talimda | Unsorted

Telegram-канал talimda - Ta’lim yangiliklari

4920

Таълим янгиликлари Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring. Respublika, viloyat, tuman va shahar darajadagi tadbirlar joylashtirish mumkin.

Subscribe to a channel

Ta’lim yangiliklari

🎚🟦🟦🟦
#BITIRUVCHI

📝Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida joriy yilda oliygohni bakalavr bosqichini tamomlagan 2158 nafar bitiruvchiga diplom topshirish tantanalari bo‘lib o‘tdi.

📎Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbir bayramona tus oldi.

📷Jarayonlar fotolavhalarda

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Президент Шавкат Мирзиёев раислигида олий таълим муассасалари битирувчиларининг бандлигини таъминлаш масалалари юзасидан ўтказилган кенгайтирилган йиғилишда белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#TAASSUROT

📝USTOZLAR MILLIY FORUMI

Dilfuza MAMADALIYEVA
🟠To‘rtinchi "O‘qituvchilar milliy forumi" ishtirokchisi, Toshkent viloyati Angren shahar 38-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rinbosari

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Давлатимиз раҳбари Туркманистон орденига сазовор бўлгани ҳақида:

"Бу мукофот Ўзбекистон халқига бўлган муносабат, деб ўйлайман. Қўшниларимиз билан барқарор дўстлик, ҳамкорлигимизни мустаҳкамлаяпмиз. Ўзбек халқининг энг катта мақсади ҳам шу".


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Барча олийгоҳлар ташкилий ва академик жиҳатдан мустақил бўлади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Президент: Яқин йилларда ишга тушадиган 83 миллиард долларлик йирик лойиҳалар ҳисобига 500 мингга яқин замонавий кадрларга эҳтиёж пайдо бўлади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Давлатимиз раҳбари уюшмаган ёшлар билан ишлаш масаласига тўхталиб ўтди.

Шундан 115 минг нафарининг бандлигини таъминлаш масаласи вазирлик, вилоят ва туман раҳбарлари томонидан ҳал қилинмоқда. 52 минг тарбияси оғир ёшлар ҳуқуқ-тартибот ходимлари томонидан оталиққа олингани ҳам натижасини кўрсатди.

Шу билан бирга, қолган 5,5 минг ишсиз, 31 минг тарбияси оғир ёшлар ва ўқишдан четлатилган 3 минг талаба билан тизимли ишлаб, ҳаётда ўз йўлини топиши учун ёрдам бериш кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Мутасаддиларга ҳокимлар, маҳалла раислари, ҳоким ёрдамчилари ва ёшлар етакчилари билан биргаликда 9 минг уюшмаган ва ўқишдан четлатилган ёшни тадбиркорлик, хорижий тил ва замонавий касбларга ўргатиб, ишли қолиш топширилди.

Масъуллар олдига 31 минг тарбияси оғир ёшларни касб ва тил тўгараклари, спорт мусобақалари, ҳарбий-ватанпарварлик тадбирларига жалб қилиш вазифаси қўйилди.

Йиғилишда мутасаддиларнинг ҳисоботлари тингланди.


Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#matbuot_kotiblar_uchun_seminar
#2_kun

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari matbuot kotiblari uchun seminar-trening mashgʻulotlari bugun ham davom etdi.

🔹 Unda tinglovchilarning kasbiy faoliyatida sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishning oʻzi xos jihatlari haqida fikr yuritildi.

➖ Jonli muloqot tarzida oʻtkazilgan seminarda mavzuga doir savollarga trenerlar tomonidan batafsil javob berildi.

👉 Tadbir soʻnggida seminar qatnashuvchilari vazirlikning maxsus sertifikatlari bilan taqdirlandi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#UCHRASHUV

📝Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik — asosiy maqsad!

🔰Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari I.Arzikulov, Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov rahbarligida Nurafshon shahridagi barcha ta’lim muassasalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirokida keng qamrovli yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

➡️Yig‘ilishda 2025–2026-o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, ta’lim sifatini oshirish, bolalar xavfsizligini ta’minlash, maktab muhitini yanada samarali tashkil etish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

➡️Yangi o‘quv yilida har bir ta’lim muassasasida intizom, tarbiya va bilim sifatiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

📎Mazkur yig‘ilish yangi o‘quv yilini yuksak tayyorgarlik bilan boshlash, tizimli va maqsadli faoliyat yuritishda muhim qadam bo‘ladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#xorijiy_til_tanlovi

✅ Prezident sovrini uchun oʻtkazilayotgan “Xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi ishtirokchilari oʻrtasida “Zakovat” oʻyini bahslari boʻlib oʻtdi.


➖ Murosasiz va qizgʻin kechgan bellashuv natijasiga koʻra:

🔹1-oʻrin — Sirdaryo viloyatining “Intellect” jamoasiga;
🔹2-oʻrin —
Buxoro viloyatining “Megaminds” jamoasiga;
🔹3-oʻrin —
Qoraqalpogʻiston Respublikasining "Qareken” jamoasiga nasib etdi.

➡️ Musobaqa gʻolib jamoalari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

👉 Shuningdek, tanlov ishtirokchilari Alisher Navoiy nomli kinosaroyda namoyish etilgan "Bahodir Yalangtoʻsh" filmini tomosha qilishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🌍🌍🌍🌍🌍

Pedagogik mahorat markazlari faoliyatini takomillashtirish, “Ustozlar milliy forumi”ni oʻtkazish, darsliklarni joylarga yetkazib berish va qayta taqsimlash — navbatdagi "Vazir soati" boʻlib oʻtdi


✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida navbatdagi “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.

➖ Tadbirda Pedagogik mahorat markazlarining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati, toʻrtinchi “Ustozlar forumi”ni oʻtkazish, darsliklarni joylarga yetkazib berish va taqsimot jarayonlari, pedagoglar ishtirokida oʻtkazilgan diagnostikasi natijalari atroflicha muhokama qilindi.

🔰 Vazir Eʼzoza Karimova Pedagogik mahorat markazlarining bino va inshootlarini Abdulla Avloniy instituti andozasi asosida qurish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni tilga olib oʻtdi. Oʻz oʻrnida mazkur vazifalarni hududiy hokimliklar bilan hamkorlikda tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

🔹 Shuningdek, “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish, har bir tuman (shahar)dagi kamida bittadan tayanch maktabda kasbiy mahorat xonasini tashkil qilish, pedagoglarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborish boʻyicha zarur koʻrsatmalar berdi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/2011

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🔴🟦🟦🟦#DOLZARB_90_KUN_DOIRASIDA

🎭"TURON" MAKTAB TЕATR TANLOVINING TOSHKЕNT VILOYATI HOKIMI TURNЕRI O‘TKAZILMOQDA


🔴Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tashabbusi bilan "Dolzarb 90 kun"lik loyihasi doirasida "Turon" maktab teatri Respublika misobaqasining viloyat turneri o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

🟠Ayni kunlarda tanlovning tuman, shahar bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.

📍Bugun Angren shahridagi 7-,13-,17-maktabning "TURON MAKTAB TEATRI" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida ishtirok etishdi⬇️.

📎Tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin 7-maktabning "IBRAT" jamoasi
2-o‘rin 17-maktabning "MUTAFAQQIRLAR" jamoasi
3-o‘rin 13-maktabning "EL MEROSI" jamoasi qo‘lga kiritishdi.


📍Tanlovning Yangiyo‘l shahar ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi bosqichida📍⬇️,
1-o‘rinni 6-maktab jamoasi;
2-o‘rinni 2-maktab jamoasi
3-o‘rinni 3 va 4 -maktab jamoalari qo‘lga kiritishdi


📍"Turon" maktab teatri Bekobod tuman bosiqchi bugun 16-musiqa va san’at maktabida o‘tkazili. O‘quvchilar ushbu tanlovda 2 ta shart asosida bellashib, o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.
Tanlovda⬇️,
1-o‘rinni 19-maktabning "Jadidlar vorislari" jamoasi,
2-o‘rinni 46-maktabning "Nihol" jamoasi
3-o‘rinni 1-maktabning "Turon zamin farzandlari" jamoasi qo‘lga kiritdi.


📍Bekobod shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabida "Turon" maktab teatr tanlovining shahar yubosqichi bo‘lib o‘tdi⬇️.
Unda,
1-o‘rinni 9-maktab jamoasi;
2-o‘rinni 5-16-sonli maktablar jamoasi;
3-o‘rinni 2-7-maktab jamoasi qo‘lga kiritishdi.


🔴Eslatib o‘tamiz,
🟠Mazkur tanlov Nizomi asosida 3-bosqichda:
🟠Tuman (shahar) bosqichlari 1-5-avgust kunlari;
🟠Tuman shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar mintaqa bosqichida 6-9-avgust kunlari ishtirok etadilar.
🟠Yakuniy viloyat bosqichi 12-avgust kuni o‘tkaziladi.


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференцияси доирасида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевга Туркманистоннинг "Ҳамкорликни ривожлантиришга қўшган ҳиссаси учун" орденини тантанали топшириш маросими бўлиб ўтди.

В рамках мероприятий третьей Конференции Организации Объединенных Наций по развивающимся странам, не имеющим выхода к морю, состоялась торжественная церемония вручения Президенту Республики Узбекистан Шавкату Мирзиёеву Ордена Туркменистана «За вклад в развитие сотрудничества».

#Mirziyoyev #taqdirlash #Turkmaniston #mukofot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🔴🟦🟦

📝TOSHKЕNT VILOYATIDA YANGI MAKTABLARGA ISHGA KIRISH UCHUN PEDAGOGLAR TЕST TOPSHIRMOQDA


🟠Yangi o‘quv yilida yurtimiz bo‘ylab 20 dan ortiq yangi va zamonaviy maktablar ishga tushmoqda. Ular orasida viloyatimizning Zangiota tumanida (24-sonli umumta’lim maktabi) ham barcha qulayliklarga ega maktab ochildi.

🟢Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi yangi maktablar uchun O‘QITUVCHILAR TANLOVIni e'lon qilgan edi. Bugun ushbu tanlovga start berildi.

✉️Test sinovlari Toshkent shahridagi
📍Pedagoglarning bilim va ko‘nikmalarini baholash markazi (Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy, mo‘ljal: Metroning "Tinchlik" bekati, "IMZO" firmasining eski binosi) o‘tkazilmoqda.

🟠Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu sinovlarda ayni damda elektron platforma orqali ariza topshirgan 239 nafar talabgor pedagoglar test sinovlarida ishtirok etishmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, test savollari 50 tani tashkil etib, ularni javob berish uchun 120 daqiqa vaqt ajratilgan.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Авазада Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев иштирокидаги БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича конференция қатнашчиларини қутлаш маросими бўлиб ўтди.

В Авазе состоялась церемония приветствия участников Конференции ООН по развивающимся странам, не имеющим выхода к морю, в которой участвует Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🔴🟦🟦

📝Hashar – o‘xshashi yo‘q qadriyat!


🟢Xalqimizda “Hashar elga yarashar” degan naql bor. Qadimdan ota-bobolarimiz mahalla, guzar, ko‘cha-kuyni birgalashib tozalashni go‘zal an’anaga aylantirishgan. Bu udum bugungi kunda ham bardavom.

🟢Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida hashar tashkil etildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 🌐InstagramFaceboo🕊Twitter

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#kasbiy_sertifikatlash

📣 Navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari joriy yilning 19-21-avgust kunlari oʻtkaziladi

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan ayrim pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etib kelinmoqda.

➖ Sinov jarayonlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.

📍 Maʼlumot uchun: ushbu sinovlarda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 baldan, jami 100 ball bilan baholanadi.

👉 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

📹 Хусусий мактабларда бола кулишни унутади(ми?) | ШОШ ПОДКАСТ 16 СОН

@talimda

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Ёшларни банд қилиш учун имтиёзли кредитлар битирувчиларга ҳам, уларни ишга олган корхоналарга ҳам ажратилади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Қиймати 1 миллион доллардан, ишчилар сони 50 дан юқори лойиҳалар учун кадрларни мақсадли тайёрлаш тизими йўлга қўйилади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#ustozlar_forumi
#fotoreportaj

“Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida o‘tkazilgan anʼanaviy toʻrtinchi “Ustozlar milliy forumi” yopilish marosimi jarayonlaridan

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Умуман, ёшлар бандлигини таъминлаш учун банкларга 300 миллион доллар ресурс ажратилган.

Битирувчиларнинг кўпчилиги катта кредит олиб, қайтара олмаслигидан хавотир олаётгани учун имтиёзли кредит ресурсининг бир қисмини битирувчини ишга олган корхоналарга ҳам бериш таклифи маъқулланди.

Энди ишга олинган битирувчилар сонига қараб, тадбиркорларга 5 миллиард сўмгача 18 фоизли кредит берилади.

Масалан, 1 миллиард сўмгача кредит олганлар камида 1 нафар, 5 миллиард сўм олганлар эса 5 нафар битирувчини ишли қилади. Имтиёзли кредит олган корхона битирувчини 2 йил ичида ишдан бўшатса, кредит фоизи тижорат ставкасига ўзгаради.

Ушбу янги тизим нафақат бу йилги, балки олийгоҳни тугатганига 3 йил бўлмаган битирувчилар учун ҳам амал қилади.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#ustozlar_forumi
#2_kun

“Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi” shiori ostida oʻtayotgan "Ustozlar milliy forumi"ning ikkinchi kuni boshlandi!

Eslatib o‘tamiz, mazkur tadbir an’anaviy tarzda har yilning avgust oyida respublika, viloyatlar, tuman (shahar)lar, maktablar miqyosida o‘tkazib kelinmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Диққат эълон!

Тез орада 1-октябр Ўқитувчи ва мураббийлар куни келади!

Бу сафарги тақдирлашда нима янгилик қилайлик?

Бу сафарги тақдирлашда сиз азизларнинг таклифларингиз инобатга олинади.

Таклифлар бўйича ўзимни шахсий личкамга мурожаат қилинг /channel/dmin_konferensiya

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

БМТ конференцияси доирасида давлат раҳбарлари Марказий Осиё мамлакатлари ва Озарбайжоннинг павильонлари билан танишдилар.

В рамках программы конференции ООН главы государств ознакомились с павильонами стран Центральной Азии и Азербайджана.

#Mirziyoyev #konferensiya #kurgazma #madaniyat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#xorijiy_til_tanlovi

"Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovining test sinovlari o‘tkazilmoqda

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovining Respublika bosqichi doirasida test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

➡️Ushbu bosqichda ishtirokchilar milliy “Multilevel” testi vositasida tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va o‘qish (reading) ko‘nikmalari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.

Ayni paytda 14 ta hududiy g'olib maktab jamoalari final bosqichida o‘zaro kuch sinashmoqda. Ahamiyatlisi shundaki, o‘quvchilar bu yil ilk bora fransuz tili yo‘nalishida ham ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#Maktabgacha_taʼlim

Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi 13-DMTT faoliyati bilan tanishdi


➡️Ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi Toshkent tumanidagi 13-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib turibdi.

Mehmonlarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari, viloyat hokimligi mutasaddilari hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i hamrohlik qilmoqda.

📝Kelgusida xorijlik hamkorlar bilan yirik loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, o‘zaro tajriba almashib, bolalar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratishdan iborat.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:

Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#Investitsiya

📝XORIJLIK HAMKORLAR CHINOZDA


🟢Chinoz tumani "Yaxshi-niyat" mahallasi hududida joylashgan 9-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini rivojlantirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasi grant mablag‘lari hisobidan 1,5 milliard so‘m miqdorida investitsiya jalb etish rejalashtirilgan.

🟠Shu munosabat bilan Xitoy Xalq Respublikasidan delegatsiya mazkur maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib, bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

📎Tashrif davomida tashkil etilgan uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan, viloyat boshqarmasi hamda Chinoz tumani hokimligi mutasaddilari ishtirok etishdi.

🔰Loyiha amalga oshirilgach, muassasada zamonaviy ta’lim texnologiyalari joriy etilishi, bolalar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilgan.

🟠Bunday xalqaro tashabbuslar yosh avlodni sifatli ta’lim bilan ta’minlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Joriy yilning 2-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Marhamat tumanidagi 42-umumta’lim maktabida hasharmi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan

MUNOSABAT

Marhamat tumani “Yangi hayot” Mahalla fuqarolar yig’ini o‘ramida joylashgan 42-umumta’lim maktabi 1982-yilda qurilib, 2005-yilda joriy ta’mirlangan. Maktab 2023-yil “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida 1 milliard 200 millionlik qiymatga ega eshik va romlar bilan ta’mirlangan. 2024-yilgi mavsumda 1 milliard 300 million so‘m mablag’lar yutib olinib, sport maydoni qurilgan va maktabning old qismi zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan.

Hozirda maktabda jami 1 ming 236 nafar o’quvchilarga 74 nafar malakali ustozlar ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo’lgan videotasvirlardagi holat joriy yilning 2-avgust kuni sodir bo’lib, unda bir guruh pedagoglar tomonidan hashar jarayonlari amalga oshirilayotganligi aks etgan.

Maktab jamoasi bilan suhbatda ular tomonidan ushbu hashar ixtiyoriy ravishda amalga oshirilgani ta’kidlansada, ustozlarni o’z lavozim majburiyatidan tashqari ishlarni bajarish holatini nazoratga olmaganligi sababli maktab direktori Z.M egallab turgan lavozimidan ozod etilganligini ma’lum qilamiz.

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

🎚🟦🟦🟦
#DOLZARB_90_KUN_DOIRASIDA

🎭"TURON" MAKTAB TЕATR TANLOVINING TOSHKЕNT VILOYATI HOKIMI TURNЕRI O‘TKAZILMOQDA

📝Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tashabbusi bilan "Dolzarb 90 kun"lik loyihasi doirasida "Turon" maktab teatri Respublika misobaqasining viloyat turneri o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

🟠Ayn kunlarda tanlovning tuman, shahar bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.
📍Bugun Yangiyo‘l shahridagi barcha umumta’lim maktablari teatr jamolari tanlovning birinchi bosqichida ishtirok etishdi.

🟠Tanlovda 3-o‘rinni shahardagi 3- hamda 4-sonli umumta’lim maktablari teatr jamoalari egallashgan bo‘lsa, 2-o‘rinni 2-sonli umumta’lim maktabi teatr jamoasi qo‘lga kiritdi. 1-o‘ringa 6-sonli maktab jamoasi munosib ko‘rildi.


📍Bekobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-,2-,4-,5-,10-,58-sonli umumta’lim maktablarining teatr jamolari o‘rtasidai ham tanlovning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🟠Unda 1-o‘rinni 1-sonli IDUM teatr jamoasi egallashdi. 2-o‘rinni 58-sonli maktab iste’dodli o‘quvchilaridan iborat jamoa qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 3-o‘rin 10-maktab o‘quvchilariga munosib ko‘rildi.


📍Chinoz tumanida ham mazkur tanlov ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. 1, 2, 3, 7, 8, 9, 10, 18, 21, 23, 28, 40, 45-maktab jamoalari ishtirok etgan teatr tanlovida 40-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

📍Tanlovning Bo‘ka tuman bosqichida 13 ta, jumladan, 1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 15-, 18-, 32-, 34-, 35-, 36-, 37-, 49-sonli umumta’lim maktab jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. 1-sonli umumta’lim maktabining "Ibratli yoshlar" jamoasi keyingi bosqichga chiqdi.

🔴Eslatib o‘tamiz,
🔴Mazkur tanlov Nizomi asosida 3-bosqichda:
🔴Tuman (shahar) bosqichlari 1-5-avgust kunlari;
🔴Tuman shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar mintaqa bosqichida 6-9-avgust kunlari ishtirok etadilar.
🔴Yakuniy viloyat bosqichi 12-avgust kuni o‘tkaziladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…
Subscribe to a channel