talabayoshlar | Unsorted

Telegram-канал talabayoshlar - Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

75186

🇺🇿O‘zbekiston talaba-yoshlari kanaliga xush kelibsiz! - Ta'lim yangiliklari; - Talabalar muammolari; - Abituriyentlarga tavsiyalar. 🎓 Savol, taklif va murojaatlar uchun: @TalabaAdminBot Reklama xizmati: @hamkoradmin

Subscribe to a channel

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💠Kontrakt to‘lovini ish haqi yoki boshqa daromadlardan amalga oshirgan shaxslarning daromadi soliqqa tortilmaydi.

🟥Mazkur imkoniyatdan 26 yoshga to‘lmagan farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan ota-onalar, 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘i shartnoma asosida o‘qiydigan shaxslar va yoshidan qatʼiy nazar daromad oluvchi (rasman ishlayotgan) talabalar foydalanishlari mumkin.

Ushbu imkoniyat o‘z mablag‘lari, jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari va yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar (ssudalar) hisobidan o‘qish uchun to‘lov amalga oshirilganda taqdim etiladi.

🧮 Hisoblaymiz: masalan, hali 26 yoshga to‘lmagan talabaning yillik to‘lov-kontrakti miqdori 10 mln so‘m. Uning otasi 5 mln so‘m oylik olsa va shu oyligidan farzandiga kontrakt to‘lasa, undan daromad solig‘i (12 foiz yoki 600 ming so‘m) olinmaydi. Shunda bu talabaning otasi 10 mln so‘m kontrakt to‘lasa, 1 200 000 so‘m yutadi.

❓Ota-onalar, talaba-yoshlar, kontrakt to‘layotganda mazkur imkoniyatdan foydalanganmisiz?

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💻 Ham dasturlashni o‘rganib, ham kompyuterga ega bo‘lish uchun yaxshi imkoniyat!

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 7,5 million so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi.

🟥Dasturlashni o‘rganib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach kreditga kompyuter xarid qilish mumkin. Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi.

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Talaba bo'lishga ulgurmadingizmi?
✅Sizda NMD group support yordamida talaba bo'lish imkoni bor.

📣 Rasman 2022-2023-o'quv yili uchun O'zbekistonda joylashgan Oliy ta'lim muassasalariga qabul davom etmoqda.

🔰Quyidagi yo'nalishlar uchun qabul davom etmoqda:
▪️ IT;
▪️ Iqtisodiyot;
▪️ Boshlang'ich ta'lim;
▪️Maktabgacha ta'lim;
▪️Pedagogika va psixologiya;
▪️Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
▪️Xorijiy til va adabiyot (Ingliz tili, rus tili)
.

🔸 Ta'lim shakli: kunduzgi, kechki, sirtqi
🔸 Ta'lim turi: online va offline
🔸 Kontrakt 9 milliondan boshlanadi
🔸 Hujjatlar 5- noyabrgacha onlayn qabul qilinadi

🎓 Firma to'lovi: 2.5 million so'm;
🎓Perevod uchun: 3 million so'm;

📥Murojaat uchun:
📞 +998-99-259-22-02 | Toshkent
📞 +998-93-560-26-28 | Vodiy
📞 +998-99-259-22-02 | Qashqadaryo
📞 +998-93-560-26-28 | boshqa viloyatlar

🌐 @nmd_support_adminn

♻️ Shoshiling joylar soni chegaralangan

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat: Xalqaro til sertifikati imtihon xarajatlari qoplab beriladi!

🟥2021-yil 1-maydan IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT kabi 5 ta; 2022-yil 1-yanvardan esa arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimlarida (jami 18 ta) yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari kompensatsiya qilib berilmoqda.

☝️Mazkur tizim raqamlashgan boʻlib, xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlar my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborishlari mumkin. my.gov.uz portalida ma'lumotlar doim yangilanib boradi. Shuningdek, siz ham buni doimiy ravishda ushbu havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.

👉 Batafsil maʼlumot

Maʼlumot uchun, bugungacha ushbu imkoniyatdan jami 9133 nafar yoshlar foydalangan boʻlib, kompensatsiya qilib berilgan mablagʻ 16,2 mlrd soʻmni tashkil qilmoqda.

©️Alisher Sa'dullayev

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat: “Talabaga madad”

“Talabaga madad”
loyihasida mahallalardagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalar to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan (hozirda 15 mln so‘m) miqdordagi qismi to‘lab beriladi.

🟥Bu imkoniyat O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat, xorijiy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallarida) bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun amal qiladi.

“Yoshlar daftari”ga kirish uchun ortiqcha ovora bo‘lib yurish shart emas. Tizim raqamlashgan bo‘lib, https://yoshlardaftari.uz/ platformasi orqali onlayn ariza yuborishingiz yoki 24/7 faoliyat ko‘rsatadigan 1093 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, loyiha doirasida bugungacha 30 mingdan ortiq talabalarning kontrakti to‘lab berildi.

©️Alisher Sa'dullayev

👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#yaxshi_kayfiyat
Sizning oliygoh talabalarida holat qanday? Izohlarda yozib qoldiring...

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#yaxshi_kayfiyat
Stipendiya miqdoriga qarab 🎻skripka chaluvchi talaba...
Stipendiyalarni oshiraversakmikina

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

Sizlarga bir savol bilan yuzlanmoqchiman.

☝️Savob uchun, haqiqatda qiynalgan, otasi yo'q, ro'zg'or o'zini bo'ynida, lekin kontraktda o'qiydigan, endi kontrakt to'layman deb pul yig'ib qo'yganida onasi kasal bo'lib, usha pullarni onasini davolatish uchun ishlatgan bir talabaga yordam berib, savob olishga nima deysiz?

Men o'zim shaxsan tekshirdim, haqiqatda qiyin ahvolda, lekin kimligini oshkor qilmayman. O'zini hijolat qilish niyatim yo'q. 7.472.630 so'm to'lanishi kerak.

Shu talabaga imkomizdan kelib chiqib yordam qilib, kontrakt pulini to'lab berolamizmi nima deysizlar? Kanalimda mingta aktiv obunachi bor deb hisoblasak, har birimiz 10 mingdan yig'sak ham shu pul yig'ilib qolar ekan. Ko'proq savob olmoqchi bo'lganlar ko'proq bersa ham bo'ladi.

O'sha talabaning o'zini bu gaplardan xabari yo'q. Pul to'liq yig'ilsa, syurpriz bo'ladi. Musulmon birodarini mushkulini oson qilganni, Alloh mushkulini oson qiladi.

Menimcha menga ishonasizlar, bu gaplarimda hech qanday yolg'on yo'q. Pulni o'zimni kartamga o'tkaziladi, o'zim borib kontraktini to'layman. Nima deysizlar, yordam qilamizmi?

👉 9860 1901 0214 9118
👤 Izzatkhuja Asomiddinov

Yordam qilish istagidagilar yuqoridagi plastik kartaga ehsonlarini o'tkazishlari mumkin. Savollar bo'lsa @talabayoshlar_admin profildaman

©️ Izzatxoʻja Asomiddinov

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

👨‍🏫 Bir kuni Albert Eynshteyn doskada masala yechdi:

9 x 1 = 09 9 x 6 = 54
9 x 2 = 18 9 x 7 = 63
9 x 3 = 27 9 x 8 = 72
9 x 4 = 36 9 x 9 = 81
9 x 5 = 45 9 x 10 = 91

Toʻsatdan zalda tartibsizlik paydo boʻldi, chunki Albert Eynshteyn bitta masalani notoʻgʻri yechgan edi, 9 x 10=91. Barcha oʻquvchilari uni masxara qilishdi.

🟥Eynshteyn hamma jim boʻlishini kutdi va shunday dedi: Toʻqqizta savolni toʻgʻri tahlil qilgan boʻlsam ham, hech kim meni tabriklamadi, lekin men bitta savolni notoʻgʻri yechganim uchun hamma ustimdan kuldi. Demak, agar inson juda muvaffaqiyatli boʻlsa ham, odamlar koʻziga uning eng kichik xatosi koʻrinadi va koʻpchilik bundan «zavqlanadi».

☝️Hayotda hech qachon xato qilmaydigan yagona odam – hech narsa qilmaydigan odamdir.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🌳 Daraxtlar – issiqda salqinlik berib, atrof-muhitni shovqinlardan himoya qiladi, havodagi zararli karbonat angidridni yutib, o‘rniga kislorod ishlab chiqaradi. Bu barchamiz biladigan va hayotimiz davomida bir necha marta takrorlagan jumlalarimiz. Ammo, sog‘lom hayotimiz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan daraxtlar himoyasi bilan qiziqib ham ko‘rmaymiz.

🪵 Maʼlumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 3 trln atrofida daraxt mavjud. Biroq har bir daqiqa o’tayotganida ularning 27 ta futbol maydoniga teng qismi kesilayotgan bo’ladi. Bu avval shahringizdagi bir nechta daraxt, keyin mahallangizdagi, keyin esa sizning uyingiz yonidagisi. Jarayon shu tarzda kechaversa, kelajak avlodga bizdan ekologik muammolar girdobidagi dunyo qoladi.

🌱 Amaliy ishlar vaqti keldi! Yashab turgan hududingizni ekologik tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiling! Daraxtlar kesilishiga yo’l qo’ymang! O’z niholingizni ekib, parvarish qiling!

©️Montaj ustasi:
Mirafzal Ozodov

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💠Kredit-modul tizimida talabalar o'qishdan chetlatilmaydi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" muvofiq, barcha OTMlarning 85 foizi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tishi rejalashtirilgan.

🟥Kredit-modul tamoyili ikki asosiy masalaga ahamiyat beradi:
🟢talabalarning mustaqil ishlashini ta'minlash;
🟢talabalarning bilimlari reytingi asosida baholash

Unga ko'ra, universitetlarda o'tiladigan har bitta fan kredit orqali hisoblanadi. Misol uchun, bir fan 4 kredit tizimidan, 6, 7 kreditgacha belgilanishi mumkin. Bunda talaba o'qish semestrlari davomida fanlardan belgilangan kreditlarni yig'ishi kerak. Belgilangan kreditlarni yig'a olmagan, darslarda faol qatnashmagan yoki dars qoldirgan talabalar o'qishdan haydalmaydi. Ular tizimidan qarzdor hisoblanib, belgilangan kreditlarni yig'ish uchun pul to'lab, qayta o'qish va imtihonlarni topshirishi mumkin bo'ladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

💠Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

👮‍♀️harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

🤰homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);

💊salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).

☝️Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi. Talabaga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

😅 Bolaga kitob bering, lekin abituriyentga emas!

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

"Til bilimdonlari" tanlovining 1-bosqichi, ya'ni test yechish jarayonlari to'liq yakunlandi!

⚡️Uzoq davom etgan natijalarni tekshirish jarayonida ba'zi ishtirokchilar 2 va undan ortiq profildan ishtirok etganligi ma'lum bo'ldi va kun davomida bunday ishtirokchilarning deyarli barchasi aniqlanib tanlovdan chetlatildi. Bu haqida shaxsiy blogimda doimiy ma'lumot berib bordim.

Tashkiliy jamoaning yakuniy qaroriga ko'ra final bosqichiga 139 va undan ko'p ball to'plagan 313-o'ringacha bo'lgan ishtirokchilar yo'llanma olishdi.

👉 Finalchilar ro'yxatini ko'rish

👉 Referal orqali finalga o'tganlar
__________________________________

Shu ro'yxatdagi ishtirokchilardan Telegram sozlamalaridan guruhga qo'shish funksiyasini yoqib @finalbosqichi profiliga quyidagi ma'lumotlarni to'liq yozib yuborishingizni so'raymiz:

1️⃣Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (talabalik guvohnomasi, passport, reyting daftarchasi) rasmi;
2️⃣Telefon raqamingiz (doimiy ishlaydigan raqamingiz, 2 3 ta raqam yozsa ham bo'ladi);
3️⃣Yuqoridagi ro'yxatda nechanchi o'rinda ko'rsatilgansiz?
4️⃣Referal linkingiz (botda "Referal linkni olish" tugmachasini bosasiz va bot yuborgan matnni yuborasiz).

❗️27-oktabr kuni 12:00 gacha murojaat qilmagan ishtirokchilar final guruhiga qo'shilmaydi va finalda ishtirok etolmaydi!

Finalga o'ta olmagan ishtirokchilardan kanalimizni tark etmasligingizni so'raymiz. Tez orada yangidan-yangi tanlovlarni e'lon qilamiz. Xudo xohlasa endi tanlovlarimiz davomli bo'ladi.
__________________________________

☝️Eslatma, 27-oktabr 23:59 ga qadar eng ko'p referal to'plagan 10 nafar ishtirokchi "Eng faol loyiha targ'ibotchisi" nominatsiyasi g'olibi deb topiladi va 1 million so'mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

☝️Eng ko'p referal to'plaganlar ro'yxatini ko'rish uchun ushbu yozuv ustiga bosing va ochilgan yangi oynadagi referal so'zi ustiga 2 marta bosasiz. Natijada eng ko'p referal to'plagan ishtirokchilar ko'rsatiladi.
__________________________________

❗️E'tirozlar ko'paymasligi uchun, tanlov pul yutuqlari faqat va faqat talabalarga (bakalavr va magistr) berilishini eslatib o'tmoqchiman. Agar sovrinli o'rinlarni talaba bo'lmagan ishtirokchi egallasa unga sertifikat va kitoblar taqdim etiladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📹 Toʻlov-shartnomalarni kontrakt.edu.uz orqali onlayn olish boʻyicha videoqoʻllanma

Agar haligacha kontrakt uchun shartnoma olgan bo'lmasangiz, yuqoridagi video asosida shartnoma oling va tezroq kontraktingizni to'lang.

🟥Eslatib o'tamiz, 1-kursga qabul qilingan bakalavr va magistrlar, shu bilan birga oliy ta'lim muassasasini boshqa oliygohga ko'chirgan talabalar uchun to'lov haqini o'tkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so'nggi muddati rasman 2022-yilning 1-noyabri (shu kuni ham) etib belgilandi.

👉 Kontrakt narxlarini ko'rish

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Xushxabar

⚡️Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh boʻlgan Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarida tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining oʻqishini Oʻzbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berildi.

☝️Bunda, talabalarning doimiy yashash manzili hududida joylashgan OTMning mos va turdosh (mos va turdosh boʻlmagan taqdirda mazmunan yaqin boʻlgan) taʼlim yoʻnalishiga koʻchirish mumkin.

🟥Arizalar 2022-yil 1-noyabrdan 20-noyabrga qadar (shu kuni ham) my.dtm.uz sayti (“Rossiya Federatsiyasidan oʻqishni koʻchirish” boʻlimi) orqali qabul qilinadi.

🟥Talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish 2022-yil 25-noyabrdan 15-dekabrga qadar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

👉 Talabalarning oʻqishini koʻchirishga ruxsat berish boʻyicha qaror respublika OTMlarining idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan qabul qilinadi;
👉 Fuqarolarning Rossiyadagi muayyan OTMda haqiqatda oʻqiyotganligi aniqlanmasa ularning oʻqishi koʻchirilmaydi;
👉 Oʻqishi koʻchirilgan talabalarning oʻqishini mos kursdan davom ettirishiga istisno tariqasida ruxsat beriladi. Yaʼni fanlardan farqi koʻpligi uchun pastki kursga koʻchirilmaydi. Bunda aniqlangan fanlar farqi 2022-2023-oʻquv yili davomida bepul topshiriladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🎃 Bugun 31-oktabr Halloween bayrami munosabati bilan Telegram icon'larida kichik o'zgarishlar kuzatildi

Telegramingizni bir qarab ko'ring-chi...

👉 Batafsil ma'lumot:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

⚜️“Til bilimdonlari” onlayn intellektual tanlovi gʻoliblari aniqlandi!

Mazkur tanlov Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi tomonidan joriy yilning 15–28-oktyabr kunlari oʻtkazildi.

🟥Tanlov 2 bosqichda tashkil etildi. 1-bosqich qamrovi 355 mingdan oshdi va ishtirokchilarga 5 kun davomida jami 150 ta oʻzbek tili imlo qoidalariga oid test savollari berildi. Eng yuqori ball toʻplagan 313 nafar va loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 50 nafar ishtirokchilar finalga yoʻllanma oldilar.

Tanlovning final bosqichida ishtirokchilarga jami 50 ta ochiq va yopiq test savollari va ularni ishlash uchun 1 soat vaqt berildi. Yakunda eng koʻp ball jamgʻargan ishtirokchilar tanlov gʻoliblari deb topildi.

💠Tanlovda 1 nafar 1-oʻrin 5 million soʻm, 2 nafar 2-oʻrinlar 4 million soʻmdan, 3 nafar 3-oʻrinlar 3 million soʻmdan, 4 nafar 4-oʻrinlar 2 million soʻmdan va 10 nafar 5-oʻrinlar 1 million soʻmdan pul yutuqlari bilan taqdirlanadi. Quyidagi gʻolib boʻlgan ishtirokchilar bilan tanishishingiz mumkin:

🥇Raʼno Abduraupova — TDPU talabasi;

🥈Rajabboyeva Sevinch — NavDPI talabasi;
🥈Omonova Sevinch — NavDPI talabasi;

🥉Shuxratova Xurshida — SamDU talabasi;
🥉Samandar Tulovkobulov — OʻzDJTU talabasi;
🥉Temur Xoshimov — OʻzDJTU talabasi;

🏅Saminjonova Muxlisaxon — FarDU talabasi;
🏅Oychehra Xolmatjonova — FarDU talabasi;
🏅Abdullayeva Samira Bozor qizi — ToshDOʻTAU talabasi;
🏅Sabina Gʻaybulloyeva — BuxDU talabasi;

🎖Ismoilov Faxriddin — TDYU talabasi;
🎖Rahmonova Durdona — ToshDOʻTAU talabasi;
🎖Feruza Asatullayeva — ToshDOʻTAU talabasi;
🎖Juramurodova Shodiyona — KIUT Namangan filiali;
🎖Moʻminova Maxsuda — FarDU talabasi;
🎖Fotima Tursunboyeva — TDPU talabasi;
🎖Jahongir Temirov — TATU talabasi;
🎖Raimov Akbar — JDPU magistranti;
🎖Xayitboyev ibrohim — UrDU talabasi;
🎖Eʼzoza Qoʻziboyeva — QarDU talabasi.

Tanlov nizomida muvofiq, loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 10 nafar ishtirokchi “Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻolib deb topiladi va maxsus sertifikat hamda 1 million soʻm pul yutugʻi bilan taqdirlanadi. Nominatsiya gʻoliblari bilan quyidagi havola orqali tanishing:

👉“Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻoliblari

Bundan tashqari final bosqichida ishtirok etgan quyidagi ishtirokchilar ham sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi:
🟢Djumayeva Baxtiniso — TerMTI AL oʻqituvchisi;
🟢Ziyodullayeva Gulhayo — Navbahor tumani 15-maktab oʻqituvchisi;
🟢Zarif Quvonov — NavDPI oʻqituvchisi;
🟢Sayfullayeva Dilnura — Mirishkor tumani 21-IDUM 11-sinf oʻquvchisi;
🟢Sayyora Sodaliyeva — NamDU stajyor dokdaranti;
🟢Usmonova Azizabonu — ToshDOʻTAU AL oʻquvchisi;
🟢Sharofat Sobirova — Urganch shahridagi 6-maktab oʻqituvchisi;
🟢Shuxrat Namazov — TDPU Yoshlar masalalari, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi;
🟢Zuxurova Nasiba — Payariq tumani 97-maktab oʻqituvchisi.

🔖 Bundan tashqari tanlovning final bosqichida faol ishtirok etish, savollarning 70% ziga toʻgʻri javob bergan ishtirokchilar QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.
☝️Sertifikat turli tashkilotlar va tanlovlarga taqdim etilganda uning haqiqiy yoki soxtaligini QR kodni skanerlash orqali aniqlash mumkin.

👉Sertifikat bilan taqdirlangan ishtirokchilarning roʻyxati

👏 Barcha gʻoliblarni tanlov tashkilotchilari nomidan muborakbod etamiz. Bilimingiz ziyoda boʻlsin. Taqdirlash marosimi haqida tez orada maʼlumot beriladi.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

4 mln evaziga IMTIHONSIZ, Oʻzbekistonda talaba boʻling!

Birinchi kursdan
va chet elda o'qiydiganlar uchun perevod qilish imkoniyati mavjud (2/3kurslar ham!).

💰Kontrakt: 6 - 7 mln so’m (semestriga)

▪️Shahar: Toshkent, Buxoro
▪️Ta'lim tili: O'zbek
📖Ta'lim shakli: Sirtqi, Kunduzgi
▪️Bakalavr diplomi
✅Litsenziyaga ega
▪️O'zbekistonda tan olingan diplom

📚 Yo'nalishlar:
• Iqtisod
• IT yo'nalishi
• Bank ishi
• Pedagogika va Psixologiya
• Boshlang'ich ta'lim
• Maktabgacha ta'lim
• Ingliz tili va adabiyoti
• Rus tili va adabiyoti
• Turizm
• Soliq va soliqqa tortish
• Moliya
• Neft va gaz
• Konchilik ishi
• Davolash ishi
• Stomatologiya
• Farmasevtika

Magistratura ham mavjud📚
🗓 JOYLAR SONI: 32 ta
QABUL OXIRI: Joylar soni to'lguncha

▪️Kontrakt 50% to'lanadi shartnoma chiqqach.

🔻Qabul komissiyasi:
+998934485900 | @moony12341
+998954405900 | @moon_consultancy3
+998993417676 | @moon_consultancy2
+998950909996 | @moon_consultancy1

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Bilasizmi
⚡️2022/2023-oʻquv yilidan magistraturada oʻqiydigan barcha xotin-qizlarning kontrakti toʻlab beriladi

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

☝️25 yil sportga e'tibor berdik, san'atga e'tibor berdik, lekin ta'lim haqida...

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

"Til bilimdonlari" onlayn tanloviga eng koʻp doʻstlarini taklif qilib, “Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻolibi deb topilgan ishtirokchilar bilan tanishing:

1️⃣ Rajabboyeva Sevinch — NavDPI talabasi (1347 ta referal);
2️⃣ Ablazov Abror — QarDU talabasi (963 ta referal);
3️⃣ Mamasodiqov Muhammadziyo — FarDU talabasi (913 ta referal);
4️⃣ Joʻrayev Azimjon — TDTrU talabasi (885 ta referal);
5️⃣ Xoshimov Temur — O'zDJTU talabasi (864 ta referal);
6️⃣ Shavkatov Behruz — TMI talabasi (863 ta referal);
7️⃣ Shamsiddinova Maftunabonu — BuxDU talabasi (848 ta referal);
8️⃣ Ismoilov Faxriddin — TDYU talabasi (828 ta referal);
9️⃣ Muratboyev Elyorbek —TMI talabasi (760 ta referal);
🔟 Abduraxmonov Baxtiyor — JDPU magistri (756 ta referal).

🤑 Ushbu ishtirokchilarning har biri maxsus sertifikat hamda 1 million so'm pul yutug'i bilan taqdirlanadilar. Taqdirlash haqida alohida g'oliblarning o'ziga aloqaga chiqiladi. Tanlov g'oliblari esa ertaga e'lon qilinadi.

➕ Bundan tashqari TDPU Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo'limi uslubchisi Shuxrat Namazov (1177 ta referal) ham maxsus sertifikat va esdalik sovg'asi bilan taqdirlanadi. Ular talaba bo'lmaganliklari uchun pul yutug'ini ololmaydilar.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Bilasizmi
⚡️Talabalar kelajagi uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar

🌐 Harvard universiteti qoshidagi tadqiqot guruhining hamraisi Toni Vagnerning fikriga ko‘ra, quyidagi 7 ta muhim koʻnikma har qanday talabaning kelajagi uchun zarur hisoblanadi:

👉 Tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyati;
👉 Tarmoqlararo hamkorlik va yetakchilik;
👉 Epchillik va moslashuvchanlik;
👉 Tashabbuskorlik va tadbirkorlik;
👉 Ogʻzaki va yozma muloqot mahorati;
👉 Axborotni tahlil qilish koʻnikmasi;
👉 Qiziquvchanlik va kreativlik.

❓Sizda shu koʻnikmalarning qaysi biri rivojlangan? Qaysilarining ustida ishlashingiz kerak?

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

📞 Telefondagi suhbatlar davomiyligi...

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#abituriyentlar_diqqatiga

⚡️ Umumta’lim fanlaridan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

📌 2022-2023-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

✅ Tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

👨🏻‍💻 Darsliklar ro‘yxati bilan https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishishingiz mumkin.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

🟥TA'LIMNING QULASHI

Bir millatni yoʻq qilish uchun atom bombasi yo uzoq masofaga uchuvchi raketa boʻlishi shart emas. Buning uchun taʼlim darajasini tushirish va talabalarni aldov (shpargalka)ga oʻrgatishning oʻzi kifoya. Shunday qilinsa:

🔴kasal oʻladi aldov bilan muvaffaqiyatga erishgan shifokor qoʻlida;
🔴uylar qulaydi aldov bilan diplom olgan muhandis qoʻlida;
🔴moliya inqirozga uchraydi aldov bilan diplom olgan hisobchi qoʻlida;
🔴insoniylik halok boʻladi aldov bilan diplom olgan din shayxi qoʻlida;
🔴adolat barham topadi aldov bilan diplom olgan sudya qoʻlida;
🔴farzandlar xarob boʻladi ongi aldov bilan diplom olgan oʻqituvchi qoʻlida.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

❓Ta'limning kunduzgi shaklida o‘qiyotgan talaba qanday shartlar asosida ishlay oladi?

Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirining 9-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy ta'lim to‘g‘risidagi nizomning 50-bandiga muvofiq, kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida kunning ikkinchi yarmida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkin. Kunning ikkinchi yarmida o‘qiydigan talabalar ishlay olmaydi, degan qoida kelib chiqmasligi kerak. Bu toifa talabalar ham o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlashlari mumkin.

Bundan kelib chiqadiki, talabalar bemalol ishlashlari mumkin. Lekin mehnat qonunchiligiga ko‘ra, talaba faqat ta'limdan bo‘sh vaqtida ishlash huquqiga ega.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#rasman #yengillik

⚡️Kollej va texnikumlarda toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

Professional taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchilarga qulay sharoitlar yaratish, mamlakatimiz yoshlarini kasb-hunar egallashlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ularning ota-onalarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida hamda aholi toʻlov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, kollej va texnikumlarda 2022/2023-oʻquv yili uchun barcha bosqichdagi oʻquvchilarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati miqdorlari 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

🟥Ma’lumot uchun, joriy yil kollej va texnikumlarga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 15 815 nafar o‘quvchi davlat granti asosida qabul qilindi.

Shuningdek, professional taʼlim muassasalariga ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan oʻquvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari belgilangan tartibda qabul parametrlaridan tashqari qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

Avvalroq talabalar uchun ham kontrakt miqdorlari oshirilmasligi haqida xabar bergan edik.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#Qonunchilik_yangiliklari

🎖“Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari taʼsis etildi

Hukumatning “Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

🟥 Mazkur mukofot bilan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, soha rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fuqarolar ragʻbatlantiriladi.

🟢Koʻkrak nishonlari bilan mukofotlangan shaxslarga 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida topshiriladi va mukofotlangan shaxslarga BHMning toʻrt baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

❗️Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi. Koʻkrak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…

Talaba yoshlar | Izzatxo'ja Asomiddinov

#yaxshi_kayfiyat #hazil

🎓
"Talaba xalq maqollari" turkumidan

🟢Mashinang yo‘q bo‘lsa ham, “Tankang” bo‘lsin;
🟢Talabani urma-so‘kma “Tankasiz” qoldir;
🟢Yuz marta iltimosdan, bir marta tanka surgan yaxshi;
🟢Bir “Tanka”ga yetti mahalla ota-ona;
🟢“Tanka”siga qarab, talabasini ol;
🟢Tankalaring zo‘r bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘lur;
🟢Talabani talaba qiladigan ham,
Abituriyent qiladigan ham “Tanka”;
🟢Bo‘ladigan talaba "Tankasi"dan ma’lum.
🟢Tanka sessiya paytida sinaladi;
🟢Tanka achitib gapirar, Talaba kuldirib;
🟢Bir tankani qirq talaba bo‘lib yer;
🟢Talaba egiladi, bukiladi lekin sinmaydi;
🟢Bahosini qo‘yib, Tankasini so‘rama...

Komentariyada davom ettirish sizdan, talaba-do'stlaringizga yuboring.

TalabaYoshlarTalabalarga ulashishni unutmang!

Читать полностью…
Subscribe to a channel