Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal ▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki! Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz
⚡️ Guruh nazoratchiligiga tanlov
‼️ Bilimni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazorachisi sifatida ishtirok etish uchun birinchi tanlovga ro‘yxatga olish boshlandi.
📆 Ro‘yxatdan o‘tish 6-dekabrdan 15-dekabrga qadar davom etadi.
👍 Mazkur tanlovda 2024–2025-o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga qabul imtihonlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etgan va bino rahbari tomonidan faoliyati ijobiy baholangan talabgorlar ishtirok eta oladi.
🔗 Tanlovda ishtirok etish uchun agentlikning my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
❓ Ota-onang sen uchun harakat qilishyapti, sen-chi?
💭 Ularning mehnati va g‘amxo‘rligi sening kelajaging uchun. Har bir orzularing uchun ular kecha-yu kunduz tinim bilmaydi.
Sen esa... O‘zingga bir boq. Qilayotgan ishlaringdan faxrlana olasanmi?
❓ Hech bo‘lmasa, ota-onangning ishonchini, ularning shuncha qilgan sa’y harakatlarini oqlashingga ishonasanmi?
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Ba’zilarning kallasidan faqat sartarosh foydalanadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Bu hafta O'zbekistonliklarni ketma-ket 3 kunlik dam olish kunlari kutmoqda
Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun 7-8-9-dekabr kunlari dam olish kuni hisoblanadi.
Haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun 8-9-dekabr kunlari dam olish kuni hisoblanadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Bugun, 1-dekabr kuni qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to’ldi.
Qaraqalpaq tiline mámleket tili mártebesi berilgen kún muborak bolsın jerleslerim 🤩 🥳
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
#vatan
Vatan rivoyat qilinadigan hikoya emas,
Balki yashaladigan hayot ekanligini unutmang!
Yahyo Sinvar
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
"Vaqt"ni "Naqd"ga aylantiring
Iloji bormi, deysizmi?! Ha, bor...
Buning uchum avvalo, vaqtingizga qiymat bering. Agar biror sohaning zo'r mutahassisi bo'lsangiz, ana shunda vaqtingiz qiymatli bo'ladi.
E'tibor bersangiz, qurilishda loy tayyorlovchi va o'sha loy bilan devorga bezak beruvchi odamlarning topadigan puli bir necha barobarga farq qiladi. Kompyuterda matn teruvchi va dasturchi, samolyot va poyezd boshqaruvchisi, oddiy sartarosh va zamonaviy stilist...
Yuqorida nomi keltirilgan kasb egalari bir xil ishni, bir xil vaqtda qilsa-da, daromadlarida juda katta farq bor.
Tushunyapsizmi?!
Biror sohada kam yoki ko'p pul topishingiz qilayotgan ishingiz hajmiga doim ham bog'liq emas. Ishga yondashuv va mahoratingiz darajasi muhim omil hisoblanadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
💰 Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari:
🛡 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov-kontrakt muddatlari quyidagicha belgilandi:
📝 belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini to'lash muddati barcha kurs talabalari uchun davlat komissiyasi tomonidan 2024-yil 1-dekabrgacha etib belgilangan;
🤔 Shuningdek: barcha kurs talabalari uchun to'lov miqdorining 50 foizini to'lash muddati 2025-yil 1-yanvar etib belgilanganini eslatib o'tamiz.
📝 Belgilangan muddatlarda to'lov-kontrakt mablag'larini o'z vaqtida amalga oshirmagan talabalar, Oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida o'qitishning to'lov-kontrakt va undan tushgan mablag'larini taqsimlash tartibi to'g'risidagi 2431-sonli Nizomning 3-bob 27-bandiga binoan, o'qitish uchun belgilangan to'lov-kontrakt mablag'ini o'z vaqtida amalga oshirmaganli sababli talabalar safidan chetlatilishi haqida ma’lum qilamiz.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
“Kamerani ko‘rib, bemorlarni tarqatib yuborishdi” – muxbirlar farg‘onalik tabib ko‘chasiga kiritilmadi
Farg‘onalik tabib Iqboljon Soliyev bilan suhbatlashish uchun borgan muxbirlar tabibning ko‘chasiga kiritilmagan. Muxbirlar bilan ko‘chada gaplashgan bemorlar tabibdan foyda ko‘rmaganini aytishgan. O‘zbekiston tabobat akademiyasi mutaxassisi tabibni Toshkentga chaqirib sinab ko‘rgani, u insult bemorni tuzata olmaganini ma’lum qilgan.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
2025-yil 1-yanvardan Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushiriladi
Virtual akademiyada quyidagi kontingent uchun o‘qish tashkil etiladi:
✔️aholi, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari;
☑️ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari;
☑️davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatchilari;
✔️davlat ishtirokidagi korxonalarning xodimlari.
2024-yil oxiriga gadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.
O'qishga kira olmagan abituriyentlarning shiori:
- Men maktabni bitirganda o'qish bilan kelishib olganman "ortiq bir-birimizni bezovta qilmaymiz" deb.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Bugun davlatimiz ramzlaridan biri bo'lgan bayrog'imizni qabul qilingan kuni. Ijtimoiy tarmoqlarda bayroq haqida bir qancha videoroliklar va maqolalar chop etildi.
Bular ichida eng ahmoqonasi, saviyasiz va fitna kelib chiqishaga sabab bo'ladigani esa shu kadr deb o'ylayman.
Ha biz uchun bayroq muhim, ha biz uchun millat muhim, ha biz uchun davlat muhim, ammo, lekin, biroq boshqa bir millatni ezg'ilash evaziga yuksaltirish bu pastkashlik.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
🍅 Pomodoro usuli haqida bilarmidingiz?
Pomodoro usuli — bu vaqtni boshqarish texnikasi bo‘lib, uni 1980-yillarda Franchesko Cirillo ishlab chiqqan. Ushbu usul diqqatni jamlash va unumdorlikni oshirish uchun ishlash vaqtini qisqa intervallarga bo‘lishni o‘z ichiga oladi.
Har bir "Pomodoro" 25 daqiqa davom etadi, so‘ngra 5 daqiqalik tanaffus qilinadi. To‘rtta Pomodorodan keyin esa 15-30 daqiqalik uzoqroq tanaffus qilinadi. Bu texnika chuqur diqqatni oshirish, chalg‘ishlarni kamaytirish va charchoqning oldini olishga yordam beradi. Pomodoro usuli vazifalarni kichik qismlarga ajratish orqali samaradorlikni oshirish uchun mos keladi.
Biroz mulohaza
Bir onaning fikri:
• Yuvilmagan idishlar - taom pishirib, o‘sha idishlarda oilamga taom ulashganimni anglatadi.
• To‘lib ketgan axlat chelagi - xonadonimni tozalaganimni anglatadi.
• Xonadonimning besaranjomligi - farzandlarimning mazza qilib vaqtichog‘lik qilishlariga qo‘yib berganimni bildiradi.
Mahallada duv-duv gap
Aytishlaricha vazir o‘rinbosari “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanibdi
Hay mayli, murokobod etamiz 🙋♀️
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Buxoro viloyatida 23 yoshli talaba qiz universitet yotoqxonasida sirka kislotasi ichib, o‘z joniga qasd qildi
Joriy yilning 4 dekabr kuni Buxoro muhandislik institutining 4-bosqich talabasi, Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi 23 yoshli J.K. institut yotoqxonasida sirka kislotasidan zaharlanishi oqibatida ahvoli yomonlashgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, K.J. 23:35 lar atrofida shifoxonada vafot etgan.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Maktablarda qishki taʼtil 28-dekabrdan boshlanadi
Dam olish kunlari 2025-yil 10-yanvargacha davom etadi.
Barcha maktablarda uchinchi chorak 2025-yil 11-yanvarda boshlanadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Alhamdulillah, qishga ham yetib keldik!
❄️ Qish kelganida hayolingizga birinchi keladigan fikr nima?
Fikrlaringizni izohlarda kutaman
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
🌧 ❄️ ☃️ ⛄️
ZUMRAD QISH KIRIB KELDI!
Qish fasli barchaga xayrli boʻlsin!
⚡️ Qishki "perevod"ga oz qoldi! Kimlarga ruxsat beriladi?
Xuddi yoz oyidagi kabi qishda ham o‘qishni ko‘chirish mumkin. Faqat bir davlat OTMidan boshqasiga.
✔️ Kimlarga ruxsat bor
➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
❗️ Qishki "perevod" uchun arizalar dekabr-yanvar oylarida olinadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon davlat texnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori (PQ-396-son, 18.11.2024) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakulteti negizida Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi.
Avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, toʻqimachilik, muhandislik, qurilish va boshqa sanoat sohalari boʻyicha, shuningdek, hududning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlar tayyorlash Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.
🗓 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab:
🔠energetika muhandisligi, sunʼiy intellekt, mexatronika va robototexnika kabi yoʻnalishlarda kadrlar tayyorlash hajmi oshiriladi;
🔠talabalarining fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatkichi va professor-oʻqituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro standartlar asosida baholash tizimi joriy etiladi;
🔠talabalarga oʻqish davomida yuzaga keladigan tashkiliy va huquqiy masalalar boʻyicha barcha zarur xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi;
🔠bakalavriat va magistratura bosqichlariga oʻqishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlarda darslarni xorijiy tillarda oʻtkazish belgilandi.
Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakultetida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Institutda davom ettiradi.
Bitiruvchi kurs talabalariga 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab Institut diplomi beriladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
O'zgarishlarga sabab bo'luvchi muhim qonunlar!
Merfi qonuni
Kidlin qonuni
Jurnalistika universitetida talabalar liftga chiqarilmayapti
"O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti binosi 9 qavat. Liftdan faqat professor-o‘qituvchilar va xodimlar foydalanishi mumkin.
Talabalarga esa zinadan foydalanib mashq qilish taklif qilinmoqda. Universitet ma’muriyati har qadamda "jonli burchak" va "kinoteatr" kabilarga mablag‘ sarflamasdan 4-5 ta tezkor lift o‘rnatish haqida o‘ylaganmi?
Shu o‘rinda ma’lumot: zinadan chiqib-tushish kardiologik mashq ekanligi to‘g‘ri. Lekin bu 1-5 qavatli zinalar uchun to‘g‘ri ma’lumot. Bundan balandga piyoda ko‘tarilib tushish hatto yosh organizmga ham ortiqcha va zararli yuk.
Aynan shu sababdan 5 qavatdan baland uylarga ham lift o‘rnatiladi va bu jahon miqyosida qabul qilingan standart. Jurnalistika universiteti ham hech bo‘lmasa shu tavsiyaga amal qilib 5-9 qavat uchun alohida lift qatnovini yo‘lga qo‘yishi kerak."
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
❔ Milliy gvardiya xodimi bo'lish uchun qayerda o'qish kerak?
👮♀️ Buning uchun Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida o'qish mumkin. Institut kursanti bo'lish uchun bir qancha talablarga javob berish kerak.
1️⃣ Yoshlar o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga ariza bilan, harbiy xizmatchilar tarkibidagi nomzodlar o‘z xizmat o‘tash joyiga bildirgi bilan murojaat qiladi. Nomzodlardan arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 1-apreligacha qabul qilinadi.
2️⃣ Keyin nomzodlarni dastlabki tanlash o'tkaziladi. Bu 2 bosqichda bo'ladi. 1-bosqichda hujjatlar o'rganiladi, suhbat, tibbiy ko'rik, 2-bosqichda individual-psixologik o‘rganish, jismoniy tayyorgarlikni ko'rish, takror tibbiy ko'rik bo'ladi.
3️⃣ Keyin yana bir bosqich bor. Bunda hujjatlar ko'riladi, nomzod bilan AKT savodxonligi bo'yicha suhbat, diktant o'tkaziladi.
4️⃣ Va nihoyat, test.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Prezidentimiz 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi
El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.
Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.
Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Abituriyentlarga kirish imtihonida nechta savol tushadi?
Amaldagi tartibga ko'ra, abituriyentlarga 5 ta fandan jami 90 ta savol tushadi. Maksimal ball – 189 ball
◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
🔸Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹Matematika x 10 ta;
♦️O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.
🟩Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i berildi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Moro b6sin
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Atrofingizdagilar kim?
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari
📆 Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2024-yil 17-noyabr kuni o‘tkaziladi.
Test sinovlari 1 smenada tashkil etilib, 10:00 dan 13:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
📚 Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan o‘tkaziladi.
⏳ Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.
📌 Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.
👨🏻💻 Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.
❕ Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan vaqt (soat 08:30)dan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi