📌 Xususiy oliygoh litsenziyasi to'xtatilsa (tugatilsa) talabaning taqdiri nima bo'ladi?
☝️Oliy ta’lim vazirligi bergan so’nggi ma’lumotga ko’ra, vazirlik 6 ta xususiy OTMning litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga ariza bergan. Shu o’rinda savol tug’iladi, agar xususiy OTMlar litsenziyasi olib qo’yilsa, undagi talabalar nima qiladi? Bunga javoban vazirlik ular ko’chada qolmasligini aytmoqda. Ammo amaldagi tartib-qoidalarda lisenziyasi bekor qilingan oliygoh talabalarining o‘qishini ko‘chirish masalasi aniq belgilanmagan.
➡️ Batafsil maqola
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
Teshaboyev To‘lqin Zokirovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi.
🔹Prezident qaroriga asosan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut birlashtirildi.
U 2020-yil oktyabrdan buyon Toshkent moliya instituti rektori lavozimida ishlayotgandi. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori esa qaysi lavozimga o‘tganidan xabaringiz bo‘lsa kerak...
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
#o‘rnak_olsa_arziydi
🗣QDPIda o‘tkazilayotgan tanlov g‘olibi 50 gramm quyma oltin bilan taqdirlanadi!
👏 Qoyil, Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘tgan yili o‘tkazilgan “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi g‘olibiga ota-onasini bepul Umra safariga yuborish yo‘llanmasi taqdim etilgan ekan.
😮 Bu yilgi tanlov g‘olibiga esa og‘irligi 50 grammga teng oltin quyma bosh sovrin sifatida qo‘yilibdi. Qoyil, talabalar uchun butun o‘quv yilida a’lo baholarga o‘qishga intilishiga sabab bo‘ladigan eng yaxshi motivatsiya.
🔹“Maqtov yorlig‘i berilsin” degan gaplar tarixga aylanmoqda. Talabalarini munosib rag‘batlantirayotgan bunday OTM rahbarlaridan qolganlar ham o‘rnak olsa arziydi.
Oldin doim NamDUni namuna qilib ko‘rsatar edim, endi QDPIga ham hurmatim oshdi. Shunaqa o‘rnak olsa arziydigan ma’lumotlarni @talabaadminbot ga yuborib turinglar.
©️Izzatxo‘ja Asomiddinov
🇯🇵Yaponiyadagi avtomobil haydash madaniyatini ko‘ring! Na signal chalish bor, na bir-birini siqib ketish...
O‘zbekiston rivojlanmaydi, hammayoq tartibsizlik deb ko‘pchilik noliydi, lekin o‘zi yurtimiz rivojiga oz bo‘lsa-da hissa qo‘shishga harakat qilmaydi. Hattoki oddiy chiqindini maxsus idishga tashlashga erinadi.
🔹Viloyatdan Toshkentga yoki boshqa viloyatga o‘qish uchun boradi, lekin maksimum ilm olishga intilmaydi, vaqtini behuda sarflaydi. Albatta bu gaplar hammaga ham tegishli emas, gap egasini topadi. Lekin agar meni fikrimcha hamma o‘zi uchun harakat qilsa, o‘zi uchun to‘g‘ri, halol va tartibli inson bo‘lsa shundagina jamiyatimiz rivojlanadi.
🔵Tasavvur qiling, namoz uchun takbir aytildi, 7 soniya ichida hamma bir qator bo‘lib, saf tortadi. Hamma o‘zini to‘g‘irlaydi, kimdir kimdirga tur o‘rningdan, orqaroq, oldinroq suril demaydi. Hamma o‘zini to‘g'irlagani uchun ham tartib bo‘ladi.
☝️Xuddi shunday jamiyatda ham o‘zimizni to‘g‘irlasak, ishdami o‘qishdami o‘z vazifamizni a’lo, vijdonan bajarishga intilsak, biz nafaqat Yaponiya balki undan ham rivojlangan davlatga aylana olamiz.
©️Izzatxo‘ja Asomiddinov
#Fakt24 | 16 qutidan iborat 93 kilogrammlik «Shokoladli qal’a»
🍫Shokoladxo‘r talabalar bormi? Eng yoqtirgan shokoladiz qaysi?
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
#Prezident #yig‘ilish #Oliyta’lim
OTMlarning maqomini belgilash bo‘yicha aniq mezonlar ishlab chiqiladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 116 ta oliygohni o‘rganib, ularni yiriklashtirish dasturini ishlab chiqish, ularga “milliy”, “davlat” universiteti, akademiya yoki institut maqomini berishning aniq mezonlarini belgilash topshirildi.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident Administratsiyasi huzuriga o‘tkazilishi va xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi belgilandi.
Endi jamg‘arma hisobidan yoshlarni chet elga o‘qishga yuborishda malakali va sifatli injener hamda texnologlar tayyorlashga ustuvorlik beriladi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🗣Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
🔹Davlat rahbari raisligidagi ushbu yig‘ilish “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”dagi ta’lim sohasidagi ilk yig‘ilish hisoblanadi. Yig‘ilishda rektorlar va filial direktorlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Xabaringiz bor, 2-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yangi vazir tayinlangandi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
Bitta penaltini eplomadi. Qanaqqilib 5tadan 3tasini urolmaslik mumkin. Buni faqat biznikilar eplashadi. Qoyil😡😡😡
Читать полностью…Kayfiyatni tushurmaymiz!
Hammasi nazorat ostida...
O'yin oxirida aytgandimku nazorat ostida deb deyish nasib qilsin
🗣Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Sharipov Kongratbay Avezimbetovich O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
#qonunchilik_yangiliklari
⚡️Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–901-son, 01.02.2024-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
🗣Havasim kelyapti
🔹Uylanish tashvishida yurgan 25 yashar yigit, tinmay yig‘layotgan 4 yashar bolaga dedi: - "Buncha yig‘laysan, maza qilib ovqatlanib, multfilm ko‘rib yotmaysanmi? Biror o‘yloving bo‘lmasa. Senga havasim kelyapti...".
🔹Maoshini u oydan bu oyga yetkazayotgan 35 yashar erkak, uylanish tashvishida yurgan 25 yashar bo‘ydoqqa dedi: "Buncha siqilasan? Uylanarsanam, joninga ham tegar. Mana, qaragin, ahvolimni. Senga juda havasim kelyapti...".
🔹Biznesi o‘xshamagan va bankrot bo‘lib boshi tashvishdan chiqmayotgan 55 yashar kishi, 35 yasharga dedi: "Boriga shukur qiling. Kam maosh olsangizam, qulog‘iz tinch. Mana, umrim bo‘yi borimni bergan biznesim kasodga uchrab, qulog‘imgacha qarzga botib ketdim. Sizga qanchalik havas qilayotganimni tasavvur ham qilolmaysiz..".
🔹Uning gapini eshitib turgan 70 yashar chol dedi: "Buncha siqilasan? Menga o‘xshab, beling qaqshab, oyog‘ing qaltiramayapti-ku, o‘rningda bo‘lganimda tog‘ni urib, talqon qilardim. Havasimni keltirma...".
🔹Qabrda yotgan marhum ularga qarab nido qildi: "Barchangizga havasim kelyapti, chunki sizda tavba qilish imkoniyati bor. Qani edi menda shunday imkoniyat bo‘lganida edi, butun hayotimni unga fido qilardim...".
➡️ @Ilhom_Rahmatullayev
🇹🇷Antaliyada nashr etiladigan ijodkorlar to‘plamida ijodiy, ilmiy va publistik ijod namunangizni chop qilishga zo‘r imkoniyat!
🔹Biz Turkiyaning mashhur nashriyotida o‘zbek adabiyotining Turkiyadagi targ‘ibotiga bel bog‘ladik. O‘zbek shoir, yozuvchi va havaskor ijodkorlarining to‘plami turk tilida 2024-yilning bahorida chop etilishi kutilmoqda. Ushbu to‘plamdan ijodiy, ilmiy va publististik ijod namunalari o‘rin olishi rejalashtirilgan.
Sizdan quyidagilar talab qilinadi:
Ijodiy ishlarga qo‘yiladigan talablar:
Sizga quyidagilar taqdim etiladi:
"Qishki perevod" natijalari qachon e'lon qilinadi?
"Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom"ning ilovasiga ko'ra, bahorgi semestr bo'yicha (xalq tilida qishki perevod) arizalar natijasi fuqaroga 25-yanvardan 15-fevralgacha muddat oralig'ida ma'lum qilinadi.
Demak "qishki perevod" natijasi e'lon qilinishining so'nggi kuni 15-fevral hisoblanadi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
#abituriyent2024
⚡️Test sinovi baholash mezonlari e’lon qilindi!
🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.
◀️Unga ko‘ra, barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
🟩Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
#yaxshi_kayfiyat
🗣Har bir inson moʻjiza yarata oladi, faqat bunga hafsala va xohish bo‘lsa kifoya.
Moʻjizakor qo‘llarni ko‘ring, zavq oling.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
Prezident farmoni bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini berish tartibiga oʻzgartirish kiritildi.
🔹Endilikda axborot texnologiyalari yoʻnalishida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar ham ushbu mukofot bilan taqdirlanadi. Shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi rahbarlik qiladigan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi jamoatchilik asosida faoliyat olib boradi.
🔹Bundan tashqari, farmonda mukofotni olish uchun talabgorning soʻnggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, taʼlim, fan, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
⚡️Rasman: kollej-texnikumni bitirib OTMga to'g'ridan-to'g'ri 3-kursdan kirish mumkin bo‘ladi
Yangi o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda o‘qitish “Akademik” va “Ishchi kasb” ta’lim komponentlarining uzviyligini ta’minlaydigan yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda:
🔹kollej-texnikumning 1-2-kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘ladi;
🔹texnikumlarda ham “kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan “kreditlar” oliygohlarda tan olinadigan tizim bo‘ladi.
Ya’ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli “kredit” to‘plagan o‘quvchilar “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eng yaxshi investitsiya bu ta’limga kiritilgan investisiyadir.
O‘zbek tilida yozishga qiynalasizmi?
So‘zlarni qanday to‘g‘ri yozishni bilmay qolasizmi? Tahrirchi boti siz yozgan matndagi xatoliklarni topib, to‘g‘rilab beradigan dastur!
Ustiga-ustak, u berilgan matn va fayllarni kirill yoki lotin imlosiga xatosiz o‘tkazib beradi. Asosiysi, ushbu botdan foydalanish mutlaqo bepul!
➡️ Sinab ko‘ring: @tahrirchi_uzbot
🗣Professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi
🔹Professional ta’lim uchun mas’ul idoralar ko‘payib ketgani uchun tizim rivojlanmayapti. Ish beruvchilar va texnikumlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur.
Oliy ta’limda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli e’tibor qaratilmayapti.
Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.
☝️Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.
Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar bo‘yicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
Emotsiyalar to'g'ri tushunasiz...
Qatar 3-zarbani aniq tepolmagach, bo'ldi yutdik deb o'ylagandim, juda alamli bo'ldi...
👏 O'yin ajoyib, kambek ajoyib. Jamoaga rahmat. To'g'ri ular ham yutqazamiz deb maydonga tushmagan, omad ham kelmadi. Taqdir ekan nima ham derdik. Jamoadagi yigitlarga, murabbiyga kattakon rahmat, o'yin uchun, kambeklar uchun... To'liq tarkib bo'lganida, jarohatlar va kartochkalar halaqit qilmaganida Qatarni ko'rdim demay o'tib ketar ekanmiz, afsus nasib qilmabdi...
Penaltini texnikadan ko'ra kuchli zarba bilan tepish kerak edi nazarimda. Shunda darvozabon yo'nalishni topsa ham ulgurmaydi menimcha.
Qisqasi o'yin uchun rahmat, penaltilar seriyasi ustida esa mashg'ulotlarda ko'proq ishlash kerak.
Kommentda nagativlarni bas qilamiz, baribir endi vaqt ortga qaytmaydi, natija o‘zgarmaydi...
Asosiy vaqt tugadi, 2-taymda o'yinni kuchaytirdik. Qatar qo'rqib o'ynayabdi, Xudo xohlasa qo'shimcha vaqtda g'alabani o'zimizniki qilamiz. Omad!
Olg'a O'zbekiston 🇺🇿🇺🇿🇺🇿
⚽️ Bugun futbol kuni! O‘zbekiston Osiyo chempionati chorak finalida Qatar termasiga qarshi maydonga tushadi!
🔹Urganch davlat universiteti va Andijon davlat pedagogika institutida bugungi o‘yin uchun talabalar va ustozlarning tahminiy hisob variantlari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilibdi.
Siz ham o‘z takliflaringizni kommentariyada yozib qoldiring.
🇺🇿Olg‘a O‘zbekiston, qanday hisob bo‘lmasin, bugun g‘alaba bo‘lsa bas!
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🗣“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh oilalarga kvartira ijarasi to‘lab beriladi
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy ijarasi uchun har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Albatta, bunda bir qator talablar mavjud. Jumladan:
🔹er-xotinning har ikkisi o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) bo‘lishi;
🔹mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lmagan, ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar olmagan;
🔹ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar yoki uy-joylar taʼminoti bilan bog‘liq boshqa imtiyozlardan foydalanmagan;
🔹har ikkisi yoki biri "Yoshlar daftari"ga kiritilgan bo‘lishi kerak.
Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun yosh oila vakillari yoshlar ishlari bo‘limiga murojaat qiladi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
📌 Dual professional ta’lim qanday ishlaydi?
Bir vaqtning o‘zida ham o‘qib, ham ishlab pul topish imkonini beruvchi ushbu ta’lim shakli haqida ma’lumot (Germaniya misolida)
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🗣«Titanik»dan 5 barobar katta kema ilk sayohatga chiqdi
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
#rasman
🗣Endi “Tashabbusli byudjet”da bir kishi faqat bir marta ovoz bera oladi.
🔹Endi bir odamning nomida nechta sim-kartasi bo‘lishidan qat’i nazar 1 kishi faqat 1 marta ovoz bera oladi. Masalan, mening nomimda Uzmobayl, Mobiuz, Yucyell va Bilayn raqamlari bor deylik. Shu paytgacha men 4 ta ovoz bera olar edim. Endi esa faqat 1 marta ovoz beraman, keyingi safar boshqa kompaniya raqamidan yana ovoz bermoqchi bo‘lsam, menga rad javobi keladi.
Bu orqali yuzlab sim-karta sotib olib, ovozlar sonini sun’iy ko‘paytirishga chek qo‘yiladi.
🗣Endilikda "5 SKILLS" o’quv markazida Ingliz tilidan «INTERMEDIATE» darajadan 4 ta level'ni 4 oyda tugatasiz va IELTSdan 7 natijaga ega bo’lasiz.
💯Aks holda imtihon uchun sarflagan pulingizni qaytarib olish imkoniyatini qo'lga kiritasiz.
❗️Yoki – Ingliz tilidan «BEGINNER» darajadan 6 ta level'ni 7 oyda tugatib 100% KESHBEKga ega bo'lsangiz bo'ladi.
⬇️Qiziqmi? Unda pastdagi tugmani bosing va ro'yxatdan oting!
Shoshiling bunday imkoniyat har doim ham bo’lavermaydi!
➡️ Ro’yhatdan o’tish
📞 +998(95) 059-95-35
Bizning manzil:
📍Yandex kartadan ko'rish
📍Google kartadan ko'rish
🧾Bizning natijalar⬅️
❓Talaba farzandli bo‘lsa, OTMdan suyunchi puli oladimi?
❌Qisqa javob: yo‘q, bu noto‘g‘ri xabar. Suyunchi puli olish uchun hech qayerga murojaat qilish shartmas, avtomat ravishda ota-onadan birining plastik kartasiga tushadi.
🔹Qonunchilikka ko‘ra, istalgan oilada farzand tug‘ilganda bir martalik nafaqa puli beriladi. Ushbu “suyunchi puli” ota-ona nima ish qilishidan qatʼi nazar barcha fuqarolarga beriladi, xoh davlat ishida, xoh xususiy sektorda ishlasin, xoh ishsiz bo‘lsin, xoh talaba bo‘lsin, farqi yo‘q. Hamma oladi.
Maʼlumot uchun: “suyunchi puli” summasi — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizi deb belgilangan. Yaʼni hozirgi kunda 738 ming 150 so‘mni tashkil etadi.