IT sohasida yangi davr
Google kompaniyasi 2020-yilda AppSheet deb nomlangan startapni sotib oladi. Uning asosiy g'oyasi har bir oddiy inson endi dastur yasay oladi.
Kodsiz dasturlash xuddi uy qurish uchun tayyor devorlar, shiftlar va hokazolardan foydalanishga o'xshaydi.
Tez, oson va kamroq xarajat evaziga qurish mumkin bo’ladi. Kim chiroyli uy qura oladi - muhimi shu.
O'rganish uchun ajoyib soha. Agar siz ingliz tilidan xabardor bo'lsangiz o'rganishingiz nisbatan oson.
Yangi industriya kirib kelmoqda. Kim birinchilardan bo'ladi - yutadi.
Qo'shimcha ma'lumot ushbu kanal orqali: Kodsiz dasturlash
Frontend dasturchi boʻlmoqchimisiz?
Unda taklifning zoʻri bor! 😉
👀 “Dasturchilar koʻp, men ham oʻrgansam, ish topa olamanmi?” va shu kabi istalgan savollaringizga devor javob bermaydi. Keling, yaxshisi, ustasidan soʻraymiz!
⏳ 2-aprel, soat 14:00 da:
➖ hozirda Amerikaning Avex Ecommerce kompaniyasida Frontend dasturchi;
➖ shu soha boʻyicha 3 yildan ortiq tajribaga ega Muhammadrasul Nurmukhamedovning mutlaqo bepul masterclass'ida qatnashing!
😅 “Quruq”qa emas: faol qatnashib, eng yaxshi savol bergan 3 kishiga markazimiz tomonidan vaucher taqdim etiladi.
Roʻyxatdan oʻtish uchun izohlarda “+” belgisini qoldiring, oʻzimiz bogʻlanamiz! ☺️
➡️ Yoki adminstrator'ga murojaat qiling:
✍🏻 @pixelschool_admin
+998500541919 | +998500741919
📍 Manzilimiz: Boburshoh koʻchasi. Moʻljal: yangi bozor, Akmal Farm yonida
💡Bugun Oʻzbekistonda bir soatga chiroqlar oʻchadi
25-mart kuni butun Oʻzbekistonda boʻladigan “Yer soati” tadbiri doirasida barcha davlat tashkilotlarida bir soatga elektr energiyasi tarmoqdan uziladi.
Rahbarlar va xodimlar, taʻlim oluvchilarga 1 soat davomida ixtiyoriy ravishda tashqarida sayr qilishi tavsiya etiladi.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
“O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025-yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (128-son, 13.03.2024 yil) qabul qilindi.
🔰Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi. Jumladan:
🟥Sun’iy intellektda 0 dan O‘zbekiston tarixiga oid generatsiya qilingan kadrlardan test sifatida video tayyorlashibdi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
🔹 Bugungi kunda O‘zbekistondagi professional taʼlim muassasalarida umumiy hisobda 341 ming 152 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Kasb-hunar maktablarida 179 ming 214 nafar, kollejlarda 45 ming 600 nafar, texnikumlarda esa 116 ming 338nafar o‘quvchi o‘qiyapti.
🔸 Kollejlarda (91%), texnikumlarda (72%) qizlar ulushi yigitlarnikiga qaraganda ko‘proq bo‘lsa, kasb-hunar maktablarda aksincha qizlar (26%) ulushi kamroq.
🔹 224 ming 363 nafar o‘quvchi 20 yoshdan kichik, 116 ming 789 nafar o‘quvchi esa 20 yoshdan katta.
Kurslar kesimiga qarasak, yildan yilga o‘quvchilar soni (qabul kvotalari) oshib borayotganini ko‘rish mumkin.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
↪️Bugungi kunda O‘zbekistondagi OTMlarning bakalavr bosqichida jami 1 mln 314 ming 411 nafar talaba tahsil olmoqda.
↪️Magistraturada 24 ming 266 nafar, ordinaturada esa 3 ming 638 nafar talaba o‘qiyapti.
☑️Eng qizig‘i bakalavrda ham (50,48%), magistraturada ham (60,05%) qizlar ulushi yigitlarnikiga qaraganda ko‘proq.
☑️1 mln 153 ming 666 nafar talaba 30 yoshdan kichik, 188 ming 670 nafar talaba esa 30 yoshdan katta.
↪️Kurslar kesimiga qarasak, yildan yilga talabalar soni (qabul kvotalari) oshib borayotganini ko‘rish mumkin.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
#Bilasizmi
Oʻqishga kirishda 41 imtiyoz bor
🔠 Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REYESTRI” tasdiqlangan.
Reyestrdan 41 ta imtiyoz turi oʻrin olgan:
↪️1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta);
↪️2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta);
↪️3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta);
↪️4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta);
↪️5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta);
↪️6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).
#qonunchilik_yangiliklari
⚡️Ota-onalarning har qanday yoshdagi farzandlari kontrakti uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-891-son, 28.12.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
✅ Ota-onalar har qanday yoshdagi farzandlarining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishi uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi.
#Bilasizmi
❓ Ijarada yashovchi talabalarga davlat tomonidan qancha miqdorda ijara puli to‘lab beriladi?
📃 Qonunchilikka koʻra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijarada yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovi Davlat byudjeti hisobidan, 60 foizdan ortgan taqdirda OTM mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
✅Bunda:
➖ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (340 ming soʻm), qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan (170 ming soʻmdan) oshmasligi lozim;
➖ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, oʻrnak koʻrsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;
❗️OTM tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara toʻlovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.
❤TalabaYoshlar – ulashing va obuna bo‘ling!
🟥"Tashabbusli byudjet"ning 2024-yilgi 1-mavsumida ovoz berish jarayoni, bugun tunda, aniqrog‘i 13-mart kuni soat 00:00 dan boshlanadi va 1-aprel kuni soat 23:59 gacha davom etadi.
☝️Bu safar ovoz berish yangicha formatda tashkil etiladi, ya'ni bir fuqaroning 3-4 talab telefon raqami bo'lsa ham, faqat bittasidan ovoz berishi mumkin bo'ladi.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
❓Eng katta raqamlar nomlarini bilasizmi?
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
📌 “Yopilayotgan nodavlat OTM talabalari o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha maxsus komissiya qarorini kutyapmiz” – Vazirlik
Lisenziyasi bekor qilinayotgan oliygoh talabalari o‘qishini boshqa nodavlat OTMga imtihonsiz, davlat oliygohiga esa imtihon bilan ko‘chira oladi. Yurisprudensiya yo‘nalishidagi talabalar Kasaba uyushmalari akademiyasida o‘qishi mumkin. Qonunchilikda litsenziyasi bekor bo‘lgan OTM talabalari o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha alohida holat ko‘rsatilmagani uchun maxsus komissiya qarori chiqishi kutilyapti.
👉 Batafsil maqolani o‘qish
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
🗣Musulmonlar idorasi 2024 -yil uchun rasmiy Ramazon taqvimi hamda zakot, fitr sadaqasi va fidya miqdori e’lon qildi
Taqvimda saharlik va iftorlikning Toshkent shahri bo‘yicha vaqtlari keltirilgan.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
🔹Hukumat qarori bilan 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab Raqamli texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda O‘zbekiston milliy universitetida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
☝️Shuningdek, nazariyani amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish yo‘nalishida 3-4-o‘quv kurslari talabalari ichki ishlar va prokuratura organlarida o‘quv rejalarida belgilangan muddatlarda amaliyot (stajirovka) o‘tashi tashkil etiladi.
🟥Bundan tashqari, universitetlarni raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olishga doir mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘qishni tamomlagan talabalar huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi xizmatga belgilangan maxsus tartiblar va talablar asosida qabul qilinadi.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
📅 O‘zbekistonliklar aprelda 10 kungacha dam olishi kutilmoqda
Kelayotgan oyda Ramazon hayiti munosabati bilan 3 kun dam olish belgilangan.
❓ Ish beruvchilarning fikricha, ideal xodim qanday bo‘ladi?
✔️Oliy ma’lumotli
✔️100 yillik ish tajribasiga ega
✔️Yosh va ishchan
✔️Bergan maoshingizga rozi (bermasa ham rozi)
✔️Ko‘ngilli ravishda mukofot pullarini rad etadi
✔️Ruhiy bosimlarga chidamli, 25/8 bo‘lsayam
✔️Kasal bo‘lmaydi
✔️Charchamaydi
✔️Uxlamaydi
✔️Ishidan boshqa hech qanday tashvishi yo‘q!
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
❓Nodavlat oliygoh litsenziyasini qayerdan tekshirsa bo‘ladi?
✅ Javob: Odatda oliygohlar litsenziyalarini binoning kirishi qismiga ilib qo‘yishadi. Konsaltinglar esa sizga elektron (pdf, jpg) qilib tashlab berishlari yoki oflayn ko‘rsatishlari mumkin. Siz litsenziyadagi QR kodni scaner qilish orqali hujjat ma'lumotlarini tekshirishingiz mumkin.
☝️ Eng afzal yo‘li – license.gov.uz saytiga kirib, saytning "Reestr" bo’limida “Hujjat raqami”ga litsenziya raqami (masalan, 123456) kiritilsa chiqib keladi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
❗️“O‘qishga kirolmagan o‘g‘il bolalarni harbiy xizmatga majburiy jo‘natish kerak”
🔹“Milliy tiklanish” partiyasi lideri Alisher Qodirov maktabni tugatgan, o‘qishga kirganlardan tashqari barcha o‘g‘il bolalarni to‘lovlarsiz, bir yillik majburiy harbiy xizmatga jalb qilishni taklif qilmoqda.
Tartib va mas’uliyatni maktab va harbiy xizmatda o‘rgatmasak, qamoqxonada hech qachon o‘rgatib bo‘lmaydi.
🟥🟥🟥🟥🟥🟥
🗣Topik darslari uchun onlayn kurs ochildi!
🌸 Google Navro‘z bayrami sharafiga qidiruv sahifasi logotipini o‘zgartirdi
Kompaniya Navro‘z bayramiga maxsus doodle tayyorladi. Doodle bu kompaniya logotipining muhim hodisalar munosabati bilan o‘zgargan varianti.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
📃 Qisqa lug'at
📌Abituriyent – urushga otlangan, lekin uning dahshatini hali his qilmagan ko'ngilli;
📌Talaba – nima uchun jang qilayotganini bilmagan askar;
📌Guruh sardori (starsta) – omon qolishni istaganlardan sigaret puli yig'ib, orqa safga qo'yuvchi serjant;
📌Guruh nazoratchisi (kurator) – urush ketayotganini yashirmoqchi bo'lgan musiqachi leytenant;
📌Kafedra mudiri – askarga tanksiz bir ish chiqarolmasligini tushuntiruvchi mayor;
📌Dekan – tanklar yo'nalishini boshqaruvchi polkovnik;
📌Prorektor – qo'lga olingan tanklarni hisobdan chiqaruvchi general
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
🌸 Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar professor-o‘qituvchi va talaba-o‘quvchilar ham ketma-ket 4 kun dam olishadi
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
#chegirma
🌙 Ramazon chegirmasi: «Hilol eBook» dasturida barchasi 2 000 soʻm
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan «Hilol eBook» dasturidagi kitoblarga chegirma eʼlon qilamiz: dasturimizdagi elektron va audiokitoblarning barchasini 2 000 soʻmdan xarid qilishingiz mumkin. 😊
📝 Maʼlumot uchun, «Hilol eBook» dasturiga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov, Hasanxon Yahyo Abdulmajid, Odinaxon Muhammad Yusuf kabi mualliflar qalamiga mansub 400 dan ortiq elektron va audiokitob joylangan.
📖 Ilm oyi boʻlgan Ramazonda kitoblarni chegirmali narxda xarid qiling, mutolaa qiling va tinglang.
Chegirma 25-mart 23:59 gacha amal qiladi.
📱 «Hilol eBook» dasturini yuklab olish
👉 Xarid qilish boʻyicha qoʻllanma
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
🟢 @hiloldasturlari
😅 Mishaaa, chuchvara atmen, 16-dan boshlaymiz (hazil)!
Iqtisodiyot va moliya vazirligining xabar berishicha, “Ochiq budjet” portali ishida yuzaga kelgan texnik nosozliklarni to‘liq bartaraf etish maqsadida ovoz berish jarayonlari vaqtincha to‘xtatiladi va 16-mart soat 00:00 dan boshlab davom ettiriladi.
☝️Bugun ovoz berish to‘xtatilgunga qadar berilgan barcha ovozlar o‘z kuchida qoladi, boshqacha aytganda ovozlar kuyib ketmaydi.
❤TalabaYoshlar – ulashing va obuna bo‘ling!
#talabaga_yengillik
⚡️Ayrim talaba-oʻquvchilar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.
Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:
✅oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;
✅xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;
✅professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.
Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
#rasmiy_xabar
⚡️Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygohlar talabalari o‘qishi ko‘chirildi
Namangan xalqaro universitetining 6041 nafar va Urganch shahridagi Binari universitetining 173 nafar talabasining arizasiga ko‘ra tegishli nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalarning ro‘yxatlari tegishli nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga yo‘llandi.
Talabalar o‘z tanlovlariga ko‘ra ariza topshirgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida 11-mart sanasidan o‘qishlarini rasman boshlashlari mumkin.
Tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga talabalarning o‘qishini belgilangan tartibda boshlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Ma’lumot uchun, avvalroq “Valley innovative university”ning talabalari ham tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga o‘tkazilgan edi.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi”ga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
🗣10-martdan boshlab mahalla yoshlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start beriladi. 5tashabbus.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirokchiga aylaning.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
❗️16-18 mart — umumxalq xayriya hashari
Bosh vazir farmoyishiga ko‘ra, “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish maqsadida joriy yil 16-18 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
🗣Endi yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlari qoplab beriladi.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!