talimda | Unsorted

Telegram-канал talimda - Ta’lim yangiliklari

4920

Таълим янгиликлари Ta'limdagi yangiliklar aniq, tezkor va xolis xabarlarni kuzatib boring. Respublika, viloyat, tuman va shahar darajadagi tadbirlar joylashtirish mumkin.

Subscribe to a channel

Ta’lim yangiliklari

Vazir boshchiligidagi mas’ullar Toshkent viloyatidagi holatni joyiga chiqib oʻrgandi

Piskent va Boʻka tumanlaridagi maktabgacha taʻlim tashkilotlarida qayd etilgan holat boʻyicha vazirlik tomonidan dastlabki munosabat berilgan edi.

Bugun Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri Eʻzoza Karimova, vazir oʻrinbosari Azizbek Turdiyev mazkur holatlarni shaxsan oʻrganish maqsadida Quyi Chirchiq, Oqqoʻrgʻon, Piskent va Boʻka tumanlaridagi maktabgacha taʻlim tashkilotlarida boʻldi.

Holat nafaqat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, tegishli tashkilotlar nazoratiga ham olingan.

Xususan, hududiy huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy hokimlik masʼullari bilan hamkorlikda bogʻchalarning ayni vaqtdagi holati, oshxonalardagi mavjud sharoitlar koʻzdan kechirildi. Bogʻcha rahbarlari, tarbiyachilar bilan yaqindan muloqot qilindi.

Ayni paytda Quyi Chirchiq tumanida 12 nafar, Oqqo‘rg‘on tumanida 97 nafar bola shifokorlar nazoratida boʻlib, bolajonlar salomatligi barqaror. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ehtiyot chorasi sifatida Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi MTT tarbiyalanuvchilari navbati bilan shifokorlar nazoratidan oʻtkazilmoqda. Hozirgacha bolalar sogʻligʻiga jiddiy xavf soladigan holatlar aniqlanmadi.

Yuzaga kelgan holat huquq-tartibot organlari tomonidan nazoratga olingan va tergov jarayonlari boshlangan.

Shu oʻrinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan holat boʻyicha asoslanmagan ma’lumotlar tarqatmaslikni soʻraymiz.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#Maktabgacha_taʼlim

“O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida bo’lib o’tgan 5 kunlik o‘quv seminar jarayonlaridan videolavha.


🟢Ushbu seminar maktabgacha ta’lim tashkilotlari vakillari hamda 11 ta hududiy “Pedagogik mahorat markazlari” mutaxassislari uchun tashkil etildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari


#Ўқитувчилар_олимпиадаси

🔴 Oʻqituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi ikkinchi tur jarayonlariga start berildi.

Bugungi sinov jarayonlarida ishtirokchilar:


Biologiya fanidan - yozma ish,
Matematika fanidan - maxsus topshiriq,
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan - dasturlash topshiriqlarida oʻzaro kuch sinashmoqda.

📍 Eslatib oʻtamiz, tadbir Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanida joylashgan "Renessans" bolalar oromgohida tashkil etilgan.

#Ikkinchi_tur #Toshkent_viloyati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

26 сентябрь — Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизмати органлари ходимлари куни!

@talimda

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Piskent va Bo‘ka tumanlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qayd etilgan holat bo‘yicha DASTLABKI MUNOSABAT

Joriy yilning 24-sentabr kuni Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bir necha maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari salomatligida o‘zgarish bo‘lganligi sababli tibbiyot birlashmalarining yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilingan.

Dastlabki tibbiy ko‘riklar xulosasi asosida bemor bolalarga “Oshqozon ichak faoliyatining o‘tkir funksional buzilishi, ovqat toksikinfeksiyasi” tashxisi qo‘yilib, zaruriy muolajalar amalga oshirilgan hamda shu kunning o‘zida aksariyat bolalarning sog‘lig‘i yaxshilangani tufayli uylariga javob berib yuborilgan. Og‘ir ahvoldagi bemorlar aniqlanmagan.

Mazkur vaziyat darhol Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda o‘rganish ishlari boshlangan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, bolalar sog‘lig‘idagi o‘zgarishlarga sifatsiz sut mahsulotlari sabab bo‘lgan. Maktabagacha ta’lim tashkilotlariga shu kuni olib kelingan 3,2% li kefir mahsuloti Oqqo‘rg‘on tumanidagi sexlarning birida ishlab chiqarilgani aniqlangan.

Tibbiy yordamga murojaat qilgan bemorlardan olingan tahlillar hamda iste’mol qilingan oziq-ovqatlar namunalari tegishli laboratoriyalarda tekshiruvdan o‘tkazilyapti. Qayd etilgan holat yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari davom etyapti.

O‘rganishlar yakunlariga ko‘ra, holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Qahramonlar oramizda!

Ba’zan qahramonlarni uzoqdan yoki olis o‘tmishdan izlaymiz. O‘z sohasida fidoyilik bilan ishlayotgan halol, maqsadlari buyuk insonlar atrofimizda ham ko‘pligini, ular bugunning haqiqiy qahramonlari ekanini unutib qo‘yamiz.

Yaqinda Yurtboshimizning o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotida buxorolik ingliz tili oʻqituvchisi Billura Ikromova faoliyati alohida e’tirof etilib, unga Prezident sovg‘asi – BYD Chazor avtomobili topshirilgan edi.

Billuraning bu yutuqlari ortida hayratlanarli hikoyasi, qiziq hayot yoʻli bor. Tafsilotlarni oldindan aytib qoʻymoqchi emasman. Qolganini yaqinda o‘zingiz tomosha qilasiz.

Filmni yurtimizdagi barcha fidoyi pedagoglar, ilm olish uchun xorijga yo‘l olgan yoshlarimiz, katta orzularga ega ayol-qizlar, ularning yaqinlari ko‘rishini istar edim.

Bu “Najot” loyihasi doirasida tayyorlagan ilk hujjatli-badiiy film. Maqsadimiz: ta’lim, ilm-fan sohasidagi fidoyilarni koʻrsatish, yangi qahramonlarni kashf etish.

Loyiha davom etishi, ayniqsa chekka hududlardagi nomlarni tanitishini istaysizmi? Atrofingizdagi qaysi ustoz, o‘quvchi, olim, umuman ta’lim va ilm-fanga daxldor, uning rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan insonlar loyihada chiqishga munosib, deb o‘ylaysiz? Fikrlaringizni film ostidagi izohlarda qoldiring. Biz uchun har bir taklif, fikr qadrli.

Filmning oflayn va onlayn taqdimoti 27-sentabr kuni boʻlib oʻtadi. Vaqt juda oz qoldi.

Filmni 2 kundan soʻng tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/w2f4UQSGsXw

@hilola_umarova

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#Ustozga_ehtirom

“Oyligim 2000 dollarga yetdi…”


✅ Orzimat Zaripov — Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani 11-umumta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari


#Press_tur

Сhirchiq shahridagi 14-DMTTda "Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari” mavzusida Respublika seminari va OAV xodimlari uchun press-tur tashkil etildi.

🌐Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, vazirlik tizimidagi hududiy bo‘linmalar mas'ullari va MTT pedagogik jamoasi ishtirok etishdi.


🔰 Tadbir davomida davlat bog‘chalarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirishga oid amaliy ko‘nikmalar, taklif va tavsiyalar muhokama qilindi hamda 14-DMTT misolida jarayonlar namoyish etildi
.

Tadbir davomida, shuningdek:

➖ Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida ovqatlantirishning maqsad va vazifalari,
➖ Autsorser korxonalari tomonidan markazlashgan holda DMTTlariga belgilangan oziq-ovqat mahsulotlarining yetkazilishi, saqlanishi, oshxonaga chiqarilishi tartiblari,
➖ Tarbiyalanuvchilarga taomlarni tarqatilishi va iste’molga qaratilishi jarayoni haqida ham so'z yuritildi.

📊 Ma'lumot o‘rnida: bugungi kunda Chirchiq shahrida jami 61 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritadi.

Mazkur bog‘chada Xitoy tajribasi asosida tarbiyalanuvchilarga erta yoshdan etiboran kasb-hunarga yonaltirish amaliyoti joriy etilgan.


#Toshkent_viloyati #Autsorsing

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#TASHRIF

🇺🇿Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Chirchiq shahrida joylashgan 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.

📝Xabaringiz bor, Chirchiq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 14-soni maktabgacha ta’lim tashkiloti joriy yil 29-avgust kuni kapital ta’mirdan chiqarilib foydalanishga topshirilgan edi.
🟠E’tiborlisi , muassasada xorij, xususan, Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim dasturlari asosida faoliyat olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

Tashrif doirasida Vazirimiz mazkur tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov hamda Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov e’tiborli mehmonlarga hamrohlik qildi.

🟠Shu o‘rinda aytib o‘tish lozim, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mazkur Xitoy-Chirchiq tajribasini bugun respublikamiz bo‘ylab targ‘ib qilish, bu kabi maktabgacha ta’lim muassasalarini barcha hududlarda tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan, joriy yil 25-sentabr kuni mazkur muassasada "Davlat maktabgacha ta’lim ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha Respublika seminari tashkil etilishi rejalashtirilgan.


📝E’zoza Karimova mazkur seminar o‘tkazish borasida o‘z taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

📰📰📰📰📰📰📰

✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev Koreyaning Seul shahri Taʼlim boshqarmasi delegatsiyasi bilan uchrashdi
.

Muloqot avvalida Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasida taʼlim yo‘nalishidagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib borayotganligi ta'kidlandi.

Shuningdek, “KLIC Training Program” loyihasi doirasida umumtaʼlim maktablarida raqamli texnologiyalarni joriy etish, taʼlim jarayonini yangilash hamda zamonaviy o‘qitish metodlarini tatbiq etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida soʻz yuritildi.


Uchrashuv yakunida tomonlar taʼlim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib olishdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#maktabgacha_ta’lim

📝O‘RGANISH

🗓Ayni kunlarda Toshkent viloyati prokuraturasining ish rejasiga asosan maktabgacha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrovini oshirish bo‘yicha ishchi guruh tuzilib o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

◀️Mas’ullar tomonidan Angren shahri, Qibray tumani, Chinoz tumani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish olib borilmoqda.

🔰Toshkent viloyati prokuror yordamchisi Ulug‘bek Ibragimov hamda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mansur Tojiboyev, Korupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi A.Ermatovlar Chinoz tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lishdi.


📸Jarayonlardan fotolavhalar.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

"Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena" 33 ta loyiha maktabi va Buxoro suv ta’minoti AJ xodimlari uchun zamonaviy suv tozalash uskunalaridan foydalanish asoslari bo‘yicha o‘quv treningi o‘tkazildi.

Seminar qatnashchilari zamonaviy uskunalar, texnik jihozlarning ishlash tamoyillari va xizmat ko‘rsatish usullarini sifatli o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, bu esa mintaqada suv zaxiralaridan foydalanishni yaxshilash va loyiha maktablarida yuqori darajadagi tozalik tartibi saqlanishiga imkon yaratadi.

Seminarlarda olingan bilimlar mutaxassislarga ta’lim muassasalarida sifatli suv bilan ta’minlashlarida yordam berib, bolalar va o‘smirlar turmush tarzini yaxshilagan hamda maktablarda umumiy gigiyena darajasini oshirishga xizmat qilgan holda ular salomatligiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bunday treninglarning muntazam ravishda o‘tkazilishi uskunalardan foydalanish muddatini uzaytirgan hamda umuman olganda loyihaning qat’iyligini saqlagan holda uning doimiy ishlashini ta’minlaydi.



Для сотрудников 33 проектных школ «Водоснабжение, санитария и гигиена в общеобразовательных школах Бухарской области» и АО Buxoro suv ta'minot проведён обучающий тренинг по основам эксплуатации современного оборудования водоподготовки.

Участники семинара получили возможности для качественного изучения принципов работы современного оборудования, технического оснащения и методов обслуживания, что позволит оптимизировать использование водных ресурсов в регионе и поддерживать высокий уровень санитарии в проектных школах.

Знания, получаемые на семинарах, помогают специалистам обеспечивать качественную воду в учебных заведениях, что непосредственно влияет на здоровье детей и подростков, способствуя улучшению качества их жизни и повышая общий уровень гигиены в школах.

Подобные тренинги, проводимые на регулярной основе, помогают поддерживать как стабильную работу оборудования, продлевая сроки её эксплуатации, так и устойчивость проекта в целом.

Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Президент Шавкат Мирзиёев соғлиқни сақлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари юзасидан ахборот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с докладом о мерах по дальнейшему совершенствованию системы здравоохранения.

#Mirziyoyev #taqdimot #tibbiyot #takliflar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#Maktabgacha_taʼlim

"METODIK MAHORAT KUNI" VA "METODIK MAHORAT SOATI" TADBIRLARINI TASHKIL ETISH BO'YICHA SEMINAR-TRENINGLARGA START BERILDI

🔵 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-son Farmoni hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 8-noyabrdagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida malaka oshirishning “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi 362-son buyrug‘ida belgilangan.

✅ Toshkent viloyati Nurafshon shahar 7-DMTT da 17-19-sentabr kunlari master-trenerlar tomonidan tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarining trener (mentor)lari uchun “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarining navbatdagi bosqichi boshlandi.

@talimda

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Poytaxtimizda N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali tashkil etilmoqda


✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

➖Toshkent shahrida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali hamda mazkur filialning Vasiylik kengashi tashkil etiladi;

➖ Filialda taʼlim faoliyati 2026-2027-oʻquv yilidan boshlanadi;

➖ Taʼlim jarayoni Rossiya Federatsiyasining federal taʼlim standartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv reja va dasturlar asosida olib boriladi;

➖ abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti tomonidan belgilanadigan talab va tartibga muvofiq amalga oshiriladi;

➖ Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi;

➖Talabalarni oʻqishga qabul qilish davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

➡️ Shuningdek, qaror bilan:

➖ Filial uchun Yangi Toshkent shahri hududida 2 000 oʻrinli oʻquv-laboratoriya binosi va 800 oʻrinli talabalar turarjoyi qurish hamda uni oʻquv, ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash belgilandi.

👉 Qarorning to‘liq matni

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari


#Jasorat_maktabi

✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida yurtimiz bo‘ylab “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali “Vaʼda berish” tadbiri bo‘lib o‘tdi.


Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari


#Jasorat_maktabi

✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida yurtimiz bo‘ylab “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali “Vaʼda berish” tadbiri bo‘lib o‘tdi.


Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Nuriddin Kadirov, Milliy Gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, mas'ullar, o‘quvchilar hamda ota-onalar qatnashdi.

🔹 Tadbirda bugungi kunda ta'limda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash haqida so‘z bordi.


🔰 Shundan keyin "G‘alaba bog‘i" majmuasidagi "Motamsaro ona haykali" poyiga gul qo‘yish marosimi ham o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar majmuada joylashgan muzeyda ham bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ularga faxriylar tomonidan ochiq dars ham tashkil etildi.

📊
Maʼlumot o‘rnida:
hozirda Respublikamizdagi 208 ta “Jasorat maktablari” uchun 5 408 nafar oʻquvchi saralab olingan.


🌐 JONLI EFIR
_______

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Farg‘ona viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Namangan viloyati
📍Samarqand viloyati
📍 Jizzax viloyati

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#Ustozga_ehtirom

✅ Sarvinoz Rajabova — Buxoro viloyati, Jondor tumani 1-umumta'lim maktabi kimyo fani o'qituvchisi, "Shuhrat" medali sohibasi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

📰📰📰📰📰📰📰

✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Xitoyning Shenyan pedagogika universiteti rahbari Jiang Fengchun bilan uchrashdi.

Mazkur muloqot universitet delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida tashkil etildi.

Ma'lumot o‘rnida: Shenyan pedagogika universiteti — yirik va strategik ahamiyatga ega oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, Xitoyning ta’lim sohasidagi davlat dasturlari doirasida qator yirik loyihalarni amalga oshiradi.


🔰 Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari, xususan mahalliy mutaxassislarni Xitoyda tayyorlash va malakasini oshirish, xorijiy professor va ekspertlarni mamlakatimizga jalb qilish, raqamli ta’lim kontentlarini ishlab chiqish hamda qo‘shma ilmiy va metodik ishlanmalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

✈️ Eslatib o‘tamiz: 2025-yilning o‘zida 100 dan ortiq mutaxassis va talabalar Shenyan pedagogika universiteti bilan hamkorlikda malakasini oshirish uchun Xitoyga yuborildi.


Shuningdek, xorijiy oliygoh delegatsiyasi Yangi O‘zbekiston va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetlari hamda Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

БМТ Бош Ассамблеяси доирасида Ўзбекистон Республикасининг Биринчи хоними Зироат Мирзиёева раислигида Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти ва "St. Jude" болалар тадқиқот шифохонаси билан биргаликда "Саратон ва бошқа ҳаёт учун хавфли касалликларга чалинган болаларнинг яшовчанлигини ошириш ва азоб-уқубатларини камайтириш бўйича глобал ҳаракат" мавзусида форум бошланди.

Ўзбекистон тарихида илк бор бундай юксак даражада, жаҳон соғлиқни сақлаш соҳаси учун ўта долзарб масалага бағишлаб ташкил этилган тадбир кўплаб мамлакатлар, халқаро ташкилотлар ва экспертлар эътиборини тортмоқда. Унда давлатимиз раҳбарининг рафиқаси жаҳон ҳамжамиятини саратонга чалинган болаларнинг яшовчанлигини яхшилаш борасида чора кўришга чақиради.

Эътиборлиси, тадбирда дунёнинг қарийб барча минтақаларидаги мамлакатлардан келган биринчи хонимлар – Туркия, Озарбайжон, Ангола, Вьетнам, Гватемала, Сербия Президентлари рафиқалари ва бошқалар иштирок этмоқда.

В рамках Генеральной Ассамблеи ООН под председательством Первой леди Республики Узбекистан Зироат Мирзиёевой совместно со Всемирной организацией здравоохранения и детской исследовательской больницей "St. Jude" проходит форум на тему "Глобальное движение за повышение выживаемости и уменьшение страданий детей с онкологическими и другими жизнеугрожающими заболеваниями".

Мероприятие, посвященное чрезвычайно актуальной для мировой системы здравоохранения проблеме, впервые в истории Узбекистана организовано на столь высоком уровне и привлекло внимание многих стран, международных организаций и экспертов. На нем супруга главы нашего государства, как ожидается, призовет мировое сообщество предпринять шаги для улучшения выживаемости детей с онкологическими заболеваниями.

Примечательно, что в форуме участвуют также первые леди из практически всех континентов мира – супруги Президентов Турции, Азербайджана, Анголы, Вьетнама, Гватемалы, Сербии и другие.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#Maktabgacha_taʼlim

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish bo‘yicha o‘quv seminarlar

Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan barcha tuman MTTlarida bolalarni sog‘lom va ratsional ovqatlantirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘quv seminarlar tashkil etildi.

🔵Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi.


➡️Seminarlar davomida poytaxtdagi barcha MTT hamshiralariga, Sanitar-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tuman bo‘limlari xodimlari hamda autsorsing xizmati mas’ullariga sog‘lom ovqatlantirish jarayonlari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#xizmat_safari #Buxoro

Vazirning birinchi o‘rinbosari Buxorodagi ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi

2025-yil 23-sentabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Radjabov Buxoro viloyatiga xizmat safari davomida oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari faoliyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Safar doirasida dastlab Qorako‘l tumanida joylashgan Acharya universiteti kampusida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/88103

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедов билан телефон орқали мулоқот қилди.

Состоялся телефонный разговор между Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёевым и Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым.

#Mirziyoyev #muloqot #Turkmaniston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#TASHRIF

🇺🇿Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Chirchiq shahrida joylashgan 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#qabul2025 #imkoniyat

Abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar belgilandi


Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoni tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

➖bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida vakant qolgan oʻrinlar uchun tanlov oʻtkaziladi. Bunda 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga ham imkoniyat yaratiladi;

➖kirish imtihonlari natijalariga koʻra abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoniyati yaratiladi;

➖respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmalari tasdiqlandi;

➖Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt oʻrinlari ajratildi.

Shuningdek, Prezident granti uchun ajratilgan kvotalarning taʼlim sohalari boʻyicha taqsimoti hamda davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga tanlov natijalari tasdiqlandi.

Mazkur qaror abituriyentlar uchun oliy taʼlimga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Batafsil keyingi xabarlarda...

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#RЕJA_ASOSIDA

🗓Bugun viloyatimizdagi mavjud barcha umumta’lim maktablarida boshqarma xodimlari tomonidan "Kelajak soati" darslari o‘tildi.

◀️"Kelajak soati" darslarida "Hosil bayrami" haqida tushunchalar berildi.

📸Jarayonlardan fotolavhalar.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Бугун Нью-Йорк шаҳрида БМТ Бош котибининг глобал коммуникациялар бўйича ўринбосари Мелисса Флеминг билан учрашув бўлиб ўтди.

Мулоқотда Ўзбекистонда амалга оширилаётган ижобий ўзгаришлар ва ислоҳотлар алоҳида таъкидланди. Президентимиз Шавкат Мирзиёев раҳбарлигида мамлакатимизнинг халқаро нуфузи сезиларли даражада ошгани, оммавий ахборот воситалари эркинлиги, очиқлик ва ахборотдан фойдаланиш соҳасида катта ютуқларга эришилгани қайд этилди.

Учрашувда БМТ доирасидаги Барқарор ривожланиш мақсадларини илгари суриш, ёлғон ахборот тарқалишига қарши курашиш ва ёшларни глобал ташаббусларга жалб этишга қаратилган муҳим лойиҳалар ва кампаниялар муҳокама қилинди. Шунингдек, стратегик коммуникациялар, медиа билан ҳамкорлик ва журналистлар учун таълим дастурларини янада кенгайтириш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.

Мамлакатимиз олий таълим муассасалари — Журналистика ва оммавий коммуникациялар университети ҳамда Жаҳон иқтисодиёти ва дипломатия университетини UN Academic Impact дастурига киритиш муҳим аҳамият касб этиши, бу талабалар ва тадқиқотчиларга таълим ва илмий изланишлар бўйича глобал ташаббусларда иштирок этиш учун қўшимча имкониятлар яратиши таъкидланди.

Шунингдек, ёлғон ахборотга қарши курашиш, ёш журналистларни тайёрлаш ва БМТнинг халқаро стажировкаларида иштирокини таъминлаш борасида ҳамкорлик истиқболлари кўриб чиқилди.

Учрашув якунида қўшма лойиҳаларни ишлаб чиқиш ва БМТ Глобал коммуникациялар департаменти вакилларининг Ўзбекистонда ўтказиладиган тадбирларда фаол иштирокини таъминлаш юзасидан келишувга эришилди.

Сегодня в Нью-Йорке провел встречу с заместителем Генерального секретаря ООН по глобальным коммуникациям Мелиссой Флеминг.

Особо отмечены позитивные преобразования и реформы, реализуемые в Узбекистане. Подчеркнуто, что под руководством Президента Шавката Мирзиёева значительно укрепился международный авторитет нашей страны, достигнуты большие успехи в обеспечении свободы СМИ, в области открытости и доступа к информации.

В ходе встречи обсудили ключевые инициативы и кампании в рамках ООН, направленные на продвижение целей устойчивого развития, борьбу с дезинформацией и вовлечение молодежи. Отдельное внимание уделили вопросам стратегических коммуникаций, медиавзаимодействия и расширения образовательных программ для журналистов.

Подчеркнули важность включения наших вузов – Университета журналистики и массовых коммуникаций и Университета мировой экономики и дипломатии – в программу UN Academic Impact, что создаст дополнительные возможности для студентов и исследователей участвовать в глобальных образовательных и исследовательских инициативах.

Рассмотрели перспективы сотрудничества в области противодействия дезинформации, подготовки молодых журналистов и их участия в международных стажировках ООН.

Договорились о проработке совместных проектов и активном участии представителей Департамента глобальных коммуникаций ООН в предстоящих мероприятиях в Узбекистане.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 80-юбилей сессияси тадбирларида иштирок этиш учун 20-24 сентябрь кунлари амалий ташриф билан Нью-Йорк шаҳрида бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев посетит с рабочим визитом город Нью-Йорк для участия в мероприятиях юбилейной 80-й Генеральной Ассамблеи Организации Объединенных Наций.

#Mirziyoyev #tashrif #BMT #80sessiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi


✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq davlat texnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

➖ Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi;

➖ Institut Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

➖ "Olmaliq KMK" AJ Institutga asosiy sanoat hamkori sifatida biriktiriladi;

➖ Institutda geologiya, metallurgiya va texnikaga ixtisoslashgan ilgʻor muhandislik maktabi tashkil etiladi;

➖ maktabda taʼlim olish uchun akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalar tanlov asosida saralab olinadi va amaliyotga yoʻnaltirilgan maxsus taʼlim dasturlari asosida oʻqitiladi.

👉Qarorning to‘liq matni

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Ta’lim yangiliklari

#соҳага_доир_ҳужжатлар

📣 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida muhandislik maktablari tashkil etiladi

✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi avlod muhandislarini tayyorlash va muhandislik taʼlimini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida muhandislik maktablari tashkil etiladi.

👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:

➖ mazkur maktablarga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish boshlanadi hamda bir sinfda oʻquvchilar soni 24 nafar, umumiy cheklangan soni 240 nafar etib belgilanadi;

➖ birinchi oʻquv yilida 7-10-sinflarga, ikkinchi oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarining 6-sinf bitiruvchilari orasidan 7-sinfga qabul qilinadi;

➖ oʻquv jarayoni 5 yillik dastur asosida STEM modeli boʻyicha tashkil etiladi hamda dastlabki 3 yilda fizika, matematika va xorijiy til fanlaridan, keyingi 2 yilda muhandislik fanlari boʻyicha boshlangʻich tayyorgarlikka eʼtibor qaratiladi;

➖ muhandislik maktablarining 11-sinf oʻquvchilari uchun ikki oylik majburiy ishlab chiqarish amaliyoti (stajirovka) joriy etiladi;

➖ muhandislik maktablarida oʻquv jarayonini tashkil etish va boshqarish boʻyicha akademik direktor lavozimi joriy etiladi;

👉 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

➖ har yili umumtaʼlim maktablari oʻrtasida Prezident sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovi oʻtkaziladi;

➖ tanlovning Respublika bosqichi gʻoliblari uchun xorijiy davlatlarga taʼlim sayohati tashkil etiladi;

➖ tanlovning Respublika bosqichida 1-oʻrinni egallagan maktabga muhandislikka oid laboratoriyalar jamlanmasini oʻz ichiga olgan Innovatsion texnopark tashkil etish uchun 1 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.

👉 Qarorning to‘liq matni

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…
Subscribe to a channel