⚡️Ilk bor respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi nufuzli reyting tashkiloti - THEning Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi!
Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti World University Rankings-2025 TOP-1000 oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi.
Quvonarlisi ilk bor ushbu reytingda respublikamizning 3 ta oliy ta’lim muassasasi — “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 601-800 o‘rinni, Oʻzbekiston milliy universiteti 1001-1200, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1501-o‘rinni egalladi.
Bundan tashqari 48 ta O‘zbekiston oliy ta’lim tashkiloti reportyor (da’vogar) maqomida ro‘yxatga kiritildi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Bundan buyog’iga talabaning darslari uzluksiz tekshiriladi.Endi talabani qiynash qoshtiroq ichida aytganda fandan kriditga qoldirish.
Читать полностью…Salom bermagani uchun tushuntirish xati yozgan talabani, u yozgan xatning surati tarqalib ketgach, dekanning xonasiga olib kirib ketishibdi.Bir soatdan ko‘p o‘sha yerda o‘tirdi, deyishyapti. Endi esa, aytishlaricha: “Feyk xabar tarqatilgan, deb aytamiz”, deb yurgan emish mas’ullar. Talabaning kayfiyati tushkun, kursdoshlariga ham: “Keyin gaplasharmiz”, deb ketib qolibdi.
Ey, talaba do‘stim, kayfiyatni tushirmang! Hammasi yaxshi bo‘ladi. Mas’ullar esa qilayotgan ishlaridan va qilishlari kerak bo‘lgan ishlarni qilmayotganliklaridan uyalsin!
©️ Muhrim
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Tushuntirish xati – intizomning buzilishiga doir har qanday fakt va xodisaning (ish joyida yo‘qligi, kechikish, mehnat vazifalarini buzish, ish beruvchining mulkiga zarar yetkazish va boshqalar) sabablarini harakat (yoki harakatsizlik) ishtirokchisi tomonidan tushuntirib beruvchi hujjatdir.
Tushuntirish xati talab qilishdan asosiy maqsad, nojo‘ya harakat yoki harakatsizlik qilganlikda ayblanayotgan xodimning haqiqatda aybi bormi yoki yo‘qmi, bunga sabab bo‘lgan holatlar aslida nima uchun kelib chiqqan, shu faktlarga xodim tomonidan aniqlik kiritishdir.
Demak, talabadan tushuntirish xati yozdirib olishdan maqsad talaba OTM ichki tartib-qoidasini buzganlikda ayblanyapti.
Eng kulgulisi OTMlarning ichki tartib-qoidasida OTM pedagog-xodimlariga salom bermaganlik holati ichki tartib-qoidani buzish sifatida qayd etilmagan.
Qiziq, dekan o‘rinbosari ichki tartib-qoidaning qaysi bandini buzilgan deb hisoblab talabadan tushuntirish xati yozdirib olgan bo‘lsa 🧐
Qolaversa, qonunchilikka ko‘ra, tushuntirish xati faqat rektor nomiga yozib beriladi.
Bu yozdirib olingan tushuntirish xatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, O‘zMU rektori hali ham Inomjon Majidovmi yoki Umarovmi yoki bo‘lmsa dekan o‘rinbosari huquqiy savod jihatidan chalasavodlik qilib rektor Inomjon Majidov nomiga emas, balki, Umarov nomiga yozdirib olganmi?
Салом бермагани учун тушунтириш хати ёзган талабани, у ёзган хатнинг сурати тарқалиб кетгач, деканнинг хонасига олиб кириб кетишибди. Бир соатдан кўп ўша ерда ўтирди, дейишяпти. Энди эса, айтишларича: “Фейк хабар тарқатилган, деб айтамиз”, деб юрган эмиш масъуллар. Талабанинг кайфияти тушкун, курсдошларига ҳам: “Кейин гаплашармиз”, деб кетиб қолибди.
Эй, талаба дўстим, кайфиятни туширманг! Ҳаммаси яхши бўлади. Масъуллар эса қилаётган ишларидан ва қилишлари керак бўлган ишларни қилмаётганликларидан уялсин!
Ҳаммаёқ "Ҳурматистон"!
Мени депутатлик вақтимда Тошкент шаҳар фуқаролик судида судга салом бермадинг, дея суд раиси турғизиб қўйиб танбеҳ берганди.
Бугун эса талаба "зам декан"га салом бермагани учун унга тушунтириш хати ёздиришибди.
Қизиқ: ҳаммаёқ" Ҳурматистон"!
👉 @r_kusherbayev
Миллий университет декан ўринбосарини Маккага ҳоким қилиш керак.
Баъзи ислом олимларининг "Маккада мусулмонлар бошқа жойларга нисбатан бир бирларига кам салом беради, Макка шаҳри ислом дунёсининг энг кам салом бериладиган жойи"-дейишади. Билмадим, балки тўғридир.
Миллий университетни декан ўринбосарини шу Макка шаҳрига ҳоким қилиб қўйсак, салом бермаган хожиларга қуйидагидек тушунтириш хати ёздириб, бир йилда шу масалани ҳал қилиб берган бўлар эди.
Бу ўринбосар бир талабага салом бермагани учун тушунтириш хати ёздирди.
Шу аснода қўпол бўлсаям блогер Чингиз айтганидек "Олға дол..блар, сизлар ҳали дунёни оласизлар"-деган гапи эсимга тушиб кетди.
Миллийда 4 йил ўқиб чиққан талабаларнинг аксариятини жа борса 2-4 миллион сўмлик ойлик берадиган ишларга олади, агар ўша иш ҳам топилса.
Босинглар газини саводсизлар....
Ularning tushunchasi bilan aytganda arablarning milliy libosi bu deya hijobni taqiqlayotgan ayrim OTMlar mana bugunga kelib, endi arablarning arabcha salomlashish ma‘daniyatini talab qilmoqdami? 😁
Assalomu alaykum (arabcha — sizga tinchlik, salomatlik tilayman) — musulmonlar oʻzaro uchrashganda ishlatiladigan salomlashuv iborasi. Salom qabul qiluvchi „Va alaykum assalom“ („Sizga ham tinchlik, salomatlik tilayman“), deb javob qaytaradi. Assalomu alaykum tanigan va tanimagan musulmonlarga beriladi. Kichik yoshdagilar yoshi ulugʻlarga, ulov mingan odam piyodaga, piyoda ketayotgan kishi oʻtirganga, ozchilik koʻpchilikka salom beradi. Assalomu alaykum koʻpchilik huzuriga kirib oʻtirishda ham aytiladi. Assalomu alaykumni kishi eshitadigan qilib muloyim tarzda aytish lozim.
Bitta gap bordaaa
Hurmat talab qilinmaydi
U qozonilinadi deb orgatishgandi bizga
4yil oqidim boshliqlardi birontasi kirib bollarim nima holat nima kamchilik nima hato deb bironmartta habar omadi
Naa ozini tanishtirdi lekn yoniga muammoingiz bilan kirsez vallomatlar hurmat talab ee o’sha %##}}} aynanib ketee bulardan
Ha aytgancha 😅
Qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun 2 500 so‘mdan to‘lash belgilanibdi. Bugungacha 1 500 so‘m edi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
Ular allaqachon o'zini davri o'tganini bilishi kerak, shunaqa davom etishsa battar sharmanda bo'lgani qoladi.
Читать полностью…Oʻziga biron nima qilib quysachi siqilishdan yul topa olmay bunaqa vaziyatlarni koʻrayapmizu...
Читать полностью…Bizda muammo mana shunday usulda hal qilinadi.
Muammo diktatura kuchi bilan hal qilinadi, rasmiy munosabat esa, demokratiya usulida beriladi 😂
Bizning davlatdagi demokratiya niholi diktatura payvandtagiga payvand qilingan.
Demokratiya niholi qancha gurkirab o‘smasin u baribir asosiy diktatura tanadan oziqlanadi 😁
Ana rasmiy munosabat ham tayyor bo‘ldi.
Xuddi shunday rasmiy munosabat berilishini oldindan bilgan edim.
Axir, OTMlarning qanday rasmiy munosabat berishini ham O‘zbek kinolarining ssenariyari kabi oldindan aniq aytish mumkin 😂
Саломни аввал ким бериши керак, талабами ёки устоз?
Энг яхши даъват бу - амал. Буюк устозлар талабаларини ўз амаллари билан тарбиялашган. Илм олишини эса китоб билан.
Саломни "аввал катта ёки кичик берсин"- деган гап йўқ, ким биринчи салом берса у кўпроқ савоб олади.
Саломни ўргатган биринчи муаллим ҳазрат Пайғамбармиз с.а.в ҳар доим ҳаммадан олдин салом берар эканлар. Камдан кам ҳолатларда жаноби Расуллулоҳ с.а.в.дан олдин кимдир у кишидан олдинроқ салом беришга улгурган.
Бас, шундай экан агар кимгадир чора кўриш керак бўлса, бу саводсиз устозни салом бериш одобини бузганлиги учун, унинг ўзидан талабага тушунтириш хатини ёзиб беришини талаб қилиш керак. Қоида бўйича.
Мен баъзида уйга киришда қўшнимнинг ёш болаларига бошида ўзим салом берар эдим. Ҳозир улар мени кўрса биринчи салом берадиган бўлишган...
Шундай экан, болалар тарбияси сиз ва бизнинг амалларимиз орқали бўлади, китоб ва гапириш билан эмас!
Салом Аллоҳникидир, Аллоҳ эса Саломдир!
Салом бериш Пайғамбаримизнинг с.а.в суннати, алик олиш эса вожиб.(Нисо сураси 86 оят)
К.Дусов
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2024-yil 12-oktabr (shanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.
❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
/channel/+D8upafGDfsdiNGNi
"Shox va bulbul" - m/f.
Shox: nega meni hech kim maqtashmayapti?
Saroy ayonlari: ooo donolar donosi, a‘lolar a‘losi, shoxlarning shoxi.....
Nega O‘zMU rektorini hech kim maqtashmayapti 😁