#rasman
❗️Sirdaryo viloyatida bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida qishki ta’til 23-yanvarga qadar uzaytirildi.
❗️Navoiy viloyatidagi davlat bog’chalari 19-yanvardan to’liq o’z ishini boshlaydi.
🟢Viloyatdagi maktab, oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari haqida hozircha yangilik yo’q, amaldagi qarorga ko’ra, ularda ertaga 18-yanvardan o’qishlar boshlanishi kerak.
🟥Faqatgina Samarqand, Jizzax va Farg'ona viloyatlarida o'qish muddati e'lon qilinmadi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
❗️Toshkent viloyatida va Qoraqalpog’iston Respublikasidagi bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ham o‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadigan bo‘ldi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
⚡️Rossiyaning 8 ta hududidagi o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi
Tashqi ishlar vazirligi xulosasiga binoan, Ukraina Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi (Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov, Krasnodar, Qrim, Sevastopol) hududlaridagi oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishi O‘zbekiston Respublikasidagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishi ruxsat etilgan bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi (ilovada).
Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.
Belgilangan tartibda my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan, ammo ushbu tasdiqlangan ro‘yxatda ism sharifi keltirilmagan fuqarolar bo‘yicha tegishli tashkilot xulosasi kutilmoqda. Natijasi yuzasidan yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.
💾 Ro‘yxatni yuklab olish
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
📌 Jahongir Ortiqxo’jayev lavozimidan ozod etilgani aytilmoqda
Yozishlaricha, prezident huzurida o‘tayotgan yig‘ilishda o‘z faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi bois Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi Farhod Abduraxmanov lavozimlaridan ozod etildi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
🟥Hududlarda qishki ta’til yana 18-yanvarga qadar uzaytirilmoqda
🔴Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablarida, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda hamda barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida;
🔴Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida;
🔴Sirdaryo viloyatidagi viloyatdagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida;
🔴Xorazm viloyatidagi umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida;
🔴Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida;
🔴Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida;
🔴Namangan viloyatidagi umumta’lim maktablarida, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda, barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar hamda oliy o‘quv yurtlarida dars jarayonlari 18-yanvardan boshlanishi ma’lum qilindi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
🟥Bugun, 14-yanvar aslida qanday kun?
Siz uchun yuqoridagilarning qaysi biri mos tushadi, izohlarda javoblaringizni kutib qolamiz.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
Oliy taʼlimning negizini innovatsiyalar tashkil qiladi
Buni oddiy qilib tushuntirib mumkin – oliy taʼlimning negizini iqtidorni kashf qilish, shakllantirish va hayotga yoʻnaltirish yotadi. Bu innovatsion rivojlanishni asosini tashkil qiladi va oʻz navbatida innovatsion rivojlanishni iqtidorlar taʼminlab beradi. Innovatsion faoliyat boshqaruvi iqtidorlarga shart-sharoit yaratish, ularni tabiiy rivojlanishi uchun raqobat va ragʻbat muhitini yaratishni maqsad qilmogʻi lozim. Iqtidorli yoshlar, xususan talabalardagi shijoat, xato qilishdan qoʻrqmaslik hissi innovatsiyalarga yetaklaydi.
Ibrohim Abdurahmonov✅
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
O‘zbekiston Qahramoni Munojat Yo‘lchiyeva nomidagi stipendiya ta’sis etildi
🎗Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida tahsil olayotgan talabalar uchun Munojat Yo‘lchiyeva nomidagi stipendiya ta’sis etildi.
👨🎓Mazkur stipendiya O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 2-kursni tugatgan bakalavriat hamda 1-kursni tugatgan magistratura talabalariga berilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, nomzod tanlov asosida saralanadi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
⚡️Yangi o'quv yilidan qo'shma ta'lim dasturlari talabalarining kontrakti to'lab beriladi
✅2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlarida ta’lim olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasida o‘qish davri uchun to‘lov-kontrakt qiymatini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi
Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasida o‘qish davri uchun to‘lov-kontrakti qiymatini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
🟢pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlarida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan va yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabalari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi;
🟢tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar bilan davlat maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida kamida uch yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnoma rasmiylashtiriladi.
📄 Asos: PQ-289-sonli Prezident qarori (21.06.2022)
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
💸 Energetika vazirligi murojaati: Qishdan chiqib olish uchun hammamiz birgalikda energiyani iqtisod qilaylik
«Xatolarimiz sababli sovuqqotyapmiz. Ammo hozir, shu lahzada, bir musht boʻlib, jamiyat boʻlib qish sovugʻidan oʻtib olmasak boʻlmaydi. Bu bizning qoʻlimizdan keladi. Har birimiz energiyani iqtisod qilishga urinsak, talafotlarni kamaytirishimiz mumkin boʻladi».
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi buyurtmasi bilan yaratilgan animatsion murojaat.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
Bugundan ayrim oliy ta'lim muassasalarida o'qish boshlanishi kerak!
Qishki ta'til nima sababdan uzaytirilgani haqida yuqoridagi audioda xabar berilgan.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
#rasman
Andijon va Xorazm viloyatidagi ta'lim muassasalarida ertadan o'qish boshlanadi!
Quyidagi OTMlarda ertadan o'qish boshlanishi e'lon qilindi:
🟢O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali
🟢Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali
🟢Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
📌 Ayrim OTMlarda 11-yanvardan darslar boshlanishi mumkin
🟥Ijtimoiy tarmoqlarda 11-yanvardan darslar boshlanishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Ammo, bu barcha oliy ta’lim muassasalariga talluqli emas.
Bunda viloyat hokimlari o‘zining hududidagi ob-havo sharoitidan kelib chiqib, istisno tariqasida, o‘qishni davom ettirish yoki vaqtinchalik ta’til berish chorasini ko‘rishi mumkin.
Ammo, hozirga qadar bu bo'yicha hali vazirlik va OTM rasmiylari tomonidan xabar berilmadi. Xabar berilishi bilan kanalimiz orqali e'lon qilamiz.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
#Magistratura
❗️Bugun magistraturaga hujjat topshirishning so'nggi kuni!
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlarga magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishi kerak.
🟥Kerak bo'ladigan hujjatlar:
🟢Shaxsiy ma'lumotlar (pasport);
🟢Tugatgan ta'lim muassasasi (diplom va ilova pdf shaklda yuklanadi 10MB dan oshmasligi kerak);
🟢Mutaxassislikni tanlash (topshirishi kerak bo'ladigan OTM nomi va yo'nalishi kiritiladi)
🟢Sertifikatlar (IELTS, CEFR va h.z)
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
#dushanba_tongi
⏰ Budilnikdan qutilish yoʻli — Uyquni juda yaxshi koʻradigan, erinmagan muhandis talaba.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
❗️Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida ham bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ham o‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadigan bo‘ldi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
#rasman
📌 Buxoro, Andijon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida bog‘cha, maktab hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
✅Qarzdorlik uchun xonadonlar elektr va gazdan uzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi
🟥Prezident vaziyatni oʻnglash boʻyicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.
➡️Bosh vazir A.Aripov va energetika vaziri J.Mirzamahmudovga bor imkoniyatlarni ishga solib, mavjud resurslarni adolatli taqsimlab, muammoli mahallalarda odamlarga zudlik bilan yordam koʻrsatadigan tizim yaratish topshirildi.
➡️Kelgusida bunday vaziyatga yoʻl qoʻymaslik uchun hozirdan aniq choralarni belgilash, yaʼni qayerda gaz boʻlmasa, suyultirilgan gaz yoki koʻmir yetkazishni bugundanoq hal qilish vazifasi qoʻyildi.
➡️Ikki oy muddatda xorijdan malakali mutaxassislarni olib kelib, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha amaliy ishlarni boshlash vazifasi qoʻyildi.
➡️Energiya taʼminotida qayerda uzilish boʻlgan boʻlsa, uning sabablarini koʻrsatib, oqibatlari qancha muddatda bartaraf etilishini odamlarga tushunarli tarzda yetkazish zarurligi qayd etildi.
➡️Bugungi sovuq kunlarda qarzdorlik deb, xonadonlarni elektr va gazdan uzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi taʼkidlandi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
🎓 Sessiya balosi...
Talabalarga yuborib qo'yamiz. Yana bir shedevr, ba'zi bir vijdonsizlarga ataladi.
🟢O'ylaymizki, hozirda bunday holatlar anchagina kamaygan, nasib qilsa yaqin yillarda bunday holatlar umuman yo'qolib ketadi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
#infografika
💪 Markaziy Osiyo davlatlari hamda O‘zbekiston armiyasi qudrati raqamlarda
Bugun mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil topganiga 31 yil to‘ldi va bu vaqt ichida Markaziy Osiyoda harbiy salohiyati, texnikalari bo‘yicha eng kuchli armiyaga aylandi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
🇺🇿Qadrli yurtdoshim, do‘stim, akalarim va ukalarim, 14-yanvar "Vatan himoyachilar kuni" bilan barchangizni muborakbod etaman.
Oilangizning, vatanimizning mustahkam suyanchi va tayanchi bo‘lib yurish nasib qilsin!!
💪Bizning mard va jasur harbiylarimiz bor ekan, yurtimiz tinchligiga hechkim rahna sololmaydi!
🇺🇿 O'zbekning mard va jasur o'g'lonlari bayramingiz muborak bo'lsin!
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
❗️Imtiyozli taʼlim krediti endilikda yillik 15% stavkada ajratiladi (xotin-qizlarga 0%)
🕐 Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga yillik 0%, yigitlarga esa yillik 15% stavkada, rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga qaytarib to‘lash sharti bilan ajratiladi.
💠Imtiyozli taʼlim kredit Asakabank, O‘zsanoatqurilishbank, Oriyent Finans Bank, Qishloqqurilishbank, Aloqabank, Ipoteka-bank, Agrobank, MKBank, O‘zmilliybank, Turonbank, Xalq banki va Hamkorbanklar tomonidan ajratilmoqda.
✅Maʼlumot uchun, imtiyozli taʼlim kreditlari istisno taʼriqasida 2022-yil oxirigacha yillik 14% stavkada ajratilgan.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
🎓 Kioto universiteti talabalariga bitiruv marosimiga xohlagan kiyimlarini kiyishga ruxsat beradi
🇯🇵 Yaponiyaning eng yirik universitetlaridan biri bo’lgan Kioto universitetida (dunyodagi barcha universitetlar orasida 68-o’rinni egallaydi) har yili bitiruv marosimida nafaqat talabalarning qarindoshlari, balki yuzlab fotosuratchilar va jurnalistlar to’planishadi.
➡️Buning sababi bor – Kioto universiteti Kioto shahar san’at universiteti bilan birgalikda rasmiy ravishda o’z talabalariga bitiruv marosimida xohlagan kiyimlarini kiyishga ruxsat beradi.
Bizni oliygohlarda ham shunday imkoniyat berilsa, bitiruv marosimiga qanday kiyim kiygan bo'lar edingiz?
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
#talabaga_qulaylik
HEMISda talaba uchun yana bir qulaylik
Talaba kabinetining asosiy sahifasidagi tezkor murojaat ikonkalaridan qulay foydalanish uchun ular 4 guruhga ajratildi:
1️⃣ Fanlar va resurslar — bu guruhda oʻquv reja, dars va nazorat jadvallari, fan tanlovi va fan resurslaridan foydalanish mumkin.
2️⃣ Oʻquv faoliyati — bu guruhda talabaning davomat va oʻzlashtirishi, imtihonlar va reyting daftarchasidan foydalanish mumkin.
3️⃣ Qayta oʻqish — bu guruhda qayta oʻqishga ariza berish, qayta oʻqishning dars va nazorat jadvali hamda oʻzlashtirish natijasidan foydalanish mumkin.
4️⃣ Hujjatlar roʻyxati — bu guruhda talaba faoliyatida zarur boʻladigan hujjatlarga soʻrov berish va hujjatlardan foydalanish mumkin.
Ma’lumot oʻrnida, oliy ta’limni raqamlashtirish orqali oʻquv jarayoniga taalluqli 30 ga yaqin qogʻoz hujjat elektron shaklga oʻtkazilgan.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
#raqamlashtirish
✅Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida ishga tushirilgan interaktiv onlayn:
🟢 diplom.edu.uz – davlat oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilarning diplomlari elektron nusxasini olish.
🟢 onlayndars.uz — IT va dasturlash, kompyuter grafikasi, moliya va biznes hamda xorijiy tillar yo‘nalishlarida kurslar jamlanmasi;
🟢 e-kasb.uz kasb-hunar platformasi — 24 ta mutaxassislik bo‘yicha bepul onlayn darslar;
❗️Asosiysi, xizmatlar qulay va bepul.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
2023-yil 11-yanvardan boshlab oliy hamda professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.
Ushbu jarayonlarni belgilangan tartibda amalga oshirish maqsadida har bir taʼlim muassasasida kecha-yu kunduz faoliyat olib boradigan, malakali mutaxassislardan iborat “Shtab” tashkil etiladi. Anomal sovuq boʻlishi kutilayotgan 10–18-yanvar kunlarida barcha taʼlim muassasalarida har qanday majlislar (jumladan ZOOM shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi boshqa yigʻilishlar oʻtkazish taʼqiqlanadi.
Shuningdek, taʼlim muassasalari binolarining issiqlik tizimlarini barqaror ishlashi taʼminlanadi.
Taʼlim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-oʻquvchilarni xabardor qilish, ularni OTM joylashgan hududga yetib kelishini taʼminlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladilar. Oʻquv jarayonlarini tashkil etishda xudud imkoniyatlari, talabalarning noqulay ob-havo sharoitlarida oliygohlarga yetib kelishlari toʻla inobatga olinishi va bunga zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozimligi boʻyicha koʻrsatma berildi.
Oʻquv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tugʻilganda oʻquv grafigiga oʻzgartirish kiritish ruxsat beriladi. 20-yanvarga qadar talabalarning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishlari tavsiya etiladi.
❗️Alohida taʼkidlaymizki, 20-yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.
Ob-havo sharoitlari tufayli oʻqishga kelolmagan talabalarga oʻquv jarayonlarini boshlash hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
📌 Tezkor xabar: Manbalarning aytishicha Farg’ona vodiysi, Samarqand va Xorazm viloyatlarida ertadan ta’lim muassasalarida o’qishlar boshlash bo’yicha tavsiya berilgan.
OTMlar o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib darslarni boshlash yoki boshlamaslikni o’zlari hal qilishadi.
🟥Kelgan xabarlarga ko’ra koʻp viloyatlar havo yaxshi boʻlib tursa, oʻqishga ruxsat berishi haqida aytishgan. Bu asosan vodiy viloyatlariga tegishli, chunki ularga hali qor yetib borganicha yoʻq.
Masalan, Andijon viloyati hokimligi oʻquv binolari va talabalar turar joylari oʻquv jarayonlarini boshlash uchun shay holatga keltirilganini aytib, ertadan dars boshlanishiga ishora qilgan.
Voqealar rivojini ko'raveraylik-chi nima bo'lar ekan...
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
#anomal_sovuq
❓Qattiq sovuqda ko‘chada qanday isinish mumkin?
❓Muzlab qolish yoki sovuq urishning oldini olish uchun ehtiyot choralari
❓Sovuq urganda nima qilish kerak batafsil yuqoridagi infografikada
Sovuq urish belgilari:
🟢sezuvchanlik yo‘qoladi
🟢sanchib og‘rish va achishish boshlanadi
🟢teri oqaradi — bu 1-darajali sovuq urish
🟢qavariqlar paydo bo‘ladi — bu 2-darajali sovuq urish (isingandan keyin, ehtimol 6—12 soat o‘tgach aniqroq ko‘rinadi)
Sovuq urganda NIMA QILMASLIK kerak:
🔴e’tiborsiz qoldirmaslik
🔴uqalamaslik
🔴birdaniga isitmaslik
🔴spirtli ichimlik ichmaslik
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashishni unutmang!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
Assalomu alaykum, do'stlar sizlarga bir iltimos bilan murojaat qilmoqchiman.
Bir yaqin qarindoshimizda saraton (rak) kasalligi aniqlandi. Hozir bizga topilishi qiyin bo'lgan Sandostatin Lar 30mg r-r dlya in’yeksiy dorisi juda zarur.
🟥Toshkent shahrida va yaqinroq viloyatlarda yashaydigan do'stlarimizdan iltimos bo'ladi, yaqin atrofingizdagi dorixonalarga kirib ushbu dori bor yoki yo'qligini va narxini bilib bersangiz.
Shuni aniqlab, @tyadmin97 profiliga dorixona lokatsiyasi bilan yuborsangiz juda katta yordam qilgan bo'lar edingiz.
🤲 Bemorni haqiga duo qiling, Alloh shifo berib tezroq sog'ayib ketsinlar, ushbu e'lonni yaqinlaringizga ham ulashishingizni so'rab qolaman.
Hurmat bilan Izzatxo'ja Asomiddinov
#diqqat_tanlov
🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 19-yanvarga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.
✅Yakunda 30 nafar ishtirokchilar tanlovning g‘olib va sovrindorlari deb topiladi va tashkilotchilar tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin – 5 million so‘m va I darajali diplom;
🔵2-3-o‘rinlar – 4 million so‘m va II darajali diplom;
🔵4-6-o‘rinlar – 3 million so‘m va III darajali diplom;
🔵7-10-o‘rinlar – 2 million so‘m va sertifikat;
🔵11-20-o‘rinlar – 1 million so‘m va sertifikat;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – 1 million so‘m va sertifikat bilan taqdirlanadi.
📌 Tanlov nizomi bilan tanishish
Qishki ta’tilni bekor o‘tkazmasdan, qo‘lingizga kitob oling. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.