AFC bugungi final uchun maxsus rolikini taqdim etdi.
🇺🇿 Yigitlar biz sizlar bilanmiz. G’alaba bizniki. Butun xalq sizlardan faqatgina bitta g’alaba va chempionlik kutmoqda. Xudo xohlasa aynan sizlar bilan biz asosiy Jahon Chempionatiga ham yo’l olamiz.✊
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
Hurmatli sahifamiz kuzatuvchilari!
🌺Bugun soat 10.00dan 18.00 ga qadar kun davomida Beruniy maydonida (metro) "Navro‘z" umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tumanning katta tadbiri bo‘lib o‘tadi. Tadbirda 1 tonnaga yaqin sumalak, 1 tonnaga yaqin xalim, 5 ta dosh qozonda osh damlanib bepul aholiga tarqatiladi.
🟢Barcha 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarni bayramga taklif qilamiz. Tadbir davomida konsert dasturi ham rejalashtirilgan!
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🪪 Bitiruvchilar ID karta olishlari shart!
❗️Bo'lmasa o'qishga kira olmaydi
☝️Ma’lumki, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz, deya Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi yozmoqda.
➡️Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 129 ming (33%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.
🎓 TalabaYoshlar – Maktab bitiruvchilariga ulashing!
#Bilasizmi
⚡️Bayram kunlari xodimlarni ishlatish man etiladi
📝 Xodimlarni bayram (ishlanmaydigan) kunlari ish beruvchining farmoyishi bo'yicha ishga jalb etishga faqatgina jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo'lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo'yicha yo'l qo'yiladi.
☑️ Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga ko'ra ishni to'xtatib turish mumkin bo'lmagan joylarda, aholiga xizmat ko'rsatish zarurati bo'lgan ishlarda, shuningdek, kechiktirib bo'lmaydigan ta'mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo'l qo'yiladi.
💰 Dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to'lanadi.
‼️ Bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
😂 Imtihon vaqtida javobni eslash uchun layfxak...
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
〽️ Hech kim sizning qiymatingizni tushirishga yòl qòymang!
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
⚽️ Bugun yosh futbolchilarimiz yarim final va mundial yo'llanmasi uchun "Sokkeruz"lar bilan kurashadilar!
🟥1/4 finaldan o‘rin olgan uchrashuv bugun “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da start oladi.
O‘yin "Uzreport" telekanali orqali jonli translyatsiya qilinadi. Barchani futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlashga taklif qilamiz!
🌏 Osiyo Kubogi U-20 | 1/4 final
🇺🇿O'zbekiston⚡️Avstraliya🇦🇺
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🟥Konstitutsiyaviy qonun loyihasi: Ta’lim sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
💬“Yoshlarning oliygohlarda davlat hisobidan grant asosida o‘qish huquqi Konstitusiyada belgilanmoqda. Bu bilan iqtidorli yoshlarning davlat hisobidan oliy ta’lim olish imkoniyati kafolatlanmoqda. Bu oliy ta’limda hamisha davlat granti uchun kvotalar ajratiladi va ushbu tartib hech qachon bekor bo‘lmaydi degani” — Oliy Majlisning Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov
👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
📣Hurmatli ishtirokchilar!
“Yuksalish” umummilliy harakati “Antikorrupsiya laboratoriyasi” loyihasi doirasida aholining oliy ta’lim tizimidagi korrupsiya muammolarining qay darajada jiddiyligi haqidagi fikrini o‘rganish maqsadida anonim blits-so‘rov o‘tkazmoqda.
So‘rov natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarida korrupsiya va nohalollik xavfi omillarini o‘rganish mavzusi belgilanadi. Savollar soni 5 ta, so'rovnomani to'ldirishning taxminiy vaqti 2 minut.
Ishtirokingiz etish: https://forms.gle/DyRD2hQWt7GxAQvy5
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🟥Baribir qòlimdan kelmaydi, uddalolmayman axr. Men dangasaman...
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
❓Navro‘z bayramida barcha o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladimi?
✅ JAVOB: Yo‘q, barcha emas. Faqat 5 kunlik ish haftasidagilar ketma-ket 5 kun dam olishadi. Haftasiga 6 kun ishlaydiganlarga esa ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi.
❗️Izoh: “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga asosan, Navro‘z bayrami munosabati bilan:
🟢5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun;
🟢6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 4 kun dam olishadi.
✅ Bunda quyidagicha bo‘ladi:
🔴18-mart, shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
🔴19-mart, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni;
🔴20-mart, dushanba — 5 kunliklar uchun 11-mart shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni;
🔴21-mart, seshanba - Navro‘z bayrami, barchaga dam olish kuni;
🔴22-mart, chorshanba — 5 kunliklar uchun 25-mart shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni.
❗️23-mart, payshanba — barcha uchun ish kuni.
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari farmonga muvofiq ko‘chirilishi munosabati bilan 11- va 25-mart (shanba) kunlari ishga chiqadilar.
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
Bloger Farhod Mannopov vafot etdi
Mittivine taxallusi bilan ijod qilib kelgan taniqli bloger Farhod Mannopov 27 yoshida vafot etdi.
Batafsil: https://kun.uz/09996325
t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
💻 “IT bilan shug‘ullanishda davom etaman” - qamoqdan ozod etilgan Sardor Rahmonqulov
3 yil avval do‘stiga diniy nashida yuborgani uchun 5 yilga qamalgan Sardor Rahmonqulovga nisbatan jazo shartliga o‘zgartirildi va u ozodlikka chiqdi. U apellyatsiya sudi ajrim o‘qigandan keyingi taassurotlarini Kun.uz muxbiri bilan bo‘lishdi.
👉 https://kun.uz/uz/31209188
🔹 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
⚡️Prezidentning “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi.
🟢Davlat dasturiga koʻra, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual taʼlim shakli boʻyicha ham ajratilishi koʻzda tutildi.
🟥2023-yil 1-sentabrga qadar
🟢Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Yevropa kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish sifatini taʼminlash tizimi talablariga toʻliq javob beradigan 1 tadan namunaviy professional taʼlim muassasalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
🟥2023-yil 1-apreldan boshlab:
🟢professional taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.
__________________________
➡️Aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida “Toʻgʻri ovqatlanish
va sogʻlom turmush tarzi” umummilliy harakati yoʻlga qoʻyiladi. Jumladan:
🟥taʼlim muassasalarida
🟢bolalar va yoshlar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar, shu jumladan tarkibida shakar, tuz, transyogʻlar miqdori yuqori boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari, taʼm va rang beruvchi qoʻshimchalar roʻyxati tasdiqlanib, ularning isteʼmoli kamaytiriladi;
🟥ish joylarida xodimlarning
🟢jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishi va sogʻlom ovqatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
❗️Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilarining to‘liq stavkada ishlashiga ruxsat berildi
Hukumatning 3-oktabrdagi 561-sonli qaroriga muvofiq, tajriba-sinov tariqasida 2022/2023 o‘quv yilidan:
🔰 Barcha tibbiyot OTMlarning:
🟢«Davolash ishi»;
🟢«Pediatriya ishi»;
🟢«Tibbiy-profilaktika ishi» yo‘nalishlari bitiruvchi kurslariga to‘liq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya bo‘limlarida shifokor sifatida;
✅ Barcha tibbiyot OTMlar, magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin.
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
#ibrat
😢 Bemehr talaba – Ta'sirli video!
☝️Ushbu videoda hamyurtlarimizning "bemehr farzandga" nisbatan reaksiyasini bilish maqsad qilingan.
Farzand sog'inchi sabab viloyatdan Toshkentga talaba o'g'lini ko'rgani kelgan hokisor onaizor qiyofasidagi aktyor o'z rolini ajoyib ko'rsata olgan. Bu holatni uyushtirilgan ekanini sezmagan va "telefonini gaplashishga berib turgan" ishtirokchilarning reaksiyasiga esa tasanno.
Videoni oxirigacha ko'rsangiz o'zingiz bunga amin bo'lasiz.
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🇺🇿O'zbekiston yoshlari finalda!!!
🌏 Osiyo Kubogi U-20 | 1/2 final
🇺🇿 O'zbekiston 0:0 Janubiy Koreya 🇰🇷
🥅 Penaltilar bo'yicha - 3:1
👏Barakalla, yigitlar! Qoyil! Ayniqsa, darvozabonimiz Otabek Boymurodovga tasanno. Yigitlarimiz haqiqiy qahramonga aylanmoqda.
Endi yigitlarimiz finalda 🇮🇶Iroq bilan kuch sinashadi. Final 18-mart, shanba kuni soat 19:00 da boshlanadi.
Eslatib o'taman, guruh bosqichida vakillarimiz Iroqni bir kishi kam bo'lgan holatda yengishgan edi. Nasib qilsa finalda yana bir bor yengamiz!
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
«AQShda o‘qimaydigan talaba pul va vaqtdan yutqazadi» - 3 mln dollar grant yutgan o‘zbek talabasi
🇺🇿 Dunyoning TOP universitetlariga kirib, tahsil olayotgan o‘zbek talabalari qatorida namanganlik Javohir G‘aniboyev ham bor. Hozir u Florida shtatidagi universitetda o‘qimoqda. Intervyusida u xorijiy oliygohga kirish uchun qanday tayyorgarlik ko‘rish kerakligi, hujjatlarni to‘plash jarayoni hamda AQShda chetdan kelgan talabalar uchun qanday sharoit yaratilishi haqida so‘zlab berdi.
📹 TO'LIQ SUHBATNI SAYTDA KO‘RING
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
❗️Diqqat, Telegramda “virus” tarqaldi!
Iloji bo’lsa, bu xabarni ko’pchilikka yetkazing. Telegramda shu kunlarda yangicha firibgarlik xabarlari tarqaldi. Sxema juda oddiy:
✅ Sizga biror tanishingizdan qisqa xabar keladi. Mazmuni turlicha, masalan:
🟢So’rovnomada qatnashayotgandim, sizning yordamingiz kerak;
🟢Mahalladan pul beryapti ekan, o’zim oldim;
🟢Men falon raqamdaman, menga ovoz bering va h.k.
✅Siz bunga ishonib, xabar tagidagi tugmani bosasiz. Ovoz berishingiz uchun profilga kirishingizni so’raydi. Raqamingizni yozasiz, keyin kelgan SMS-kodni ham kiritasiz. Shu bilan tamom! Telegram profilingizga begonalar buzib kiradi va maxsus botlar hamma do’stlaringizga sizning nomingizdan xabar yuboradi. Sizni bundan xabaringiz ham bo’lmaydi.
✅Tekin pul olaman degan xomxayol ortidan plastik karta raqamingizni kiritsangiz, unda hamma pullaringizni yechib olishadi.
‼️Qayta va yana qayta ta’kidlaymiz:
duch kelgan xabarga ishonavermang, shubhali linklarni ochib ko’rmang, tekin pul desa yugurib ketavermang, telefon raqamingizni har qayoqda yozib qoldirmang, SMS-kodni hammaga aytavermang yoki shubhali joylarga kiritmang, o’zingizni ehtiyot qilishga o’rganing, sodda bo’lmang.
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
📌 Eslatma: Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlashning so’ngi muddati 15-martga
✅ Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka, professional ta’lim muassasalariga (kollej, texnikum) o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 15-marti etib belgilandi.
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🇺🇿 O'zbekiston yarim finalda! O'zbekiston MUNDIALDA!!!
🌏 Osiyo Kubogi U-20 | 1/4 final
🇺🇿O'zbekiston⚡️Avstraliya🇦🇺
🥅 Penaltilar bo'yicha — 5:4
⚽️ Gollar: Abdirahmatov 79'
- Popovich 77'.
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
⚡️Umumxalq xayriya hashari 18-mart kuni o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida ushbu umumxalq xayriya hashari Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hamda tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 2023-yil 11-martdan 18-martga ko‘chirildi.
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
#statistika
💠Toshkentga eng koʻp qaysi viloyatdan koʻchib kelingani maʼlum boʻldi. Bu Qashqadaryo emas!
📊Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda Toshkent shahriga respublikaning boshqa hududlaridan doimiy yashash maqsadida koʻchib kelganlar soni 45 689 kishini tashkil etgan.
➡️2022-yilda Toshkent shahriga hududlardan doimiy yashash uchun koʻchib kelganlar soni:
🔒Toshkent viloyati – 18648 kishi;
🔒Qashqadaryo – 5924 kishi;
🔒Samarqand viloyati – 3486 kishi;
🔒Surxondaryo viloyati – 2853 kishi;
🔒Buxoro viloyati – 2777 kishi;
🔒Fargʻona viloyati – 2181 kishi;
🔒Andijon viloyati – 1716 kishi;
🔒Xorazm viloyati – 1688 kishi;
🔒Navoiy viloyati – 1529 kishi;
🔒Namangan viloyati – 1521 kishi;
🔒Jizzax viloyati – 1303 kishi;
🔒Sirdaryo viloyati – 1074 kishi;
🔒Qoraqalpogʻiston – 989 kishi.
👉 Batafsil ma'lumot kanalimizda:
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
😇Endilikda o‘qituvchilar bir yo‘nalishda o‘qib, ikkita fandan dars berishi mumkin
Prezidentning “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:
😇Matematika va informatika (qo‘shimcha informatika fani o‘qituvchisi),
😇Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi),
😇Biologiya (qo‘shimcha tabiiy fanlar o‘qituvchisi),
😇Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qo‘shimcha surdotarjimon)
bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibi joriy qilingan.
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
Instagram, Telegram, YouTube, TikTok ijtimoiy tarmoqdagi accountingizga obunachi yig'ish uchun endi katta miqdorda pul sarf qilishga hojat yo'q. Biz siz uchun eng arzon bot ishlab chiqdik va bundan tashqari botdan ijtimoiy tarmoqlar telegram-kanal, telegram-guruh, telegram-bot, instagram-account , tiktok-account, youtube-account, facebook-account PUBG-accountlar sotib olish yoki sotish imkoniyatingiz ham mavjud, hoziroq botga tashrif buyuring va tayyor obunachiga ega bo'ling.
Instagram Telegram TikTok YouTube rivoji uchun ideal bot.
Havola 👉 @obunachi_subscriber2_bot
❗️So‘nggi yillarda kiberjinoyat sodir etilishi bir necha barobarga ortgan. Firibgarlar tomonidan quyidagi usullardan foydalanib kiberjinoyat sodir etilmoqda:
➡️moddiy yordam, onlayn kredit, yutuqli o‘yin g‘olibi kabi aldovlar bilan yuborilgan soxta havola orqali bank karta maxfiy kodni qo‘lga kiritish yo‘li bilan (34 foizi);
➡️oldindan to‘lovlarni amalga oshirishga erishib, pullarni qaytarmasdan va kelishuvni bajarmasdan jabrlanuvchi mablag‘ini qo‘lga kiritish yo‘li bilan (22 foizi),
➡️telefon qo‘ng‘iroqlari davomida o‘zini to‘lov kompaniyasi (“Click” va b.) yoki bank xavfsizlik xizmati xodimi deb tanishtirib, karta raqami va maxfiy kodini qo‘lga kiritish orqali (17 foizi),
➡️onlayn savdo platformalari orqali karta raqami va kodining oshkorlashtirilishi natijasida (14 foizi),
➡️soxta onlayn moliyaviy birjalar orqali (Binance va b.) sodir etilganligi aniqlangan (9 foizi).
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
✅Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining logotipi bilan tanishing
🔵Logotipning umumiy koʻrinishida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi joylashgan yangi, zamonaviy bino aks ettirilgan.
🔵Logotip oʻrtasidagi yashil rangli nihol mamlakatimizda talabalarni, izlanuvchan va tadqiqotchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini ifodalaydi. Uning atrofidagi doiralarning quyosh shaklida niholga nur taratmoqda. Bu – ilm-fan nuridir. Shu bilan birga nihol va nur innovatsiyalar ramzi boʻlish chiroq shaklini ham eslatadi.
🔵Mazkur timsollar tevaragida bilim manbai boʻlmish kitoblar tarhi tasvirlangan.
🔵Logotipning ust qismidagi qalin chiziq – mamlakatimizda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar ravnaqi davlat himoyasi ostida ekanini urgʻulaydi. Logotipning pastki qismidagi eshik taʼlim va ilm-fan eshigi yurtimizning barcha aholisiga ochiq ekanini anglatadi.
🔵Logotipning asosiy ranglari moviy va yashil boʻlib, moviy rang – samoning timsoli, yashil rang esa unib-oʻsish, yangilanish va kamolga erishishni ifodalaydi.
😀 Yangi logotip haqida fikrlaringiz qanday? Sizga yoqdimi?
🎓 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
💠Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi tomonidan o'lkamizga bahor fasli kirib kelishi munosabati hamda talaba-yoshlarga kayfiyat ulashish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Talaba Fest – 2023" festivali tashkil qilindi.
🔹 TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR
Barchaga bahor fasli muborak bo'lsin, gullar fasli qalbingizni ham o'z mo'jizasi ila yashnatsin!!!
🌸🌸🌸🌸🌸
Hayajonda kutib oldik bahorni,
Ko'zlarda sevinch, qalblarda nahorni.
Yonib-yonib dillarda sevinchlar,
Qalblarda shirin, shirin xayollar.
🌷🌷🌷🌷🌷
Quyoshdan go'zal nurlar sochilar,
Bog'larimda ochildi gullar.
Bu ko'k bog'laringda goz'al g'unchalar,
Yonadi-yonadi dilginam.
🌺🌺🌺🌺🌺
Bahor-bahor, kelding sen bahor,
Sen qalblarga nur solding bahor.
Gozal bog`u atirgullarni
Hidlarin taratding, sen bahor.
💐💐💐💐💐
Bahorni sevadiganlardan bitta ❤️like
❤ TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
https://t.me/joinchat/R4A0yj4j1sWe_tGR