Таълим янгиликлари Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring. Respublika, viloyat, tuman va shahar darajadagi tadbirlar joylashtirish mumkin.
📰📰📰📰📰📰📰
🇺🇿🇨🇳 O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar tobora rivojlanmoqda.
📍O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahriga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.
⏺Tashrif davomida Xeilongjang milliy professional instituti rektori boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🫥Mazkur uchrashuv doirasida O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti hamda Xeilongjang milliy professional instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida hamkorlikda “O‘ZBEK-XITOY madaniyati va ijod markazi”ni tashkil etish masalasi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
✅✅✅✅
#Биринчи_қўнғироқ
Vazir “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi
🔴 Bugun yurtimizning barcha umumta’lim maskanlarida 2025-2026-o‘quv yilining birinchi dars soatlari boshlandi.
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova poytaxtimizdagi 273-umumta’lim maktabida o'tkazilgan “Birinchi qo‘g‘iroq” tadbirda qatnashdi va o‘quvchilarni samimiy tabrikladi.
➖ Shuningdek, yangi o’quv yilida kutilayotgan yangiliklar va sohadagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi.
Ma’lumot o’rnida: 2025-2026-o’quv yilida 10 mingdan ortiq maktablarga 720 mingdan ortiq o’g’il-qizlar 1-sinfga qabul qilindi.
#shukuh
🔔BIRINCHI QO‘NG‘IROQ
📍Bekobod shahar: Yangi bilimlar sari ilk qadam!
😊2025-yil 2-sentyabr kuni Bekobod shahar 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
✨ Tantanali tadbirda Bekobod shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Q.Safarov, xalq deputati G.Sharipova, DXSH bo‘yicha bosh mutaxassis G.Xoliqulova, “Metallurg” MFY raisi H.Berdiqulov hamda ota-onalar ishtirok etishdi.
📍 So‘zga chiqqan mehmonlar mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar haqida so‘z yuritib, yoshlarga bilim olish va yurt ravnaqiga hissa qo‘shishda kuch-g‘ayrat tilashdi.
📖 Tadbir so‘ngida esa o‘quvchilar uchun ilk “Mustaqillik darsi - Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi.
🇺🇿 Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilarimizga omad va yuksak marralarni nasib etsin!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤Telegram | 🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирокида Шанхай ҳамкорлик ташкилотининг Тяньцзинь саммити ўз ишини бошлади.
—
Начал свою работу Тяньцзиньский саммит Шанхайской организации сотрудничества с участием Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#TABRIK
Hurmatli ustozlar, ta’lim fidoiylari, qadrli hamkasblar!
Sizlarni eng ulug‘ va aziz bayramimiz – O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yillik shodiyonasi bilan chin yurakdan tabriklayman.
Yangi O‘zbekistonda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning oqilona va uzoqni ko‘ra oladigan siyosati tufayli o‘zbek xalqining qalbi o‘z yurtining porloq kelajagiga, zaminimizda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikka umid va ishonch hissi bilan to‘ldi.
O‘zbekiston nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki qurilish, madaniyat, sport, ta’lim va boshqa sohalarda katta natijalarga erishmokda.
Jumladan, ta’lim sohasida misli ko‘rilmagan ishlar qilindi. O‘qituvchi-murabbiylar mehnati qadr topdi. Yuzlab dunyo standartlariga javob beradigan maktablar, ta’lim maskanlari barpo etilmokda.
Mana shu shukuhli damlarda har qanday sharoitda ham o‘z kasbiga sodiq qolib, yosh avlodimizga ilm-fan asoslarini o‘rgatib kelayotgan hurmatli muallim va murabbiylarni, xalq salomatligi yo‘lida o‘zini ayamasdan xizmat qilayotgan jonkuyar shifokorlarni, el-yurt dasturxonini yanada to‘kin qilish uchun dalalarimizda fidokorona mehnat qilayotgan mirishkor dehqon va fermerlarimizni, ona yurtimiz qalqonlari bo‘lgan jasur harbiylarimizni, iqtisodiyotimiz rivoji, xalqimiz farovonligini oshirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan tadbirkorlarimizni, o‘zining dastlabki yutuqlari bilan barchamizni xursand qilayotgan azmu shijoatli yoshlarimizni, qalb to‘la mehri, ulug‘ fazilatlari bilan xonadonlarimiz ustuni bo‘lib kelayotgan hurmatli opa-singillarimizni, har bir ishda duogo‘y bo‘lib, bizga Yaratgandan kuch va madad tilab turgan muhtaram otaxon va onaxonlarimizni, dunyoning qaysi o‘lkasida bo‘lsa ham, O‘zbekiston sog‘inchi bilan yashayotgan aziz vatandoshlarimizni, bir so‘z bilan aytganda, barchani - butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Ona Vatanimiz O‘zbekiston gullab-yashnasin, quyoshli osmonimiz ostida tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik va farovonlik hukm sursin, hayotingizning har bir kuni quvonch va muhabbatga to‘lsin! Bayramingiz muborak bulsin!
Shukur Burxonov
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤Telegram | 🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Президент Шавкат Мирзиёев рафиқаси билан бирга Хитойнинг Тяньцзинь шаҳрига келди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл в город Тяньцзинь Китая.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Boʻlgʻusi Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sinolar
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda hurmatli Prezidentimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalaridagi natijalarga alohida to‘xtalib o‘tdilar va yurtimiz sharafini himoya qilgan ilm-fan yulduzlarini buyuk ajdodlarimizga qiyosladilar.
“Shu yilning o‘zida yoshlarimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida 2 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Biz MDH mamlakatlari o‘rtasida kimyodan – ikkinchi, matematika va iqtisodiyotda – uchinchi, IT va geografiya bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinlarni egallagan o‘g‘il-qizlarimiz timsolida bo‘lg‘usi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolarni ko‘ramiz.
Saflari tobora kengayib borayotgan bunday intiluvchan, iste’dodli yoshlar – Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi, g‘ururimiz timsolidir”, deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.
Ukalarim va singillarim, bu katta mas’uliyat ekanligini his etyapsiz, deb o‘ylayman. Davlatimiz, xalqimiz va prezidentimiz ishonchini oqlash uchun ilm-fan yo‘lida mehnat qilishdan aslo to‘xtamang!
@hilola_umarova
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Мустақиллик байрамидаги нутқидан:
“Футбол бўйича миллий терма жамоамиз мамлакатимиз тарихида илк бор жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритиб, кўп йиллик орзу-умидимизни рўёбга чиқарди”.
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Мустақиллик байрамидаги нутқидан:
“Сўнгги саккиз йилда хусусий сектор билан бирга боғчалардаги ўринларни 2,5 миллионга, қамровни 78 фоизга етказдик. Янги мактаблар қурганимиз, борларини кенгайтирганимиз ҳисобига қўшимча 1 миллионта ўқувчи ўрни яратилди”.
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Мактабгача_таълим
✅ Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi 14-DMTTga PRESS-TUR tashkil etildi.
Unda bog‘chada yaratilgan sharoitlar, bolajonlarga erta yoshdan boshlab kasb-hunar sirlarini o‘rgatish jarayonlari namoyish qilindi.
Bizni kuzating
Хайр боғчам салом мактаб!
Айни пайтда мактабгача таълим муассасаларида “Хайр боғчам, салом мактаб!» тадбирлари бўлиб ўтмоқда. Ана шундай тадбирлардан бири Янгийўл тумани мактабгача таълим муассасасининг бирида "Моҳинурбегим" номидаги ОНМТТда кўтаринки кайфиятда ўтказилди.
Таълим муассасасида ҳам 7 ёшга тўлиб, жорий йилда мактаб таълимига чиқадиган болажонлар учун боғча билан хайрлашув тадбири бўлиб ўтди.
"Хайр боғча, салом мактаб!” тадбирида турли викторина ўйинлари, спорт мусобақалари ўтказилиб, ғолиблар рағбатлантирилди. Болалар ижросида Ватанни мадҳ этувчи шеър-қўшиқлар, мақол ва ҳикматли сўзлар, турли саҳна кўринишлари барчага қувонч улашди.
"Моҳинурбегим" номидаги ОНМТТи тадбиридан фото лавҳалар
Янгийўл тумани ММТБ
#Sayyor_qabul
Xalq bilan faol va ochiq muloqotda ko‘plab masalalarga yechim topildi
Viloyati hokimi Zoyir Mirzayev rahbarligida "Qumovul" hududida viloyat Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.
8 soatdan ortiq davom etgan mazkur qabulda 263 nafar fuqaroning turli muammolari o‘rganildi. Murojaatlar asosan ish bilan ta’minlash, uy-joy, kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash va boshqa dolzarb masalalarni qamrab oldi.
Shu yerning o‘zida 50 ga yaqin fuqaroning muammolari joyida hal etildi. Shuningdek, huquqiy tushuntirish va maslahat talab etilgan masalalar bo‘yicha aniq va qonuniy izohlar berildi. Muayyan muddat va batafsil o‘rganishni talab etuvchi murojaatlar yuzasidan esa mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐Instagram✅Facebook🕊Twitter
Ўзбекистон дунёга кенг очилганидан сўнг хорижий сайёҳлар сони ўтган йили 10 миллион кишидан, туризм хизматлари экспорти эса 3 миллиард доллардан ошди.
Тарихимиз, миллий ўзлигимизни тиклаш мақсадида бунёд этилаётган Ислом цивилизацияси маркази, Самарқанддаги Имом Бухорий зиёратгоҳи каби улкан ва ноёб мажмуаларда қурилиш ва ободонлаштириш ишлари якунига етмоқда.
“Ишончим комил, халқимизнинг маънавий салоҳиятига ҳар томонлама муносиб бўлган бундай бетакрор обидалар аҳолимиз ва жаҳон жамоатчилиги учун янги ва жозибадор масканларга айланади.
Бу мажмуалар тадбиркорларимизга сайёҳларни янада кўпроқ жалб қилишда қўшимча имкониятлар эшигини очади.
Яна бир мақсадимиз – ҳалол ишлаган тадбиркорларни қўллаб-қувватлаш, уларга имкониятларни кўпайтиришдан иборат.
Шу сабабли “Ҳалол меҳнат – хотиржам ҳаёт ва фаровон жамият гарови” деган шиор асосида “яширин” иқтисодиётни жиловлаш бўйича муҳим чора-тадбирларни амалга оширмоқдамиз”,
Давлатимиз раҳбари Янги Ўзбекистонда тадбиркорлик иқтисодиётни ҳаракатга келтирувчи, олдинга бошловчи катта кучга айланганини таъкидлади.
Кейинги саккиз йилда ялпи ички маҳсулотимиз 2 карра ошиб, ўтган йили 115 миллиард долларга, экспорт ҳажми 26 миллиард долларга етди. Йил якуни билан ялпи ички маҳсулотимиз 130 миллиард доллар бўлади.
Олтин-валюта захираларимиз тарихимизда илк бор 48 миллиард доллардан ошди. Ўтган саккиз йилда юртимизга қарийб 130 миллиард доллар хорижий инвестициялар кириб келди.
Буларнинг барчаси ислоҳотлар самараси, тараққиётимизнинг мустаҳкам кафолати, нуфузли молия институтлари ва хорижий компанияларнинг юксак ишончи туфайлидир.
Facebook|Instagram|X
#shukuh
🔔BIRINCHI QO‘NG‘IROQ
📍Chinoz_tumani
😊Maktab — inson hayotida o‘ziga xos o‘rin egallovchi, uning bilimli, tarbiyali kamol topishida poydevor bo‘lib xizmat qiluvchi ziyo maskani.
📝Bugun Chinoz tumanidagi barcha maktablarda "Birinchi qo‘ng‘iroq" sadolari yangradi...
🔔 "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida tashkil etilgan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirida maktabining 1-sinfiga qabul qilingan bolajonlarni bugungi unutilmas kun, maktab jamoalari yangi o‘quv yili oldidan o'zlariga ustuvor vazifalarni belgilab olishdi.
@talimda
#birinchi_qoʼngʼiroq
📍Qibray tumani
📝Tuman hokimi o‘quvchi yoshlarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, birinchi sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarini topshirdi
🟠Qibray tuman hokimi Muzaffar Rashidov “Yonariq” mahallasida joylashgan 32-umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.
➖Tuman hokimi ustoz va murabbiylar hamda o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabriklab, ularga samimiy tilaklarini bildirdi.
◀️Shuningdek, maktabga ilk bor qadam qo‘ygan bolajonlarga Prezident sovg‘alarini topshirib, kelgusida barkamol va yetuk yosh avlod bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.
🔴Ma'lumot uchun, joriy yil tumanda 2 ming 580 nafar bolalar birinchi sinfga qadam qo‘ydi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤Telegram | 🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
#shukuh
🔔BIRINCHI QO‘NG‘IROQ
🇺🇿Piskentda yangi o‘quv yili tantanali boshlandi
😊Bugun erta tongdan Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov tumandagi 6-umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi 2025/2026-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
🎉Tantanali marosimda hokim ustoz va murabbiylarni, ota-onalar hamda bilim olishga qadam qo‘ygan o‘quvchilarni qutlab, yangi o‘quv yilida barchaga kuch-quvvat va katta yutuqlar tiladi.
🎁Shuningdek, davlatimiz rahbari nomidan yo‘llangan Prezident sovg‘alari tantanali ravishda birinchi sinfga qadam qo‘ygan bolajonlarga topshirildi. Ularning yuzidagi shodlik va quvonch bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
💠Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, joriy o‘quv yilida Piskent tumanidagi barcha maktablar to‘liq ta’mirlanib, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤Telegram | 🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Президент Шавкат Мирзиёев: "Биз барчамиз битта халқ, битта мамлакат, битта оиламиз! Ҳаммамизнинг тақдиримиз, келажагимиз, бахтимиз ва ютуғимиз ҳам ягона ва муштарак".
—
Президент Шавкат Мирзиёев: "Мы, граждане Узбекистана – единый народ, одна страна, одна семья. У нас общие судьба и будущее, счастье и достижения".
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#eslatma
Xabaringiz bor joriy yilda Prezidentimizning “Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Unga koʻra:
2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
– umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;
– umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshiriladi;
– I va II guruhga kiruvchi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab:
– umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
Bu kabi oʻzgarish va imkoniyatlar sohaga katta e’tobor berilayotganidan dalolat. Boshqaruv kadrlari uchun moddiy ragʻbat tizimining yaxshilanishi ish samaradorligiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi, albatta.
@hilola_umarova
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпиннинг таклифига биноан рафиқаси билан бирга расмий ташриф билан Тяньцзинь шаҳрига келди. “Биньхай” халқаро аэропортида самолёт олдида давлатимиз раҳбарини ХХР транспорт вазири Лю Вэй ва бошқа расмийлар кутиб олди.
—
По приглашению Председателя Китайской Народной Республики Си Цзиньпина Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл с официальным визитом в город Тяньцзинь. В международном аэропорту «Биньхай» у трапа самолета главу нашего государства встретили министр транспорта КНР Лю Вэй и другие официальные лица.
#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Мустақиллик байрамидаги нутқидан:
“Охирги уч йилда судланган шахсларнинг 70 фоизига озодликдан маҳрум қилиш билан боғлиқ бўлмаган жазолар тайинланди. Уч мингга яқин фуқарога эса оқлов ҳукми чиқарилди. Жазо муддатини ўтаётган ва тузалиш йўлига қатъий кирган уч мингдан зиёд юртдошимиз афв этилди”.
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Мустақиллик байрамидаги нутқидан:
“Аҳолининг турмуш шароитлари яхшиланиб бораётгани натижасида ўртача умр кўриш даражаси 73,8 ёшдан 75,1 ёшгача узайди”.
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Мустақиллик байрамидаги нутқидан:
“Кейинги саккиз йилда ялпи ички маҳсулотимиз 2 карра ошиб, ўтган йили 115 миллиард долларга, экспорт ҳажми 26 миллиард долларга етди”.
Robototexnika yo‘nalishida respublika chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 106-sonli zaif eshituvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Ziyoda Xolbekova (Toshkent) hamda 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Abduhakim Xolboyevga (Jizzax) eng iliq tabriklarimizni yo‘llaymiz.
Zamin education loyihasi ishtirokchilari Respublika inklyuziv IT oromgohida beshinchi marta ishtirok etishmoqda, ammo bu safar bolalarni ilk bor yurtimizdagi 19 ta maktab-internatlarning hammasi o‘rtasida bolalarga yuqori natijalarni ko‘rsatish uchun katta rag‘bat va ishtiyoq bag‘ishlagan holda jamoaviy musobaqalar kutmoqda.
Oromgohda jami 200 nafar maktab o‘quvchisi ishtirok etdi, 4000 dan ortiq o‘quvchi onlayn tarzda qo‘shilib, sun’iy intellekt asoslari, Digital Art dasturlash tillari, dron simulyatorlari, komikslar chizishni o‘rgandi.
Ko‘plab ishtirokchilar uchun IT oromgoh o‘zlarini namoypn qilishda yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Axir yuqori darajadagi musobaqalardan tashqari, har bir bola o‘zini har qanday tahdidlarni birgalikda yengishga tayyor bo‘lgan hamfikrlarning ulkan jamoasining bir qismidek his qilish imkoniga ega bo‘ldi.
—
Наши самые тёплые поздравления Зиёде Холбековой, ученице 106 специализированной школы-интерната (Ташкент) и Абдухакиму Холбоеву, ученику 1 специализированной школы-интернат (Джизак), ставшими победителями республиканского чемпионата по направлению «Робототехника»!
Участники проекта Zamin education уже пятый раз принимают участие в Республиканском инклюзивном IT-лагере, но в этот раз ребят впервые ожидали командные соревнования среди всех 19 школ-интернатов республики, придав ребятам дополнительный стимул и азарт продемонстрировать высокие результаты.
Всего в лагере приняло участие 200 школьников и более 4000 учащихся присоединялись онлайн, обучаясь основам искусственного интеллекта, языкам программирования, цифровому искусству (Digital Art), осваивая симуляции полётов дронов и технику рисования комиксов.
Для многих участников IT-лагерь стал хорошей возможностью раскрыть свой потенциал. Ведь помимо высоких стандартов соревнований, каждый ребёнок имел шанс почувствовать себя частью огромного сообщества единомышленников, готовых преодолевать любые вызовы вместе.
#ZaminEducation
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз тўрт йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи
—
Выступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 34-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#ETIROF
#MANAVIYAT_FIDOIYSI
#ANGREN_SHAHAR
🏅 🏅 Angren shahar MMTB Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy-ma’naviy ishlarni muvofiqlashtirish bo'yicha bosh mutaxassisi Usmonova Mamura Abdullayevna o‘zining ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ko'p yillik fidokorona mehnati uchun “MA'NAVIYAT FIDOIYSI" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
🌟 Marosimda shahar hokimi, Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Rayimov Alisher Abdumalikovich samimiy tabrik so‘zlari bilan ishtirok etdi. Usmonova Mamura Abdullayevnaning shahrimizda ma’naviyatni yuksaltirishdagi xizmatlarini yuksak qadrlab, kelgusidagi faoliyatlarida yanada katta muvaffaqiyatlar tiladi.
💫 Ma’naviyat fidoyilarining mashaqqatli mehnati hech qachon e’tibordan chetda qolmaydi.
Иқтисодиётимиз ривожланиши, аҳолимиз кўпайиши билан хавфсиз ва барқарор энергия ресурсларига талаб ортмоқда.
Ўтган саккиз йилда истеъмолчилар сони 25 фоизга, яъни қўшимча 1 миллион 600 мингтага, истеъмол ҳажми эса 54 фоизга ёки қўшимча 25 миллиард киловатт-соатга ошди.
Шунинг учун “яшил” энергия улушини ошириш бўйича мисли кўрилмаган қадамлар қўйилгани таъкидланди.
Натижада электр ишлаб чиқариш қувватлари 2016 йилдаги 59 миллиард киловатт-соатдан 85 миллиард киловатт-соатга етди, келаси йилда бу 97 миллиард киловатт-соатдан зиёдни ташкил этади.
Шу йилнинг ўзида 6,5 миллиард киловатт-соат “яшил” энергия ишлаб чиқарилди. Энг муҳими, жами генерация қувватларида “яшил” энергия улуши 30 фоизга етди.
2030 йилгача яна 35 миллиард доллар тўғридан-тўғри инвестиция ҳисобидан “яшил” энергия улуши 54 фоизга олиб чиқилиши қайд этилди.
Facebook|Instagram|X
“Халқимизнинг кўз ўнгида минглаб замонавий корхоналар, ижтимоий-иқтисодий инфратузилма объектлари қад ростламоқда.
Эътибор беринг, бу йил жами 35 миллиард доллар инвестиция эвазига 9 мингга яқин янги корхона, хизмат кўрсатиш мажмуалари барпо этилади.
Энг улуғ байрамимиз арафасида 4 миллиард долларлик 79 та йирик объект ишга туширилди.
Ўтган даврда биргина кичик ва ўрта тадбиркорлар сони 2 карра кўпайди. Бугун ушбу тармоқда 10 миллиондан ортиқ аҳолимиз меҳнат қилиб, даромад топмоқда.
Биз йил бошида 5,5 миллион аҳоли бандлигини таъминлаш бўйича катта марра олган эдик. Саккиз ойдаёқ 5 миллионлик режани уддаладик.
Энг муҳими, ислоҳотларимизга ишониб, шу йилнинг ўзида четда ишлаётган 700 минг фуқаромиз юртимизга, ўз оиласи бағрига қайтди”,
Президент Шавкат Мирзиёев:
“Инсон қадри учун, инсон бахти учун” деган эзгу тамойилга асосланган Янги Ўзбекистон ғояси амалда қудратли ҳаракатга айланди.
Дунёдаги мураккаб вазиятга қарамасдан, иқтисодиётимиз 6 фоиздан юқори суръатларда барқарор ўсаётгани халқимиз ўзи танлаган йўлдан дадил бораётганини кўрсатмоқда.
Юртимиз аҳолиси йилига ўртача 700-800 мингга кўпаймоқда. Меҳнат бозорига ҳар йили 500-600 минг ёш кириб келмоқда.
Бунча одамни ўқитиш, касб-ҳунарли қилиш, уларга иш топиш ўз-ўзидан бўлиб қолмайди. Бунинг учун, мунтазам ишлайдиган тизим, кафолатли инвестиция ва инфратузилма керак.
Шуни олдиндан чуқур ўйлаб, биз бу йўналишда аниқ дастурларни қабул қилдик”.