talimda | Unsorted

Telegram-канал talimda - Ta’lim yangiliklari

4920

Таълим янгиликлари Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring. Respublika, viloyat, tuman va shahar darajadagi tadbirlar joylashtirish mumkin.

Subscribe to a channel

Ta’lim yangiliklari

🔥🔥🔥
🎚🟦🟦🟦

😊Viloyatimizdagi 328 ta maktab pedagoglari uchun yangi baholash tizimi bo‘yicha amaliy seminarlar
tashkil etildi

📝Joriy yilning 15-16-avgust kunlari Toshkent viloyatidagi 656 nafar umumta'lim maktabi rahbar va pedagoglari uchun o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibini amaliy joriy etish bo‘yicha o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda.

📎Maqsad — 2025–2026 o‘quv yilidan joriy etilayotgan yangi baholash mexanizmini maktab rahbarlari va pedagoglarga amaliy jihatdan tushuntirish hamda tatbiq etishni ta’minlash.

◀️Seminarlarda metodik qo‘llanma, E-maktab platformasi va yangi tartib bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

🟠 Dastur:
➡️1-kun — yangi baholash tartibining nazariy asoslari, amaliy misollar, baholash mezonlari va o‘quvchilarning natijalarini tahlil qilish.
➡️2-kun — E-maktab platformasi orqali baholash jarayonlari, metodik qo‘llanmalar tarqatilishi, savol-javob va amaliy mashg‘ulotlar.

✉️Seminarlar davomida Markaz tomonidan ishlab chiqilgan metodik qo‘llanmalar tarqatiladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

📣Milliy dasturga imtihon

📝 Ertaga 10-avgust kuni “Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga qabul imtihoni oʻtkaziladi.

✅ Imtihon respublikamizning 13 ta hududida oʻtkaziladi. Imtihon vaqti va joyi haqida ma’lumot ruxsatnomada batafsil koʻrsatilgan. Shaxsiy kabinetingizga kirib, ruxsatnomani yuklab olishingiz mumkin.

☑️ Imtihon topshiruvchi har bir talabgor faqatgina quyidagilarni oʻzi bilan olib borishi kerak:
🔹ruxsatnomani qogʻozga chop etilgan nusxasi;
🔹shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi.

Imtihon respublikamizning ba’zi hududlarida 2 smenada oʻtkaziladi. Birinchi smena 08:00 da, ikkinchi smena 12:00 da boshlanadi.

❗️Diqqat! Har bir talabgor imtihondan kamida 1,5 soat oldin belgilangan manzilda boʻlishi kerak.

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#milliydastur #qabul2025

Bizga qo'shiling
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Ҳурматли обуначиларим!

Кичик илмий ходим илмий унвонини олганимда кўплаб ўқитувчилар биз ҳам олсак бўладими дея мурожаат қилишган эди.

Оша вақтда ёрдам беролмагандим. Байрам арафаси Турон Фанлар академиясининг Президиуми ўтказилади.

Бу сафарги Презедиумда Кичик илмий ходим, катта илмий ходим, доцент, профессор, академик ва фахрий академик илмий унвонларига номзодлар кўриб чиқилади.

Номзод бўлмоқчи бўлганлар админга мурожаат қилинг
/channel/dmin_konferensiya

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🔴🟦🟦

📝Hashar – o‘xshashi yo‘q qadriyat!


🟢Xalqimizda “Hashar elga yarashar” degan naql bor. Qadimdan ota-bobolarimiz mahalla, guzar, ko‘cha-kuyni birgalashib tozalashni go‘zal an’anaga aylantirishgan. Bu udum bugungi kunda ham bardavom.

🟢Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida hashar tashkil etildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 🌐InstagramFaceboo🕊Twitter

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#kasbiy_sertifikatlash

📣 Navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari joriy yilning 19-21-avgust kunlari oʻtkaziladi

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan ayrim pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etib kelinmoqda.

➖ Sinov jarayonlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.

📍 Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 baldan, jami 100 ball bilan baholanadi.

👉 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

📹 Хусусий мактабларда бола кулишни унутади(ми?) | ШОШ ПОДКАСТ 16 СОН

@talimda

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Ёшларни банд қилиш учун имтиёзли кредитлар битирувчиларга ҳам, уларни ишга олган корхоналарга ҳам ажратилади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Қиймати 1 миллион доллардан, ишчилар сони 50 дан юқори лойиҳалар учун кадрларни мақсадли тайёрлаш тизими йўлга қўйилади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#ustozlar_forumi
#fotoreportaj

“Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida o‘tkazilgan anʼanaviy toʻrtinchi “Ustozlar milliy forumi” yopilish marosimi jarayonlaridan

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Умуман, ёшлар бандлигини таъминлаш учун банкларга 300 миллион доллар ресурс ажратилган.

Битирувчиларнинг кўпчилиги катта кредит олиб, қайтара олмаслигидан хавотир олаётгани учун имтиёзли кредит ресурсининг бир қисмини битирувчини ишга олган корхоналарга ҳам бериш таклифи маъқулланди.

Энди ишга олинган битирувчилар сонига қараб, тадбиркорларга 5 миллиард сўмгача 18 фоизли кредит берилади.

Масалан, 1 миллиард сўмгача кредит олганлар камида 1 нафар, 5 миллиард сўм олганлар эса 5 нафар битирувчини ишли қилади. Имтиёзли кредит олган корхона битирувчини 2 йил ичида ишдан бўшатса, кредит фоизи тижорат ставкасига ўзгаради.

Ушбу янги тизим нафақат бу йилги, балки олийгоҳни тугатганига 3 йил бўлмаган битирувчилар учун ҳам амал қилади.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#ustozlar_forumi
#2_kun

“Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida oʻtayotgan "Ustozlar milliy forumi"ning ikkinchi kuni boshlandi!

Eslatib o‘tamiz, mazkur tadbir an’anaviy tarzda har yilning avgust oyida respublika, viloyatlar, tuman (shahar)lar, maktablar miqyosida o‘tkazib kelinmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Диққат эълон!

Тез орада 1-октябр Ўқитувчи ва мураббийлар куни келади!

Бу сафарги тақдирлашда нима янгилик қилайлик?

Бу сафарги тақдирлашда сиз азизларнинг таклифларингиз инобатга олинади.

Таклифлар бўйича ўзимни шахсий личкамга мурожаат қилинг /channel/dmin_konferensiya

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

БМТ конференцияси доирасида давлат раҳбарлари Марказий Осиё мамлакатлари ва Озарбайжоннинг павильонлари билан танишдилар.

В рамках программы конференции ООН главы государств ознакомились с павильонами стран Центральной Азии и Азербайджана.

#Mirziyoyev #konferensiya #kurgazma #madaniyat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#xorijiy_til_tanlovi

"Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovining test sinovlari o‘tkazilmoqda

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovining Respublika bosqichi doirasida test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

➡️Ushbu bosqichda ishtirokchilar milliy “Multilevel” testi vositasida tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va o‘qish (reading) ko‘nikmalari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.

Ayni paytda 14 ta hududiy g'olib maktab jamoalari final bosqichida o‘zaro kuch sinashmoqda. Ahamiyatlisi shundaki, o‘quvchilar bu yil ilk bora fransuz tili yo‘nalishida ham ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#Maktabgacha_taʼlim

Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi 13-DMTT faoliyati bilan tanishdi


➡️Ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi Toshkent tumanidagi 13-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib turibdi.

Mehmonlarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari, viloyat hokimligi mutasaddilari hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i hamrohlik qilmoqda.

📝Kelgusida xorijlik hamkorlar bilan yirik loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, o‘zaro tajriba almashib, bolalar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishdan iborat.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон қурувчиларига байрам табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева строителям Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#Тақдирлаш_маросими

24-август куни Тошкент шаҳрида Мустақиллик байрами арафасида ўқитувчи ва мураббийларни мукофотлаймиз.

Тақдирлаш маросимида Фидокор устоз, Мактаб ва мактабгача таълими аълочиси, Мактабгача таълим фидойиси ҳамда Спорт фидойиси эсдалик нишони билан тақдирланадилар.

Каналга обуна бўлинг
/channel/Talim_yangiliklari_rasmiy

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🎚🟦🟦🟦
#BITIRUVCHI

📝Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida joriy yilda oliygohni bakalavr bosqichini tamomlagan 2158 nafar bitiruvchiga diplom topshirish tantanalari bo‘lib o‘tdi.

📎Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbir bayramona tus oldi.

📷Jarayonlar fotolavhalarda

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Президент Шавкат Мирзиёев раислигида олий таълим муассасалари битирувчиларининг бандлигини таъминлаш масалалари юзасидан ўтказилган кенгайтирилган йиғилишда белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#TAASSUROT

📝USTOZLAR MILLIY FORUMI

Dilfuza MAMADALIYEVA
🟠To‘rtinchi "O‘qituvchilar milliy forumi" ishtirokchisi, Toshkent viloyati Angren shahar 38-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rinbosari

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Давлатимиз раҳбари Туркманистон орденига сазовор бўлгани ҳақида:

"Бу мукофот Ўзбекистон халқига бўлган муносабат, деб ўйлайман. Қўшниларимиз билан барқарор дўстлик, ҳамкорлигимизни мустаҳкамлаяпмиз. Ўзбек халқининг энг катта мақсади ҳам шу".


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Барча олийгоҳлар ташкилий ва академик жиҳатдан мустақил бўлади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Президент: Яқин йилларда ишга тушадиган 83 миллиард долларлик йирик лойиҳалар ҳисобига 500 мингга яқин замонавий кадрларга эҳтиёж пайдо бўлади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Давлатимиз раҳбари уюшмаган ёшлар билан ишлаш масаласига тўхталиб ўтди.

Шундан 115 минг нафарининг бандлигини таъминлаш масаласи вазирлик, вилоят ва туман раҳбарлари томонидан ҳал қилинмоқда. 52 минг тарбияси оғир ёшлар ҳуқуқ-тартибот ходимлари томонидан оталиққа олингани ҳам натижасини кўрсатди.

Шу билан бирга, қолган 5,5 минг ишсиз, 31 минг тарбияси оғир ёшлар ва ўқишдан четлатилган 3 минг талаба билан тизимли ишлаб, ҳаётда ўз йўлини топиши учун ёрдам бериш кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Мутасаддиларга ҳокимлар, маҳалла раислари, ҳоким ёрдамчилари ва ёшлар етакчилари билан биргаликда 9 минг уюшмаган ва ўқишдан четлатилган ёшни тадбиркорлик, хорижий тил ва замонавий касбларга ўргатиб, ишли қолиш топширилди.

Масъуллар олдига 31 минг тарбияси оғир ёшларни касб ва тил тўгараклари, спорт мусобақалари, ҳарбий-ватанпарварлик тадбирларига жалб қилиш вазифаси қўйилди.

Йиғилишда мутасаддиларнинг ҳисоботлари тингланди.


Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#matbuot_kotiblar_uchun_seminar
#2_kun

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari matbuot kotiblari uchun seminar-trening mashgʻulotlari bugun ham davom etdi.

🔹 Unda tinglovchilarning kasbiy faoliyatida sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishning oʻzi xos jihatlari haqida fikr yuritildi.

➖ Jonli muloqot tarzida oʻtkazilgan seminarda mavzuga doir savollarga trenerlar tomonidan batafsil javob berildi.

👉 Tadbir soʻnggida seminar qatnashuvchilari vazirlikning maxsus sertifikatlari bilan taqdirlandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#UCHRASHUV

📝Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik — asosiy maqsad!

🔰Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari I.Arzikulov, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov rahbarligida Nurafshon shahridagi barcha ta’lim muassasalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirokida keng qamrovli yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

➡️Yig‘ilishda 2025–2026-o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini oshirish, bolalar xavfsizligini ta’minlash, maktab muhitini yanada samarali tashkil etish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

➡️Yangi o‘quv yilida har bir ta’lim muassasasida intizom, tarbiya va bilim sifatiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

📎Mazkur yig‘ilish yangi o‘quv yilini yuksak tayyorgarlik bilan boshlash, tizimli va maqsadli faoliyat yuritishda muhim qadam bo‘ladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#xorijiy_til_tanlovi

✅ Prezident sovrini uchun oʻtkazilayotgan “Xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi ishtirokchilari oʻrtasida “Zakovat” oʻyini bahslari boʻlib oʻtdi.


➖ Murosasiz va qizgʻin kechgan bellashuv natijasiga koʻra:

🔹1-oʻrin — Sirdaryo viloyatining “Intellect” jamoasiga;
🔹2-oʻrin —
Buxoro viloyatining “Megaminds” jamoasiga;
🔹3-oʻrin —
Qoraqalpogʻiston Respublikasining "Qareken” jamoasiga nasib etdi.

➡️ Musobaqa gʻolib jamoalari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

👉 Shuningdek, tanlov ishtirokchilari Alisher Navoiy nomli kinosaroyda namoyish etilgan "Bahodir Yalangtoʻsh" filmini tomosha qilishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🌍🌍🌍🌍🌍

Pedagogik mahorat markazlari faoliyatini takomillashtirish, “Ustozlar milliy forumi”ni oʻtkazish, darsliklarni joylarga yetkazib berish va qayta taqsimlash — navbatdagi "Vazir soati" boʻlib oʻtdi


✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida navbatdagi “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.

➖ Tadbirda Pedagogik mahorat markazlarining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati, toʻrtinchi “Ustozlar forumi”ni oʻtkazish, darsliklarni joylarga yetkazib berish va taqsimot jarayonlari, pedagoglar ishtirokida oʻtkazilgan diagnostikasi natijalari atroflicha muhokama qilindi.

🔰 Vazir Eʼzoza Karimova Pedagogik mahorat markazlarining bino va inshootlarini Abdulla Avloniy instituti andozasi asosida qurish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni tilga olib oʻtdi. Oʻz oʻrnida mazkur vazifalarni hududiy hokimliklar bilan hamkorlikda tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

🔹 Shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish, har bir tuman (shahar)dagi kamida bittadan tayanch maktabda kasbiy mahorat xonasini tashkil qilish, pedagoglarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborish boʻyicha zarur koʻrsatmalar berdi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/2011

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🔴🟦🟦🟦#DOLZARB_90_KUN_DOIRASIDA

🎭"TURON" MAKTAB TЕATR TANLOVINING TOSHKЕNT VILOYATI HOKIMI TURNЕRI O‘TKAZILMOQDA


🔴Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tashabbusi bilan "Dolzarb 90 kun"lik loyihasi doirasida "Turon" maktab teatri Respublika misobaqasining viloyat turneri o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

🟠Ayni kunlarda tanlovning tuman, shahar bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.

📍Bugun Angren shahridagi 7-,13-,17-maktabning "TURON MAKTAB TEATRI" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida ishtirok etishdi⬇️.

📎Tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin 7-maktabning "IBRAT" jamoasi
2-o‘rin 17-maktabning "MUTAFAQQIRLAR" jamoasi
3-o‘rin 13-maktabning "EL MEROSI" jamoasi qo‘lga kiritishdi.


📍Tanlovning Yangiyo‘l shahar ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi bosqichida📍⬇️,
1-o‘rinni 6-maktab jamoasi;
2-o‘rinni 2-maktab jamoasi
3-o‘rinni 3 va 4 -maktab jamoalari qo‘lga kiritishdi


📍"Turon" maktab teatri Bekobod tuman bosiqchi bugun 16-musiqa va san’at maktabida o‘tkazili. O‘quvchilar ushbu tanlovda 2 ta shart asosida bellashib, o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.
Tanlovda⬇️,
1-o‘rinni 19-maktabning "Jadidlar vorislari" jamoasi,
2-o‘rinni 46-maktabning "Nihol" jamoasi
3-o‘rinni 1-maktabning "Turon zamin farzandlari" jamoasi qo‘lga kiritdi.


📍Bekobod shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabida "Turon" maktab teatr tanlovining shahar yubosqichi bo‘lib o‘tdi⬇️.
Unda,
1-o‘rinni 9-maktab jamoasi;
2-o‘rinni 5-16-sonli maktablar jamoasi;
3-o‘rinni 2-7-maktab jamoasi qo‘lga kiritishdi.


🔴Eslatib o‘tamiz,
🟠Mazkur tanlov Nizomi asosida 3-bosqichda:
🟠Tuman (shahar) bosqichlari 1-5-avgust kunlari;
🟠Tuman shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar mintaqa bosqichida 6-9-avgust kunlari ishtirok etadilar.
🟠Yakuniy viloyat bosqichi 12-avgust kuni o‘tkaziladi.


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференцияси доирасида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевга Туркманистоннинг "Ҳамкорликни ривожлантиришга қўшган ҳиссаси учун" орденини тантанали топшириш маросими бўлиб ўтди.

В рамках мероприятий третьей Конференции Организации Объединенных Наций по развивающимся странам, не имеющим выхода к морю, состоялась торжественная церемония вручения Президенту Республики Узбекистан Шавкату Мирзиёеву Ордена Туркменистана «За вклад в развитие сотрудничества».

#Mirziyoyev #taqdirlash #Turkmaniston #mukofot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…
Subscribe to a channel