#talabalar_uchun_maxsus
🔵Do'st kulfatda sinaladi, kursdoshlar sessiyada!
🔴Doktor: Mana bu dorilarni 5 mahal ovqatdan keyin ichasiz.
🔴Talaba: 5 mahal ovqatni qayerdan topaman?
🟢Har darsda doskani rasmga olib, lekin usha rasmlarni umuman ochib ko'rmaydigan zot bu talaba!
Kommentariyada davom ettirish sizdan...
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
Assalomu alaykum! Hurmatli talabalar!
☝️Sizlarga bir kanalni tavsiya qilmoqchiman, ushbu kanalda ijtimoiy-siyosiy sohadagi viktorinalar, hikmatli so‘zlar, qiziqarli video va foydali audiomateriallar berib boriladi.
Shu kanalga obuna bo‘lib, turli yo‘nalishlardagi bilimlaringizni sinab turishingiz mumkin.
🏆Indoneziyada futbol bo'yicha U-17 o'smirlar o'rtasida Jahon chempionati start oldi!
🔴Ushbu turnida 24 jamoa 6 guruhga bo'lingan holda o'zaro 3 o'yin o'tkazadi. Guruhdan 1-2 o'rinlar to'g'ridan-to'g'ri pley-offga yo'l olsa, 6 guruhdan 4 ta eng yaxshi 3-o'rin egalari ham guruhdan chiqadi.
🇺🇿 O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ushbu turnirda B guruhida Ispaniya, Kanada va Mali terma jamoalari bilan birgalikda o'rin egallagan. Ayni damda jamoamiz Mali U-17 jamoasi bilan bahs olib bormoqda!
🏆 U-17 Jahon Chempionati | 1-tur
🇲🇱 Mali U-17 0:0 O'zbekiston U-17 🇺🇿
Ushbu o'yin TV orqali translyatsiya qilinmaydi. Shu sababli o'yinni kanalimiz orqali jonli efirga tomosha qilishingiz mumkin.
➡️ Jonli efirga ulanish
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
⚡️ Keyingi oʻquv yilidan avval test topshirib, keyin yo'nalish tanlanadi
📋 Yangi qarorga ko'ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:
🔴1) OTMlarga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.
🔴2) Umumta’lim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.
☝️Bunda tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
#milliy_reyting
📊 Oliy taʼlim muassasalarining umumiy reytingi
Eng yuqori natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:
◀️TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti
◀️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
◀️Namangan muhandislik-texnologiya instituti
◀️Buxoro davlat tibbiyot instituti
◀️ Farg‘ona politexnika instituti
◀️ Namangan muhandislik-qurilish instituti
◀️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
◀️Toshkent tibbiyot akademiyasi
◀️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
◀️ Toshkent moliya instituti
Eng quyi natija qayd etgan oliy taʼlim muassasalari:
♦️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti*
♦️ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
♦️ Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼati instituti
♦️ Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti*
♦️Andijon davlat chet tillari instituti*
*Yangi tashkil etilgan ta’lim muassasalari
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
❗️Buxoroda talaba qiz “musorovoz” g‘ildiraklari ostida vafot etdi
☝️Buxoro viloyati Buxoro shahrida chiqindi tashuvchi yuk mashinasi talaba qizni bosib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i Shuhrat Jalolov qalampir.uzga xabar berdi.
Uning ma’lum qilishicha, bugun, 7-noyabr kuni soat taxminan 08:30 larda Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasida Buxoro davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi bo‘lgan qiz chiqindini tashlash uchun kelgan vaqtida “Maxsusavtoxo‘jalik” MCHJning 42 yoshli haydovchisi uni payqamasdan bosib ketgan.
“Musorovoz” yuk qutisini bo‘shatib, ikkinchisi tomonga harakatlanayotgan vaqtida mashinaning old tomonidan o‘tib ketayotgan qizni bosib qolgan. Qiz past bo‘yli bo‘lgani uchun yuk mashina kabinasiga juda yaqin kelgan vaziyatda haydovchi uni ilg‘amay qolgan va mashinani ustiga haydab yuborgan. Qiz voqea joyida vafot etgan”, deydi Shuhrat Jalolov.
Axborot xizmati boshlig‘ining qo‘shimcha qilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
#tonggi_motivatsiya
🗣Muvaffaqiyat retsepti:
🔵Boshqalar uxlayotgan payt, siz o'qing va izlaning!
🔵Boshqalar bekorchi bo'lib yurgan payt, siz ishlang!
🔵Boshqalar o'ynab yurgan payt, siz tayyorlaning!
🔵 Boshqalar tilak bildirganda, siz maqsad qiling!
Shunda siz boshqalar erishmagan yutuqlarga erishasiz!
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🎓 17-noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan yangi “Talabalar tanlovi”ni e'lon qilamiz!
🔄Tanlovda shunchaki yutuqli barabanni aylantirasiz bo‘ldi, omadingiz kelsa sovg‘a sizniki! Ushbu tanlovda kamida 500 ta ishtirokchi sovg‘a yutadi.
🔴3ta – zamonaviy smartfon;
🔴3ta – 500 ming so‘m pul yutug‘i;
🔴20ta – Smart watch;
🔴20ta – Quloqchin;
🔴20ta – Airpods;
🔴20ta – Powerbank;
🔴ko‘plab badiiy kitoblar;
🔴va pul yutuqlari yutib oling.
✅Tanlov 17-noyabr kuni 20:00 ga qadar davom etadi va tanlov tugashi bilan Instagram sahifamizda super o‘yinni o‘ynaymiz!
📺talabayoshlar/?sub_confirmation=1">TANLOV SHARTLARINI KO‘RISH⬅️
Tanlovda ishtirok eting va ko‘plab sovg‘alardan birini yoki bir nechtasini yutib oling. Harakat sizdan, sovg‘alar esa bizdan!
❗️Darsliklar ro’yxati e’lon qilindi
2024-2025-o‘quv yilida OTMlarning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Bilimlarni baholash agentligi saytida eʼlon qilindi.
Bunda o‘zingizga kerakli fan va tilni tanlagan holda, darsliklar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
➡️ To‘liq ro‘yxatni ko‘rish
❤Talabayoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
2 oyda boshqaruvni o'rganib, "job offer" olish mumkinmi?
🧑🎓 Yosh Menejer dasturi orqali qisqa muddatda loyiha boshqaruvini o'rganib, karyera qurishda zarur ko'nikmalarga ega bo'lishingiz mumkin. Hozirda loyihaning 7-mavsumiga qabul e'lon qilingan.
Statistika: Loyiha bitiruvchilar 20+ kompaniyalardan jami 90 ta job offer olishgan. 📈
Dasturning asosiy imkoniyatlari:
— Project management (loyiha boshqaruvi) va Employability skills (karyeraviy o'sishdagi ko'nikmalar);
— TOP kompaniyalarga ekskursiyalar (UzAuto Motors, Crafers, Artel, Akfa);
— Qatnashuvchilarga moliyaviy tomondan ko'mak bo'lishi uchun 50% lik 5 ta GRANT o'rni.
☄️ Shoshiling! Faqat 50 ta ishtikorchi 2 bosqichli saralash orqali tanlab olinadi:
1. Ro'yxatdan o'tish (CV va motivatsion xat);
2. Oflayn intervyu.
🔖 Karyera yo'lini tanlash, lavozimda ko'tarilish, saralangan yoshlar orasida expertlardan amaliy bilim olishni xohlasangiz, Yosh Menejer dasturi 7-mavsumiga ro'yxatdan o'ting!
Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/GADNHmtCQtM4zWYcA
Oxirgi muddat: 11-noyabr, 23:59
Murojaat uchun: @young_manager_support
📞 +998901206810
@yosh_menejer_uz
⚡️Abduqodir Toshqulov Termiz davlat universitetiga rektor bo‘ldi.
Yangi vazir kim bo‘lishi hamon noaniqligicha qolmoqda.
❤Talabayoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
🇸🇦Saudiya Arabistoni — 2034-yilgi jahon chempionati mezboni
FIFA 31-oktabrga qadar mezbonlik uchun arizalarni qabul qildi. Unga ko‘ra, faqatgina Saudiya Arabistoni JCH-2034 mezbonligi uchun rasman ariza topshirdi va yakunda ushbu davlat tasdiqlandi.
Eslatib o’tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati 🇺🇸AQSh, 🇨🇦Kanada va 🇲🇽Meksikada bo’lib o’tadi.
2030-yilgi Jahon chempionati esa 🇪🇸Ispaniya, 🇵🇹Portugaliya va 🇲🇦Marokashda bo’ladi. Qiziq tomoni, 2030-yilda mundialning dastlabki 3 ta o’yini 🇺🇾Urugvay, 🇦🇷Argentina va 🇵🇾Paragvayda o’tkaziladi (har bir davlatda bittadan uchrashuv).
❤TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
🗣Shavkat Mirziyoyev Falastinga yordam uchun $1.5 mln dollar ajratish haqida qaror qabul qildi!
“Men Gʻazo sektori aholisiga baholi qudrat yordam ko‘rsatish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratish haqida qaror qabul qildim.
Biz Falastin xalqi bilan birdam ekanimizni qat’iy bildiramiz va uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining ilgari qabul qilingan rezolyusiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz”, - dedi Prezident.
❗️Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarni turli yolg‘on tashviqotlarga berilmaslikka chaqirdi
“Men bugungi fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizga, avvalo, yoshlarimizga murojaat qilib, ularni turli yolg‘on tashviqotlarga berilmaslikka, qonunga zid xatti-harakatlar sodir etmaslikka chaqiraman.
Bizning eng katta kuchimiz, bebaho boyligimiz bo‘lgan tinch va osoyishta hayotimizni, o‘zaro birlik va hamjihatligimizni barchamiz birgalikda asrashimiz zarur”, - dedi davlat rahbari.
❤TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
⚡️ Rasman: endi “Temurbeklar maktabi”ga qizlar ham qabul qilinadi
Prezident qaroriga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi.
Bu degani, maktabni bitirayotganda qizlar ham o‘qishga kirishga imtiyoz ola olishi mumkinligini anglatadi. "Temurbeklar maktabi" bitiruvchilariga to‘plagan balliga 15 foiz qo‘shimcha ball ko‘rinishida imtiyoz beriladi.
Lekin keyingi qabulgacha imtiyozlar butunlay tugatib yuborilsa ham yaxshi bo‘lardi. Biroq reja bo‘yicha hozircha imtiyozlarni faqat umumiy kvotadan ajratish belgilangan.
❤TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
❓Kunning qaysi qismida dars qilish samaraliroq?
⌛️Ertalabki 10 dan soat 14 gacha, peshin soat 16 dan kechki soat 22 gacha o‘qish uchun juda qulay vaqtlar hisoblanadi.
Ertalabki 04:00 dan 07:00 gacha bo‘lgan vaqt esa dars qilish uchun unchalik samarali hisoblanmaydi.
Lekin hammaning o'ziga qulay dars qilish soati bo'ladi. Sizga kunning qaysi qismi o'qish uchun qulayroq?
❤TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
📌 Sun'iy intellekt (ChaTGPT) orzudagi O‘zbekistonni tasvirlab berdi.
❓ Bunisiga nima deysiz?
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
Afsuski vakillarimiz Jahon chempionatini 3:0 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlashdi.
Keyingi raqib Kanada bilan o‘yin 13-noyabr kuni soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.
🗣Respublikamizdagi 14 ta OTM Osiyoning eng kuchli TOP-1000 talik universitetlar qatoridan joy oldi!
Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilayotgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023” sammiti doirasida QS reyting tashkiloti Osiyo universitetlarining 2024-yil uchun reyting natijalarini e’lon qildi.
☝️Unga ko‘ra, mamlakatimizning 6 ta hududidan 14 ta oliy ta’lim muassasasi TOP-1000 talikdagi Osiyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatiga kiritildi.
Joriy yilda xalqaro tan olinganlik darajasi, ilmiy-tadqiqotlar rivoji, ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik, akademik mobillik sohalari bo‘yicha Osiyo oliygohlari reytingida 25 ta davlatdan 856 ta (148 ta ilk marta) oliygoh ishtirok etdi.
Qaysi oliygoh nechanchi o‘rindaligini yuqoridagi rasmda ko‘rishingiz mumkin! Shu oliygoh talabalari bormi?
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
❓ Китоб ўқишга вақтингиз йўқми?
YouTube да янги канал очилган. Китоблар мазмунини 10 дақиқада анимацион тарзда етказиб беради.
Аллақачон 9 та китоб видеоси чиққан ва ҳар хафта битта китоб чиқади.
Янги видео Ёшлар ишлари агентлиги ташаббуси билан чиқарилган "Уйғониш" тўпламининг биринчи китоби - "Мусо ал-Хоразмий" рисоласи мазмуни ҳақида. Келгусида "Уйғониш"нинг барча китобларини ва "Жадидлар" тўпламини чиқариш ҳам режа қилинган.
➡️Видео ҳаволаси: https://youtu.be/O2nyzDxzePQ?si=JXzvoEE5B7RG7Dav
➡️Канал ҳаволаси: 10Daqiqa" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@10Daqiqa
➡️Телеграм канал: http://t.me/ondaqiqa
#tonggi_motivatsiya
☝️Eng yaxshi vaqt — bugun!
🔴“Biror narsani boshlashning eng yaxshi vaqti bugun. Bugunni o‘z hayotining eng yaxshi kuniga aylantirish uchun harakat qiling”.
🔴“Biror narsaga erishish uchun sabrli va ishonchli bo'ling. Agar sizning xohishingiz kuchli bo‘lsa, siz unga erishishingiz ham kuchli bo‘ladi”.
🔴“Muammolarni hal qilish uchun harakat qiling, ular sizni rivojlantirishga olib keladi”.
🔴“Biror narsaga erishish uchun o‘zingizga ishoning. O‘zingizga ishonmasangiz, hech qachon kutganingizga erisholmaysiz”.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
🎓 Magistraturaga qishki qabul bo'ladimi?
Bu yil magistratura uchun 20.054 nafar abituriyent hujjat topshirgandi. Ajratilgan kvota esa 17,1 ming edi.
🗣Hujjat topshirgan deyarli teng yarim talabgorning arizasi talabga javob bermagani uchun qaytarilgan. 6,3 ming nafar talabgor magistraturaga qabul qilindi. 11 mingga yaqin kvota esa bo‘sh qolgan.
❓Endi nima bo‘ladi?
Kvotalar bo‘sh qolib ketadimi? Bu hozircha aniqmas. Lekin anig‘i yoz boshidayoq sobiq oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov bu yil magistraturaga faqat bir marta qabul bo‘ladi, qishkisi bo‘lmaydi deb aytgandi. Qoida bo‘yicha esa Qabul komissiyasi ruxsat bersa, to‘lmagan kvotalar uchun qishki qabul ham bo‘lishi kerak.
Katta ehtimol bilan vaziyat qishki qabul ham bo‘lishini ko‘rsatadi. Lekin hozircha bu haqida hozircha biror rasmiy xabar berilmadi.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
💵Talabalar qancha stipendiya oladi?
Grantga kirganlarga bazaviy stipendiya to‘lanadi. Kontrakt kirganlar kontrakt pulini stipendiyali-stipendiyasiz qilib to‘lashi mumkin.
🔴Bazaviy stipendiya miqdori — 517 880 so‘m;
🔴Barcha fanlar bo‘yicha faqat "a’lo" o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega bo‘lgan talabalar uchun stipendiya – 621 456 so‘m.
✅ Nomdor stipendiyalar:
🔵Prezident stipendiyasi – 2 191 541 so‘m;
🔵Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari –1 461 028 so‘m.
✈️TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
Yaqin Sharqda Falastin-Isroil muammosi jiddiy tus olmoqda. Uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan nizoning keng yoyilib ketish xavfi kuchaymoqda. Qurolli to‘qnashuvlarda tinch aholi, ayniqsa, keksalar, ayollar va bolalar qurbon bo‘lmoqda.
Bu dunyo mamlakatlarini jiddiy xavotirga solmoqda. Tinchlik tarafdorlari bo'lgan yetakchilar tomonlarni harbiy harakatlarni, o‘t ochishni to‘xtatishga, murosaga kelishga chaqirmoqda.
Jumladan, MDH davlatlari rahbarlari va Tashqi ishlar vazirliklari G‘azo sektoridagi vaziyatga munosabatini bildirdi.
Fikrlarni “Yuksalish harakati” bitta rasmga jamladi.
❤Talabayoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
❓Qishki "perevod"ga kimlarga ruxsat beriladi?
Xuddi yoz oyidagi kabi qishda ham o‘qishni ko‘chirish mumkin. Faqat bir davlat OTMidan boshqasiga.
✔️ Kimlarga ruxsat bor
🔴talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
🔴davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
🔵o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
🔵talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
🔵pasport nusxasi;
🔵yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
❗️Qishki "perevod" uchun arizalar dekabr-yanvar oylarida olinadi.
❤Talabayoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
🗣2023-yilning 1-noyabrdan yo’lovchi poyezdlarining chipta narxi o’zgardi
Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ma’lum qildi. Unga ko’ra:
🔵mahalliy yo'nalishlardagi yo'lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 44% ga oshadi;
🔵yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari chiptalari:
🟥Toshkent — Buxoro — Toshkent
🔴VIP — 530 000 so‘m;
🔴Biznes — 385 000 so‘m;
🔴Ekonom — 280 000 so‘m.
🟥Toshkent — Qarshi — Toshkent
🔴VIP — 455 000 so‘m;
🔴Biznes — 325 000 so‘m;
🔴Ekonom — 235 000 so‘m.
🟥Toshkent — Samarqand — Toshkent
🔴VIP — 330 000 so‘m
🔴Biznes — 230 000 so‘m
🔴Ekonom — 170 000 so‘m etib belgilandi.
❤Talabayoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
⚡️ Xususiy universitet yopilib ketsa, unda o‘qiyotgan talabalar nima qiladi?
◼️ Bu holatga prezidentning yangi qaroridan javob topish mumkin.
Yangi qarorga ko‘ra, ta’lim tashkilotlari har 4 yilda davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi. Akkreditatsiyadan o‘tolmagan OTMlarning litsenziyasi bekor qilinadi.
Litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi.
❗️Ya’ni agar talaba o‘qiyotgan xususiy OTM yopilib qolsa, talaba o‘qishini davlat yoki nodavlat OTMlarga ko‘chira oladi. Hozirgi tartib bo'yicha, davlat OTMiga ko‘chirish uchun beglilangan tartibda – test sinovida o‘tish ballini to‘plash kerak.
❤TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
Abduqodir Toshqulov ham prezident administratsiyasidan ketdi
🗣Abduqodir Toshqulov prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ketdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Abduqodir Toshqulov 2010-yildan Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan, 2017-yil sentyabrida Termiz davlat universitetiga rektor bo‘lgan, 2018-yilda senatorga aylangan. 2021-yil yanvaridan esa Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga rahbarlik qilgan.
Nima deb o‘ylaysiz, sobiq vazir yana o‘z o‘rniga qaytarmikin?
❤TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
⚡️Jamoat transportida yo‘l haqi 1-noyabrdan oshirilmoqda
Poytaxt jamoat transportida yangi, qo‘shimcha va rag‘batlantiruvchi tariflar joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pul va bank kartalari orqali 2000 so‘m, ATTO transport kartalari orqali to‘lov uchun esa 1700 so‘m etib belgilanmoqda.
Yo‘lovchilar ATTO transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi marotaba avtobusdan foydalansalar yo‘l haqi uchun 700 so‘m to‘laydilar. Bir soat davomida yo‘lovchilar avtobusdan uchinchi va to‘rtinchi marotaba ma’lum bir manzilga harakatlanishi esa mutlaqo bepul bo‘ladi.
❤TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
Nima uchun grantda o‘qiganlar diplom olishdan oldin 3 yil ishlashi kerak?
✔️ "Davlatning puliga o‘qigani uchun davlat uchun ishlab berish kerak", degandi Oliy ta'lim vazirligi mas'ul xodimi.
Bitiruvchilarning diplomini 3 yil OTMda ushlab turishdan bizga foyda yo‘q. Bunga bitiruvchiga ham, davlatga ham zarar keltirmaydigan biror yechim topiladi.
❗️Lekin vazirlik xodimiga ko'ra, xorijda o‘qimoqchi bo‘lgan yoshlarga diplomi muammosiz berilyapti.
❤TalabaYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling