📃 Qisqa lug'at
📌Abituriyent – urushga otlangan, lekin uning dahshatini hali his qilmagan ko'ngilli;
📌Talaba – nima uchun jang qilayotganini bilmagan askar;
📌Guruh sardori (starsta) – omon qolishni istaganlardan sigaret puli yig'ib, orqa safga qo'yuvchi serjant;
📌Guruh nazoratchisi (kurator) – urush ketayotganini yashirmoqchi bo'lgan musiqachi leytenant;
📌Kafedra mudiri – askarga tanksiz bir ish chiqarolmasligini tushuntiruvchi mayor;
📌Dekan – tanklar yo'nalishini boshqaruvchi polkovnik;
📌Prorektor – qo'lga olingan tanklarni hisobdan chiqaruvchi general
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
🌸 Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar professor-o‘qituvchi va talaba-o‘quvchilar ham ketma-ket 4 kun dam olishadi
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
#chegirma
🌙 Ramazon chegirmasi: «Hilol eBook» dasturida barchasi 2 000 soʻm
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan «Hilol eBook» dasturidagi kitoblarga chegirma eʼlon qilamiz: dasturimizdagi elektron va audiokitoblarning barchasini 2 000 soʻmdan xarid qilishingiz mumkin. 😊
📝 Maʼlumot uchun, «Hilol eBook» dasturiga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov, Hasanxon Yahyo Abdulmajid, Odinaxon Muhammad Yusuf kabi mualliflar qalamiga mansub 400 dan ortiq elektron va audiokitob joylangan.
📖 Ilm oyi boʻlgan Ramazonda kitoblarni chegirmali narxda xarid qiling, mutolaa qiling va tinglang.
Chegirma 25-mart 23:59 gacha amal qiladi.
📱 «Hilol eBook» dasturini yuklab olish
👉 Xarid qilish boʻyicha qoʻllanma
🟢 Yaqinlaringizga ulashing.
🟢 @hiloldasturlari
😅 Mishaaa, chuchvara atmen, 16-dan boshlaymiz (hazil)!
Iqtisodiyot va moliya vazirligining xabar berishicha, “Ochiq budjet” portali ishida yuzaga kelgan texnik nosozliklarni to‘liq bartaraf etish maqsadida ovoz berish jarayonlari vaqtincha to‘xtatiladi va 16-mart soat 00:00 dan boshlab davom ettiriladi.
☝️Bugun ovoz berish to‘xtatilgunga qadar berilgan barcha ovozlar o‘z kuchida qoladi, boshqacha aytganda ovozlar kuyib ketmaydi.
❤TalabaYoshlar – ulashing va obuna bo‘ling!
#talabaga_yengillik
⚡️Ayrim talaba-oʻquvchilar uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-aprelga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.
Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:
✅oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;
✅xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;
✅professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.
Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
#rasmiy_xabar
⚡️Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat oliygohlar talabalari o‘qishi ko‘chirildi
Namangan xalqaro universitetining 6041 nafar va Urganch shahridagi Binari universitetining 173 nafar talabasining arizasiga ko‘ra tegishli nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalarning ro‘yxatlari tegishli nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga yo‘llandi.
Talabalar o‘z tanlovlariga ko‘ra ariza topshirgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida 11-mart sanasidan o‘qishlarini rasman boshlashlari mumkin.
Tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga talabalarning o‘qishini belgilangan tartibda boshlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Ma’lumot uchun, avvalroq “Valley innovative university”ning talabalari ham tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga o‘tkazilgan edi.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi”ga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
🗣10-martdan boshlab mahalla yoshlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start beriladi. 5tashabbus.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirokchiga aylaning.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
❗️16-18 mart — umumxalq xayriya hashari
Bosh vazir farmoyishiga ko‘ra, “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish maqsadida joriy yil 16-18 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
🗣Endi yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlari qoplab beriladi.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
🗣O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi!
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida tahsil olayotgan, namunali ilmiy va ish faoliyatini olib borayotgan Zulfiyachilar tanishing:
🗣Yaqinlaringizni ajoyib, kutilmagan va kreativ sovg‘alar bilan xursand qiling!
🌇 LED RASMLAR
✅CEFR Multilevel uchun 31-kunlik BEPUL darslar
Yusupov Mirzoulug'bek boshchiligidagi ExamHelp jamoasidan Mart oyida 31 kunlik mutlaqo bepul darslar.
⚫️Teachers: IELTS 8.0-8.5 va CEFR C1 70-72 bal
Darslar 1-Martdan boshlanadi! ExamHelp kanaliga a'zo bo'ling 👇
➡️ Examhelp by Mirzoulug'bek
➡️ Examhelp by Mirzoulug'bek
➡️ Examhelp by Mirzoulug'bek
✅ ExamHelpuz - Imtihoningizda yordam beradi
📌 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori: “Sergeliga ko‘chish masalasi oldimizga qo‘yilmagan”
Iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev Kun.uz'ga bergan intervyusida moliya va fiskal institutlari nima uchun iqtisodiyot universitetiga qo‘shib yuborilgani, yangi o‘quv yilidan boshlab talabalar qayerda o‘qishni boshlashi va OTMlarning hozirgi binolari taqdiri nima bo‘lishi haqidagi savollarga javob berdi.
👉 Batafsil maqolani o‘qish
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
⚡️So'rovnoma: Oliy ta’limdagi mutaxassislar eski zamon uslubidan chiqa olishmayapti
Oliy ta’limdagi darslar sifati talabga javob beradimi? Talabalar oliy ta’limdagi darslar sifatiga 5 balldan necha ball beradi? Shu kabi savollar bilan Rost24.uz poytaxtda ta’lim olayotgan talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🗣Talabalar OTMdagi dars jarayonlarida telefon ishlatishi mumkinmi yoki to‘liq taqiqlanganmi?
Talabalarga yuborib qo'ying.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
#Bilasizmi
Oʻqishga kirishda 41 imtiyoz bor
🔠 Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REYESTRI” tasdiqlangan.
Reyestrdan 41 ta imtiyoz turi oʻrin olgan:
↪️1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta);
↪️2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta);
↪️3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta);
↪️4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta);
↪️5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta);
↪️6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).
#qonunchilik_yangiliklari
⚡️Ota-onalarning har qanday yoshdagi farzandlari kontrakti uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-891-son, 28.12.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
✅ Ota-onalar har qanday yoshdagi farzandlarining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishi uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi.
#Bilasizmi
❓ Ijarada yashovchi talabalarga davlat tomonidan qancha miqdorda ijara puli to‘lab beriladi?
📃 Qonunchilikka koʻra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijarada yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovi Davlat byudjeti hisobidan, 60 foizdan ortgan taqdirda OTM mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
✅Bunda:
➖ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (340 ming soʻm), qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan (170 ming soʻmdan) oshmasligi lozim;
➖ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, oʻrnak koʻrsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;
❗️OTM tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara toʻlovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.
❤TalabaYoshlar – ulashing va obuna bo‘ling!
🟥"Tashabbusli byudjet"ning 2024-yilgi 1-mavsumida ovoz berish jarayoni, bugun tunda, aniqrog‘i 13-mart kuni soat 00:00 dan boshlanadi va 1-aprel kuni soat 23:59 gacha davom etadi.
☝️Bu safar ovoz berish yangicha formatda tashkil etiladi, ya'ni bir fuqaroning 3-4 talab telefon raqami bo'lsa ham, faqat bittasidan ovoz berishi mumkin bo'ladi.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
❓Eng katta raqamlar nomlarini bilasizmi?
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
📌 “Yopilayotgan nodavlat OTM talabalari o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha maxsus komissiya qarorini kutyapmiz” – Vazirlik
Lisenziyasi bekor qilinayotgan oliygoh talabalari o‘qishini boshqa nodavlat OTMga imtihonsiz, davlat oliygohiga esa imtihon bilan ko‘chira oladi. Yurisprudensiya yo‘nalishidagi talabalar Kasaba uyushmalari akademiyasida o‘qishi mumkin. Qonunchilikda litsenziyasi bekor bo‘lgan OTM talabalari o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha alohida holat ko‘rsatilmagani uchun maxsus komissiya qarori chiqishi kutilyapti.
👉 Batafsil maqolani o‘qish
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
🗣Musulmonlar idorasi 2024 -yil uchun rasmiy Ramazon taqvimi hamda zakot, fitr sadaqasi va fidya miqdori e’lon qildi
Taqvimda saharlik va iftorlikning Toshkent shahri bo‘yicha vaqtlari keltirilgan.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
🔹Hukumat qarori bilan 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab Raqamli texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda O‘zbekiston milliy universitetida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
☝️Shuningdek, nazariyani amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish yo‘nalishida 3-4-o‘quv kurslari talabalari ichki ishlar va prokuratura organlarida o‘quv rejalarida belgilangan muddatlarda amaliyot (stajirovka) o‘tashi tashkil etiladi.
🟥Bundan tashqari, universitetlarni raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olishga doir mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘qishni tamomlagan talabalar huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi xizmatga belgilangan maxsus tartiblar va talablar asosida qabul qilinadi.
❤TalabaYoshlar – Talaba-yoshlarga ulashing!
🗣Ramazon oyining birinchi kuni 11-mart, dushanba kuniga to‘g‘ri keladi
🔹O‘tgan haftada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy davlatlar Fatvo hay’atlarining onlayn majlisi bo‘lib o‘tdi.
🟢Yig‘ilishda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon oyi hilolini kuzatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, falakiy hisob-kitoblar, astronomik ma’lumotlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil ko‘rib chiqildi.
🔭 Turkiy davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga tayangan holda falakiy hisob-kitob va astronomik kuzatuvlarni e’tiborga olib, hijriy 1445-yil Ramazon oyining birinchi kuni milodiy 2024-yil 11-mart, dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida yakdil fikrga keldilar.
Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati xabar berdi.
❤TalabaYoshlar – Barchagan ulashing!
🛫 Uzbekistan Airways Navroʻz bayrami munosabati bilan chegirma eʼlon qildi
🔹Tarifdan 30 foiz chegirma asosida taqdim etiladigan aviachiptalarni bugundan, yaʼni 1-martdan boshlab 24-mart kuniga qadar xarid qilish mumkin.
🔵Taqdim qilinadigan chegirmalar faqat 21-martdan – 24-mart kuniga qadar amalga oshiriladigan mahalliy yoʻnalishlardagi aviaqatnovlar uchun qoʻllanadi.
Maʼlumot uchun, chegirmalar nafaqat yurtdoshlarimiz, balki chet el fuqarolari uchun ham amal qiladi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🚇 Toshkent shahriga to’rt vagonli yangi 3 ta zamonaviy metro harakat tarkiblari olib kelindi.
Ular asosan, "Yunusobod" va "Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishlari"da harakatga chiqarilishi ko'zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, 2024-yil may oyi so’nggiga qadar bosqichma-bosqich yana 8 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🗣O‘zbekistonning jamoatchilik fikri yetakchilari Top-40 reytingi e’lon qilindi
🔹“Yuksalish” harakati hamda Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti tomonidan tuzilgan reytingga milliy kontent yaratishga hissasini qo‘shib kelayotgan jurnalistlar, blogerlar, huquqshunoslar, iqtisodchilar-u siyosatchilar va boshqa jamoatchilik faollari kiritilgan.
🔹Reytingni tuzishda dastlab davlat idoralari, siyosiy va ilmiy doiralar, ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida onlayn so‘rov o‘tkazilgan va keyin ekspertlar tomonidan saralangan.
Reytingga kiritilganlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari obunachilari soni 20 mlndan ziyod (unikal foydalanuvchilar 7-7,5 mln), e’lon qilgan materiallarining oylik qamrovi 45 milliondan oshadi.
Siz ushbu roʻyxatga yana kimlarni kiritgan boʻlar edingiz?
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🔥Nodirbek Abdusattorov shaxmat tarixiga kirmoqda!
🇺🇿Nodirbek o‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida yangi rekordni o‘rnatdi va dunyoda reytingi eng yuqori bo’lgan TOP-10 o’yinchilar qatoridan joy oldi.
⚡️U “Praga shaxmat festivali 2024” 1-turida gʻalaba qozongan holda, reytingda 5 karra jahon chempioni Vishvanatand Anandni ortda qoldirib, dunyo shaxmat live reyting jadvalida top-10 likka koʻtarildi.
❤TalabaYoshlar – Talabalarga ulashing!
🗣Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati maktab direktorlariga chaqiriq tashladi: «Hammaga 300 million so‘m beraman»
Toshkent viloyatida «Telefonsiz maktab» tashabbusi ilgari surildi.
O‘qituvchilar va o‘quvchilar telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti beriladi.
#talaba_hikoyasi
🔹Men bir viloyatlik oddiy ishchining farzandiman va men boy oilada katta bo‘lmaganman. Bolaligim o‘ta qiyinchilikda o‘tgan deya olmayman, lekin yetarlicha qiyinchiliklarni ko‘rganman. Xullas men universitetda joriy qilingan Davlat stipendiyalariga harakat qilayotgan edim. Nizom bo’yicha baholar a’lo bo’lishi kerak edi. Bitta fandan sessiya bahoyim qoniqarli chiqdi, ya’ni 3 baho. Shunda ustoz bilan ko‘rishib stipendiyaga qattiq harakat qilayotganim va bu yo‘lni deyarli 80-90 foizini (40 dan ortiq ilmiy maqolalar yozganman, kechalari uyqu bilmaganman) bosib o‘tganimni aytdim. Ustozga bahoyimni ko‘tarib berishini so‘rab iltimos qildim. (Vaholanki, yozma ishimni qaytadan ko’rib xato yozmaganimni isbotlab bergan edim). Ammo ustoz o‘zining fikridam qaytmadi va bahoyimni ko‘tarib berishga rozi bo‘lmadi. Shuningdek, ustoz gapining oxirida menga “Siz stipendiyani olish uchun pul berib gaplashib qo‘ygansiz” deb aytdi. Men esa ustozdan nahotki, shu narsani o‘ylayotganini so‘radim va xonasidan chiqib ketdim. Ushbu fandan esa bahoyim 3 bo‘lib qoldi.
🔹Menda esa bo‘ldi tamom tugadi hammasi degan o‘ylar tinchlik bermadi. Uch kun o‘zimga kela olmadim, chunki juda ham ko‘p qiynalgan edim. Ammo ilmiy rahbarim menga hujjatlarimni topshiraverishimni aytdi. Men umidsizlik bilan topshirdim. Omad kelsa hammasi yaxshi bo‘larkan. Harakat qilganga beradi degani bejiz emas ekan.
Mening baxtimga kredit-modul tizimida foizlar hisoblandi va mening ko‘rsatkichim olgan past bahoyimni yopib ketdi. Men esa Davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldim.