#tayinlov
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan 2024-yil iyun oyida:
↪️Oybek Abdimo‘minovich Ro‘ziyev – Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori;
↪️Muxiddin Baxritdinovich Kalonov – Navoiy davlat pedagogika instituti rektori;
↪️Bahodirov Azizbek Abdulazizovich – Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori;
↪️Akbaraliyev Baxtiyorjon Bakirovich – Andijon davlat universiteti rektori;
↪️Ne’matov Sherzod Qalandarovich – Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori;
↪️Xoliqov Bahodir Aliqulovich – Samarqand davlat chet tillar instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling
✅✅✅📣📣📣
ТАДБИРКОРЛАР ДИҚҚАТИГА!
👍Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси Германия халқаро ҳамкорлик жамияти (ГИЗ) билан биргаликда Иқтисодиёт ва иқлимни муҳофаза қилиш федерал вазирлигининг, Ўзбекистон билан немис менежерларини тайёрлаш бўйича "Partnering in business with Germany" дастурида иштирок этиш учун танлов эълон қилади.
▶️Дастурдан кўзланган мақсад Ўзбекистондаги компанияларнинг раҳбарларини Германия билан савдо-иқтисодий ҳамкорликни йўлга қўйишга тайёрлаш, шунингдек, халқаро менежмент ва халқаро бизнес соҳасида бошқарув ваколатлари ва малакаларини оширишдан иборат.
Дастурнинг асосий йўналишлари:
♦️Хом ашё саноатида иқтисодий ҳамкорлик (10.07 -13.09)
♦️Озиқ-овқат ва Smart-Farming саноатида иқтисодий ҳамкорлик
(15.08 18.10)
Номзодга қўйиладиган асосий талаблар:
🔹раҳбарлик лавозимида ишлаши
🔹олий маълумотга эга бўлиш
🔹инглиз тилини билиш
🔹германия бозорига эҳтиёжи мавжудлиги.
📆Дастурнинг давомийлиги 8 ҳафта:
6 ҳафта онлайн тренинг, 2 ҳафта Германияда амалиёт ўтказилади (Германия Иқтисодиёт ва иқлимни муҳофаза қилиш федерал вазирлиги томонидан молиялаштирилади).
📥Резюмелар жорий йилнинг 25-июнига қадар investment@chamber.uz электрон почтаси орқали юборилиши сўралади.
‼️Номзодлар танлов асосида саралаб олинади.
☎️Қўшимча малумот учун: +998900002662 Ойбек
Qurbon hayiti 16-iyun kuni nishonlanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
🌙Qarorga ko‘ra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, mas’ul vazirlik va idoralarga muborak Qurbon hayitini xalq milliy an’ana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yurtdoshlar uchun muborak Qurbon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.
🔗 https://islom.uz/maqola/22286
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling+
#final2024 #taqdirlash
🗣“Talabalar teatr studiyalari” hamda “Munozara” respublika tanlovlari final bosqichi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi!
🏛 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Samarqand shahrida 5-6-7-iyun kunlari tashkil etilgan respublika tanlovlarining yakuniy final bosqichi yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘olib va sovrindorlari bugun Yoshlar markazi zalida tantanali taqdirlandi.
🎭“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovida quyidagi jamoalar yuqori o‘rinlarni egalladi:
Tanlov g‘oliblari mos ravishda I, II va III darajali diplom, maxsus statuetka va 1-o‘rin 70 mln. so‘m, 2-o‘rin 50 mln. so‘m va 3-o‘rin 30 mln. so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
✔️“Munozara” Respublika turnirida quyidagi jamoalar yuqori o‘rinlarni egalladi:
Turnir g‘oliblari I, II va III darajali diplom va 1-o‘rin 30 mln. so‘m, 2-o‘rin 20 mln. so‘m va 3-o‘rin 15 mln. so‘m pul mukofoti va hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Kimnidir koʻndirish yoki ishontirishga toʻgʻri keladimi? Unda bu kitob sizga yordam beradi💯
Xalqaro ekspert Grant Kardonning “Savdo sanʼati” kitobi ilk bor oʻzbek tilida nashr qilindi. Bu kitob sotish tamoyillari, ishontirish yoki koʻndirish usullarini keltiradi. Kitob tovar, xizmat yoki gʻoyani sotishni, ikkinchi tomon ogʻriqlarini oʻrganib, muammolariga yechim berishni oʻrgatadi.
“Savdo sanʼati” kitobida savdodan tashqari muvaffaqiyatli kun tartibini tuzish, to‘g‘ri maqsad qoʻyish, ish va oilada ajoyib natijalarga erishish borasida soʻz yuritiladi.
Siz ham kitobni o‘qing va doim “Ha” javobini oling: asaxiy.uz/u/6656cde4351e5
🔍 Tajribali FRILANSER izlayapsizmi?
LOYIHA OVLOVCHI sahifasi orqali barcha zamonaviy xizmatlarni (Grafik dizayner, marketolog, dasturchi, kopirayter, animator vahokazo) taklif qilayotgan frilanserlar bilan bog'lanishingiz mumkin.
👉🏻 Hoziroq Obuna Bo'ling: @loyihaovlovchi
Frilanser sifatida profilingizni joylashtirish uchun murojaat qiling: @BoshRais
ITga qiziqadiganlar uchun Javohir Amazon va Bloomberg kompaniyalariga qanday o’tgani hamda tajribalari haqida yozib boradi.
Javohirni blogiga qo'shilib, kuzatib borishni tavsiya qilaman. Muvaffaqiyatga eltuvchi insaydlar mana shu kanalda:
👉 /channel/javokhir_notes/80
🔔 Maktab davrini sog'inganlar uchun "So'nggi qo'ngiroq"!
🎶 Ravshan Sobirov & Setora - Xayr maktabim
Maktab davrlarini sog'inganlar bormi? Maktabdagi qiziqarli voqealarni, esda qolarli holatlar bo'lsa, komentda yozib qoldiring. Bir maktab davrlarini eslaylik...
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling
Qachonlardir Oʻzbekistondagi OTMga kira olmagan talaba Harvardda fan doktori ilmiy darajasini oldi
Iqtisodchi, doktorant Botir Qobilov Harvard universitetida fan doktorligini himoya qilgan birinchi oʻzbekistonlik boʻldi.
Maʼlumot uchun, u oʻz faoliyati davomida Oʻzbekiston Markaziy bankida yetakchi iqtisodchi lavozimida ham ishlagan.
“Chet elda, AQShda magistraturani oʻqiganman, hozir doktorlik ishimni yoqlayapman. Singapurda emas, Toshkentdagi Singapur menejment institutida oʻqiganman. Oʻzbekistonda davlat universitetida oʻqimaganimning sababi 1-avgustdagi imtihondan oʻta olmaganman. Buning oqibatida hozir yopilib ketgan xalqaro biznes maktabi – Kelajak ilmi degan nodavlat ilmiy majmuasiga kirganman va Singapur institutiga oʻqishni koʻchirganman. Oʻqishimning trayektoriyasi keyin meni Amerikaga olib keldi. Baʼzilar “shu paytgacha qanaqa yutugʻing bor”, deb soʻrashadi va yutugʻimni Harvardda oʻqiyotganim deb bilishadi. Lekin men eng katta yutugʻim 1 avgustda imtihondan oʻta olmaganim, deb bilaman. Chunki oʻsha imtihondan oʻtib davlat universitetiga kirganimda balki hozirgi oʻrnimda boʻlmasdim”,
“Kirolmaganim sababi ham kulgili: hozirgacha ham bu muammo boʻlsa kerak, yaʼni test – talabalarni saralash tizimi, menimcha, juda ham yaxshi ishlamaydi. Chunki maktabni bitirayotgan abituriyent bilan universitet orasida katta boʻshliq bor. Yaʼni maktablar universitetga talabalarni tayyorlamayapti. Maktabda olingan bilim oʻqishga kirishga yetarli emas. Hamma qatori men ham qancha-qancha pul sarflab repetitorlarga borganman, shu narsaning oʻzini muammo deb bilaman”,degan edi u oʻshanda.
Magistraturaga kirishda chet tili sertifikati boʻyicha yengilliklar berildi
↪️Jumladan, taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi.
↪️Soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, sanʼat, sport, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xoʻjaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yoʻnalishlari boʻyicha sertifikat talabi bir pogʻonaga, yaʼni B1 darajasiga tushiriladi.
➡️Ammo sertifikat talabi xorijiy tillar yoʻnalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yoʻnalishlarida B2 darajada saqlanadi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
Bugun Toshkentdagi barcha muzeylarga kirish bepul
Biz sizga shahardagi eng ko‘rkam 5 ta muzeyga borishni taklif qilamiz.
💥Bugun, 11 may – oshqozon bayrami, xohlagan narsani yeyish kuni ekan!
Bugungi kunda har bir kishi o‘zining sevimli taomlari bilan "oshqozonini to‘ydirish" huquqiga ega, bu juda ko‘p kaloriyalarni o‘z ichiga olishi mumkin va juda sog‘lom emas.
Hurmatli talabalar, bugungi kun bilan oshqozoningizni tabriklab, uni xursand qiling. Talabalik – oltin davr, faqat buni o‘qishni bitirgach anglab yetasiz. Bugun kursdoshlar bilan yig‘ilishga Oshqozon bayrami shunchaki bir yaxshi bahona, nima dedinglar...
📌Talabalari xorijda o‘qiyotgan davlatlar orasida O‘zbekiston 5-o‘rinda qayd etildi
O‘zbekistonning qariyb 110 ming talabasi chet elda tahsil olyapti. Dunyo miqyosida oxirgi 20 yilda o‘qish uchun xorijga ketganlar soni 2,2 milliondan 6,39 millionga yetgan.
Maʼlumotga koʻra, eng koʻp talabani oʻz bagʻrida jamlagan davlat AQSh boʻlgan. Bu davlatga 2021-yilda 833 ming nafar xorij talabasi oʻqish uchun borgan.
Quyida 5 ta eng koʻp xorij talabalarini qabul qilgan davlatlar keltirilgan:
1) AQSh – 833 ming nafar;
2) Buyuk Britaniya – 601 ming nafar;
3) Avstraliya – taxminan 378 ming nafar;
4) Germaniya – 376 ming nafar;
5) Kanada – 318 ming nafar.
1 daqiqada birgina telefon orqali slayd tayyorlatishni istaysizmi?
▪️ Oʻzbekistonda ilk bor 1 daqiqada ajoyib dizaynda slayd tayyorlab beruvchi bot yaratildi.
▪️ Hoziroq start bosing, foydalaning, baholaringiz doimo 5 boʻlsin😉
▫️ Linkni bossangiz kifoya: @Slaydrobot
#raqamlashtirish #talabaga_qulaylik
HEMIS tizimida talabalar uchun qanday qulayliklar bor❓
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
#brifing
⚡️ Yangi oʻquv yili uchun oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul jarayonlaridagi yangiliklar va oʻzgarishlar
🌙Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz necha kun dam olishadi?
❗️Qurbon hayiti kuni hijriy taqvim bo'yicha zulhijja oyining o'ninchi sanasi, joriy yilda 16-iyun yoki 17-iyunga to'g'ri kelishi kutilmoqda.
Hayit 16-iyunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunlari quyidagicha boʻladi:
Endi OTMda kim grant yutsa, stipendiyani ham oʻsha oladi
25-may kuni Prezidentning “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi.
❗️Hujjatga koʻra, birinchi yilda grantga kirgan talaba ikkinchi yili yillik baholari qoniqarsiz boʻlsa, kontraktga tushib ketadi.
☑️Farmonda yozilishicha, taʼlim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat toʻliq taʼlim grantini yutgan talabalarga toʻlanadi.
↪️Yaʼni, birinchi yilda grantga kirgan talaba OTM da “tekin” oʻqiydi va stipendiya oladi. Keyingi oʻquv yilida agar u kontraktga tushib ketsa, davlat hisobidan stipendiya olmaydi. Agar kontraktni stipendiyali qilib toʻlsa, unda oladigan stipendiyasi oʻzi toʻlagan pul hisobidan boʻladi.
↪️Shu hisobda, ikkinchi va undan yuqori kurslar mobaynida 1 yillik grant yutgan talabalar ham shunday imtiyozga ega boʻladi. Yaʼni, 1 yil mobaynida “tekin” oʻqiydi va davlat hisobidan stipendiya oladi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling
#Qonunchilik_yangiliklari
⚡️2024/2025-o‘quv yili qabuli 5-iyundan boshlanadi
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi.
Bunda:
🚩 abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
🚩 davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2️⃣ bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi (bunda ...);
📌o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi;
2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.
Shuningdek, kollej va texnikumlar qabulida abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydilar.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling
⚡️Oliy taʼlim muassasalari talabalarni ragʻbatlantirish uchun toʻlovlardan daromad soligʻi ushlab qoladimi?
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling
🗣Mana shu daqiqalar, beg'ubor bolalik onlari mana bugun yana kimlar uchundir yakunlandi. Bir umr esda qolarlik xotiralar, sho'xlik, do'stlik, ilk sevgini his qilgan onlar...
Maktab davringizdan eng esda qolarli xotirani kommentga yozib keting...
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling
#reklama
Botda qolib ketgan Notcoinlarni sotish vaqti keldi🪙
Walletdagi, Tonkeeperdagi va Stake qilinganlarni ham olinadi 💎
Har 1000 tasi 35 ming so'mdan. Ko'proq yoki kamroq bo'lsa kelishilinadi🤝
*Eng asosiysi hammasi ishonchli & sifatli va tez 💯
Lichka: @ef_admin ✅
Spamlar: @efopen 🚀
Nodirbek Sayfullayev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
Mehnat faoliyati davomida “O‘zbekteatr” birlashmasi bosh direktori o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi, sho‘ba mudiri, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar Prezident Administratsiyasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish sho‘basi mudiri vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
Bu kitobni o'qisangiz, muammolarga ko'z yumasiz
Jamiyatimizda kitobxonlikning keng targ'iboti uchun "Abadiyat" loyihasini qarshi oling! Loyihada turli insonlardan qahramonlar tanlab olinadi va kitob taqdim qilinadi.
Loyiha davomida yigitlar o'zlari uchun ko'p narsani isbotladilar, biri ota-onasini xursand qilishni, ikkinchisi esa onasining qarzlarini uzishni maqsad qildi.
Batafsil YouTubeda tomosha qiling.
👉 https://youtu.be/1w7NtRtbuik
@abadiyat_uz
Operator qiz kerak
📌 Manzil: Yunusobod tumani Yunusobod metrodan 5 daqiqalik yo’l.
— Kompaniya: Oziq-ovqat sanoati uyushmasi
— Ish turi: offline. Toshkent shahri
— Talablar: Sotuv sohasida kamida 1 yil tajribaga ega bo’lishi kerak! Rus tilida erkin so’zlasha olishi, kompaniya qadriyatlariga amal qilishi, ofis dasturlaridan bemalol foydalana olishi! Berilgan bilimlarni tezda o’zlashtira olishi kerak
— Maosh: 2 – 8 mln so’m
— Ish vaqti: 9:00 – 18:00
— Murojaat uchun: @ufia_uz
— Telefon: +998997232111
📌 Tug‘iliboq universitetga borayotgan bolalar
Namanganlik Muhammadyusuf dunyoga kelganiga 8 oy bo‘ldi. U tug‘ilganidan 3 oy o‘tib ilk bor OTM binosiga kelgan, chunki onasi – Namangan davlat universiteti sirtqi ta’lim talabasi. Kun.uz qisqa videolavhada oliygohda o‘qiyotgan talaba-onalar haqida hikoya qiladi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
📌 Endi kontraktga kirgan talaba 2-kursdan grantga o‘tishi mumkin, grantga kirgani esa kontraktga tushib qolishi mumkin
Oliy ta’limda o‘zgarish: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga berilmaydi — grantlar har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi
Bundan tashqari, yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.
❤TalabaYoshlar – Ulashing va obuna bo‘ling!
A’lochi talabalar grant asosida o‘qiydi. Endi davlat granti bir talaba uchun 4 yilga berilmaydi
Oliy ma’lumot har bir insonga jamiyatda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lish imkonini bersa, davlatga bilimlilarni tanlab olish, qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy, iqtisodiy, muhandislik va texnologik sohalarni ilmiy-institutsional qamrab olishga, pirovardida, inson kapitalini samarali yo‘naltirishga xizmat qiladi.
📌Endi kontraktga kirgan talaba 2-kursdan grantga o‘tishi mumkin, grantga kirgani esa kontraktga tushib qolishi mumkin
Oliy ta’limda o‘zgarish: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga berilmaydi — grantlar har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi