talabauz | Unsorted

Telegram-канал talabauz - Talaba.uz | Rasmiy kanal |

10741

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal ▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki! Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Subscribe to a channel

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi

Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirishi ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti o‘rni vakant qoladi.

Ta’lim grantiga talabgorlar uchun oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish va erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati yaratiladi.

Ta’lim grantiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari mutanosib tarzda 80 ballik mezonda baholanadi, bunda GPA ko‘rsatkichini “16” soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.

Ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi 20 ballik mezonda baholanadi, bunda baholash mezoniga asosan hisoblangan natijani “5” soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.

Belgilangan ta’lim granti o‘rinlari doirasida tanlov chegarasida bir xil natija ko‘rsatgan talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ustuvorlik beriladi. Agar o‘zlashtirish ko‘rsatkichida ham bir xil natija aniqlangan holatda mazkur talabgorlar uchun o‘zlashtirilgan semestrlarda o‘tilgan mutaxassislik fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi.

Oliy ta’lim tashkiloti kengashining qaroriga asosan ta’lim grantini oluvchi talabalar ro‘yxati har yili 25-avgustga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

O‘zbekistonning 5 ta oliy ta’lim muassasasi 8 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha Top 1000 universitetlar ro‘yxatidan joy oldi

12-mart kuni xalqaro nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan dunyoning eng yaxshi universitetlarining fan sohalari bo‘yicha reytingi — QS World University Rankings by Subject 2025 natijalari e’lon qilindi. Ushbu reytingda jahonning 101 ta davlatidan 1756 ta universitet 55 ta fandan baholandi.

2025-yilgi reytingda O‘zbekistonning 5 ta oliy ta’lim muassasasi 8 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha Top 1000 universitetlar ro‘yxatidan joy oldi. O‘zbekiston uchun ushbu natija mamlakat tarixidagi eng yuqori natija bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan universitetlar soni 2 taga, yo‘nalishlar soni esa 4 taga ortdi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

🍽 Oq idishlardan foydalanish, taom iste'molini sezilarli darajada oshiradi!

Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, oq rang taomning tabiiy ranglarini yanada yorqinroq aks ettiradi va inson ishtahasini oshirishga yordam beradi. Shu sababli, ko‘plab restoranlarda oq idishlardan foydalanish keng tarqalgan.

💡 Demak, agar parhezda bo‘lsangiz – toʻq rangli idishlardan foydalaning!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

❗️ 10-mart kuni ayrim oliygohlarda dam olish kuni, ayrimlarida esa ish va o'qish bo'ladi

8-mart sanasi shanba kuniga to’g’ri kelganligi uchun, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlarga 10-mart (dushanba) kuni qo’shimcha dam olish kuni hisoblanadi. 6 kun ishlaydigan uchun esa 10-mart ish kuni hisoblanadi.

Oliy ta'lim tashkilotlarida 10-mart kuni dam olish yoki ish kuni bo'lishi o‘qituvchilarning ish tartibiga bog‘liq. Agar o‘qituvchilar 5 kunlik ish haftasida ishlasa, unda dushanba kuni ularga dam olish kuni bo‘ladi. Demak, talabalar ham o‘qishga bormaydi.

Agar o‘qituvchilar 6 kunlik ish haftasida ishlasa, unda dushanba kuni ishga chiqadi va o‘z-o‘zidan talabalar uchun ham o‘qishlar bo‘ladi.

Shu sababli Siz dushanba kuni nima qilishingizni o‘qiydigan oliygohingizdan aniqlashtiring.

📌 Eslatib o'tamiz, maktablar 6 kunlik ish haftasida ishlaganligi uchun, 10-mart kuni maktablarda barcha uchun dars va ish vaqti bo’ladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

📆 2025-yil 10-mart qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanganligi sababli, 15-16 - fevralda o‘tkazilgan chet tili imtihonining gapirish bo‘yicha sinovi 12-mart sanasiga ko‘chirilidi.

Talabgorlar ruxsatnomada belgilangan vaqtda belgilangan joyga borishlari lozim.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

🌧 Yomg‘ir – Qalbga sokinlik beradigan mo‘jiza

Yomg‘ir yog‘ayotgan paytda, osmon va yer o‘rtasida sokinlik hukm suradi. Go‘yo tabiat ham nafasini ichiga yutib, ichidagi g'uborlarini chiqarib yuborayotgandek.

💧 Yomg‘ir bu –
☹️ O‘tgan xotiralar va unutilmas damlar
☺️ Qalbga huzur beradigan sokinlik va xotirjamlik
💪 Yangi qadamlar uchun imkoniyat
🤗 Allohning rahmati
📖 Ilhom beradi – kitob o‘qish yoki yozish uchun eng yaxshi vaqt
🌱 Tabiatni yangilaydi, daraxt va gullarga hayot baxsh etadi.

🌦 Ba’zi odamlar yomg‘ir ostida yurishni yoqtiradi, ba’zilari esa oyna ortidan kuzatishni. Siz qaysi toifadansiz?


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

⚡️ Toshkentdagi OTM rektorlari sport musobaqasida qatnashdi

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Toshkent shahrida joylashgan OTM rektorlari o‘rtasida mini-futbol, stol tennisi va shaxmat bo‘yicha “Vazir kubogi” sport musobaqasi o'tkazildi.

Bu tadbir kelgusida sport sohasidagi hamkorlik va qo‘shma loyihalarni yanada rivojlantirishga turtki bo‘lib, OTMlarda sportni ommalashtirishga xizmat qiladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

❗️ Ramazon oyida ro‘za tutuvchilarga salomatlikni saqlash va mustahkamlash uchun 5 ta tavsiya:

1️⃣ Ovqatlanishdan oldin bir stakan suv ichib bir necha daqiqa kutib turing;

2️⃣ Asosiy taomdan avval salat iste’mol qilish;

3️⃣ Ovqatni shoshilmay, sekin iste’mol qilish lozim;

4️⃣ Ovqatdan keyin darhol shirinlik yeyish tavsiya etilmaydi, chunki bu hazm qilishni qiyinlashtiradi;

5️⃣ Iftor va saharlik orasida umumiy 1,5-2 litr suv ichish maqsadga muvofiq.

Ushbu qoidalarga amal qilish organizmni to‘g‘ri oziqlantirishga yordam beradi.


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

⚡️ Sun’iy intellekt bilan muloqot qilish orqali ingliz tilida og’zaki nutqni yaxshilash uchun Sesame neyrotarmog’i chiqdi, u gapirish ohangi deyarli odamnikidan farq qilmaydigan eng yaxshi ovozli chatbot hisoblanadi.

Neyrotarmoq ovoz toni va tembrni o’zgartira oladi, u hatto pichirlab gaplashishni ham biladi, ingliz tilida so’zlashuvni yaxshilamoqchilar uchun ayni muddao.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Turkiya muftiysi Mehmet Go‘rmez:

"Masjidda jamoat bilan namoz qilinganda orqa saflarda qiqirlagan bolalarning ovozi yo‘q bo‘lsa, kelajak avlod uchun havotir qiling.

Shuning uchun har qanday musulmon bolaning ko‘nglida va tasavvurida masjid bilan bog‘liq yomon taasurot qoldiradigan so‘z va harakat qilmasin!"


Sanjar Xo'ja

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

🌙 Ramazon oyi muborak boʻlsin, aziz talabalar!

Ramazon – o‘zimizni rivojlantirish, ilm va ma’rifat sari intilish, sabr va shukr qilish oyidir. Ushbu muborak oyda harakatlaringiz barakali, ilm yo‘lingiz yorug‘, orzu-maqsadlaringiz ro‘yobga chiqsin!

📖 Ilm olish ham ibodat ekanini unutmang! Ramazon oyida vaqtni unumli o‘tkazib, ilm olishni davom etaylik. Ilmingiz sizga, oilangizga va jamiyatga foyda keltirsin!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

📢 RAMAZON OYI 1 MARTDAN BOSHLANADI

✍️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorini imzoladi.

🌙 Mazkur qarorga ko‘ra, 2025 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 1 mart kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.

🤲 Alloh taolo Ramazon oyida qiladigan ibodat, duo va barcha solih amallarimizni qabul etsin, ajr-mukofotlarini ko‘paytirsin.

🤲 Yaratgan xalqimizga tinchlik, barqarorlik va ofiyatni nasib qilsin. Ramazon muborak!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Yangilik: AyTi'ni o'rganish uchun yangicha o'quv tizimi joriy qilindi

AyTi sohasi hozirgi texnologiyalar zamonida eng talabgir va daromadli sohalardan biridir. Yurtimizda shunday kasb egalarini bir qator TOP AyTi markazlari yetishtirib bermoqda. Ularning biri Najot Ta'lim markazi — dasturlash sohasini o'rganish uchun yangi formatda o'qitish tizimi ishlab chiqdi.

Veb Praktikum dasturlashni to'liq amaliyot asosida o'rgatadigan kurs. Unda Frontend va Backend qism o'quvchilari integratsiya qilinib, birga kamida 4 ta loyiha tayyorlashadi.

Ya'ni bir loyihaning server qismini backend dasturchilar tayyorlasa, uning interfeys qismini frontend dasturchilar tayyorlaydi. Noldan kursning oxirigacha 2-3 ta ustoz yordamida dasturlashni amaliyot qilib o'rganiladi.

Kurs imkoniyatlari:
— Real loyihalar tayyorlash
— IT kompaniya muhitida jamoaviy ishlash
— Bepul HR suhbatlari kursi
— Frilans ishlash va mijoz topish bo'yicha videodarslik

📌 Kursga IQ test va ingliz tilidan imtihon asosida qabul qilinadi. Agar ingliz tilidan sertifikatingiz bo'lsa, ingliz tili imtihonidan ozod etilasiz.

Imtihon 1-mart soat 11:00 va 15:00 da bo'lib o'tadi. Imkoniyatdan foydalanib, imtihonga qatnashing va dasturlashni amaliyot qilib o'rganing!


👉 Imtihonga ro'yxatdan o'tish

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Matn bilan ishlaydigan barcha foydalanuvchilar uchun neyron tarmoqlarining to‘plami:

CopyMonkey - eng qulay interfeysga ega matnni to‘liq qayta ishlash uchun rus tilini qo‘llab-quvvatlaydigan neyron qurilma.

WhatLetter - rasmdagi matnni tahlil qiladi, rasshifrovka qiladi, to‘ldiradi.

DeepL - ayni paytda dunyodagi eng yaxshi tarjimon.

Gerwin AI - ko‘plab sozlamalar va xususiyatlar ichida shablon matn yozadi.

aiSEO - kopirayting va SEO-optimizatsiya uchun barcha vositalar: matn/video/rasmlar.

ChatD - fayllar bilan inson kabi muloqot qilish uchun mo‘ljallangan.

SmartWriter - keng auditoriya uchun qamrovni saqlab qolish va optimallashtirish bilan matnlar generatori.

GrammarChecker - grammatikani tekshiradi va tuzatadi, asosiy xatolarni bartaraf etadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2025-yil 25–26-yanvar kunlari o‘tkazilgan kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔺 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔺 B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

⚡️ 2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Bugun tungi soat 22:03 (Toshkent vaqti bilan 00:03) da oy Ka’bai muazzamaning ustiga keladi. Siz shu vaqtda oyga yuzlanib to‘g‘riga qarasangiz 100% qiblaga yuzlangan bo‘lasiz.

Ana shu qibla yo‘nalishi bo‘ladi.

Abdulloh G’ulomov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

📚 Bugungi kun talabasi qanday bo‘lishi kerak?

Zamonaviy dunyoda talabalar uchun faqat darsga qatnashish va imtihon topshirish yetarli emas. Ular kelajakka tayyor bo‘lishi uchun quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishi lozim:

Texnologiyalarni o‘zlashtirish – Raqamli dunyoda yashayotganimiz uchun dasturlash, sun’iy intellekt va onlayn platformalardan samarali foydalanish muhim.

Mustaqil fikrlash va ijodkorlik – Fikr yuritish, yangi g‘oyalar yaratish va ularni hayotga tatbiq etish bugungi talabalar uchun katta ustunlik beradi.

Chet tillarini o‘rganish – Ingliz tili va boshqa xorijiy tillarni bilish sizga xalqaro imkoniyatlar eshigini ochadi.

Shaxsiy rivojlanish – Kitob o‘qish, yumshoq ko‘nikmalar (soft skills) ustida ishlash va maqsad sari intilish muvaffaqiyat kalitidir.

Tashabbuskorlik va tadbirkorlik – Universitetda faqat nazariy bilim emas, balki amaliy tajriba orttirish ham kerak. Startup, freelancing yoki shunga o'xshash loyihalarda ishtirok etish katta imkoniyatlar beradi.

❗️ Bugungi kun talabalari o‘z ustida ishlaydigan, yangi imkoniyatlardan foydalana oladigan va kelajakka ishonch bilan qaraydigan shaxs bo‘lishi kerak!

💬 Sizningcha, hozirgi kun talabalarida yana qanday fazilatlar bo‘lishi kerak? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Bu yil 250 ming nafar qizimiz oliy taʼlimga qamrab olinadi – Shavkat Mirziyoyev

Bugun Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqi davomida, ta’lim sohasiga doir islohotlarga ham to'xtalib o’tdi.
 
Bu yil sharoiti ogʻir oilalardagi iqtidorli yoshlarni xorijda oʻqitish boʻyicha “Yorqin kelajak” loyihasini boshlayapmiz. Ushbu loyiha doirasida kamida 200 nafar qizimiz har yili dunyoning nufuzli oliygohlariga oʻqishga yuboriladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.Zohidov, Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahobov tizimi esa yana 250 ming nafar xotin-qizni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish uchun masʼul boʻladi.
 
Ayollari oʻqimishli va kasb-hunarli boʻlgan yurtda tinchlik va taraqqiyot boʻladi. Ayollari maʼrifatli boʻlgan xalq albatta baxtli boʻladi.
 
Shu bois, har bir oiladagi qizlarimiz bogʻcha, maktab bilan toʻliq qamrab olinishi, zamonaviy kasb-hunar va chet tillarini egallashi, oliy maʼlumotga ega boʻlishi uchun bundan buyon ham barcha sharoitlarni yaratamiz.

Xususan, bu yil 250 ming nafar qizimiz oliy taʼlimga qamrab olinadi. Bu 2017-yilga nisbatan 3,5 karra koʻp. Natijada har bir mahalladan 25-30 nafar xotin-qiz oliygohlarda taʼlim olish imkoniga ega boʻladi.
 
Buning uchun Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.Mahkamova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Umarova har bir maktabda yuqori sinfda taʼlim olayotgan qizlarimiz bilan ishlashni individual yondashuv asosida tashkil etib, ularni oliygohlarga tayyorlaydi- deyiladi nutq davomida.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Oʼzbekistonliklar 8-mart munosabati bilan necha kun dam oladi

Haftasiga 5 kun ishlovchi oʼzbekistonliklar 8-mart “Xotin-qizlar kun” bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun — 8-, 9- va 10-mart kunlarida dam oladi. 6 kun ishlaydiganlar esa 10-martda ishga chiqadi.

Mehnat kodeksiga muvofiq, bayram sanasi dam olish kunlariga toʼgʼri kelib qolsa, dam olish kuni keyingi ish kuniga koʼchiriladi. Bu yilgi “Xalqaro xotin-qizlar kuni” shanbaga toʼgʼri kelishi munosabati bilan dam olish kuni 10-mart, dushanbaga koʼchiriladi.

Shu tariqa haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 3 kun dam oladi:
👀 8-mart, shanba — bayram;
👀 9-mart, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
👀 10-mart, dushanba — koʼchirilgan dam olish kuni.

❗️ Haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun faqat shanba va yakshanba dam olish kuni boʼladi, 10-mart, dushanba ish kuni hisoblanadi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

🌙 Ramazonning ilk Jumasi muborak bo'lsin!

🤍 Alhamdulillah, Ramazonning birinchi Jumasiga yetib keldik! Bu kun nafaqat eng fazilatli kunlardan biri, balki duolar ijobat bo‘ladigan, qalblar poklanadigan va ruhimiz yanada tetiklanadigan muborak kundir.

Bugungi kunda nimalarga e’tibor berish kerak?
🔹 Qur’on tilovati – har bir o‘qilgan oyat qalbimizga nur va taskin beradi.
🔹 Salovat aytish – Juma kuni Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo ﷺ ga ko‘proq salovat aytish tavsiya qilingan.
🔹 Ehson va sadaqa – imkon qadar boshqalarga yaxshilik qilish bu kunda yanada savobli bo‘ladi.
🔹 Ko‘p duo qilish – bugun qilgan duolarimiz ijobat bo‘lishi umidida Allohga iltijo qilaylik.

🤲 Alloh taolo bugungi Juma kunida qilgan ibodat va duolarimizni qabul qilsin, qalblarimizni nur bilan to‘ldirsin! Ramazon oyining har bir kunida ezgulik va baraka bo‘lsin!

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Universitetni tugatsam, katta hayot boshlanadimi?

Ko‘pchilik uchun universitet hayoti – yoshlikning eng shiddatli va beparvolik davri. Lekin diplom qo‘lga tegishi bilan hammasi o‘zgaradimi? Haqiqiy hayot endi boshlanadimi?

Aslida, hayot universitetdan keyin boshlanmaydi, u doim davom etib kelgan. Lekin universitetni bitirish – yangi "LEVEL"ga o‘tish demak. Bu bosqichda:

O‘zingiz uchun mustaqil qarorlar qabul qilishingiz kerak bo‘ladi. Endi har bir qadam o‘zingizga bog‘liq.
Ish topish yoki biznes boshlash mas’uliyati paydo bo‘ladi. Kimdir orzu qilgan kasb(hunar)ini topadi, kimdir yangi yo‘l izlaydi.
Moliyaviy erkinlik – endi daromad topish, xarajatlarni rejalashtirish o‘z qo‘lingizda bo‘ladi.
Hayotiy maqsadlar aniqroq bo‘lishi kerak. Chunki endi bilim olish emas, uni ishlatish muhim.
Shunday ekan, katta hayot universitetdan keyin boshlanmaydi – u hozirdan boshlanadi! Muhimi, hozirdan o‘z ustingizda ishlang va kelajakka tayyor bo‘ling.

🖥 Siz nima deb o‘ylaysiz? Universitet hayotga tayyorlaydimi? Haqiqiy hayot undan keyin boshlanadimi? Fikrlaringizni yozib qoldiring!


🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

❗️ Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimi takomillashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining qarori (130-son, 28.02.2025 y.) bilan Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
⚡️ Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-sentabrgacha:

✔️ Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmagan, shuningdek, attestatsiyadan o‘tganlik muddati tugagan va amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan quyidagi pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi hamda ularga amaldagi malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi:
➡️oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan;
➡️pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan;
➡️yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan;
➡️pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagoglar;

2️⃣ Quyidagi talablardan biriga javob beradigan pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi (lavozimi) beriladi:
pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).

Shuningdek, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani pedagoglari, pensiya yoshidagi pedagoglar hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagoglar belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Pedagoglarning hisobot hujjatlari qisqartirildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 25-fevraldagi “Texnikumlar va akademik litseylar pedagog xodimlarining shaxsiy yillik ish rejasi boʻyicha namunaviy hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 76-son buyrugʻi bilan pedagoglarning shaxsiy yillik ish rejasi hujjatlari namunalari tasdiqlandi.

Bunda, pedagoglarning 9 ta shaklda yuritadigan hujjatlar 3 taga tushirildi. Texnikumlar va akademik litseylar pedagog xodimlar 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab ushbu hujjatlar asosida faoliyat yuritadi.

🖥Ushbu hujjat namunalarini edu.profedu.uz platformasidan yuklab olishingiz mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

❗️ Boshqa tildagi yo‘nalishlarga hujjat topshirgan abituriyentlarga ham o‘zbek tilidan imtihon majburiy bo‘lishi mumkin

Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining ta’lim o‘zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarining majburiy fanlar blokiga o‘zbek tili fani kiritilishi mumkin.

Hozirda majburiy blokda ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) fani mavjud. Bu degani, masalan, abituriyent rus yo‘nalishiga (yevroguruh) hujjat topshirsa, unda majburiy blokda 10 ta savol rus tilidan tushadi. Kelgusida abituriyentlar boshqa istalgan tildagi (rus, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) yo‘nalishga hujjat topshirganda, majburiy blokda o‘zbek tilidan ham savollar berilishi mumkin.

Hozircha bu reja, rasman tasdiqlangani yo‘q. Lekin men ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Albatta, imtihonlarda davlat tili bir chetda qolib ketmasligi shart va zarur! Faqat bunaqa yangilikni joriy yilgi qabuldan emas, balki kelgusi yillardagi qabuldan boshlash kerak. Abituriyentlarga yangi shartlarga moslashish va tayyorlanish uchun vaqt qoldirish lozim. Menimcha, shunaqa qilishsa ham kerak.

©️ Xushnudbek

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

🌙 Mamlakatimizning 14 ta hududidagi masjidlarda taroveh namozining boshlanish vaqtlari bilan tanishing!

Farg‘ona –– 20:20
Namangan –– 20:20
Andijon –– 20:20
Toshkent v. –– 20:30
Toshkent sh. –– 20:30
Sirdaryo –– 20:30
Jizzax –– 20:30
Samarqand –– 20:30
Qashqadaryo –– 20:40
Surxondaryo –– 20:40
Navoiy –– 20:40
Buxoro –– 20:40
Xorazm –– 21:00
Qoraqalpog‘iston R. –– 21:10

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Endi taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi belgilandi. Mazkur hujjatga asosan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari, umumtaʼlim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.

Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

➖Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
➖Matematika fanidan – yozma;
➖Oʻzbekiston tarixi fanidan – yozma/ogʻzaki;
➖Jismoniy tarbiya fanidan – amaliy shaklda oʻtkaziladi.

11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

➖Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
➖Matematika (Asosiy) / Matematika (Chuqurlashtirilgan) fanidan – yozma;
➖Tarix fanidan – yozma;

Oʻquvchining tanlovi boʻyicha:

➖ Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirgʻiz tilida taʼlim boʻlgan sinflar uchun), Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan – yozma;
➖ Chet tili fanidan yozma/ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilidan boshlab taʼlim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

OTM rahbarlari vaqtining 70 foizini talabalarga bag‘ishlashi zarur

Prezidentning yoshlar bilan muloqotida oliy ta’limga doir ilgari surilgan eng muhim tashabbuslar yuzasidan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari munosabat bildirishdi (video).

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Piter Pen – Azroilmi?

Piter Pen haqidagi bolalar ertagi hamma o‘ylaganidek oddiy emas. Eslatib o‘taman, bu ertakda bolalar katta bo‘lishni istashmaydi, uchishni o‘rganib, Neverlendga ketishadi. Uchishni Piter Pen va kichik qanotli feya o‘rgatadi. Ertak yakunida ular yana uyga qaytadilar, o‘zlari bilan boshqa bolalarni ham olib keladilar. Ular katta oila bo‘lib yashashadi…

Yoshligimda bu haqda chuqur o‘ylamagan edim, lekin hozirgi dunyodagi siyosiy vaziyat ertakka boshqacha qarashga majbur qildi.

Bu bolalar ulg‘ayishni istamaganining sababi urush bo‘lsachi? Balki ular urushga borgisi kelmagandir? Ertak tarixini o‘rgandim, kitob Birinchi jahon urushiga 3 yil qolganida yozilgan ekan. O‘sha paytda vaziyat ancha taranglashgan edi…

Uchishni o‘rganishlari esa – ular urushda halok bo‘lganini anglatadi. Bu haqda ham izlandim. Muallifning ukasi 13 yoshida vafot etgan va uning onasi: “Ukang endi hech qachon ulg‘aymaydi, u abadiy yosh bo‘lib qoladi”, — degan ekan. Bu narsa Jeyms Barriga qattiq ta’sir qilgan.

Ular uchratgan yo‘qolgan bolalar esa – urushda halok bo‘lgan bolalardir.

Nega bolalar keyinchalik ota-onalari bilan yana uchrashishdi? Chunki bu vaqtga kelib ota-onalari ham vafot etgan edi.

Piter Penning asosiy vazifasi – odamlar dunyosidan bolalarni Neverlendga olib kelish edi.

Ha, bu interpretatsiyada ertak tragediya tusini olmoqda. Bolalarni Neverlendga olib boruvchi Piter Pen agar o‘lim farishtasi bo‘lsa, u holda puflab uchishni o‘rgatgan qanotli feya qaysi farishta? Neverlend – qayer?

✍️ Akmal Kadirov

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

⚡️ Ko‘zi ojiz shaxslar uchun o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 14-fevral kuni bo‘lib o‘tgan ko‘zi ojiz shaxslar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

📝 Imtihon natijalariga ko‘ra 37 nafar talabgorning 2 nafari C1, 11 nafari B2, 10 nafari B1 darajadagi sertifikatga ega bo‘ldi.

❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 2426-fevral kunlari my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi

Читать полностью…
Subscribe to a channel