Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal ▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki! Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlangan
Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2024/2025-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborilgan.
OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari tavsiya etiladi.
Ma’lumot o‘rnida, amaldagi tartibga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Abituriyentlarga maksimal ball
beruvchi chet tili sertifikatlari ro‘yxati
— Abituriyentlar uchun bakalavriat bosqichiga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati bilan tanishing.
✅ Ushbu qarorga muvofiq, abituriyentning B2 darajadagi chet tili sertifikati bo‘lsa, unda u chet tili fanidan maksimal ball oladi va shu fandan imtihon topshirib o‘tirmaydi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2025-yil 22–23-fevral (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.
❗️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
☄️ Talabalar kontrakt to‘lovining 35 foizi Yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berilishi mumkin
“O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarning kontrakt to’lovining 35 foizi to’lab berilishi belgilangan.
❗️ Unga ko’ra, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar Ittifoqning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatida faol qatnashgan taqdirda Ittifoq tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlanadi.
Kimlarga moddiy yordam beriladi?
➖ bakalavriat va magistratura bosqichlarida to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga;
➖ Davlat komissiyasining qarori asosida qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilingan talabalarga ikkinchi bosqichdan boshlab.
📰Shuningdek, talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash ular tomonidan shartnomada belgilangan to‘lov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi.
📌 Quyidagi holatlarda talabalarga moddiy yordam berilmaydi:
➖ ikkinchi mutaxassislik, sirtqi va kechki ta’lim shaklida o’qiyotgan talabalarga;
➖ Harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanoma bilan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan va Ittifoq tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilayotgan talabalarga.
📚 Da’vogar talabalarning asosiy ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
➖ Har yili 1-fevral kunidan kechikmagan holda Yoshlar Kengashi talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z faoliyatini boshlashi lozim.
➖ 10-fevral kuniga qadar talabalar Yoshlar Kengashiga Ittifoq tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilishini so‘rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
➖ 10-fevraldan 15-fevralga qadar Yoshlar Kengashi da’vogar talabalarning arizalarini ko‘rib chiqadi hamda moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun tavsiya etish bo‘yicha qaror qabul qiladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ 2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar yuridik texnikumlarning o‘quv rejalari hamda pedagog xodimlarining yuklamalari va mehnatiga haq to‘lashni amaldagi tartibi saqlab qolinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab boshqa vazirlik idoralar tasarrufida bo‘lgan kollej va texnikumlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. Shu jumladan, Adliya vazirligi tizimidagi 12 ta yuridik texnikum ham.
Ma’lumot uchun, yuridik texnikumlar pedagog xodimlariga Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-оktаbrdаgi 677-son qaroriga muvofiq belgilangan tartibda shtat lavozimi bo‘yicha mehnatiga haq to‘lanmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi boshqa texnikumlar pedagog xodimlariga esa Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori asosida tarifikatsiyalash tartibi bo‘yicha bazaviy tarif stavkalariga muvofiq mehnatiga haq to‘lanadi.
Yuqorida keltirilgan Hukumat qarorlarining talablari ikki xil bo‘lganligi sababli yuridik texnikumlarning pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini o‘quv yili o‘rtasida qo‘llash bir qator muammolarni yuzaga keltiradi.
Shu bois, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining murojaatiga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligining xulosasi hamda qonunchilik hujjatlari asosida yuridik texnikumlarning 2024/2025-o‘quv yilidagi faoliyatini tegishli o‘quv rejalari va pedagog xodimlarining yuklamalari asosida yakunlash hamda pedagog xodimlarning mehnatiga haq to‘lash ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) bog‘lagan holda amalga oshirish ma’qullandi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
🤖 Sun’iy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarida “Oliygoh kubogi” o‘tkaziladi
Bugungi kunda fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika, bir so‘z bilan aytganda, STEM fanlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Olmazor tumanida 10 ta maktabda muhandislik laboratoriyalari tashkil qilindi. Bugun ushbu labaratoriyalarda 2 ming o‘quvchi robototexnika va ilg‘or texnologiyalarni o‘rganmoqda.
Barcha tumanlar hokimlariga bu tajribani o‘rganib, ommalashtirish, o‘z hududida 5 tadan maktabni shunday laboratoriyalar bilan jihozlash topshirildi.
Toshkent davlat texnika, axborot texnologiyalari, kimyo-texnologiya, Turin, Inxa kabi 36 ta texnika oliygohi rektorlari sun’iy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarida "Oliygoh kubogi"ni e’lon qiladi. Eng yaxshi startap loyihalari tijoratlashtiriladi.
Kelgusi o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik olimpiadalari va tanlovlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. G‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar texnika oliygohlariga grant asosida o‘qishga kiradi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochadigan “C1” darajasiga ega yoshlarga 120 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi
Inson uchun ona tili bilan birga xorijiy tillarni bilish dunyoga chiqishda juda muhim. Ayniqsa, tijoratda buning o‘rni beqiyos.
Endi, xorijiy tillardan “C1” darajasiga ega bo‘lgan yoshlar tashabbus ko‘rsatib, olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochsa, ularga 120 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.
Shuningdek, mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini rag‘batlantirish uchun xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga xarajatlari "2+6" shaklida qoplab beriladi. Bunda o‘quv xarajatlarining dastlabki 2 oyi o‘quvchilarning o‘z mablag‘idan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan to‘lab beriladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Texnologiya instituti rektori "shantaj" qurboni bo‘ldi
Buxoro muhandislik-texnologiya institutining bo‘lim boshlig‘i o‘z qo‘l ostidagi bosh mutaxassisi bilan birgalikda institut rektorini faoliyati davomida sodir etgan korrupsion holatlari bo‘yicha audio, video va fotomateriallar borligini aytib qo‘rqitib, agarda 100 million so‘m bermasa ijtimoiy tarmoqlarda chiqarib uni sharmanda qilishni bildirib, 50 million so'm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Rasman: sertifikatga ega oʻzbek tili fani oʻqituvchilariga ham 50 foiz ustama to'lanadi
Prezident farmoniga koʻra, 2025-yil 1-fevraldan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktablarda oʻzbek tili (davlat tili) fani boʻyicha dars beruvchi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi oʻzbek tili va adabiyoti sertifikatiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun
Bugun buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning tavallud topgan kunidir.
1441-yil 9-fevralda Hirotda dunyoga kelgan Navoiy nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan siymolardan biridir. Uning nodir devonlari, betakror g‘azallari, shoh dostonlari va falsafiy asarlari bugungi kunda ham insoniyat ma’naviyatining bebaho xazinasidir.
Bu yil bobokalonimiz tavalludining 584 yilligi keng nishonlanmoqda. U kishining boy merosi bizga ona tilimizni ulug‘lash, adabiyotimizni rivojlantirish va ma’naviyatimizni yuksaltirish yo‘lida mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hazrat Navoiy ijodi – milliy g‘ururimiz va bebaho boyligimiz!
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
🐟 Nemo multfilmidagi lampochkali qo’rqinchli baliqni birinchi marta suv yuzasida suratga olishdi.
Odatda bu yirtqich 200 dan 2000 metrgacha chuqurlikda yashaydi, ammo noma’lum sabablarga ko’ra u kunning o’rtasida Tenerife qirg’og’i yoniga suzib chiqishga qaror qilgan va biologlar obyektiviga tushib qolgan.
Okeanning 95% hali o’rganilmaganligini yana bir isboti.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
3,5 ming kambagʻal oilalar farzandlari OTMlarga grant asosida qabul qilinadi – Prezident farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi.
Unga koʻra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi kabi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha yetakchi oliy taʼlim tashkiloti etib belgilandi.
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetida “sirkulyar iqtisodiyot” taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetiga biriktiriladigan “yashil texnikumlar” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, iqtisodiyot va moliya yoʻnalishlaridagi davlat oliy taʼlim tashkilotlarida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil rivojlanish” fani va oʻquv dasturlari kiritiladi.
Oliy taʼlimda grant oʻrinlarini bosqichma-bosqich oshirish hisobiga aniq va tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, xizmatlar, tibbiyot kabi sohalarda davlat buyurtmasi 25 mingtaga yetkaziladi.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi taʼlim dasturlari asosida taʼlim olish uchun stipendiya tanloviga 20 tagacha kvota ajratib boriladi.
Respublikaning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich inklyuziv taʼlim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumtaʼlim maktabi faoliyati tashkil etiladi.
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3,5 ming kambagʻal oilalar farzandlarini tayyorlab, oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilish ishlari tashkil etiladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
❓ Oltin va kumush medallar kimlarga beriladi?
🥇 Oltin medal umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.
🥈 Kumush medal uchun esa yillik baholar a’lo bo‘lishi yetarli.
Oltin va kumush medallarni belgilangan talablar asosida berilishiga maktab direktori javobgar.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabalar kontraktining 35% miqdori to'lab beriladi
❓ O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning to’lov-kontrakt miqdorining 35% O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to’lab berish bo‘yicha arizalar qabul qilinish boshlandi.
📌 Arizalar Oliy ta’lim muassasalarining boshlang‘ich tashkilot yetakchilari tomonidan qabul qilinadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Ruslarning buyuk yozuvchisi Feodor Dostoyevskiy kambag‘al bo‘lgan. Faqirlik va qarzdorlik uni nafas olgani qo‘ymagan. Epilepsiya kasalligi, qizining vafot etishi, o‘g‘li Alyoshaning yoshligida vafot etishi, qarindoshlarning mehrsizligi, hamkasblarining axloqsizligi, buning ustiga davlatning tahqirlashi uni tinkasini quritgan.
Ammo Dostoyevskiy bularning bariga o‘zining soxtakorlikdan uzoq tabassumi, yaxshi niyati, insoniyligi va qalami bilan ro‘baro‘ bo‘ldi.
Dostoyevskiy shunday yozgan edi:
"Atrofimda odamlar ko‘p, ammo hamon yolg‘iz qolmoqdaman!".
⚡️ Xotin-qizlar kuni bayrami arafasida dam olish kunlari qanday boʻladi?
Bu yil 8-mart — Xotin-qizlar kuni bayrami haftaning shanba kuniga toʻgʻri keladi.
Mehnat kodeksiga koʻra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi.
Shunga koʻra, bayram arafasida besh kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha boʻladi:
➖8-mart, shanba – bayram kuni, dam olish kuni;
➖9-mart, yakshanba – dam olish kuni;
➖10-mart, dushanba – qoʻshimcha dam olish kuni.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Bugun Real madrid muxlislari jamoasiga sodiq qolib realga muxlislik qilarmikin yoki hamyurtimiz Abduqodir Husanov uchun Manchester sitigami?
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
☄️ Yoshlar tadbirkorligi rivojlantiriladi
“Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-62-son, 14.02.2025 y.) qabul qilindi.
☄️ OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi
“Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-61-son, 14.02.2025-y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga ko‘maklashishga qaratilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi:
✔️o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun biznes g‘oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to‘liq hamrohlik qilish, shu jumladan qulay shartlarda moliyalashtirish;
✔️ oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish.
📌 Bunda:
➡️ salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar, shu jumladan yirik korxonalarning oliy ma’lumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qo‘yiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
➡️ tanlov g‘oliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko‘ra individual kasbiy ta’lim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi;
➡️individual kasbiy ta’lim dasturlarida ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘tash va chet eldagi oliy ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Bir odam ichki ishlar binosiga bostirib kirib, ish vazifasidagi xodimga shapaloq tushirsa qanday jazo ko‘riladi?
Eng kamida 15 sutka!
Bir odam maktab binosiga bostirib kirib, o‘quvchilari oldida o‘qituvchiga shapaloq tushirsa, jazosi shunchaki uzr so‘rash...
Maktab o‘qituvchisi ham davlat xizmatchisi, hokim ham davlat xizmatchisi, ichki ishlar xizmatchisi ham. Davlat xizmatchilari orasida tengsizlik bo‘lishi mantiqsizlik va xato.
Maktab - darvozaga milliy gvardiya xodimini qo‘yib emas, eng avvalo o‘qituvchilar qadrlanib himoya qilinadi!
Sanjar Xo'ja
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Ilmiy darajali yosh olimlarimiz soni 2 karra oshib, 4 ming 357 nafarga yetdi.
Ayniqsa, farzandlarimiz orasida chet tillarni o‘rganishga qiziqish keskin kuchaydi. Ana shu imkoniyatlardan foydalanib, yaqinda bilimdon va intiluvchan Parviz Tuksanov SAT imtihonidan eng yuqori – 1 ming 600 ball to‘pladi. Prezidentimiz uni ushbu natija bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va o‘qituvchilariga minnatdorlik bildirdi.
Yana bir ibratli misol – “Kitobsevar millat” g‘oyasi asosida yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish umummilliy harakatga aylandi. An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovidagi ishtirokchilar soni 6 karra oshib, 3 million nafarga yetdi.
Bir guruh faol yoshlar tomonidan yaratilgan “Mutolaa” loyihasi orqali 1 milliondan ortiq yoshlar kitobxonlar qatoriga kirdi.
Hozirgi tezkor axborot almashinuvi davrida yosh avlod, ayniqsa, bolajonlarimiz uchun milliy kontentlarni yaratish dolzarb vazifadir. Bunday kontentni bog‘cha va maktabdagi ta’lim jarayonlarida namoyish etish orqali yanada ommalashtirish zarurligi ta’kidlandi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Ilgari oliy ta’limda 1 ta o‘rin uchun kamida 10 nafar yigit-qiz kurash olib borar edi. Qisqa davrda oliygohlar soni 3 barobar oshirildi. Tizimda qamrov 42 foizga yetdi.
Xotin-qizlarga kontrakti davlat tomonidan qoplab berilayotgani hisobiga talaba qizlar soni 11 karra ko‘paydi.
“Men bir hayotiy fikrni takrorlashdan charchamayman: bitta qizni o‘qitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz. Oila bilimli, ma’rifatli bo‘lsa, butun jamiyat bilimli, ma’rifatli bo‘ladi. Bu boradagi ishlarni yanada jadal davom ettiramiz”,
Til bo'yicha talablarimizga kelsak:
Reklama agentligimiz MDH davlatlari bilan ham ish yuritadi. Istaysizmi yo'qmi MDH davlatlarida umumiy muloqot tili - rus tili. Tarixni o'zgartirib bo'lmaydi. Shuning uchun rus tilini bilish talabi bor.
Lekin, ochig'ini aytsam, chet tilini biladigan insonni topish qiyin emas. Eng qiyini o'zbek tilida xatosiz yoza oladigan insonni topish. Izohlarda o'zbek tilini sevadigan va hamma o'zbek tilini o'rganishi kerakligini talab qilayotgan "vatanparvarlar" ham bitta gapida 15 ta xato qilib yozyapti.
Do'stlar, ko'proq til o'rganinglar. Rus va ingliz tillari hisob emas. Bu maktab dasturidagi standart tillar-ku.
Ammo chet tillarini o'rganish niyatingiz bo'lmasa, hech bo'lmasa o'zbek tilini hurmat qilib, unda xatosiz yozishni o'rganing.
©️ trolluz
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi
Hukumat qarori (572-sonli, 17.09.2021) bilan tasdiqlangan nizomga ko'ra pedagog kadr attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilishidan voz kechgan, amaldagi malaka toifasini (lavozimini) himoya qila olmagan va attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim qaytarib berilmaydi.
Pedagog kadrlar uzrli sabablarga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, yigʻim takroran undirilmaydi.
❗️ To‘lov qilishdan avval toifa sertifikatingiz muddatiga qarab aniqlashtirib oling. Siz uchun joriy attestatsiya navbatdagi (majburiy)mi yoki navbatdan tashqarimi? Agar siz uchun joriy attestatsiya majburiy bo‘la turib, navbatdan tashqariga hujjat topshirsangiz arizangiz rad etiladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Asos Nizomning 25-bandi: Notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
☄️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi ilmiy daraja va unvonga ega pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga taklif qiladi
Chuqur kasbiy bilim va ilmiy salohiyatga, pedagog kadrlar uchun qo‘yilgan malaka talablariga (oxirgi 3 yilda pedagogik malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tgan, xorijiy til bo‘yicha pedagoglar uchun amaldagi C1 darajasidagi sertifikatga) ega ilmiy daraja yoki unvoni bo‘lgan pedagog kadrlar quyidagi fanlardan dars berish uchun tanlov asosida ishga taklif etiladi:
➖ xorijiy tillar (ingliz, nemis, ispan, dariy, turk, urdu, fors, hind, rus, yapon, koreys);
➖ xalqaro huquq;
➖ ma’muriy huquq;
➖ fuqarolik huquqi;
➖ iqtisodiyot nazariyasi;
➖ sotsiologiya;
➖ falsafa (mantiq);
➖ psixologiya;
➖ jismoniy tayyorgarlik.
Akademiyada ishlashni xohlovchi va belgilangan talablarga javob beradigan pedagog kadrlar 2025-yil 15-yanvardan – 15-fevral kuniga qadar DXX akademiyasiga (Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 3-uy) murojaat qilishlari mumkin.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/35475
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
😵💫 Kvartira qidirib charchadingizmi?
📢 Endi bu muammo emas! Biz sizga ENG QULAY yechimni taklif qilamiz! 🚀
✅ Maklerlarsiz – ortiqcha to‘lovlarsiz!
✅ Shaharning istalgan hududidan qulay manzil! 📍
✅ Har xil narx toifalaridagi kvartiralar! 💰
✅ Har kuni yuzlab yangi e’lonlar! ✨
✅ Odam qo‘yilgan e’lonlar darhol olib tashlanadi! ❌
📢 E’lon berish – doimo BEPUL!
➡️ @maklersiz_01
📌 Eng so‘nggi e’lonlarni ko‘rish uchun:
🔗 @maklersiz_arenda
🔗 @maklersiz_arenda
⚡️ Biz bilan tez va oson kvartira toping! ⚡️
🛑 Aytgandek, kvartira qidirayotgan do‘stingizga ham yuborishni unutmang! 😉
❗️Talabalarga firibgarlar tomonidan “kontraktdan qarzdorligingiz bor” mazmunidagi feyk xabarlar yuborilmoqda
Davlat universiteti talabalariga firibgarlar tomonidan turli telegram raqamlar orqali “Kontraktdan qarzdorligingiz bor”, mazmunidagi feyk “ilovalar” yuborilmoqda.
Avvalroq, xususiy universitet talabalariga ham firibgarlar tomonidan turli telegram va SMS orqali “Kontraktdan qarzdorligingiz bor, karta raqamga o’tkazing!”, “Semestringizni yopishimiz kerak” mazmunidagi feyk xabarlar yuborilgan edi.
📕Ma’lumot o’rnida, hech bir oliygohda kontrakt uchun pul kartaga o‘tkazilmaydi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Ilm-fanimizga qaqshatqich zarba berilayotgani haqida menga ma’lumotlar kelyapti
"Fanlar Akademiyasiga bir tentak ayol kelgan, shu bosh bo‘lib laboratoriyalarni yoptiryapti. Bittasi biotexnologiya va nanotexnologiya, ikkinchisi, Botanika institutida, nomini aniq bilganim: Mikologiya va algologiya, yana biri Umumiy va noorganik kimyo institutida: sanoat jihozlari va jarayonlari... nomida adashmasam... Yana Mikrobiologiya institutidan 3 ta, Genomikadan nechtadir... Olimlar to‘xtovsiz Prokuratura, Mehnat vazirligi... yana qaysidir tashkilotlarga yozishyapti.
2023 yilda bir olim Springer nashriyotida 1500 betlik EthnoBiology degan fundamental kitobni chiqardi. Muallifi dunyo tan olgan olim, Yusufjon Gʻaffarov, shu kishini ham ko‘chaga quvishgan!"
⚡️ Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga qabul boshlandi
✅ Huquqni muhofaza qilish akademiyasi 2025-2026-o‘quv yili uchun "Tergov faoliyati" bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga qabul boshlanganini e'lon qiladi. O‘qishga qabul qilish shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishsh mumkin:
👉 https://proacademy.uz/uz-cyr/news/view?alias=2261
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Oʻqituvchilar yozyapti: uy ham mehmonxonaga aylanib qolyapti deb.
Toʻgʻri, ishlaydigan odam uchun shunaqa. Oʻqituvchilar uchun ham shunday boʻlayotgani achinarli.
Ortiqcha yuklamalar koʻp: Qorbobo boʻlasan, marafonlarga chiqasan, yigʻilishga borasan, open budjetga ovoz yigʻasan, oyligingdan yogʻ olib berasan, nima qilibdi, oʻqituvchisan, vazifang.
Umarali qizi
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi