❓“Perevod” uchun pul to’lanadimi?
☝️Bunda 2 xil qoida bor:
1️⃣Agar “tashqi perevod” bo’lsa, ya’ni xorijdan yoki O’zbekistondagi nodavlat OTMlardan davlat OTMga ko’chirish uchun ariza berilayotganda Bilimlarni baholash agentligiga 165 ming so’m miqdorida to’lov qilinadi, chunki ular testga kiradi;
2️⃣Agar “ichki perevod” bo’lsa, ya’ni bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga yoki bir OTM ichida o’qishni ko’chirmoqchi bo’lsa, unda hech qanday to’lov qilinmaydi. Chunki ular testga kirmaydi.
Yana ham oson tushunish uchun:
✅my.uzbmb.uz sayti orqali ariza berilsa, to’lov qilinadi, transfer.edu.uz sayti orqali ariza yuborilsa, to’lov qilinmaydi. Chunki:
🔴Nodavlatdan va xorijdan davlat OTMga — my.uzbmb.uz orqali;
🔴Davlatdan davlatga — transfer.edu.uz orqali ariza yuboriladi.
❗️Yana bir masala, super-kontrakt masalasi faqat “tashqi perevod”da bor, “ichki perevod”da super-kontrakt yo’q.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
⚡️Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi
#qabul2023
🗓 Kirish test sinovlari 2023-yil 24-iyul kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.
⏰ Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti
birinchi smena soat 9:00 da boshlanadi.
ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
❗️Test sinovlarini oʻtkazilish hududi va imtihonga kirish ruxsatnomasini olish yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
✔️ Eslatma: Prezident qaroriga (PQ-200, 03.07.2023-y.) asosan bu yildan e’tiboran ALga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilingan.
👉 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezoni (matn ustiga bosing)
👉 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)
❤TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
🤩 Uzum Marketda biznes qilishni tekinga o`rganish imkoniyati!
🟢 Bugungi kunda biznes boshlash eng oson bo’lgan UZUM Marketda 100$ mablag’ bilan ham biznes qilib ko’p pul topayotgan yoshlar haqida eshityapsiz, shu oydan 30 yoshgacha bo’lganlarga UZUM Marketda biznes qilish bo’yicha Kompensatsiya asosida BEPUL kurslarda o’qish imkoniyati yaratildi.
⚡️Kursni UZUM Marketda 6 oy ichida 2 mlrd. daromad qilgan, 70 ta do’konga ega professional biznes mentorlar olib bormoqda.
✅ Kurs davomida noldan firma ochish, bozorni tahlil qilish, qanday qilib sotuvni oshirish boyicha real keyslarni organasiz.
🙋♂️ Birinchi 100 ta royxatdan o'tganlarga konpensatsiya asosida o`qish imkoniyatini beriladi.
👉 Hoziroq ro'yxatdan o'ting
☎️ Murojaat uchun:
+998331503050
Favqulodda holatlarda qaror qabul qilish doim qiyin kechgan. Aksar odamlar bu paytda oson, boshqalar bosib o‘tgan yo‘lni tanlashadi. Biroq bu xato. Yangiliklardan cho‘chimaslik kerak.
O‘qishga hujjat topshirishda ham abituriyentlar ko‘pning qistovi bilan o‘zi unchalik ham ko‘ngli tortmaydigan universitetga, yo‘nalishga, sohaga topshiradi. O‘zbek tilida aniq bir ma’lumotlar yig‘ilgan baza bo‘lmagandan keyin nima qilsin, sho‘rlik, deysizmi?
Mentalaba.uz eng maqbul yechimni taklif etadi. Mentalaba.uz ta’lim sohasidagi ishonchli, muhim yangiliklarni bo‘lishadi, oliy ta’lim muassasalari va ularga ariza topshirish imkoniyatlarini osonlashtiradi.
Mentalaba.uz — akademik maqsadlaringizni amalga oshirishda katta qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram
🎓 Yarmi hazil yarmi chin...
(selxoz degan joyi tasodif lekin😅)
❓Hozir ham oliygohlarda korrupsiya bormi?
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
O‘qishni ko‘chirish uchun qanday talablar borligi ma’lum qilindi
✅O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi. Bu boradagi tartib o‘tgan yili qat’iylashtirilgan.
Xorijiy OTMdan ko‘chirishda talabgor yo‘nalishiga qarab yo test, yo ijodiy imtihon topshiradi. O‘tish ballari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Telegram kanalida e’lon qilindi.
☝️O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
🔴talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🔴davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi. O‘tish ballini to‘plolmaganlar «super-kontrakt» bilan qabul qilinishi mumkin.
❗️Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar «perevod»chilar uchun amal qilmaydi.
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
#qabul2023 #infografika
✅2023-yil 12-iyul soat 21:00 holatiga ko‘ra:
🔹kasb-hunar maktablariga jami 94 354 nafar;
🔹bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 472 ming 227 nafar
🔹magistratura mutaxassisliklari uchun 4 ming 018 nafar talabagorlar ro‘yxatdan o‘tdi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
⚡️Endi talabalar diplom ishi yozishi shart bo‘lmaydi
🎓Prezident qarori bilan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab talabaning ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasi hamda rasionalizatorlik g‘oyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertasiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi.
Qayd etilishicha, agar talabada biror startap yoki rasionalizatorlik g‘oyasi bo‘lsa, unga yana qayta diplom ishi yozish talabi qo‘yilmaydi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
#bilasizmi
Bu yil quyidagi platformalar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratilgan:
Akademik litseyga qabul (1-iyundan 10-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz
Kasb-hunar maktablariga qabul (1-iyuldan 20-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz
Bakalavriat yo‘nalishlariga qabul (20-iyundan 20-iyulga qadar)
👉 my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz
Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulga qadar)
👉 magistr.edu.uz
Texnikumni a’lo baho bilan tamomlagan abituriyentlarni suhbat asosida OTMga qabul qilish (5-iyuldan 25-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz
Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz
O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
SamDVMCHBU Nukus filialiga hujjat topshirish uchun yo‘nalishlar belgilandi!
Unga ko‘ra, filialga 2023-2024 o‘quv yilida bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar topshiriladi:
🔴Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida);
🔴Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha);
🔴Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo‘yicha);
🔴Agronomiya (yem-xashak ekinlari);
🔴Buxgalteriya hisobi va audit;
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha filialga jami 225 nafar talaba qabul qilinadi.
Bakalavriatning sirtqi ta'lim shakli uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar topshiriladi:
🔴Zooinjeneriya (turlari bo‘yicha);
🔴Veterinariya farmasevtikasi.
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha filialga jami 50 nafar talaba qabul qilinadi
Magistratura bo‘limiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar topshiriladi:
🔴Chorvachilik;
🔴Hayvonlarning parazitar va yuqumli kasalliklari;
🔴Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi;
🔴Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi va immunologiyasi.
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha filialga jami 32 nafar talaba qabul qilinadi.
Qo‘shimcha savollar bo‘yicha filialda tashkil etilgan Call-center raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
📞 +998612247303 | +998946282585
📞 +998612247480 | +998991112592
#infografika
6-iyul soat 21:00 holatiga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklari uchun 1 ming 849 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan, 1 779 nafari chet tili sertifikatiga ega bo‘lganlar, 30 nafari davlat mukofoti va nomdor stipendiya egalari hamda 40 nafari nogironlik imtiyoziga ega bo‘lganlar (batafsil infografikada👆).
Ma’lumot uchun, qo‘shimcha imtiyozga ega talabgorlar o‘qishga tanlovdan tashqari alohida qabul qilinadi.
❗️Eslatma: hujjatlar magistr.edu.uz elektron platformasi orqali 30-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
#Qabul_2023
❓Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyeny test sinovi uchun to‘lovni 24 soat ichida amalga oshirish kerakmi?
✅ Test sinovi uchun to‘lovni onlayn ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng 24 soat ichida amalga oshirish kerak degan talab mavjud emas.
👨🏻💻 Abituriyentlar to‘lovni ro‘yxatga olish yakunlanganga qadar elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirishlari mumkin.
📆 Izoh: ro‘yxatga olish chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlarda 10-iyulga qadar, qolgan yo‘nalishlarda 20-iyulga qadar davom etadi.
❗️Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish to‘g‘risida video yo‘riqnoma yuqorida keltirilgan.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
#qabul2023 #infografika
2023-yil 2-iyul holatiga ko‘ra, 126 312 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
☝️Bugundan magistraturaga qabul boshlandi
🗣2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
❗️Eslatma: joriy yilda faqat bir marta yozda qabul bo’lishi, qishki qabul tashkil etilmasligi haqida ma’lum qilingan edi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston yoshlarini bayram bilan tabrikladi.
🚪Prezident tabrigini o‘qish
⏺⏺Shu bilan birga, Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni hamda «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.
➡️«Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlanganlar ro‘yxati
➡️«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati
🔹Yoshlar kuni munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov ham yoshlarga tabrik yo‘lladi.
🚪Vazir tabrigini o‘qish
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
❓Faqat O'zbekistonda talabalar qiynaladimi?
🎓 Talabalar turli moddiy muammolar bilan yashovchi shaxs hisoblanadi, xo'sh bu holat faqat O'zbekistonda kuzatiladimi?
Videoni talaba do'stlaringizga yuboring!
❤TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
#o‘tish_ballari
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.
Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.
Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari ilovada (rasm)
❤TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
📌 Bugundan "perevod" ga start beriladi. Talabalar o‘qishini ko‘chirish: muhim 5 savolga 5 javob
O‘zaro mos bo‘lmagan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish mumkinmi? Arizalar qachondan va kimga beriladi? Kimlar grant asosida o‘qishni ko‘chiradi? Xorijiy OTMdan ko‘chirish uchun imtihon bormi? Ariza qanday holatlarda rad etilishi mumkin?
➡️ Batafsil o‘qish
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
⚡️Rasman: Texnikumni tugatatganlar imtihonsiz 2-kursdan OTMlarga qabul qilinadi
➡️ Hozir ayni shu toifaga kiruvchi abituriyentlar uchun qabul davom etyapti. Bu toifadagi abituriyentlar hujjatlarini 5-iyuldan 25-iyulgacha my.edu.uz portali orqali topshirishi mumkin.
❓ Kimlar suhbat asosida o‘qishga kira oladi?
Texnikum bitiruvchisi bu imtiyozdan foydalanish uchun uning baholari "4", "5" bo‘lishi, kamida 50 foizi faqat "5" bo‘lishi lozim. Tibbiyot texnikumlarini tugatadiganlarning esa kamida 85 foiz bahosi "5" bo‘lishi kerak.
📄 5-avgustgacha talabgorlarning hujjatlari ko‘rib chiqilib, ularga shaxsiy kabinetdan javob beriladi. 10-avgustdan 25-avgustgacha esa suhbat bo‘lib o‘tadi.
🧑🎓Suhbatdan o‘tganlar to‘lov-shartnoma asosida 2-kursdan boshlab o‘qishga qabul qilinadi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
#Qabul2023 #Abituriyent2023
❓Qizimning IELTS 5,5 sertifikati bor. Ingliz tilidan ijodiy imtihondan ozod etiladimi?
✅ IELTSdan 5,5 ball B2 daraja hisoblanadi. Sertifikati tasdiqlansa, ingliz tili fani bo‘yicha imtihondan ozod etiladi va maksimal ball beriladi.
__________________________________
❓Ona tili fanidan milliy testda 82,8 ball to‘pladi. OTMlarga kirishda 2-fan uchun necha ball beriladi?
✅ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida 82,8 ball to‘plagan abituriyentga majburiy fandan maksimal, mutaxassislik fanidan proporsional ball beriladi.
☝️Mutaxassislik fanidan beriladigan ballni aniqlash uchun ushbu fandan maksimal ballning sertifikatdagi foizini hisoblash lozim.
🔹Ushbu abituriyentda ona tili va adabiyot ikkinchi fan bo‘lgani uchun 63 ballning 82,8 foizi hisoblanadi: 63 x 0.828 = 52.164 ball.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
⚡️ RASMAN: Namangan xalqaro universitetiga o'qishni ko'chirish boshlandi!
🧐 Siz talabasiz, lekin ta'lim olayotgan oliygohingizda kontrakt narxlari qimmatmi? Yoki yashash joyingizdan uzoqda joylashganmi?
Unday bo'lsa universitetimiz eshiklari siz uchun ochiq!
✅ Endilikda siz O'zbekistondagi yoki chet el oliygohlarining istalgan biridan o'qishingizni NamXUga muammolarsiz ko'chirib o'tkazsangiz ( perevod ) bo'ladi.
❗️Diqqat: Siz o'qishingizni ko'chirish jarayonida o'z yo'nalishingizni NamXUda mavjud bo'lgan istalgan yo'nalishga o'zgartirib ko'chirishingiz mumkin!
Masalan: "Yer kadastri va yer tuzish" yo'nalishidan bizda mavjud "Buxgalteriya hisobi va audit" yo'nalishiga ko'chirib o'tkazish imkoni bor.
👉 Bizda mavjud yo'nalishlar
📲 Onlayn hujjat topshirish: qabul.namxu.uz
☎️ +998781132122
☎️ +998692395333
Telegram | Instagram | web-sayt | namxuuz">Youtube
Bu ketishda kelasi yildan davlat oliygohlariga hujjat topshirishni bepul qilishadi
Qabul tugashiga 9 kun qoldi. Prognoz bo'yicha 1 mln 260 ming abituriyentlar hujjat topshirishi kutilayotgan edi. Bu prognozchi mutaxassisni ishdan bo'shatsa ham bo'ladi. Xususiy oliygohlarning imkoniyatlarini inobatga olmagan ko'rinadi.
📈 11-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, davlat oliygohlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 380 ming 430 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan, 190 ming 195 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 190 ming 235 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.
Eslatma: hujjatlar 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
Qabul yakuniga qadar qancha abituriyent hujjat topshiradi deb o'ylaysiz?
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
Eng arzon kontrakt qaysi Universitetda ekanligini bilarmidingiz?
✔️ Namangan Xalqaro Universiteti O'zbekiston bo'ylab eng arzon kontrakt narxlari taqdim qilmoqda
Universitetda Sirtqi, Kunduzgi va Kechki ta'lim shakllari mavjud:
Yo'nalishlar:
— Tarix
— Boshlang'ich taʼlim
— Maktabgacha taʼlim
— Pedagogika va psixologiya
— Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)
— Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili, rus tili, o‘zbek tili)
💸 Kontrakt narxlari — 9 mlndan boshlanadi
Siz ham arzon narxda, qulay sharoitda o'qishni, professional ustozlardan ta'lim olishni istasangiz, quyidagi manzillar orqali ro'yxatdan o'ting👇
📲 Onlayn hujjat topshirish: qabul.namxu.uz
☎️ +998781132122 +998692395333
Telegram | Instagram | web-sayt | namxuuz">Youtube
Endi abituriyentlar avval test topshirib, so'ng oliy ta'lim muassasasini tanlaydilar
☝️Litseyga kirishda yozma imtihon bekor qilinmoqda, nodavlat oliygohlariga kvota ularning reytingdagi o'rniga muvofiq ajratiladi, maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlarda talabalar uchun haq to'lanadi.
2023/2024-oʻquv yilidan:
🔴akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;
🔴kollej va texnikumlarning taʼlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;
🔴abituriyentlarga “davlat granti” yoki “taʼlim yoʻnalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;
🔴talabaning taʼlim yoʻnalishiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik gʻoyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;
🔴oliy taʼlim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq toʻlanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi.
2024/2025-oʻquv yilidan:
🔵OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;
🔵umumtaʼlim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
#infografika
🗣7-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, bakalavr bosqichiga 239 ming 39 nafar abituriyent, magistratura mutaxassisliklari uchun 1 ming 899 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Batafsil infografikada👆
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
Kelgusi o‘quv yilidan:
🔵bakalavr pedagog kadrlar tayyorlashni to‘liq davlat grantiga o‘tkaziladi;
🔵magistraturada esa, kvotalar 2 karra oshirilib, to‘liq davlat hisobidan bo‘ladi;
🔵kadrlar yetishmaydigan, taʼlim sifati og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi. Bunda, buyurtma asosida o‘qishni tamomlagan yoshlarga, ushbu maktablarda borib ishlashlari uchun jozibador rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yiladi.
🔵Oliy ta’limga kirishda yoshlarning maktabda o‘qigan baholari ham inobatga olinib, kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qo‘shimcha fanni tanlab, test sinovlaridan o‘tadi va uning natijalariga qarab oliygoh, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
©️Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda ta’lim sohasiga oid rejalari bilan bo‘lishdi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
🗣O‘qishga qabul kvotasi tasdiqlandi!
🔗Bakalavriat kunduzgi ta’lim
🔗Bakalavriat sirtqi ta’lim
🔗Bakalavriat kechki ta’lim
🔗Bakalavriat masofaviy ta’lim
🔗Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun
🔗Magistratura qabul kvotasi
🔵Magistraturaga kvota jami: 17.128 nafar;
🔴Davlat granti: 8.938 nafar;
🔴Kontrakt: 8.190 nafar.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
❓Bu yilgi kirish imtihonlarida qanday o'zgarishlar bo'ladi?
➖ Bu yilgi test sinovlari uchun 30 mingdan oshiq yangi test savollari tayyorlandi;
➖ Bu yilgi imtihon savollarida murakkab testlar 50% gacha kamaytirildi;
➖ Sertifikatlar masalasi ilgari 10 minga yaqin edi bu yil bu ko'rsatkich 70 mingga yaqin ko'rsatkichni ko'rsatmoqda. (7 barobar oshgan)
➖ Bugungi kunda 48 ta imtiyoz turi mavjud bo'lib, uzbmb.uz sayti orqali bilib olishlari mumkin;
➖ Kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyent 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo'lishi kerak;
➖ 1-fani xorijiy tili ijodiy bo‘lgan ta'lim muassasalarida Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan 4 ta ko'nikma bo'yicha imtihon olinadi;
➖ Har bir abituriyent natijasi 24 soatda e'lon qilinadi va abituriyent shaxsiy kabinetida shakllanadi;
➖ Bu yilgi test sinovlar yopiq binolarda bo‘lib o‘tadi;
➖ 1-smenada 45 mingga yaqin, 1 kunda 90 mingdan ortiq abituriyent imtihon topshiradi.
➖ Matematika, fizika va kimyo fanlaridagi murakkab masala testlar olib tashlangan.
➖ Bu yil test sinovlari 92 ta yopiq binoda o'tkaziladi. Binolar mahalliy hokimliklar tomonidan sovutgichlar bilan ta'minlanadi
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
⚡️Bugun barcha hududlarda avtobuslar yoshlarga bepul xizmat koʻrsatadi.
30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlganlar avtobuslardan bepul foydalanishlari va bayramga bagʻishlangan tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!
☝️Davlat grantida o‘qigan talabalar sinovsiz ishga kirishi mumkin
📢 Endilikda oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida tamomlagan talabalar, dastlabki sinov muddatisiz ishga kira oladi. Ushbu norma Mehnat kodeksining yangi tahriri 129-moddasida nazarda tutilgan.
☝️ Biroq, bu imtiyoz faqat davlat granti asosida OTMni tugatgan talabalarga egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha birinchi marotaba ishga kirayotganlaridagina amal qiladi.
🟢Ya’ni agar davlat granti bitiruvchisi birinchi marta dastlabki sinov muddatisiz ishga olinsa va u ishdan bo‘shab, boshqa ishga kirmoqchi bo‘lsa, unga nisbatan bu imtiyoz amal qilmaydi
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling!