Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal ▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki! Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz
⚡️ Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun tanlov
📣 Bilimni baholash agentligi 2025-yilda Agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun 2-tanlovni e’lon qiladi.
✅ Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣-bosqich — nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.
2️⃣-bosqich — nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va yakuniy nazorat sinovi o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
3️⃣-bosqich — nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.
📌 Mazkur tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
📆 Buning uchun talabgorlar 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining "Guruh nazoratchiligiga 2-tanlov" bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
❗️ Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
☄️ Oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi Maxsus platforma orqali shakllantiriladi
“Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori (49-son, 29.01.2025-y.) qabul qilindi.
#biroz_hazil
Folklorlarni qilmagan ishi shu qolgandi oʻzi 😂
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Kamchiliklarimiz ko'p.
Biz semirishdan qo'rqamiz, biz abadiy yosh bo'lib qolishni xohlaymiz, oq tishli tabassum, sportcha jussa egasi, muvaffaqiyatli, boy, chiroyli bo'lishni xohlaymiz. Hozirgi holatimizga hech qachon qoniqmaymiz. Jamiyat bizni to'xtash o’limga teng ekanligiga ishontirgan. Maktab o'qituvchilari, universitet domlalari, ota-onalar, murabbiylar, boshliqlar, biznes va sport murabbiylari biz erishgan muvaffaqiyatlar bilan to'xtab qolmasligimizni va biz butun umr o'zimiz bilan doimiy kurashda bo’lishimiz zarurligini bizga hadeb takrorlayveradilar. Sport zallariga borish , bioorganik mahsulotlarni iste’mol qilish, kiyim-kechak, electric avtomobillar, uylar, gadjetlar, kurslar, kitoblar, ta'tillar, o'yin-kulgilar va tevaragimizdagi yaqin odamlar ... aslida, biz qilayotgan hamma amallar va bizni o'rab turgan narsalar, avvalambor, bizni o'zimiz bilan qoniqishimiz uchun hizmat qilishi kerak edi . Aksincha, ayni paytda bizni o'rab turgan hamma narsa va kimsalar har lahza bizni o'zimizdan norozi bo’lish sari yo’naltirishdan to'xtatmayapti.
Jamiyat va biznes bizning ishonchsizligimizdan shafqatsizlarcha foydalanadi, o'zimizdan norozilik va fobiyalarimizni baralla ekspluatatsiya qiladi va shu negativ tuyg’gularni bizga maksimal singdiradi. Chunki bu ular uchun foyda manbai. Bizning “kamchiliklarimiz” bizdan pul, vaqt va energiya chiqarib, bizdan shafqatsizlarcha foydalanish uchun ularning dastagidir.
Shuning uchun deyarli hech kim bizga qoniqish va, Xudo asrasin, o'zimizni sevish lahzalarini qo'lga kiritishimizga imkon bermaydi. Deyarli barcha madaniyatlarda ijtimoiy ahloq inson o'zini sevishini oqlamaydi. Butun mafkuraviy ta’limotlar insonning o‘ziga bo‘lgan hurmatini, o‘ziga bo‘lgan ishonchini, o‘ziga bo’lgan muhabbatini o’ldirishga bag‘ishlangan. Deyarli butun umrimiz davomida biz o'zimiz bilan gaplashganda ham, doimo o'zimizni qoralaymiz, kamchiliklarimizni, dangasaligimizni, zaif tomonlarimizni va boshqa barcha kamchiliklarimizni yuzimizga solib o'tiraveramiz. Biz buni tavba tazarrulik, hokisorlik va o’zimizga nisbatan rostgo’ylik deb ataymiz. Aslida, bu haqiqiy o'zimiz ustimizdan zo'ravonlik, shafqatsiz va doimiy o'z-o'zini kamsitish va o'z-o'zini qoralashdan boshqa narsa emas. Barchasi bizga tashqaridan singdirilgan. Barchasi bizni manipulyatsiya qilishni osonlashtiradi.
Bunday dunyoda o'z-o'zini hurmat qilish isyon kabi ko'rinishi ajablanarli emas.
Axir, bu bizning taqdirimiz, bizning tanamiz va bizning ruhimiz emasmi?!... Bizda bu dunyoda boshqa o’zlik va hayot yo'q va hech qachon bo'lmaydi. Biz Allohning noyob mahluqi, ijodimiz va kim yaxshiroq va kim yomonligini hech bir bandasi U singari bila olmaydi. Shunday ekan, juda kech bo'lmasidan, o'zimizni sevib ulguraylik. Biz o’zimiz bilan sodir bo'lishi mumkin bo'lgan eng yaxshi mavjudodmiz va eng go’zal mo’jizamiz.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
☄️ Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi
“Namangan davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-23-son, 24.01.2025-y.) qabul qilindi.
⚡️ Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida arab tili bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatlar uchun imtiyoz bekor qilinadi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida chet tilidan arab tili bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentlarga imtiyoz (maksimal ball) berish tartibi bekor qilinadi.
Chet tili boʻyicha barcha abituriyentlar test sinovlarida to‘liq ishtirok etadilar.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
QDPIda talaba qiz vafot etdi
2024-yil 12-dekabr kuni Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabalar turar joyining 3-qavatidan oʻzini pastga tashlab ogʻir tan jarohati olgan talaba qizga tibbiy yordam koʻrsatilganiga qaramasdan, uning hayotini saqlab qolishning iloji boʻlmadi.
Prokuratura surishtiruv natijalariga koʻra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir boʻlgani aniqlangan va jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad etilgan. Shuningdek, bunday holatlarning oldini olish maqsadida suitsidga qarshi profilaktika ishlarini kuchaytirish tavsiya etilgan.
Marhuma qizning dafn marosimi yaqinlari ishtirokida oʻtkazildi. Institut rahbariyati oilasiga moddiy-maʼnaviy yordam koʻrsatib, ogʻir kunlarda ular bilan birga boʻldi.
Hozirda talabalar turar joylarida xavfsizlikni taʼminlash uchun maxsus qoidalar joriy etildi, kunlik nazorat va psixologik koʻmak yoʻlga qoʻyildi. Talabalar bilan keng qamrovli suhbatlar oʻtkazilib, ularning fikrlari oʻrganildi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Kiberxavfsizlik bo‘yicha davlat universiteti tashkil etiladi
❓ Boshlangʻich taʼlimda o'qiydigan talaba, maktabda o'qituvchi bo'lib ishlasa, malaka oshirishga borishadimi?
✅ Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qaroriga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan maktabgacha va maktab ta'limi xodimlarning har 5 yilda belgilangan davomiylikdagi malaka oshirish dasturlarini o‘zlashtirishi majburiy hamda pedagog va mutaxassis xodimlar uchun malaka oshirish kursining davomiyligi kamida 100 soat, rahbar xodimlar uchun kamida 144 soat etib belgilangan.
❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 22-noyabrdagi 03-33-3453-son xati 2-ilovasi 11-bandida ish faoliyatini oliy ta’lim muassasasida o‘qish bilan birga olib borayotgan pedagoglar malaka oshirishga jalb qilinmasligi belgilab berilgan.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
O‘zbekistonda Yaponiya universiteti ochilishi mumkin
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi prezidenti Akixiko Tanakani qabul qildi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
📚 Nega kitob o‘qiyotganda uyqu keladi?
Bunga qarshi nimalar qilish mumkin?
Kitob o‘qiyotganida uxlab qolmagan odam bo‘lmasa kerak. Garchi, kitob zerikarli bo‘lmasa ham. Kitobni o‘qib tugatishingiz kerak bo‘lsa yoki uxlab qolmasdan uzoq vaqt kitob o‘qishni xohlasangiz, quyidagi 8 ta usuldan foydalanganingiz ma’qul:
1. Kitob o‘qish uchun qulayroq joy toping, lekin juda qulay bo‘lmasin. Yotoqda kitob o‘qigandan ko‘ra, kresloga o‘rnashib oling. U yerda ham uxlab qolayotgan bo‘lsangiz, stulda o‘tirib kitob o‘qing.
2. Kitob o‘qiyotganingizda xona yorug‘ligini oshiring.
3. Xonani shamollating, u biroz salqin bo‘lishi kerak. Issiq havoda tez uxlab qolasiz.
4. Kitobni o‘qib tugatishingiz zarur bo‘lsa, o‘qishga kirishishdan oldin, tetiklashishga harakat qiling. Badantarbiya mashqlarini bajaring, qahva iching, sovuq dush qabul qiling va hokazo.
5. Tanaffuslar qiling, “porsiyalar” bilan o‘qing. Bir soatdan ortiq davomiy kitob o‘qimang. Turing va biroz qadam bosing – qoningiz yurishib, tetiklashasiz.
6. Oldingizda suv, sharbat solingan stakan yoki bir piyola choy bo‘lsin.
7. Faol o‘qing – iqtiboslarni belgilang, qaydlar qiling. Elektron kitobda ham iqtiboslarni belgilash diqqatingiz konsentratsiyasi uzoq vaqt saqlanishiga yordam beradi. Tana faol bo‘lsa (sahifalarga stikerlar yopishtirish, qalam ushlash, fikrlarni yozib qo‘yishda), miya ham faollikni saqlaydi.
8. Kitob o‘qish vaqtingizni o‘zgartiring. Agar har doim kechqurun uyqudan oldin kitob o‘qisangiz kitob va uyquni bog‘lovchi shartli refleks hosil bo‘ladi. Kunduzi o‘qishni sinab ko‘ring.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
UEnter Innovatsion markazi kanaliga obuna bo'ling va shaxsiy rivojlanish hamda o'z biznes g'oyalaringizni amalga oshirish uchun imkoniyatlardan foydalaning: t.me/uenteruz
Читать полностью…Uchta tog‘am bor. Uchalasiyam rassiyachi edi. Ikkitasi haliyam rassiyachi. Faqat bittasi 5-6 yilcha ishladi-yu, topganiga mol-qo‘y qilib, shuni orqasidan ro‘zg‘or tebratdi. O‘ziga shu yoqadi, moldo‘xtir-da.
Ayrimlar, ayniqsa xotini tog‘amni noshudga chiqardi, ikkita o‘g‘ling bo‘lsa, kuching borida uy-joyni harakatini qilmaysanmi, degan dashnomlar ostida yashadi. Lekin tog‘am bitta zoʻr ish qildi: bollarini o‘qitdi. Qiynaldi, qarz bo‘ldi, kam yedi, kiymadi, lekin bollarini oʻqitdi.
Esimda, ukalari tog‘amning ko‘zini ochirishmasdi, bollaringni semirganini qara, bu tengilar dalada ketmon chopyapti, non topyapti, senikilarning qo‘lidan kitob tushmaydi, boqibeg‘amlar, onasini qornidan tushgandan beri kursga boradi, degan gaplar bo‘lgan. Lekin tog‘amni hech kim bilan tortishib-bahslashganini ko‘rmaganman. Fe’li keng odam edi.
Hozir o‘sha qo‘lidan kitob tushmaydigan og‘illarning biri Dubayda yo‘l qurilish kompaniyasida injiner, bittasi otasining yo‘lidan borib, ichki ishlarda kinolog bo‘lib ishlayapti, toparmon-tutarmon yigitlar. Tog‘am haliyam mol boqadi.
Nima qipti, zato ukalaridek sovuq o‘lkalarda kimlargadir qaram bo‘lib ishlayotgani, oilasini bir yilda bir ko‘rayotgani, pochkasini sovuqqa oldirgani yo‘q.
Kichik tog‘alarimning esa dang‘illama uyi hanuz bitmadi. Bitmaydiyam. Bolalariyam oʻzlaridek rassiyachi bo‘ldi. Qachonlardir akasining bolalariga namuna bo‘lgandir, lekin hozir ularga faqat havas qiladi.
Tog‘am otalik, erkaklik, insonlik vazifasini a’lo darajada yashab o‘tyapti. Dang‘illama uyiyam bor, quvonarlisi, bu uchun u yillab umrini sovuq o‘lkalarda o‘tkazmadi, qul bo‘lmadi, shunchaki yuragi buyurgan ishlarni qildi. Tog‘am geroy!
Oygul Hamidullayeva
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
🇺🇿 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni!
⭐️ Talaba.uz kanali barcha yurtdoshlarimizni 14-yanvar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
⭐️ Jonajon Vatanimiz tinch, yurtimiz sarhadlari esa doimo mustahkam bo‘lsin!
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
🌨 O‘qituvchilarga 5 yilga mashinalarni foizsiz "rassrochka"kaga berishga oid taklifni UzAuto rad qilgani aytilmoqda
O‘qituvchilarga Malibu, Tracker, Onix, Equinox, Captiva 5T avtomobillarini 5 yilga bo‘lib to‘lashga beriladi degan xabarlar yo'lgon ekan.
To‘g‘riyamda, UzAuto AJ bo‘lsa, ya’ni tadbirkorlik sub’yekti, kimga nimani qanday berishni o‘zi hal qilsa)))
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Andijondagi maktabda o'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari o'qituvchini maktabdan nohaq haydamoqdami?
Hozirgi vaqtda Andijon viloyati, Asaka tumani 54-maktabida noxush holat yuzaga kelgan. Ushbu vaziyatga o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining (zavuch) shaxsiy adovati sabab bo‘layotgani aytilmoqda.
Ta’kidlanishicha, o‘qituvchi kasallik ta’tiliga (balnichniy) chiqqan, so‘ng o‘qishga borib kelgan.
Maktabga dars berish uchun borgan o'qituvchini zavuch tarifikatsiyadan chiqarib tashlagan.
Maktab direktori o‘qituvchiga dars berishga ruxsat bergan bo‘lsa-da, zavuch unga "Sen maktabga kirmaysan, dars o‘tmayasan" deya ta'qiq qo‘yayotgani ma’lum bo‘ldi.
O'qituvchi xodim tashqariga chiqib ketgandan keyin, boshqa o'qituvchilarga "nega u bilan qo'l berib ko'rishasan?" deya tazyiq o'tkazgan.
Bundan tashqari xodimlarning ta'kidlashicha, zavuch dars vaqtida o'quvchi bolalarni istalgan vaqtda olib chiqib ketish holatlari uchrab turmoqda ekan.
Rasmiylardan munosabat kutib qolamiz...
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Farg‘onada 3 ta universitet qayta tashkil etiladi
“Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-26-son, 24.01.2025-y.) qabul qilindi.
☄️ Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi
“Nukus davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-25-son, 24.01.2025-y.) tasdiqlandi.
🔰 Qarorga ko‘ra, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali negizida Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
📌 Sanoat, texnika-texnologiya, muhandislik sohalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
✔️ Universitetda Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.
🗓 2025/2026-o‘quv yiligacha Universitetda tajriba-ishlab chiqarish (“spin-off”) korxonasi tashkil etiladi.
🗓 2025/2026-o‘quv yilidan:
➡️ Universitet talabalarining fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi joriy etiladi.
➡️ Amudaryo muhandislik-texnologiyalar texnikumida muhandislik sohalaridagi kasblar bo‘yicha kasbiy ta’lim dasturlarida to‘liq davlat granti asosida o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
✅ Hozirda tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi va bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
☄️ Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi
“Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-24-son, 25.01.2025 y.) qabul qilindi.
⚡️ Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi
“Buxoro davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-22-son, 24.01.2025-y.) qabul qilindi.
⚡️ Diniy ta’lim muassasalari kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi
2025-2026-o‘quv yilida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darslik va adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlari tashkil etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
Yig‘ilishda Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlarini tashkil etish loyihalari taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, yangi yo‘nalishlar ochilib, xorijiy dasturlar tatbiq qilinadi, talabalarning ilmiy-innovatsion jarayonlarda ishtiroki kengaytiriladi, oliygohlarga sanoat hamkorlari biriktiriladi.
Umuman, bu yo‘nalishdagi 35 ta muassasani yiriklashtirish hisobiga, 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi. Shu yil oxirigacha yana 17 ta muhandislik maktabi ochiladi.
So‘nggi yillarda oliy o‘quv yurtlarida ilmiy salohiyat 41 foizdan 45 foizga oshgan. Lekin, aksariyat ilmiy tadqiqotlar sanoat va ishlab chiqarishdagi zamonaviy tendensiyalarni qamrab olmayapti.
Shu bois doktorantura kvotasini taqsimlashda iqtisodiyotning drayver sohalariga ahamiyat qaratish, ilmiy daraja va unvonlar olish tartibini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.
Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
☄️Respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlari Top 1000 roʻyxatida
Bugun, 22-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education-THE” reyting tashkiloti “World University Rankings 2025 by Subject” — fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatini eʼlon qildi.
Mazkur roʻyxatga muvofiq, respublikamizning 3 ta oliy taʼlim tashkilotlari ilk marotaba THE tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan fan reytingidan joy oldi. Bular:
➡️ “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 301–400, Muhandislik yoʻnalishida 501–600;
➡️ Oʻzbekiston Milliy universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 601–800;
➡️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — Taʼlim yoʻnalishida ushbu universitet 601+, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yoʻnalishida 1001+ oʻrinni egalladi.
Bu yutuqlar so‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimi, jumladan muhandislik, aniq va tabiiy fanlarga berilayotgan e’tibor samarasi o‘laroq nafaqat yurtimiz, balki xalqaro darajada ham tan olinayotganidan dalolatdir.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Kambag‘al oilalar a'zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlari vaucher tizimi asosida qoplab beriladi
Bu bo‘yicha Prezident qarori ( 17.01.2025 PQ-12-сон) qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
➖ 2025-yil 1-fevraldan kasblarga oʻqitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi boʻlgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan koʻp davom etadigan oʻquv kurslariga qabul qilingan Kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz aʼzolariga toʻlanadi.
➖ 2025-yil 1-maygacha ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambagʻal oilalar aʼzolarini kasb-hunarga oʻqitish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha vaucher tizimi joriy qilinadi.
🗓 Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan oʻtkaziladi.
Sinov natijalari asosida 2025-yil 1-aprelga qadar vaucher tizimini barcha hududlarda joriy qilish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi tayyorlanadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Kontrakt pulidan 12% qaytarib olish mumkin. Hattoki xususiy universitetdan ham!
OTMlarda oʻqiyotgan talabalar toʻlagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish mumkin va buning uchun soliq organlariga borish shart emas!🙅🏻♂.
Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.
“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.
Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️ipoteka kreditlari;
▫️nodavlat bog’cha va maktablar.
❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Qiziq hayotiy voqea
Qornim och edi; restoranga bordim. Menyuni ochib, nima yesam ekan deb o‘ylanib turdim.
Biroz vaqt o‘tgach, yonimga ofitsiant keldi: — Nima buyurasiz? dedi.
Uni ko‘rib, bir muddat so‘z topolmay qoldim. Keyin iltifotli ohangda:
— Iltimos, shu-shu-shuni olib keling, dedim.
Buyurtmamni olib keldi.
Har 10 daqiqada kelib: — Kamchilik yo‘qmi?, dedi. Men har safar:
— Yo‘q, yo‘q, hammasi zo‘r, — deb javob qaytardim.
U egilib, stolni tozaladi va sekin ortiga qaytdi.
O’sha vaqti chuqur o’yga toldim.
Ofitsiantning yoshi dadamdan ham kattaroq edi. Yoshi katta inson, sizga xizmat qilsa o’zingizni juda noqulay his qilasiz ekan.
Oilasi uchun, farzandlarini o’qishi uchun halol mehnat qilib risq topayapti-ku
Mehnatni esa aybi yo’q deb o’zimga tasalli berib restorantdan chiqib ketdim
Shunga o’xshash ko’plab ota/dadalar Rassiyada, qishda sovuqda, qurilishda og’ir mehnat qilib, o’zlari oddiy kiyinib, kamtarona ovqatlanib oilasi uchun ishlamoqda.
Nima uchun? Javobi oddiy:
Oilasi va farzandlarini kelajagi uchun.
Endi o‘zingiz ayting, otamiz biz uchun shuncha mashaqqat cheksa-yu, biz esa o‘qishga motivatsiya qidirib, dangasalikdan chiqolmasak, qanday farzand bo‘lamiz?
Xusan Abdumo'minov
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
#foydali_eslatma #abituriyent2025
⚡️Abituriyentlar uchun muhim eslatma!
🏛Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.
2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ilovada (rasm👆).
E’tibor bering! 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.
Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda👈
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
📌 O‘qishini qayta tiklamoqchi bo‘lganlar uchun ESLATMA!
Talabalar o‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish – 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar davom etadi.
Arizalar 21-yanvardan 31-yanvargacha ko‘rib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
❗️O‘qishga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Quyidagilar o‘qishga davlat granti asosida qayta tiklanishi mumkin:
➖ boquvchisini yo’qotganlar, I va II guruh nogironligi bo‘lganlar;
➖ muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (zaxiraga bo‘shaganidan 3 yilda) akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytganlar;
➖ davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilgan va belgilangan muddatda qaytganlar.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni dam olinadimi?
❌Yo‘q. Ushbu sana ishlanmaydigan bayram kuni sifatida belgilanmagan. Shunday ekan, 14-yanvar barcha uchun odatiy ish kuni hisoblanadi.
📆 2025-yilda ishlanmaydigan bayram kunlari quyidagicha:
👉1-yanvar – Yangi yil;
👉8-mart – Xotin-qizlar kuni;
👉21-mart – Navro‘z bayrami;
👉9-may – Xotira va qadrlash kuni;
👉1-sentabr – Mustaqillik kuni;
👉1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
👉8-dekabr – Konstitutsiya kuni;
👉Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr);
👉Qurbon hayit (Iyd al-Adha).
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi