talimda | Unsorted

Telegram-канал talimda - Ta’lim yangiliklari

4920

Таълим янгиликлари Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring. Respublika, viloyat, tuman va shahar darajadagi tadbirlar joylashtirish mumkin.

Subscribe to a channel

Ta’lim yangiliklari

#Ochiq_dars

✅ Bugun Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida ochiq dars tashkil etildi.


🔰 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Farhod Boqiyev, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, o‘quvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda qatagʻon qurbonlari va jadidchilik harakati namoyandalari jasorati, shonli tariximiz, buyuk bobolarimizning hayot yo‘lari haqida so‘z yuritildi.


🌐 Muloqot chog‘ida, shuningdek yosh avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni yot g‘oyalardan himoya qilish hamda ajdodlar merosi va tarixini o‘rganishning ahamiyati ta'kidlandi.

Eslatib o'tamiz, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tarix fanidan ochiq dars mashgʻulotlari Qatagʻon qurbonlari davlat muzeyi hamda hududlardagi OTMlarda tashkil etilgan xotira muzeylarida oʻtkazilishi ko'zda tutilgan.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Milliy g‘ururimiz va davlatchiligimiz tayanchi bo‘lgan Buxoro ilk biennale — zamonaviy va amaliy san’at ko‘rgazmasiga mezbonlik qilmoqda.

Birinchi Buxoro biennalesi — bu bizning boy tariximiz, an’analarimiz va asrab-ardoqlab kelayotgan hunarmandchiligimiz namoyon bo‘ladigan noyob manzildir.

Rassom va hunarmandlar, oshpaz va shoirlar qadimiy obidalarni navo, nafosat va milliy qadriyatlar ruhi bilan to‘ldirmoqda.

Ushbu yirik tadbir jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otib, san’atni qadrlovchi va teran his qiluvchi makon sifatida yurtimiz mavqeini yanada oshiryapti hamda eng iste’dodli ijodkorlarni jalb etyapti.

Bu kabi nufuzli, xalqaro ahamiyatga molik loyihalar orqali O‘zbekiston o‘ziga xos brendga, cheksiz ijod va ilhom maskaniga aylanib borayotgani shubhasiz.



Бухара — наша гордость и опора государственности, принимает у себя первую биеннале — выставку современного и прикладного искусства.
Первая Бухарская биеннале — это уникальные локации, в которых разворачивается наша богатая история, представлены наши традиции и бережно сохраняемые ремёсла. Художники и ремесленники, ошпазы и поэты наполнили древние памятники звучанием, искусством и национальными ценностями.

Это мероприятие вызывает живой отклик во всём мире, формирует образ нашей страны как тонко чувствующего искусство пространства и привлекает самых талантливых и успешных креаторов.
И с каждым таким громким проектом Узбекистан становится узнаваемым брендом и местом для безграничного творчества и вдохновения.

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#Infografika_2

✅ Maktab bitiruvchilarining oliy ta'lim muassasalariga kirish ko'rsatkichlari oshmoqda.

Ma‘lumot o‘rnida: bu yil maktabni 438 869 nafar o‘quvchi tamomladi. Ulardan 75 foizi OTMlarga kirish test sinovlarida qatnashdi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Yilning innovatsion haftaligi boshlanishiga oz fursat qoldi!

9-11-oktabr kunlari CAEx ko‘rgazmalar zalida “InnoWeek-2025” haftaligi “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida boʻlib oʻtadi.

Bu yilgi tadbirda 400 ga yaqin yangi ishlanmalar, 100 dan ziyod innovasion mahsulotlar namoyish etilib, 15 mingga yaqin ishtirokchi tashrif buyurishi kutilmoqda. Kun tartibidan ilg‘or texnologiyalar va sun’iy intellekt, tibbiyot va biotexnologiyalar, ta’lim sohasiga oid elektron yechimlar, agrosanoat texnologiyalari, aqlli shaharlar hamda robototexnika kabi yo‘nalishlar joy olgan.

Haftalikda ishtirok etgan eng yaxshi g‘oyalar egalari o‘z startaplarini xalqaro bosqichga olib chiqish uchun xorijga bepul yo‘llanma yutub olishi mumkin.

Ko‘rgazmalar, tanlovlar, forumlar, master-klasslar, startap pitchinglar, xakatonlar – barchasi “Innoweek-2025”da!

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
#Янги_ўқув_йили

Yurtimizdagi ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Jarayonlar mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritildi.


➖"O‘zbekiston 24" telekanali| Maxsus reportaj |
Maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi
"O‘zbekiston 24" telekanali — Axborot 24 | Maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi
➖"Yoshlar" telekanali — "Биринчи қўнғироқ": Олмазор туманидаги 234-мактабдан репортаж.
➖"Renessans TV" — Yangi o‘quv yilining birinchi qo‘ng‘iroqlari jarangladi
➖UzA — Birinchi qo‘ng‘iroq o‘quvchilarni yangi marralar sari chorladi
Спутник Узбекистан — В новом учебном году в Узбекистане начали работу 208 "Школ мужества".
"O‘zbekiston 24" telekanali — Ахборот 24 | В школах прозвенел первый звонок
➖UzA — Мактабларда янги ўқув йили бошланди
➖"Sevimli TV" — Maktablarda yangi o'quv yili boshlandi
"O‘zbekiston 24" telekanali — Intervyu 24 | Feruza Madrahimova – Urganch davlat pedagogika instituti rektori
"Mening yurtim" telekanali — Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi
➖UzA — Birinchi qo‘ng‘iroq sadolari
➖"Yoshlar" telekanali — Янги ўқув йили бошланиб мактабларда "Биринчи қўнғироқ" тадбирлари ўтказилди. Юнусобод туманидаги 51-мактабдан репортаж.
"O‘zbekiston 24" telekanali — no comment | Maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi
UzA — Мактаб - мўжиза, устозлар сабоғи - беқиёс хазина
"O‘zbekiston 24" telekanali — Axborot 24 | Maktablarda yangi o'quv yili boshlandi
➖ "Toshkent" telekanali — "Poytaxt" informatsion dasturi
➖Uzreport TV — Barcha maktablarda "Birinchi qo'ng'iroq" jarangladi
➖Xalq so‘zi — Maktablarda birinchi qoʻngʻiroq sadolari yangradi
"Mening yurtim" telekanali — Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi...
➖"O‘zbekiston 24" telekanali — Maktablarda yangi o'quv yili boshlandi
➖Zarnews — Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq chalindi
"O‘zbekiston 24" telekanali — Axborot 24 | Prezidentimiz mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigi va “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari
UzA — Muzeyda "Ochiq dars"
➖"Yoshlar" telekanali — Янги ўқув йили бошланиб мактабларда "Биринчи қўнғироқ" тадбирлари ўтказилди
➖"UzReport TV" — "Birinchi qo'ng'iroq" — yangi marralar sari yo'l
➖Xalq so‘zi — Maktab – bu moʻjiza, kitob, ustozlar oʻtadigan har bir dars – beqiyos xazinadir
➖"Sevimli" telekanali — Maktablarda "birinchi qoʻngʻiroq" tadbirlari boʻlib oʻtdi
➖"O‘zbekiston 24" telekanali — Axborot 24 | Maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi
➖ "Yoshlar" telekanali — Янги ўқув йили бошланиб мактабларда "Биринчи қўнғироқ" тадбирлари ўтказилди. Мирзо Улуғбек туманидаги 99-сонли ихтисослаштирилган мактабдан репортаж.
____________
➖TRT Avaz — Türkistan Gündemi..
➖TRT Avaz — ÖZBEKİSTAN’DA EĞİTİM - ÖGRETİM YILI BAŞLADI

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Президент Шавкат Мирзиёев ва рафиқаси Пекин шаҳрида Ғалаба парадида иштирок этдилар.

Президент Шавкат Мирзиёев вместе с супругой принял участие в параде Победы в Пекине.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Samarqand,
01.09.2025.



Самарканд,
01.09.2025.

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#Bugun

😊Viloyatimizning barcha maktablarida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

➖Tadbirda Prezident tabrigi ham o‘qib eshittirildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari va shahar, tuman hokimlari ushbu tadbirlarda ishtirok etib, o‘quvchilarga omad tilashdi.

➡️Fotosuratlarda viloyatimiz maktablarida bo‘lib o‘tgan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlaridan lavhalar aks etgan:

📍Angren shahar,
📍Bekobod shahar,
📍Olmaliq shahar,
📍Ohangaron shahar,
📍Nurafshon shahar,
📍Chirchiq shahar,
📍Yangiyo‘l shahar,
📍Bekobod tumani,
📍Bo‘ka tumani,
📍Bo‘stonliq tumani,
📍Zangiota tumani,
📍Qibray tumani,
📍Quyi Chirchiq tumani,
📍Oqqo‘rg‘on tumani,
📍Ohangaron tumani,
📍Parkent tumani,
📍Piskent tumani,
📍O‘rta Chirchiq tumani,
📍Toshkent tumani,
📍Chinoz tumani,
📍Yuqori Chirchiq tumani,
📍Yangiyo‘l tumani.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

ЮНЕСКОнинг “Рақамли таълим ҳафталиги” Париж шаҳрида бошланди. Унда, Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги делегацияси ҳам иштирок этяпти.
Ўйлайманки, рақамли таълимни ривожлантириш ва давлатлар билан ҳамкорликни кенгайтириш учун катта имконият.
Уч кун давомида бир қатор учрашувлар ўтказиш ва келишувларга эришиш режалаштирилган.

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

📰📰📰📰📰📰📰

🇺🇿🇨🇳 O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar tobora rivojlanmoqda.

📍O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahriga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.

Tashrif davomida Xeilongjang milliy professional instituti rektori boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🫥Mazkur uchrashuv doirasida O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti hamda Xeilongjang milliy professional instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida hamkorlikda “O‘ZBEK-XITOY madaniyati va ijod markazi”ni tashkil etish masalasi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari


#Биринчи_қўнғироқ

Vazir “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

🔴 Bugun yurtimizning barcha umumta’lim maskanlarida
2025-2026-o‘quv yilining birinchi dars soatlari boshlandi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova poytaxtimizdagi 273-umumta’lim maktabida o'tkazilgan “Birinchi qo‘g‘iroq” tadbirda qatnashdi va o‘quvchilarni samimiy tabrikladi.

Shuningdek, yangi o’quv yilida kutilayotgan yangiliklar va sohadagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi.


Tadbirda Prezident tabrigi ham o‘qib eshittirildi.

Shundan keyin, vazir E’zoza Karimova maktabga 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarni ushbu shodiyona bilan tabrikladi va “Prezident sovg‘asi” ni taqdim qilindi.

🔰 Bundan tashqari, vazir ”Kelajak soati” darslarida qatnashib, o‘quvchi yoshlar bilan muloqot qildi.

Ma’lumot o’rnida: 2025-2026-o’quv yilida 10 mingdan ortiq maktablarga 720 mingdan ortiq o’g’il-qizlar 1-sinfga qabul qilindi.



🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#shukuh

🔔BIRINCHI QO‘NG‘IROQ

📍Bekobod shahar: Yangi bilimlar sari ilk qadam!

😊2025-yil 2-sentyabr kuni Bekobod shahar 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

✨ Tantanali tadbirda Bekobod shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Q.Safarov, xalq deputati G.Sharipova, DXSH bo‘yicha bosh mutaxassis G.Xoliqulova, “Metallurg” MFY raisi H.Berdiqulov hamda ota-onalar ishtirok etishdi.

📍 So‘zga chiqqan mehmonlar mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar haqida so‘z yuritib, yoshlarga bilim olish va yurt ravnaqiga hissa qo‘shishda kuch-g‘ayrat tilashdi.

📖 Tadbir so‘ngida esa o‘quvchilar uchun ilk “Mustaqillik darsi - Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi.

🇺🇿 Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilarimizga omad va yuksak marralarni nasib etsin!

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирокида Шанхай ҳамкорлик ташкилотининг Тяньцзинь саммити ўз ишини бошлади.

Начал свою работу Тяньцзиньский саммит Шанхайской организации сотрудничества с участием Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#TABRIK

Hurmatli ustozlar, ta’lim fidoiylari, qadrli hamkasblar!

Sizlarni eng ulug‘ va aziz bayramimiz – O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yillik shodiyonasi bilan chin yurakdan tabriklayman.

Yangi O‘zbekistonda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning oqilona va uzoqni ko‘ra oladigan siyosati tufayli o‘zbek xalqining qalbi o‘z yurtining porloq kelajagiga, zaminimizda tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikka umid va ishonch hissi bilan to‘ldi.
O‘zbekiston nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki qurilish, madaniyat, sport, ta’lim va boshqa sohalarda katta natijalarga erishmokda.

Jumladan, ta’lim sohasida misli ko‘rilmagan ishlar qilindi. O‘qituvchi-murabbiylar mehnati qadr topdi. Yuzlab dunyo standartlariga javob beradigan maktablar, ta’lim maskanlari barpo etilmokda.

Mana shu shukuhli damlarda har qanday sharoitda ham o‘z kasbiga sodiq qolib, yosh avlodimizga ilm-fan asoslarini o‘rgatib kelayotgan hurmatli muallim va murabbiylarni, xalq salomatligi yo‘lida o‘zini ayamasdan xizmat qilayotgan jonkuyar shifokorlarni, el-yurt dasturxonini yanada to‘kin qilish uchun dalalarimizda fidokorona mehnat qilayotgan mirishkor dehqon va fermerlarimizni, ona yurtimiz qalqonlari bo‘lgan jasur harbiylarimizni, iqtisodiyotimiz rivoji, xalqimiz farovonligini oshirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan tadbirkorlarimizni, o‘zining dastlabki yutuqlari bilan barchamizni xursand qilayotgan azmu shijoatli yoshlarimizni, qalb to‘la mehri, ulug‘ fazilatlari bilan xonadonlarimiz ustuni bo‘lib kelayotgan hurmatli opa-singillarimizni, har bir ishda duogo‘y bo‘lib, bizga Yaratgandan kuch va madad tilab turgan muhtaram otaxon va onaxonlarimizni, dunyoning qaysi o‘lkasida bo‘lsa ham, O‘zbekiston sog‘inchi bilan yashayotgan aziz vatandoshlarimizni, bir so‘z bilan aytganda, barchani - butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Ona Vatanimiz O‘zbekiston gullab-yashnasin, quyoshli osmonimiz ostida tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik va farovonlik hukm sursin, hayotingizning har bir kuni quvonch va muhabbatga to‘lsin! Bayramingiz muborak bulsin!

Shukur Burxonov
Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i


Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Президент Шавкат Мирзиёев рафиқаси билан бирга Хитойнинг Тяньцзинь шаҳрига келди.

Президент Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл в город Тяньцзинь Китая.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Buxoro dunyo e’tibori markazida. Biennale maydoni ko‘plab xorijiy davlatlar, uzoq-yaqin mamlakatlardan kelgan rassom va hunarmandlarni birlashtirdi.

Muqaddas Buxoro zamini — butun insoniyatning mulki, asrlar davomida jahon sivilizatsiyasiga mansub bo‘lgan, azaldan madaniyat, ijod va ilm-ma’rifat markazi sifatida tanilgan shahardir.

Millatlar o‘rtasida hamisha ochiq muloqot ruhi hukm suruvchi ayni maskanda madaniy merosning qadriga yetadigan, uni asrab-avaylaydigan ziyolilar yig‘ilgani – tabiiy voqelik.

Masjid gumbazlaridan to ipak gilamlargacha, zardo‘zlik namunalaridan to miniatyura san’atigacha, yog‘och o‘ymakorligidan to shashmaqom musiqasigacha — bebaho xazinamiz ko‘plab avlodlar mahorati va iqtidorini o‘zida mujassam etgan.

Bugun madaniyat biz uchun nafaqat go‘zallik va ilhom manbai, balki xalqaro nufuzimizni oshiradigan hamda mamlakatimizning global makondagi qiyofasini shakllantiradigan strategik resurs hamdir.

Xush kelibsiz!



Бухара стала центром мирового внимания.
Площадка Бухарской биеннале объединила художников и ремесленников из многих стран ближнего и дальнего зарубежья.

Наша священная Бухара — это достояние всего человечества, город, который веками принадлежал мировой цивилизации и издавна был центром культуры, творчества и знаний.

И не удивительно, что именно здесь, где всегда жил дух открытого диалога между нациями, собрались те, кто хранит культурное наследие.

От куполов мечетей до шёлка ковров, от золотой вышивки до миниатюрной живописи, от резьбы по дереву до музыки шашмакома — наша сокровищница отражает талант и мастерство многих поколений.

Сегодня культура для нас — это красота и вдохновение. И конечно же — стратегический ресурс, который укрепляет международный авторитет и формирует образ нашей страны в глобальном пространстве.

Добро пожаловать!

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari



✈️Vazir Qoraqalpog’istonda — ta’lim muassasalaridagi qurilish-ta’mirlash ishlari o’rganilmoqda

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Qoraqalpog‘istonda bo‘lib turibdi.

📍 O‘rganishlar davomida vazir Nukus shahrida barpo etilayotgan yangi umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

📊 Mazkur ta’lim maskani “Yangibozor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan bo‘lib, 870 o‘quvchiga mo‘ljallangan.


🔴 Hozirda maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Vazir E’zoza Karimova shu kuni Gimnastika maktabi qurilish ishlari bilan ham tanishdi.

🔰
Jarayonlarni o’rganib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#Infografika_1

📊 Maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha o‘rtacha ball ko‘rsatkichlari

O'rtacha ball ko‘rsatkichlari bo‘yicha hududlar kesimida Buxoro viloyati peshqadamlik qilmoqda (96 ball).


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Президент Шавкат Мирзиёевнинг тадбирларга бой ва жўшқин расмий ташрифи ШҲТ доирасидаги кўп томонлама ҳамкорлик ва Ўзбекистон-Хитой муносабатлари ривожига янги суръат бағишлайди.

Насыщенный и динамичный официальный визит Президента Шавката Мирзиёева придаст новый импульс развитию многостороннего сотрудничества в рамках ШОС и узбекско-китайских отношений.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

⚡️ Loyihamizga qo‘shilishni xohlovchilar uchun uzoq kutilgan yangilik.

📣 Eco-Schools Uzbekistan loyihasi 2025–2026-o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi.

📝 Mamlakatimizdagi barcha maktablar havola orqali arizalarni to‘ldirgan holda loyihada qatnashishlari mumkin. Arizalar qabul qilish 2025-yilning 20-avgustidan 30-sentyabrigacha davom etadi. To‘ldirilgan arizalarni @qabul_eco_schools manziliga yuborish zarur.

🏁 O‘tgan o‘quv yili natijalariga yuzlanadigan bo‘lsak, Eco-Schools Uzbekistan loyihasiga 258 ta maktab a’zo bo‘ldi, turli tadbirlar doirasida iqlim kun tartibiga 94 ming o‘quvchi jalb qilindi, jumladan 3 ming eko-faollar va 1 ming pedagog ishtirok etdi.

🌳 Loyiha doirasida 3 ming tup daraxt ko‘chati ekildi, issiqxonalarda 2,7 tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirildi. O‘quv yili davomida ishtirokchi maktablar uchun turli seminarlar, treninglar, mahalliy va xalqaro tadbirlar, o‘quv oromgohlari tashkil etildi.

🤝 Ekologik harakatga qo‘shilish va biz bilan birgalikda atrof-muhitni muhofaza qilishga o‘z ulushingizni qo‘shish imkoniyatini boy bermang!

~~~

⚡️ Долгожданная новость для всех, кто хочет присоединиться к нашему проекту.

📣 Проект Eco-Schools Uzbekistan объявляет набор на 2025–2026 учебный год.

📝 Все школы нашей страны могут подать заявку на участие в проекте, заполнив документы по ссылке. Приём заявок продлится с 20 августа по 30 сентября 2025 года. Заполненные заявки необходимо отправить на адрес @qabul_eco_schools.

🏁 Подводя итоги прошлого учебного года, хотим сказать, что участниками проекта Eco-Schools Uzbekistan стали 258 школ, а 94000 учащихся были вовлечены в климатическую повестку в рамках различных мероприятий, включая 3000 экоактивистов и 1000 педагогов.

🌳 В рамках проекта высажено 3000 саженцев деревьев, выращено 2,7 тонны продуктов питания в теплицах. В течение учебного года для школ-участниц были организованы различные семинары, тренинги, местные и международные мероприятия, а также образовательные лагеря.

🤝 Не упустите возможность присоединиться к экологическому движению и внести свой вклад в защиту окружающей среды вместе с нами!

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Президент Шавкат Мирзиёев рафиқаси билан бирга Пекин шаҳрида ўтаётган Иккинчи жаҳон урушидаги Ғалабанинг 80 йиллигига бағишланган тантанали тадбирларда иштирок этмоқда.

Президент Шавкат Мирзиёев вместе с супругой участвует в торжественных мероприятиях в честь 80-летия Победы во Второй мировой войне, проходящих в Пекине.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Samarqand kun sayin xalqaro madaniy almashinuv markaziga aylanib bormoqda. Boy tarixiy merosga ega ushbu qadimiy shahar bugun turli xalqlarning madaniyati va an’analarini jamlagan maydon sifatida o‘zini namoyon etmoqda. Bu bilan mamlakatimiz va butun mintaqa uchun yangi istiqbolli imkoniyatlarga yo‘l ochilayotgani shubhasiz.

Taniqli tenor Andrea Bochellining 1-sentabr kuni Registon maydonida bo‘lib o‘tgan konserti bunga yana bir isbot bo‘ldi.
San’atkorning betakror ovozi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida maydon uzra jarangladi.

Tadbirning UNESCO shafeligida o‘tkazilgani uning dunyo madaniyatidagi o‘rni nechog‘lik ahamiyatli ekanini ko‘rsatdi.



Самарканд уверенно превращается в центр международного культурного обмена. Этот древний город с его богатым историческим наследием сегодня становится площадкой, объединяющей культуру и традиции разных народов, что открывает новые перспективы для страны и всего региона.

Подтверждением этому стал концерт известного тенора Андреа Бочелли, который состоялся 1 сентября на площади Регистан. Выступление артиста сопровождал Национальный симфонический оркестр Узбекистана.

Мероприятие прошло под эгидой ЮНЕСКО, что подчёркивает особую его важность для мировой культуры.

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🔴🔥🔥

🔔BIRINCHI QO‘NG‘IROQ
🇸🇱"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!"
📍Olmaliq shahar


📝"Birinchi qo‘ng‘iroq" tantanalari Olmaliq shahridagi 21-sonli umumta’lim maktablarida ham bo‘lib o‘tmoqda.


🔴Bu yil rekonstruksiyadan chiqarilgan shahrimizdagi 21-umumta’lim maktabidagi "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirida ayni vaqtda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev va Olmaliq shahar hokimi Qobil Xamdamov ishtirok etmoqda.


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрациясининг фармойиши билан:

Қобулжон Холиқович Аҳмедов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Оммавий ахборот воситалари учун контент тайёрлаш маркази директори лавозимига;

Ҳусан Равшанович Салихов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Оммавий ахборот воситалари учун контент тайёрлаш маркази директори ўринбосари лавозимига;

Жаҳонгир Муҳаммадали ўғли Абдураҳмонов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Оммавий ахборот воситалари учун контент тайёрлаш маркази директори ўринбосари лавозимига тайинланди.

Қобулжон Аҳмедов бунгача "MY5" телеканалининг бош директори бўлган, тайинловга қадар МТРКнинг "Ёшлар" ижодий бирлашмаси директори лавозимини эгаллаб келган. Ҳусан Салихов – таниқли режиссёр, тайинловга қадар Президент Матбуот хизматининг Медиа марказига раҳбарлик қилган. Жаҳонгир Абдураҳмонов тайинловга қадар Президент Матбуот хизматида бош консультант лавозимини эгаллаб келган, бундан аввал "UZREPORT" телеканалида шеф-муҳаррир бўлган.

Распоряжением Администрации Президента Республики Узбекистан:

Кобулжон Халикович Ахмедов назначен директором Центра по подготовке контента для средств массовой информации при Администрации Президента Республики Узбекистан.

Хусан Равшанович Салихов назначен заместителем директора Центра по подготовке контента для средств массовой информации при Администрации Президента Республики Узбекистан.

Жахонгир Мухаммадали угли Абдурахмонов назначен заместителем директора Центра по подготовке контента для средств массовой информации при Администрации Президента Республики Узбекистан.

Кобулжон Ахмедов ранее занимал должность генерального директора телеканала «MY5», а до назначения возглавлял творческое объединение «Ёшлар» НТРК. Хусан Салихов — известный режиссер, до назначения руководил Медиа-центром Пресс-службы Президента. Жахонгир Абдурахмонов до нового назначения занимал должность главного консультанта в Пресс-службе Президента, а ранее работал шеф-редактором телеканала «UZREPORT».

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#shukuh

🔔BIRINCHI QO‘NG‘IROQ
📍Chinoz_tumani


😊Maktab — inson hayotida o‘ziga xos o‘rin egallovchi, uning bilimli, tarbiyali kamol topishida poydevor bo‘lib xizmat qiluvchi ziyo maskani.

📝Bugun Chinoz tumanidagi barcha maktablarda "Birinchi qo‘ng‘iroq" sadolari yangradi...


🔔 "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida tashkil etilgan "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirida maktabining 1-sinfiga qabul qilingan bolajonlarni bugungi unutilmas kun, maktab jamoalari yangi o‘quv yili oldidan o'zlariga ustuvor vazifalarni belgilab olishdi.

@talimda

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#birinchi_qoʼngʼiroq
📍Qibray tumani

📝Tuman hokimi o‘quvchi yoshlarni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, birinchi sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarini topshirdi

🟠Qibray tuman hokimi Muzaffar Rashidov “Yonariq” mahallasida joylashgan 32-umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.

➖Tuman hokimi ustoz va murabbiylar hamda o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabriklab, ularga samimiy tilaklarini bildirdi.

◀️Shuningdek, maktabga ilk bor qadam qo‘ygan bolajonlarga Prezident sovg‘alarini topshirib, kelgusida barkamol va yetuk yosh avlod bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.

🔴Ma'lumot uchun, joriy yil tumanda 2 ming 580 nafar bolalar birinchi sinfga qadam qo‘ydi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#shukuh

🔔BIRINCHI QO‘NG‘IROQ

🇺🇿Piskentda yangi o‘quv yili tantanali boshlandi

😊Bugun erta tongdan Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov tumandagi 6-umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi 2025/2026-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

🎉Tantanali marosimda hokim ustoz va murabbiylarni, ota-onalar hamda bilim olishga qadam qo‘ygan o‘quvchilarni qutlab, yangi o‘quv yilida barchaga kuch-quvvat va katta yutuqlar tiladi.

🎁Shuningdek, davlatimiz rahbari nomidan yo‘llangan Prezident sovg‘alari tantanali ravishda birinchi sinfga qadam qo‘ygan bolajonlarga topshirildi. Ularning yuzidagi shodlik va quvonch bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

💠Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, joriy o‘quv yilida Piskent tumanidagi barcha maktablar to‘liq ta’mirlanib, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Президент Шавкат Мирзиёев: "Биз барчамиз битта халқ, битта мамлакат, битта оиламиз! Ҳаммамизнинг тақдиримиз, келажагимиз, бахтимиз ва ютуғимиз ҳам ягона ва муштарак".

Президент Шавкат Мирзиёев: "Мы, граждане Узбекистана – единый народ, одна страна, одна семья. У нас общие судьба и будущее, счастье и достижения".

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#eslatma

Xabaringiz bor joriy yilda Prezidentimizning “Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Unga koʻra:

2025-yil 1-sentabrdan boshlab:

– umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;

– umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshiriladi;

– I va II guruhga kiruvchi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab:

– umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.

Bu kabi oʻzgarish va imkoniyatlar sohaga katta e’tobor berilayotganidan dalolat. Boshqaruv kadrlari uchun moddiy ragʻbat tizimining yaxshilanishi ish samaradorligiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi, albatta.

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпиннинг таклифига биноан рафиқаси билан бирга расмий ташриф билан Тяньцзинь шаҳрига келди. “Биньхай” халқаро аэропортида самолёт олдида давлатимиз раҳбарини ХХР транспорт вазири Лю Вэй ва бошқа расмийлар кутиб олди.

По приглашению Председателя Китайской Народной Республики Си Цзиньпина Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл с официальным визитом в город Тяньцзинь. В международном аэропорту «Биньхай» у трапа самолета главу нашего государства встретили министр транспорта КНР Лю Вэй и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…
Subscribe to a channel