Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal ▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki! Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz
Ota o‘g‘lining xonasiga kirdi. Yotoq o‘rni yig‘ilgan. Toza, hammayoq sarishta. Stol ustida "Dadamga" deb imzolangan xat.
Ota bir ko‘ngilsizlikni sezgan kuy, qo‘llari qaltirab, konvertni ochdi.
Mehribon dadajonim!
Men sizga og‘ir qalb va chuqur afsus bilan ushbu nomamni bitayapman. Men bir qizni uchratdim, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz sahnani oldini olish maqsadida, siz va onam kelguncha uydan chiqib ketishga majburmiz.
Men Sara bilan o'zimni juda yaxshi his qilaman, men uni juda ham yaxshi ko'raman.
Lekin shuni ham bilaman-ki, sizlar uni tanasidagi pirsinglari, tatuirovkasi va kiyib yuradigan charm shimlari, shuningdek yoshi sizlar bilan tengqur ekanligi sabab qabul qila olmaysizlar.
Saraning aytishicha biz juda ham baxtli bo‘lamiz.
Bunga sabab nafaqat o‘rtamizdagi sevgi, dadajon, - u homilador.
Saraning o‘rmon yaqinida eski bir treyleri va butun qishga yetadidan yoqilg'i zaxirasi bor. Bilasizmi dadajon, biz serfarzand bo'lishni orzu qilamiz.
Sarani taniganimdan bo‘yon ko‘zlarim ochildi. Ma’lum bo’lishicha, oz miqdorda marixuana mutlaqo zararsiz ekan. Biz kelgusida marixuana yetishtirib, uni yaqin qo'shnilarimiz bilan kokain va ekstaziga ayirboshlashni reja qilib oldik.
Sara haqida yomon o‘ylamang, dada. U juda ham oqko‘ngil va dindor qiz. Biz Yaratgandan uni tezroq OITSdan tuzalib ketishi yo‘lida mo‘jiza sodir qilishini so‘rab ibodat qilamiz. Biz uchun sizlar ham duoda bo‘linglar. U bunga loyiq.
Xavotir olmang, dadajon. Men hozir 15 yoshdaman va o‘zim haqimda o‘zim bemalol g‘amxo’rlik qila olaman.
Ishonchim komilki, kun kelib siz bilan yana uchrashamiz, shunda siz va onam nevaralaringizni ko‘rasiz.
Sizni juda ham sevuvchi, o‘g‘lingiz Jon.
P.S. Dada, yuqorida yozganlarimning hammasi yolg‘on. Men ko‘chamizning qarama-qarshisidagi do‘stimning uyida mehmondaman. Shunchaki sizga, hayotda, men stolning tepa g‘aladoniga solib qo‘ygan maktab choraklik baholari varaqasidan ham qo‘rqinchli narsalar borligini eslatib qo‘ymoqchi edim. Uyga bexavotir qaytishim mumkin ekanligini anglagan pallangizda, qo'ng'iroq qiling.
Otabek Narzullayev tarjimasi. (muallifi noma’lum)
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ OTMlarga qabul boshlanishiga atigi 2 oy qoldi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Ma'lumki, o'tgan yilidan boshlab davlat OTMlariga hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshirilyapti.
1️⃣-bosqich:
O'tgan yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshirilgan. Amaldagi tartib bo'yicha bu yil ham shu sanada qabul boshlanishi kerak. Bu degani: abituriyentlar atigi 2 oydan keyin hujjat topshirishadi.
Avval hamma OTMga kirish uchun imtihon topshiradigan fanlarini tanlaydi. Kirish imtihonlari tugagach, 2-bosqich uchun hujjat topshirishadi.
2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.
🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Maktablar 5 kunlik o'qish tizimiga o'tishi mumkin
◾️ “Mening fikrim” portaliga shu bo'yicha murojaat qo'yilgan bo'lib, agar maktablarda 2 kun dam olinsa, bu bilan ish unumi va sifati oshishini bildirilgan.
Sizningcha-chi? 5 kunlik maktab yaxshimi? Yoki 6 kunlik?
Imtihonlarga tayyorgarlik davrida zarur hisoblanmish xotira, diqqat va, hatto, kayfiyatni sezilarli koʻtaruvchi usullar mavjud.
BBC neyrobiologlar, ruhshunoslar, parhezshunoslar va oʻqituvchilar hamda talabalarning fikrlariga tayanib, abituriyentlarga omadga erishishda yordam berishi mumkin maslahatlar roʻyxatini tuzib chiqdi.
1. Nonushta va “miya uchun ozuqa”
Tananing toʻgʻri faoliyat yuritishi uchun quvvat talab etiladi. Miyaning diqqatni jamlay olish qobiliyati esa aynan glyukoza koʻrinishidagi barqaror quvvat manbasiga bogʻliqdir.
Tadqiqotlar nonushtani kanda qilmaydigan oʻquvchilar, imtihon vaqti diqqatini bir nuqtaga qarata olgani va maʼlumotlarni yaxshi eslaganidan, aʼlo natijalarga erishishini koʻrsatadi.
Demak, kunni ertalabki soatlar davomida oʻzidan asta-sekinlik bilan quvvat ajratadigan nonushtadan boshlang: suli boʻtqasi, boshoqli donlardan tayyorlangan non yoki tarkibida shakar miqdori kam boʻlgan myusli.
Shuningdek, nonushtada maʼlum darajada oqsil ham boʻlishi lozim: kam miqdordagi sut, yogurt yoki tuxum.
Ushbu mahsulotlarning miya faoliyatiga ijobiy taʼsir etishi isbotlangan: tuxum, baliq, boshoqli donlar, karam, ismaloq va brokkoli kabi toʻq-yashil bargli sabzavotlar, pomidor va avokado.
Tarkibida antioksidantlar va antosiyaninlar mavjud ichimliklar xotira va kayfiyatni qisqa vaqtga koʻtarishi mumkin. Mazkur moddalar chernika, qulupnay, yongʻoq, zaytun, oshqovoq urugʻi va qora shokolad tarkibida ham uchraydi.
2. Hammasini barvaqt boshlang
Tayyorgarlikni imtihonlarga oz qolganda emas, balki bir necha oy avval boshlashga harakat qiling. Shunda oʻzingizga boʻlgan ishonch ham ortadi.
Darslarni erta tongdan tayyorlang. Bu paytda miya yetarlicha dam olgan boʻladi. Darslarning katta qismini kunning ikkinchi yarmiga qoldirmang.
Eng yaxshisi - oʻzingiz uchun darslar jadvalini tuzib oling, oʻqishni har kuni bir vaqtda boshlash va tugatishga urining. Bu fanlarni oʻzlashtirishingizga katta yordam beradi.
Davomi ertaga
Samarqanddagi ayrim OTM hamda ular huzuridagi texnikum va akademik litseylarga qisqa muddatli taʼtil beriladi
Joriy yilning 4—5-aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo -Yevropa
Ittifoqi” birinchi rasmiy Sammiti hamda “Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yo‘lida birdamlik” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
1. Samarqand davlat universiteti;
2. Samarqand davlat chet tillar instituti;
3. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
4. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;
5. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali;
6. Samarqand davlat tibbiyot universiteti;
7. O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti;
8. Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi;
9. Samarqand davlat universiteti akademik litseyi;
10. Abu Ali ibn Sino nomidagi Siyob jamoat salomatligi texnikumi.
❓ Savol: Nodavlat oliy ta’lim muassasasida o‘qiydigan talabaga majburiy xizmatga chaqiruv kelsa, uni o‘qish davrida chaqirish qanchalik to‘g‘ri? Sirtqi yoki kechki ta’limda o‘qiydigan talabalar uchun bu holat qanday tartibga solinadi? Agar qonunchilikda majburiy xizmatga borish shart bo‘lsa, oliy ta’lim muassasasi talabaning bir oy qoldirgan darslari uchun qanday majburiyat oladi. Agar oliy ta’lim muassasasi talabani majburiy xizmatga ketishidan ozod qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa, buning uchun qanday rasmiy hujjat taqdim etilishi mumkin? (Masalan, talabaning o‘qishini davom ettirayotgani haqidagi ma’lumotnoma yoki shunga o‘xshash hujjat).
❗️ Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni (2002-yil 12-dekabr) va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-son qarori asosida oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun quyidagi tartib belgilangan:
Kunduzgi ta’lim talabalari – Oliy ta’lim muassasasida kunduzgi shaklda tahsil olayotgan talabalar o‘qishni tugatguncha harbiy xizmatga chaqirilmaydi. Ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunga qadar kechiktiriladi.
Kunduzgi va kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar – safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga o‘z roziligi bilan olinishi mumkin. Bunday holatda talabalar iyul-avgust oylarida bir oylik harbiy yig‘inlarga jalb etiladi.
O‘qishdan chetlatilgan talabalar – agar talaba oliy ta’lim muassasasidan chetlatilsa, u chaqirilish muddati kechiktirish huquqidan mahrum bo‘ladi va harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin.
Muhim: Bu talablar barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga birdek tatbiq etiladi.
Bundan tashqari, harbiy xizmat sababli akademik ta’til olish tartibi ham mavjud. Vazirlar Mahkamasining 344-son qarori asosida, oliy ta’lim muassasalari talabalari harbiy xizmatni o‘tash uchun akademik ta’til olishi mumkin.
Akademik ta’til olish shartlari:
• Talaba harbiy xizmatni o‘tash uchun akademik ta’til so‘rab ariza yozishi kerak.
• Arizaga tuman (shahar) mudofaa ishlari organlaridan olingan chaqiruv qog‘ozi ilova qilinishi lozim.
• Akademik ta’til muddati harbiy xizmatning belgilangan davomiyligiga teng bo‘ladi.
• Oliy ta’lim muassasasi (filiali) rektori (direktori) rasmiy buyruq asosida akademik ta’til berishni rasmiylashtiradi.
Harbiy xizmatni o‘tash uchun akademik ta’til olayotgan talaba sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilmaydi. Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasining barcha oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi.
Farrux Fayziyev
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
🌙 Hayit namozi o’qilish vaqtlari
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi ertaga, 30-mart – yakshanba kuni Ramazon hayiti namozining oʻqilish vaqtlarini eʼlon qildi. Unga koʻra, poytaxtda Hayit namozi ertalabki soat 6:30 da oʻqiladi.
Qolgan hududlarda quyidagi vaqtlarda oʻqiladi:
🔺 6:20 — Andijon, Namangan va Fargʻona viloyati
🔺 6:30 — Toshkent shahri hamda viloyati
🔺 6:40 — Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyati;
🔺 6:45 — Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati;
🔺 6:50 — Buxoro va Navoiy viloyati;
🔺 7:05 — Xorazm viloyati;
🔺 7:15 — Qoraqalpogʻiston Respublikasi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijda ta’lim olganlar tanlovsiz ishga olinadi
🔰 “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-61-son, 26.03.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi.
Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
▪️har yili iqtidorli, bilimga chanqoq, og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan kambag‘al oilalar farzandlarini xorijda o‘qitish maqsadida har bir mahalladan faol yoshlarni saralash;
▪️saralab olingan yoshlarning iqtidorini aniqlash orqali ularni salohiyatiga mos xorijiy oliygohlarga yuborish uchun tayyorgarlik kurslarida o‘qitish;
📜 “El-yurt umidi” jamg‘armasiga joriy yilda “Yorqin iste’dod” loyihasi uchun 300 milliard so‘m ajratiladi.
✔️ “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi.
🗓 2025-yil 1-iyundan:
🟢 nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, o‘n yil muddatga BHMning 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;
🟢 nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.
✔️ Bundan tashqari, xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga 2 yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan 3-yil muddatga BHMning 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
❓ TikTok va Instagram o‘smirlarga qanchalik zarar yetkazadi?
Germaniyada o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘smirlarning internetga qaramligi giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarga qaramlik bilan tenglashtirilgan.
Tadqiqotchilarning ogohlantirishicha, internetga qaramlik xuddi marixuana yoki alkogol kabi miyaga ta’sir qiladi.
Ikkala holatda ham qaramlikning paydo bo‘lish xavfi mavjud: ya’ni, "ko‘proq va yanada ko‘proq bir narsani xohlaganingizda va nazoratni yo‘qotganingizda," deb tushuntiradi olimlar. "Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun juda ko‘p vaqt sarflanishi hayotning boshqa sohalari e’tibordan chetda qolishiga olib keladi", deya qo‘shimcha qilgan tadqiqotchilar.
O‘z xatti-harakatlarini nazorat qila olmaslik o‘smirlar hayoti uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ko‘p hollarda bu maktabda o‘zlashtirishning pasayishiga yoki umuman o‘zlashtirmaslikka olib keladi. Bunga ijtimoiy izolyasiya, ko‘ngilochar qiziqishlarning yo‘qolishi va oilaviy nizolarni qo‘shish kerak, deydi olimlar.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️Rasman: Ramazon hayiti 30-mart, yakshanba kuni nishonlanadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?
❌ Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.
Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emaa.
📑 Kontrakt to'lash muddatlari:
➖ Abituriyentlar uchun kontraktning 25 foizini – 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)
➖ ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun – 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
➖ To‘lov miqdorining kamida 50 foizi – 1 yanvargacha;
➖ Kontraktning 75 foizi – 1-martgacha;
➖ Kontraktning 100 foizi – 1-maygacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);
➖ yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.
🟢xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Iftor chog'i yodimga tushdi
Dasturxonda shohona taom,
Etar ekan maishat davom.
Bisyorligi yurtda och avom,
Iftor chog‘i yodimga tushdi!
Uyg‘urlarning dil nolalari,
Ko‘zlarida mo‘l jolalari.
Afrikaning och bolalari,
Iftor chog‘i yodimga tushdi.
Ummat og‘ir bemor ekani,
Urushlardan bezor ekani.
Tahajjudda bedor ekani,
Iftor chog‘i yodimga tushdi.
Xudbinlashib ketdim shu qadar,
Go‘yo yuzim dog‘li bir qamar.
Olmaganim qo‘shnimdan xabar,
Iftor chog‘i yodimga tushdi.
Uyim emas ko‘nglim torligi,
Marhamatga qalbim zorligi.
Menda do‘stning xaqqi borligi,
Iftor chog‘i yodimga tushdi.
Ko‘pning rizqi bu kunlar inon:
Bir piyola suv va qotgan non!
Menda esa ko‘pligi imkon,
Iftor chog‘i yodimga tushdi.
Zo‘rligim-chun qaddim g‘ozligi,
Qish payti xam xonam yozligi,
Nolishim mo‘l, shukrim ozligi,
Iftor chog‘i yodimga tushdi.
Yodga oldim tark etib bog‘in,
Sahobalar qamalda chog‘in.
Yeganligi daraxt yaprog‘in,
Iftor chog‘i yodimga tushdi.
Cheksiz gunohlarga botganim,
Ertan yemay bugun totganim-
Yaroqsiz deb taom otganim,
Iftor chog‘i yodimga tushdi.
Iymon qasrin yemirganim xam,
Ixlos ko‘shkin kemirganim xam.
Yeyaverib semirganim xam,
Iftor chog‘i yodimga tushdi.
Bir yomon bir yomon siqilib,
Yig‘layverib qoldim yiqilib.
O‘lganligi ko‘pning tiqilib,
Iftor chog‘i yodimga tushdi.
Ishlasada og‘ritgancha bel,
Yog‘ganda xam tinim bilmay sel.
Xali-xanuz qashshoqligi el,
Iftor chog‘i yodimga tushdi.
Uchma-uch yetsada oyligi.
Xalning juda xotamtoyligi.
Sultonu vazirlar boyligi,
Iftor chog‘i yodimga tushdi.
Darkorligi xar kun “erishim”,
Savob qilib, savob terishim.
Sohibiga zakot berishim,
Iftor chog‘i yodimga tushdi.
✍️ Muallif: Abdurahmon Meshayan
🎤 Ijrochi: Hayotbek Mirboboyev
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
🔥 Hafta ajoyib boshlanishi uchun motivatsiya!
🎓 Yangi haftani qanday kayfiyatda boshladingiz? Esingizda bo‘lsin: katta muvaffaqiyatlar kichik qadamlar bilan boshlanadi!
📌 Muvaffaqiyat siri nimada?
Ko‘pchilik "Baxtli bo‘lish uchun omad kerak" deb o‘ylaydi. Lekin aslida katta yutuqlarga erishgan insonlar har kuni mayda, lekin doimiy qadam tashlaganlar!
- "Agar har kuni 1% o‘z ustingizda ishlasangiz, bir yildan keyin natija 37 barobarga oshadi."
- "Har kuni hozirgidan kuchli versiyangizni kashf qilishga intiling!"
Chirchiq davlat universiteti va Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi
Tekinga Xalqaro diplom va Grant asosida o‘qishni orzu qilasizmi?
📣 1-kurs talabalari diqqatiga!
Agar siz kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 1-kurs bakalavr yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan bo‘lsangiz — quyidagi muhim o‘zgarishlar siz uchun!
📌 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat grantlari faqat 1-o‘quv yiliga ajratiladi. Kelgusi yillarda esa grantlar yuqori akademik ko‘rsatkichlar va ijtimoiy faollikka qarab qayta taqsimlanadi.
✅ Shu bilan birga, to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar ham keyingi kurslarda grant yutish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🗂 Batafsil tartib Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori asosida belgilangan.
🔗 Rasmiy hujjatlar bilan tanishish:
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
🇺🇿Prezidentimizning PF-61-sonli farmoni asosida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar ro‘yxati:
1. Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!
2. TOP100 OTM PhD bitiruvchilari uchun 10 yilga foizsiz uy-joy ssudasi ajratiladi (806 mln so‘mgacha).
3. Kreativ park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari joriy qilinadi (ijtimoiy va daromad solig‘i 50%gacha kamayadi).
4. C1 sertifikatiga ega yoshlar chekka hududda til markazi ochsa, foizsiz ssuda oladi (120 mln so‘mgacha, 3 yil muddatga).
5. “Yorqin iste’dod” loyihasi orqali mahallalardagi faol yoshlar xorijda o‘qitiladi, xarajatlar to‘liq qoplanadi (300 mlrd so‘m ajratiladi).
6. “El-yurt umidi” stipendiatlari tanlovsiz davlat ishiga qabul qilinadi va kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
7. Kreativ industriya parklari va ularning hududiy filiallari tashkil etiladi, biznes maktablar ochiladi.
8. Harbiy OTM namunali kursantlari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” stipendiyasi joriy etiladi.
9. Muhandislik olimpiadalari g‘oliblari mos OTMlarga grant asosida qabul qilinadi.
10. Milliy mediakontent va shoular uchun Yoshlar agentligi 100 mln so‘mgacha grant ajratadi.
11. Ekologik loyihalar uchun 10 mlrd so‘mli “Yashil tashabbuslar jamg‘armasi” tashkil etiladi.
12. Yoshlar agentligi binolari ijara daromadlari to‘liq rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
13. Toshkentda Robototexnika markazi tashkil etiladi (2025-yil).
14. Toshkentda Yoshlar teatr studiyasi ochiladi (2025-yil).
15. Samarqandda “Take Off” startap sammiti o‘tkaziladi (2026-yil, “Texnofest” doirasida).
Alisher Sadullayev
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Chet tili sertifikatisiz hatto hujjat topshirib bo'lmaydi — qabulda chet tiliga oid o'zgarish
Mana shu yilgi qabuldan boshlab, 1-fani chet tili bo'lgan yo'nalishlarga hujjat topshirish uchun xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat bo'lishi kerak. Busiz hatto hujjat topshirib bo'lmaydi.
Bu qanday aniqlanadi?
Bu talab amal qilishi uchun abituriyent tanlagan yo'nalishda 1-fan chet tili bo'lishi kerak.
1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
📞 Korrupsiya haqida xabar bering!
Hurmatli fuqarolar! Agar siz, Bilimni baholash agentligida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz:
📞 Ishonch telefoni: +998951991914
✍️ Xolis fuqaro: uzbmb.uz/page/reception
📫 Elektron pochta: antikor@uzbmb.uz
🤖 Telegram-bot: @bmbaanticor_bot
Call-markaz: 1195
❗️ Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun foizsiz ssuda beriladi
Prezident Farmoni (PF-61-son, 26.03.2025-y.) ga ko‘ra xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.
Yoshlar ishlari agentligi uch oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan ssudani ajratish tartibini hamda olis va borish qiyin bo‘lgan hududlar ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Qadrli yurtdoshlar!
Bizning jamoa dillarimizga quvonch, dasturxonlarimizga qut-baraka, oilamizga tinchlik ne’matlarini olib keluvchi, mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ramzi bo‘lgan Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) bilan samimiy muborakbod etadi!
🇺🇿 Orzularingiz ijobatini ziyodasi bilan tuhfa etsin! Ramazon oyining muqaddas kunlarida qilingan savob ishlaringiz, pok niyatlaringiz, ibodatlaringiz va ezgu duolaringiz ro‘yobi nasib etsin!
🟡 Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Qizlar uchun Data Science va sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kurs tashkil etiladi
🏷Raqamli texnologiyalar vazirligi, UNESCO va Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi hamkorligida Data Science va Sun’iy intellekt bo‘yicha qizlar uchun maxsus bepul o‘quv dasturi tashkil etilmoqda.
➡️ Yumshoq ko'nikmalarni rivojlantrishga qaratilgan psixologik mashg‘ulotlar;
➡️ NoCode, Freelance va E-commerce kabi mashhur sohalarda amaliyot;
➡️ Ish topishda zaruriy ko'nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha mashg'ulotlar kutmoqda.
O‘zbekistonlik olimlar Amerika Qo’shma Shtatlaridagi xalqaro konferensiyada birinchi o’ringa loyiq deb topildi
“University of Business and Science” Kuzatuv kengashi raisi, texnika fanlari doktori, Professor Elyorjon Jumayevning ilmiy ishi 2025-yil 24–27-mart kunlari Las-Vegas (AQSh)da boʻlib oʻtgan Minerallar, metallar va materiallar jamiyati (TMS)ning 2025-yilgi yillik konferensiyasi doirasida tashkil etilgan tanlovda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Qayd etish lozim, UBS Oʻzbekistondan ushbu tanlovda ishtirok etgan yagona oliy taʼlim muassasasi boʻlib, taqdim etilgan ilmiy ishda yuqori entropiyali qotishmalarning mikrostrukturasi va mexanik xossalariga turli issiqlikdagi toblash (annealing) davomiyliklarining taʼsiri chuqur tahlil qilingan.
TMS 2025 anjumani — minerallar, metallar va materiallar sohasidagi dunyo boʻylab 4 000 dan ortiq muhandis, olim va biznes yetakchilarini bir joyga toʻplaydigan nufuzli tadbir hisoblanadi. Bu yilgi anjumanda 112 ta simpozium doirasida 4 600 dan ziyod maʼruzalar taqdim etildi.
Dam olish kunlari:
✅❌ 29-mart (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;
✅✅ 30-mart (yakshanba) — Ramazon hayiti;
✅✅ 31-mart (dushanba) — barcha uchun dam olish kuni.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Qashqadaryolik 11-sinf o‘quvchisi rekord natijaga erishdi
Qashqadaryolik 11-sinf o‘quvchisi rekord natijaga erishdi
☄️ Texnikumlar uchun namunaviy shtat birliklari tasdiqlandi
Kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida akademik litsey va texnikumlar uchun boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarning namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ushbu o‘zgarishlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining qo‘shma qarori asosida tasdiqlandi va Adliya vazirligi tomonidan 3119-4-son (25.03.2025-y.) bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ushbu hujjatga asosan:
➡️texnikumlar uchun yangi shtat birliklari tasdiqlandi;
➡️xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadigan texnikumlarda “Xalqaro ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi” tashkil etiladi (5 ta shtat birligi ajratiladi);
➡️boshlang‘ich kasbiy ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlarda “Harbiy chaqiriqgacha tayyorgarlik rahbari” va “Jismoniy tarbiya rahbari” lavozimlari saqlab qolinadi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
📚 Sizlar uchun bepul kurslar va foydali resurslar!
Salom, bilimga chanqoq talabalar! O‘z ustida ishlash va yangi bilimlar o‘rganishga hech qachon kech emas! Bugun sizga bepul ta’lim resurslari va onlayn kurslar haqida ma'lumot beramiz.
1️⃣ Ingliz tilini o‘rganish uchun 🇬🇧
✅ Duolingo – So‘z boyligini oshirish uchun duolingo.com
✅ BBC Learning English – Ingliz tilida eshitish va o‘qish ko‘nikmalari uchun bbc.co.uk/learningenglish
✅ TED-Ed – Qiziqarli ma’ruzalar bilan til o‘rganish uchun ed.ted.com
2️⃣ IT va dasturlashni o‘rganish uchun 💻
✅ CS50 – Harvard University – Dasturlash asoslari (Python, C, Web) cs50.harvard.edu
✅ freeCodeCamp – HTML, CSS, JavaScript, Python kabi tillarni bepul o‘rganing freecodecamp.org
✅ Coursera & Udemy bepul kurslari – coursera.org | udemy.com
3️⃣ Samarali o‘qish va vaqt boshqaruvi uchun ⏳
✅ Notion – Dars jadvalingizni va vazifalarni boshqarish uchun notion.so
✅ Pomodoro texnikasi – 25 daqiqa ishlash, 5 daqiqa dam olish tamoyili pomofocus.io
✅ Blinkist – Kitoblarning qisqacha mazmunini o‘qish uchun blinkist.com
🎯 Challenge:
"Men yangi bilimlarni o‘rganaman!" mavzusida – Ushbu post ostida o‘zingiz o‘rganmoqchi bo‘lganlaringizni yozing va biz bilan fikr almashing!
🔥 Bilim olishga sarmoya – eng foydali investitsiya! Bugundan yangi bilimlarni o‘rganishga qaror qiling va o‘z kelajagingizni hozirdanoq qurishni boshlang!
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
☄️ Agar siz talaba, o‘qituvchi yoki muhandis bo‘lsangiz, Sizda tanlovda qatnashib elektromobil, xorijiy davlatlarga stajirovka yoki pul mukofotlarini yutib olish imkoni mavjud.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida tanlov e’lon qiladi.
Tanlov yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida 3 ta kategoriya — 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Har bir ishtirokchi Tanlovning faqatgina bir yo‘nalishida ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda:
🥇-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar elektromobil (9 ta),
🥈-o‘rin g‘oliblari xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi,
🥉-o‘rin g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Tanlov joriy yilning aprel-iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi.
Tanlovga arizalar joriy yilning 31-mart kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.
💾 TANLOV NIZOMI
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 (55) 520-08-08 (357), (90) 065-05-09.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Grantlarni qayta taqsimlash tartibi haqida ayrim tushuntirishlar
Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
❓Nechanchi kurslarga taalluqli?
✅ JAVOB: ushbu tartibni qo’llash 2024/2025-o’quv yilida talaba bo’lganlardan boshlanadi. Boshqacha aytganda, hozirgi 1-kurslarga taalluqli. Ya’ni hozirgi 1-kurslar uchun yoz oyida grant o’rinlari qayta taqsimlanadi.
Hozirda ikkinchi va undan yuqori kursda o’qiyotgan talabalarda hech narsa o’zgarmaydi. Ya’ni hozir 2-kursda grantda o’qiyotgan talaba toki tugatgungacha grantda qoladi, o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar.
❓Magistrlarga taalluqlimi?
✅ JAVOB: ha, ushbu tartib magistrlarga ham taalluqli. Ya’ni 1-kursda o’qiyotgan magistrlarning grantlari yozda qayta taqsimlanadi.
Bunda, quyidagilarni inobatga olish zarur:
1) o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar, magistraturada tahsil olayotgan qizlar uchun davlat byudjetidan kontraktlarini to’lab berish davom etadi;
2) to’liq davlat grantidan iborat mutaxassisliklar uchun ushbu tartib qo’llanmaydi, chunki bundan ma’no yo’q;
3) o’qish muddati 1 yilni tashkil qiluvchi mutaxassisliklarda ham ushbu tartib qo’llanmaydi, bu ham mantiqan tushunarli.
❓Imtiyoz bilan grantga kirganlarga ham amal qiladimi?
✅ JAVOB: imtiyoz asosida davlat grantiga kirgan talabalarga ushbu tartib qo’llanmaydi, ya’ni ularga grant 4 yil muddatga beriladi. Bunda o’zlashtirish ko’rsatkichi ahamiyatga ega emas. Imtiyoz deganda, masalan, xalqaro olimpiada g’oliblari, turli davlat mukofoti sohiblari, organ xodimlarining farzandlari, nogironligi bor abituriyentlar, tavsiyanoma olgan xotin-qizlar va boshqalar nazarda tutilmoqda.
❓Maqsadli qabul bilan kirganlarga-chi?
✅ JAVOB: maqsadli qabulga kirganlar uchun ham, o’zlashtirish ko’rsatkichidan qat’i nazar, davlat granti 4 yilga beriladi. Yangi tartib ularga qo’llanmaydi.
❓Bir marta davlat grantidan mahrum bo’lgan talaba keyingi o’quv yilida yana grantga talabgor bo’la oladimi?
✅ JAVOB: Ha, talabgor bo’la oladi. Grant o’rinlari uchun tanlov har yili iyul-avgust oylarida yangidan o’tkaziladi. Bunda o’tgan yilgi tanlov natijalari hisobga olinmaydi. Barchasi yangidan boshlanadi. Joriy o’quv yili davomida GPA ko’rsatkichi 3,5 dan baland bo’lgan barcha talabalar grantga da’vo qila oladi.
Boshqacha aytganda, bir marta grantdan mahrum bo’lgan talaba kelasi yili yaxshi o’qisa, yana grant olishi mumkin.
©️ Xushnudbek
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Insoniyatning aqliy pasayishi: diqqat va mantiqiy fikrlash susayapti
Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, 2010 yildan buyon odamlar diqqatni jamlashda, ma’lumotni tahlil qilishda va mantiqiy fikr yuritishda qiyinchilikka duch kelmoqda.
Raqamlar bunga dalil
Rivojlangan davlatlarda kattalarning 25% oddiy matematik vazifalarni hal qila olmaydi, AQSHda esa bu ko‘rsatkich 35%.
2015 yildan keyin 18 yoshli yoshlar orasida diqqat yetishmovchiligi keskin oshgan.
2022 yilda so‘rovnomada qatnashganlarning yarmidan ko‘pi birorta ham kitob o‘qimagan, yoshlarning 45% esa umuman kitob o‘qimaydi.
Siz bu borada nima deb o‘ylaysiz? Kitob o‘qish va tahlil qilish odatlari qayta tiklanishi mumkinmi?
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi