2025-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish esa 30-noyabrga qadar uzaytirildi.

❗️ Hujjatlarni daraja.ilmiy.uz sayti va my.gov.uz orqali topshirish imkoni mavjud.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Tarakanchilik, talabachilik va odamgarchilikdan chiqib ketmasa hammasi yaxshi bo'lar ekan 😂

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

⚡️Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, universitet Navoiy davlat pedagogika instituti negizida tashkil etiladi.

Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishlarini universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi;

Universitetda 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab hududiy rivojlanish dasturlariga muvofiq, ehtiyoj yuqori boʻlgan aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, logistika kabi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…
Subscribe to a channel