5 stajga ega bolganlar 1 avgustdan qabul qilinadi degan edi xujjatlarni qaysi saytdan topshirsak boladi yoki institutni oziga borish kerakmi
Читать полностью…⚡️ Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun qabul kvotalari (to‘lov-kontrakt asosida) TAQSIMOTI
Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti
✅ Jami: 500 ta qo‘shimcha kvota (to‘lov-kontrakt asosida).
❗️ Diqqat! Ushbu kvota tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan, biroq kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra umumiy tanlovda talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarga birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Polosondan Germaniyaga yo‘l: 16 yoshli o‘zbek qizi olimpiada g‘olibi bo‘ldi
Andijon tumanining Poloson mahallasida yashovchi, o‘qituvchilar oilasida ulg‘aygan Rayyona Ibrohimova Germaniyaning Gyottingen shahrida o‘tkazilgan Butunjahon nemis tili olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
📹 Videoni tomosha qiling
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
“O‘lib-tirilib testlarga tayyorlangandik” — Bir guruh abituriyentlar Bilimlarni baholash agentligini sudga bermoqchi
Huquq fanidan davlat imtihonida qatnashgan abituriyentlarning noroziligi davom etyapti. Ular Bilimlarni baholash agentligi darslikka kiritilmagan savollardan foydalangani, testlarda to‘g‘ri javoblar soni bitta emasligi, imtihondagi testlar namunaviy testlardan farq qilganini aytyapti.
📹 To’liq videoni tomosha qiling
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
"Ta’lim-tarbiya, maktablarga pulni ayagan davlat, o‘sha pulini qamoqxona qurishga ishlatadi"
© Otto fon Bismark
Oʻqib olim boʻlar edimi?
Makkani kim oʻradi?
Ishlatilgan noutbuk...
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor
📝 2024/2025-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.
Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.
Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.
Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉 /channel/TalabaUz/11510
📱 Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
⚡️ “Public Research Institutes Modernization (PRIM)” tanlov grant dasturi ishga tushirildi
Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Jahon banki “MUNIS” loyihasini amalga oshirish guruhi tomonidan davlat ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant dasturi e’lon qilindi.
PRIM dasturi maqsadi – ilmiy tashkilotlar salohiyatini oshirish va ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) sektori, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini institutsional rivojlantirish.
Dastur doirasida moliyalashtiriladigan yo‘nalishlar:
1-komponent: Ilmiy infratuzilmani takomillashtirish;
2-komponent: Kadrlar salohiyatini oshirish;
3-komponent: Strategik rejalashtirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish;
4-komponent: Bilimlarni o‘rganish va almashish tadbirlarini tashkil etish;
5-komponent: Ilm-fan va biznes sohalari o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish;
6-komponent: Targ‘ibot ishlari va ommaviy tadbirlarni o‘tkazish
📌 Grant summasi – 1 ta davlat ilmiy tashkiloti uchun $200 000 gacha;
📌 Ariza topshirishning oxirgi muddati – 20.09.2024-y.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/17688
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Hammasi tushunarli bu appelatsiya hayotda haq bo'sayam abutirient tomonda bo'maydi
Читать полностью…⚡️ Hurmatli abituriyentlar!
Ijtimoiy tarmoqlarda huquqshunoslik fanlari bo‘yicha test topshiriqlari yuzasidan turli xil e'tirozlar bildirilmoqda.
Ma'lumki, joriy yildan oliy va professional ta'lim muassasalariga qabul ikki bosqichda - avval test, keyin tanlov tamoyili asosida o‘tkazilmoqda. 2024-yil 27-iyuldan abituriyentlar uchun tanlov bosqichi boshlangan bo‘lib, bu jarayon 10-avgust(shu kuni ham)ga qadar davom etadi. Shundan so‘ng bir hafta muddatda tanlov natijalari e'lon qilinadi.
O‘z natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlar 10 kun muddatda shaxsiy kabinetlari orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi. Apellatsiya shikoyati bergan abituriyentga apellatsiya kuni va vaqti haqida xabarnoma yuboriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan kunda pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.
Apellatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan savollar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
Apellatsiya shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi. Abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldiradi.
Abituriyent apellatsiya komissiyasining qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin. Alohida ta'kidlash lozimki, apellatsiya jarayonida abituriyent uchun qayta test sinovi o‘tkazilmaydi!
Agentlik belgilangan tartib asosida barcha e'tirozlarni ko‘rib chiqishga va tegishli tartibda javob qaytarishga tayyorligini ma'lum qiladi. Abituriyentlardan e'tirozlari yuzasidan o‘rnatilgan tartibda murojaat qilishlari so‘raladi.
©️ Bilim va malakalarni baholash agentligi
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Ehtimol qanchadir pul yutuqlari mashina nmadirlar yana berishlari mumkin edi ro'moli bo'maganda (yozilmagan qonunlar) yoki ilimlilarni qadrlamaydigan vazirlik va tashkilotlar
Читать полностью…Ilmni qadrlash bunday boʻlibdi 👍
Safar umra travel jamoasi rahbariyati, nemis tilidan olimpiada chempioni Rayyona Ibrohimovaga 2 kishilik umra sayohatini sovgʻa qilishdi. Uning oʻzi ota-onasiga taqdim etishligini soʻragan.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Alifbo harflarimiz o'zgarganidan behabar qolgan faqat menmi ?-yoki boshqalar ham bilmasmidi
Читать полностью…