Теllеgrаm Preemiumni mutlaqo bepul oling. Veb-saytga o'ting va bepul obuna bo'ling
Bot - @ prem_fri_bot
Ассалом алейкум бизда рус ва инглиз тилларида онлайн курслар мавжуд 👩🏫👩🏫👩🏫
Мурожаат учун личкага ёзинг
⚡️ Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Slayd tayyorlimiz
BMI ga prezentatsiya ham.
Loyiha ishi tayyorlimiz.
Kazus yechib beramiz. yuridik kazuslarni
⚡️Taʼlim krediti olish uchun arizalarni my.gov.uz orqali topshirish imkoniyati yaratiladi
“Oliy va professional taʼlim tashkilotlari talabalari va oʻquvchilariga byudjet mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-82-son, 27.05.2024-y.) qabul qilindi.
Unga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilidan oliy va professional taʼlim tashkilotlarining talaba va oʻquvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:
🔴oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi;
🟣taʼlim krediti:
↪️oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;
➡️oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.
❕Bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.
✔️Bunda taʼlim krediti:
☑️OTM talabalari uchun – talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Talabalarga shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlganda;
▶️professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun – oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud boʻlganda ajratiladi.
🗓2024/2025-oʻquv yili boshlangungacha taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va YAIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.
Edu.uz
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
32. Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellatsiya Apellatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
Читать полностью…Yedezda siz ham zodogonlab 😁
Bu yerda zodogon nima qilsin axir?
Hammamiz bir oddiy talaba bo‘lsak 😁
Chet tili ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy til sertifikati asosida amalga oshiriladi
2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
Edu.uz
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Grant asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning shu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi
🔖Shuningdek, farmon bilan quyidagilar belgilandi:
✔️imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega abituriyentlar Davlat komissiyasining qaroriga asosan ta’lim shaklidan qat’i nazar, ro‘yxatdan o‘tishda imtiyoz amal qiladigan doirada tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;
🟢alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozga ega abituriyentlar (bundan mustasno ...) ular uchun ajratilgan alohida qabul parametrlari doirasida, tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi;
🔴alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda qatnashib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadi;
☑️xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga sport turlarining soha bo‘yicha mos kelishiga qat’iy rioya qilingan holda imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;
❌imtiyoz bilan davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentga ushbu imtiyozdan takroran foydalanishga ruxsat etilmaydi;
❌ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi, shuningdek, oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi;
➡️imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning yagona bazasi yuritiladi.
Edu.uz
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️Akademiya bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladi
Qarorga koʻra, Akademiyada oʻquv jarayoni 2025/2026-oʻquv yilidan boshlanadi.
Akademiyaga talabalarni qabul qilish parametrlari Respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi doirasida belgilanadi.
Talabalar kontingenti olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida rivojlantirilayotgan sport turlari boʻyicha soʻnggi bir yilda Jahon, Osiyo va Oʻzbekiston chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan olimpiya va paralimpiya kollejlari, shuningdek, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchilari orasidan ularning sport natijalariga qarab, saralash asosida shakllantiriladi.
Bunda, Olimpiya va paralimpiya kollejlaridan saralab olingan bitiruvchilar Akademiyaga toʻgʻridan toʻgʻri ikkinchi bosqichga qabul qilinadi.
Akademiya bitiruvchilariga Oʻzbekistonda oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi.
Akademiya talabalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq oʻtkaziladigan respublika musobaqalarida toʻgʻridan toʻgʻri ishtirok etadi.
Akademiya bitiruvchilariga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun malaka sertifikati, istisno tariqasida, toʻgʻridan toʻgʻri 6 yilga beriladi.
Edu.uz
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
O‘zbekiston oliy ta‘lim muassasalariga o‘qishga kirmoqchi bo‘layotgan abituriyentlarga tavsiya va maslahat.
Читать полностью…Slayd tayyorlimiz
BMI ga prezentatsiya ham.
Loyiha ishi tayyorlimiz.
Kazus yechib beramiz. yuridik kazuslarni
«Ҳақиқатни айтиш учун, ҳақиқатга курашиш учун, тўғрисини айтайми, кафан елкада бўлиши керак»
Иброҳим Ҳаққул
Обуна бўлиш мажбурий эмас! 👉 @Samarqand_live
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 19-modda
O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Toshkent davlat yuridik universitetida mavjud bo‘lgan talabalarning imtihon savollari bilan oldindan tanishib chiqish imkoniyati boshqa OTMlarda mavjud emas.
Qolaversa, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari yakuniy nazorat bo‘yicha qo‘yilgan balldan norozi bo‘lgan taqdirda 72 soat ichida apellatsiya shikoyati berish huquqi mavjud.
Ammo, qolgan OTMlarda esa, talabalar 24 soat ichida apellatsiya shikoyati berishi mumkin. Undan o‘tib ketsa, bu shikoyat qabul qilinmaydi.
Bu yerda fuqarolarning qolgan barcha fuqarolar bilan qonun oldida teng huquqliligi to‘g‘risidagi Konstitutsion kafolatlangan huquqi buzulmoqda.
24. O‘quv-uslubiy boshqarma Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi bilan birgalikda yakuniy nazorat savollarini olgan kundan boshlab ikki hafta davomida ularning o‘quv dasturiga mos yoki mos emasligi nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkazadi. Ekspertizadan o‘tkazilgan yakuniy nazorat savollari O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan tegishli modullar bo‘yicha yakuniy nazorat savollari yagona bazasiga kiritiladi. Yakuniy nazorat savollari yagona bazasi har yili taqdim qilinadigan yakuniy nazorat savollari hisobiga kengayib boradi. Universitet yakuniy nazorat savollari yagona bazasidan talabalar va pedagog xodimlarning foydalanishiga imkoniyat yaratilishini ta’minlaydi.
49. Yakuniy nazorat bo‘yicha qo‘yilgan balldan norozi bo‘lgan talabalar baho e’lon qilingandan boshlab 72 soat davomida elektron ta’lim platformasi orqali apellatsiya shikoyatini berishlari mumkin. Bunda, talabalar o‘quv dasturidagi baholash mezonlariga asoslanib apellatsiya shikoyatida o‘qituvchining taqriziga shikoyat bildirishi lozim.
⚡️2024/2025-o‘quv yili qabuli 5-iyundan boshlanadi
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi.
Bunda:
🚩 abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
🚩 davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2️⃣ bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi (bunda ...);
📌o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi;
2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.
Shuningdek, kollej va texnikumlar qabulida abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydilar.
Edu.uz
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi