Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal ▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki! Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz
Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan.
Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko‘kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni bahtiyor etib,
O‘rnidan dast turib, bosh egsa shu on.
Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o‘rgatdingiz qancha ranj bilan.
Qoplab bo‘larmikan bu qarzni alxol,
Uzib bo‘larmikan yuzta ganj bilan.
Barcha ustozlarni "Ustoz va murabbiylar" kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Admindan tavsiya! 🙂
Kompyuter dasturlari haqida amaliy videodarslar va nazariy bilimlar hammasi shu yerda! 🧑💻
Telegram kanali
You Tube kanali
Britaniya maktabida bolalarga sumka, suv idishi va formadan boshqa narsa olinmaydi.
Maktab bozori, yarmarka yoki shunga o‘xshash bozorlarni ham ko‘rmaysiz.
Maktab hech qachon uborka, o‘qituvchiga hadya, remont, kitob, daftar, ruchka uchun pul so‘ramaydi. Hammasini maktab ta’minlaydi.
Eng kulminatsiyon nuqtasi esa, 1-sinfdan 6-sinfgacha uy vazifasi berilmaydi. Hammasini sinfda, dars vaqtida bajarishadi.
O‘zbekistonda holat qanday?
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
🎓 2025–2026 o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!
Siz to‘plagan ballingiz bilan ham Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universitetida imtihonsiz talabalikka qabul qilinasiz.
Sizni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha talabalikka taklif etamiz:
• Boshlang‘ich ta’lim
• Psixologiya
• Pedagogika
• Iqtisodiyot
🖥 Hujjat topshirish oddiy va tez:
👉 Ariza topshirish havolasi
🌐 Online ariza topshirish:
👉Ariza qoldirish 👈
📞 Murojaat uchun:
+998712058622📍 Manzil: Toshkent viloyati, Olmaliq shahar, Hilol MFY, Bo’ston ko’chasi, 25-uy
+998994902441
+998997902441
+998994802441
O‘qishga kira olmay, siqilib yurganlarga maslahatim.
Obama 45 yoshida nafaqaga chiqqan, Tramp esa 70 yoshida prezidentlikka o‘tirgan. Tatum Onel 10 yoshida Oskarni qo‘lga kiritdi. Jeves Plemens esa 94 yoshida. Bil Geyst 20 Maykrasoftni yaratdi, Koloniyel Sanders esa 65 yoshida KFSni ochdi. Sukerberg 23 yoshida milliyerder bo‘lgan, Uoren Baffet esa 56 yoshida...
Bu bilan nima demoqchiman? Hech qachon biror natijani qo‘lga kiritishga shoshilmang. Mavlono Jaloliddin Rumiy aytadiki, Na gul vaqtidan avval ochiladi, na quyosh vaqtidan erta chiqadi. Kutgin! Seniki bo‘lgan, (narsa) albatta senga keladi...
Asosiysi, harakatdan to‘xtamang!
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
O‘qishga kirishga yetarli ball to‘play olmadingizmi?
“Hammasi tugadi”, - deb o‘ylashga shoshilmang. Sizda yana bir ajoyib imkoniyat bor.
🎓Hurmatli abituriyentlar!
Endilikda siz UZBMB (DTM) test natijalari asosida, imtihonsiz Renessans ta’lim universiteti talabasi bo‘la olasiz.
Davlat litsenziyasiga ega hamda davlat namunasidagi diplom taqdim etuvchi 30 dan ortiq ta'lim yo'nalishlariga ega Renessans taʼlim universiteti talabasiga aylaning.
Buning uchun hoziroq rasmiy saytimiz orqali ariza topshiring 👉 www.renessans-edu.uz
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, bugunoq talaba boʻling!
📞 Murojaat uchun:
555067007 | @RTUadmin 👈
📄 Litsenziya (№ 715272, 18.11.2022)
📍 Manzil: Toshkent shahri , Samarqand darvoza koʻchasi, Charxnovza 17
Telegram | Instagram | Veb-sayt
2025/2026-oʻquv yilida yangi tashkil etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi (rasm)
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️KVOTA-2025
BAKALAVR. KUNDUZGI
Jami: 148 ming 400 ta.
2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
❗️1 yil yo‘qotmagan holda talaba boʻling❗️
🎓Hurmatli abituriyentlar!
Endilikda siz UZMBMB (DTM) test natijalari asosida, imtihonsiz Renessans taʼlim universiteti talabasi bo‘la olasiz.
Ariza topshirish: 👉 www.renessans-edu.uz
RTU sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
🔹 30 dan ortiq yo‘nalishlardan birini tanlash;
🔹 Davlat standartidagi diplom;
🔹 Grant asosida o‘qish va nomli stipendiyalarga ega bo‘lish;
🔹 Xitoy, Turkiya, Malayziya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning nufuzli universitetlarida xalqaro talabalar almashinuvi dasturida ishtirok etish;
🔹 10 mln so‘mdan boshlanuvchi to‘lov-kontrakt summasi va bo‘lib toʻlash imkoniyati;
🔹 Kontrakt summasidan 25% chegirma (agar IELTS, CEFR, TOEFL sertifikat darajasi B2 va undan yuqori bo‘lsa);
🔹 Xorijlik hamda mahalliy professor-o‘qituvchilardan tahsil olish;
🔹 O‘quv yili yakunida fanlarni a’lo baholarga o‘qib, qo‘shimcha “Iqtidorli talabalar granti”ni qo‘lga kiritish imkoniyati.
Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilinmagan
Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yil 19-iyuldagi PF–114-sonli Prezident Farmoni noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur Prezident Farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi va ba’zilarining ayrim bandlari o‘z kuchini yo‘qotdi.
Xususan, 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-sonli Qarorning 6-bandi to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlandi. Ushbu bandda magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikati talabining ilk joriy etilishi nazarda tutilgan edi.
Biroq, mazkur normaning chiqarib tashlanishi xorijiy til bo‘yicha sertifikatlar talabi butunlay bekor qilindi degani emas.
Sababi, 2024-yil 24-maydagi PF–81-sonli Prezident Farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etilishi belgilangan:
🔸 xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha — kamida C1 darajasida;
🔸 gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohalari boʻyicha — kamida B2 darajasida;
🔸 boshqa taʼlim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari boʻyicha — kamida B1 darajasida.
Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi PF–81-son Prezident Farmoni bilan belgilangan xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talabi hozirda ham amalda ekanini eslatadi va bu borada tarqalayotgan noto‘g‘ri talqinlarga e’tibor bermaslikni so‘raydi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
🇩🇪 6 oyda C1 darajada nemis tilini o‘rganing va xalqaro kompaniyada ish boshlang!
IT Park Uzbekistan ko‘magida tashkil etilgan intensiv kurs orqali:
✅Nemis tilini tez va samarali o‘rganasiz;
✅ Xalqaro call-markazlarda onlayn ishlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz;
✅ $1000 va undan yuqori maosh olasiz;
✅ Uyda o‘tirgan holda, moslashuvchan ish jadvalida ishlaysiz.
🎓 Kurs yakunida imtihon topshiriladi va ishga joylashish imkoniyati yaratiladi.
Qanday boshlash kerak?
1. Havola orqali ariza topshiring;
2. Guruhga qo‘shiling;
3. Ta’lim jarayonida testlardan oʻting;
4. Ishga kirish imkoniyatini qoʻlga kiriting.
Quyidagi havolalar orqali Base33 yoki Blitz nemis tili kurslariga ro‘yxatdan o‘ting.
Texnikum bitiruvchilarining xorijda ishlash imkoniyatlari kengaymoqda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Xususiy bandlik agentliklari” uyushmasi o‘rtasida xorijda ishlash istagida bo‘lgan texnikum bitiruvchilari bandligini ta’minlashga doir anglashuv memorandumi imzolandi.
Hujjatga ko‘ra, texnikumlar va xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xorijiy ish beruvchilarning ehtiyojlariga mos maqsadli kadrlar tayyorlash, shuningdek, chet tillari o‘qitilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Memorandumda shuningdek, xorijda ishlash istagida bo‘lgan bitiruvchilar uchun maqsadli uchrashuvlar o‘tkazish, ularga tavsiya va yo‘nalish berish, texnikumlarda tashqi mehnat bozori talablariga mos zamonaviy kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv jarayonlarini tashkil etish nazarda tutilgan.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Toshkent kimyo-texnologiya institutida bugun Qabul 2025ga bag'ishlangan yirik matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
2025-yil 20-iyun kuni O’zbekiston Milliy matbuot markazida “Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini tashkil etish hamda Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ushbu matbuot anjumanida Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jumladan jurnalistlar hamda blogerlar ham ishtirok etib o'zlarini qiziqtirgan savollarini mas'ullarga yo'llab, ularga atroflicha javob oldilar.
Matbuot anjumani so'ngida Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizni har tomonlama yanada rivojlantirish, xususan Toshkent kimyo-texnologiya institutida olib borilayotgan islohotlarni xalqimizga sifatli va tezkor yetkazishda jonbozlik ko‘rsatgan jurnalist va blogerlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.
Batafsil
Sirtqi ta’lim shakli tugatilishi yuzasidan fuqarolar va jamoatchilikdan kelib tushayotgan savollarga javoblar
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Akademik litsey, Texnikum, OTM, 2-mutaxassislik, O‘qishni ko‘chirish — qaysi platformalar orqali qachon hujjat topshirish mumkin?
➖ Akademik litseylarga qabul (10-iyundan 10-iyulgacha)
👉 my.edu.uz
➖ OTM va texnikumlarga qabul (5-iyundan 25-iyungacha)
👉 my.uzbmb.uz
➖ Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulgacha)
👉 magistr.edu.uz
➖ Texnikumni a’lo baho bilan tamomlagan abituriyentlarni suhbat asosida OTMga qabul qilish (5-iyuldan 25-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz
➖ Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz
➖ O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustgacha)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
❓ O‘qishdan stress olmaslik uchun qanday tarzda o‘rganish kerak?
👨🏫 Shubhasiz, bilim olish eng mas’uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi. Lekin hamma ishning qiyinchiligi bo‘lganidek, o‘qishning ham og‘irliklari bor. Ayniqsa, g‘alvir suvdan ko‘tariladigan payt yaqin qolganda.
🔥 Ko‘p o‘qish stressga sabab bo‘lishi, sizni charchatib qo‘yishi mumkin. Ham ko‘proq o‘qing, ham stresslarni chetlab o‘ting:
🎈 Erisha oladigan maqsadlarni oldingizga qo‘ying. O‘z potensialingizni bilasiz, lekin o‘zingiz qo‘lingizdan kelganidan ham ko‘prog‘ini o‘zingizdan talab qilmang.
👨💻 Keragidan ortiq narsani o‘zlashtirish uchun qisqa muddatlar qo‘ymang. Qancha muddatda qancha bilimni o‘zlashtirish mumkinligini belgilab olib, shunga amal qilgan holda o‘qing.
📚 Eng muhim manbalarni birinchi o‘rinda o‘zlashtirishga, unchalik muhim bo‘lmaganlarini keyingi o‘rinda o‘qishga harakat qiling. Muhim va muhimligi unchalik yuqori bo‘lmagan narsalarni saralashni o‘rganing.
👀 Diqqatingizni to'liq jamlashni o‘rganing. Bir narsani o‘qiyotganda oldingi va keyingi voqealar haqida o‘ylamay, faqat o‘qishga harakat qiling. Chalg‘ish o‘qiyotgan narsani yaxshi o‘zlashtirmaslikka, oqibatda buning ta’sirida horg‘in kayfiyatga tushib qolishga sabab bo‘ladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
O'qishning birinchi haftasi: Modalar namoyishi 😄
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Apellatsiya berish uchun yana 3 kun vaqt qoldi
✅ Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.
📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Jumaning xayri va barokati sizga bo'lsin!
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?
— Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:
✅ yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi
👉 ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
👉 chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
👉 mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
👉 hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
✅ umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi
👉 umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
👉 vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.
✅ /channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati
Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Joriy yil xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti ajratildi (o‘tgan yili 2000 ta edi)
Quyida ushbu qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti:
✅ Unga ko‘ra:
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 284;
📍Andijon viloyati – 312;
📍Buxoro viloyati – 180;
📍Jizzax viloyati – 233;
📍Qashqadaryo viloyati – 337;
📍Navoiy viloyati – 196;
📍Namangan viloyati – 382;
📍Samarqand viloyati – 508;
📍Surxondaryo viloyati – 318;
📍Sirdaryo viloyati – 140;
📍Toshkent viloyati – 218;
📍Farg‘ona viloyati – 529;
📍Xorazm viloyati – 275;
📍Toshkent shahri – 88.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Bakalavr va magistratura qabuli uchun 4 yillik davlat granti
Prezidentning tegishli farmoyishi (F–43-son, 18.07.2025 y.) bilan 2025/2026-o‘quv yili va kelgusi uch yil uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
Bakalavriat va magistratura bosqichlariga jami 45 422 ta ajratilgan davlat granti o‘rinlari quyidagicha belgilandi:
🔸 Bakalavriat (kunduzgi ta’lim shakli) – 35 500 nafar,
🔹 Magistratura (kunduzgi ta’lim shakli) – 9 922 nafar.
Shuningdek:
➖ Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun – 1 320 ta,
➖ Xorijdagi vatandosh yoshlarga – 30 ta,
➖ Xotin-qizlar uchun – 4 000 ta grant belgilandi.
Qabul parametrlarining taqsimoti:
▪️Hududlar va sohalar ehtiyojiga qarab,
▪️Imtiyozga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha parametrlarga asoslangan holda,
▪️Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tish ballari va granti/to‘lov-kontrakt asosida aniqlanadi.
Bundan tashqari, ayrim sohalarning (tillar, san’at, sport va boshqalar) o‘ziga xosliklari inobatga olinadi.
Yangi tizim orqali davlat granti imtiyozlari shaffoflik asosida beriladi va yuqori ball to‘plagan abituriyentlar talabalikka tavsiya etiladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Ayrim hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyuldagi PF–114-son Farmoni bilan oliy ta’lim tashkilotlarining boshqaruv samaradorligini oshirish, xorijiy yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash va ta’lim xizmatlari eksportini kengaytirishga qaratilgan qator o‘zgarishlar belgilandi.
❗️Bugun bakalavriat uchun testlar to’liq yakunlanadi
#abituriyent
Jami 10 kun davomida yurtimiz bo’ylab testlar o‘tkazildi. Ertaga oxirgi kun natijalari e’lon qilinadi. Shunda barcha abituriyentlarning natijalari ma’lum bo’ladi.
Shundan so‘ng abituriyentlarga yo‘nalish tanlash imkoniyati ochiladi. Yo‘nalish tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi.
15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak.
ℹ️ Imtihonga oid muddatlar:
14-23-iyul — test jarayonlari;
24-iyuldan 7-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy muddat, o’zgarishi ham mumkin);
8-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat);
17-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat);
18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat).
***
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilgi muddatlar:
14-25-iyul — test jarayonlari;
27-iyuldan 10-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni;
11-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni;
17-avgust — mandat kuni;
18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni.
❗️Ko‘rib turganingizdek, o‘tgan yili abituriyentlar soni ko‘proq va test muddati uzoqroq bo‘lganda ham mandat muddatidan oldin chiqqan edi. Demak, joriy yilda mandat yanada vaqtliroq chiqish ehtimoli ham yo‘q emas.
❗️Test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar davom etadi
#abituriyent
⏰ Test sinovlari kuniga 2 smenada yopiq pavilyonlarda tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi.
🏃🏻➡️🏃🏻♀️➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.
📄 Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga Abituriyent ruxsatnomasi my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sayti orqali berilmoqda.
📋 Abituriyentlardan ruxsatnomani yuklab olishlari hamda qog‘ozga chop etib qo‘yishlari so‘raladi.
✅ Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi.
❌ Boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
✅ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❌ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Sirtqi ta'lim haqida...
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Endi “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi Samarqandda
2025-yil 20-21-iyun kunlari Samarqand shahrida oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchi talabalari uchun “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir “Kelajakka qadam” dasturi, “Dolzarb 90 kun” doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻzmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida bitiruvchilar bandligiga koʻmaklashish maqsadida o‘tkazilmoqda.
2 kun davom etadigan keng qamrovli ko‘rgazma davomida:
▶️“Talaba – kelajak” bitiruvchilar bilan muloqot;
▶️ Seminar-treninglar;
◀️ Biznes va startap loyihalar taqdimoti;
◀️ Oliygohlar bilan tanishuv;
▶️ Imtiyozli kreditlar;
◀️ Madaniy shou va musiqiy kechalar sizni kutmoqda!
Barchani ushbu ko‘rgazmaga taklif etamiz!
📍 Manzil: Samarqand shahar, Universitet xiyoboni.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
3️⃣3️⃣3️⃣ SIUTda 2025/2026 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda!
😍 Yorqin kelajakni hozirdan boshla!
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriatning quyidagi 15 yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturlari asosida abituriyentlar qabulini e’lon qiladi:
⚙ School of Engineering
– Geologiya muhandisligi (Geological Engineering)
– Konchilik ishi (Mining)
– Neft va gaz muhandisligi (Petroleum Engineering)
– Kimyo muhandisligi (Chemical Engineering)
🇫🇷 French Higher School of Engineering and Commerce
– Geologiya muhandisligi (Geological Engineering)
– Konchilik ishi (Mining)
– Tadbirkorlik va menejment (Entrepreneurship and Management)
🇨🇳 Chinese Institute of Electric Power (CIEP)
– Issiqlik energetikasi (Energy and Power Engineering)
➕ Ushbu dastur doirasida Xitoyda tahsilni davom ettirish va “double diploma”ga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.
➕ Dastur Koreya Respublikasida o‘qishni davom ettirish va “double diploma” olish imkonini beradi.
💼 Kerakli hujjatlar:
– Pasport nusxasi (yashash joyi qayd etilgan sahifasi bilan) yoki ID karta nusxasi (PDF)
– Attestat / diplom yoki maktabdan ma’lumotnoma (PDF)
– 3,5x4,5 formatdagi fotosurat (JPG)
– SAT va/yoki IELTS/TOEFL sertifikatlari (agar mavjud bo‘lsa)
⌨ Hali bitiruv sinfda oʻqiyotgan oʻquvchilar tahsil olayotgan oʻqish joylaridan berilgan tegishli ma’lumotnomani attestat oʻrniga taqdim etishlari mumkin. Ular maktabni tugatganlaridan keyin attestatlarini qabul komissiyasiga taqdim etishlari talab etiladi.
3️⃣3️⃣3️⃣ SIUTda 2025/2026 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda!
😍 Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriatning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturlari asosida abituriyentlar qabulini e’lon qiladi:
⚙ School of Engineering
– Geologiya muhandisligi (Geological Engineering)
– Konchilik ishi (Mining)
– Neft va gaz muhandisligi (Petroleum Engineering)
– Kimyo muhandisligi (Chemical Engineering)
🇫🇷 French Higher School of Engineering and Commerce
– Geologiya muhandisligi (Geological Engineering)
– Konchilik ishi (Mining)
– Tadbirkorlik va menejment (Entrepreneurship and Management)
🇨🇳 Chinese Institute of Electric Power (CIEP)
– Issiqlik energetikasi (Energy and Power Engineering)
➕ Ushbu dastur doirasida Xitoyda tahsilni davom ettirish va “double diploma”ga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.
➕ Dastur Koreya Respublikasida o‘qishni davom ettirish va “double diploma” olish imkonini beradi.